1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sun’iy intellektni keng joriy qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, ushbu yo‘nalishga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
(a) 2026-yil yakuniga qadar davlat boshqaruvi organlari, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha kamida 100 ta loyihani amalga oshirish;
(b) 2030-yil yakuniga qadar zamonaviy sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga 1 milliard AQSH dollaridan ortiq miqdorda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
(v) 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim hamda oliy ta’lim tizimining o‘quv dasturlari va darsliklariga sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘qitish bo‘yicha mavzularni kiritish;
(g) 2026-yil yakuniga qadar mamlakatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida 15 ta sun’iy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirish.
II. Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha institutsional tadbirlar
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
(a) sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishda institutsional bazani takomillashtirish bo‘yicha davlat organlari xodimlari, tadbirkorlik subyektlari, xorijdagi vatandoshlar va chet ellik mutaxassislardan iborat tarkibda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida Maslahatlashuv kengashi tashkil qilinadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
(b) 2025-yil yakuniga qadar sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar, dasturlar, startaplar va bepul onlayn kurslar haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi “ai.gov.uz” milliy portali ishga tushiriladi. Bunda portalni yaratish, qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va uning axborot xavfsizligini ta’minlash vazifasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markaziga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) yuklanadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
(v) oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar hamda startaplarga ularning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun grafik ishlov berish bloklari (GPU klaster) va “katta ma’lumotlar” bazalaridagi ma’lumotlardan Markaz tomonidan belgilanadigan axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanish yo‘lga qo‘yiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
(g) Markaz mazkur Farmonga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratilayotgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarning buyurtmachisi va ularning amaliyotga joriy etilishi uchun mas’ul organ hisoblanadi.
3. 2026-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
(a) sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarning va texnik topshiriqlarning loyihalari Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat]
(b) sun’iy intellekt texnologiyalarini kriptoaktivlar aylanmasi, elektron tijorat, sug‘urta va qimmatli qog‘ozlar sohalarida hamda blokcheyn asosida faoliyat yuritadigan axborot tizimlarida joriy etish tartib-taomillari Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan belgilanadi.
4. Belgilansinki:
(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
(i) yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President AI Award) tanlovi o‘tkaziladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
(ii) davlat organlari, ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va xo‘jalik jamiyatlari) hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqamli transformatsiya holatini baholashda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish ko‘rsatkichlari inobatga olinadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
(b) reyting natijasiga asosan 2026-yil 1-martdan boshlab yiliga ikki marotaba eng yaxshi sun’iy intellekt loyihalarini joriy etgan vazirlik va idoralar o‘rtasida “Sun’iy intellekt bo‘yicha eng yaxshi loyiha” tanlovi o‘tkaziladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
5. Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellektni rivojlantirish sohasida quyidagi vazifalarni bajarish maqsadida “Sun’iy intellekt alyansi” nodavlat notijorat tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — Alyans)ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
(a) davlat organlari, xususiy sektor va ilmiy jamoatchilikning sa’y-harakatlarini birlashtirish;
(b) vazirlik, idora va hokimliklar, yetakchi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va akseleratorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
(v) maxsus mediakontent yaratish va xalqaro PR-kampaniyalar o‘tkazish, keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini olib borish;
(g) mahalliy tashkilotlar va mutaxassislarning xalqaro ko‘rgazmalar, forumlar va konferensiyalardagi ishtirokiga ko‘maklashish;
(d) xalqaro ekspertlar, investorlar va tadbirkorlarni jalb etgan holda ma’ruzalar va mahorat darslari tashkil etish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
6. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 2026-yildan boshlab Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasiga Raqamli texnologiyalar vazirligining so‘rovlariga muvofiq 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larning quyidagi taqsimot asosida ajratilishini ta’minlasin:
(a) 90 million AQSH dollari 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga foizsiz kredit sifatida quyidagi maqsadlarga ajratiladi:
(ii) sun’iy intellekt yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish;
(b) 10 million AQSH dollari beg‘araz asosda quyidagi maqsadlarga ajratiladi:
(i) sun’iy intellekt yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash va o‘qituvchi-pedagoglarning malakasini oshirish;
(ii) tanlovlar va xakatonlarni o‘tkazish;
(iii) Alyans faoliyatini yo‘lga qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash.
7. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamg‘armasi]
(a) Farmonning 6-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtirish komissiyasi) tomonidan taqsimlanadi;
(i) Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
(ii) Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlar va ular ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, respublika oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish orqali sun’iy intellekt yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.
III. Sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.03.00 Investitsiya (xususiylashtirish) jamg‘armalari]
(a) Qoraqalpog‘iston Respublikasida qiymati 100 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan sun’iy intellekt infratuzilmasini yaratish loyihalari bo‘yicha investorlarga 1-ilovaga muvofiq imtiyoz va preferensiyalar maxsus paketi taqdim etiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va xo‘jalik jamiyatlariga grafik protsessorlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning rasmiy distribyutorlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishga ruxsat etiladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
(v) 2026-yil 1-iyundan boshlab sun’iy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar)ni joriy etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xaridlarini:
(i) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq yuritiluvchi reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari bilan;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
(ii) umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 ming barobaridan oshmagan shartnomalar doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshirishga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
9. Yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini oshirish va startap ekotizimini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Umummilliy sun’iy intellekt xakatoni” (keyingi o‘rinlarda — Xakaton)ni o‘tkazish yo‘lga qo‘yilsin. Bunda:
(a) Xakaton sog‘liqni saqlash, ta’lim, sud tizimi, suv xo‘jaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida Alyans tomonidan o‘tkaziladi;
(b) Xakatonni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan beg‘araz asosda Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan teng ulushlarda jami 50 milliard so‘mgacha miqdorda qoplanadi;
(v) Xakatonda g‘olib bo‘lgan yoshlarning istiqbolli startap loyihalariga Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar ventures” venchur jamg‘armasi hisobidan investitsiya mablag‘lari ajratiladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
(g) Xakaton ishtirokchilarini ro‘yxatga olish, jamoalarni shakllantirish va ularning reytingini yuritish hamda Xakaton yo‘nalishlari va bosqichlari haqida ma’lumotlarni e’lon qilish Raqamli texnologiyalar vazirligining Startap loyihalar ekotizimi platformasi orqali amalga oshiriladi.
10. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
(a) 2026-yil 1-martga qadar sun’iy intellektni qo‘llagan holda ob-havoni oldindan prognoz qilish tizimini joriy qilsin hamda ushbu tizimni favqulodda vaziyatlar, transport va energetika yo‘nalishlarida qo‘llash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
(b) 2026-yil yakuniga qadar kamida 15 milliard parametrni o‘z ichiga olgan “O‘zbek tili korpusi” yaratilishini hamda uning kamida 5 ta ochiq katta til modellariga joriy etilishini ta’minlasin.
11. Muvofiqlashtirish komissiyasi bir oy muddatda soha va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha loyihalar ro‘yxatini tasdiqlasin. Bunda:
(a) loyihalar “soha va tarmoqlar — ta’lim va ilm-fan” zanjiri asosida amalga oshiriladi;
(b) loyihalar ro‘yxati sohalardagi xavf-xatarlar darajasidan kelib chiqib, davlat organlari va xo‘jalik jamiyatlari faoliyatida mavjud muammolarni sun’iy intellektga asoslangan yechimlar orqali hal etish asosida shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
(v) loyihani amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar davlat organlari va xo‘jalik jamiyatlari tomonidan loyihalar joriy etilgandan so‘ng besh yil davomida to‘liq miqdorda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasiga qaytariladi;
(g) loyihalarning o‘z muddatida va sifatli joriy etilishi postmonitoringi Markaz tomonidan amalga oshiriladi;
(d) Muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan loyihalarning joriy holati va samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishilishi har yili kamida ikki marotaba muhokama qilib boriladi.
IV. Malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish
12. Quyidagilarni nazarda tutuvchi sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda yoshlarning ushbu yo‘nalishga qiziqishini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
(a) umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilarini sun’iy intellekt bo‘yicha o‘qitish, bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “Sun’iy intellekt kuni” milliy dasturini joriy etish hamda dastur doirasida o‘quvchilar darsliklari va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
(b) 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab “Informatika va axborot texnologiyalari” bo‘yicha maktab dasturlariga sun’iy intellekt asoslari va bazaviy ko‘nikmalarini o‘qitishga oid mavzularni kiritish;
(v) “Bir million dasturchi” loyihasining uzviy davomi bo‘lgan “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasini kengaytirish va yil yakunlari bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, o‘qituvchilar hamda ta’lim tashkilotlarini taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazish;
(g) 2026-yil yanvar oyidan boshlab “Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha trener-o‘qituvchilarni tayyorlash hamda trener-o‘qituvchilar tomonidan umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim tashkilotlarining pedagoglarini kaskad usulida o‘qitish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
(d) 2026/2027 o‘quv yilida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalari ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat granti kvotalarini 35 foizga oshirish;
(j) davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqamlashtirishga mas’ul rahbar o‘rinbosari va xodimlarining sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
13. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2026-yil 1-martga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti bazasida homiylik mablag‘lari hisobidan “Sun’iy intellekt klasteri”ni tashkil qilsin. Bunda:
(a) klaster faoliyati “Universitet — sanoat — xalqaro hamkor” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yiladi;
(b) klasterda sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va hisoblash texnologiyalari yo‘nalishlarida innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar orqali sohadagi yetuk kadrlarni tayyorlash hamda ularning ishlanmalarini tijoratlashtirish yo‘lga qo‘yiladi.
14. Quyidagilar:
(a) “O‘zbek tili korpusi” loyihasini amalga oshirish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga o‘zbek tilidagi materiallarni taqdim etadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
(b) Sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladigan oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
15. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
(a) 2026-yil 1-mayga qadar oliy ta’lim tashkilotlari, shu jumladan, nufuzli xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirsin;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik]
(b) 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab “Yangi O‘zbekiston” universitetida xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ysin.
V. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklarida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan maslahatchi lavozimi kiritilsin. Bunda:
(a) maslahatchi lavozimiga nomzodlar Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan xorijiy va vatandosh mutaxassislar orasidan tavsiya etiladi;
(b) maslahatchining ish haqini mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda belgilashga ruxsat etiladi;
(v) qo‘shimcha shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-son Farmoniga muvofiq respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini raqamlashtirish hisobiga maqbullashtiriladigan boshqaruv shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi.
17. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
(a) Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro hamkorlik dasturiga qo‘shilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
(b) “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda Markazga kamida 10 nafar xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida sun’iy intellekt yo‘nalishida tahsil olgan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilsin;
(v) 2025-yil yakuniga qadar davlat organlari va xo‘jalik jamiyatlari faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali hamda xavfsiz foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(g) uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va foydalanish bo‘yicha tamoyillar hamda xavfsizlik va etika me’yorlarini tasdiqlasin;
(d) Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratilayotgan 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasida alohida hisobraqam tashkil etgan holda yuritilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
19. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov, maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E.G. Karimova hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
20. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-oktabr,
PF-189-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoniga 1-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qiymati 100 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan sun’iy intellekt infratuzilmasini yaratish loyihalari bo‘yicha investorlarga taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalar
MAXSUS PAKETI
T/r
Normativ-huquqiy hujjat
Normativ-huquqiy hujjat bilan berilgan imtiyoz va preferensiyalar
243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma
Agar ushbu Kodeksning 260-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi:
25) telekommunikatsiya tarmoqlarida operativ-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlar.
246-modda.Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
6) o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar;
10) maxsus vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari.
Soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 306-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aktivning boshlang‘ich qiymatidan kelib chiqqan holda amortizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirmalarni ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda qo‘llashga haqli.
Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb e’tirof etiladi.
Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qo‘llaniladi:
1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minotini sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summalarining 20 foizi miqdorida.
Budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida, shuningdek davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan infratuzilma loyihalari (elektr, gaz va issiqlik ta’minotiga, suv ta’minoti va kanalizatsiyaga, suv xo‘jaligiga, yo‘l-transport infratuzilmasiga, aloqa va telekommunikatsiyalarga, agrologistikaga, sanitariya jihatdan tozalashga, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishga doir loyihalar) uchun xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi (bundan O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari mustasno), texnik yordam ko‘rsatish (grantlar) hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2028-yil 1-yanvarga qadar ozod qilinadi. Bunda mazkur imtiyoz loyiha ishtirokchilariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan O‘zbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish to‘g‘risida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno) eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSH dollaridan oshgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan (shu jumladan royalti to‘lanadigan) daromadlari qismida foyda solig‘ini to‘lashdan 2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Jami daromadi tarkibida eksport hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari ta’sischilarining (ishtirokchilarining) — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga nisbatan 2025-yil 1-fevraldan 2040-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda foyda solig‘i O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblanadi.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari barcha turdagi soliqlarni (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno) to‘lashdan 2028-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Ushbu moddaning oltmish ikkinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan amalga oshirilishi uchun ruxsat etilgan faoliyat turlari bo‘yicha eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga;
o‘n sakkiz yoshdan oshgan bitiruvchilarining 50 foizi kalendar yil davomida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari bo‘lgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga.
Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Ushbu moddaning oltmish to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar natijasida bo‘shaydigan mablag‘lardan nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari bilan jihozlash, zarur tovarlar va asbob-uskunalarni sotib olish, binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun maqsadli tarzda foydalaniladi.
473-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:
3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;
5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;
15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi.
Bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari quyidagilarga nisban beriladi:
11) O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, basharti olib kirilayotgan tovarlar ularning o‘z ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lsa;
13) O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga;
14) maxsus vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalariga;
16) tovarlarni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda.
299-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imlarini to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:
1) bojxona chegarasi orqali beg‘araz, insonparvarlik yordami yoki xayriya maqsadlari, shu jumladan texnik ko‘mak uchun olib o‘tilayotgan tovarlar.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4434-son Farmoni
3-band bilan qiymati 50 mln AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish budjet mablag‘lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirish bo‘yicha tartib o‘rnatilgan.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qarori
1-ilova bilan import bojxona bojlari stavkalari tasdiqlangan bo‘lib, ushbu ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ayrim tovar va mahsulotlarga bojxona bojining nol stavkasi belgilangan.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5233-son qarori
1-band bilan Investorning qiymati 200 mlrd so‘mdan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun — 50 mlrd so‘mdan) oshadigan, uning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklifga rozilik berilgan.
6.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 352-son qarori
1-band bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati tasdiqlangan.
II. Yangi joriy etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar
1.
Qurilish-montaj ishlari “fast-track” uslubida (bir vaqtning o‘zida loyihalash, xarid qilish va qurish) foydalanishga “tayyor holda topshirish” sharti asosida amalga oshiriladi.
2.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali o‘tkazmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish va to‘lovlarni amalga oshirish uchun kerakli mablag‘larni ushlab turishga ruxsat beriladi.
3.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari uchun berilgan imtiyozlar taqdim etiladi.
4.
Investorlar 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha kompyuter komponentlari va sovutish uskunalarini olib kirishda bojxona bojidan ozod etiladi.
5.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan investorlarga infratuzilma uchun zarur bo‘lgan yer maydoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PF-10-son Farmoniga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarori bilan ajratiladi.
6.
Ma’lumotlar markazining elektr energiyasi tarifi 1 kVt/soat uchun 0,05 AQSH dollari (qo‘shilgan qiymat solig‘isiz) miqdorida belgilanadi. Bunda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shamol tezligi va davomiyligi normadan baland bo‘lganda rejim bo‘yicha ishlaydi;
sutkaning tig‘iz vaqtlarida, ya’ni 07:00 — 10:00 va 18:00 — 22:00 oralig‘ida data markaz obyektlari yuklamasi 20 foizga tushiriladi (80 foiz quvvat “dispetcherizatsiya” qilinadi);
data markazda iste’mol quvvatining 30-35 foizga teng quvvatda elektr energiyasini saqlash tizimlari (BESS) o‘rnatiladi;
sutkaning tig‘iz vaqtlarida, ya’ni 07:00 — 10:00 va 18:00 — 22:00 oralig‘ida elektr energiyasi iste’moli uchun to‘lovlar 1,5 oshirilgan koeffitsiyentda amalga oshiriladi.
Izoh. Ushbu ilovada belgilanayotgan imtiyoz va preferensiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasida qiymati 100 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan kriptoaktivlar mayningi infratuzilmasini amalga oshirayotgan investorlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoniga 2-ILOVA
Sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda yoshlarning ushbu yo‘nalishga qiziqishini oshirishga qaratilgan
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Muddati
Moliyalashtirish manbai
Ijrochilar
1.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘quv dasturlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish.
1. “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘quv dasturlari va darsliklariga sun’iy intellekt sohasiga oid mavzularni kiritish.
2026-yil may
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(Karimova),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov)
2. “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘quv dasturlari va darsliklarini belgilangan tartibda davriyligiga ko‘ra bosqichma-bosqich yangilab borish.
Darsliklarni chop etish davriga muvofiq
2.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti bazasida “Umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalarining informatika, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari o‘qituvchilarini Massachusets texnologiya institutining sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida kasbiy rivojlantirish va mentor sifatida tayyorlash” loyihasini amalga oshirish.
Loyiha doirasida:
har bir hududdan 100 nafardan informatika o‘qituvchilarini malaka oshirish kursiga jalb qilish va mentor sifatida tayyorlash;
malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar olib borish uchun xalqaro tajribaga ega, malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilish;
eng yaxshi 100 nafar o‘qituvchini dunyoning yetakchi universitetlariga malaka oshirishga yuborish;
o‘qituvchilar va tinglovchilar uchun o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash.
1. Loyiha doirasida har bir hududdan jalb qilinadigan o‘qituvchilar ro‘yxatini hamda ularni o‘qitish reja-grafigini tasdiqlash.
2025-yil noyabr
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(Karimova),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(Sharipov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov)
2. Tasdiqlangan ro‘yxat va reja-grafik asosida trener-o‘qituvchilarni tayyorlash ishlarini amalga oshirish.
2025-2026 yillar
3. O‘qituvchilar va tinglovchilar uchun o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish.
2025-yil dekabr
4. Trener-o‘qituvchilar tomonidan respublika hududlarida informatika o‘qituvchilarini o‘qitishni tashkil etish.
2026-2027 yillar
5. Eng yaxshi 100 nafar o‘qituvchini dunyoning yetakchi universitetlariga malaka oshirishga yuborish.
Alohida reja-grafik asosida
3.
“Sun’iy intellekt kuni” milliy dasturi doirasida o‘quvchilar darsliklari va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish.
Bunda maktab o‘quvchilari uchun sun’iy intellekt tadbirini tashkil etish va targ‘ibot ishlarini olib borish.
1. O‘quvchilar darsliklari va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish va tahrirlash.
2025-yil dekabr
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(Karimova),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(Sharipov),
“Yangi O‘zbekiston” universiteti
(Ahmedov)
2. O‘quvchilar darsliklari va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarni chop etish va tarqatish.
2026-yil davomida
4.
“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasini kengaytirish.
Bunda yil yakunlari bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, o‘qituvchilar hamda ta’lim tashkilotlarini taqdirlash.
1. Loyihani respublika hududlarida keng targ‘ibot qilish.
2026-2027-yillarda
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov),
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(Karimova),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(Sharipov)
2. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil iyun
3. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish.
2026-yil dekabr
5.
Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat granti kvotalarini 35 foizga oshirish.
1. Axborot texnologiyalari sohasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliygohlarga ajratiladigan grant kvotalar sonini tahlil qilish.
2026-yil yanvar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(Sharipov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Norqulov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov)
2. Xalqaro va mahalliy mehnat bozori tendensiyalarini o‘rganib chiqish.
2026-yil mart
3. 2026/2027 o‘quv yilida grant kvotalarini oshirish bo‘yicha taklifni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritish.
2026-yil may
6.
Davlat organlarining raqamlashtirishga mas’ul rahbar o‘rinbosari, xodimlari hamda tuman (shahar) hokimlari va ularning o‘rinbosarlarini sun’iy intellekt yo‘nalishida malakalarini oshirish.
1. Qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining o‘quv dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2025-yil noyabr
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi
(Salixov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov),
manfaatdor vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Malakasi oshiriladigan rahbar o‘rinbosarlari, xodimlar hamda tuman (shahar) hokimlari va ularning o‘rinbosarlari ro‘yxatini va reja-grafigini shakllantirish.
2025-yil dekabr
3. Reja-grafik asosida Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida ta’lim jarayonlarini tashkil etish.
2026-yil yanvar — mart
7.
“Sun’iy intellekt maktabi” (AI-maktab) loyihasini amalga oshirish.
Ta’lim platformasi orqali maktab o‘quvchilari uchun sun’iy intellekt bo‘yicha onlayn kurslarda ta’lim olish imkoniyatini yaratish.
2026-yil yanvardan boshlab
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov),
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(Karimova)
8.
“Yangi O‘zbekiston” universitetida xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish.
1. Hamkorlik yuzasidan xorijiy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazish.
2026-yil fevral
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(Sharipov),
“Yangi O‘zbekiston” universiteti
(Ahmedov)
2. Muzokaralar natijasi bo‘yicha shartnoma imzolash.
2026-yil may
3. Qo‘shma ta’lim dasturi asosida talabalarni qabul qilish va o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish.
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab
9.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti bazasida “Sun’iy intellekt klasteri”ni tashkil etish.
1. “Sun’iy intellekt klasteri” konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2025-yil dekabr
Homiylik mablag‘lari, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(Sharipov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov)
2. Zarur uskuna va jihozlarni xarid qilish.
2026-yil yanvar
3. “Sun’iy intellekt klasteri”ni ishga tushirish.
2026-yil fevral
10.
Yoshlarning xalqaro masofaviy ta’lim platformalari professional kurslarida o‘zbek tilida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish.
1. Nufuzli ta’lim platformalarining professional kurslari ro‘yxatini shakllantirish.
2026-yil yanvar
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov)
2. Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish.
2026-yil may
3. Ro‘yxatga muvofiq professional kurslari materiallarini o‘zbek tiliga tarjima qilish.
2026-yil iyuldan boshlab
11.
Axborot texnologiyalariga oid ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishdagi test sinovlarini takomillashtirish.
1. 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari axborot texnologiyalariga oid ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishdagi test sinovlari fanlar blokiga informatika va axborot texnologiyalari hamda chet tillari fanlarini kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
2026-yil may
-
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(Sharipov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov)
2. Mazkur takliflarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritish.
2026-yil iyul
12.
Toshkent shahridagi Inxa universitetida Raqamli texnologiyalar vazirligi va soha tashkilotlari xodimlari uchun Sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha magistratura kurslarini tashkil etish.
Bunda:
magistratura kurslariga qabul universitet tomonidan belgilanadigan tartibga asosan amalga oshiriladi;
o‘qish xarajatlari yuboruvchi tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Magistratura kurslari dasturlarini tasdiqlash va mazkur dasturlar asosida o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish.
2025-yil noyabrdan boshlab
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari
Toshkent shahridagi Inxa universiteti
(Abdullayev),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(Sharipov)
13.
Internet tarmog‘ida O‘zbekiston tarixi va madaniyati to‘g‘risidagi ilmiy va asoslangan materiallar joylashtirilishi, jumladan, sun’iy intellekt asosida yaratilishi va boyitilishi hamda yoshlar orasida keng targ‘ib qilinishini ta’minlash.
1. O‘zbekiston tarixi va madaniyati to‘g‘risidagi ilmiy va asoslangan materiallarni sun’iy intellekt asosida yaratish va boyitish yuzasidan xarajatlar smetasi va amalga oshiriladigan ishlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil mart
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov)
2. Xarajatlar smetasiga asosan Madaniyat vazirligiga mablag‘larni o‘tkazish.
3. Rejaga muvofiq materiallarni joylashtirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.
2026-yil davomida
14.
Sun’iy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar)ni joriy etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlari reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish.
1. Reyestrni yuritish tartibini ishlab chiqish.
2026-yil fevral
-
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov),
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
(Li),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Norqulov)
2. Reyestrni yuritish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2026-yil mart
15.
IT-park majmuasi obyektlarini qurish loyihasining navbatdagi bosqichini amalga oshirish “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tomonidan to‘liq sotib olingan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Olimlar ko‘chasidagi eskirgan ikki qavatli 56 va 58-uylarga tutash 0,32 gektar yer uchastkalarida (keyingi o‘rinlarda — yer uchastkasi) Direksiya tomonidan renovatsiya loyihasini amalga oshirish.
1. Renovatsiya loyihasi hududidagi yer uchastkasi belgilangan tartibda “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va Direksiya o‘rtasida tuziladigan investitsiya shartnomasi asosida Direksiyaga 49 yillik ijara huquqi bilan rasmiylashtirish.
2025-yil noyabr
Obyektlarni barpo etish — Investorlar mablag‘lari,
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar
Toshkent shahar hokimligi
(Umurzakov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov)
2. Baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan renovatsiya loyihasi amalga oshiriladigan yer uchastkasining bozor qiymatini Direksiya tomonidan “Toshkent invest kompaniyasi” AJ bilan tuzilgan investitsiya shartnomasiga asosan bir yil davomida Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasiga har oyda teng miqdorda bo‘lib-bo‘lib to‘lab berish.
2026-yil noyabr
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov)
3. Direksiya tomonidan renovatsiya loyihasini amalga oshirishda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda ko‘p qavatli ofis binolari, turar joylar, maishiy, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish.
4. Investitsiya loyihalari doirasida:
salohiyatli investorlarni Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 965-son qarori bilan belgilangan tartib asosida tanlash;
buyurtmachi tashkilot etib Direksiyani, bosh pudratchi va bosh loyihalovchi tashkilotlar etib Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 965-son qaroriga asosan mazkur vazifalarni amalga oshirgan tashkilotlarni belgilash.
2026 — 2028-yillar
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov),
Toshkent shahar hokimligi
(Umurzakov),
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
(Xidoyatov)
16.
“Yashil energiya asosida Data sentr tashkil etish” loyihasini ishga tushirish.
1. “IT-Park” majmuasida “DataVolt” ijaraga berilgan 4 400 m2 yer maydoni hamda mazkur yer maydoniga tutash bo‘lgan 900 m2 yer maydoni orasida hosil bo‘lgan uzilish nuqtalarini birlashtirgan holda yaxlit yer maydoni sifatida kadastr hujjatini rasmiylashtirish.
2025-yil noyabr
Investor mablag‘lari
Kadastr agentligi
(Pulatov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov)
2. Loyihaning I bosqichini ishga tushirish.
2026-yil dekabr
17.
Vazirlik va idoralarning sun’iy intellekt infratuzilmasi va axborot tizimlarini yagona nuqtada birlashtiruvchi va modullarga asoslangan sun’iy intellekt platformasini yaratish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.
Sun’iy intellekt platformasini yaratish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rgangan holda tahliliy ma’lumot tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.
2026-yil yanvar
-
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Shermatov),
Hisob palatasi
(Abdullayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
18.
Xitoy xalqaro rivojlanish agentligi bilan o‘qituvchilarning malakasini oshirish, sun’iy intellekt bo‘yicha onlayn-platforma va virtual laboratoriyalar yaratish hamda maktablarni o‘quv jihozlari va amaliy laboratoriyalar bilan ta’minlash yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
1. Hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan muzokaralar o‘tkazish.
2026-yil yanvar
-
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(Karimova),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Norqulov),
Tashqi ishlar vazirligi
(Saidov)
2. Muzokaralar natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.
2026-yil fevral
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoniga 3-ILOVA
“O‘zbek tili korpusi” loyihasini amalga oshirish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga o‘zbek tilidagi materiallarni taqdim etadigan davlat organlari va tashkilotlari
RO‘YXATI
1. Adliya vazirligi
2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
3. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
4. Fanlar akademiyasi
5. Milliy statistika qo‘mitasi
6. “O‘zarxiv” agentligi
7. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
9. Yoshlar ishlari agentligi
10. Oliy attestatsiya komissiyasi
11. O‘zbekiston milliy kutubxonasi
12. Davlat organlari tizimidagi gazeta va jurnallar tahririyati
Izoh:
1) “O‘zbek tili korpusi” loyihasi doirasida materiallar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga elektron shaklda yoki o‘z ma’lumotlar bazalariga integratsiya qilish orqali bepul taqdim etiladi;
2) har bir tashkilot o‘zbek tilidagi (kirill, lotin va aralash yozuv) kamida 5 milliard so‘zni o‘z ichiga olgan matnli hujjatlarni taqdim etishi lozim;
3) ma’lumotlar istalgan matnli hujjatlar va ularga ilova qilingan metama’lumotlarni iborat bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoniga 4-ILOVA
Sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladigan oliy ta’lim tashkilotlari
RO‘YXATI
T/r
Oliy ta’lim muassasasi nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Muddati
Hamkorlik qiluvchi bank
1.
Farg‘ona davlat texnika universiteti
1. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan:
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB
2.
Namangan davlat texnika universiteti
“Asaka bank” AJ
3.
Navoiy davlat universiteti
“Sun’iy intellekt” ilmiy laboratoriyasining texnik parametrlari tasdiqlanadi;
2025-yil noyabr
“Turon bank” ATB
4.
Buxoro davlat texnika universiteti
“Mikrokreditbank” ATB
5.
“Cyber university” davlat universiteti
texnik parametrlarga muvofiq zarur uskuna va jihozlarning xaridi muvofiqlashtiriladi.
2026-yil may
AT “Xalq banki”
6.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
“Agrobank” ATB
7.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti
2. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ilmiy laboratoriya uchun ajratilgan bino-inshoot yoki maxsus xonalar ta’mirlanadi.
2026-yil iyun
AT “Aloqabank”
8.
Jizzax politexnika instituti
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB
9.
Toshkent davlat transport universiteti
3. Hamkor banklar tomonidan maxsus xonalar “Sun’iy intellekt” ilmiy laboratoriyasi uchun zarur uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi.
2026-yil avgust
“Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoniga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmonida:
(v) 2a-ilova quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“
41.
O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi
Agentstvo po regulirovaniyu telekommunikatsiy
”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-son Farmoniga 4-ilovadagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi” bloki ““Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi” bloki bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-martdagi “Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2155-son qarorining 3-bandida:
“Toshkent shahridagi Inxa Universiteti alohida mulkka, mustaqil balansga ega bo‘lgan, o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘z tasarrufidagi pul mablag‘lari va mulki bilan javob beruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi ta’sischiligidagi oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Bunda, Raqamli texnologiyalar vazirligiga uning tizim tashkilotlarini universitet ustavini shakllantirishga jalb etishga ruxsat etiladi”;
(g) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Universitetga Koreya Respublikasidagi Inxa universiteti dasturlari bilan bir qatorda, boshqa yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan ham qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yishga hamda bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom va qo‘shimcha ravishda hamkor universitetlar diplomlarini berishga ruxsat etiladi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son qarorida:
(b) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-307-son qaroriga 6b-ilovaning 29-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi “Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qarorining 7-bandi birinchi xatboshisi “Raqamli texnologiyalar vazirligiga” so‘zlaridan keyin “2 yillik imtiyozli davr bilan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-358-son qarorida:
(a) 4-bandning birinchi xatboshisi “Raqamli texnologiyalar vazirligiga” so‘zlaridan keyin “2 yillik imtiyozli davr bilan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
(b) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(i) sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlanishi uchun zarur normativ-huquqiy bazani shakllantirish, xalqaro standartlarni joriy qilish;
(ii) ma’lumotlarni qayta ishlash hamda sun’iy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun texnik infratuzilmani yaratish;
(iii) sun’iy intellekt yo‘nalishidagi xalqaro indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
(iv) “Katta ma’lumotlar” bazasini yaratish va uni to‘ldirib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
(v) iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishga raqamlashtirish jarayonlarining ta’sirini baholash;
(vi) ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorlikda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida yangi yo‘nalishlar va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish orqali ularni davlat organlari va tashkilotlarida keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
(vii) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etishning konseptual va uslubiy asosini shakllantirish”;
(v) 2-ilovaning 3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
3.
Vazirlik va idoralarning platforma va ma’lumotlar bazalarini bitta data markazga jamlangan holda, sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish, xatarlarni aniqlash va yashirin tadbirkorlik faoliyatini aniqlash tizimini ishlab chiqish.
Tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlarini tahlil qilish imkoniyatini yaratish orqali yashirin tadbirkorlik faoliyatini aniqlash tizimini ishlab chiqish.
2026 — 2028-yillar
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Markaziy bank, Bosh prokuratura, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, tegishli vazirlik va idoralar
”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son)