1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
qarori
“Kasaba uyushmalari organlarining xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarni sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1690-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Markaziy bank boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank boshqaruvining 2007-yil 15-maydagi 56, M-23, 2007-14 va 287-V-son “Kasaba uyushmalari organlarining xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarni sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1690, 2007-yil 14-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 257-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-sentabr,
287-son
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 12-sentabr,
287-V-2-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-sentabr,
08/427-son
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-sentabr,
2025-12-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2025-yil 27-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 19-sentabrdagi 287-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 8-sentabrdagi 08/427-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 4-sentabrdagi 2025-12-son, Markaziy bank boshqaruvining 2025-yil 12-sentabrdagi 287-V-2-son qaroriga ILOVA
“Kasaba uyushmalari organlarining xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarni sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qaror muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Mazkur Nizom kasaba uyushmalari organlarining xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarini sarflash tartibini belgilaydi.”;
2) 1-bobning nomidagi “Federatsiyasi Kengashining” degan soʻzlar “Federatsiyasining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Federatsiyasi Kengashining” degan soʻzlar “Federatsiyasining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Federatsiyasi Kengashiga” va “yagona ijtimoiy toʻlovdan” degan soʻzlar tegishli ravishda “Federatsiyasiga” va “ijtimoiy soliqdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 2-bobning nomidagi “bank muassasalaridagi” degan soʻzlar “banklardagi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“Banklarda depozit va tranzit hisobvaraqlarini ochish Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 3420, 2023-yil 8-fevral) muvofiq amalga oshiriladi.”;
“3. Kasaba uyushmalari organlari Qoraqalpogʻiston, viloyatlar, Toshkent shahar kengashlariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar deb yuritiladi) banklarda quyidagi bank hisobvaraqlari ochiladi:
202112 “Nodavlat notijorat tashkilotlarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” balans hisobvaragʻida ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarini, shu jumladan ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari hisobiga olingan yoʻllanmalarni sotib olishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish uchun ijtimoiy sugʻurta boʻyicha tranzit hisobvaraqlar ochiladi, ularning 30 foizi belgilangan tartibda taqsimlangunga qadar — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga, 70 foizi hududiy kengashlarga yoʻnaltiriladi;”;
uchinchi xatboshidagi “hududiy birlashmalar” degan soʻzlar “hududiy kengashlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari yoʻllanmalari narxining bir qismini qoplash uchun ijtimoiy soliq tushumidan ajratmani hisobga olgan holda oromgohlarga yoki kasaba uyushmalari tashkilotlari orqali uning aʼzolariga bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi miqdorida kompensatsiya berishga;”;
beshinchi xatboshidagi “va moliyaviy imkoniyatlari darajasida sport anjomlarini” va “qisman mablagʻ ajratishga” degan soʻzlar tegishli ravishda “, sport anjomlarini” va “mablagʻ ajratishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “hududiy birlashmalar” degan soʻzlar “hududiy kengashlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Federatsiyasi Kengashining” degan soʻzlar “Federatsiyasining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sport majmualari abonementlarini sotib olishga;”;
“v” kichik banddagi “oromgohlarida bolalarni taʼminotida hissali ishtirok etishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar” degan soʻzlar “oromgohlariga yoki kasaba uyushmalari tashkilotlari orqali uning aʼzolariga bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi miqdorida kompensatsiya mablagʻlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“e” kichik banddagi “hududiy birlashmalarning” va “sarflanadi.” degan soʻzlar tegishli ravishda “hududiy kengashlarning” va “sarflanadi;” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan toʻldirilsin:
“j) sport majmualari abonementlarini sotib olish uchun mablagʻlar, tasdiqlangan smetaga muvofiq Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sport majmualarining joriy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.”;
“10. Hududiy kengashlar tegishli hududiy soliq organlaridan ijtimoiy soliqning hisoblanishi va toʻlanishi haqidagi maʼlumotlarni elektron tarzda olgandan soʻng, tegishli davr uchun ijtimoiy sugʻurta budjetining ijrosi haqidagi yigʻma moliyaviy hisobotni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga taqdim etadilar.”;
12) 11-banddagi “Federatsiyasi Kengashi” degan soʻzlar “Federatsiyasi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 10/25/1690-2/0975-son)