OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2015-yil 27-iyuldagi 36, 19 va 15-son qarori (roʻyxat raqami 2710, 2015-yil 24-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 34-son, 459-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini saqlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish obyektlari uchun yongʻin xavfsizligi
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar transport vositalarini saqlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish obyektlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.”.
2.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtishini, oʻqitishni, qayta tayyorlashni, malakasini oshirishni va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha bilimlarini tekshirishni taʼminlashi lozim.”.
3.
7-banddan “Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4.
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari OʻzDSt 2435:2011 “Mexanik transport vositalari. Massalar va oʻlchamlar. Umumiy texnik shartlar va sinov usullari”ga, yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.”.
5.
20-banddagi “GOST 12.4.026-76” degan soʻzlar “GOST 12.4.026-2015” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 64-bandning
oʻn uchinchi xatboshisidagi “kanalizatsiyaga” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7.
65-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“65. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatishda va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.”.
8.
79-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9.
240-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.