1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish, zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularni intellektual jihatdan yetuk, Vatanga sadoqatli, tarix va milliy madaniyatimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.07 Maktabdan tashqari taʼlim]
1. Quyidagilar maktabdan tashqari taʼlim tizimini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) oʻquvchilarda zamonaviy va talab yuqori kasblarga qiziqish uygʻotish, interaktiv taʼlim muhitini shakllantirish orqali bolalarning ilmiy, texnikaviy, ijodiy va sport yoʻnalishidagi salohiyatini roʻyobga chiqarish;
(b) bolalarning yetakchilik qobiliyatlari, shaxsiy rivojlanishiga qaratilgan loyihalarni yoʻlga qoʻyish, oʻquvchilar tarixga oid bilimlarini mustahkamlash, ularda Vatanga sadoqat, madaniy meros va milliy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash;
(v) maktabdan tashqari taʼlim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish, sohaga malakali mutaxassislar va xususiy sektorni jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy etish;
(g) sohadagi kadrlar kasbiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash hamda boshqaruvni takomillashtirish, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari moddiy-texnika bazasini xalqaro andoza va zamonaviy pedagogik texnologiyalarga mos ravishda rivojlantirish.
II. “Kelajak” markazlari tizimini samarali tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.07 Maktabdan tashqari taʼlim]
2. Maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
(a) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi hamda Respublika oʻquvchi-yoshlar markazi negizida Respublika “Kelajak” markazi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablari negizida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar) “Kelajak” markazlari;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
(v) Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari “Kelajak” markazlari huzurida bolalar sayyohlik bazalari tashkil etilsin.
3. Quyidagilar:
(a) Respublika “Kelajak” markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) “Kelajak” markazlarining (keyingi oʻrinlarda — “Kelajak” markazlari) asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq;
(b) “Kelajak” markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash kengashi tarkibi va uning vazifalari 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
(v) “Kelajak” markazlarining faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;
(g) “Kelajak” markazlariga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladigan obyektlar roʻyxati 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
(a) “Kelajak” markazlarining umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish maqsadida oʻquvchilar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maktab maslahatchisi (keyingi oʻrinlarda — maktab maslahatchisi) lavozimini joriy etish;
(b) maktab maslahatchisi lavozimi shtat birliklarini quyidagilar hisobidan shakllantirish:
(i) 2025-yil 1-oktabrdan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimini har bir umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga 1 ta shtat birligida ajratish hisobiga boʻshaydigan 3 400 ta shtat birliklari;
(ii) 2025-yil yakuniga qadar 6-ilovaga* muvofiq maqbullashtiriladigan va 2026-yil 1-yanvardan boshlab ajratiladigan shtat birliklari;
*5- va 6-ilovalar berilmaydi.
(v) maktab maslahatchisi zimmasiga 7-ilovaga muvofiq vazifalarni yuklash.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
(a) maktab maslahatchisi lavozim maoshi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
(b) menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan maktab maslahatchilariga 2026-yil 1-sentabrdan boshlab sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi;
(v) umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari bilan ishlashda ularning ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida mahalla, maktab, oila va jamoat tashkilotlari hamkorligiga asoslangan tizim joriy etiladi. Bunda:
(i) umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va psixolog tomonidan barcha oʻquvchilarning xulq-atvori ilgʻor xorijiy tajriba asosida ishlab chiqiladigan indikatorlar asosida tizimli tahlil qilinadi;
(ii) oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra va oʻquvchilarning shaxsiy rivojlanish ehtiyojidan kelib chiqqan holda ular bilan ishlashning maqsadli yoʻnalishlari belgilanib, har bir yoʻnalish boʻyicha masʼullar va individual ish rejalar tasdiqlanadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.07 Maktabdan tashqari taʼlim]
(iii) oʻquvchilarning yetakchilik, ijodiy va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy va ekologik loyihalar, toʻgaraklarga jalb qilish ishlari maktab maslahatchilari tomonidan muvofiqlashtiriladi;
(iv) xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan oʻquvchilar bilan maqsadli ishlash maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, maktab psixologlari, yoshlar yetakchilari hamda mahalla va ota-onalar kengashi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
6. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.07 Maktabdan tashqari taʼlim]
(a) “Kelajak” markazlariga quyidagilar ruxsat etiladi:
(i) shartnoma asosida malakali mutaxassislar hamda nodavlat oʻquv markazlarini jalb etgan holda toʻgaraklar tashkil etish;
(ii) ota-onalar badali toʻlovi miqdorlarini ota-onalar bilan kelishgan holda respublika boʻyicha belgilangan minimal miqdorlarga nisbatan oshirish;
(iii) ota-onalar badali toʻlovi mablagʻlarini mustaqil yoʻnaltirish;
(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Kelajak” markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovining minimal miqdorlari qayta koʻrib chiqiladi.
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi “Kelajak” markazlari rahbar lavozimlarini strategik fikrlash, zamonaviy bilim va koʻnikmalar, raqamli texnologiyalaridan samarali foydalanish, tashabbuskor va yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlgan munosib nomzodlar orasidan toʻldirish choralarini koʻrsin.
8. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) “Kelajak” markazlari kontingent soni boʻyicha ikkita guruhga ajratiladi. Bunda:
(i) kontingent soni 600 nafargacha boʻlgan “Kelajak” markazlari — II guruhga, 601 nafar va undan ortiq boʻlganda — I guruhga tegishli hisoblanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
(ii) Respublika “Kelajak” markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri “Kelajak” markazlari direktori va direktor oʻrinbosarlari bazaviy tarif stavkalari I va II guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari tegishli lavozimlari boʻyicha bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
(iii) tuman (shahar) “Kelajak” markazlari direktori va direktor oʻrinbosarlari bazaviy tarif stavkalari I va II guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari tegishli lavozimlari boʻyicha bazaviy tarif stavkalarining 90 foiziga tenglashtiriladi;
(b) menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan “Kelajak” markazlari direktor va direktor oʻrinbosarlariga sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 50 foiz va 30 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi;
(v) toʻgarak rahbarining haftalik ish yuklamasi 16 soatni tashkil etadi. Bunda markazda har bir toʻgarak mashgʻulotini tashkil etish uchun haftada 4 akademik soat ajratiladi;
(g) “Kelajak” markazlari direktorlari faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholab boriladi;
(d) “Kelajak” markazlari toʻgarak yoʻnalishlaridan kelib chiqib, oʻquv rejalari hamda direktorlar faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) “Kelajak” markazlari faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:
(a) markazlardagi toʻgaraklar faoliyati zamonaviy va yagona dastur asosida tegishli yoʻnalishlarga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi;
(b) inklyuziv toʻgaraklarga jalb qilingan pedagoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida har oyda ustama haq toʻlanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
(v) “Kelajak” markazlariga ular tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarni oʻtkazishda tegishli hududdagi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar markazlari bino va inshootlaridan bepul foydalanishga ruxsat etiladi.
10. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Kelajak” markazlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin hamda uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari va foydalanish maqsadlari 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
(a) 2025-yil 1-oktabrdan tegishli viloyatlar va Toshkent shahri bolalar kutubxonalarining 182 ta shtat birligi “Kelajak” markazlariga oʻtkaziladi;
(b) tuman (shahar) “Kelajak” markazlariga markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan xizmat koʻrsatish toʻxtatiladi hamda tuman (shahar) “Kelajak” markazlariga ajratilgan shtat birliklari doirasida buxgalter lavozimi joriy etiladi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
(v) “Kelajak” markazlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 9-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
13. Ushbu qaror ijrosi uchun zarur mablagʻlar 2025-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
14. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova belgilansin.
16. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-sentabr,
PQ-277-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qaroriga 1-ILOVA
Respublika “Kelajak” markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) “Kelajak” markazlarining asosiy vazifalari
1. Maktabdan tashqari taʼlim tizimiga oʻquvchilarni keng jalb qilish, oʻqitishning mazmun va sifatini oshirish maqsadida zamonaviy hamda innovatsion yondashuv asosida toʻgaraklarni tashkil etish hamda ularning faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish.
2. Bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun barqaror, samarali va inklyuziv muhit yaratish, ularda yetakchilik, jamoada ishlash, faol fuqarolik, ijtimoiy masʼuliyat va kommunikativ koʻnikmalarni rivojlantirish, ilmiy, texnik va raqamli savodxonlikni oshirish.
3. Oʻquvchilarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, ularni Vatanga sadoqat, madaniy meros hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.
4. Taʼlim tashkilotlarida xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda toʻrt bosqichda (maktabgacha, boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinflarda) “ijtimoiy-emotsional taʼlim” modeli asosidagi loyihalarni amalga oshirish.
5. Taʼlim tashkilotlarida “Kelajak” nomi ostida tarbiyaviy-axloqiy, maʼnaviy-mafkuraviy va ijtimoiy-kommunikativ yoʻnalishlarda oʻquvchilarning shaxsiy rivojlanishiga qaratilgan hamda ekologik va madaniy loyihalarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qaroriga 2-ILOVA
“Kelajak” markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash kengashi tarkibi
1.
X.U. Umarova
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari, Kengash raisi
2.
E.G. Karimova
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari
3.
K.A. Sharipov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
4.
A.I. Ikramov
—
sport vaziri
5.
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
6.
A.A. Tashpulatov
—
ichki ishlar vaziri
7.
Sh.G. Xalmuxamedov
—
mudofaa vaziri
8.
A.A. Xudayarov
—
sogʻliqni saqlash vaziri
9.
A.A. Abduxakimov
—
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri
10.
A.Z. Saʼdullayev
—
Yoshlar ishlari agentligi direktori
11.
O.R. Fazilkarimov
—
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
12.
Lavozimiga koʻra
—
Respublika “Kelajak” markazi direktori, Kengash masʼul kotibi
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qaroriga 3-ILOVA
“Kelajak” markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash kengashining asosiy vazifalari
1. “Kelajak” markazlari faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, maktabdan tashqari taʼlimni rivojlantirish sohasida respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish.
2. Maktabdan tashqari taʼlim tizimiga zamonaviy ilmiy-uslubiy usullarni joriy etish orqali taʼlim sifatini oshirish, sohaga malakali mutaxassislar va xususiy sektorni jalb etishga koʻmaklashish.
3. Maktabdan tashqari taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy, texnik, raqamli, ekologik va madaniy yoʻnalishdagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, innovatsion tashabbuslarni joriy etish.
4. Respublika, hududiy va tuman (shahar) “Kelajak” markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini belgilash hamda oʻz yechimini kutayotgan masalalarni tezkor hal etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qaroriga 4-ILOVA
“Kelajak” markazlari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish shakli
Amalga oshirish muddati
Moliyalashtirish manbai
Masʼul ijrochilar
1.
“Kelajak” markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
(a) “Kelajak” markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
(b) “Kelajak” markazlari toʻgaraklarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovi miqdorlarini qayta koʻrib chiqish.
2025-yil noyabr
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
2.
“Kelajak” markazlarining namunaviy tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
(a) “Kelajak” markazi hamda bolalar sayyohlik bazalarining namunaviy tuzilmalari hamda xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali va ish haqi miqdorlarini belgilash. Bunda:
(i) Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 210-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati markaziy va mintaqaviy kengashlariga berilgan hamda Respublika oʻquvchi-yoshlar markazining shtat birliklarini inobatga olish;
(ii) har bir “Kelajak” markazi tuzilmasiga bosh buxgalter lavozimini kiritish;
(iii) har bir guruh uchun 0,25 shtat birligida toʻgarak rahbari lavozimini ajratish;
(b) oʻqituvchi-trenerlarga Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori bilan belgilangan ustama va qoʻshimcha toʻlovlarni tatbiq etish.
2025-yil dekabr
Har yili Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(O. Fazilkarimov),
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
(B. Zaxidov)
3.
“Kelajak” markazlari maʼmuriy-boshqaruv tizimiga yuqori malakali kadrlarini jalb qilish.
“Kelajak” markazlarining maʼmuriy-boshqaruv lavozimlarini yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrish.
2026-yil yanvar
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
(B. Zaxidov)
4.
Hududiy va tuman (shahar) “Kelajak” markazlarini bosqichma-bosqich zamonaviy yagona dastur asosida toʻgaraklarga ixtisoslashtirish.
1. “Kelajak” markazlarida tashkil etiladigan toʻgaraklar roʻyxatini (maktabga tayyorlov, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov, “STEM” yoʻnalishlariga ixtisoslashtirilgan, xorijiy tillar, fan, madaniyat va sanʼat, aktyorlik mahorati, media savodxonlik va zamonaviy dizayn yoʻnalishlarida inklyuziv toʻgaraklar kabi) shakllantirish va tasdiqlash.
2. Toʻgaraklarning namunaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.
3. Zamonaviy yagona dasturlar asosida ixtisoslashtirilgan toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda “Kelajak” markazlarida oʻquvchilar talablaridan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan qoʻshimcha toʻgaraklarni tashkil etish inobatga olinadi.
2026-2027-yillar
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
5.
“Kelajak” markazlari faoliyatini raqamlashtirish choralarini koʻrish.
“Kelajak” markazlarini raqamlashtirish boʻyicha “Oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish” axborot tizimini yaratish. Bunda:
(a) mazkur axborot tizimi tarkibida nodavlat maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari uchun ham modul yaratilishini inobatga olish;
2026-yil mart
Ijrochilar mablagʻlari hisobidan
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov)
Kiberxavfsizlik markazi
(O. Mirzayev)
(b) maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlariga “Litsenziya” axborot tizimi orqali faoliyat boshlaganligi toʻgʻrisida xabarnoma kelib tushgach, nodavlat taʼlim tashkilotlari modulida ishlash imkoniyatini yaratish.
2027-yil dekabr
6.
“Maktab taʼlimi tizimini boshqarishning yagona dasturiy majmuasi” axborot tizimida (ERP) maktabdan tashqari taʼlimga jalb etilgan oʻquvchilar yuzasidan maʼlumotlar “ERP.PORTFOLIO” modulini ishlab chiqish.
1. “ERP.PORTFOLIO” modulini yaratish.
2026-yil iyun
Ijrochilar mablagʻlari hisobidan
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Sport vazirligi
(A. Ikramov)
2. “ERP.PORTFOLIO” modulini “Oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish” axborot tizimi bilan maktabdan tashqari taʼlimga jalb etilgan oʻquvchilar yuzasidan maʼlumotlarni shakllantirish maqsadida integratsiya qilish choralarini koʻrish.
Bunda oliygoh hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlariga eng koʻp tinglovchilari oʻqishga qabul qilingan maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish hamda vazirlik tizimidagi tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash choralarini koʻrish.
2026-yil sentabr
3. Maktab oʻquvchisining “ERP.PORTFOLIO” modulidagi maʼlumotlarini shahodatnomada qayd etish imkoniyatini yaratish.
2027-yil noyabr
7.
“Kelajak” markazlaridagi toʻgarak aʼzolari davomati shaxsni aniqlovchi elektron vositalar orqali amalga oshirilishini joriy etish.
1. Barcha “Kelajak” markazlarini optik tolali yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari bilan taʼminlash.
2026-yil avgust
Mahalliy budjet hisobidan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov)
2. Shaxsni aniqlovchi elektron vositalar orqali toʻgarak aʼzolarining elektron davomati yuritilishini yoʻlga qoʻyish. Bunda elektron davomat:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
a) birinchi bosqichda — 20 ta ixtisoslashtirilgan markazda joriy etiladi;
2026-yil sentabr
b) ikkinchi bosqichda — qolgan markazlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
2027-yildan boshlab
8.
“Kelajak” markazlarining tarmoq toʻgaraklari yoʻnalishlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
1. Tarmoq toʻgaraklari roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.
2. Tarmoq toʻgaraklarida oʻqiganlik uchun ota-ona badali toʻlovidan tushadigan mablagʻlarning 40 foizini maktab fondiga oʻtkazish.
Har yili iyun oyida
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
9.
Toʻgarak rahbarlarini xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun yuborish.
1. Maktabdan tashqari taʼlim tizimi rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish.
2. Toʻgarak rahbarlari malaka oshirishga yuboriladigan xorijiy davlatlar roʻyxatini shakllantirish.
3. Toʻgarak rahbarlarining malakasini xorijiy davlatlarda oshirish.
2026-yil iyun oyidan boshlab
Ota-onalar badali toʻlovidan tushadigan mablagʻlar hisobidan
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
10.
“Kelajak” markazlari toʻgarak aʼzolarining nufuzli xalqaro tanlov, festival va musobaqalardagi ishtirokini taʼminlash.
1. Nufuzli xalqaro tanlov, festival va musobaqalarning taqvim rejasini shakllantirish.
2. Taqvim reja asosida tadbirlarda ishtirok etish uchun toʻgarak aʼzolarini tayyorlash va ishtirok etishini taʼminlash.
3. Gʻolib va sovrindor boʻlgan toʻgarak aʼzolarini munosib ragʻbatlantirish choralarini koʻrish.
2026-yil iyun oyidan boshlab
Mahalliy budjet mablagʻlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklar
11.
“Kelajak” markazlari hamda “Raqamli avlod” loyihalari hamkorligini tashkil etish.
1. “Raqamli avlod” loyihasi doirasidagi tanlov va tadbirlarning tuman (shahar) hamda respublika bosqichlarini “Kelajak” markazlari hamkorligida tashkil qilish.
2. “Raqamli avlod” loyihasi doirasida tashkil etilgan toʻgaraklar, oʻquv va kasb-hunar kurslarini “Kelajak” markazlarida joriy qilish.
Har yili reja-jadval asosida
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
12.
“Kelajak” markazlarida klublar, ekologik loyihalar, “Turon” maktab teatri, “Iqtidor maktab ansambli”, “Jadidlar izidan” kabi ijodiy tanlov va madaniy tadbirlarni yoʻlga qoʻyish.
1. Toʻgarak aʼzolarini “Turon” maktab teatri, “Iqtidor maktab ansambli” hamda “Jadidlar izidan” tanlovlariga jalb etish.
2. Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblarini xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuborish choralarini koʻrish.
Har yili reja-jadval asosida
Har yili ushbu tadbirlarga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov)
13.
Madaniyat va sanʼat, kitobxonlik, sport, raqamli texnologiyalar va texnika, ilm-fan, xorijiy tillar, hunarmandchilik yoʻnalishlarida “Yangi Oʻzbekiston bolalari” tanlovini tashkil etish.
1. Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tuzish.
2. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.
3. Tanlovning har yili anʼanaviy tarzda tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichlarini tashkil etish.
2026-yil sentabrdan boshlab
Davlat budjeti mablagʻlari
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
14.
Oʻquvchilarni kitobxonlikka keng jalb qilish, ularda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari kutubxonachilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kitobxonlik tanlovini tashkil etish.
1. Kitobxonlik tanlovi nizomini ishlab chiqish.
2. Kitobxonlik tanlovini yuqori saviyada oʻtkazish.
2026-yildan boshlab har yili
Davlat budjeti mablagʻlari
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
15.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari kutubxona fondi uchun xarid qilinadigan oʻzbek va jahon bolalar adabiyotining eng sara 50 nomdagi asarlari roʻyxatini shakllantirish, mazkur roʻyxat asosida kutubxonalar fondini badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash.
1. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari kutubxona fondi uchun belgilangan tartibda xarid qilinadigan oʻzbek va jahon bolalar adabiyotining eng sara 50 nomdagi asarlari roʻyxatini shakllantirish.
2. Shakllantirilgan roʻyxatni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yetkazish.
2026-yil avgust
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
3. Mazkur roʻyxat asosida maktab kutubxonalari fondini badiiy adabiyotlar bilan boyitish.
Reja-jadval asosida
Mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
16.
“Kelajak”nomiostida taʼlim muassasalarida tarbiyaviy-axloqiy, maʼnaviy-mafkuraviy va ijtimoiy-kommunikativ sohalarda oʻquvchilarning shaxsiy rivojlanishiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.
1. Loyihalarni ishlab chiqish uchun sohadagi malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh shakllantirish.
2025-yil dekabr
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
2. Taʼlim muassasalarida loyihalarni amalga oshirish.
2026-yil sentabr
17.
Maktab maslahatchilari kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv materiallari, amaliy mashgʻulot va interaktiv uslublarni qamrab olgan dasturni amaliyotga joriy etish.
1. Oʻquv materiallari, amaliy mashgʻulotlar va interaktiv usullarni oʻz ichiga olgan maxsus dastur ishlab chiqish uchun malakali ekspertlar guruhini shakllantirish
2026-yil fevral
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
2. Dasturni amaliyotga joriy qilish.
2026-yil may
18.
“Kelajak” markazlarida musiqa va sanʼat yoʻnalishida toʻgaraklarni tashkil etishga koʻmaklashish.
1. “Kelajak” markazlarida musiqa va sanʼat yoʻnalishida toʻgaraklarni tashkil etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish.
2026-yil fevral
-
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
2. “Kelajak” markazlarida oʻquvchilar uchun malakali mutaxassislar, musiqa va sanʼat sohasining taniqli, tajribali va yetuk xonanda, sozanda, raqs va teatr ustalari, hunarmand, rassom va dizaynerlar hamda xalq baxshilari bilan doimiy ravishda ijodiy uchrashuv va mahorat darslari tashkil qilib borish.
Reja-jadval asosida
19.
“Kelajak” markazlarida sport va sogʻlomlashtirish musobaqalarini samarali tashkil etish.
1. Sport va sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda “Kelajak” markazlariga uslubiy va tashkiliy jihatdan koʻmaklashish.
2026-yil yanvardan boshlab
-
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
2. Respublika “Kelajak” markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri “Kelajak” markazlari tomonidan ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, oʻsmirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlarini berish tartibini joriy etish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2025-yil noyabr
3. “Kelajak” markazlari tomonidan amalga oshiriladigan sport tadbirlari doirasida mavjud sport infratuzilmalaridan (sport zallari, stadionlar, maydonlar va boshqalar) bepul foydalanish imkoniyatini taʼminlash.
Reja-jadval asosida
20.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun ichki taʼlim turizmini rivojlantirish.
1. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun ichki taʼlim turizmi boʻyicha imtiyozli sayohat paketlarini ishlab chiqish choralarini koʻrish.
2025-yil dekabr
-
Ekologiya vazirligi
(A. Abduxakimov),
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
2. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun ichki taʼlim turizmida harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tartib ishlab chiqish.
Ekologiya vazirligi
(A. Abduxakimov),
Ichki ishlar vazirligi
(A. Tashpulatov),
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻquvchilar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maktab maslahatchisining asosiy vazifalari
1. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi mazmunini yoritish, unda nazarda tutilgan gʻoya va maqsadlarni oʻquvchilar oʻrtasida keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish.
2. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Kelajak” markazlarining tarmoq toʻgaraklari faoliyatini tizimli tashkil etish.
3. Oʻquvchilarni tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish.
4. Oʻquvchilarda yetakchilik qobiliyati, tashabbuskorlik va jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida turli loyihalar, klublar, debatlar hamda oʻquvchilar oʻzini oʻzi boshqarish tuzilmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
5. Madaniyat, sanʼat, kitobxonlik, sport va ekologik yoʻnalishlardagi loyihalarni tashkil etish, ular orqali oʻquvchilarda estetik didni shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish, kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni kuchaytirish hamda tabiatni muhofaza qilishga oid bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish.
6. Oʻquvchilarning maktabdan tashqari taʼlim muassasalariga jalb etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini tizimli ravishda shakllantirish va yuritish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qaroriga 8-ILOVA
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Kelajak” markazlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili 70 milliard soʻm miqdorida ajratiladigan mablagʻlar.
2. “Kelajak” markazlariga ota-onalar badali toʻlovlaridan tushgan mablagʻlarning 10 foizi.
3. Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar.
4. Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari.
5. Xalqaro moliya tashkilotlari hamda xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmak mablagʻlari.
6. Qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Kelajak” markazlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish maqsadlari
1. “Kelajak” markazlarining moddiy-texnika bazasini yangilash, jumladan, ularning bino va inshootlarini qurish va taʼmirlash, zarur jihoz, anjomlar, kompyuterlar, aloqa va boshqa texnika vositalari bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish.
2. “Kelajak” markazlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlar, shu jumladan, rahbar va pedagog xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qaroriga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi “Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4467-son qarorida:
(a) 2 va 3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
(v) 9 va 10-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “Bolalar uchun moʻljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-183-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalar uchun moʻljallangan milliy kontentlar yaratishni muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
1.
S.Sh. Mirziyoyeva
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi
2.
X.U. Umarova
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari
3.
E.G. Karimova
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
4.
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
5.
K.A. Sharipov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
6.
Sh.X. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
7.
S. Saidov
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
8.
M. Matchonov
—
Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi
9.
A.A. Ismoilov
—
A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti rektori
10.
X.I. Ibragimov
—
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori
11.
A.A. Jalolov
—
“Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat tashkiloti direktori
12.
J.O. Ahmedov
—
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbari, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi
Izohlar:
Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatiga vazirlik va idoralar rahbarlari, tegishli soha vakillari va mutaxassislar jalb etilishi mumkin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/277/0833-son)