1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, sudlarning moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash, shuningdek, “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti]
1. Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, sudlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishning kelgusi yillardagi ustuvor maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
(a) sud ishlarini yuritishda qogʻoz shaklidan voz kechish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida ishlarning yuritilishini bosqichma-bosqich toʻliq elektron shaklga oʻtkazish;
(b) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini oshirib borish, sud hujjatlaridan nusxa olish, sud ishlari bilan tanishish, arizaning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligini aniqlash, sunʼiy intellekt yordamida sud xarajatlarini hisoblash imkoniyatini yaratish, shuningdek, sud tomonidan taqiqlangan manba va kontentlarning elektron reyestrini yuritish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(v) sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur texnik infratuzilma yaratish, shuningdek, ushbu yoʻnalishdagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
(g) Oliy sudning axborot tizimlari negizida sud hujjatlari arxivi modulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
(d) sudlar faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha “Kiber huquq” yoʻnalishida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek, sudyalar va sud apparati xodimlarining raqamli savodxonligi va malakasini doimiy oshirib borish;
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.01.00 Umumiy qoidalar]
(j) iqtisodiy sudlar tuzilmasini optimallashtirish orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirish va yagona sud amaliyotini shakllantirish;
(z) “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida bosqichma-bosqich sud majlisi zallarini tashkil etish hamda aholi va sudyalar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, sudyalar va sud xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.
II. Sudlar faoliyatiga “Raqamli sud” konsepsiyasini joriy etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]
2. Oliy sud, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan “Raqamli sud” konsepsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish hamda sud ishlarini koʻrishni soddalashtirish maqsadida belgilansinki, “Raqamli sud” konsepsiyasini amalga oshirish doirasida:
(a) sudga ariza berishdan oldin sunʼiy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
(b) murojaatlar sudga elektron shaklda yuboriladi;
(v) ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud binosiga tashrif buyurmaydi va sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
(g) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud jarayonlarida ishga doir barcha materiallar bilan elektron shaklda tanishish imkoniyati yaratiladi;
(d) sud xarajatlari elektron shaklda hisoblanadi va toʻlanadi, shuningdek, ijro varaqalari avtomatik ravishda ijroga yuboriladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(j) sud ishlari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda toʻliq elektron tarzda yuritiladi;
(z) sunʼiy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalari real vaqt rejimida matn shaklida tayyorlanadi;
(i) sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantiriladi.
4. 2025-yil yakuniga qadar, tajriba tariqasida Toshkent shahrida “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy nizolarni koʻrishga moʻljallangan sud majlisi zallari tashkil etilsin.
5. Oliy sud:
(a) ikki oy muddatda “Raqamli sud” konsepsiyasi doirasida koʻriladigan nizolar boʻyicha ishlar toifasini tasdiqlasin;
(b) tajriba natijalari asosida “Raqamli sud” konsepsiyasini 2026 — 2027-yillarda bosqichma-bosqich respublikaning barcha sudlarida tatbiq etsin.
III. Sud sohasini raqamlashtirishning istiqboldagi rejalari
6. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan sud sohasini raqamlashtirish va odil sudlov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar]
(a) 2025-yil 1-dekabrdan boshlab fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasini ishga tushirish;
(b) 2025-yil yakuniga qadar sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturini yaratish;
(v) 2026-yil 1-yanvardan boshlab “my.sud.uz” interaktiv xizmatlar portalida fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish modulini joriy etish, bunda sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchini yaratish, huquqiy murojaatlarga javob berish hamda sud maʼlumotlarini avtomatik yetkazish;
(g) 2026-yil 1-martdan boshlab fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha dastlabki sud maʼlumotlarini fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniyatini yaratish;
(d) 2026-yil yakuniga qadar fuqarolarga odil sudlovga erishishda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida 5 ta yangi interaktiv xizmatlarni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, sudning axborot tizimidagi “Shaxsiy kabinet” platformasining foydalanuvchilar uchun yanada qulay boʻlgan yangi versiyasini ishlab chiqish.
IV. Raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali sud ishlarini yuritish samaradorligini oshirish
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]
7. Oliy sud 2025-yil yakuniga qadar:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish;
5.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
(a) Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda sanksiyalar va majburlov choralari boʻyicha sudlarga kiritiladigan iltimosnomalarni elektron shaklda yuritish maqsadida Oliy sud axborot tizimlari bilan tergov organlarining axborot tizimlari oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
(b) Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllanilgan barcha jarimalarni onlayn kuzatish, ularning toʻlov muddatlari haqida ogohlantirish va toʻlovlarni elektron amalga oshirish imkonini beruvchi mobil dasturni ishlab chiqish;
(v) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda sudda ishtirok etuvchi shaxslardan ortiqcha maʼlumotlar talab etilishiga chek qoʻyish maqsadida “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida mavjud maʼlumotlarni sudlarning axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.16.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish]
8. Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov) 2025-yil 1-oktabrga qadar maʼmuriy jazo qoʻllash vakolatiga ega vazirlik va idoralar tomonidan maʼmuriy ish bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlarni Ichki ishlar vazirligining “E-maʼmuriy ish” axborot tizimi orqali sudlarga toʻliq elektron shaklda taqdim etib borish tartibini yoʻlga qoʻysin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
9. Oliy sudning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi negizida Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
10. Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ hamda Departament sudlar faoliyatiga “Raqamli sud” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish uchun masʼul etib belgilansin.
Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan sud sohasini raqamlashtirish va odil sudlov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish dasturi doirasida raqamli transformatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish va amalga oshirishda Departamentga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin.
V. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini samarali tatbiq etish choralari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
11. “UZINFOCOM” MCHJ sudlar faoliyatiga raqamli texnologiyalar va dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha yagona integrator funksiyasini (keyingi oʻrinlarda — Yagona integrator) bajaradi.
Yagona integratorning vazifalari quyidagicha etib belgilansin:
(a) ilgʻor xalqaro tajriba asosida sud tizimida biznes jarayonlarini raqamlashtirish;
(b) “Raqamli sud” axborot tizimlarining yagona kompleksini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyasini taʼminlash;
(v) sud sohasida raqamli texnologiyalar va kommunikatsiyalar siyosati va standartlarini joriy etish.
12. Quyidagilarga:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang)]
(a) sudlar faoliyatiga raqamli texnologiyalar va dasturiy mahsulotlarni joriy etish xarajatlarini Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishga ruxsat berilsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]
(b) Yagona integratorga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining rezidenti maqomini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida, sudlar faoliyati uchun apparat va dasturiy komplekslarni, axborot tizimlarini, muhandislik infratuzilmasini, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazib berish huquqi berilsin;
(v) Oliy sudga:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
(i) loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, dasturiy-apparat komplekslari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalarini ishlab chiqish, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazib berish boʻyicha Yagona integrator bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish;
(ii) dasturiy-apparat komplekslari, axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmasi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazib berish va tegishli xizmatlar koʻrsatish boʻyicha Yagona integrator bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha oldindan toʻlovni amalga oshirish huquqi berilsin.
VI. Iqtisodiy sudlar tuzilmasini maqbullashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari]
13. Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi va Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 1-yanvardan boshlab iqtisodiy sudlar tizimida quyidagi tashkiliy-tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
(a) iqtisodiy sudlarni maqbullashtirish orqali tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarini tugatish;
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari]
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo iqtisodiy sudlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
VII. Sudlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda sudyalar va sud xodimlarining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
14. 2025 — 2030-yillarda sud binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
Bunda yangi sud binolarini qurishda va mavjudlarini mukammal taʼmirlashda “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida sud majlisi zallarini tashkil etish hamda aholi va sudyalar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
15. Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oliy sud bilan kelishilgan holda yangi sud binolarini qurish uchun belgilangan tartibda yer ajratish choralarini koʻrsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 674-moddasi, Vazirlar Mahkamasining “2021 — 2025-yillarda sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2021-yil 26-fevraldagi 103-son qarori, SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalarining 4-bobi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
16. Oliy sud Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga sud binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini 2025 — 2030-yillar davomida hududlar va har bir obyekt kesimida amalga oshirish boʻyicha manzilli dasturni (keyingi oʻrinlarda — manzilli dastur) tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
17. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) 2026-yildan boshlab manzilli dastur doirasida qurish-taʼmirlash ishlari olib boriladigan sud binolarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tender savdolarini oʻtkazish har yili avgust oyidan boshlanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
(b) 2026-yil manzilli dasturi doirasida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun mablagʻlar joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan ajratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
(v) 2025-yilda qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlari sifatida aks ettirib boriladi.
18. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarish uchun Oliy sudga har tomonlama koʻmaklashsin.
VIII. Moliyaviy resurslar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
19. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oliy sudning asoslangan hisob-kitoblariga asosan:
(a) chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan xarajatlar uchun 2-ilovaga* muvofiq 2025-yilda Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratsin;
(b) 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilmagan qismini 2026-yilda foydalanish uchun Jamgʻarma hisobiga yoʻnaltirsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
20. Belgilansinki, 2026 — 2030-yillar uchun manzilli dasturda koʻzda tutilgan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarining Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy sud tomonidan kelishilgan miqdorlarda Jamgʻarmaga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda 2026 — 2030-yillar davomida Jamgʻarma tushumlari yillik belgilangan prognozlardan ortiqcha tushgan mablagʻlar manzilli dasturni keyingi yilda moliyalashtirish uchun inobatga olinadi.
IX. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
21. 2025 — 2030-yillarda sud sohasini raqamlashtirish hamda sud binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika va hududiy ishchi komissiyalar 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Respublika ishchi komissiyasi (A. Aripov):
(a) mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlar va topshiriqlar bajarilishini taʼminlash boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatsin hamda bu borada hududiy ishchi komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
(b) hududiy ishchi komissiyalar bilan birgalikda hududlar kesimida amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam ravishda tanqidiy muhokama qilib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul rahbarlarga choralar koʻrib borsin;
(v) Farmon ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
22. Oliy sud Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida keng yoritib borish choralarini koʻrsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
24. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oliy sud raisi B.D. Islamov belgilansin.
25. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari N.J. Xakimova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-avgust,
PF-140-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-son Farmoniga 1-ILOVA
2025 — 2027-yillarga moʻljallangan sud sohasini raqamlashtirish va odil sudlov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish
DASTURI
T/r
Ustuvor vazifalar
Amaliy chora-tadbirlar
Ijro muddati
Moliyalashtirish manbalari
Ijro uchun masʼullar
1.
Tajriba tariqasida birinchi navbatda Toshkent shahrida iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy nizolarni koʻrishga moʻljallangan “Raqamli sud” konsepsiyasi asosidasud majlisi zalini tashkil etish.
1. “Raqamli sud” konsepsiyasi asosidasud majlisi zalini qurish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2025-yil sentabr
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
“UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov),
Oliy sud
(B. Islamov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(I. Norqulov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Binoni taʼmirlash, moddiy-texnikani xarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish.
2025-yil oktabr
3. “Raqamli sud” majlisi zalida ish koʻradigan sudyalar roʻyxatini shakllantirish va ularning malakasini oshirish.
2025-yil oktabr
4. “Raqamli sud” konsepsiyasini amalga oshirish uchun zarur dasturiy taʼminotni yoʻlga qoʻyish.
2025-yil noyabr
2.
“Raqamli sud” konsepsiyasini bosqichma-bosqich barcha sudlarda tatbiq etish choralarini koʻrish. Bunda sudlarning axborot tizimlari negizida sunʼiy intellekt texnologiyalarini yaratish boʻyicha choralar koʻrish.
1. Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.
2025-yil sentabr
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
“UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov),
Oliy sud
(B. Islamov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha konsepsiya va chora-tadbirlar ishlab chiqish.
2025-yil noyabr
3. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2026-yil may
4. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish.
Alohida belgilangan muddatlarda
3.
Fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish modulini joriy etish.
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2025-yil sentabr
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
“UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov),
Oliy sud
(B. Islamov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish.
2025-yil dekabr
4.
Sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturini ishga tushirish.
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2025-yil sentabr
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh.Shermatov),
“UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov),
Oliy sud
(B. Islamov)
2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish.
2025-yil dekabr
5.
Fuqarolar, advokatlar, amaliyotchi yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasini yaratish.
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2025-yil sentabr
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
“UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov),
Oliy sud
(B. Islamov)
2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish.
2025-yil dekabr
6.
“Mening sudga taalluqliligim” interaktiv xizmatini joriy etish.
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2026-yil yanvar
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Oliy sud
(B. Islamov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov)
2. Interaktiv xizmatni ishlab chiqish va joriy etish.
2026-yil dekabr
7.
“Taqiqlangan kanallar” interaktiv xizmatini joriy etish. Bunda Oliy sud tomonidan taqiqlangan manba va kontentlarning elektron reyestrini yuritish.
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2026-yil yanvar
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Oliy sud
(B. Islamov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Interaktiv xizmatni ishlab chiqish va joriy etish.
2026-yil noyabr
8.
“Mening suddagi ishim” interaktiv xizmatini joriy etish. Bunda shaxsga tegishli boʻlgan barcha yoʻnalishdagi sud ishlari bilan tanishish imkoniyatini yaratish.
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2026-yil yanvar
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Oliy sud
(B. Islamov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov)
2. Interaktiv xizmatni ishlab chiqish va joriy etish.
2026-yil iyul
9.
“Sud hujjatlaridan nusxa olish” interaktiv xizmatini joriy etish.
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2025-yil noyabr
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Oliy sud
(B. Islamov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov)
2. Interaktiv xizmatni ishlab chiqish va joriy etish.
2026-yil may
10.
Oliy sudning axborot tizimlari negizida sud hujjatlari arxivi modulini ishlab chiqish.
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2026-yil oktabr
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Oliy sud
(B. Islamov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov)
2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish.
2027-yil dekabr
11.
Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarning “Prezident virtual qabulxonasi”, “E-XAT”, “edo.ijro.uz” va “MyID” axborot tizimlarini sudlarning axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilish.
1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish.
2026-yil fevral
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy sud
(B. Islamov)
2. Axborot tizimlarining integratsiyasini yoʻlga qoʻyish.
2027-yil aprel
12.
Sunʼiy intellekt yordamida sud xarajatlarini hisoblash imkoniyatini yaratish.
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2026-yil fevral
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
“UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov),
Oliy sud
(B. Islamov)
2. Interaktiv xizmatni ishlab chiqish va joriy etish.
2026-yil sentabr
13.
Fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha dastlabki sud maʼlumotlarinimy.gov.uz portali orqali olish imkoniyatini yaratish.
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2025-yil dekabr
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
“UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov),
Oliy sud
(B. Islamov)
2. Interaktiv xizmatni ishlab chiqish va joriy etish.
2026-yil aprel
14.
Sudning axborot tizimida ochilgan “Shaxsiy kabinet” platformasining fuqarolar va advokatlar uchun yanada qulay hamda foydali boʻlgan yangi versiyasini ishlab chiqish.
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2026-yil mart
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Oliy sud
(B. Islamov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov)
2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish.
2026-yil dekabr
15.
Sanksiyalar va majburlov choralari boʻyicha sudlarga kiritiladigan iltimosnomalarni elektron shaklda yuritish maqsadidaOliy sud axborot tizimlari bilan tergov organlarining axborot tizimlari oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.
1. Ishchi guruh tuzish va tahlil oʻtkazish.
2025-yil sentabr
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar
Oliy sud
(B. Islamov),
Ichki ishlar vazirligi
(A. Tashpulatov),
Bosh prokuratura
(N. Yoʻldoshev)
2. Tahlil natijalaridan kelib chiqib, texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish.
2025-yil dekabr
16.
Sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllangan barcha jarimalarni onlayn kuzatish, uning toʻlov muddatlari haqida ogohlantirish va toʻlovlarni elektron amalga oshirish imkonini beruvchi mobil dasturni ishlab chiqish.
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2025-yil oktabr
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
“UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov),
Oliy sud
(B. Islamov),
Ichki ishlar vazirligi
(A. Tashpulatov)
2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish.
2025-yil dekabr
17.
Sudda ishtirok etuvchi shaxslardan ortiqcha maʼlumotlar talab etilishiga chek qoʻyish maqsadida “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida mavjud maʼlumotlarni sudlarning axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilish.
1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish.
2025-yil sentabr
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
“UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov),
Oliy sud
(B. Islamov)
2. Idoralararo integratsiyalashuv platformasida mavjud maʼlumotlarni sudlarning axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilish.
2025-yil dekabr
18.
Sud majlisi ishtirokchilari sud jarayonlarida hozir boʻlganini tasdiqlash jarayonini toʻliq raqamli shaklga oʻtkazish. Bunda sud majlisi ishtirokchilari sud tarkibiga va sudya tomonidan boshqa tushuntirishlarga roziligini barmoq skaneri yordamida tasdiqlash imkoniyatini yaratish.
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.
2026-yil aprel
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,
xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
“UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov),
Oliy sud
(B. Islamov)
2. Interaktiv xizmatni ishlab chiqish va joriy etish.
2026-yil noyabr
19.
Sudyalar va sud apparati xodimlarining raqamli savodxonligi va malakasini doimiy oshirib borish.
Reja-grafikni tasdiqlash.
2025 — 2027-yillar davomida
-
Sudyalar oliy kengashi
(X. Yodgorov),
Oliy sud
(B. Islamov),
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
(B. Maxkamov)
Izoh: loyihalarning baho qiymati loyiha hujjatlari tayyorlangandan va tasdiqlangandan, tender (tanlov) savdolari oʻtkazilgandan keyin aniqlanadi.
Chora-tadbirlarni moliyalashtirish mazkur farmon bilan 2025-yilda sud tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash xarajatlari uchun qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar hisobidan xamda xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning texnik yordam mablagʻlari va grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-son Farmoniga 3-ILOVA
2025 — 2030-yillarda sud sohasini raqamlashtirish hamda sud binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi komissiyasining
TARKIBI
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, komissiya raisi
B.D. Islamov
—
Oliy sud raisi, komissiya raisi oʻrinbosari
S.I. Samadov
—
Bosh prokuror oʻrinbosari
Sh.X. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
Sh.S. Xidoyatov
—
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri
A.Ya. Xaydarov
—
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
A.A. Xaydarov
—
Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi
A.J. Ortikov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
F.J. Pulatov
—
Kadastr agentligi direktori
S.Q. Eshquvvatov
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
A.A. Askarov
—
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi
M.M. Xodjayev
—
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi
S.G. Madiyarov
—
Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti direktori, komissiya kotibi
Izoh: Respublika ishchi komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-son Farmoniga 3a-ILOVA
2025 — 2030-yillarda sud sohasini raqamlashtirish hamda sud binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy ishchi komissiyaning
NAMUNAVIY TARKIBI
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Hududiy komissiya raisi
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari, Hududiy komissiya raisi oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari raislari
Lavozimi boʻyicha
—
viloyat prokurorining oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Kadastr agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari rahbarlari
Lavozimi boʻyicha
—
“Hududgaztaʼminot” AJning hududiy filiallari rahbarlari
Lavozimi boʻyicha
—
Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentning hududiy boʻlinmasi boshligʻi, Hududiy komissiya kotibi
Izoh: Hududiy ishchi komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4966-son Farmonining 5 va 6-ilovalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti markaziy apparatining
TUZILMASI
Direktor
Direktor oʻrinbosari
Yuriskonsult
1
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlari
Moliya-iqtisod boʻlimi
3
Ichki audit xizmati
1
Kapital qurilish va asosiy fondlardan foydalanish boʻlimi
3
Kadrlar boʻlimi
1
Markaziy buxgalteriya
3
Loyiha ishlari boʻlimi
2
Xaridlarni taʼminlash boʻlimi
3
Devonxona
1
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Izoh:
Jami boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 91 birlikni, shundan markaziy apparatda — 21 tani, hududiy boʻlimlarda — 70 tani tashkil etadi.
Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son Farmoniga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hududiy boʻlim boshligʻi
Buxgalteriya
2
Qurilish va asosiy fondlardan foydalanish boʻyicha bosh muhandis
1
Moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha bosh mutaxassis
1
Boshqaruv xodimlari soni 5 birlikni tashkil etadi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5482-son Farmonida:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining sudlarga murojaat etishda davlat bojlarini toʻlash boʻyicha amaldagi imtiyozlar va davlat bojlari stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”;
“Bunda Oliy sud matbuot xizmati rahbari, Sudyalar oliy maktabi direktori va uning oʻrinbosariga alohida mehnat sharoitlari uchun ustama toʻlanmaydi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-son Farmonida:
a) 1, 2, 4 va 9-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
TUZILMASI
Rais
Rais kotibiyati
(maslahatchi, bosh konsultant, katta konsultant)
3
Raisning birinchi oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisi
Rais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisi
Rais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisi
Rais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisi
Plenum kotibi
Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti
16
Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati
12
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati
20
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati
22
Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati
14
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt departamenti
30
Hayʼat kotibiyati
6
Hayʼat kotibiyati
12
Hayʼat kotibiyati
15
Hayʼat kotibiyati
7
Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi” hamda “Kuch adolatda” gazetasining birlashgan tahririyati
Ijro apparati
Apparat rahbari
Kadrlar boshqarmasi
10
Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi
14
Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi
6
Birinchi boʻlim
1
Ishlar boshqarmasi
11
Tashkiliy-nazorat boshqarmasi
15
Buxgalteriya
5
Xalqaro-huquqiy boʻlim
4
Izoh:
Jami boshqaruv xodimlari shtat birliklari soni — 229 ta , shu jumladan sudyalar — 73 ta .
Yordamchi shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻyicha bosh konsultant
1
Rais
Rais oʻrinbosari — fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi
Rais oʻrinbosari — jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi
Rais oʻrinbosari — iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati
5 — 13
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati
6 — 19
Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati
4 — 11
Sudya katta yordamchisi
6 — 14
Sudya katta yordamchisi
7 — 20
Sudya katta yordamchisi
5 — 12
Sud hujjatlari ijrosi monitoringi boʻlimi
0 — 2
Malaka hayʼati kotibi
1
Devonxona
3
Sud statistikasini tizimli tahlil qilish boʻlimi
1 — 3
Arxiv
3
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi
1-2
Kadrlar boʻlimi
1
Birinchi boʻlim
1
Katta mutaxassis
1-2
Izoh:
Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 962 birlikni, shundan sudyalar — 387 tani tashkil etadi.
Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining
TUZILMASI
Rais
Rais oʻrinbosari
1
Birinchi boʻlim boshligʻi
1
Sudya
5
Devonxona mudiri
1
Sudyaning katta yordamchisi
7
Malaka hayʼati kotibi
1
Arxiv mudiri
1
Bosh mutaxassis
1
Izoh:
Jami boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 19 birlikni, shundan sudyalar soni — 7 tani tashkil etadi.
Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 9-ILOVA
Tumanlararo iqtisodiy sudlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Rais
Rais oʻrinbosari
0 — 2
Devonxona mudiri
1
Sudya
5 — 17
Arxiv mudiri
1
Sudya yordamchisi
6 — 20
Izoh:
Jami boshqaruv xodimlarining soni — 14 — 42 birlikni, shundan sudyalar soni — 6 — 20 tani tashkil etadi.
Tumanlararo iqtisodiy sudlar boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 324 birlikni, shundan sudyalar soni — 148 tani tashkil etadi.
Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”
b) 11-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi “Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6134-son Farmonida:
“Boshqarma boshligʻi, Departament direktorining oʻrinbosari, bosh buxgalter” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
Boshqarma boshligʻi, Departament direktorining oʻrinbosari, bosh buxgalter, rais maslahatchisi
17
9,965
”;
“Rais maslahatchisi, boʻlim boshligʻi, Oliy sud Plenumi va Rayosati kotibiyati boshligʻi, malaka hayʼati kotibiyati boshligʻi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
Boʻlim boshligʻi, Oliy sud Plenumi va Rayosati kotibiyati boshligʻi, malaka hayʼati kotibiyati boshligʻi
16
6,490
”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3240-son qarorida:
“2. Belgilansinki, quyidagilar Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha davlat bojlari toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha jarimalar toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
ijro ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirilgan summaning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno.
Bunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ajratmalar miqdori haqiqiy tushum va xarajatlarni inobatga olib, 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrga qadar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilgan miqdorlarda belgilanadi. Belgilangan miqdorlardan ortiqcha tushgan mablagʻlar kelgusi yil dastur xarajatlarini moliyalashtirishda inobatga olinadi;
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar”;
jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha davlat bojlari toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha jarimalar toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
ijro ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirilgan summadan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno.
Bunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ajratmalar miqdori haqiqiy tushum va xarajatlar miqdorlarini inobatga olib, 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrga qadar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilgan miqdorlarda belgilanadi. Belgilangan miqdorlardan ortiqcha tushgan mablagʻlar kelgusi yil dastur xarajatlarini moliyalashtirishda inobatga olinadi;
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi”;
“sudlar, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga lavozim okladining bir baravari miqdorida (alohida sharoitlarini inobatga olinmagan holda) yilda beshta bayramlarga mukofot puli toʻlashga, sud organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga (uy-joy qurish va (yoki) sotib olish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat koʻrsatish);
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oliy sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentining yuqori malakali, tashabbuskor, xizmat majburiyatlarini halol va samarali bajarayotgan sudyalari va xodimlariga oylik mehnatga haq toʻlash fondining 100 foizigacha miqdorda ustama (pul taʼminoti) toʻlashga;
sudlar, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga lavozim maoshlariga 40 foizgacha har oylik ustama (pul taʼminoti) toʻlashga;
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar sudyalari va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga lavozim okladining bir baravari miqdorida (alohida mehnat sharoitlari inobatga olinmagan holda) yilda bir marta moddiy yordam toʻlashga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan belgilangan ustama va boshqa toʻlovlarni toʻlashga”;
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-471-son qarori 16-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2023-yil 1-yanvardan boshlab soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga kelib tushgan mablagʻlarning hamda mazkur jamgʻarmalarning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlarning 40 foizi har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi, bundan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar mustasno”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qarorida:
a) 4-ilovaning 56-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
b) 4a-ilovaning 56-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
v) 6-ilovaning 33 va 34-pozitsiyalari “Maʼlumot va hujjatlarni taqdim etuvchi idora” ustunidagi “Oliy sud” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-455-son qarorining 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi 2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan kelib tushgan mablagʻlarning hamda mazkur jamgʻarmalarning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlarning 40 foizini Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkazsin, bundan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar mustasno”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)