toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni oʻtkazish toʻgʻrisida” 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni oʻtkazish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni oʻtkazish uchun savolnoma shakllari roʻyxati 3-ilovaga hamda mazkur shakllar 3.1 — 3.6-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish hamda natijalarini eʼlon qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali qoʻllash va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tarkibi 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazishning ahamiyati va mazmun-mohiyati boʻyicha targʻibot media-rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishchi guruh:
bir oy muddatda Milliy statistika qoʻmitasining “Aholini roʻyxatga olish axborot tizimi” (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatga olish axborot tizimi) negizida, qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish savolnomalarini qoʻshgan holda mazkur tizimni takomillashtirishni, sinovdan oʻtkazishni va uning uzluksiz ishlashini;
2025-yil 15-oktabrga qadar roʻyxatga olish axborot tizimi oʻrnatiladigan “mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalari xatlovdan oʻtkazilishini;
2025-yil 1-noyabrga qadar roʻyxatga olish jarayonlarini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun “Koll-markaz” tashkil etish ishlarini;
2025-yil 1-dekabrga qadar roʻyxatga olish axborot tizimining maxsus mobil ilovasini “mahalla yettiligi” tizimi va boshqa jalb qilinadigan xodimlarning planshet qurilmalariga oʻrnatishni;
2026-yil yanvar-fevral oylari davomida roʻyxatga olish axborot tizimi server quvvati hamda “OneID” tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
Bunda Milliy statistika qoʻmitasi Ishchi guruhning ishchi organi hisoblanadi.
3. Raqamli texnologiyalar vazirligi Milliy statistika qoʻmitasi bilan hamkorlikda roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida:
roʻyxatga olish axborot tizimi va maʼlumotlar bazasi uchun zarur server quvvatlarini ajratish;
“mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalarini himoyalangan virtual aloqa kanali (VPN) bilan taʼminlash;
respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida “OneID” tizimida roʻyxatga olishning osonlashtirilgan tartibini joriy etsin va mazkur tizimning uzluksiz ishlashini taʼminlasin;
roʻyxatga olish jarayonida murojaatlarni qabul qilish uchun tashkil etiladigan “Koll-markaz” uchun respublika doirasida ishlovchi yagona qisqa raqam ajratsin;
statistika organlari hamda tuman va shahar roʻyxatga olish shtablarini yuqori tezlikdagi aloqa kanallari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Belgilansinki, roʻyxatga olish tadbirida roʻyxatga oluvchi sifatida ishtirok etadigan “mahalla yettiligi” tizimida ishlovchi xodimlar tegishli boʻlgan vazirlik, idora va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan:
Milliy statistika qoʻmitasiga belgilangan tartibda taqdim etiladigan soʻrovnomaga asosan roʻyxatga olish tadbirida ishtirok etgan xodimlar uchun ragʻbatlantirish toʻlovlari ajratiladi;
2025-yil 1-noyabrga qadar “mahalla yettiligi” tizimidagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari malakali mutaxassislar bilan toʻldiriladi va ularni oʻqitish jarayonlaridagi ishtiroki taʼminlanadi;
mahallalarda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazishda haqqoniylik va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi uchun “mahalla yettiligi”ning masʼuliyati belgilab qoʻyilsin.
5. Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi roʻyxatga olish tadbirida toʻplangan maʼlumotlarning sifatini taʼminlash maqsadida:
2025-yil 1-noyabrdan boshlab roʻyxatga olish axborot tizimidan foydalanish boʻyicha “mahalla yettiligi” xodimlari uchun amaliy oʻquv-seminarlarini tashkil etsin;
aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlarini roʻyxatga olish axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish choralarini koʻrsin;
roʻyxatga olish ishlarining oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan kunlik nazorat tizimi joriy etilsin.
6. Milliy statistika qoʻmitasiga roʻyxatga olish maʼlumotlarini yigʻish va tahlil qilish jarayonida foydalanish uchun:
2025-yilning 15-oktabr va 2026-yilning 15-yanvar holatiga Adliya vazirligi oila tarkibi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar bazasini hamda Ichki ishlar vazirligi aholining doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini elektron shaklda mazkur sanalardan keyingi kunda;
2025-yil 15-oktabr va 2026-yil 1-yanvar holatiga Kadastr agentligi roʻyxatga olish jarayonida foydalanish uchun mahallalarning chegaralari hamda har bir jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yer uchastkalari konturlari koʻrsatilgan holda yangilangan elektron xaritalarni, shuningdek, ushbu yer uchastkalari boʻyicha identifikatorlar, toifalari va boshqa zarur maʼlumotlar bilan birga, maʼlumotlar bazasini mazkur sanalardan keyingi kunda taqdim etsin.
7. Ichki ishlar vazirligi roʻyxatga olish davrida roʻyxatga olish jarayoniga jalb etiladigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlasin. Bu borada Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida Milliy gvardiya ichki ishlar organlariga koʻmaklashsin.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish, birlamchi maʼlumotlarni qayta ishlash va yakuniy maʼlumotlarni chop etish bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasining 2025 — 2027-yillar uchun Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar doirasida moliyalashtirishni taʼminlasin.
9. Tashqi ishlar vazirligi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, ammo roʻyxatga olish davrida vaqtincha xorijiy davlat hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijdagi konsullik boʻlimlari tomonidan roʻyxatga olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirsin va ularning Internet jahon axborot tarmogʻi (keyingi oʻrinlarda — internet tarmogʻi) orqali roʻyxatdan oʻtishlarini taʼminlasin.
10. Milliy statistika qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga qatʼiy rioya etilishini;
roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarini bajarish uchun hududiy statistika organlariga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etiladigan mutaxassislarning bir oylik ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorda belgilanishini taʼminlasin;
roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish va dastlabki maʼlumotlarni eʼlon qilish davriga qadar statistika organlari va boshqa vazirlik, idoralardan mutaxassislarni jalb qilgan holda shtab tashkil etsin hamda mazkur shtab aʼzolarini har oy Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) doirasida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 20 baravarigacha miqdorda ragʻbatlantirish choralarini koʻrsin.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ikkitadan umumiy oʻrta taʼlim maktabida roʻyxatga olishning aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini ommalashtirish maqsadida “Statistika sinflari”ni tashkil qilsin va ularni tadbir doirasida xarid qilinadigan mebel jihozlari va kompyuter texnikalari bilan jihozlash choralarini koʻrsin;
roʻyxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqib, vaqtincha jalb qilinadigan “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini roʻyxatga olish guvohnomasi bilan taʼminlasin;
2026-2027-yillarda roʻyxatga olishning birlamchi maʼlumotlarini qayta ishlash maqsadida budjet mablagʻlari hisobidan roʻyxatga olish maʼlumotlarini qayta ishlovchi mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga jalb qilish hamda yakuniy maʼlumotlarni chop etish ishlarini tashkil qilsin.
Bunda vaqtincha jalb qilinadigan roʻyxatga olish maʼlumotlarini qayta ishlovchi mutaxassislarning bir oylik ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida etib belgilanishini taʼminlasin.
11. Milliy statistika qoʻmitasiga roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, shuningdek, keyinchalik statistika dasturida belgilangan ishlarni samarali tashkil etish maqsadida loyiha doirasida amaldagi meʼyorlardan tashqari Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparatiga 1 ta elektromobil va hududiy statistika organlariga 14 ta “Damas” avtomobili sotib olishga ruxsat berilsin.
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi roʻyxatga olishni oʻtkazishning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari hamda internet tarmogʻida keng yoritilishini taʼminlasin.
13. Vazirlar Mahkamasining 7-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Milliy statistika qoʻmitasi raisi B.S. Hamrayev hamda Qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-oktabr,
629-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatga olish) tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomda Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi va “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi qonunlarida belgilangan atamalar va taʼriflardan foydalaniladi.
2. Roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasi aholisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish, aholi soni va tarkibini joriy hisob-kitob qilish, mehnat resurslarining joylashuvi va foydalanilishini oʻrganish, hududlarda qishloq xoʻjaligining tarkibiy holatini baholash, qishloq xoʻjaligi faoliyatiga xizmat qiluvchi infratuzilmani rivojlantirish, resurslardan samarali foydalanish, roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlari tahlili natijasida qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar ishlab chiqish va pirovardida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda indikativ rejalashtirish, shuningdek, ilmiy — tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida tashkil etiladi.
3. Roʻyxatga olish 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar oʻtkaziladi va roʻyxatga olish boshlanishining aniq payti 2026-yil 15-yanvar (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatga olish sanasi) soat 00:00 etib belgilanadi. Roʻyxatga olishni oʻtkazish davomiyligi — 45 kun.
Respondentlarning shaxsga va qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir maʼlumotlarini toʻplash jarayonida roʻyxatga olish sanasidan keyingi oʻzgarishlar hisobga olinmaydi.
Jumladan, roʻyxatga olish savolnoma shakllari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlari 2026-yilning 15-yanvaridan keyin tugʻilgan bolalarga nisbatan toʻldirilmaydi, biroq roʻyxatga olish sanasidan keyin vafot etgan shaxslarga nisbatan toʻldiriladi.
Xuddi shunday roʻyxatga olish hujjatlari 2026-yilning 15-yanvaridan keyin xoʻjalikka yangi chorva mollari keltirilgan yoki tugʻilgan chorva mollariga nisbatan toʻldirilmaydi, biroq roʻyxatga olish sanasidan keyin nobud boʻlgan, soʻyilgan yoki sotilgan va boshqa sabablarga koʻra xoʻjalik hisobidan chiqib ketgan chorva mollariga nisbatan toʻldiriladi.
4. Shaxsga doir maʼlumotlar quyidagicha toʻplanadi:
respondentlar tomonidan roʻyxatga olish savolnomalarini Internet jahon axborot tarmogʻi (keyingi oʻrinlarda — internet tarmogʻi) orqali maxsus dasturiy taʼminot yordamida mustaqil toʻldirish;
vaqtincha roʻyxatga olish xodimlari tomonidan respondentlar yashaydigan (boʻlib turgan) turar joy va boshqa binolarga tashrif buyurgan holda respondentlar bilan soʻrov oʻtkazish va ularning ogʻzaki javoblari asosida maʼlumotlarni planshet qurilmalari yordamida roʻyxatdan oʻtkazish savolnomalariga kiritish;
oʻzi yashaydigan (boʻlib turgan) turar yoki noturar joyda roʻyxatdan oʻtishni istamagan respondentlar tomonidan mahalla fuqarolari yigʻini binolarida tashkil etiladigan statsionar roʻyxatga olish uchastkalariga borgan holda roʻyxatga olish savolnomalarini toʻldirish;
roʻyxatga olish davrida yashash (turgan) joyida hozir boʻlmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar (respondentlar) toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar mazkur uy xoʻjaligining voyaga yetgan aʼzolari tomonidan maʼlum qilinadi. Oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan maʼlum qilinadi;
respondent roʻyxatga olish savolnoma shakllaridagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda, roʻyxatga olish savolnoma shakllari mahalla fuqarolari yigʻinidagi yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida toʻldiriladi;
gapirish va eshitishida nuqsoni boʻlgan fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlari tegishli hudud boʻyicha nogironlik jamiyatlarining xodimlari yoki ushbu shaxslar bilan muomala qilish imkoniyati mavjud boʻlgan shaxslar koʻmagida yigʻiladi.
Aholining ayrim toifalari boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarni toʻplash, roʻyxatga olish savolnoma shakllari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlarini toʻldirish Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonuni 24-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Muassasa yoki tashkilotlar hududi yoki ularga tegishli boʻlgan joylardagi qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir maʼlumotlarni yigʻish ularning maʼmuriyatlari tomonidan internet tarmogʻi orqali maxsus dasturiy taʼminot yordamida yuboriladi.
Internet tarmogʻi va planshet qurilmalari yordamida roʻyxatga olishda savollar soni va mazmunini saqlagan holda tahririy oʻzgartirish va qayta guruhlarga ajratilishi mumkin.
5. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, doimiy yoki vaqtincha yashovchi yoxud vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, ammo aholini roʻyxatga olish davrida vaqtincha xorijiy davlat hududida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari respondent sifatida roʻyxatga olinadi.
6. Aholi soni va uning tarkibini hisoblashda:
bir yildan ortiq muddatda mamlakat hududida boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar doimiy vakolatxonalarining, xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar va chet davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari boʻlgan chet el fuqarolari hamda ularning oila aʼzolari;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq diplomatik imtiyozlarga va immunitetga ega boʻlgan boshqa shaxslar hisobga olinmaydi.
7. Roʻyxatga olishda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari xodimlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ularning oʻzi bilan birga boʻlgan oila aʼzolari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlardagi kvotalangan lavozimlarga yuborilgan fuqarolar va bir yildan koʻp muddatda respublika hududida yashab kelayotgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hisobga olinadi.
8. Respondentlar oʻzining (doimiy yoki vaqtincha) yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinadi. Bunda kunlik tungi dam olishining koʻproq qismini oʻtkazadigan uy (hovli), kvartira, yashash uchun foydalanilayotgan boshqa turar joy yoki noturar joy bino yashash joyi hisoblanadi.
Bu joy respondent roʻyxatdan oʻtgan (roʻyxatga qoʻyilgan) manzil bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi ham mumkin.
9. Roʻyxatga olish savolnoma shakllari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish dasturiga (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatga olish dasturi) kiritilgan savollardan iborat boʻladi.
2-bob. Roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni amalga oshiruvchi davlat organlari
10. Roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish quyidagi organlar tomonidan amalga oshiriladi:
statistika organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy statistika qoʻmitasi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, tuman (shahar) statistika boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy statistika organlari). Hududiy statistika organlarida roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish roʻyxatga olish boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasiga muvofiq tegishli vazirlik va idoralar;
roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazishda vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining harakatlarini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
11. Milliy statistika qoʻmitasi roʻyxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi sifatida quyidagilarni amalga oshiradi:
roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish, ularning amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni olib borish;
roʻyxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqish va tasdiqlash;
roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha uslubiy hamda yoʻriqnoma materiallarini belgilangan tartibda tayyorlash va tasdiqlash;
roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun moliyaviy hamda moddiy-texnik taʼminotni amalga oshirish;
roʻyxatga olish hujjatlarini chop etish, moddiy-texnik taʼminot vositalarini tayyorlash (xarid qilish) va ularning respublika hududlariga oʻz vaqtida yetkazilishini tashkil etish;
roʻyxatga olish xodimlarini tanlab olish va oʻqitish tartibini belgilash, hududiy statistika organlari xodimlarini oʻqitishni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda 2026-yilgi roʻyxatga olish tadbiri toʻgʻrisida aholini xabardor qilish ishlarini (jumladan, SMS-xabarnoma orqali xabardor qilish, reklama audio va videomateriallari, nashrlar va boshqalarni tayyorlash orqali) muvofiqlashtiradi;
hududiy komissiyalar bilan birgalikda roʻyxatga olish jarayonlarining sifatli oʻtkazilishini tashkil etish;
respondentlarning shaxsga doir maʼlumotlarini qayta ishlash, roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlarini shakllantirish dasturini ishlab chiqish, ushbu maʼlumotlarni tarqatish va saqlash tartibini belgilash.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonuni 24-moddasida belgilangan aholining ayrim toifalarini roʻyxatga olish boʻyicha ishlarni tashkil etadi.
Shuningdek, mazkur aholining ayrim toifalari mavjud muassasa va tashkilotlar oʻz hududida va unga tegishli boʻlgan joylarda qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir koʻrsatkichlarni yigʻish ishlarini tashkil etadi.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olgan holda, doimiy yashovchi aholi soni koʻrsatilgan aholi punktlarining toʻliq roʻyxatini tuzish;
maʼmuriy-hududiy birliklarda koʻchalar nomi, uy va xonadon raqamlari koʻrsatilgan koʻrsatkichlarning mavjudligini taʼminlash;
har bir hududda yashovchi aholi sonidan kelib chiqib, respublika hududini roʻyxatga olish uchastkalari (hisob uchastkalari)ga ajratishni kelishish;
roʻyxatga olishga vaqtincha jalb etilgan xodimlar tarkibini tasdiqlash;
roʻyxatga olishga jalb etilgan shaxslarning oʻqishi uchun yaroqli boʻlgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtincha binolar yoki xonalar ajratish;
roʻyxatga olishga vaqtincha jalb etilgan xodimlar faoliyatini taʼminlash uchun zarur transport vositalarini taqdim etish;
roʻyxatga olishning xavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirishni taʼminlaydi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi:
roʻyxatga olishga jalb etilgan shaxslarning xavfsizligini;
jinoyatchilik koʻp uchraydigan hududlar va tarbiyasi ogʻir oilalar (jinoyatchilik yoki huquqbuzarlik sodir etgan aʼzolari boʻlgan oilalar, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar isteʼmoli yuqori boʻlgan oilalar, moliyaviy jihatdan yetarli darajada taʼminlanmagan va ijtimoiy xavf ostida boʻlgan oilalar, oilaviy nizolar, zoʻravonlik va oʻzaro hurmatsizlik mavjud boʻlgan oilalar va boshqalar, doimiy yashash joyisiz yoki yashash sharoiti ogʻir boʻlgan oilalar) roʻyxatlari shakllantirilishini;
roʻyxatga oluvchilarni ichki ishlar organlari xodimlari hamrohligida ijtimoiy xavfli oilalar yashaydigan manzillar boʻyicha kuzatib borilishini tashkil etishni;
roʻyxatga olish davrida hududlarda tinchlik va jamoat tartibini taʼminlaydi.
15. Roʻyxatga olishni oʻtkazish va uning natijalarini tahlil hamda eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining 2025 — 2027-yillar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan, xalqaro moliya institutlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
3-bob. Roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish ishlarini tashkil etish
16. Roʻyxatga olishning tashkiliy rejasi (keyingi oʻrinlarda — tashkiliy reja) hududiy komissiyalar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) boʻyicha alohida tuziladi, shundan soʻng Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan Respublika tashkiliy rejasini shakllantiradi.
Mahalla chegarasi doirasida mahallaning jami aholisi bitta roʻyxatga olish uchastkasi deb belgilanadi. Roʻyxatga oluvchilarga toʻgʻri keladigan yuklama shahar joylarda oʻrtacha 900 kishi, qishloq joylar va borish qiyin boʻlgan hududlarda oʻrtacha 700 kishi etib belgilanadi.
Ayrim hollarda roʻyxatga oluvchiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha yuklama mahalladagi aholi zichligidan kelib chiqib, belgilangan normalardan koʻp boʻlishi, jami aholisi soni normalardan kam boʻlgan mahallalarda esa kam boʻlishi mumkin.
Mahalla aholisi sonidan kelib chiqib, roʻyxatga oluvchilar soni aniqlanadi hamda mahalla raislari tomonidan ular oʻrtasida roʻyxatga olinadigan mahalla aholisi taqsimlanadi.
Tashkiliy rejani tuzishda kutilmagan holatlar (kasallik, baxtsiz hodisa, yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik va boshqalar) inobatga olingan holda roʻyxatga olish xodimlarining umumiy sonining 5 foizidan oshmagan miqdorda kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.
Kutilmagan holatlar yuzaga kelganda, roʻyxatga olish jarayonlariga zaxiradan xodimlar jalb etiladi va ragʻbatlantiriladi.
Internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtgan respondentlar roʻyxati Milliy statistika qoʻmitasi axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantiriladi. Shu asosda roʻyxatga oluvchilar yuklamasi amaldagi tasdiqlangan tashkiliy reja doirasida axborot tizimi orqali avtomatik tarzda qayta taqsimlanadi. Bunda hududiy komissiyalar tomonidan qoʻshimcha tasdiq yoki alohida qaror qabul qilish talab etilmaydi.
Roʻyxatga oluvchi sifatida ishtirok etmagan “mahalla yettiligi” xodimlari avtomatik hisob-kitob natijasiga muvofiq zaxiraga oʻtkaziladi.
17. Tuman va shaharlar boʻyicha tayyorlangan tashkiliy rejalar tuman va shahar komissiyalari tomonidan kelishiladi va hududiy statistika boshqarmalariga taqdim etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha tayyorlangan tashkiliy rejalar hududiy komissiyalar tomonidan kelishiladi va Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Hududlar boʻyicha tuzilgan, tasdiqlangan va umumlashtirilgan holda kelishish uchun kiritiladigan tashkiliy rejalar Respublika komissiya raisi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
18. Joylarda roʻyxatga olish ishlarini tashkil etish va oʻtkazilishini muvofiqlashtirish, hududlar darajasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlash hududiy komissiyalar tomonidan hududiy statistika organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
19. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hududiy organlari 2025-yilning 15-oktabriga qadar hududiy statistika organlariga roʻyxatga oluvchi xodimlar xavfsizligi taʼminlanishi lozim boʻlgan manzillar toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi.
Olingan maʼlumotlar roʻyxatga olish uchastkalari boʻyicha guruhlanadi hamda roʻyxatga olish uchastkalari rahbarlariga roʻyxatga oluvchilarni ogohlantirish uchun yetkaziladi.
4-bob. Roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun jalb qilinadigan xodimlar toifalari
20. Roʻyxatga olish ishlariga quyidagi toifadagi xodimlar jalb qilinadi:
respublika darajasida — Milliy statistika qoʻmitasi, vazirlik va idoralar xodimlari, shuningdek, Respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan shaxslar;
hududiy darajada — hududiy statistika organlari xodimlari va hududiy komissiyalar aʼzolari.
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari tashkiliy rejalar asosida roʻyxatga oluvchi vaqtincha xodimlarni tanlab olishni taʼminlaydi hamda roʻyxatga olishga jalb qilinadigan xodimlar roʻyxatini shakllantiradi.
Xodimlar roʻyxati 2025-yilning 1-noyabriga qadar hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlanadi.
22. Aholining ayrim toifalari boʻyicha shaxsga va mazkur toifalar mavjud muassasa va tashkilotlar hududida hamda unga tegishli boʻlgan joylarda qishloq xoʻjaligi sohasiga doir maʼlumotlarni yigʻishga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar roʻyxati tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan shakllantiriladi va statistika organlariga roʻyxati taqdim etiladi.
23. Roʻyxatga olish uchastkalarining faoliyatini tashkil etish uchun “mahalla yettiligi” xodimlari jalb etiladi.
Roʻyxatga olish uchastkalarida vaqtincha lavozimlar quyidagicha taqsimlanadi:
roʻyxatga olish uchastkasi boshligʻi bir vaqtning oʻzida statsionar roʻyxatga oluvchi — mahalla raisi;
roʻyxatga olish uchastkasi boshligʻi oʻrinbosari — profilaktika inspektori;
roʻyxatga oluvchi xodimlar (zaxira xodimlarni qoʻshgan holda) — hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, soliq inspektori va boshqa jalb qilinadigan xodimlar.
Roʻyxatga olish uchastkalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatiga tuman (shahar) statistika boʻlimlari boshliqlari rahbarlik qiladi.
24. Roʻyxatga oluvchi vaqtincha xodimlar maxsus oʻquv jarayonidan oʻtadi va unda quyidagilar oʻrgatiladi:
roʻyxatga olishning maqsad va vazifalari, unga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, roʻyxatga oluvchilarning majburiyatlari va axloqiy qoidalari;
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma;
planshetlarga oʻrnatilgan roʻyxatga olishning dasturiy taʼminoti bilan tanishish va amaliyot mashgʻulotlari;
muammoli masalalar muhokamasi, xatolar tahlili va yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni tushuntirish.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Roʻyxatga olish tadbirida roʻyxatga oluvchi boʻlib ishtirok etgan “mahalla yettiligi” xodimlari ularga biriktirilgan roʻyxatga olish uchastkasi hududida respondentlarni roʻyxatga olishning toʻliq qamrovi taʼminlangandan soʻng, bir martalik ragʻbatlantiriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlovlar shahar va qishloq joylar uchun belgilangan oʻrtacha yuklama uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir yarim baravari (soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni inobatga olgan holda) miqdorida, ushbu yuklamadan kam yoki ortiq boʻlgan hollarda roʻyxatdan oʻtkazilgan respondentlar soniga mos ravishda belgilanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Bunda zaxira xodimlar ham roʻyxatga oluvchi sifatida jalb etilsa, ular ham bir martalik ragʻbatlantiriladi.
5-bob. Roʻyxatga olish ishlarini tashkil etish
26. Roʻyxatga olishda respondentlar soʻrovi quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:
2026-yilning 15 — 31-yanvar kunlari — internet tarmogʻi orqali roʻyxatga olish (17 kun). Bunda respondentlar tashkil etilgan census.stat.uz portali orqali oʻzlari ixtiyoriy ravishda roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Shuningdek, tashkil etilgan mobil guruhlar va roʻyxatga oluvchi xodimlar oʻzlariga biriktirilgan hududda joylashgan yirik korxona hamda tashkilotlarga tashrif buyurgan holda, ularda ishlovchi xodimlarni elektron roʻyxatdan oʻtishlariga amaliy yordam koʻrsatadi;
2026-yilning 1 — 3-fevral kunlari — internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtgan respondentlar va ularning uy manzillari roʻyxati shakllantiriladi (3 kun). Olingan roʻyxatlar hududiy statistika organlari va roʻyxatga olish uchastkalari boshliqlari (ularning oʻrinbosarlari)ga yetkaziladi;
2026-yilning 4 — 28-fevral kunlari — roʻyxatga oluvchilar respondentlarni ularning yashash (vaqtincha boʻlish) manzilida roʻyxat oladi (25 kun).
Internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtishni xohlamagan (yoki imkoniyati boʻlmagan), shuningdek, roʻyxatga oluvchilarning uyiga kelishidan bosh tortgan respondentlar roʻyxatga olishdan oʻtish uchun mahalla fuqarolari yigʻini binolarida joylashgan statsionar uchastkalarga borishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Internet tarmogʻi orqali roʻyxatga olish savolnomasini notoʻgʻri yoki kamchiliklar bilan toʻldirgan respondentlar roʻyxatga oluvchilar tomonidan qayta roʻyxatga olinadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Fermer xoʻjaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, hokimlik zaxirasidagi yer maydonlari (asosiy faoliyat turi qishloq xoʻjaligi boʻlmagan qishloq xoʻjaligi yerlariga ega tashkilotlarni qoʻshgan holda) uchun 2026-yilning 15-yanvaridan — 28-fevraliga qadar roʻyxatga olishning toʻliq davrida internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga olish ishlari toʻliq yakunlangandan soʻng ayrim roʻyxatga olish uchastkalarida 2026-yil 1-mayga qadar uy-joy manzillarining 10 foizigacha qismi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida oʻrganiladi.
(25-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
27. Vazirliklar, idoralar va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va yirik korxonalar rahbarlari oʻz xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtish boʻyicha barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishlari hamda xodimlar va ularning oila aʼzolarini toʻliq roʻyxatdan oʻtishlari yuzasidan nazorat oʻrnatishlari shart.
28. Roʻyxatga oluvchilar tomonidan soʻrov oʻtkazish va xonadonlarni aylanib chiqish soat 9:00 dan 21:00 gacha amalga oshiriladi.
Qishloq joylarida roʻyxatga olish uchastkalarining boshliqlari soʻrovni boshlash yoki tugatish vaqtini mustaqil belgilash huquqiga ega. Soʻrov jarayoni dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan grafik asosida tanaffuslar bilan oʻtkaziladi. Grafik roʻyxatga olish uchastkasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tuziladi va zarurat tugʻilganda oʻzgartiriladi.
29. Roʻyxatga olish davomida roʻyxatga oluvchi xodimlar quyidagilarga amal qilishi shart:
soʻrov oʻtkazishdan oldin oʻzini tanishtirishi, tashrif maqsadini tushuntirishi, shuningdek, roʻyxatga olishda ishtirok etishning muhimligi, respondentlarning shaxsga va xoʻjalikka doir maʼlumotlarining maxfiyligi taʼminlanishi va soʻrov taxminan qancha vaqt davom etishi toʻgʻrisida maʼlumot berishi;
shaxsga va qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir maʼlumotlarni yigʻish jarayonlarida roʻyxatga olish dasturida belgilangan savollar roʻyxatiga rioya etishi, ularning mazmuni buzilishiga yoʻl qoʻymasligi;
roʻyxatga olish savolnoma shakllarida keltirilgan ketma-ketlik boʻyicha savollar berishi, roʻyxatga olish savolnoma shakllarida mavjud boʻlmagan savollarni bermasligi;
roʻyxatga olish savolnoma shakllarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomada keltirilgan tushuntirishlardan tashqari respondentga qulaylik yaratish maqsadida qoʻshimcha ravishda tushuntirishlar berishi;
shaxsga doir maʼlumotlarni aniq yozib borishi va ularni buzib koʻrsatmasligi, respondent talabi boʻyicha u haqida toʻldirilgan roʻyxatga olish varaqlari bilan tanishtirishi;
soʻrov oʻtkazishda xushmuomala boʻlishi, boshqa shaxslarning oʻz majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilmasligi yoki ularning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga xavf solmasligi, shuningdek, oʻzlari ishlaydigan idora obroʻsiga putur yetkazadigan harakatlardan saqlanishi;
shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi va ularning mazmunini oshkor qilmasligi;
roʻyxatga olish uchastkasi boshligʻi va uning oʻrinbosari koʻrsatmalarini oʻz vaqtida va aniq bajarishi.
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun roʻyxatga oluvchi boshqa roʻyxatga oluvchilar bilan hamkorlik qiladi.
30. Roʻyxatga olish savolnoma shakllarini toʻldirish uy xoʻjaligi tarkibini aniqlashdan boshlanadi.
Uy xoʻjaliklari shaxsiy va jamoaviyga boʻlinadi.
Shaxsiy uy xoʻjaliklari tarkibiga turar joy binolari — uylar (hovlilar), kvartiralar, yotoqxonalar, dala hovlilar va boshqa yashash uchun foydalaniladigan binolarda yashovchi shaxslar kiradi.
Jamoaviy uy xoʻjaliklari tarkibiga ijtimoiy va tibbiyot muassasalarida, kazarmalarda, qamoqxonalarda va diniy tashkilotlarda (madrasalarda) doimiy yashovchi shaxslar guruhi kiradi.
Aholining ayrim toifalari yashaydigan muassasalar (tashkilotlar) jamoaviy uy xoʻjaliklari hisoblanadi.
Quyidagi joylarda roʻyxatga olish ishlari ularning maʼmuriyatlari tomonidan amalga oshiriladi:
bolalar internatlari, tarbiya muassasalari;
ijtimoiy muassasalar;
diniy muassasalar;
shifoxonalar va boshqa sogʻliqni saqlash tashkilotlari;
ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari;
qamoqda saqlash joylari, tergov izolyatori, jazoni ijro etish muassasalari va maxsus muassasalar;
harbiy qismlar va kursantlar tayyorlovchi taʼlim muassasalari joylashgan hududlar.
Roʻyxatga oluvchilar oʻziga biriktirilgan hududda joylashgan mehmonxona turidagi muassasalarda roʻyxatga olish ishlarini ushbu muassasaning maʼmuriyati bilan birgalikda amalga oshiradi.
31. Roʻyxatdan oʻtkazish davrida uy xoʻjaligi boshligʻining oʻzi boʻlmaganda, xoʻjalikka (tomorqa xoʻjaligi, yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xoʻjaligiga) doir maʼlumotlar ushbu xoʻjalikning voyaga yetgan aʼzosi tomonidan maʼlum qilinadi.
Respondent roʻyxatga olish savolnoma shakllaridagi savollarga javob berishni rad etgan yoki roʻyxatga olishni oʻtkazish davrida yashash joyida (binoda), kvartirada hech kim boʻlmagan taqdirda, roʻyxatga olish savolnoma shakllari mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida toʻldiriladi.
Agar roʻyxatga oluvchilar oʻz uchastkasida uysizlarga duch kelsa, ularni ham roʻyxatga oladi.
32. Soʻrov davlat tilida oʻtkaziladi. Davlat tilini bilmaydigan respondentlar ona tilida yoki erkin ravishda tanlangan muloqot tilida soʻrovdan oʻtkazilishi mumkin. Bunda roʻyxatga oluvchi xodimlar ushbu hududda yashovchi yoki shu hududning aholisi bilan erkin muloqot qila oladigan shaxslar orasidan tanlanadi.
Respondent bilan muloqotni taʼminlash maqsadida, agar respondent gaplashadigan tilni bilmasa, roʻyxatga oluvchi (roʻyxatga olish uchastkasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilgan holda) respondent gaplashadigan chet tilini biladigan shaxslarni (talabalar yoki boshqa chet tilini biladigan shaxslar) jalb etishi mumkin.
33. Roʻyxatga oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini tuzadi, zarur hollarda roʻyxatga olish uchastkasi xodimlari bilan maslahatlashadi, oʻziga biriktirilgan hududdagi barcha binolarni hisobga olgan holda soʻrov oʻtkazish uchun qulay boʻlgan yoʻnalishni kunlik belgilaydi. Bu yoʻnalish shunday tartibda tuzilishi kerakki, bunda xonadonlarni aylanib chiqish va u yerda yashovchi (vaqtincha boʻlib turgan) respondentlardan soʻrov oʻtkazish imkonini berishi kerak.
Roʻyxatga oluvchilar ish rejasini tuzishda quyidagilarni hisobga olishi zarur:
kam vaqt sarf etib va qisqa masofani bosib, maksimal miqdorda binolarni aylanib, roʻyxatga olish ishlarini oʻtkazish;
jinoyatchilik koʻp uchraydigan hududlar va tarbiyasi ogʻir oilalar boʻlgan xonadonlarga Milliy gvardiya yoki ichki ishlar organlari xodimlari bilan birgalikda tashrif buyurgan holda zarur xavfsizlik choralarini koʻrish.
34. Agar roʻyxatga oluvchi rejadan sezilarli darajada ortda qolayotgan boʻlsa, roʻyxatga olish uchastkasi boshligʻi (uning oʻrinbosari) ushbu holatning sababini aniqlashtiradi va zarur hollarda zaxira tarkibidan qoʻshimcha roʻyxatga oluvchilar jalb etilishi yuzasidan qaror qabul qiladi.
35. Roʻyxatga oluvchi roʻyxatga olish uchastkasi boshligʻi (uning oʻrinbosari) koʻrsatmalarini oʻz vaqtida va aniq bajarishi shart.
Roʻyxatga oluvchilar ish jarayonlarida yuzaga keladigan muammolar va ularning sabablari boʻyicha roʻyxatga olish uchastkasi boshligʻi (uning oʻrinbosari)ga xabar beradi hamda imkon qadar mustaqil ravishda ushbu muammolarni bartaraf qilish choralarini koʻradi.
Shuningdek, roʻyxatga oluvchilar zarurat tugʻilganda oilaviy ahvoli, sogʻligʻi va boshqalar bilan bogʻliq kutilmagan holatlar haqida roʻyxatga olish uchastkasi boshligʻi (uning oʻrinbosari)ga oʻz vaqtida xabar berishi kerak.
36. Agar respondent yashab turgan xonadonida (joyida) roʻyxatdan oʻtishni istamasa, roʻyxatga oluvchi unga mahalla fuqarolar yigʻini binolarida joylashgan roʻyxatga olish uchastkalarida (statsionar) roʻyxatdan oʻtishni taklif etadi va mahalla manzilini beradi.
37. Roʻyxatga olish davrida roʻyxatga olish uchastkalari boshliqlari (ularning oʻrinbosarlari) har kuni roʻyxatga oluvchilarning ishini nazorat qiladi, shuningdek, soʻrov oʻtkazilgan respondentlar sonini va roʻyxatga oluvchilar tomonidan ish jadvaliga rioya qilinishini tekshirib boradi.
6-bob. Roʻyxatga olishning shaxsga doir maʼlumotlarini himoya qilish tartibi
38. Shaxsga doir maʼlumotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda himoya qilinadi.
39. Roʻyxatga oluvchi xodimlar tarkibiga kiruvchi shaxslar shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
40. Roʻyxatga olish savolnomalari toʻldirilgandan soʻng, ular bilan tanishish va respondent talabiga binoan maʼlumotlarni aniqlash jarayonidan keyin shaxsga doir maʼlumotlarga faqatgina vakolatli statistika organlari xodimlari kirish huquqiga ega boʻladilar.
41. Milliy statistika qoʻmitasi shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashda quyidagilarni taʼminlaydi:
shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish uchun masʼul boʻlgan boʻlinmalarni yoki mansabdor shaxslarni belgilash;
umumiy foydalaniladigan aloqa tarmogʻi orqali shaxsiy maʼlumotlar uzatilayotganda ularni himoya qilish boʻyicha ishlarni tashkil qilish;
shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashda ularni himoya qilish;
shaxsga doir maʼlumotlar qayta ishlanayotgan binolarda maxsus kirish tartibini joriy etish;
shaxsga doir maʼlumotlarga kirish huquqini ularni qayta ishlashda ayrim shaxslar doirasi boʻyicha cheklash;
shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashga moʻljallangan dasturiy-texnik vositalarni yongʻin va xavfsizlik signalizatsiyasi bilan jihozlangan xonalarga joylashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq roʻyxatga olish axborot tizimlarini himoya qilish vositalarini qoʻllash;
maʼlumotlarni himoya qilish choralari koʻrilmasdan dasturiy-texnik vositalardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik;
shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash jarayonlarida ularni himoya qilish boʻyicha boshqa choralarni koʻrish.
7-bob. Respondentlarning shaxsga doir maʼlumotlarini qayta ishlash, roʻyxatga olishning dastlabki maʼlumotlarini shakllantirish
42. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasiga muvofiq, roʻyxatga olishning shaxsga doir maʼlumotlari maxfiy hisoblanadi va oshkor etilmasligi hamda tarqatilmasligi lozim.
Milliy statistika qoʻmitasi respondentlarning shaxsga doir maʼlumotlarini “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishda shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom va “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlarini shakllantirish Dasturi”ga muvofiq qayta ishlaydi.
Maʼlumotlarni qayta ishlash jarayonida shaxsga doir maʼlumotlar shaxsini aniqlash imkoni boʻlmagan holatga keltiriladi (egasizlantiriladi).
43. Roʻyxatga olishning dastlabki maʼlumotlari respondentlarning internet tarmogʻi va planshet qurilmalari yordamida toʻplangan shaxsga doir maʼlumotlarini qayta ishlashda olingan jamlangan maʼlumotlari asosida shakllantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida roʻyxatga olishning dastlabki maʼlumotlari 2026-yilning 1-iyulgacha tayyorlanadi.
44. Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash jarayonlarida hamda roʻyxatga olish natijalarini tahlil qilish maqsadida Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻzbekiston fermerlar kengashi, Kadastr agentligi va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralarning maʼmuriy maʼlumotlar manbalaridagi mavjud axborotlardan foydalanilishi mumkin.
8-bob. Roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlarini eʼlon qilish va saqlash
45. Oʻzbekiston Respublikasi va hududlar boʻyicha roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlari 2027-yilning 1-iyuliga qadar eʼlon qilinadi.
Yakuniy maʼlumotlar Milliy statistika qoʻmitasi va hududiy statistika boshqarmalari tomonidan rasmiy veb-saytlarda joylashtirish va bosma nashrlarda eʼlon qilish orqali maʼlum qilinadi.
Nashr qilingan maʼlumotlardan tashqari qoʻshimcha maʼlumotlar foydalanuvchilarning soʻrovlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilgan holda shakllantiriladi.
46. Elektron maʼlumotlar bazalari va boshqa doimiy saqlash muddatiga ega hujjatlar, shuningdek, roʻyxatga olishning yigʻmahujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartib va muddatlarga muvofiq, “Oʻzarxiv” agentligi tizimiga kiruvchi tegishli viloyat, shahar va tuman davlat arxivlariga (shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlaridan tashqari) saqlash uchun topshiriladi.
9-bob. Yakuniy maʼlumotlarni taqdim etish
47. Oʻzbekiston Respublikasi aholisining demografik, qishloq xoʻjaligi va ijtimoiy-iqtisodiy holatining asosiy koʻrsatkichlarini tavsiflovchi roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlari rasmiy statistika maʼlumotlari hisoblanadi va rasmiy statistika foydalanuvchilariga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
48. Yakuniy maʼlumotlar tushunarlilik va oshkoralik, aniqlik va ishonchlilik, xolislik va obyektivlik, shuningdek, statistik maxfiylik tamoyillari asosida foydalanuvchilarga taqdim etiladi.
49. Yakuniy maʼlumotlarni taqdim etish jarayonida statistika organlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tasdiqlangan rasmiy statistikaning asosiy tamoyillari hamda statistika dasturiga muvofiq amalga oshiradi.
50. Roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlari Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-saytida, statistik toʻplamlar, byulletenlar va boshqa bosma nashrlar koʻrinishida, ommaviy axborot vositalarida esa press-relizlar, xabarlar, sharhlar va boshqa axborot materiallari shaklida eʼlon qilinadi.
51. Ochiq manbalarda joylashtirilmagan yakuniy maʼlumotlarni foydalanuvchilar soʻrovlari asosida shakllantirish va taqdim etish shartnoma asosida, mazkur ishlarni bajarish tashabbusi bilan chiqqan jismoniy va yuridik shaxslarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
52. Yakuniy maʼlumotlarni toʻlovli shartnoma asosida taqdim etish boʻyicha axborot xizmati koʻrsatishning asosi boʻlib foydalanuvchilardan yozma yoki elektron shaklda olingan ariza hisoblanadi. Arizada soʻralgan yakuniy maʼlumotlar roʻyxati, maʼlumotni olish vositalari va foydalanish maqsadi koʻrsatilishi kerak.
53. Yakuniy maʼlumotlarning hajmi va shakllantirish murakkabligiga qarab ularni taqdim etish muddati uzaytirilishi mumkin, ushbu holatda ariza beruvchi xabardor qilinadi.
54. Agar soʻralgan maʼlumotlar muayyan respondentning shaxsiy maʼlumotlarining maxfiyligini taʼminlashga xavf tugʻdirsa, yaʼni maxfiylikka taʼsir qilsa, bu maʼlumotlarni taqdim etish rad etiladi.
55. Roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlari Milliy statistika qoʻmitasi bilan tuzilgan kelishuvlar hamda rasmiy statistika maʼlumotlari almashinuvi asosida xalqaro tashkilotlarga va xorijiy davlatlar statistika organlariga taqdim etiladi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
56. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish
DASTURI
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlarida respondentlarga tegishli shaxsga doir maʼlumotlarni toʻplashda foydalaniladigan savollar roʻyxati aholini roʻyxatga olish dasturi hisoblanadi.
Roʻyxatga olish dasturi quyidagi savollarni oʻz ichiga oladi:
1. Asosiy demografik koʻrsatkichlarga tegishli savollar:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
tugʻilgan sanasi, toʻliq yashagan yoshi;
jinsi;
uy xoʻjaligida birinchi koʻrsatilgan shaxs (oila boshligʻi) bilan qarindoshlik munosabati;
nikoh holati (15 yosh va undan katta shaxslar uchun);
tugʻilgan joyi.
2. Aholining mexanik harakati va migratsiyasiga tegishli savollar:
yashab turgan tuman/shaharda yashash muddati;
yashab turgan tuman/shaharga qayerdan koʻchib kelganligi;
yashab turgan tuman/shaharga qachon koʻchib kelganligi;
uzluksiz bir yil davomida boshqa mamlakat hududida yashaganligi;
boshqa mamlakat hududidan qachon koʻchib kelganligi;
boshqa mamlakat hududiga qachon koʻchib ketganligi;
boshqa mamlakatga nima sababdan ketganligi.
3. Aholining milliy xususiyatlari va fuqaroligiga tegishli savollar:
fuqaroligi;
millati (voyaga yetmagan bolalar uchun esa ota-onalari yoki voyaga yetgan yaqin qarindoshlari javoblari asosida belgilanadi).
4. Aholining taʼlim darajasiga tegishli savollar:
taʼlim darajasi;
oʻqishni yoki yozishni bilishi;
ilmiy darajasining mavjudligi;
7 yoshgacha boʻlgan bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotiga borishi;
hozirgi vaqtda taʼlim olishi.
5. Uy xoʻjaligi aʼzolarining iqtisodiy holatiga tegishli savollar:
yashash uchun daromad manbai.
6. Aholining bandligiga tegishli savollar:
asosiy mehnat faoliyati;
ish joyi joylashgan manzil;
aholini roʻyxatga olish boshlangan kunga qadar oxirgi bir hafta ichida faoliyat turidan qatʼi nazar, ish haqi toʻlanadigan yoki daromad keltiradigan har qanday ish bilan mashgʻul boʻlganligi;
aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkazilayotgan yilning yanvar oyida ish izlaganligi, taklif etilgan ishga ikki hafta mobaynida joylashish imkoniyati, ishga joylamaslik sababi.
7. Bolalar soniga tegishli savollar:
dunyoga keltirgan farzandlari soni.
8. Turar joy xususiyatlariga tegishli savollar:
turar joyning toʻliq manzili;
turar joyning mulkchilik shakli;
turar joyning turi;
turar joyning umumiy maydoni, shu turar joydagi yashash xonalari soni, yashash xonalarining maydoni;
turar joyning qurilgan vaqti;
turar joy tashqi devorlarining asosiy materiallari;
turar joydagi mavjud qulayliklar, sanitariya-gigiyena sharoitlari;
turar joyda yashovchi uy xoʻjaliklari va oilalar soni, ularning tarkibi (respondentning aholini roʻyxatga olish vaqtida qayerda ekanligi, ushbu turar joyda doimiy, vaqtincha yashashi yoki vaqtincha yashamasligi, ushbu turar joyda yashamaslik sababi va muddatlari koʻrsatilgan holda).
9. Oʻzbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari toʻgʻrisidagi shaxsga oid maʼlumotlarni toʻplash boʻyicha savollar roʻyxati:
jinsi;
tugʻilgan sanasi;
fuqaroligi (chet davlat fuqarolari uchun);
doimiy yashaydigan davlati;
Oʻzbekistonga kelish sanasi;
Oʻzbekistonga kelish sababi.
10. Aholining ayrim toifalariga nisbatan beriladigan savollar:
muassasa nomi;
muassasa turi;
ushbu muassasada roʻyxatdan oʻtadigan jami respondentlar soni;
uysizlar va ularning soni;
ushbu muassasadagi respondentlar roʻyxati.
11. Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish savollari:
xoʻjalikning huquqiy maqomi;
xoʻjalikda qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bandlarning bir yilda ishlagan oylari;
xoʻjalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning asosiy maqsadi;
xoʻjalikdagi yer uchastkasiga boʻlgan egalik huquqi;
xoʻjalik tasarrufidagi umumiy yer maydoni va ulardan foydalanish turlari;
qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorishda foydalanadigan suv manbalari;
qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish usullari;
xoʻjalikdagi amalda sugʻorilgan yer maydonlari;
xoʻjalikda ekilgan bir yillik ekin maydonlari;
xoʻjalikdagi koʻp yillik ekinlar maydonlari va turlari;
xoʻjalikda ekilgan koʻchatlar maydoni;
qishloq xoʻjaligida foydalanilgan oʻgʻit turlari;
xoʻjalikdagi mavjud qishloq xoʻjaligi hayvonlari, parrandalarining bosh soni va ularni saqlash usullari;
xoʻjalikning baliq boqish (akvakultura) bilan shugʻullanishi va suv havzalarining turi.
Izoh.
Internet jahon axborot tarmogʻi va planshet qurilmalari yordamida roʻyxatga olishda savollar soni va mazmunini saqlagan holda tahririy oʻzgartirish va qayta guruhlarga ajratilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasiga roʻyxatga olish dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish savolnomasi shakllari
ROʻYXATI
Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish dasturi asosida ishlab chiqilgan roʻyxatga olish savolnomasi shakllari quyidagilardan iborat:
1-shakl. “Yashash uchun foydalaniladigan turar joy xususiyatlari, ushbu turar joyda yashovchi uy xoʻjaligi aʼzolari roʻyxati” — 3.1-ilova;
2-shakl. “Shaxsga doir savolnoma” — 3.2-ilova;
3-shakl. “Oʻzbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma” — 3.3-ilova;
4-shakl. “Aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish boʻyicha savolnoma” — 3.4-ilova;
5-shakl. “Jismoniy shaxslar uchun qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish boʻyicha savolnoma” — 3.5-ilova;
6-shakl. “Yuridik shaxslar uchun qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish boʻyicha savolnoma” — 3.6-ilova.
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish savolnomasi shakllari roʻyxatiga
3.1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish savolnomasi shakllari roʻyxatiga
3.2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish savolnomasi shakllari roʻyxatiga
3.3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish savolnomasi shakllari roʻyxatiga
3.4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish savolnomasi shakllari roʻyxatiga
3.5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish savolnomasi shakllari roʻyxatiga
3.6-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish hamda natijalarini eʼlon qilish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy-huquqiy tadbirlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatga olish) boʻyicha tashkiliy-metodik hujjatlarni ishlab chiqish.

1. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishni oʻtkazishning tashkiliy rejasini tuzish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2025-yil 15-oktabr

Milliy statistika qoʻmitasi

2. Roʻyxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarning lavozim majburiyatlarini ishlab chiqish.

2025-yil 15-oktabr

Milliy statistika qoʻmitasi

3. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

2025-yil 1-dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi

II. Roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish

2.

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Hududiy komissiyalar tarkibini tasdiqlash.

2025-yil 15-oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari

2. Hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2025-yil 20-oktabr

3. Tuman (shahar)larda roʻyxatga olish shtabi faoliyatini tashkil etish.

2025-yil 1-noyabr

3.

Aholi punktlarida yashovchi aholi soni koʻrsatilgan holda koʻchalar boʻyicha xonadon va uylar roʻyxatini shakllantirish.

1. Tuman va shaharlar boʻyicha aholi soni koʻrsatilgan holda koʻchalar boʻyicha xonadon va uylarning roʻyxatini yangilash.

2. Yangilangan xonadonlar roʻyxatini hududiy statistika organlariga taqdim etish.

2025-yil 15-oktabr

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

4.

Roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish.

1. Tuman va shaharlarni roʻyxatga olish uchastkalariga boʻlgan holda tashkiliy rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil25-oktabr

Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi

(keyingi oʻrinlarda — respublika komissiyasi),

Milliy statistika qoʻmitasi,

hududiy komissiyalar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha yigʻma tashkiliy rejalarni tasdiqlash.

2025-yil 1-noyabr

3. Respublika boʻyicha yigʻma tashkiliy rejani tasdiqlash.

2025-yil 15-noyabr

5.

Roʻyxatga olish ishlariga jalb etiladigan “mahalla yettiligi” xodimlarining roʻyxatini shakllantirish.

1. Roʻyxatga olishda ishtirok etadigan xodimlar va koʻzda tutilmagan holatlarni inobatga olgan holda zaxira (roʻyxatga olish uchastkalariga bir nafardan) xodimlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Roʻyxatga olish jarayonlarida ishtirok etuvchi xodimlar (Ichki ishlar va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklaridan olingan zaxira xodimlarini qoʻshgan holda) roʻyxatini tasdiqlash.

2025-yil 1-noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, Milliy statistika qoʻmitasi, hududiy komissiyalar

6.

“Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish” axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatga olish axborot tizimi) ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

1. Xavfsizligi taʼminlangan holda, Internet jahon axborot tarmogʻi (keyingi oʻrinlarda — internet tarmogʻi) orqali va planshet qurilmalari yordamida shaxsga doir maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, tahlil qilish va natijalarini chiqarish imkoniyatini beruvchi roʻyxatga olish axborot tizimini ishlab chiqish.

2025-yil 15-oktabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishni oʻtkazishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh

2. Roʻyxatga olish axborot tizimining maxsus mobil ilovasini ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

3. Roʻyxatga olish axborot tizimini sinovdan oʻtkazish.

4. Roʻyxatga olish davrida roʻyxatga olish axborot tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlash.

2026-yil yanvar-fevral

7.

Shaxsga doir va qishloq xoʻjaligi faoliyatiga oid maʼmuriy maʼlumotlarni shakllantirish.

1. Oʻzlarining maʼlumotlar bazasidagi shaxsga doir maʼmuriy maʼlumotlarni fuqarolar boʻyicha 2026-yil 15-yanvar holatiga Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etish.

2. Qishloq xoʻjaligi faoliyatiga oid maʼmuriy maʼlumotlarni xoʻjaliklar kesimida Milliy statistika qoʻmitasiga 2026-yil 15-yanvar holatiga taqdim etish.

2026-yil 15-fevral

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Oʻzbekiston fermerlari kengashi,

Kadastr agentligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar

8.

“Mahalla yettiligi” xodimlarini bir martalik ragʻbatlantirish.

1. Milliy statistika qoʻmitasidan roʻyxatga olishda ishtirok etadigan “mahalla yettiligi” xodimlarining sonini olish.

2025-yil 20-dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. “mahalla yettiligi” xodimlarini bir martalik ragʻbatlantirish toʻgʻrisida ishlarni tashkil etish.

2026-yil 5-mart

9.

Roʻyxatga olish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Roʻyxatga olishni oʻtkazishga jalb qilinadigan xodimlarni oʻqitish uchun yaroqli boʻlgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtincha binolar yoki xonalar ajratish.

2025-yil 15-dekabrdan — 2026-yil 15-yanvargacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

2. Tuman (shahar) roʻyxatga olish shtablarini va roʻyxatga olish uchastkalarini kanselyariya (ruchka, qalam, A4 qogʻoz, stepler, skrepka, roʻyxatga olish kitobi, papka va boshqalar) jihozlari, zarur hollarda transport vositalari bilan taʼminlash.

2025-yil oktabr — 2026-yil fevral

3. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha monitoring qilish.

Doimiy

10.

“Mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalarining xatlovdan oʻtkazilishini tashkil etish.

“Mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalarini xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil 15-oktabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishni oʻtkazishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh

11.

Roʻyxatga olish jarayonlarini texnik qoʻllab-quvvatlash.

1. Roʻyxatga olish axborot tizimi uchun zarur boʻladigan server quvvatlarini aniqlash va xarid qilish.

2025-yil 20-oktabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishni oʻtkazishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh

2. Roʻyxatga olish axborot tizimi uchun “OneID” tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlash.

2026-yil yanvar-fevral

3. Roʻyxatga olish jarayonini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun “Koll-markaz” tashkil etish.

2025-yil 1-noyabrga qadar

12.

Roʻyxatga olishni planshet qurilmalari bilan taʼminlash.

1. Xatlov natijasida aniqlangan planshet qurilmalari sonini Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishni oʻtkazishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhidan olish.

2. Planshet qurilmalari nosoz yoki mavjud boʻlmagan “mahalla yettiligi” xodimlarini planshet qurilmalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2025-yil 1-dekabr

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

13.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hududlarni yuqori tezlikdagi aloqa kanallari bilan taʼminlash va roʻyxatga olish axborot tizimi hamda maʼlumotlar bazasi uchun maxsus joy ajratish.

1. Roʻyxatga olish davrida roʻyxatga olish axborot tizimi va maʼlumotlar bazasi uchun “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash yagona markazidan zarur quvvatlarni ajratish.

2025-yil 1-noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

2. Roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida statistika organlari hamda tuman (shahar) roʻyxatga olish shtablariga yuqori tezlikdagi aloqa kanallarini ajratish.

2025-yil 1-dekabr

3. Roʻyxatga olish jarayonlarida shaxsga doir maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida “mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalarini himoyalangan virtual shaxsiy tarmoq (VPN) aloqa kanali bilan taʼminlash.

2025-yil dekabr — 2026-yil fevral

14.

Axborot tizimining maxsus mobil ilovasini planshet qurilmalariga oʻrnatishni tashkil etish.

1. Roʻyxatga olish axborot tizimining maxsus mobil ilovasini “mahalla yettiligi” xodimlari va boshqa jalb qilinadigan xodimlarning planshet qurilmalariga oʻrnatishni taʼminlash.

2025-yil 1-dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. “Mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalariga JPS kuzatuv tizimini oʻrnatish.

2025-yil 1-dekabr

3. Oʻrnatilgan maxsus mobil ilovani toʻliq ishlash holatiga keltirish.

2026-yil 15-yanvar

15.

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatdan oʻtkazishning roʻyxatga olish axborot tizimini ekspertizadan oʻtkazish.

Roʻyxatga olish axborot tizimini axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil 15-dekabr

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,

Milliy statistika qoʻmitasi

16.

Roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar aʼzolari, statistika organlari va hududiy oliy taʼlim tashkilotlari xodimlarini oʻqitish.

1. Oʻqitish dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2025-yil oktabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Toshkentdagi vakolatxonasi

2. Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalari xodimlarini oʻqitish.

2025-yil oktabr

3. Hududiy komissiya aʼzolari, statistika organlari va oliy taʼlim tashkilotlaridan tanlangan trenerlarni oʻqitish.

2025-yil noyabr-dekabr

17.

Roʻyxatga olishga jalb etiladigan xodimlarni oʻqitish.

1. Oʻqitish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil noyabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,

BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Toshkentdagi vakolatxonasi

2. “Mahalla yettiligi” xodimlarini (zaxiraga olingan xodimlarni qoʻshgan holda) oʻqitish.

2026-yil noyabr-dekabr

18.

Respublikadagi taniqli sanʼatkorlar, kino va teatr aktyorlari, yozuvchilar, shoirlar ishtirokida roʻyxatga olish tadbirini aholi oʻrtasida keng ommalashtirish va ushbu jarayonlarda faol ishtirok etishga chorlash boʻyicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etish.

1. Ssenariy asosida videorolik va ijtimoiy reklamalar tayyorlash.

2025-yil 15-noyabr

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Milliy statistika qoʻmitasi,

Kinematografiya agentligi

2. Respublika va mahalliy OAVda maxsus koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish.

3. Gazeta va jurnallarda maqolalar berib borish.

2025-yil noyabr — 2026-yil fevral

19.

Roʻyxatga olishning targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish.

1. OAV va davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida turkum maqolalar, koʻrsatuvlar, eshittirishlar berib borish.

2. Videoroliklar va ijtimoiy reklamalar tayyorlash hamda ularni televideniyeda namoyish etish va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

3. Tarqatma materiallar (buklet, flayer va boshqalar) tayyorlash va ularni aholining keng ommasiga yetkazish.

4. Bannerlar tayyorlash va oʻrnatish.

5. Mahallalar, oliy taʼlim tashkilotlari, maktablar, litseylar, sogʻliqni saqlash tashkilotlari hamda boshqa korxona va tashkilotlarda seminarlar tashkil etish.

6. Belgilangan tartibda SMS-xabarnoma yuborishni tashkil etish va boshqa axborot-targʻibot ishlarini amalga oshirish.

2025-yil noyabr — 2026-yil fevral

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish hududiy komissiyalar,

BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Toshkentdagi vakolatxonasi

III. Roʻyxatga olishni oʻtkazish

20.

Roʻyxatga olish ishlarining sifatli oʻtkazilishini tashkil etish.

1. Internet tarmogʻi orqali roʻyxatga olish jarayonlarini belgilangan muddatlarda sifatli oʻtkazilishini tashkil etish.

2026-yil 15 — 31-yanvar

Respublika komissiyasi,

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Soliq qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Migratsiya agentligi, hududiy komissiyalar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

2. Planshet qurilmalari orqali roʻyxatga olish ishlarini respondentlar yashaydigan (vaqtincha boʻlib turgan) turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib soʻrov oʻtkazish orqali sifatli oʻtkazilishini tashkil etish.

2026-yil 4-fevral — 28-fevral

21.

Internet tarmogʻi orqali roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish.

1. Vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari oʻz tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarning internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtishlarini tashkil etish.

2. Vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan roʻyxatga olish davrida kunlik tartibda Milliy statistika qoʻmitasiga oʻz tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarining internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtganliklari boʻyicha shaxslar kesimida maʼlumot taqdim etish.

2026-yil 15 — 31-yanvar kunlari

Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda

va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda ularning tizim tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari

22.

Roʻyxatga olishning qishloq xoʻjaligi faoliyatiga tegishli maʼlumotlarni toʻplash.

1. Fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi korxona hamda tashkilotlarga roʻyxatga olishning mazmun-mohiyatini yetkazish.

2025-yil oktabr — 2026-yil yanvar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

Oʻzbekiston fermerlari kengashi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi,

hududiy komissiyalar, tuman (shahar) hokimliklari

2. Fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi korxona hamda tashkilotlar tomonidan internet tarmogʻi orqali maʼlumotlarni yuborishni tashkil etish.

2026-yil 15-yanvar — 28-fevral

23.

Roʻyxatga olish jarayonlarida ishtirok etuvchi xodimlarning va roʻyxatga olish uchun ajratiladigan bino va inshootlarning xavfsizligini taʼminlash.

1. Jinoyatchilik koʻp uchraydigan hududlar va tarbiyasi ogʻir oilalar roʻyxatlarini shakllantirish va hududiy statistika organlariga taqdim etish.

2025-yil 1-noyabr

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya

2. Roʻyxatga olish jarayonlarida jamoat tartibini saqlash maqsadida roʻyxatga oluvchi guruhlarga bir nafar xodim biriktirish.

3. Roʻyxatga olish ishlariga jalb etilgan shaxslarning va roʻyxatga olish uchun ajratiladigan bino va inshootlarning xavfsizligini taʼminlash.

4. Hududlarda tinchlik va osoyishtalikni, jamoat tartibini, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash.

2025-2026-yil yanvar-fevral

24.

Aholining ayrim toifalari boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarni toʻplash, roʻyxatga olish varagʻi shakllari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlarini toʻldirish.

1. Aholining ayrim toifalari boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishga jalb etiladigan xodimlar roʻyxatini tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan shakllantirish.

2025-yil 1-noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Mudofaa vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Ichki ishlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Tashqi ishlar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

“SOS Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasi va boshqa maxsus kontingentga ega muassasalar

2. Planshet qurilmalari yordamida, biriktirilgan masʼul xodimlar tomonidan aholining ayrim toifalari boʻyicha roʻyxatga olish varagʻi shakllari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlarini toʻldirish.

2025-yil noyabr — dekabr

IV. Moddiy-texnik va moliyaviy taʼminot

25.

Roʻyxatga olishning xarajatlar hisob-kitobini ishlab chiqish.

Roʻyxatga olish xarajatlari hisob-kitobini quyidagilarni hisobga olgan holda ishlab chiqish:

ish haqi xarajatlari;

ragʻbatlantirish xarajatlari;

asosiy vositalar xarid qilish va maxsus roʻyxatga olish axborot tizimini ishlab chiqish uchun xarajatlar;

xodimlarni oʻqitish xarajatlari;

xizmat safari xarajatlari;

transport ijarasi xarajatlari;

meʼyoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va chop etish xarajatlari;

videorolik, ijtimoiy reklama va tarqatma materiallar tayyorlash xarajatlari;

roʻyxatga olish natijalarini chop etish xarajatlari;

kutilmagan va boshqa xarajatlar.

2025-2026-yillar davomida

Milliy statistika qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishli vazirliklar va idoralar

26.

Roʻyxatga olish jarayonlarida zarur boʻladigan moddiy-texnik vositalar, hujjatlar va boshqa zarur vositalar xarid qilish hamda hududlarga yetkazish.

1. “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida moddiy-texnik va boshqa zarur vositalarni zaruratga koʻra xarid qilish.

2. Xarid qilingan moddiy-texnik va boshqa zarur vositalarni hududlarga yetkazib berish.

2025-2026-yillar davomida

Milliy statistika qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishli vazirliklar va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

V. Roʻyxatga olishning yakunlari

27.

Roʻyxatga olishning dastlabki maʼlumotlarini tayyorlash.

1. Internet tarmogʻi orqali va planshet qurilmalari yordamida yigʻilgan shaxsga doir birlamchi maʼlumotlarni umumlashtirish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida roʻyxatga olishning dastlabki maʼlumotlarini shakllantirish.

2026-yil 1-iyul

Milliy statistika qoʻmitasi

28.

Roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlarini tayyorlash.

1. Maxsus axborot tizimidan foydalangan holda aholini roʻyxatga olishning natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.

2. Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

3. Respublika va hududlar darajasida tahliliy maʼlumotlar va jadvallarni tayyorlash.

2027-yil 1-iyul

Milliy statistika qoʻmitasi

29.

Roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlarini eʼlon qilish va hujjatlarni saqlash.

1. Yakuniy maʼlumotlarni eʼlon qilish.

2. Yakuniy maʼlumotlarni rasmiy nashr ettirish va tarqatish.

2027-yil 1-noyabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

“Oʻzarxiv” agentligi

3. Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning dastlabki va yakuniy maʼlumotlarini hamda boshqa hujjatlarini arxivda saqlashga tayyorlash.

2028-yil 31-mart

4. Doimiy saqlash muddatiga ega hujjatlarni davlat arxiviga topshirish.

Belgilangan muddatlarda

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali qoʻllash va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI

B.S. Hamrayev

Milliy statistika qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari

O.M. Umarov

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

Z.M. Ziyayev

Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

J.S. Inagamov

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

N.U. Muxammadiyev

adliya vazirining oʻrinbosari

Z.K. Kurbanov

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

J.I. Abdiyev

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

M.S. Mirmaksudov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari

A.R. Mansurov

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktori

O.N. Mirzayev

“Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi direktori

U.B. Usmanov

“UNICON SOFT” MCHJ bosh direktori

Izoh.
Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Zaruratga koʻra mazkur ishchi guruhga boshqa vazirlik va idoralarning mutaxassislari ham jalb etilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga
6-ILOVA
Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazishning ahamiyati va mazmun-mohiyati boʻyicha targʻibot
MEDIA-REJASI

T/r

Maʼlumotlar va media mahsulotlar turi

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Ijrochilar

1.

Aholi orasida roʻyxatga olish tadbirini keng targʻib qilish maqsadida ommaviy joylarda tashviqot banner va plakatlarini oʻrnatish.

Qisqa va taʼsirchan shiorlar ishlab chiqilib, tuman-shahar hokimliklari bilan hamkorlikda aholi gavjum joylar (bozorlar, yirik savdo markazlari, markaziy koʻchalar) aniqlanadi hamda ularda banner va plakatlar oʻrnatiladi.

2025-yil oktabr — dekabr

Tuman (shahar) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Milliy statistika qoʻmitasi

2.

Roʻyxatga olish tadbirining ahamiyatini aholiga keng targʻib etish maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda mashhur shaxslar ishtirokida intervyu va reportajlar tayyorlash.

Vazirlik va idoralar rahbarlari, jamoatchilik faollari hamda mashhur shaxslar (sportchilar, sanʼatkorlar, deputatlar, blogerlar) ishtirokida videorolik va intervyular tayyorlanib, ular televideniye, radio, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda efirga uzatilib, keng tarqatiladi.

2025-yil oktabr — dekabr

Madaniyat vazirligi,

Sport vazirligi,

vazirlik va idoralar,

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi,

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Milliy statistika qoʻmitasi

3.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiriga keng jamoatchilik eʼtiborini qaratish, tadbirning ahamiyati va maqsadlarini keng targʻib etish.

“Telegram”, “Instagram”, “Facebook”, “X” va “YouTube” kabi ijtimoiy tarmoqlarda infografika, videorolik, intervyu va podkastlar tayyorlanib, ular keng tarqatiladi, xeshteglar orqali fleshmob va chellenjlar tashkil etiladi hamda faol blogerlar bilan samarali hamkorlik qilinadi.

Doimiy

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

4.

Aholiga roʻyxatga olish jarayoni haqida mobil aloqa operatorlari orqali “SMS-xabarnoma” yuborish.

Mobil operatorlar bilan hamkorlik oʻrnatilib, aholining barcha qatlamiga qisqa va aniq matnli SMS-xabarnomalar yuboriladi. Xabarlarda rasmiy veb-sayt va “Koll-markaz” raqamlari koʻrsatilib, aholiga toʻgʻri yoʻnalish beriladi.

2025-yil dekabr — 2026-yil fevral

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

5.

Vazirlik va idoralar rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda mashhur shaxslarning birinchilardan boʻlib onlayn roʻyxatdan oʻtganligi haqida qisqa reportajlar tayyorlab, ularni keng tarqatish.

Vazirlik va idoralar rahbarlari, jamoatchilik faollari, sportchilar, sanʼatkorlar, deputatlar va blogerlarning onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayonlari tasvirga olinib, qisqa reportajlar tayyorlanadi, tayyorlangan materiallar televideniye, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi.

2026-yil yanvar-fevral

Madaniyat vazirligi,

Sport vazirligi,

vazirlik va idoralar,

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi,

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Milliy statistika qoʻmitasi

6.

Jamoat joylari, taʼlim tashkilotlari va jamoat transportlarida aholiga roʻyxatga olish tadbiri haqida tarqatma materiallar tarqatish.

Maxsus bukletlar tayyorlanib, ular maktab va oliy taʼlim tashkilotlari, metro bekatlari, avtobus va elektropoyezdlar, samolyotlar, bozorlar hamda boshqa gavjum joylarda aholiga tarqatiladi.

2025-yil dekabr

Tuman (shahar) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Transport vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

7.

Bozorlar, vokzallar va boshqa jamoat joylarida aholini roʻyxatga olish tadbiri haqida radio va audio xabarlarni doimiy berish.

Bozorlar, vokzallar, aeroportlar, savdo markazlari va boshqa gavjum joylarda ovoz uzatish tizimlari orqali qisqa, aniq va taʼsirchan audio xabarlar tayyorlanib, doimiy ravishda aholiga yetkaziladi.

2025-yil oktabr — 2026-yil fevral

Tuman (shahar) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Transport vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

8.

Maʼlumotlarning tezkorligi va ishonchliligini taʼminlash maqsadida aholini onlayn roʻyxatdan oʻtishga keng jalb etish, ularni ragʻbatlantirib borish hamda ushbu jarayonni keng yoritish.

Maʼlumotlarning tezkorligi va ishonchliligini taʼminlash maqsadida aholini onlayn roʻyxatdan oʻtishga jalb etish uchun targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, mashhur shaxslar va blogerlarni jalb qilish, qulay onlayn platforma va jamoat joylarida QR-kodlar orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyatini yaratish, ishtirokchilarni ragʻbatlantirish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib boriladi.

2025-yil oktabr — 2026-yil fevral

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

9.

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish savolnomalarini toʻldirish tartibi boʻyicha video qoʻllanma tayyorlash va tarqatish.

Savolnomalarni toʻldirish jarayonini qadamma-qadam koʻrsatadigan oddiy va tushunarli video qoʻllanma tayyorlanib, unda har bir bosqich amaliy misollar bilan tushuntiriladi. Tayyorlangan videolar televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-sayt va “YouTube” kanali orqali tarqatiladi.

2026-yil yanvar

Milliy statistika qoʻmitasi,

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

10.

Targʻibot materiallarida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri ahamiyatini aniq misollar orqali yoritish, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va aholi demografiyasiga oid muhim koʻrsatkichlarni qamrab olish orqali tadbirning ahamiyatini chuqur ochib berish.

Infografika, maqola, videorolik va bukletlarda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning kelgusidagi natijalarini targʻib etish orqali roʻyxatga olish aholi soni, uy-joy, mehnat bozori, oziq-ovqat xavfsizligi, ijtimoiy xizmatlar va qishloq xoʻjaligi rivojiga qanday taʼsir koʻrsatishini aniq misollar orqali koʻrsatiladi. Shu bilan birga, mamlakatdagi oziq-ovqat xavfsizligi, demografik siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda roʻyxatga olishning oʻrni keng targʻib qilinadi.

2025-yil oktabr — 2026-yil fevral

Milliy statistika qoʻmitasi,

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

11.

Aholini firibgarlik holatlaridan ogohlantirish maqsadida maxsus videorolik tayyorlash va uni keng jamoatchilikka tarqatish.

Videorolik orqali aholiga roʻyxatdan oʻtish jarayonida hech qanday kod yoki shaxsiy maʼlumotlar telefon yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali soʻralmasligi, faqat maxsus ishlab chiqilgan yagona rasmiy platforma orqali amalga oshirilishi tushuntiriladi. “Shaxsiy maʼlumotlaringizni firibgarlarga bermang — onlayn roʻyxatdan oʻting” shiori ostida maxsus videorolik tayyorlanib, tarqatiladi.

2026-yil yanvar-fevral

Milliy statistika qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

12.

Yosh bolalar auditoriyasi uchun roʻyxatga olish jarayonining ahamiyatini sodda va qiziqarli shaklda tushuntiruvchi multiplikatsion roliklar tayyorlash.

Bolalar uchun multfilm uslubida videoroliklar tayyorlanib, ularda roʻyxatga olishning ahamiyati va aholi hayotiga taʼsirini oddiy misollar orqali koʻrsatiladi. Tayyorlangan roliklar televideniye, ijtimoiy tarmoqlar va maktablarda namoyish etiladi.

2025-yil oktabr — dekabr

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi,

Milliy statistika qoʻmitasi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

13.

Savolnomalarni toʻldirish jarayonida aholida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan savollarga tez va aniq javob berish uchun sunʼiy intellekt chat-botlari faoliyatini keng targʻib qilish.

Roʻyxatga olish jarayonida savollarga javob beruvchi maxsus chat-bot yaratilib, uning imkoniyatlari haqida videoroliklar va maqolalar tayyorlanadi. Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-saytlar orqali aholi chat-bot xizmatidan foydalanishga yoʻnaltiriladi.

2025-yil oktabr — dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

14.

Ommaviy axborot vositalari orqali aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlari, uning ahamiyati va yangiliklari haqida doimiy intervyular va reportajlar tashkil etish.

Roʻyxatga olish jarayonida ishtirok etayotgan mutaxassislar, faol fuqarolar va masʼul shaxslar bilan televideniye va radiolarda maxsus koʻrsatuvlar tayyorlanadi, gazeta va jurnallarda maqolalar nashr etiladi, internet nashrlari orqali materiallar eʼlon qilib boriladi.

2025-yil oktabr — 2026-yil fevral

OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Milliy statistika qoʻmitasi

15.

Mavzu yuzasidan soha mutaxassislari ishtirokida qiziqarli podkastlar tayyorlash va tarqatish.

Roʻyxatga olishning ahamiyati va jarayon bosqichlari yuzasidan ekspertlar, olimlar va jamoatchilik faollari bilan suhbatlar yozib olinib, “YouTube” va “Telegram” orqali yoritiladi.

2025-yil oktabr — 2026-yil fevral

Milliy statistika qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

16.

OAV va keng jamoatchilik uchun matbuot anjumani va brifinglar tashkil etish.

Xalqaro press-klub, Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida roʻyxatga olish jarayonining maqsadi, ahamiyati va bosqichlari haqida masʼul rahbarlar va mutaxassislar ishtirokida matbuot anjumanlari va brifinglar tashkil etilib, aholi xabardor qilib boriladi.

2025-yil oktabr — 2026-yil fevral

Oʻzbekiston Milliy matbuot markazi,

Xalqaro press-klub,

Milliy statistika qoʻmitasi

17.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida maxsus sahifa yaratish va unda roʻyxatga olish jarayoniga oid savol-javoblar, qoʻllanmalar va yangiliklarni doimiy joylashtirib borish.

Barcha vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida “Roʻyxatga olish — 2026” maxsus sahifasi ishga tushiriladi, unda fuqarolar uchun yoʻriqnomalar, videoqoʻllanmalar va yangiliklar tizimli ravishda joylashtirib boriladi. Fuqarolar uchun onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

2025-yil oktabr — 2026-yil fevral

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

vazirlik va idoralar,

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Milliy statistika qoʻmitasi

18.

Televideniyeda “Savol va javob” koʻrsatuvini tashkil etish, unda mutaxassislar ishtirokida aholining savollariga jonli efirda javob berish.

Televideniye orqali muntazam efirga uzatiladigan maxsus interaktiv koʻrsatuv tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Unda aholi tomonidan onlayn va telefon orqali yoʻllangan savollarni toʻplab, mutaxassislar ishtirokida jonli efirda ularga javob berib boriladi.

2025-yil oktabr — 2026-yil fevral

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi,

Milliy statistika qoʻmitasi

19.

Oliy va oʻrta taʼlim tashkilotlarida maxsus seminar va ochiq darslar oʻtkazish, yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash.

Oliy va oʻrta taʼlim tashkilotlarida soha mutaxassislari ishtirokida ochiq darslar tashkil etiladi. Seminarlarda roʻyxatga olishning ahamiyati, savolnomalarni toʻldirish jarayoni va yoshlarning faol ishtirokiga oid maʼruzalar qilinadi.

2025-yil oktabr — 2026-yil yanvar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

20.

“Men roʻyxatdan oʻtdim!” shiori ostida onlayn fleshmob va chellenjlar tashkil qilish (selfi yoki video shaklida).

Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus heshteglar bilan fleshmob uyushtiriladi, roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar oʻz selfi va videolarini ulashishi targʻib qilinadi, mashhur blogerlar fleshmobga jalb etiladi. Eng yaxshi post va videolar mualliflari ragʻbatlantirilib boriladi.

2026-yil yanvar — fevral

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Milliy statistika qoʻmitasi

21.

Maktablar, sogʻliqni saqlash muassasalari, banklar, davlat xizmatlari markazlari va aholi gavjum boʻladigan boshqa tashkilot hamda muassasalarda elektron ekranlar orqali roʻyxatga olish jarayonlari haqidagi maʼlumotlarni tarqatish.

Maktablar, sogʻliqni saqlash muassasalari, banklar, davlat xizmatlari markazlari va aholi gavjum boʻladigan boshqa tashkilot hamda muassasalarda elektron ekranlarda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning maqsadi, ahamiyati haqidagi maʼlumotlar, infografika va videoroliklar muntazam joylashtirib boriladi.

2025-yil dekabr — 2026-yil fevral

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Adliya vazirligi,

tijorat banklari,

Milliy statistika qoʻmitasi

22.

Chet elda yashovchi vatandoshlar uchun alohida targʻibot dasturini ishlab chiqish va ularga onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyatlari haqida tushuntirish.

Elchixona va boshqa diplomatik aloqalar orqali maxsus axborot materiallari tarqatiladi, vatandoshlar uchun vebinarlar va onlayn uchrashuvlar tashkil qilinadi. Roʻyxatdan oʻtish jarayoni boʻyicha videoqoʻllanmalar yuboriladi.

2025-yil oktabr — 2026-yil fevral

Tashqi ishlar vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

23.

Korxona va tashkilotlarda “Roʻyxatga olish kuni” aksiyalarini tashkil qilish — xodimlarni birgalikda roʻyxatdan oʻtkazish.

Korxona va tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda xodimlar bir kun davomida uyushgan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi va bu jarayonlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi.

2026-yil yanvar — fevral

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

24.

Roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar uchun maxsus “elektron sertifikat” berish va uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashish imkoniyatini yaratish.

Roʻyxatdan oʻtish platformasiga elektron sertifikat berish funksiyasi qoʻshiladi. Roʻyxatdan oʻtgan har bir fuqaro sertifikatni PDF yoki JPG formatda yuklab olish va ijtimoiy tarmoqlarda maxsus xeshteg bilan ulashish imkoniyatiga ega boʻladi. Sertifikat dizayni yoshlar va turli toifadagi aholi uchun motivatsion tarzda ishlab chiqiladi.

2026-yil yanvar — fevral

Milliy statistika qoʻmitasi

25.

Jamoat joylari, maktab, oliy taʼlim tashkilotlari, metro va boshqa jamoat transportlarida maxsus QR-kod oʻrnatish, undan savolnomaga telefon orqali kirish imkoniyatini yaratish.

Jamoat joylariga yorqin va koʻzga koʻrinadigan banner hamda stikerlar koʻrinishida QR-kodlar oʻrnatiladi. QR-kod orqali fuqarolar telefonlari orqali maxsus platformaga yoʻnaltirilib, savolnomani toʻldirish imkoniyatiga ega boʻladi. QR-kodlar jamoat transporti ichida, metro bekatlarida, taʼlim tashkilotlari va bozorlarda joylashtiriladi.

2025-yil dekabr — 2026-yil fevral

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Transport vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi

26.

Stat.uz saytida Oʻzbekiston xaritasi orqali hududlarda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlarining bajarilish darajasini foiz hisobida aks ettiruvchi interaktiv doska joylashtirish.

Stat.uz veb-saytida maxsus interaktiv modul ishlab chiqiladi. Har bir hudud boʻyicha maʼlumotlar real vaqt rejimida yangilanib boriladigan, xaritada turli ranglarda koʻrsatiladigan va foydalanuvchilar uchun qulay interfeys yaratiladi. Interaktiv doska ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda targʻib qilinib, keng jamoatchilikka yetkaziladi.

2026-yil yanvar — fevral

Milliy statistika qoʻmitasi

27.

Mobil ilovalar orqali push-xabarlar yuborish.

Ommabop ilovalar orqali roʻyxatdan oʻtish haqida eslatmalar va maʼlumotlarni push-xabarnoma shaklida tarqatish tavsiya etiladi.

2026-yil yanvar — fevral

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

28.

Statistika organlarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini tashkil qilish.

Barcha aholi uchun ochiq muloqot maydonini yaratiladi. Fuqarolarga roʻyxatga olish jarayoni, uning ahamiyati va axborot xavfsizligi haqida atroflicha maʼlumot berib boriladi. Mutaxassislar ishtirokida savol-javob sessiyalari tashkil etilib, roʻyxatga olish jarayoni amaliy namoyish qilib boriladi.

2025-yil oktabr — dekabr

Hududiy statistika boshqarmalari,

tuman-shahar statistika boʻlimlari

29.

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining ahamiyati va mazmun-mohiyatini eng yaxshi targʻib qilgan jurnalist va blogerlar oʻrtasida tanlov oʻtkazish.

Ommaviy axborot vositalarida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining ahamiyati va mazmun-mohiyatini eng yaxshi targʻib qilgan jurnalistlar va blogerlar oʻrtasida “Eng yaxshi targʻibot materiali” tanlovi oʻtkazilib, gʻoliblar taqdirlanadi.

2025-yil dekabr — 2026-yil yanvar

Milliy statistika qoʻmitasi

30.

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining ahamiyati va mazmun-mohiyatini keng aholiga, jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarga surdotarjimon orqali yetkazish.

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish boʻyicha tayyorlangan videoroliklar va “Oʻzbekiston 24” telekanalida efirga uzatiladigan materiallarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun surdotarjimondan foydalaniladi.

2025-yil dekabr — 2026-yil yanvar

Milliy statistika qoʻmitasi,

OʻzMTRK

31.

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri targʻibotiga oid materiallar monitoringini yuritish.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda aholi hamda qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini targʻib qilishga oid materiallarni muntazam monitoring qilinib, jamoatchilik bildirgan takliflar oʻrganiladi va aholi tomonidan eng koʻp beriladigan savollarga javoblar tayyorlanadi.

2025-yil oktabr — 2026-yil fevral

Milliy statistika qoʻmitasi,

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi sohasidagi statistik maʼlumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-fevraldagi 104-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-son qarori)” 2021-yil 6-oktabrdagi 624-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 940 va 1007-bandlari.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilovaning 61 va 74-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2025-yil 1-martdagi 135-son qaroriga 1-ilovaning 82-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/629/0912-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)