1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.08.00 Banklarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2209-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 5-fevraldagi 4/4-son qarori (roʻyxat raqami 2209, 2011-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-sentabr,
21/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-sentabrdagi 21/10-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “(mikromoliya tashkiloti, lombard va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti)” degan soʻzlar “(mikromoliya tashkiloti, lombard, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti va faktoring tashkiloti)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“10. Nazorat tartibida tekshirish masofadan nazorat qilish natijalariga koʻra ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qoidabuzarliklarning bartaraf etilmaganligi yoki ularning bartaraf etilganligi haqidagi maʼlumotlar taqdim etilmaganligi yoxud haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi qaroriga asosan oʻtkazilishi mumkin.”.
“15. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirishda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmi va xususiyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi hamda Markaziy bank yoki uning hududiy bosh boshqarmasining farmoyishiga ilova tariqasida tasdiqlanadi.”.