1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish tartiblarini soddalashtirish, ushbu yoʻnalishda davlat xizmatini koʻrsatish hamda degradatsiyaga uchragan, unumsiz, zaharli sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar holatini yaxshilash uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.22.00 Toksik sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan qishloq xoʻjalik maydonlari va yerlarini konservatsiya qilish]
konservatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi yerlarini aniqlash va xatlovdan oʻtkazish tartibi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
davlat xizmati koʻrsatilishini Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali tashkil etish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasi va xulosasini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda tasdiqlash tartibi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasida belgilangan muddat tugagandan soʻng ushbu yerlarni qishloq xoʻjaligida foydalanishga qaytarish tartibi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish tadbirlarini moliyalashtirish manbalarini belgilash.
2. Belgilansinki:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha murojaatlar YIDXP orqali qabul qilinadi hamda “E-ijara” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “E-ijara” AT) koʻrib chiqiladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.22.00 Toksik sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan qishloq xoʻjalik maydonlari va yerlarini konservatsiya qilish]
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
a) Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrga qadar:
davlat xizmatini koʻrsatish “E-ijara” AT hamda YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
“E-ijara” ATda hamda YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
b) Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan mazkur qarorga muvofiq davlat xizmati koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi ustidan tegishliligi boʻyicha “E-ijara” AT hamda YIDXP orqali nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-sentabr,
590-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-sentabrdagi 590-son qaroriga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.22.00 Toksik sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan qishloq xoʻjalik maydonlari va yerlarini konservatsiya qilish]
1. Ushbu Reglament degradatsiyaga uchragan, unumsiz, zaharli sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
“E-ijara” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-ijara” AT) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish hamda tegishli tashkilotlar bilan kelishish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihalari va xulosalarni shakllantirish va tasdiqlashda foydalaniladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
ariza beruvchi — oʻziga ijara (umrbod egalik qilish yoki doimiy foydalanish) huquqi asosida biriktirilgan yer maydoni mavjud boʻlgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (tovar ishlab chiqarish) bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxs (fermer xoʻjaligi, agroklaster, kooperatsiya, dehqon xoʻjaligi va boshqa tadbirkorlik subyektlari), shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
degradatsiyaga uchragan yerlar — tabiiy va antropogen omillar, xoʻjalik va boshqa faoliyatning salbiy taʼsirlari natijasida tuproq sifati yomonlashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.21.00 Tuproqlarni eroziyadan, ifloslanishdan, botqoqlanishdan, suv bosishidan va boshqa salbiy jarayonlardan himoya qilish]
yerlarni konservatsiya qilish — degradatsiyaga (shoʻrlanishga, choʻllanishga, botqoqlashishga hamda yaylov va pichanzorlarda tuproq-oʻsimlik qoplami jiddiy tanazzulga) uchragan, unumsiz, hosildorligi juda pasaygan va tabiiy xususiyatlari boʻyicha salbiy tavsiflarga ega tuproqlar, yuqori darajada zaharli sanoat chiqindilari, radioaktiv moddalar, ogʻir metallar va boshqa kimyoviy elementlar bilan ifloslangan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning unumdorlik va tabiiy xususiyatlarini tiklash, buzilgan yerlarning atrof-muhitga salbiy taʼsirini va degradatsiya surʼatlarini pasaytirish hamda uning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun besh yildan kam boʻlmagan muddatga maqsadli foydalanishdan chiqarish;
ishchi organlar — yer uchastkasining tuproq holatini va sifat koʻrsatkichlarini aniqlab beradigan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasini va xulosasini tayyorlash, yer uchastkasini joyida koʻrsatib beradigan “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalaniladigan yer uchastkalari (sugʻoriladigan va lalmi — haydalma yerlar, boʻz yerlar, koʻp yillik mevali-rezavor dov-daraxtlar, tokzorlar va boshqa daraxtlar bilan band boʻlgan yerlar, yaylov va pichanzorlar);
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasi — vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan konservatsiya qilish muddatlari toʻgʻrisida kompleks maʼlumotlar hamda konservatsiya qilish ishlari aks ettiriladigan loyiha;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisida xulosa — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish maqsadga muvofiqligi (yoki maqsadga muvofiq emasligi) toʻgʻrisida vakolatli organning tasdiqlangan, QR — kodi tushirilgan elektron xulosasi.
unumsiz yerlar — maqsadli foydalanish uchun ekologik xavfli va iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan, tuproq unumdorligi juda past va tabiiy xususiyatlari boʻyicha salbiy tavsiflanadigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlari;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.21.00 Tuproqlarni eroziyadan, ifloslanishdan, botqoqlanishdan, suv bosishidan va boshqa salbiy jarayonlardan himoya qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.22.00 Toksik sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan qishloq xoʻjalik maydonlari va yerlarini konservatsiya qilish]
3. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar quyidagi hollarda konservatsiya qilinadi:
ekologik talablar buzilishi natijasida tuproq kuchli eroziyaga, shoʻrlanishga, choʻllanishga, botqoqlashishga uchraganda hamda yaylov va pichanzorlarda tuproq-oʻsimlik qoplami jiddiy tanazzulga uchraganda;
tuproqning inson salomatligi uchun xavfli darajada kimyoviy moddalar va boshqa turdagi ifloslantiruvchilar bilan zararlanishi yoki shoʻrlanishi yoki ishqorlilik darajasining oshishi natijasida yerlarning buzilishi yuzaga kelganda;
tuproq unumdorligi va hosildorligi juda pasayganda (unumsiz) hamda tabiiy xususiyatlari boʻyicha salbiy tavsiflarga ega boʻlganda;
yerlar yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaraviy konsentratsiyalardan yuqori darajada zaharli sanoat chiqindilari, radioaktiv moddalar, ogʻir metallar va boshqa kimyoviy elementlar bilan ifloslanganda;
yer uchastkalari sobiq qishloq xoʻjaligi aerodromlari sifatida foydalanilgan yerlar boʻlganda.
4. Tabiiy-qishloq xoʻjaligi mintaqalaridagi degradatsiyaga uchragan, kam mahsuldor hamda zaharli sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilishda ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan tuproq tarkibini tavsiflovchi taxminiy koʻrsatkichlardan foydalaniladi.
5. Yer uchastkasi jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishida yoki egaligida boʻlsa, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarini konservatsiya qilish yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) tashabbusiga koʻra amalga oshiriladi.
Agar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga nisbatan foydalanish yoki egalik huquqi rasmiylashtirilmagan boʻlsa, yerlarni konservatsiya qilish tuman hokimliklari tashabbusiga koʻra amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
6. Konservatsiya qilingan yerlarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanganligi boʻyicha turi konservatsiya qilingan barcha davrda oʻzgarmaydi va statistika hisobotlarida alohida satrda koʻrsatiladi.
7. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarining buzilishga olib kelgan shaxslarni aniqlash va yetkazilgan zararni qoplash Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
2-bob. Konservatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni aniqlash va xatlovdan oʻtkazish
9. Konservatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish, tuproq, agrokimyoviy va geobotanik tadqiqotlar va monitoring (kuzatuv) natijalarini tahlil qilish asosida aniqlanadi.
Bunda, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi oʻzlari oʻtkazgan tadqiqot va monitoring natijalari asosida shakllantirilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarini konservatsiya qilish boʻyicha taklif va maʼlumotlarini Ishchi organga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi]
10. Ishchi organ yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish, tuproq, agrokimyoviy va geobotanik tadqiqotlar va monitoring (kuzatuv) natijalariga koʻra qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish tavsiya etilayotgan maydonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yerdan foydalanuvchiga va tuman (shahar) hokimligiga taqdim etadi.
11. Yerdan foydalanuvchi yoki tuman (shahar) hokimligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish jarayonini boshlash uchun Ishchi organ tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asos boʻladi.
3-bob. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.22.00 Toksik sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan qishloq xoʻjalik maydonlari va yerlarini konservatsiya qilish]
12. Ariza beruvchi Ishchi organ tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida yoki oʻz tashabbusiga koʻra oʻziga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Shaxsan murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ariza beruvchi ushbu Reglamentga 3-ilovadagi shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun arizani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlarida davlat xizmatidan foydalanish uchun vakolatli vakili orqali ariza toʻldirishi mumkin.
Bunda vakolatli vakil oʻzining vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnomani Davlat xizmatlari markazlari xodimiga taqdim etishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.28.00 Dam olish va bayram kunlari]
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ariza beruvchidan ushbu Reglamentga 3-ilovada koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang)]
13. Zarur maʼlumotlar arizaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali davlat xizmatidan foydalanganda, arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
14. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Agar ariza Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzosi, yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa, bunday shaxslarning arizalari boʻyicha ushbu bandda koʻrsatilgan yigʻimning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga 75 foiz miqdorida chegirma qoʻllanadi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(14-bandning uchinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Davlat xizmati uchun yigʻim undirilgani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
15. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
20 foizi — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining shaxsiy hisobvaragʻiga;
45 foizi — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutining shaxsiy hisobvaragʻiga;
15 foizi — “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning:
20 foizi — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining shaxsiy hisobvaragʻiga;
45 foizi — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutining shaxsiy hisobvaragʻiga;
15 foizi — “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
16. Ariza beruvchi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishchi organ tomonidan “E-ijara” ATga kiritilguniga qadar davlat xizmatidan foydalanishni rad etish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishni rad etganda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
17. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qilganda, ariza toʻldirilgan paytdan boshlab real vaqt rejimida ishchi organlar tomonidan “E-ijara” AT orqali koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
YIDXP orqali ariza topshirilganda ariza avtomatik ravishda “E-ijara” AT orqali ishchi organlarga yuboriladi.
18. Ishchi organlar ariza beruvchining arizasini olgan kundan boshlab:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.21.00 Tuproqlarni eroziyadan, ifloslanishdan, botqoqlanishdan, suv bosishidan va boshqa salbiy jarayonlardan himoya qilish]
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti besh ish kuni davomida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni joyiga chiqib oʻrganadi, uning tuproq holati va sifat koʻrsatkichlarini aniqlaydi hamda maʼlumotlarni “E-ijara” ATga kiritadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Yer tuzilishi. Yer tuzish jarayoni. Yer uchastkalari chegarasini oʻrnatish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.18.00 Yerlarni muhofaza qilish;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti oʻn ish kuni davomida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni joyiga chiqib oʻrganadi, kontur raqami, yer turi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantiradi, tuproq holati va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni inobatga olgan holda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasini ishlab chiqadi hamda xulosa tayyorlaydi, loyiha va xulosani kelishish uchun “E-ijara” AT orqali Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga yuboradi.
19. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasi mazkur Reglamentga 4-ilovaga, xulosa esa 5-ilovaga muvofiq tayyorlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
20. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan oʻn ish kuni davomida koʻrib chiqiladi hamda “E-ijara” AT orqali kelishiladi.
Bunda:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
Suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning meliorativ holati, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarining ishchi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganadi va kelishadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.22.00 Toksik sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan qishloq xoʻjalik maydonlari va yerlarini konservatsiya qilish]
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning zaharli sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslanganlik darajasini aniqlaydi, shuningdek, (oʻrmon xoʻjaligi yerlarida) oʻrmon fondi tarkibidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish holatlarini oʻrganadi hamda maʼlumotlarni kiritadi.
Zarur hollarda tuproq sifati (ifloslanishi va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasiga va xulosasiga kiritiladi.
Yerlar degradatsiyasi darajasini pasaytirish, buzilgan yerlarning atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish hamda kelgusida degradatsiyaga uchrashining oldini olish maqsadlariga erishish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha nazarda tutilgan tadbirlarning yetarliligi va asoslanganligi loyihani kelishish predmeti hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
21. Agar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasi va xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan oʻn ish kuni davomida koʻrib chiqilmasa, loyiha va xulosa kelishilgan deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
22. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihalarini texnik loyihalar (dasturlar) ekspertizasidan oʻtkazish talab etilmaydi.
23. Ishchi organlar uch ish kuni davomida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasini va xulosasini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlash yoki rad etish uchun “E-ijara” AT orqali vakolatli organga yuboradi.
24. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish muddati xulosada koʻrsatiladi va ushbu muddat besh yildan yigirma yilgacha belgilanadi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha konservatsiya qilish loyihasini amalga oshirishda mualliflik nazoratini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
25. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasi va xulosasi uch ish kuni ichida vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan loyiha va xulosa “E-ijara” AT orqali “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutiga yuboriladi.
26. Ishchi organlar uch ish kuni davomida tasdiqlangan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasini va xulosasini ariza beruvchiga taqdim etish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXPga yuboradi;
joyiga chiqqan holda ariza beruvchiga konservatsiya qilingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning chegaralarini belgilab beradi hamda yer uchastkasi chegarasiga ushbu yerning konservatsiya qilingani toʻgʻrisida belgi qoʻyadi.
27. Ariza beruvchi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasini va xulosasini olgandan soʻng ushbu yerlarni konservatsiya qilish choralarini koʻradi.
28. Quyidagilar vakolatli organ tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasini va xulosasini tasdiqlashni rad etish uchun asos boʻladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar yerlar degradatsiyasi darajasini pasaytirish, atrof-muhitga salbiy taʼsirlarni va yerlarning keyinchalik degradatsiyasining oldini olish maqsadlariga erishishni taʼminlamasa;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasida koʻrsatilgan yer uchastkalari konservatsiya qilish talablariga nomuvofiq boʻlsa;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasining “Tushuntirish” boʻlimida ishonchsiz va shubhali maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish davrida ushbu yerlardan belgilangan va ruxsat etilgan maqsadda foydalanish buzilishiga taalluqli tadbirlar belgilangan boʻlsa.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasini va xulosasini tasdiqlashni yuqorida keltirilganlardan boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
29. Ariza beruvchi rad javobini olgan kundan boshlab bir oy muddat ichida yer uchastkasini konservatsiya qilishni rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlovni toʻlamasdan qayta ariza topshirishga haqli.
Bunda ariza mazkur Reglament talablari asosida takroran koʻrib chiqiladi.
30. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasida koʻrsatilgan yerlar konservatsiya qilish talablariga nomuvofiq boʻlsa, loyiha qayta kelishish uchun qabul qilinmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
31. Konservatsiya davrida yer uchastkasidan foydalanuvchining yerga nisbatan ijara (egalik) huquqlari saqlab qolinadi va yer uchastkalari qishloq xoʻjaligi foydalanishidan chiqariladi.
Yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) xohishiga koʻra konservatsiya qilinayotgan yerlar zaxira yerlar tarkibiga oʻtkazilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.11.00 Texnik va em-xashak ekinlari]
32. Konservatsiya qilingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda hosil olish maqsadida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va ekishga ruxsat etilmaydi.
Tuproq unumdorligini oshirish va tuproqni ozuqa moddalar bilan boyitish uchun ekinlarni yashil massa holatida tuproqqa ishlov berishda foydalanish holatlari bundan mustasno.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.22.00 Toksik sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan qishloq xoʻjalik maydonlari va yerlarini konservatsiya qilish]
33. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasida belgilangan muddat tugagandan soʻng bir oy muddat ichida ishchi organlar tomonidan konservatsiya qilingan yer uchastkasi joyiga chiqib oʻrganiladi.
Oʻrganish natijasiga koʻra ishchi organlar yer uchastkasini avvalgi maqomiga qaytarish, konservatsiya muddatini uzaytirish yoki undan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikka yoʻnaltirilgan boshqa takliflar toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi hamda “E-ijara” AT orqali vakolatli organga va ariza beruvchiga taqdim etadi.
4-bob. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish tadbirlarini moliyalashtirish
34. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari, yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
35. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarida nazarda tutilgan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
zaxiradagi yer va tuproqlarni konservatsiya qilish uchun izlanishlar oʻtkazish hamda alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlarni konservatsiya qilish loyihalarini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish doirasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
konservatsiya qilingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning monitoringini olib borish;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilishni ragʻbatlantirish tadbirlari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarda nazarda tutilgan yerlarni konservatsiya qilish tadbirlari;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarda nazarda tutilgan yerlarni konservatsiya qilishni ragʻbatlantirish tadbirlari.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.21.00 Tuproqlarni eroziyadan, ifloslanishdan, botqoqlanishdan, suv bosishidan va boshqa salbiy jarayonlardan himoya qilish]
37. Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) mablagʻlari hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilishgacha boʻlgan hujjatlarni tayyorlash;
yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) aybi bilan ushbu Reglamentning 3-bandida belgilangan yer buzilishi holatlari yuzaga kelganda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha barcha tadbirlar.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
38. Davlat xizmatlari markazlari, ishchi organlar oʻz faoliyati natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
39. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari bajarilishi boʻyicha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
40. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
41. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Tabiiy-qishloq xoʻjaligi mintaqalaridagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilishda tuproq tarkibini tavsiflovchi
TAXMINIY KOʻRSATKICHLAR
T/r
Tuproq xususiyatlari va belgilari
Oʻlchov birliklari
Tuproq xususiyatlari koʻrsatkichlari
(mintaqaviy joylashuvini hisobga olgan holda)
1.
Eroziyaga uchraganligi (yuvilgan va deflyatsiyaga uchragan)
Tuproqning eroziyaga uchraganlik darajasi
Xiralashgan, kuchli va oʻrtacha darajada yuvilgan, kuchli va oʻrtacha darajada deflyatsiyaga uchragan
2.
Tarkibiy tuzilishi
Oʻlchami 3 mm togʻ jinsi siniq (qoldiq)lari miqdori, foiz hisobida
Tuproqlar hajmidan > 26 foiz (30 sm lik tuproq qatlamlarida)
3.
Yengil mexanik (granulometrik) tarkibi
Fizik loy (gil)lar miqdori (0,01 mm dan kichik diametrdagi zarrachalar), foiz hisobida
Har uchala (choʻl, yarim choʻl, togʻ oldi va togʻ osti) mintaqalarda 0 — 5 dan 25 — 30 foizgacha
4.
Tuproqning ustki qatlamida ogʻir mexanik (granulometrik) tarkib
Fizik loy (gil)lar miqdori (0,01 mm dan kichik diametrdagi zarrachalar), foiz hisobida
45 foizdan koʻp
5.
Gumuslilik
Gumus miqdori, tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida
a) choʻl mintaqasida — 0,5 kam;
b) yarim choʻl mintaqasida 0,5 — 1,0 kam;
v) togʻ va togʻ oldi mintaqalarda 1,0 — 2,0 foiz
6.
Tuproq ishqorliligi
rN
Barcha mintaqalarda
a) 7,0 dan kam (nordon)
b) 8,0 dan yuqori (ishqoriy)
7.
Harakatchan aluminiy miqdori
100 g tuproqda mg-ekv
3,0 dan yuqori
8.
Harakatchan fosfor miqdori
-
-
9.
Almashuvchan kaliy miqdori
-
-
10.
Gumus (chirindi) miqdori
-
-
11.
Singdirilgan natriy miqdori
Singdirilgan asoslarning umumiy miqdoridan, foiz hisobida
10 mg-ekv. dan kam (shoʻrlanmagan).
10 mg-ekv. dan koʻp (shoʻrlangan)
12.
Shoʻrlanganligi
Zaharli tuzlar miqdori boʻyicha hisoblanganda tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida
a) sodali — 0,1 foizdan koʻp;
b) sulfat-xloridli — 0,2 foizdan koʻp;
v) sulfatli — 0,4 foizdan koʻp
13.
Fizik degradatsiyaga uchraganligi
Massa hajmi, g/sm3
a) loy va gilsimon tuproqlar uchun — 1,5 dan koʻp;
Harakatchan shakldagi ruxsat etilgan konsentratsiyaning oxirgi darajadan oshishi (ammoniy-atsetatli modda)
17.
Radiatsiyali ifloslanish
Ifloslanish qalinligi
Seziy — 137
Stronsiy — 90 KOI/kv.km
Cs137 — 15 dan koʻp;
Sr90 — 3 dan koʻp.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali ariza beradi.
Oʻz xohishiga koʻra
2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlaydi.
Murojaat qilganda
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP
Arizani “E-ijara” AT orqali ishchi organlarga yuboradi.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti
(Ishchi organlar)
1. Arizada koʻrsatilgan (konservatsiya qilish taklif etilayotgan) yerlarni joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
2. Oʻrganish natijalari boʻyicha konservatsiya qilish taklif etilayotgan yerlarning tuproq holati va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni “E-ijara” ATga kiritadi.
3. Yer uchastkasi foydalanuvchisi, kontur raqami, yer turi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantiradi.
4. Yer uchastkasining tuproq holati va sifat koʻrsatkichlarini inobatga olib, yer uchastkasini konservatsiya qilish uchun yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi.
5. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasi va xulosasini tayyorlaydi.
6. Loyiha va xulosani kelishish uchun Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga “E-ijara” AT orqali yuboradi.
10 ish kunida
4-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasi va xulosani oʻrganadi va “E-ijara” AT orqali tasdiqlaydi (yoki rad etadi).
10 ish kunida
5-bosqich
Ishchi organlar
1. Kelishish natijalari boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasini va xulosasini tayyorlaydi.
2. Loyiha va xulosani tasdiqlash uchun “E-ijara” AT orqali Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.
3 ish kunida
6-bosqich
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (vakolatli organ)
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasi va xulosasini (QR kod bilan) tasdiqlaydi.
3 ish kunida
7-bosqich
Ishchi organlar
1. Tasdiqlangan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasi va xulosasini ariza beruvchiga taqdim etish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga “E-ijara” AT orqali yuboradi.
2. Ariza beruvchiga konservatsiya qilingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning chegarasini belgilab beradi.
3 ish kunida
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish
LOYIHASI
1-boʻlim. Tushuntirish
1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilishning dastlabki shartlari:
2. Konservatsiya qilinadigan yer uchastkasining maydoni:
3. Joylashgan joyi:
4. Yer degradatsiyasining darajasi va tavsiflari:
5. Konservatsiya qilinadigan yer uchastkasining kadastr raqami:
6. Konservatsiya qilinadigan yer uchastkasi chegarasi va chegaradosh yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
7. Yer tuzish xaritasi:
8. Konservatsiya qilinadigan yer uchastkasidan foydalanish boʻyicha belgilangan maqsad va ruxsat etilgan yoʻnalish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
9. Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
10. Yer uchastkasining alohida shartlarda foydalaniladigan hududlar bilan chegaradoshligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
2-boʻlim. Yerlarni konservatsiya qilishning ekologik va iqtisodiy asosnomasi
11. Konservatsiya qilish muddati tugagandan soʻng yer uchastkasidan belgilangan maqsad va ruxsat etilgan yoʻnalishda foydalanilishini hisobga olgan holda, yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha rejalashtirilgan tadbirlar va texnik yechimlarning ekologik va iqtisodiy asosnomalari:
12. Yerlarni konservatsiya qilish ishlarining parametrlari va sifat xususiyatlariga qoʻyilgan talablar tavsifi:
3-boʻlim. Yerlarni konservatsiya qilish ishlari tarkibi, hajmi va muddatlari
13. Yerlarni oʻrganish natijalari asosida aniqlanadigan konservatsiya qilish boʻyicha ishlar tarkibi hamda yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish zaruratini asoslash uchun tuproq va boshqa dala tadqiqotlari, laboratoriya tahlillari, shu jumladan, tuproq tarkibining fizik, kimyoviy va biologik koʻrsatkichlari hamda muhandislik-qidiruv natijalari:
14. Yerlarni konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish ketma-ketligi va hajmi tavsifi:
15. Yerlarni konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish muddati:
16. Yerlarni konservatsiya qilish ishlarini yakunlash rejalashtirilgan muddat:
4-boʻlim. Yerlarni konservatsiya qilish ishlarini oʻtkazish uchun xarajatlar smetasi
17. Yerlarni konservatsiya qilish ishlarining turi va tarkibi boʻyicha alohida va umumiy xarajatlar:
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI
(Toshkent viloyati Qibray tuman Universitet koʻchasi 2-uy, Tel: (998-71) 206-70-30 El-pochta: info@agro.uz)
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisida
XULOSA
№ ___________________
20___ yil “___”._______.
Ariza holati
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxs
STIR (JSHSHIR)
Faoliyat turi va yoʻnalishi
Viloyat
Tuman
Hudud
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan jami yerlar
Konservatsiya qilingan qishloq xoʻjaligi yerlari
Konservatsiya qilingan yerlarning kontur raqami
Konservatsiya qilingan yerlarning koordinatalari (WGS84 tizimida)
Konservatsiya qilish muddati
Berilgan sana
Vakolatli organ
Izoh: Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi.
Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun edoc.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-sentabrdagi 590-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 17-dekabrdagi 791-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 960-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2025-y., 09/25/590/0843-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)