toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Sud tizimi uchun yuqori malakali huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, taʼlim, ilm-fan va amaliyot uzviyligini taʼminlash orqali professional sudyalar korpusini shakllantirish, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar sud-huquq sohasida malakali kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etishdagi ustuvor maqsadlar etib belgilansin:
(a) sud tizimi uchun har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va zarur kasbiy koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish;
(b) sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudya va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada boʻlgan sudyalarni qayta tayyorlash, taʼlim oluvchilarda sudyalik kasbiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan dasturlarni joriy etish;
(v) boʻlajak sudyalarda mustaqil, xolis, begʻaraz, faqat qonunga tayangan holda va adolat bilan ish yuritishning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol oʻqitish uslublarini taʼlim jarayoniga tatbiq etish;
(g) tinglovchi va talabalarda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni shakllantirish, taʼlim jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini joriy qilish;
(d) sudyalik lavozimlariga nomzodlar, sudya va sud apparati xodimlarida zamonaviy axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan amaliyotda foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish;
(j) sud faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
(z) oʻquv jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan idoralararo tajriba almashish, shuningdek, sud tizimi uchun huquqshunos kadrlar tayyorlovchi, shu jumladan, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash va sudyalar malakasini oshirishga ixtisoslashgan xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
II. Sudyalar oliy maktabi faoliyatini tubdan isloh qilish
2. Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Adliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasini (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) tashkil etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
3. Belgilansinki:
(a) Akademiyada taʼlim jarayoni ustoz-shogird anʼanasi asosida “boʻlajak sudyani sudya oʻqitadi” tamoyiliga muvofiq tashkil etiladi;
(b) Akademiya Sudyalar oliy kengashi huzurida faoliyat yurituvchi, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;
(v) Akademiya Sudyalar oliy maktabining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
(g) Akademiyaga Sudyalar oliy kengashi raisining taqdimnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan rektor rahbarlik qiladi;
(d) Akademiya rektori mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va transport taʼminoti shartlariga koʻra Oliy sud raisining oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
(j) Akademiya prorektorlari Sudyalar oliy kengashi raisi bilan kelishilgan holda Akademiya rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
(z) Akademiya prorektorlari va professor-oʻqituvchilariga Oliy sud sudyalari uchun, Akademiyaning boshqa xodimlariga esa Oliy sud apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va transport taʼminoti shartlari va boshqa imtiyozlar tatbiq etiladi;
(i) Akademiyaning oldingi ish joyi boʻyicha harbiy, maxsus va darajali unvonlar hamda malaka (mansab) darajasiga ega xodimlariga Oliy sud uchun nazarda tutilgan mansab darajalari tegishliligicha beriladi, koʻp yillik xizmatlari uchun ustama va qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi, ularning Akademiyada ishlagan davri harbiy, maxsus va darajali unvonlar hamda malaka (mansab) darajalarini olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
(k) Akademiyaga ishga jalb etilgan va malaka darajasiga ega boʻlgan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarda sudya uchun belgilangan ustama va qoʻshimcha toʻlovlar, imtiyozlar, tibbiy va pensiya taʼminoti sharoitlari saqlab qolinadi. Ushbu shaxslarning Akademiyada ishlagan vaqti sudyalik stajiga qoʻshiladi.
4. Sudyalar oliy kengashi raisi Akademiya faoliyatini samarali tashkil etishga, natijadorlikni taʼminlashga hamda uning boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan idoralararo hamkorligini muvofiqlashtirib borishga shaxsan masʼul etib belgilansin.
5. Akademiya xodimlariga maxsus unvonlar va mansab darajalari berish Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2920, 2017-yil 28-avgust).
III. Sudyalarni qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-oktabrdan boshlab:
(a) sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash Akademiyaning olti oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida (keyingi oʻrinlarda — kasbiy qayta tayyorlash kurslari) davlat granti asosida sud ixtisosliklari boʻyicha tashkil etiladi;
(b) kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslar ularning egallagan lavozimi butun oʻqish davri mobaynida saqlangan holda asosiy ish joyi boʻyicha lavozimidan ozod qilinadi;
(v) kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilariga sudya yordamchisining bir oylik mehnatiga haq toʻlash fondi miqdorida har oyda stipendiya toʻlanadi;
(g) kasbiy qayta tayyorlash kurslariga kirish uchun Sudyalar oliy kengashi tomonidan nomzodlarning benuqson obroʻ-eʼtibori, halolligi va layoqatliligi boʻyicha kasbiga munosibligi oʻrganiladi;
(d) kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish psixologiya, chet tillari va sud ixtisosligi boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish hamda Sudyalar oliy kengashi tomonidan tashkil etiladigan idoralararo komissiya tomonidan oʻtkaziladigan yozma imtihon va yakka tartibdagi suhbatdan iborat tanlov orqali amalga oshiriladi. Bunda test sinovlari Akademiya buyurtmasiga binoan Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
(j) kasbiy qayta tayyorlash kurslari qonunchilikni qoʻllash koʻnikmasining amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlagan holda “nazariya — amaliyot-imitatsiya” tamoyili asosida dual taʼlim shaklida tashkil etiladi;
(z) kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining amaliy koʻnikmasini shakllantirish maqsadida amaliy mashgʻulotlar deontologik uslubda oʻtkaziladi. Bunda tinglovchilarning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, sud-ekspertiza va boshqa davlat organlari va muassasalari faoliyatida bevosita ishtirok etishi taʼminlanadi;
(i) kasbiy qayta tayyorlash kurslarida sud majlislarini real vaqt rejimida kuzatish va sudyaning protsessual harakatlarini tahlil qilish imkonini beruvchi “virtual sud” mashgʻulotlari joriy etiladi, shuningdek, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha oʻquv darslari tashkil etiladi;
(k) kasbiy qayta tayyorlash kurslarini tamomlaganda Sudyalar oliy kengashi rahbarligida tashkil etiladigan idoralararo komissiya tomonidan yakuniy attestatsiya imtihoni oʻtkaziladi hamda undan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi;
(l) kasbiy qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslar arizasiga asosan boʻsh sudyalik lavozimlariga oʻtkaziladigan tanlovlarda ishtirok etadilar;
(m) kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻqish dasturini oʻzlashtirmagan va yakuniy attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtmagan tinglovchilar, boʻsh sudyalik lavozimiga uch yilgacha muddatda ariza topshirmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan bitiruvchilar oʻqish davrida olingan stipendiya summasini Davlat budjetiga toʻliq miqdorda qoplab beradilar.
IV. Akademiyada malaka oshirishning yangicha uslublarini tatbiq etish
7. Akademiyada sudya va sud apparati xodimlarining majburiy malakasini oshirishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
(a) besh yil muddatga tayinlangan sudyalar — har ikki yilda ikki haftadan kam boʻlmagan;
(b) oʻn yil muddatga tayinlangan sudyalar — har uch yilda ikki haftadan kam boʻlmagan;
(v) Oliy sud sudyalari, sud raislari va rais oʻrinbosarlari, shuningdek, muddatsiz davrga tayinlangan sudyalar — har uch yilda bir haftadan kam boʻlmagan;
(g) faoliyat samaradorligi reytingining past koʻrsatkichlariga ega sudyalar — navbatdan tashqari ikki haftadan kam boʻlmagan;
(d) sud apparati xodimlari (sudya yordamchisi, devonxona va arxiv mudirlari) — har ikki yilda bir haftadan kam boʻlmagan malaka oshirish kurslarida oʻqitiladi.
8. Belgilansinki:
(a) amaldagi sudyalar uchun Oliy sud tomonidan belgilanadigan murakkab toifadagi ishlar boʻyicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
(b) sud apparati xodimlarining malakasini oshirish Oliy sud buyurtmasi asosida rejali, shuningdek, ularning xohishiga koʻra ixtiyoriy amalga oshiriladi.
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) tuman (shahar) va viloyat sudlarining tegishli rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada boʻlgan sudyalar davomiyligi ikki oygacha boʻlgan rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kurslarida oʻqitiladi;
(b) rahbar kadrlarni qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilarining oʻqish davomida asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi;
(v) tuman (shahar) va viloyat sudlarida tegishli rahbarlik lavozimlariga, qoida tariqasida, faqat rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan sudyalar tayinlanadi;
(g) rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari ishdan ajralgan holda tashkil etiladi hamda kurslarni tamomlagan sudya va sud apparati xodimlariga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
V. Akademiyada oʻqitishni tashkil etish
10. Akademiyada 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab “Sud faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha amaliy magistratura dasturi asosida oʻqitish tashkil etilsin.
11. Belgilansinki:
(a) magistratura bosqichida oʻquv jarayoni taʼlimning kunduzgi va kechki shakllarida tashkil etiladi;
(b) Akademiyaga qabul qilishda nomzodlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa oliy taʼlim tashkilotlariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoni 2-bandning toʻrtinchi xatboshisi, Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3215, 2020-yil 31-yanvar), Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 462-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qaror bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari harbiy xizmatchilari (xodimlari) va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar.
(v) Akademiyada taʼlim olish muddati magistratura dasturi boʻyicha bir yilni tashkil etib, bitiruvchilarga oliy yuridik taʼlimning tegishli bosqichini yakunlaganligini tasdiqlovchi davlat namunasidagi diplom beriladi;
(g) Akademiya magistratura dasturlari boʻyicha qabul parametrlari har yili Akademiya Kengashi taklifi asosida Sudyalar oliy kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
(d) Akademiya magistraturasida oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida tashkil etilib, uning qiymati Akademiya Kengashi va Sudyalar oliy kengashi tomonidan belgilanadi.
VI. Akademiya faoliyatini samarali tashkil etish va Farmon ijrosini nazorat qilish
12. Quyidagilar:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari 2-ilovaga muvofiq;
(v) Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining shtat jadvali 3-ilovaga muvofiq;
(g) Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Quyidagi huquqlar berilsin:
(a) Sudyalar oliy kengashiga — hududlarning ixtisoslik boʻyicha sudya kadrlarga boʻlgan ehtiyojini inobatga olgan holda kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilishda hududlar kesimida kvotalarni belgilash;
(b) Sudyalar oliy kengashi va Oliy sudga — Akademiyaga nomzodlarni oʻqishga qabul qilish tartibini belgilash;
(v) Akademiya Kengashiga:
(i) Akademiyada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari, dasturlari va malakaviy talablarni Sudyalar oliy kengashi va Oliy sud bilan kelishilgan holda tasdiqlash;
(ii) professor-oʻqituvchilar tarkibining mehnatini meʼyorlashtirish, ish vaqtini faqat oʻquv tadbirlariga asoslangan holda mustaqil tashkil etish, shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni bajarishni ragʻbatlantirish;
(iii) boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini, shuningdek, ushbu mablagʻlar hisobidan Akademiya xodimlariga oylik ustamalar belgilash mezonlarini tasdiqlash;
(g) Akademiyaga:
(i) yetakchi taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning yuqori malakali mutaxassis va ekspertlarini mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida oʻquv jarayonlariga jalb etish. Bunda jalb etiladigan mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari Akademiya Kengashi tomonidan belgilanadi;
(ii) toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish va pulli xizmatlardan tushgan mablagʻlarni Akademiya tasarrufida qoldirish va ushbu mablagʻlarni Akademiya tinglovchilarining xorijiy mamlakatlarda stajirovka oʻtashiga, xorijiy ekspertlarni oʻquv jarayoniga jalb etishga, pulli oʻquv kurslari maʼruzachilarining ish haqini toʻlashga, shuningdek, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltirish;
(iii) ilmiy faoliyat, taʼlim, noshirlik, matbaa va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish;
(iv) Akademiyada ilmiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirishda Oliy sudning “Adolat” axborot tizimlari kompleksidan foydalanish;
(v) korxona, muassasa va tashkilotlarning buyurtmasiga asosan sudga murojaat qilish va nizolarni koʻrishda ularning protsessual huquqlarini amalga oshirish masalalari boʻyicha xodimlarning bilimlarini oshirish maqsadida toʻlov asosida maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
(d) Akademiya rektoriga:
(i) Akademiya tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(ii) yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish borasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum va bitimlar tuzish.
14. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
(b) Akademiyada toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
(v) shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy ishlar, taʼlim va boshqa xizmatlardan tushadigan tushumlar;
(g) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalari asosida ajratiladigan mablagʻlar;
(d) xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grant va maqsadli mablagʻlari;
(j) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda 2025-yilda Akademiyani saqlash bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjetidan Sudyalar oliy maktabini saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boriladi.
15. Akademiyada budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi bilan birga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi ularning mehnatiga haq toʻlash fondining 50 foizigacha miqdorida tashkil etilsin.
16. Tashqi ishlar vazirligi:
(a) Akademiyaning professor-oʻqituvchilari va tinglovchilarining yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi va stajirovka oʻtashida koʻmaklashsin;
(b) Akademiyaning buyurtmasiga binoan oʻquv va ilmiy jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Qonunning 28-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari Tartibi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
17. Vazirlar Mahkamasi:
(a) 2025-yil yakuniga qadar Akademiyani joylashtirish hamda bino va xonalarni rekonstruksiya qilish, zamonaviy uskunalar, aloqa va telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlash, shuningdek, Akademiyani zarur oʻquv-uslubiy baza bilan taʼminlashni nazarda tutadigan Hukumat qarorini qabul qilsin;
(b) 2025-yil 1-oktabrdan boshlab Sudyalar oliy maktabining amaldagi oʻquv muddatlarini qisqartirishdan iqtisod qilinayotgan mablagʻlar hisobidan Akademiya tuzilmasiga 20 tagacha professor-oʻqituvchilar shtat birligini kiritish choralarini koʻrsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4096-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
20. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Sudyalar oliy kengashi raisi X.B. Yodgorov belgilansin.
21. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari N.J. Xakimova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-avgust,
PF-141-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining
TUZILMASI

Matbuot xizmati

1

Rektor

Akademiya kengashi

Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha prorektor

Ilmiy, innovatsiyalar va axborot-tahliliy ishlar boʻyicha prorektor

Buxgalteriya

2

Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Oʻquv-uslubiy boʻlim

2

Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish boʻlimi

1

Kadrlar boʻlimi

1

Maʼmuriy-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Magistratura fakulteti

2

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi

1

Devonxona va arxiv

1

Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti

1

Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Xoʻjalik boʻlimi

1

Xalqaro hamkorlik boʻlimi

1

Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

4

Axborot-resurs markazi

1

Kasbiy koʻnikmalar kafedrasi

2

Axborot-texnikaviy taʼminot va masofaviy oʻqitish boʻlimi

1

Izoh:
Shtat birliklarining umumiy cheklangan soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarni hisobga olmagan holda) — 37 birlik, shu jumladan, professor-oʻqituvchilar tarkibi — 18 birlik, boshqaruv xodimlari — 19 birlik.
Texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarning soni oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

Tarif koeffitsiyenti

Rektor

19

17,276

Prorektor

18

12,211

Fakultet dekani, kafedra mudiri, kafedra professori

18-5%

Kafedra dotsenti

17

9,965

Kafedra oʻqituvchisi

17-5%

Boʻlim boshligʻi, bosh buxgalter

16

6,490

Matbuot xizmati rahbari

15

6,146

Bosh mutaxassis, devonxona va arxiv mudiri

14

5,810

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining
SHTAT JADVALI

Lavozimlar nomi

Shtat birliklari soni

Rektor

1

Prorektor

2

Matbuot kotibi

1

Oʻquv-uslubiy boʻlim

2

Boʻlim boshligʻi

1

Bosh mutaxassis

1

Magistratura fakulteti

2

Dekan

1

Bosh mutaxassis

1

Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti

1

Dekan

1

Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Kafedra mudiri

1

Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)

2

Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Kafedra mudiri

1

Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)

2

Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Kafedra mudiri

1

Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)

2

Maʼmuriy-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Kafedra mudiri

1

Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)

2

Kasbiy koʻnikmalar kafedrasi

2

Kafedra mudiri

1

Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)

1

Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

4

Kafedra mudiri

1

Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)

3

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi

1

Bosh mutaxassis

1

Xalqaro hamkorlik boʻlimi

1

Bosh mutaxassis

1

Axborot-resurs markazi

1

Bosh mutaxassis

1

Axborot-texnikaviy taʼminot va masofaviy oʻqitish boʻlimi

1

Bosh mutaxassis

1

Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish boʻlimi

1

Bosh mutaxassis

1

Buxgalteriya

2

Bosh buxgalter

1

Bosh mutaxassis

1

Kadrlar boʻlimi

1

Bosh mutaxassis

1

Devonxona va arxiv

1

Devonxona va arxiv mudiri

1

Xoʻjalik boʻlimi

1

Bosh mutaxassis

1

Jami

37

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-son Farmoniga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Oʻqishga qabul qilish tizimini tashkil etish va taʼlim sifatini oshirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) Kengashi  tarkibini shakllantirish, uning majlisini oʻtkazish va nizomini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat loyihasi

2025 yil sentabr

-

Akademiya

2.

Akademiyaning ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat loyihasi

2025-yil sentabr

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

3.

Nomzodlarni kasbiy qayta tayyorlash kursiga qabul qilish tartibini belgilash.

Idoraviy hujjat loyihasi

2025-yil avgust

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov)

4.

Akademiyada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari, dasturlari va malakaviy talablarini Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda tasdiqlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

-

Akademiya Kengashi

5.

Hududlarning ixtisoslik boʻyicha sudya kadrlarga boʻlgan ehtiyojini inobatga olgan holda kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilishda hududlar kesimida kvotalarni belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

6.

Akademiyaning magistraturasida oʻqitishning toʻlov-kontrakt qiymatini belgilash.

Idoraviy hujjat loyihasi

Belgilangan muddat doirasida

-

Akademiya Kengashi,

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

7.

Akademiyaning oʻquv jarayonini raqamlashtirish, shu jumladan, mashgʻulotlar jadvalini shakllantirish, imtihonlarni oʻtkazish, taʼlim oluvchilarni baholash va reytingini shakllantirish, taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha dasturiy majmualarni joriy etish, tinglovchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini monitoring qilish tizimini joriy etish boʻyicha texnik topshiriq va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

Alohida reja asosida

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

8.

Akademiyada videokonferensiya oʻtkazish, shuningdek, interfaol elektron kurslarni ishlab chiqish, onlayn baholash va soʻrovnomalar oʻtkazish uchun uskunalar, qurilmalar va dasturiy mahsulotlarni xarid qilish va oʻrnatish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025 yil davomida

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

9.

Akademiya imijini shakllantirish boʻyicha quyidagi tashkiliy choralarni koʻrish:

Akademiya rasmiy ramzlarini tasdiqlash;

Akademiyaning rasmiy veb-saytini zamon talablari asosida ishga tushirish;

jamoatchilik bilan aloqalarni jadallashtirish va Akademiya haqidagi xolis maʼlumotlarni yetkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025 yil davomida

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

10.

Akademiyaning magistratura mutaxassisligi nomi va shifrini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartlari. Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar klassifikatori”ga kiritish.

Idoraviy hujjat loyihasi

2026-yil fevral

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

11.

Qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga beriladigan sertifikat namunasini tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil oktabr

-

Akademiya Kengashi

II. Oʻquv jarayonini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

12.

Akademiyani amaliy tajribaga ega malakali mutaxassislar, oʻqitishning zamonaviy shakllari va usullarini qoʻllay oladigan ilmiy-pedagog kadrlar bilan toʻldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr,

doimiy ravishda

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Akademiya Kengashi

13.

Akademiyani joylashtirish hamda bino va xonalarni rekonstruksiya qilish, zamonaviy uskunalar, telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlashni, shuningdek, Akademiyani zarur oʻquv-metodik bazasi bilan taʼminlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil dekabr

Davlat budjeti mablagʻlari,

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)

14.

2025-yil 1-oktabrdan boshlab Akademiya tuzilmasiga 20 tagacha shtat birligini kiritish choralarini koʻrish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil sentabr,

belgilangan muddat doirasida

Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining mulkini, jumladan avtotransport vositalarini Akademiya balansiga oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Akademiya

16.

Akademiya oʻqituvchilari va tinglovchilarining yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda malaka oshirish kurslari va stajirovkani oʻtashi hamda oʻqishida koʻmaklashish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

17.

Akademiya buyurtmasi boʻyicha uning oʻquv va ilmiy jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlariga kirish vizalarining konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Akademiyaning murojaati asosida

-

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

18.

Akademiyaning taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oliy sudning “Adolat” axborot tizimlari kompleksidan foydalanish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

-

Oliy sud

(B. Islamov),

Akademiya Kengashi

19.

Amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yangi metodika va taktikalar asosida yangi avlod darsliklari, oʻquv va oʻquv-amaliy qoʻllanmalarni tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil aprel,

doimiy ravishda

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Akademiya Kengashi

20.

Akademiyaning yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Akademiya talabiga koʻra

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

21.

Akademiyani “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot-kutubxona fondiga bepul asosda ulanishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr,

doimiy ravishda

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi

(U. Teshabayeva)

22.

Boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini, shuningdek, ushbu mablagʻlar hisobidan Akademiya xodimlariga oylik ustamalar belgilash mezonlarini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat loyihasi

2025-yil sentabr

-

Akademiya Kengashi

III. Sifatli ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat uchun shart-sharoitlar yaratish

23.

Akademiya huzurida Ilmiy darajalar berish boʻyicha ilmiy kengashlarni tashkil etish. Bunda Akademiya rektoriga ilmiy kengash tarkibiga jalb etilgan mutaxassislarni ragʻbatlantirishni amalga oshirish huquqini berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Doimiy ravishda

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

(A. Yusupov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

24.

Akademiyada quyidagilarni nazarda tutuvchi xalqaro hamkorlik tizimini yaratish:

xalqaro hamkorlik va ikki tomonlama shartnomalar doirasida xorijiy davlatlarning kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;

oʻquv jarayoniga xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish;

xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum va bitimlarni tuzish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

Izoh: mazkur “Yoʻl xaritasi”dagi tadbirlar tegishli chora-tadbirning sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi, shuningdek, bir hujjatga birlashtirilishi mumkin. Bunda ikki yoki undan ortiq chora-tadbirlar birlashtirilgan hollarda, ushbu masalalarning oxirgi bajarish muddati qoʻshma chora-tadbirlarning bajarilishi uchun belgilangan oxirgi muddat hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida “Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan tadbirlar mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham hisobga olinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-son Farmoniga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5482-son Farmoni 5-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda Oliy sud matbuot xizmati rahbari, Odil sudlov akademiyasi rektori va prorektorlariga alohida mehnat sharoitlari uchun ustama toʻlanmaydi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining tuzilmasidagi “Sudyalar oliy maktabi” bloki “Odil sudlov akademiyasi” bloki bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi “Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6134-son Farmonida:
1-bandning birinchi xatboshisidagi “Sudyalar oliy maktabi” soʻzlari “Odil sudlov akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddan “Sudyalar oliy maktabi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash toʻgʻrisida”gi PQ-2951-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi kuzatuv kengashining tarkibiga kiradi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3240-son qarorida:
4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) direktori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) rektori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Oliy maktab” va “Oliy maktabning” soʻzlari tegishincha “Akademiya” va “Akademiyaning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “Odil sudlov saroyi” kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-4997-son farmoyishining 1-bandi ikkinchi xatboshisidan “Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)