Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-iyuldagi 472-son “Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashda yuzaga keladigan texnologik sarfning ruxsat etilgan meʼyorlarini hisoblash hamda tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 6-martdagi 2-son “Elektr energiyasini elektr tarmoqlari boʻylab uzatish va taqsimlashda texnologik yoʻqotishlarning normativlarini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2871, 2017-yil 31-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 211-modda).
2. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 10-iyuldagi 8-son “Elektr energiyasini elektr tarmoqlari boʻylab uzatish va taqsimlashda texnologik yoʻqotishlarning normativlarini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 17-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2871-1, 2018-yil 14-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2871-1/1512-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining 2024-yil 8-iyuldagi 90-son buyrugʻiga ilovaning
2-bandi (roʻyxat raqami 3551, 2024-yil 14-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3551/0660-son).