Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi
Qonunga muvofiq va astronomiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish, shuningdek baland togʻdagi astronomiya observatoriyalaridan samarali foydalanish maqsadida:
1. Qashqadaryo viloyati hududida joylashgan baland togʻdagi astronomiya observatoriyalari va ularga xizmat koʻrsatuvchi komplekslar
ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga olinsin.
2. Huquqiy tasarrufga olingan astronomiya inshootlariga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi zimmasiga yuklansin. Ularning ishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mirzo Ulugʻbek nomli Astronomiya instituti tarkibida baland togʻdagi astronomiya observatoriyalarining Kitob kompleksi tashkil etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Mirzo Ulugʻbek nomli Astronomiya instituti oʻn kun muddat ichida ushbu Farmonda koʻrsatilgan baland togʻda joylashgan astronomiya observatoriyalarini va ularga xizmat koʻrsatuvchi komplekslarni 1993-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan holatda barcha binolari, inshootlari, shtatlari, teleskoplari, asbob-uskunalari, texnikasi, moddiy-texnikaviy va boshqa mulklari bilan birgalikda qabul qilib olsin.
4. Quyidagilar baland togʻdagi astronomiya observatoriyalari Kitob kompleksi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari qilib belgilansin:
astronomiya fanini yanada rivojlantirish, uning moddiy bazasini takomillashtirish, qulay astronomik va iqlim sharoitlaridan samarali foydalanish;
yulduzlar fizikasi va evolyutsiyasini, jahon miqyosidagi va mintaqaviy geodinamik jarayonlarni tadqiq etish, zilzilalar toʻgʻrisidagi taxminlarni oldindan aniqlash, fundamental fanlarni rivojlantirish manfaatlarini koʻzlab boshqa sayyoralarni oʻrganish;
astronomiya fani va texnologiyasi yutuqlarini xalq xoʻjaligi, fan va taʼlimning turli tarmoqlariga joriy etish;
xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tijorat faoliyatini rivojlantirish;
astronomiya sohasida kadrlar tayyorlash.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston kosmik tadqiqotlar davlat agentligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddat ichida xalqaro aloqalarni saqlab qolish va kengaytirishni hisobga olib astronomiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni yanada rivojlantirishning ilmiy-texnikaviy dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huquqiy tasarrufga olingan baland togʻdagi astronomiya observatoriyalarining Kitob kompleksini mablagʻ bilan taʼminlasin, buning uchun moliyaviy taʼminotning mavjud meʼyorlariga amal qilib hamda ana shu observatoriyalar va ularga xizmat koʻrsatuvchi komplekslar soni va xarajatlar smetasi 70 foiz qisqartirilishini nazarda tutib, qoʻshimcha mablagʻ ajratsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida baland togʻdagi astronomiya observatoriyalari Kitob kompleksi ishini tashkil etishga oid
qaror qabul qilsin.