toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2025
Hujjat 10.09.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“YER OSTI BOYLIKLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2024-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-987-sonli “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 2-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 252-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 13-dekabr,
444-II-son
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Yer osti boyliklari toʻgʻrisida
(yangi tahriri)
I. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi yer osti boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni (konchilik munosabatlarini) tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari mineral xom ashyoga boʻlgan talablarni hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun yer qaʼridan oqilona, kompleks foydalanilishini, yer qaʼri, atrof muhit muhofaza qilinishini, yer qaʼridan foydalanilayotganda ishlarning bexatar olib borilishini taʼminlashdan, shuningdek yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlarini muhofaza qilishdan, shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlar — ilmiy va oʻquv poligonlari, geologik qoʻriqxonalar, tabiat yodgorliklari, gʻorlar hamda ilmiy, tarixiy, madaniy, estetik va oʻzga ahamiyatga molik boshqa yer osti boʻshliqlari;
Keyingi tahrirga qarang.
yer qaʼri — yer qobigʻining tuproq qatlamidan quyida joylashgan, tuproq qatlami boʻlmaganda esa yer yuzasidan yoki suv obyektlari tubidan quyida joylashgan, geologik jihatdan oʻrganish va oʻzlashtirish mumkin boʻlgan chuqurlikkacha yastangan qismi;
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish — Oʻzbekiston Respublikasi hududini mintaqaviy geologik jihatdan oʻrganishni, foydali qazilma konlarini aniqlash, chamalash va qidirishni, ulardagi zaxiralarning miqdori va sifatini, ularning texnologik xossalarini va iqtisodiy ahamiyatini, shuningdek yer qaʼrining boshqa xossalarini belgilashni oʻz ichiga oladigan, yer qobigʻi geologik tuzilishining oʻziga xos xususiyatlarini aniqlashga doir maxsus tadqiqot ishlari majmui;
keng tarqalgan foydali qazilmalar — tabiiy holicha yoki bir oz ishlov berib va tozalab ishlatiladigan foydali qazilmalar;
konditsiyalar — yer qaʼridagi foydali qazilmalar (neft, gaz va gaz kondensatidan tashqari) zaxiralarini hisoblashga doir, foydali qazilmalarning texnologik xossalari, konni ishlatishning konchilik-geologik va boshqa sharoitlari, mineral xom ashyo va uni qayta ishlash mahsulotlarining bozor konyunkturasi, energiya resurslarining narxlari hisobga olingan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslantirilgan talablarning majmui;
mineral xom ashyo — qazib chiqarilgan va birlamchi ishlov berishdan oʻtkazilgan foydali qazilmalar;
sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari — tarkibida erigan holatdagi foydali qazilmalar boʻlgan yer osti suvlari va yer osti tuz eritmalari;
tajriba-sanoat yoʻsinida kavlab olish — yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish jarayonida foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, foydali qazilma konlarini sanoat yoʻsinida ishlatishning, shuningdek texnogen mineral hosilalardan foydalanishning oqilona usullari va uslublarini tanlash maqsadida foydali qazilmalarni kavlab olish;
texnogen mineral hosilalar — konchilik va qayta ishlash sohasidagi ishlab chiqarishlarning foydalanish uchun yaroqli foydali komponentlar boʻlgan chiqindilari;
foydali komponent — foydali qazilmaning sanoat yoʻsinida ishlatish maqsadida qazib olish texnologik jihatdan mumkin va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan tarkibiy qismi;
foydali qazilma koni — yer qaʼrining miqdori va sifati jihatidan ishga solish obyekti boʻlishi mumkin boʻlgan foydali qazilmalari bor uchastkasi;
foydali qazilmalar — yer qaʼridagi kelib chiqishi noorganik va organik boʻlgan qattiq, suyuq yoki gaz holidagi tabiiy mineral hosilalar, shu jumladan sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari, shoʻr koʻllarning tuz eritmalari va rapalari;
foydali qazilmalarni kavlab olish — foydali qazilmalarni yer qaʼridan yuzaga chiqarib olish bilan bogʻliq ishlar majmui;
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Yer qaʼridan foydalanilayotganda yuzaga keladigan, yerdan, suvdan (sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari bundan mustasno), oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq munosabatlar tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Yer osti boyliklariga egalik qilish
Yer osti boyliklari Oʻzbekiston Respublikasining mulki boʻlib, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
5-modda. Yer osti boyliklari davlat fondi
Yer qaʼrining foydalanilayotgan va foydalanilmayotgan uchastkalari, shuningdek texnogen mineral hosilalar yer osti boyliklari davlat fondini tashkil etadi.
6-modda. Kavlab olingan foydali qazilmalarga, texnogen mineral hosilalarga boʻlgan mulk huquqi
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kavlab olingan foydali qazilmalar davlat mulki, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral xom ashyoni qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan texnogen mineral hosilalarga boʻlgan mulk huquqi yer qaʼridan foydalanuvchida yer qaʼri uchastkasidan foydalanish muddatiga saqlanib qoladi.
II. Konchilik munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi
7-modda. Konchilik munosabatlari sohasidagi davlat boshqaruvi
Konchilik munosabatlari sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-294-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 365-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
yer osti boyliklari davlat fondini tasarruf etish;
mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, yer qaʼrini muhofaza etish davlat dasturlarini tasdiqlash hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berish va yer qaʼri monitoringini amalga oshirish tartibini belgilash;
foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishini va yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini tashkil qilish;
foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash hamda foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi, foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri yuritilishi tartibini belgilash;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 206-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyxatini tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
tegishli hududda mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, yer qaʼrini muhofaza qilish davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etish hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
keng tarqalgan foydali qazilmalar kavlab olinayotganda yer qaʼridan foydalanish shartlarini kelishib olish;
yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Yer qaʼridan foydalanishni cheklash
Agar aholi punktlari, shahar atrofi mintaqalari, sanoat, transport va aloqa obyektlari hududlarida yer qaʼridan foydalanish aholi hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirish, atrof muhitga zarar yetkazishi ehtimoli boʻlsa, bunday foydalanish cheklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yer qaʼridan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat hisobini yuritish. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish uchun, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish uchun, shuningdek nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan turib amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat hisobini yuritish hamda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizomga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarining davlat hisobini yuritish
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarining davlat hisobi yuritilishi lozim.
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarining davlat hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Foydali qazilma konlarining va foydali qazilma konlari aniqlanishi ehtimoli boʻlgan istiqbolli yer qaʼri uchastkalarining davlat reyestri
Foydali qazilma konlarining va foydali qazilma konlari aniqlanishi ehtimoli boʻlgan istiqbolli yer qaʼri uchastkalarining davlat reyestri (bundan buyon matnda davlat reyestri deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining mineral xom ashyo bazasini oʻzlashtirish va yanada rivojlantirish istiqbollarini aniqlash maqsadida yuritiladi.
Davlat reyestri sanoat yoʻsinida oʻzlashtirishga tayyorlangan har bir kon boʻyicha konni geologik-iqtisodiy baholash natijalari va uni ishlatish sharoitlari haqidagi, chiqarib olinayotgan mineral xom ashyo miqdori va sifati hamda uning bozor konyunkturasi hisobga olingan holdagi qiymati haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi zarur.
Davlat reyestri foydali qazilma koni aniqlanishi ehtimoli boʻlgan istiqbolli har bir yer qaʼri uchastkasi boʻyicha foydali qazilmalarning chamalanayotgan resurslari (zaxiralari), ularning taxminiy sifati, potensial konni ishlatishning ehtimol tutilgan usullari haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek yer qaʼri uchastkasini kelgusida geologik jihatdan oʻrganishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Davlat reyestridagi maʼlumotlar ochiq kim oshdi savdolari shartlarini tayyorlashda, shuningdek yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida berishda hisobga olinishi lozim.
Davlat reyestrini yuritish tartibi va uni yurituvchi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
14-modda. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri
Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri har bir kon boʻyicha asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlar zaxiralarining miqdor va sifatini, konni ishga solishning konchilik-geologik, konchilik-texnik, texnologik, gidrogeologik va boshqa shartlarini hamda konning geologik-iqtisodiy baholanishini tavsiflovchi maʼlumotlarni, shuningdek har bir foydali qazilma belgisiga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri texnogen mineral hosilalar boʻyicha har bir toʻplab qoʻyilayotgan obyektdagi texnogen mineral hosilalarning tipi yoki turini, miqdor va sifat koʻrsatkichini hamda ularni saqlashning konchilik-texnik shartlarini tavsiflovchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi
Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi sanoat ahamiyatiga molik konlar boʻyicha har bir turdagi foydali qazilma zaxiralarining miqdori, sifati va oʻrganib chiqilganlik darajasi toʻgʻrisidagi, ularning qanday joylashganligi, sanoat yoʻsinida qay darajada oʻzlashtirilganligi, qancha qazib olinayotganligi, qancha nobud boʻlayotganligi haqidagi hamda sanoatning qidirib topilgan foydali qazilmalar zaxiralari bilan nechogʻli taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi shart.
Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasi
Foydali qazilma konlarining zaxiralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyingina konlar sanoat yoʻsinida oʻzlashtirishga topshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash foydali qazilma konining sanoat ahamiyatini belgilovchi qidiruv konditsiyalari asosida konni geologik jihatdan oʻrganishning barcha bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari maʼlum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻgʻrisidagi nizom.
Geologik materiallarning davlat ekspertizasi ushbu Qonun 29-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va (yoki) ulardan foydalanish uchun hamda chiqindilarni saqlash, koʻmib tashlash uchun foydalanishga beriladigan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalarning qidiruv konditsiyalarini, zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(16-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-294-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 365-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(16-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-294-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 365-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. Foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarish
Kavlab olingan foydali qazilmalar, shuningdek sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan foydali qazilmalar zaxiralari, kavlab olish jarayonida yoʻqotilgan, keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoki konni ishga solishda mavjudligi tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansiga tegishli oʻzgartishlar kiritgan holda yer qaʼridan foydalanuvchining balansidan chiqarish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda mavjudligi tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining balansidan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-294-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 365-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Kavlab olingan va kavlab olish jarayonida yoʻqotilgan foydali qazilmalarni yer qaʼridan foydalanuvchining balansidan chiqarish yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-294-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 365-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Yer qaʼri monitoringi
Yer qaʼri monitoringi yer qaʼri holatini undagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni baholash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish uchun oʻtkaziladigan kuzatuvlar tizimidan iborat.
Yer qaʼri monitoringini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-maydagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining yer qaʼri monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
III. Yer qaʼridan foydalanish
19-modda. Yer qaʼridan foydalanish turlari
Yer qaʼri quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
geologik jihatdan oʻrganish;
foydali qazilmalarni kavlab olish;
texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati (bundan buyon matnda uglevodorodlar deb yuritiladi), boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash;
alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash.
Keyingi tahrirga qarang.
20-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchilar
Yuridik va jismoniy shaxslar yer qaʼridan foydalanuvchi boʻlishi mumkin.
21-modda. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun haq toʻlash
Yer qaʼridan foydalanish pullikdir, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22-modda. Yer qaʼridan foydalanish muddatlari
Yer qaʼri muddatli (muvaqqat) va muddatsiz foydalanishga berilishi mumkin.
Yer qaʼridan foydalanish muddatlari yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. Yer qaʼri uchastkalaridan muddatli foydalanish
Yer qaʼri uchastkalari muddatli foydalanishga:
geologik jihatdan oʻrganish uchun — besh yilgacha muddatga;
foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun — foydali qazilma konini yoki texnogen mineral hosilalarni ishga solishning texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan muddatiga;
Keyingi tahrirga qarang.
nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun — ikki yilgacha muddatga beriladi.
Yer qaʼridan foydalanuvchi litsenziyada belgilangan shartlarni bajargan taqdirda hamda yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, shuningdek foydali qazilma konini ishlatish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish yoxud foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish zarurati boʻlgan taqdirda, yer qaʼridan foydalanish muddati yer qaʼridan foydalanuvchining yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) bergan organga yer qaʼridan foydalanish muddati tugashidan kamida olti oy oldin yuborgan arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qaʼridan foydalanish muddatini uzaytirish yoki uning muddatini uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya bergan organ tomonidan yer qaʼridan foydalanuvchining arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qabul qilinadi.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 18-dekabrdagi OʻRQ-133-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
24-modda. Yer qaʼridan muddatsiz foydalanish
Yer qaʼri uchastkalari muddatsiz foydalanishga foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun, shuningdek alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo qilish uchun berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
25-modda. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishining asoslari
Keyingi tahrirga qarang.
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishning belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishining asosi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer qaʼrini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan geologik jihatdan oʻrganish ishlarini boshlash uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarori yoki yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi asos boʻladi.
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir, davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishini talab qilmaydigan ishlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya
Keyingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlari asosida geologik jihatdan oʻrganish uchun, foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlar uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishining asosi litsenziya hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya tegishli davlat organining yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni olib borish uchun yer uchastkasi berilishini kafolatlovchi qarori mavjud boʻlganda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya oʻz egasining muayyan chegaradagi yer qaʼri uchastkasidan belgilangan muddat mobaynida foydalanish huquqini tasdiqlaydi hamda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer qaʼridan foydalanishning bir yoʻla bir necha turiga litsenziyalar berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya:
litsenziya egasi haqidagi maʼlumotlarni;
yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlardan moʻljallangan maqsadni;
foydalanishga berilayotgan yer qaʼri uchastkasining dastlabki talab koʻrsatkichlarini;
yer qaʼridan foydalanish muddatlari va ishlarni boshlash muddatlarini;
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlari qidirib topgan kondan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olishda mutlaq huquqqa ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27-modda. Litsenziyalarni berish
Litsenziya yuridik yoki jismoniy shaxsga litsenziya berishga vakolatli organ tomonidan beriladi.
Litsenziyalarni berish ochiq kim oshdi savdolari yoki yuridik va jismoniy shaxslarning litsenziya berishga vakolatli organlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralari natijalari asosida oʻttiz kun ichida amalga oshiriladi.
Agar yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi yuridik shaxslarning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan birlashmasiga beriladigan boʻlsa, litsenziya bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biriga berilib, unda mazkur ishtirokchi shu birlashma nomidan ish yuritayotganligi, shuningdek birlashmaning boshqa barcha ishtirokchilari koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish hamda nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tomonidan beriladi, ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan litsenziyalar bundan mustasno.
(27-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 18-dekabrdagi OʻRQ-133-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 18-dekabrdagi OʻRQ-133-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 512-modda)
Chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalari asosida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28-modda. Kon ajratmasi
Litsenziyaga muvofiq yer qaʼri foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish, alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlar barpo etish uchun maydoni va chuqurligi cheklangan uchastkalar koʻrinishida (bundan buyon matnda kon ajratmasi deb yuritiladi) foydalanishga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kon ajratmasi chegaralarida xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat yer qaʼri kimga berilgan boʻlsa, faqat oʻsha foydalanuvchining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Kon ajratmalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.
(28-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-294-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 365-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yoʻsinida kavlab olish uchun litsenziyaga muvofiq beriladigan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishda kon ajratmasi talab qilinmaydi, uglevodorodlarni tajriba-sanoat yoʻsinida kavlab olish bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Kon ajratmalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini oʻzgartirish
Ishlatilayotgan konda foydali qazilmalarning yoki qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlarning yangi turlari borligi haqida, shuningdek foydali qazilmalarning yangi xossalari yoki xususiyatlari haqida litsenziya berilgan paytda maʼlum boʻlmagan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, litsenziya bergan organ geologik materiallarni davlat ekspertizasiga yuborish hamda uning natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga foydali qazilmalarning zaxiralarini qaytadan tasdiqlash yuzasidan taklif kiritish huquqiga ega.
Litsenziyani bergan organ yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi qarori asosida oʻzgartishlar kiritishi mumkin.
(29-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-294-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 365-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
30-modda. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqidan oʻzga shaxsning foydasiga voz kechish
Foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun litsenziyaning egasi litsenziyani bergan organ bilan kelishuvga binoan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqidan (toʻla yoki qisman) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa shaxs foydasiga, agar bu shaxs litsenziyada belgilangan shartlarni bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan boʻlsa, voz kechishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
31-modda. Yer qaʼridan xoʻjalik va roʻzgʻor ehtiyojlari uchun foydalanish
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar oʻzlariga berilgan yer uchastkalari doirasida oʻz xoʻjalik va roʻzgʻor ehtiyojlari uchun portlatish ishlarini qoʻllamagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zaxiralari foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobiga olinmagan keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olishni hamda yer osti inshootlarini qurishni litsenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan qonun hujjatlari buzilgan taqdirda keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olish va yer osti inshootlarini qurish belgilangan tartibda taqiqlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
32-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlari
Yer qaʼridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
oʻz faoliyati natijalaridan, shu jumladan yer qaʼri toʻgʻrisida olingan geologik va boshqa axborotdan, shuningdek kavlab olingan foydali qazilmalar yoki ularning litsenziya shartlariga koʻra tasarruflarida boʻladigan ulushidan foydalanish;
agar litsenziyada boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, foydali qazilmalarni kavlab olish hamda mineral xom ashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni olib borish texnologiyasi yuzasidan qaror qabul qilish;
texnik loyihalar va konchilik ishlarini rivojlantirish rejalariga, shuningdek uglevodorod konlarini ishlatish va obodonlashtirish loyihalariga belgilangan tartibda oʻzgartish kiritish;
foydali qazilma konlarini ishlatish jarayonida foydalanuv konditsiyalarini qoʻllash;
litsenziyaga muvofiq berilgan kon ajratmasi doirasida qoʻshimcha ruxsatnomasiz yer qaʼri geologik jihatdan oʻrganilishini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
kon ajratmasi va belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalari doirasida ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, shuningdek umum foydalanishdagi obyektlar va kommunikatsiyalardan shartnoma asosida foydalanish;
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning ayrim turlarini yoki majmuini bajaruvchilarni shartnoma asosida jalb etish;
mineral xom ashyoga va uni qayta ishlash mahsulotlariga boʻlgan konyunktura oʻzgarganligi munosabati bilan foydali qazilmalarni kavlab olish iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiq boʻlganda, shuningdek litsenziya berilgandan ancha farq qiluvchi holatlar yuzaga kelganda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer qaʼridan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
33-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Yer qaʼridan foydalanuvchilar:
yer qaʼri uchastkasi qaysi maqsadda berilgan boʻlsa, undan shu maqsadda foydalanishi;
yer qaʼridan foydalanish va mineral xom ashyoni qayta ishlash bilan bogʻliq ishlarni olib borish texnologiyasi normalari va qoidalariga rioya etishi;
konchilik ishlarini rivojlantirishning texnik loyihalari va rejalaridagi, shuningdek uglevodorod konlarini ishlatish va obodonlashtirish loyihalaridagi talablarga rioya etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
foydali qazilma konlarini ishlatish, yer qaʼridan foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish jarayonida geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlarni yuritishi hamda ularning saqlanishini taʼminlashi;
chiqarib olinadigan va yer qaʼrida qoldiriladigan asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan komponentlar zaxiralari, shuningdek mineral xom ashyoni va texnogen mineral hosilalarni qayta ishlash mahsulotlari miqdori va sifati hisobini yuritishi;
kavlab olinayotganda qoʻshilib chiqadigan, lekin vaqtincha foydalanilmayotgan foydali qazilmalar va foydali komponentlarni saqlashi;
foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral xom ashyoni qayta ishlash chogʻida nobudgarchilik normativlariga rioya etilishini taʼminlashi;
konlarning foydali qazilmalarga boy uchastkalari tanlab ishlatilishiga yoʻl qoʻymasligi;
asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlar zaxiralarining holati va oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek foydali qazilma konlari, foydali qazilmalar belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini yuritish uchun maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasiga taqdim etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar taʼsiri doirasidagi ishlovchilar (xodimlar) va aholining xavfsizligini taʼminlashi;
yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bexatar olib borilishini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari koʻrilishini, falokatlarni bartaraf etish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlashi;
foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishning belgilangan tartibiga rioya etishi;
toʻkindi uyumlarining yonbagʻirlarini va ochiq konlarning yon chekkalarini rejalash yoki pogʻonalash ishlari, shuningdek eroziyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlashi;
atrof muhitni muhofaza qilishga, shuningdek yer qaʼridan foydalanishda ishdan chiqqan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy obyektlarni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Qonun hujjatlariga muvofiq yer qaʼridan foydalanuvchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
34-modda. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib turish va tugatish asoslari
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda cheklanishi, toʻxtatib turilishi yoki muddatidan ilgari tugatilishi mumkin:
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar taʼsiri doirasidagi aholi hayotiga yoki sogʻligʻiga, atrof muhitga tahdid yuzaga kelganda;
agar yer qaʼridan foydalanuvchi bir yil mobaynida yer qaʼri uchastkasidan foydalanishga kirishmagan boʻlsa;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun toʻlovlar muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda;
yer qaʼridan foydalanuvchi litsenziyaning asosiy shartlarini buzgan taqdirda;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Qonunning 36, 37, 39 va 40-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bajarilmagan taqdirda.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
yer qaʼri uchastkasidan foydalanishning belgilangan muddati tugaganda;
yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqidan voz kechganda;
foydalanishiga yer qaʼri uchastkasi berilgan yuridik shaxs tugatilgan yoki yakka tadbirkorning faoliyati tugatilgan taqdirda.
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib turish va tugatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
IV. Yer qaʼridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish
35-modda. Yer qaʼridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning asosiy talablari
Yer qaʼridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning asosiy talablari quyidagilardan iborat:
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish toʻla-toʻkis boʻlishini va undan kompleks foydalanilishini taʼminlash;
foydali qazilmalarning oʻzboshimchalik bilan kavlab olinishiga va ular joylashgan maydonlarda imorat qurilishiga yoʻl qoʻymaslik;
foydali qazilmalar zaxiralarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshirish;
foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasini oʻtkazish;
yer qaʼridan asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlarning iqtisodiy jihatdan rentabelli zaxiralari mumkin qadar toʻliq chiqarib olinishini taʼminlash;
foydali qazilma konlarini suv bosishdan, suv chiqib ketib toʻlib qolishdan, yongʻindan hamda foydali qazilmalar sifatini va konlarning sanoat koʻlamidagi ahamiyatini pasaytiruvchi yoki ularni ishga solishni murakkablashtiruvchi boshqa omillardan muhofaza qilish;
yer qaʼrida konservatsiya qilib qoʻyiladigan foydali qazilmalar zaxiralarining, yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni olib borishda kon qazishmalari, quduqlar va yer osti inshootlarining saqlanishini taʼminlash;
uglevodorodlar va ularni qayta ishlash asosida hosil qilingan mahsulotlarni, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlashda, chiqindilarni saqlash va koʻmishda, oqova suvlarni chiqarib tashlashda yer qaʼri ifloslanishining oldini olish;
foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishni belgilangan tartibda oʻtkazish.
36-modda. Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir asosiy talablar
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir asosiy talablar quyidagilardan iborat:
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishning, qidirib topilayotgan foydali qazilma konlarini, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun, shu jumladan chiqindilarni saqlash va koʻmish uchun foydalanishga beriladigan yer qaʼri uchastkalarini ishga solishdagi konchilik-texnik, gidrogeologik, geologik-iqtisodiy va boshqa sharoitlarning toʻla-toʻkis boʻlishi;
asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan komponentlar zaxiralarining miqdori va sifatini aniqlash;
kon ustida yotgan hamda sigʻdiruvchi jinslardan ishlab chiqarishda va yerlarni qayta tiklashda foydalanish uchun ana shu jinslarning xossalarini tadqiq etish, shuningdek foydali qazilmalarni radiatsiya-gigiyena jihatidan baholash;
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini foydali qazilmalar asossiz nobud boʻlishini va sifati pasayishini istisno etuvchi usul va uslublarda olib borish;
yer qaʼridan chiqarib olinayotgan togʻ jinslari va foydali qazilmalarni ularning atrof muhitga zararli taʼsirini istisno etadigan tarzda joylashtirish uchun uchastkalarni tanlash;
foydali qazilma konlarini ishga solishida va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin boʻlgan, qidiruv ishlari olib borilgan kon qazishmalarining va burgʻilangan quduqlarning saqlanishini taʼminlash, shuningdek foydalanilmaydigan kon qazishmalarini va quduqlarni belgilangan tartibda yoʻq qilish;
yer qaʼrini kelgusida oʻrganishda, foydali qazilma konlarini ishga solishda, shuningdek yer qaʼridan foydali qazilmalar kavlab olishi bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanishda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlar, togʻ jinslari va rudalarning namunalari, kern, foydali qazilma namuna nusxalari saqlanishini taʼminlash.
37-modda. Foydali qazilma konlarini ishlatishga va mineral xom ashyoni qayta ishlashga doir asosiy talablar
Foydali qazilma konlarini ishlatish va mineral xom ashyoni qayta ishlash belgilangan tartibda tasdiqlangan konchilik ishlarini rivojlantirish texnik loyihalari va rejalariga, uglevodorod konlarini ishga solish va obodonlashtirish loyihalariga, yer qaʼridan texnikaviy foydalanish va uni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Foydali qazilma konlarini ishlatish jarayonida qidiruv konditsiyalari qoʻllaniladi. Konlarni ishlatishning konchilik-geologik va boshqa sharoitlari, mineral xom ashyo va uni qayta ishlash mahsulotlarining bozor konyunkturasi hamda energiya resurslarining narxlari oʻzgarganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda tasdiqlanadigan foydalanuv konditsiyalari qoʻllaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-avgustdagi 228-son “Foydali qazilmalar zaxiralarini qayta hisoblash uchun ekspluatatsion konditsiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Foydali qazilma konlarini ishlatishda quyidagilar taʼminlanishi kerak:
foydali qazilmalarni kavlab olishning oqilona, ekologik xavfsiz texnologiyalari qoʻllanilishi;
ishga solinayotgan foydali qazilma konlari va ularga tutashgan foydali qazilma konlari hamda yer qaʼri boshqa uchastkalarining konchilik ishlari olib borish natijasida buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi, yer qaʼrida konservatsiya qilib qoʻyiladigan foydali qazilma zaxiralarining saqlanishi;
konlarning pogʻonalari va yon chekkalari mustahkamligi, togʻ jinslarining siljish jarayonlari, yer yuzasi, binolar, inshootlarning choʻkishi (ogʻishi) maxsus asboblar bilan kuzatib turilishi.
Mineral xom ashyoni qayta ishlashda quyidagilar taʼminlanishi kerak:
foydali komponentlar oqilona, kompleks chiqarib olinishini taʼminlaydigan qayta ishlash texnologik sxemalariga rioya etilishi;
qayta ishlashning turli bosqichlarida foydali komponentlar taqsimoti va ularni mineral xom ashyodan ajratib olish darajasi hisobga olinishi va nazorat qilib borilishi;
mineral xom ashyoning texnologik xossalari va tarkibi oʻrganilishi, uni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish maqsadida tajriba-texnologiya sinovlari oʻtkazilishi;
qayta ishlash asosida hosil qilingan mahsulotlar va chiqindilardan, shuningdek oqova suvlardan mumkin qadar toʻliq foydalanilishi;
vaqtincha foydalanilmayotgan mahsulotlar va tarkibida foydali komponentlari boʻlgan ishlab chiqarish chiqindilari joylashtirilishi, hisobga olinishi va saqlanishi.
38-modda. Qimmatbaho metallar mayda tub konlarini ishlatishning alohida shartlari
Qimmatbaho metallarning mayda tub konlarini qidirishni ularni yer osti usulida ishlatish bilan qoʻshib olib borishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39-modda. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarni qurish va ulardan foydalanish uchun yer qaʼridan foydalanishdagi asosiy talablar
Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qaʼridan foydalanish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik loyihalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlaridan foydalanishda chiqindilar va oqova suvlar zararsizlantirilishi yoki belgilangan chegara doirasidan chetga chiqmasligi taʼminlanishi, shuningdek ularning kon qazishmalariga, yer yuzasiga, atmosfera havosiga va suv obyektlariga kirib borishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrilishi kerak.
40-modda. Yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bexatar olib borilishini taʼminlashning asosiy talablari
Yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bexatar olib borilishini taʼminlashning asosiy talablari quyidagilardan iborat:
ishlarni bajarishni maxsus tayyorgarligi va malakasi boʻlgan shaxslarga, konchilik ishlariga rahbarlik qilishni esa — tegishli maxsus maʼlumoti boʻlgan shaxslarga ijozat etish;
konchilik, burgʻilash ishlarida va boshqa ishlarda band boʻlgan shaxslarni maxsus kiyim-bosh, shaxsiy va umumiy himoya vositalari bilan taʼminlash;
xavfsizlik qoidalari talablariga, sanitariya normalari va qoidalariga hamda ekologik normativlarga mos keladigan mashinalar, asbob-uskuna va materiallarni qoʻllash;
portlovchi moddalar va portlatish vositalaridan foydalanish, shuningdek ularning hisobini yuritish, ularni saqlash va sarflash qoidalariga rioya etish;
ishlarning bir maromdagi texnologik tizimini taʼminlash va xavfli vaziyatlarni prognoz qilish uchun zarur boʻlgan geologik, marksheyderlik ishlari, boshqa ishlar hamda kuzatishlar majmuini oʻtkazish, avariyalarni bartaraf etishning texnikaviy hujjatlari va rejalarini ishlarni bexatar olib borish zonalari chegaralarini aniqlashtiruvchi maʼlumotlar bilan oʻz vaqtida toʻldirib borish;
kon havosining holatini, uning tarkibidagi kislorod, zararli va portlash xavfi boʻlgan gazlar hamda changlar miqdorini muntazam nazorat qilib borish.
Agar yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning holati odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soladigan boʻlsa, bunday ishlarni olib borish taqiqlanadi.
Yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bexatar olib borish uchun sharoitlarni taʼminlash masʼuliyati shu ishlarni bevosita amalga oshiruvchi tashkilotlarning rahbarlari zimmasida boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41-modda. Konchilikdagi qutqaruv qismlari hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlari
Yer osti konchilik ishlarini olib borayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilarga konchilikdagi qutqaruv qismlari, uglevodorod konlarini aniqlash, qidirish va ishlatishda burgʻilash ishlarini olib borayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilarga esa — ochiq, neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlari tomonidan xizmat koʻrsatilishi kerak.
Konchilikdagi qutqaruv qismlari toʻgʻrisidagi, shuningdek ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-dekabrdagi 332-sonli “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi toʻgʻrisida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
42-modda. Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda imorat qurish shartlari
Aholi punktlari, sanoat obyektlari va boshqa obyektlarni joylashtirish uchun uchastkalar tanlashda boʻlgʻusi imorat quriladigan uchastkaning yer qaʼrida foydali qazilmalar yoʻqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasining xulosasi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Alohida hollarda sanoat koʻlamida oʻzlashtirishga topshirilmagan foydali qazilma konlari (keng tarqalgan foydali qazilmalarning konlari bundan mustasno) joylashgan maydonlarda imorat qurishga, shuningdek bunday konlar joylashgan yerlarda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini joylashtirishga, konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishuvga muvofiq, yer qaʼridan foydali qazilmalarni chiqarib olish imkoniyatlari taʼminlanishi hisobga olingan holda, yoʻl qoʻyiladi.
43-modda. Ilmiy, tarixiy, madaniy, estetik va boshqa ahamiyatga molik yer qaʼri uchastkalarini muhofaza qilish
Ilmiy, tarixiy, madaniy, estetik va boshqa ahamiyatga molik noyob tabiiy yoki sunʼiy geologik jinslar, mineralogik hosilalar, paleontologik, arxeologik obyektlar hamda yer qaʼri uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlar deb eʼlon qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer qaʼridan foydalanilayotganda ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan obyektlar topilib qolsa, yer qaʼridan foydalanuvchilar yer qaʼrining tegishli uchastkasidagi ishlarni toʻxtatib turishlari hamda bu haqda litsenziya bergan organni va mahalliy davlat hokimiyati organlarini xabardor qilishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
44-modda. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilish
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalar hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari quyidagi hollarda tugatilishi yoki konservatsiya qilinishi lozim:
yer qaʼridan foydalanish muddati tugaganda;
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi tugatilganda;
foydali qazilmalarning iqtisodiy jihatdan rentabelli zaxiralari toʻliq ishlatib boʻlinganda;
kon qazishmalarini, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini suv bosishi yoki ularning vayron boʻlishi xavfi paydo boʻlib, buning oldini olishning texnikaviy jihatdan iloji boʻlmaganda yoki bunday qilish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlamaganda;
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlaridan foydalanishga ehtiyoj qolmaganda.
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik (texnologik) loyihaga muvofiq amalga oshiriladi.
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonani yoki uning bir qismini, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatishda va konservatsiya qilishda kon qazishmalari va quduqlar aholining hayoti va sogʻligʻi, atrof muhit xavfsizligini taʼminlovchi holatga keltirilishi kerak. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxona yoki uning bir qismi konservatsiya qilingan taqdirda esa, butun konservatsiya vaqtida konning, kon qazishmalarining va quduqlarning saqlanishi ham taʼminlanmogʻi lozim.
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalar hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari tugatilgan yoki konservatsiya qilingan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchilar geologik, marksheyderlik hujjatlari va boshqa hujjatlarni ishlar yakunlangan paytdagi holatga koʻra toʻldirishlari hamda ularni saqlash uchun belgilangan tartibda topshirishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(44-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-294-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 365-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish jarayoni oxiriga yetkazilguniga qadar yer qaʼridan foydalanish boʻyicha majburiyat va javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq yer qaʼridan foydalanuvchining zimmasida boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
45-modda. Yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborot
Yer qaʼridan foydalanuvchilarning oʻz mablagʻlari hisobiga olingan yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborot yer qaʼridan foydalanuvchilarning mulki hisoblanadi. Yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborot mulkdori undan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi. Yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborotga boʻlgan mulk huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muhofaza qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek yer qaʼridan foydalanuvchilarning oʻz mablagʻlari hisobiga olingan yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborot Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasiga hisobga olish, saqlash hamda bir tizimga solish uchun belgilangan shaklda majburiy tartibda va bepul topshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tushayotgan axborotning maxfiyligini taʼminlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga olingan yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborotni realizatsiya qilish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-son “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
46-modda. Foydali qazilma konlarini aniqlaganlik uchun taqdirlash
Ilgari maʼlum boʻlmagan, sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilma konini topgan, qidirib aniqlagan, shuningdek ilgari maʼlum boʻlgan konda uning sanoat ahamiyatini ancha oshiradigan foydali qazilmalarning qoʻshimcha zaxiralari yoki yangi foydali qazilmalar va qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlar borligini aniqlagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda pul mukofoti bilan taqdirlanish huquqiga ega.
47-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchilar huquqlarining kafolati
Yer qaʼridan foydalanuvchilarning faoliyatiga davlat organlari aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yer qaʼridan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi asossiz cheklanishi, toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi oqibatida yer qaʼridan foydalanuvchilar koʻrgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
48-modda. Yetkazilgan zararning qoplanishi
Yer qaʼridan foydalanuvchiga boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Konlarning foydali qazilmalarga boy uchastkalari tanlab ishlatilganligida, shuningdek kon ishdan chiqishiga yoki yer qaʼri uchastkasidan kelgusida foydalanish imkoniyatini qisman yoki toʻla istisno etadigan sharoit yaratilishiga olib kelgan boshqa harakatlarda (harakatsizlikda) aybdor yer qaʼridan foydalanuvchining faoliyati natijasida davlatga yetkazilgan zarar qonun hujjatlariga muvofiq yer qaʼridan foydalanuvchining mablagʻlari hisobidan qoplanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yakunlovchi qoidalar
49-modda. Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
50-modda. Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan ishlab chiqarish nazorati
Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan ishlab chiqarish nazorati yer qaʼridan foydalanuvchilarning geologik, marksheyderlik yoki texnik xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Geologik va marksheyderlik xizmatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
51-modda. Nizolarni hal qilish
Konchilik munosabatlari sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
52-modda. Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 512-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda; 51-son, 541-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son , 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)