1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida mazkur texnologiyalarga asoslangan yechimlarni ishlab chiqishni jadallashtirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsad
1. Belgilansinki, ushbu qarorni qabul qilishning asosiy maqsadi ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan ustuvor va startap loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish hisoblanadi.
II. Startap loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
(a) sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
(i) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qaroriga asosan 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga 50 million AQSH dollari miqdorida foizsiz kredit;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
(ii) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoniga asosan begʻaraz asosda 10 million AQSH dollari hamda 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 90 million AQSH dollari miqdorida foizsiz kredit ajratilganligi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.03 Investitsiya fondi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yildagi 14-oktabrdagi PQ-357-son qaroriga asosan venchur jamgʻarmalarni moliyalashtiruvchi “Fondlar fondi” hamda IT-park huzurida raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan “IT Park Ventures” venchur jamgʻarmalari tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan, shu jumladan, startap loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 2026-2027-yillarda qoʻshimcha 100 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ quyidagi maqsadlar uchun ajratilsin:
(a) 50 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ begʻaraz asosda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun. Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga ustuvorlik beriladi;
(b) 50 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ teng ulushlarda “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamgʻarmalari ustav kapitaliga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushi sifatida kiritilishi orqali sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun.
4. Belgilansinki:
(a) mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtirish komissiyasi) tomonidan taqsimlanadi. Bunda:
(i) tarmoq va hududlar kesimida mablagʻlarni taqsimlash yillik smetasi, shu jumladan, loyihalar kesimida moliyalashtirish hajmi Muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan belgilanadi;
(ii) 2025-yil 1-dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlari oʻz faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha takliflarni Muvofiqlashtirish komissiyasining ishchi organiga taqdim etadi;
(iii) 2026-yil 1-yanvarga qadar ishchi organ takliflarni saralab, Muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritadi;
(iv) “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamgʻarmalari orqali moliyalashtiriladigan loyihalarning ustuvor yoʻnalishlari va mezonlari Muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan belgilanadi;
(b) loyihalar Muvofiqlashtirish komissiyasi koʻrsatmasiga asosan quyidagicha moliyalashtiriladi:
(i) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoniga asosan shakllantirilgan reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuziladigan shartnomalarga asosan;
(ii) ushbu reyestrda mavjud boʻlmagan yangi loyihalar boʻyicha Muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan belgilangan talab va mezonlarga muvofiq keluvchi ishtirokchilar orasida oʻtkaziladigan ochiq tanlov natijalariga koʻra;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(v) mazkur qaror doirasida ishlab chiqiladigan axborot tizimi va resurslari texnik hujjatlarining ekspertizasi, istisno tariqasida, barcha ekspertiza organlarida bir vaqtning oʻzida 15 kun muddatda amalga oshiriladi.
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
5. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-oktabr,
PQ-320-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2025-y., 07/25/320/0998-son)