toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk, mustaqil fikrlaydigan, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan barkamol yosh avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazish uchun mamlakatimizda keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, respublikamizda jadal surʼatlar bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa sohalardagi islohotlar ulgʻayib kelayotgan oʻspirin iqtidorini yanada rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yurt ravnaqi yoʻlida ularning faol ishtirokini taʼminlashni bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilamoqda.
Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini yanada oshirish, oʻquvchi yoshlarda yuksak maʼnaviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yoʻnaltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash, intellektual barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3931-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya boʻyicha “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlari negizida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabini;
“Barkamol avlod” tuman (shahar) bolalar markazlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar markazlari negizida “Barkamol avlod” bolalar maktablarini;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari huzuridagi axborot-resurs markazlari negizida “Bolalar kutubxonalari”ni;
Oldingi tahrirga qarang.
2025-yilga qadar Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tizimli ravishda bolalar turizmini rivojlantirish maqsadida “Barkamol avlod” bolalar maktablari huzurida 100 — 200 oʻrinli “Bolalar sayyohlik bazalari”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/277/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/277/0833-son)
4. Quyidagilar:
2019 — 2021-yillarda xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;
2020 — 2024-yillarda yangidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan “Barkamol avlod” bolalar maktablarining asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2020 — 2023-yillarda yangidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan “Bolalar kutubxonalari”ning asosiy parametrlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/277/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/277/0833-son)
mazkur qarorning 4-bandida koʻrsatilgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”ni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, shuningdek, mazkur obyektlarni jihozlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
2020-yil 1-yanvardan boshlab “Barkamol avlod” bolalar maktablarini maxsus asbob-uskunalar va jihozlar bilan taʼminlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasi uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida va “Barkamol avlod” bolalar maktablarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
200 oʻquvchiga moʻljallangan “Barkamol avlod” bolalar maktablari, 100 — 200 oʻrinli “Bolalar sayyohlik bazalari”, 100 oʻquvchiga moʻljallangan “Bolalar kutubxonalari”ni yangidan qurish ishlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Qurilish vazirligi bilan kelishilgan yakka tartibda tasdiqlangan loyihalarga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini bajarishda shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qurilish manzilli dasturini shakllantirishda “Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Bolalar sayyohlik bazalari”, “Bolalar kutubxonalari”ning aniq soni va roʻyxatini koʻrsatgan holda, ularning yangilarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, zarur xom ashyo va inventarlar bilan jihozlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan manzilli dasturlarni shakllantirishda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi joylashgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish orqali 200 oʻrinli “Bolalar sayyohlik bazasi” qurilishi hamda zarur xom ashyo va inventarlar bilan jihozlash boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq zarur boʻlgan kapital qoʻyilma limitlari ajratilishini nazarda tutsin.
7. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019 — 2024-yillarda Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
“Barkamol avlod” bolalar maktablarini 2024-yilga qadar 50 foiz oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan toʻldirish (jami toʻgarak rahbarlari soniga nisbatan);
oʻquvchilarni “Barkamol avlod” bolalar maktablariga qamrab olish darajasini 10,5 foizga yetkazish (umumtaʼlim maktablaridagi oʻquvchilar soniga nisbatan);
“Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2024-yilga qadar davlat-xususiy sheriklik asosida robototexnika va muhandislik toʻgaraklari ulushini 10 foizga yetkazish (jami toʻgaraklar soniga nisbatan);
“Bolalar kutubxonalari” va maktab kutubxonalari uchun jahon va milliy adabiyoti durdonalariga kiruvchi asarlarning audiokitob shaklini yaratish;
barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Bolalar kutubxonalari” va maktab kutubxonalarini keng polosali Internet tarmogʻiga ulash.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
ikki oy muddatda “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari” toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar hamda ularning tuzilmalarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Barkamol avlod” bolalar maktabi va “Bolalar kutubxonalari”ni namunaviy jihozlash meʼyorini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2020-yil 1-yanvardan boshlab “Barkamol avlod” bolalar maktablarida robototexnika, mexatronika, muhandislik, dasturlash va xorijiy tillarni oʻrganish toʻgaraklarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etish choralarini koʻrsin;
2020-yil 1-sentabrga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi misolida “Barkamol avlod” bolalar maktablari binolariga (shu jumladan koʻrinishiga) hamda ularning oʻquv-uslubiy va taʼlim jarayoniga boʻlgan talablarni oʻz ichiga olgan konsepsiyani ishlab chiqsin va joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/277/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/277/0833-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Barkamol avlod” bolalar maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini 2020-yil 1-yanvardan:
direktor va direktor oʻrinbosarlari uchun 1,55 baravarga;
toʻgarak rahbari uchun 1,5 baravarga oshirish;
instruktor-uslubchilar va uslubchilar mehnatiga haq toʻlash tartibini bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib amalga oshirish va ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini toʻgarak rahbarlari bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Barkamol avlod” bolalar maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutsin;
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilar qiziqishiga koʻra “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq toʻgaraklarini tashkil etish uchun zarur mablagʻlar manbasi yuzasidan taklif kiritsin.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
“Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Bolalar sayyohlik bazalari” va “Bolalar kutubxonalari”ni yangidan qurish uchun maydonlarni tanlashda tasdiqlangan meʼyor va parametrlarga muvofiq, qoida tariqasida, tuman va shaharlarning markazida, turar-joy massivlarida joylashtirilishini hisobga olsin;
Oldingi tahrirga qarang.
2020 — 2022-yillarda bolalar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida mahallalar kutubxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi robototexnika va texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot hamda ekologiya va turizm yoʻnalishlari boʻyicha “Barkamol avlod” bolalar maktablarining kasbiy yoʻnalishlariga oid faoliyatini oʻquv-metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlashda amaliy yordam koʻrsatsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”ni rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash, shu jumladan xom ashyolar xarid qilish uchun imtiyozli shartlar asosidagi xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni faollashtirsin.
17. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimovga — ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatovga — xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlimni rivojlantirish boʻyicha vazifalarni toʻlaqonli amalga oshirish, Kafedra faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, sohaga zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy qilish, shu jumladan yangi toʻgaraklarni tashkil qilish, “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”ni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, mazkur maktablarni jihozlash ishlari oʻz muddatlarida amalga oshirilishini taʼminlash va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini keng joriy qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
19. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalari keng yoritilishini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 20-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
21. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
PQ-4467-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-son qaroriga
1-ILOVA
2019 — 2021-yillarda xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini yuqori malakali pedagog xodimlar bilan taʼminlash, ularni meʼyoriy huquqiy va ilmiy-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash

1.

Oliy taʼlim muassasalari talabalarining amaliyot mashgʻulotlarini “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”da tashkil etishga moʻljallangan hamkorlik reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qoʻshma qaror

2020-yil

1-mart

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

2.

Oliy taʼlim muassasalarida kutubxonashunoslik yoʻnalishida qabul kvotalarini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2020-2021-yillar davomida

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Maktabdan tashqari taʼlim tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga har yili nufuzli xorijiy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, vebinar, amaliy mahorat va namunali oʻquv darslarini oʻtkazish hamda oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov)

4.

“Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”ning namunaviy ustavlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Xalq taʼlimi vaziri buyrugʻi

2019-yil

1-dekabr

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

5.

“Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari” xodimlarining malaka tavsiflarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Xalq taʼlimi vaziri buyrugʻi loyihasi

2019-yil

1-dekabr

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

6.

“Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi toʻgarak turlari boʻyicha oʻquvchilarning kasb-hunar egallashlarini nazarda tutuvchi oʻquv dasturlar, oʻquv-qoʻllanmalar va koʻrgazmali vositalarning elektron formatlarini ishlab chiqish va joriy qilish.

Xalq taʼlimi vaziri buyrugʻi

2019 — 2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sodiqov), Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (B. Qoʻchqorov),

“Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), manfaatdor vazirlik
va idoralar

7.

“Barkamol avlod” bolalar maktablari toʻgarak mashgʻulotlari elektron jurnalini ishlab chiqish va joriy etish.

Texnik loyiha

2020-yil 1-avgust

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

8.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida texnik ijodiyot yoʻnalishi boʻyicha kurslar tashkil etish.

Texnik loyiha

2020-yil

1-mart

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

9.

Bolalar kutubxonalari va maktab kutubxonalari kitob fondini yuritish hamda kitobxonlar roʻyxatdan oʻtkazilishining elektron tizimini ishlab chiqish.

Texnik loyiha

2020-yil 1-fevral

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

10.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida “STEAM — taʼlim” (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — muhandislik, Art — sanʼat, Mathematics — matematika) dasturini joriy etish maqsadida rivojlangan davlatlarning tajribalarini oʻrganish, shu jumladan xorijiy safarlarni tashkil etish.

Tashkiliy choralar

2020-yil
1-mart

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),

Innovatsion rivojlanish
vazirligi (I. Abduraxmonov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

II. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni yangi innovatsion texnologiyalar orqali kasb-hunarga tayyorlash ular orasidan isteʼdodli va iqtidorlilarini saralab olish va kasbga maqsadli yoʻnaltirish

11.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida tashkil etiladigan zamonaviy kasblar talablarini oʻzida mujassam etgan toʻgarak turlarini belgilash va tasdiqlash.

Xalq taʼlimi vaziri buyrugʻi

2019-yil

1-dekabr

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida mamlakatimiz va xorijiy davlatlar madaniyati, urf odatlari, diqqatga sazovor joylari bilan oʻquvchilarni yaqindan tanishtirishga qaratilgan onlayn sayohatlarni oʻz ichiga olgan virtual maydonlar tashkil etish.

Texnik loyiha

2020-2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

13.

“Barkamol avlod” bolalar maktablari toʻgarak aʼzolarining ijodiy ishlarining sotuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Art shop” elektron doʻkonlarini tashkil etish.

Texnik loyiha

2019 — 2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev)

14.

Bolalar ijodini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida “Ijodkor bolalar” festivalini doimiy ravishda tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev), manfaatdor vazirlik
va idoralar

15.

Iqtidorli bolalarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Kashfiyotchi bolalar” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Innovatsion rivojlanish
vazirligi (I. Abduraxmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

“Youth techno art” (bolalar texnik ijodiyoti) xalqaro festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

Tashkiliy tadbirlar

Rejani tasdiqlash — 2019-yil 1-noyabr

oʻtkazish — rejaga muvofiq

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Oʻquvchilar oʻrtasida bolalar adabiyotini rivojlantirish maqsadida nasr yoʻnalishida “Yil hikoyasi” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev)

18.

Kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targʻibot ishlarini samarali tashkil etish, bu borada kitobxonlar, va kutubxonachilar oʻrtasida “Faol kitobxon oʻquvchi”, “Faol kutubxonachi” koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev)

19.

Bolalar kutubxonalarida kitob mualliflari bilan ijodiy uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish.

Reja-jadval

2019 — 2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev)

20.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va maxsus maktab internatlari oʻquvchilarini sayohatlarga yanada koʻproq jalb etish.

Reja-jadval

2019 — 2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev)

21.

Oʻquvchilarni mamlakatimiz oʻlkalari tarixi bilan yaqindan tanishtirish (Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari alohida eʼtibor qaratish), ekologik madaniyatni shakllantirish va ularni sayohatga olib borish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha 2020-2021-yillarga moʻljallangan “Bolalar turizmi” reja-jadvalini ishlab chiqish.

Reja-jadval

2019-yil

1-dekabr

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov)

22.

Iqtidorli bolalarni ragʻbatlantirish maqsadida ularning “Amudaryo” sogʻlomlashtirish oromgohi va Respublika oʻquvchi-yoshlar markazida hordiq chiqarishini tashkil etish.

Qoʻshma qaror

2020-yil

1-mart

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xasilov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi (Q. Rafikov)

23.

Tadbirlar va festivallar gʻoliblari orasidan isteʼdodli va iqtidorli yoshlarni saralab olish hamda ularni respublikamiz hamda xorijiy sogʻlomlashtirish oromgohlarida hordiq chiqarishini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi (Q. Rafikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Bolalar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni targʻib qilish, kutubxonalar fondini boyitish va oʻquvchilar uchun sifatli kutubxona xizmatini yoʻlga qoʻyish

25.

Bolalar kutubxonalari hamda maktab kutubxonalari fondini “Maktab kutubxonasi” turkumidagi oʻzbek va jahon bolalar adabiyotlari bilan boyitish boʻyicha 2020-2021-yillarga moʻljallangan “Badiiy adabiyotlar dasturi”ni ishlab chiqish.

Badiiy adabiyotlar roʻyxati

2020-yil

1-yanvar

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev)

26.

Bolalar kutubxonalarida xorijiy davlatlar kutubxonalariga sayohatlar uyushtirish imkoniyatini beruvchi virtual maydonlar tashkil etish.

Texnik loyiha

2020-2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

27.

Oʻquvchilarning maʼnaviy hamda intellektual olamini boyitishga qaratilgan, bolalar psixologiyasiga mos boʻlgan oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti hamda jahon adabiyotining badiiy namunalaridan 120 nomdagi badiiy asarlarning audio nusxalarini yaratish.

Texnik loyiha

2019 — 2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

28.

Oʻquvchilarning ilmiy-maʼrifiy, badiiy va ensiklopedik adabiyotlarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida mavjud kitoblarning elektron katalogini yaratish va tizimli ravishda yangilab borish.

Texnik loyiha

2019 — 2021-yillar davomida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

29.

Bolalar kutubxonalari va umumtaʼlim muassasalari kutubxonalarida kitobxonlar soni, kitoblardan foydalanish samaradorligini hisobga olish uchun QR-kodlar yordamida elektron kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish hamda oʻqish imkoniyatini yaratish.

Texnik loyiha

2019 — 2021-yillar davomida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

30.

Milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini elektron va audio shakllaridagi yagona elektron bazasini yaratish.

Texnik loyiha

2020-2021-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov)

32.

Umumtaʼlim muassasalari kutubxonalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash boʻyicha 5 ta muhim tashabbus doirasida zarur boʻlgan jihozlar bilan taʼminlash choralari koʻrish.

Tashkiliy choralar

2020-yil

1-iyun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov)

IV. Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda oʻquvchilar oʻrtasida robototexnika va texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot hamda ekoturizm yoʻnalishlarini targʻib qilish

33.

“Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati va ularda taʼlim olayotgan yoshlarning yutuqlari toʻgʻrisida telekanallarda har oyda bir marotaba maxsus dasturlarni tashkil etish.

Tashkiliy choralar

2019-yil 1-noyabr

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev), MTRK (A. Xadjayev)

34.

Oʻquvchilar oʻrtasida robototexnika, texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot hamda ekoturizm yoʻnalishlarini targʻib qilish boʻyicha telekoʻrsatuvlar tayyorlash.

Tashkiliy choralar

2020-yil 1-fevral

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), MTRK (A. Xadjayev)

35.

Kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida Internet tarmogʻida “Yosh kitobxonlar” portalini tashkil qilish.

Texnik loyiha

2020-2021-yillar davomida

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov)

36.

Bolalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyati va kitobxonlikning barkamol shaxs sifatida shakllanishidagi oʻrnini targʻib qilish maqsadida “Madaniyat va maʼrifat”, “Yoshlar” telekanallarida “Kitobxon” dasturini namoyish etilishini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy choralar

2020-yildan haftada bir marta

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Maʼnaviyat
va maʼrifat markazi (A. Yusupov),
Xal?? taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), MTRK (A. Xadjayev)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-son qaroriga
2-ILOVA
2020 — 2024-yillarda yangidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan “Barkamol bolalar” bolalar maktablarining
asosiy parametrlari

Hududlar nomi va qurilish ishlari turi

Maktablar soni*

Shu jumladan yillar kesimida

2020

2021

2022

2023

2024

Jami, shu jumladan:

52

4

14

13

12

9

yangi qurilish

39

2

11

10

9

7

rekonstruksiya

10

2

2

3

2

1

mukammal taʼmirlash

3

1

1

1

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shu jumladan:

5

1

1

1

2

yangi qurilish

3

1

1

1

Boʻzatov tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Qoraoʻzak tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Ellikqalʼa tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

rekonstruksiya

1

1

Xoʻjayli tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

mukammal taʼmirlash

1

1

Amudaryo tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Andijon viloyati, shu jumladan:

2

1

1

yangi qurilish

2

1

1

Asaka tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Buxoro viloyati, shu jumladan:

3

1

1

1

yangi qurilish

2

1

0

1

Vobkent tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Gʻijduvon tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

rekonstruksiya

1

1

Buxoro viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabiga “Bolalar sayyohlik bazasi” qurilishi

1

1

Jizzax viloyati, shu jumladan:

6

1

1

1

2

1

yangi qurilish

6

1

1

1

2

1

Baxmal tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Doʻstlik tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Jizzax viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Jizzax shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Zarbdor tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Zomin tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Qashqadaryo viloyati, shu jumladan:

5

1

1

1

1

1

yangi qurilish

4

1

1

1

0

1

Koson tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Qarshi tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Qarshi shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Shahrisabz shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi va “Bolalar sayyohlik bazasi”

1

1

rekonstruksiya

1

1

Chiroqchi tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Navoiy viloyati, shu jumladan:

4

1

1

1

1

yangi qurilish

3

1

1

1

Qiziltepa tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Navbahor tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Nurota tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

rekonstruksiya

1

1

Tomdi tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Namangan viloyati, shu jumladan:

2

1

1

yangi qurilish

1

1

Kosonsoy tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

rekonstruksiya

1

1

Namangan viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabiga “Bolalar sayyohlik bazasi” qurilishi

1

1

Samarqand viloyati, shu jumladan:

4

1

1

1

1

yangi qurilish

2

1

1

Jomboy tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Oqdaryo tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

rekonstruksiya

2

1

1

Samarqand viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabiga “Bolalar sayyohlik bazasi” qurilishi

1

1

Urgut tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Surxondaryo viloyati, shu jumladan:

3

1

1

1

yangi qurilish

3

1

1

1

Boysun tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Termiz tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Termiz shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Sirdaryo viloyati, shu jumladan:

1

1

mukammal taʼmirlash

1

1

Sirdaryo viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Toshkent viloyati, shu jumladan:

7

1

2

2

2

yangi qurilish

6

1

2

1

2

Zangiota tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Ohangaron tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Toshkent viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Oʻrtachirchiq tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Chinoz tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Yangiyoʻl shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

mukammal taʼmirlash

1

1

Olmaliq shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Fargʻona viloyati, shu jumladan:

2

1

1

yangi qurilish

2

1

1

Fargʻona tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Fargʻona viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Xorazm viloyati, shu jumladan:

4

1

1

1

1

yangi qurilish

3

1

1

1

Bogʻot tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Xiva tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Yangiariq tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

rekonstruksiya

1

1

Xorazm viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabiga “Bolalar sayyohlik bazasi” qurilishi

1

1

Toshkent shahri, shu jumladan:

4

2

1

1

yangi qurilish

2

1

1

Mirobod tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

Sergeli tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

rekonstruksiya

2

2

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabiga “Bolalar sayyohlik bazasi” qurilishi

1

1

Shayxontohur tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi

1

1

* “Barkamol avlod” bolalar maktablarining manzilli roʻyxatiga tasdiqlangan umumiy parametrlar doirasida ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari asosida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-son qaroriga
3-ILOVA
2020 — 2023-yillarda yangidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan “Bolalar kutubxonalari”ning
asosiy parametrlari

Hududlar nomi va qurilish ishlari turi

Jami*

Shu jumladan yillar kesimida

2020

2021

2022

2023

Jami, shu jumladan:

12

2

3

3

4

yangi qurilish

6

2

2

1

1

rekonstruksiya

1

1

mukammal taʼmirlash

5

2

3

Andijon viloyati, shu jumladan:

1

1

mukammal taʼmirlash

1

1

Andijon viloyati “Bolalar kutubxonasi”

1

1

Buxoro viloyati, shu jumladan:

1

1

rekonstruksiya

1

1

Buxoro viloyati “Bolalar kutubxonasi”

1

1

Qashqadaryo viloyati, shu jumladan:

1

1

yangi qurilish

1

1

Qashqadaryo viloyati “Bolalar kutubxonasi”

1

1

Navoiy viloyati, shu jumladan:

1

1

mukammal taʼmirlash

1

1

Navoiy viloyati “Bolalar kutubxonasi”

1

1

Namangan viloyati, shu jumladan:

1

1

mukammal taʼmirlash

1

1

Namangan viloyati “Bolalar kutubxonasi”

1

1

Samarqand viloyati, shu jumladan:

1

1

mukammal taʼmirlash

1

1

Samarqand viloyati “Bolalar kutubxonasi”

1

1

Surxondaryo viloyati, shu jumladan:

1

1

mukammal taʼmirlash

1

1

Surxondaryo viloyati “Bolalar kutubxonasi”

1

1

Sirdaryo viloyati, shu jumladan:

1

1

yangi qurilish

1

1

Sirdaryo viloyati “Bolalar kutubxonasi”

1

1

Toshkent viloyati, shu jumladan:

1

1

yangi qurilish

1

1

Toshkent viloyati “Bolalar kutubxonasi”

1

1

Fargʻona viloyati, shu jumladan:

1

1

yangi qurilish

1

1

Fargʻona viloyati “Bolalar kutubxonasi”

1

1

Xorazm viloyati, shu jumladan:

1

1

yangi qurilish

1

1

Xorazm viloyati “Bolalar kutubxonasi”

1

1

Toshkent shahri, shu jumladan:

1

1

yangi qurilish

1

1

Toshkent shahar “Bolalar kutubxonasi”

1

1

* “Bolalar kutubxonalari”ning manzilli roʻyxatiga tasdiqlangan umumiy parametrlar doirasida ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari asosida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
2019 — 2024-yillarda Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Yillar kesimida

2019

2020

2021

2022

2023

2024

I. Maktabdan tashqari taʼlim tizimini tashkil qilish va boshqarishni takomillashtirish

1.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarini oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan toʻldirish.

Foizda

(jami toʻgarak rahbarlari soniga nisbatan)

25

30

35

37

40

43

2.

Oʻquvchilarni “Barkamol avlod” bolalar maktablariga qamrab olish.

Foizda

(jami umumtaʼlim maktablardagi oʻquvchilar soniga nisbatan)

2,4

4,5

5,7

5,8

5,9

6,0

3.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida “STEAM — taʼlim” (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — muhandislik, Art — sanʼat, Mathematics — matematika) dasturini amaliyotga joriy etish.

Foizda

(jami maktablar soniga nisbatan)

mavjud emas

7

20

22

24

25

4.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Axborot texnologiyalari”, “Dasturlash”, “Mexatronika” va “Robototexnika” yoʻnalishlari boʻyicha toʻgarak aʼzolari sonini oshirish.

Ishtirok etuvchi oʻquvchilar foizda

(jami toʻgarakka jalb etilgan oʻquvchilar soniga nisbatan)

12

14

16

18

20

22

II. Oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish va kitob mutolaasini rivojlantirish

5.

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali kitobxonlar sonini oshirish.

Foizda

(jami umumtaʼlim maktablaridagi oʻquvchilar soniga nisbatan)

12

14

15

16

18

20

6.

“Bolalar kutubxonalari” va maktab kutubxonalari uchun milliy adabiyot va jahon adabiyoti durdonalariga kiruvchi asarlarning audiokitob shaklini yaratish.

Dona

60

80

90

100

110

120

7.

Oilaviy kitobxonlikni targʻib qilish, kelajakda yosh shoir va yozuvchilarning yetuk shogirdlarini yetishtirish maqsadida turli tanlovlar tashkil etish.

Tadbirlarsoni

2

3

4

5

6

7

III. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, jihozlar bilan taʼminlash va davlat-xususiy sheriklikni yoʻlga qoʻyish

8.

Davlat-xususiy sheriklik asosida robototexnika va injenerlik toʻgaraklari ulushi.

Foizda

(jami maktablar soniga nisbatan)

mavjud emas

3

5

6

7

8

9.

Xorijiy tillar toʻgaraklarini tashkil etishda xususiy sektor vakillarining ulushi.

Foizda

(jami maktablar soniga nisbatan)

mavjud emas

12

14

15

16

17

10.

“Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”dagi mavjud hujjatlar, statistik maʼlumotlar hamda hisobotlarni raqamlashtirish.

Foizda

mavjud emas

15

20

22

25

30

11.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarini keng polosali Internet tarmogʻiga ulash.

Foizda

(jami maktablar soniga nisbatan)

5

30

60

85

100

-

12.

“Bolalar kutubxonalari”da xorijiy davlatlar kutubxonalariga onlayn sayohatlar uyushtirish imkoniyatini beruvchi virtual maydonlar tashkil etish.

Foizda

(jami kutubxonalar soniga nisbatan)

mavjud emas

2

4

5

6

7

13.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida mamlakatimiz va xorijiy davlatlar madaniyati, urf-odatlari, diqqatga sazovor joylari bilan oʻquvchilarni yaqindan tanishtirishga qaratilgan onlayn sayohatlarni oʻz ichiga olgan virtual maydonlar tashkil etish.

Foizda

(jami maktablar soniga nisbatan)

mavjud emas

2

4

5

6

7

14.

“Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi oʻquv dasturlari, oʻquv qoʻllanmalari va koʻrgazmali vositalarning elektron formatlarini ishlab chiqish.

Foizda

mavjud emas

20

35

38

40

43

15.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida texnik ijodiyot yoʻnalishi boʻyicha onlayn toʻgaraklar tashkil etish.

Foizda

(jami maktablar soniga nisbatan)

mavjud emas

5

8

10

12

15

16.

Kitoblardan foydalanish samaradorligini hisobga olish uchun QR-kodlar yordamida elektron kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish hamda oʻqish imkoniyatini yaratish.

Foizda

(jami maktablar soniga nisbatan)

mavjud emas

2

5

7

9

10

17.

“Barkamol avlod” bolalar maktablari toʻgarak aʼzolarining xalqaro miqyosdagi tadbirlardagi munosib ishtiroki.

Ishtirok etuvchi oʻquvchilar foizda

(jami toʻgarak aʼzolari soniga nisbatan)

0,2

0,7

1,2

1,5

1,7

1,9

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2019-y., 07/19/4467/3825-son, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 26.01.2021-y., 07/21/4963/0064-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son; 17.09.2025-y., 07/25/277/0833-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)