1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3593-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-noyabrdagi 191-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3593, 2024-yil 27-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3593/1084-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”gailovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-avgust,
282-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 1-ilovadagi 0860 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar” hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi hisobvaraq bilan toʻldirilsin:
“
0870
Operativ ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar
“34. Moliyaviy ijara asosida kelib tushgan va kapital qoʻyilmalarni talab etmaydigan obyektlar 0310 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar” hisobvaragʻining debeti va 7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.”;
2) 37 va 38-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan obyektni ijarachining mulkiga oʻtishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijaraga olingan obyektning qiymati asosiy vositalar tarkibiga oʻtkazilishi:
debet 0100 asosiy vositalarning turlari boʻyicha;
kredit 0310 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar”;
kredit 0112 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” hisobvaraqlari;
b) eskirish summalarini oʻtkazilishi:
debet 0299 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi”;
debet 0212 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi”;
kredit 0200 asosiy vositalarning turlari boʻyicha eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlari.
38. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan obyektlar ijaraga beruvchiga qaytarilganda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
a) boshlangʻich qiymatiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”;
kredit 0310 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar”;
kredit 0112 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” hisobvaraqlari;
b) eskirish summasiga:
debet 0299 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi”;
debet 0212 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi”;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaraqlari;
d) ijaraga beruvchi tomonidan moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha obodonlashtirish qiymatining qoplanadigan summasiga:
debet 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari”;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaraqlari;
e) obodonlashtirish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun ijaraga beruvchidan pul mablagʻlari kelib tushgan summasiga:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlari;
kredit 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” hisobvaragʻi;
f) ijara (lizing) toʻlovlari jadvali (tartibi) boʻyicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldigʻi summasiga:
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi”;
debet 7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara” hisobvaragʻi — uzoq muddatli qismi (moliyaviy ijara shartnomasi muddati tugagunga qadar qaytarilish amalga oshirilgan hollarda qoʻllaniladi);
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaraqlari;
g) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni qaytarish boʻyicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”;
kredit materiallarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6700), sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6500) va boshqa tegishli hisobvaraqlari;
h) moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni qaytarish natijasida:
olingan foyda summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”;
kredit 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” hisobvaraqlari;
koʻrilgan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaraqlari.”;
“40. Moliyaviy ijara (Lizing) shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0300) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Moliyaviy ijara obyektini aktiv (kapital qoʻyilmalar talab etilganda) va majburiyat sifatida tan olinishi
0890
7910
2.
Moliyaviy ijara obyektini maqsadli foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar summasi
0890
majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqa tegishli hisobvaraqlar
3.
Moliyaviy ijara obyektini boshlangʻich qiymat boʻyicha foydalanishga topshirish
0310
0890
4.
Moliyaviy ijaraga olingan obyektga eskirish hisoblanganda
xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
0299
5.
Moliyaviy ijaraga olingan obyektni ishchi holatda saqlab turish bilan bogʻliq joriy xarajatlar summasi
xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqa tegishli hisobvaraqlar
6.
Moliyaviy ijaraga olingan obyektni yaxshilash va obodonlashtirish boʻyicha xarajatlari summasi
0860
majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqa tegishli hisobvaraqlar
7.
Moliyaviy ijaraga olingan obyektni obodonlashtirish bilan bogʻliq kapital xarajatlar summasi
0112
0860
8.
Moliyaviy ijaraga olingan obyektni obodonlashtirish boʻyicha eskirish hisoblanganda
xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
0212
9.
Moliyaviy ijara toʻlovlari jadvaliga muvofiq moliyaviy ijara boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi oʻtkazilganda
7910
6950
10.
Moliyaviy ijara toʻlovlari jadvaliga muvofiq moliyaviy ijara boʻyicha hisoblangan foizlar summasi
9610
6920
11.
Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha toʻlangan summasi
6950
6920
pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar
4) 67-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“0870 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar”;
5) quyidagi mazmundagi 731-band bilan toʻldirilsin:
“731. 0870 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar” hisobvaragʻida operativ ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish hamda uning taʼmirlanishi va modernizatsiyasiga qilinadigan kapital qoʻyilmalar hisobga olinadi.
Operativ ijara shartnomasi boʻyicha olingan mulk qaytarilganda, kapital qoʻyilmalar summasining hisobdan chiqarilishi hisobvaraqlarning 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” debetida va 0870 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar” kreditida aks ettiriladi.
Operativ ijara shartnomasi boʻyicha olingan mulkni yaxshilash boʻyicha kapital qoʻyilmalar qiymatining ijaraga beruvchi tomonidan qoplanadigan summasi hisobvaraqlarning 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” debetida va 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” kreditida aks ettiriladi.”;
6) 216-bandning jadvali quyidagi mazmundagi 31 va 32 — pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
31.
Moliyaviy ijara muddati tugagandan keyin ijaraga oluvchida moliyaviy ijara obyektining qoplanmagan qiymati summasiga
0800
(tegishli hisobvaraqlar)
4810
32.
Moliyaviy ijara muddatidan oldin qaytarishi ijaraga oluvchida toʻxtatilgan sanadagi moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara obyektining qoplanmagan qiymati summasiga
0800
(tegishli hisobvaraqlar)
4810
(joriy qismi)
0920
(uzoq muddatli qismi)
7) 309-bandning jadvalidagi 1-pozitsiyaning “Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Operativ ijara boʻyicha hisobot davrida toʻlanishi lozim boʻlgan ijara toʻlovlari hisoblanishi”.
8) 347-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat tashkilotlari” degan soʻzlar “Davlat ishtirokidagi korxonalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 394-banddagi jadvalning 28-satri chiqarib tashlansin.
11) 400-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan tashkilotlar joriy hisobot davriga tegishli boʻlgan daromad summasi buxgalteriya hisobida 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻining debetida va 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.”;
12) 418-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan tashkilotlar joriy hisobot davrida hisoblangan daromad summasi buxgalteriya hisobida 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻining debetida va 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)