Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi BOSHLIGʻINING
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 6-martdagi 2-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2871, 2017-yil 31-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 211-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasini elektr tarmoqlari boʻylab uzatish va taqsimlashda texnologik yoʻqotishlarning normativlarini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
17-bandidagi “2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 69-bandiga” degan soʻzlar “2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 75-bandiga”degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.