toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 7-fevralda hisobga olindi, hisob raqami 232]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 577-son “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2005-yil 7-dekabrdagi 67-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 1.04.03-05 “Turar joylar, kommunal va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qayta qurish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish toʻgʻrisida tartibi” shaharsozlik normalari va qoidalari;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1998-yil 1-dekabrdagi 81-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 3.01.08-99 “Turar-joy va jamoat binolarini hamda inshootlarni kapital taʼmirlashni tashkil qilish” qurilish meʼyorlari va qoidalari;
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2021-yil 28-apreldagi 97-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 1.04.05-20 “Koʻp xonadonli uylarda xonalarni rekonstruksiya qilish, oʻzgartirish va qayta uskunalash boʻyicha binolar xavfsizligini taʼminlash qoidalari” shaharsozlik normalari va qoidalari.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-yanvar,
14-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining raisi B. YUSUPALIYEV
2023-yil 11-dekabr
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2023-yil 18-dekabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2023-yil 26-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 14-son buyrugʻiga
ILOVA
SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) turar joy obyektlari, fuqaroviy obyektlar, shuningdek ishlab chiqarish obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish (kengaytirish, modernizatsiya qilish, qayta jihozlash, qayta tarhlash) va taʼmirlash ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha qoidalari bino va inshootlarning maxsus jihozlariga, sanitariya, yongʻinga qarshi hamda boshqa texnologik uskunalarni avtomatlashtirish qurilmalariga, inventar va koʻchma binolarga, shuningdek arxitektura, madaniy va tarixiy yodgorliklar sifatida tasniflangan binolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
QMQ 1.03.03-97 “Turar joy, jamoat bino va inshootlarini kapital taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishi tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”;
SHNQ 1.04.02-05 “Turar joy binolarini kapital taʼmirlash. Loyihalash meʼyorlari”;
QMQ 2.01.04-18 “Qurilish issiqlik texnikasi”;
SHNQ 3.01.01-22 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish”;
QMQ 3.01.09-97 “Kapital taʼmirlanishi tugallangan turar joy va jamoat binolari hamda inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalari”;
SanQvaN 0022-22 “Qurilish ishlarini tashkil qilish boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
bino va inshootlarni modernizatsiya qilish — binoning mavjud oʻlchamdagi foydalanish koʻrsatkichlarini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirishga qaratilgan qurilish-montaj ishlari majmuasi (bino, seksiyalar va kvartiralarning tarhiy yechim elementlarini oʻzgartirish, binoni yetishmayotgan muhandislik uskunalari bilan jihozlash, tizimlar va alohida konstruksiyalarni almashtirish);
joriy texnik xizmat koʻrsatish — qurilish elementlarining holatini va belgilangan parametrlarini, shuningdek binodagi texnik qurilmalarni ishlash rejimlarining saqlanib turishini taʼminlovchi ishlar majmui;
joriy taʼmirlash — binoning foydalanish koʻrsatkichlarini saqlab turish boʻyicha taʼmirlash ishlari majmui;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
ishlab chiqarish obyektlari — odamlar va texnologik asbob-uskunalar ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar taʼminlanadigan ishlab chiqarishni joylashtirish uchun moʻljallangan binolar hamda inshootlar;
kuchaytirish (mustahkamlash) — haqiqiy holat yoki loyiha koʻrsatkichlari bilan solishtirganda bino yoki qurilish konstruksiyasining va umuman inshootning yuk koʻtarish qobiliyati hamda foydalanish xususiyatlarini oshirishni taʼminlaydigan chora-tadbirlar majmui;
mukammal taʼmirlash — binoning ishonchliligini va unda qulay sharoitlarni taʼminlashga qaratilgan foydalanish koʻrsatkichlarini yaxshilagan holda qayta tiklash boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlari majmui;
nosozlik — elementning belgilangan foydalanish talablardan kamida bittasiga javob bermaydigan holati;
nuqson — qurilish elementini tayyorlash, montaj qilish yoki foydalanish qoidalari, meʼyorlar va texnik shartlarning buzilishi natijasida yuzaga keladigan nosozliklar;
rekonstruksiya qilish — asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) oʻzgartirish bilan bogʻliq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar majmui;
turar joy obyektlari — odamlar yashashi uchun moʻljallangan binolar, doimiy yashash uchun uy-joylar (xonadonlar), shuningdek vaqtincha yashash uchun yotoqxonalar, mehmonxonalar, maktab-internatlar, qariyalar uylari;
fuqaroviy obyektlar — madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, ilm-fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va tashkilotlarini, bank-moliya muassasalarini, qurilish-kommunal tashkilotlarini, aloqa hamda transport korxonalarini joylashtirish uchun moʻljallangan binolar va inshootlar;
shikastlanish — tashqi taʼsir (hodisa)lar tufayli yuzaga kelgan element yoki uning tarkibiy qismlarining nosozligi;
qisqa muddatli prognozlash — texnik koʻrik va tadqiqotlar maʼlumotlarini hisobga olgan holda uzoq muddatli prognozlarni aniqlashtirish va konkretlashtirishni, mavsumiy sharoitlarni hisobga olgan holda binoni foydalanishga tayyorlash boʻyicha ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar.
3. Mazkur SHNQda quyidagi qisqartmalar qoʻllanilgan:
QTL — qurilishni tashkil qilish loyihasi;
IBL — ishlarni bajarish loyihasi;
VBIvaqtinchalik bino va inshootlar.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlari QTL va texnologik xaritaga muvofiq tuzilgan taqvimiy reja asosida olib borilishi lozim.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish QMQ 1.03.03-97 va SHNQ 1.04.02-05 ga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
5. Obyektda qurilish ishlari sanitar, maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish ishlari tashkil qilingandan keyin boshlanishi kerak.
6. Qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini tashkil etishda, loyiha hamda ishchi hujjatlar talablariga, shuningdek qurilgan (taʼmirlangan) bino va inshootlarning energiya samaradorligi talablariga muvofiqligi hamda ularning ishlatilgan energiya resurslarini hisobga olish moslamalari (hisoblagichlar) bilan jihozlanishi va mazkur ishlarni bajarish jarayonida xavfsizlik choralari koʻrilishi lozim.
7. Qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha qurilishni tashkil etish loyihasida bajarilayotgan ishlarning barcha turlari uchun SHNQ 3.01.01-22 ning 1-ilovasida keltirilgan namunaga muvofiq jurnallar yuritilishi kerak.
8. Qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va mukammal taʼmirlanishi tugallangan obyektlarni topshirish hamda qabul qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish, bajarish ketma-ketligi QMQ 3.01.09-97da belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
4-bob. Qurilish ishlarini tashkil etish
1-§. Umumiy qoidalar
9. Qurilish ishlarini tashkil qilishda quyidagilarni taʼminlash lozim:
iqtisodiy samaradorligini, foyda olish va ustama sarf-xarajatlarini, boshqa limit xarajatlarini qisqartirishni;
bino, inshoot, tarmoq, boʻlim, qavatlarni hisobga olgan holda moddiy resurslarni taqvimiy reja va ish jadvali asosida yetkazib berishni;
qurilish-montaj ishlarini tartibli bajarish, mehnatni muhofaza qilish hamda texnik, yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishni;
atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga amal qilishni.
10. Obyekt qurilishi quyidagi ishlar bajarilgandan keyin amalga oshirilishi kerak:
qurilish uchun maydon (trassa) ajratish;
qurilish maydonini himoyalash vositalari bilan oʻrash;
qurilish uchun geodezik rejalash asosini barpo etish.
11. Bino va inshootlarni qurishdan oldin quyidagilarni amalga oshirish lozim:
maxsus ajratilgan joydagi yerni rekultivatsiya uchun ishlatiladigan gruntning oʻsimlik qatlamini kesishni;
yashil hududlardagi daraxt, buta va oʻsimliklarni saqlash, himoya qilish hamda zarar yetkazmasdan koʻchirib oʻtkazish choralarini koʻrishni;
suvni chetlatish ishlarini;
qurilishni tashkil qilish va ishlarni bajarish loyihalarida koʻrsatilgan, qurilish vaqtida foydalaniladigan asosiy va vaqtinchalik yoʻllar, muhandislik tarmoqlarini (kanalizatsiya, suv, issiqlik, elektr taʼminot va boshqalar) oʻtkazish ishlarini.
12. Bino yoki inshootning yerusti konstruksiyalari yoki ularning qismlarini qurish boʻyicha ishlarni boshlashda uning yerosti qismi qurilishi toʻliq tugamaguncha va xandaqlarni, transheyalarni, chuqurlarni (qazib olingan tuproqning tabiiy holatdagi zichligini yoki loyihada berilgan zichlikni taʼminlagan holda) qayta toʻldirish ishlari amalga oshirilmagunga qadar davom ettirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Qurilish maydonchasi tabiiy ofat va geologik jarayonlar (sel, koʻchki, botqoqlik, toshqin va boshqalar) xavfi mavjud boʻlgan hududda joylashganda qurilish uchun geodezik rejalash asosi barpo etilgandan soʻng maydoncha ichidagi tayyorgarlik ishlarini bajarishdan oldin, hududni maxsus loyiha asosida tabiiy ofat va geologik jarayonlardan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak.
2-§. Qurilish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish
14. Obyekt qurilishi boshlanishidan oldin QTLda rioya etilishini taʼminlagan holda, qurilish ishlari hajmidagi barcha tayyorgarlik ishlari, shuningdek umumiy tashkiliy-texnik tayyorgarlik hamda bosh pudratchi (pudratchi) tomonidan obyektni qurilishga tayyorlash ishlari bajarilishi lozim.
15. Umumiy tashkiliy-texnik tayyorgarlik ishlari mazkur SHNQning talablarini hamda quyidagilarni inobatga olish lozim:
qurilishni loyiha hujjatlari bilan taʼminlashni;
qurilish uchun maydon (trassa) ajratishni;
buzish kerak boʻlgan binodagi istiqomat qiluvchilar va tashkilotlarni koʻchirish ishlarini hal qilishni;
quruvchilarni oʻtish yoʻllari, elektr, suv va issiqlik, aloqa boʻlimi hamda ishchilarni maishiy xizmat xonalari bilan taʼminlashni;
qurilishga jihoz, konstruksiya, buyum va tayyor mahsulotlar yetkazib berishni.
16. Har bir obyektni qurishga tayyorlashda muhandis-texnik xodimlar tomonidan loyiha hujjatlarini (rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, obyektni mukammal taʼmirlash paytida bino va inshootlarni texnik tekshirish natijalari) oʻrganish, qurilish shartlari bilan batafsil tanishish, qurilish maydonidan tashqaridagi va ichkaridagi tayyorgarlik ishlari hamda binolar, inshootlar va ularning qismlarini qurish uchun IBLni ishlab chiqish, shuningdek atrof-muhit muhofazasi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda tayyorgarlik davri ishlarini bajarishni oʻz ichiga olishi lozim.
17. Qurilish maydonining tashqarisida bajariladigan tayyorgarlik ishlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
obyektga kirib kelish yoʻllari qurishni;
transformator podstansiyalari bilan elektr uzatish tarmoqlari oʻrnatishni;
suv toʻplash inshootlariga ega boʻlgan suv taʼminoti tarmoqlari oʻtkazishni, tozalash inshootlari bilan birgalikda oqova suvlarni oqizish kollektorlari oʻrnatishni;
quruvchilar uchun yashash joylari barpo etishni;
qurilishni boshqarish uchun aloqa inshootlari va qurilmalar qurishni.
18. Qurilish maydonining ichkarisida bajariladigan tayyorgarlik ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
qurilish uchun geodezik rejalash asosini topshirish-qabul qilish ishlari;
qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun qurilish maydonchasini boʻshatish (hududni tozalash, keraksiz binoni buzish va boshqalar), hududni tekislash, grunt suvlari sathini pasaytirish (zarur boʻlgan hollarda);
qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq vaqtinchalik muhandislik tarmoqlarini yotqizish;
doimiy va vaqtinchalik yoʻllarni, zarur boʻlgan hollarda kirish-nazorat rejimini tashkil etish;
omborxona, yordamchi, maishiy va ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi bino va inshootlarni joylashtirish, ombor maydonchalarini hamda materiallar, konstruksiyalar va uskunalar uchun xonalarni tashkil etish;
ishlar bajarilishini tezkor-dispetcherlik boshqarish uchun aloqa tizimini tashkil etish;
qurilish maydonchasini yongʻinga qarshi suv taʼminoti va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari, yoritish hamda signalizatsiya vositalari bilan taʼminlash.
19. Qurilish maydonining ichkarisida bajariladigan tayyorgarlik ishlari qurilish-montaj ishlari boshlanishidan oldin bajarilishi kerak.
20. Noyob va alohida muhim obyektlar qurilishiga tayyorgarlik koʻrish, (seysmometrik, gidrogeologik, geokimyoviy, geodezik, marksheyderlik, meteorologik, tenzometrik, glyatsiologik va boshqalar) kuzatuvlarni tashkil etish ishlarini, shuningdek sinov poligonlari, metrologik punktlar va oʻlchash stansiyalarini qurish ishlari bajarilishi lozim.
21. Qurilish-montaj ishlarini bajarishga tayyorgarlik koʻrishda pudrat tashkiloti tomonidan quyidagi tashkiliy tadbirlar amalga oshiriladi:
brigadalarni talab darajasidagi kichik mexanizatsiya vositalari, asboblar, oʻlchash va boshqarish vositalari, montaj uskunalari bilan taʼminlash uchun asbob-uskunalar xoʻjaligini tashkil etish;
yirik konstruksiyalarni yigʻish maydonchalarini jihozlash;
qurilish konstruksiyalari, mahsulotlari va materiallarining zaruriy zaxirasini tashkil etish;
ish joylariga qurilish mashinalari, mexanizatsiyalashgan koʻchma (mobil) va energetik qurilmalarni yetkazib berish yoki koʻchirib oʻtkazish.
3-§. Qurilish maydonchasi
22. Qurilish maydonchasining chegaralari qurilish bosh tarhida yoki situatsion tarhda koʻrsatiladi.
23. Obyektlarni qurishda montaj kranlari va boshqa vositalar asosiy uchta texnik parametrlar boʻyicha tanlanadi:
yukni koʻtarish balandligi;
montaj krani oʻqining uzunligi;
montaj ishlarini bajarish samaradorligining koʻrsatkichlari.
24. Pudratchi qurilish jarayoni davomida qurilish maydonchasini va unga tutash boʻlgan hududning kamida 5 m maydonini doimiy tozalashni, maishiy va qurilish chiqindilarini, shuningdek qorni oʻz vaqtida olib chiqilishini taʼminlashi lozim.
25. Qurilishni amalga oshiruvchi bosh pudratchi (pudratchi) shahar hududida joylashgan qurilish maydonchasida yoki ularning chiqish joylarida transport vositalari gʻildiraklarini yuvish punktlarini, shuningdek chiqindi yigʻish qurilmalari yoki bunkerlarni joylashtirishi lozim.
26. Yoritish tizimi buzilganda, inson salomatligi yoki xavfsizligi uchun xavf tugʻdiradigan joyda qoʻshimcha ravishda ikkilamchi yoritish tizimi bilan taʼminlanishi kerak.
27. Qurilish maydonchasini videokuzatuv qurilmalarini oʻrnatish uchun joylar, tayanchlar hamda uzluksiz ishlashi uchun texnik vositalar bilan taʼminlashi lozim.
4-§. Vaqtinchalik bino va inshootlar
28. Qurilish ehtiyojlari uchun VBI qurilishni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan qurilish maydonchasida yoki chiziqli obyektlarning chekka qismlarida quriladi (oʻrnatiladi) va ular qurilish tugaganidan keyin olib tashlanishi, bunda VBI asosan mobil (inventar) boʻlishi kerak.
29. Qurilish maydonchasida joylashtiriladigan VBI tarkibi QTL tarkibidagi qurilish bosh tarhida belgilanishi zarur.
30. Qurilish ehtiyojlari uchun foydalanishga moslashtirilgan mavjud bino va inshootlar hamda ulardagi alohida xonalar maishiy, ishlab chiqarish, maʼmuriy va turar joy binolarga, inshootlarga oid amaldagi qurilish, yongʻin, sanitariya-epidemiologiya normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
31. Quruvchilarning maishiy shaharchalari, ishchilarning dam olish va oʻtish joylari SanQvaN 0022 qoidalariga muvofiq xavfli zonalardan tashqarida joylashtirilishi kerak.
5-§. Qurilish obyektlarini buzish
32. Obyektni buzish ishlari buzilishi rejalashtirilgan bino va inshootlar roʻyxatini tuzish, quruvchilarning, aholining, atrof-muhit va muhandislik infratuzilmasining, shuningdek yerosti kommunikatsiya tarmoqlarining xavfsizligini taʼminlagan holda buzish boʻyicha zarur texnik yechimlarni oʻz ichiga olgan buzish yoki demontaj ishlarini tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
33. Obyektni buzishdan oldin texnologik va maxsus jihozlar, nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatika, muhandislik tizimlari, muhandislik uskunalari, sanitariya-texnik tarmoqlari, eshik va derazalar, balkonlar, zinapoya mashrlari va panjaralarning toʻsiqlari demontaj qilinadi.
5-bob. Rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini tashkil etish
1-§. Umumiy qoidalar
34. Mavjud bino va inshootlarda olib boriladigan qurilish ishlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
rekonstruksiya qilish;
mukammal taʼmirlash;
joriy taʼmirlash.
35. Ishlarni bajarish muddatining davomiyligi 6 oydan ortiq boʻlgan hajmli va tekislik obyektlarini, shuningdek ishlarning davomiyligidan qatʼi nazar, chiziqli obyektlarni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni loyihalashda, qurilishni tashkil etish loyihasi loyiha hujjatlarining bir qismi sifatida ishlab chiqilishi kerak.
36. Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish yoki taʼmirlash quyidagi mezonlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim:
har qanday rekonstruksiya yoki taʼmirlash binoning foydalanish xususiyatlari, xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi, mavjud sanitariya-gigiyena talablari darajasini pasaytirishga olib kelmasligi;
taqiqlanmagan materiallarni qoʻllash yoki asbob-uskunalarni oʻrnatishda ushbu material yoki uskunani xavfsiz oʻrnatish bilan bogʻliq standartlar qoidalariga rioya qilinishi.
Shuningdek, bino yoki inshootning rekonstruksiya qilinmagan, oʻzgartirilmaydigan yoki taʼmirlanmaydigan qismlari yangi qurilgan bino yoki inshootlarga nisbatan qoʻllaniladigan talablarga muvofiq boʻlishi talab qilinmaydi.
Almashtiriladigan material yoki asbob-uskunalar shunga oʻxshash material yoki oʻsha quvvatdagi uskunalar bilan almashtirilishi mumkin.
37. Bino, inshootlar yoki ularning elementlarini taʼmirlash muddatlarini aniqlash texnik kuzatuvlar natijasida belgilanishi kerak.
2-§. Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish
38. Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish kompleks va qisman turlarga boʻlinadi.
39. Kompleks rekonstruksiya qilishda bino yoki inshootlarning barcha eskirgan va shikastlangan qismlari, konstruksiyalari va jihozlari tiklanadi yoki yangilanadi.
Shuningdek, asosiy, yordamchi va xizmat koʻrsatish maqsadlaridagi obyektlarning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash uchun mavjud bino hamda inshootlarni kengaytirmasdan rekonstruksiya qilish, muhandislik tizimlarini almashtirish, poydevorni tiklash, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni mustahkamlash, tomni almashtirish, obodonlashtirish darajasini yaxshilash ishlari amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
40. Bino yoki inshootni qisman rekonstruksiya qilishda umumiy texnik holati qoniqarli boʻlishi, bunda texnologik liniyalarni shuningdek bino va inshootning alohida elementlarini almashtirilishi koʻzda tutilishi kerak.
41. Fuqaroviy va ishlab chiqarish binolari hamda inshootlarini rekonstruksiya qilishda quyidagi ish turlari bajarilishi lozim:
gabarit oʻlchamlari va texnik tavsiflarini oʻzgartirish bilan obyektni toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish;
qoʻshimcha qurilish ishlarini amalga oshirish (qoʻshimcha qavat yoki qoʻshimcha bino qurish);
barcha muhandislik kommunikatsiyalarini rekonstruksiya qilish yoki toʻliq almashtirish;
yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni mustahkamlash;
binoni qayta jihozlash.
Bino va inshootlarning holatiga koʻra obyektlarni rekonstruksiya qilish vaqtidagi ishlarning tarkibiga bino va inshootlarni mukammal taʼmirlashda bajariladigan zarur ishlar ham kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
42. Ishlab chiqarish obyektlarini texnik qayta jihozlash ilgʻor texnika va texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, eskirgan asbob-uskunalarni yangi va samarador asbob-uskunalar bilan almashtirish, shuningdek sanoatning ayrim tarmoqlari (alohida ishlab chiqarishlar), sexlari va uchastkalarining texnik-iqtisodiy darajasini oshirish, umumiy korxona jihozlari va yordamchi xizmatlarni yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi kerak.
43. Ishlab chiqarish obyektlarini kengaytirish ishlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi zarur:
mavjud korxona (tuzilma)da qoʻshimcha ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va yaratishni;
alohida sexlar hamda yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi inshootlarni yangilarini qurishni.
44. Ishlab chiqarish obyektlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash loyihalash topshirigʻi sanoatning texnologik xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim.
45. Asosiy ishlab chiqarishni toʻxtatish muddati (ish loyihasi) qayta taʼmirlash loyihasi va ishlab chiqarish loyihalari bilan belgilanishi kerak.
46. Ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilishda, shuningdek qurilish va foydalanish ishlarni bajarishda obyektning ichki transport kommunikatsiyalari, muhandislik tarmoqlari hamda yuk koʻtarish jihozlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Shuningdek, ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilishda texnologik transport vositalari va kommunikatsiya, jihoz, muhandislik tarmoqlarini tekshirish maʼlumotlarini, demontaj va qurilish-montaj ishlari (gazlanish, changlanish, portlash va yongʻin xavfsizligi, kuchli shovqin va boshqalar) shartlarini hisobga olish lozim.
47. Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishda quyidagilarni amalga oshirish lozim:
qurilish-montaj ishlarini bajarish hajmi, texnologik tartibi, muddatlari hamda ularni qayta taʼmirlash ishlarini bajarilishi;
shikastlanish holatlari mavjud obyektlarda quruvchi va foydalanuvchilar uchun xavfsiz harakatini hisobga olinishi;
konstruksiyalar ajratmasini hamda muhandislik tarmoqlarini oʻzgartirish yoki ishlab chiqish, vaqtinchalik suv, elektr taʼminoti va ularning ulanish joylarini aniqlanishi;
buyurtmachi xizmatlari va ishlab chiqarish vaqtida quruvchilar tomonidan foydalanilishi mumkin boʻlgan texnik vositalar roʻyxati tuzilishini;
rekonstruksiya qilinayotgan ishlab chiqarish obyekti hududida jihoz va materiallarni but va birinchi galda yetkazish, yuk va qurilish texnikasini tashish va taxlashni tashkil etishni hamda mobil (inventar) bino va inshootlarni joylashtirish shartlarini aniqlanishi.
3-§. Bino va inshootlarni mukammal taʼmirlash
48. Bino (inshoot)larda taʼmirlash ishlari amalga oshirilgandan soʻng mukammal taʼmirlash ishlarining tarkibi undan foydalanishga oid boʻlgan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
49. Mukammal taʼmirlash ishlari konstruktiv va kompleks turlarga boʻlinadi.
50. Mukammal taʼmirlash vaqtida bino yoki obyektni modernizatsiyasi (tarhiy yechimni yaxshilash, xizmatlar soni va sifatini oshirish, yetishmayotgan muhandislik uskunalari turlari bilan jihozlash) qilishga yoʻl qoʻyiladi.
51. Konstruktiv taʼmirlashda alohida konstruksiyalar, uzellar yoki konstruksiyalarning elementlarini tanlash asosida yoki toʻliq almashtirish ishlari bajarilishi lozim.
52. Kompleks taʼmirlash vaqtida binoning barcha shikastlangan (eskirgan) konstruksiyalari va jihozlari birgalikda tiklanishi, shuningdek quyidagi ishlar amalga oshirilishi mumkin:
xonalarning ichki qayta tarhlanishi;
kommunal xizmatlar bilan taʼminlash darajasi oshirilishi;
bino va obyektlarni yetishmayotgan yoki yangi turdagi muhandislik uskunalari bilan jihozlash;
hovli ichidagi muhandislik tarmoqlarini shartli-magistral quvur oʻtkazgichlarga va ulardagi inshootlarga (nasos stansiyalari, issiqlik punktlari, gidravlik taqsimlash stansiyalari va boshqalarga) ulash chegaralarida yotqizish.
Bino va inshootlarni modernizatsiya qilishda bajariladigan asosiy ishlar roʻyxati ushbu SHNQning 1-ilovasida keltirilgan.
53. Binolarni mukammal taʼmirlashda mavjud binoni modernizatsiya qilish hamda muhandislik uskunalari tizimlarining elementlari yoki bino va obyektlarning qismlari (foydalanish ishlari bilan shugʻullanuvchi xodimlar uchun xonalar, inventar buyumlarni saqlash uchun xonalar, alohida turuvchi nasos stansiyalari, kompressorlar, telekommunikatsiya qurilmalarni joylashtirish uchun xonalar) sifatida qaraladigan yordamchi va xizmat koʻrsatish vazifalarini bajaruvchi yangi bino va inshootlarni qurishga yoʻl qoʻyiladi.
54. Binoni konstruktiv taʼmirlash qisqa muddatli prognozlash asosida yoki konstruktiv elementlarda va muhandislik tizimlarida toʻsatdan (kutilmaganda) yuzaga kelgan shikastlanishlarni tezkor tuzatish orqali amalga oshirilishi kerak.
55. Bino va inshootlarni mukammal taʼmirlash turi (qisqa, uzoq va konstruktiv) ularni tekshirish natijalari, bino, muhandislik jihozlari hamda tashqi obodonlashtirish dalolatnomalari, binoning texnik pasporti, shu jumladan yer uchastkasi dalolatnomasi, bino va inshootlarning tarhiy hamda konstruktiv xususiyatlari asosida, shuningdek ilgari oʻtkazilgan taʼmirlash ishlari orasidagi muddatlarga muvofiq belgilanishi kerak.
56. Mukammal taʼmirlash vaqtida quyidagi turdagi ishlar bajarilishi lozim:
bino va inshootlarni (energetik va texnik) tekshirish, ishchi chizmalarini tayyorlash va yuk koʻtaruvchi muhim konstruksiyalarni mustahkamlash boʻyicha loyihaviy (konstruktorlik) hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan ishchi loyihani tayyorlash;
bino va inshootlarning barqarorligini tiklash, oshirish, seysmik mustahkamlash, bino va inshootlarning eskirgan elementlarini, ularning jihozlarini almashtirish boʻyicha taʼmirlash-qurilish ishlari;
eskirgan konstruksiyalar va qismlarning nosozliklarini bartaraf etish;
tiklash yoki foydalanish va issiqlikdan himoya qilish hamda mustahkamlik xususiyatlarini oshiradigan va tejamkor konstruksiyalar qismlar bilan almashtirish;
binoning isitish tizimini taʼmirlash (toʻsuvchi konstruksiyalarning issiqlikdan himoya qilish xususiyatlarini yaxshilash boʻyicha ishlar);
muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini almashtirish;
birlashtirilgan shamollatilmaydigan tomlarni shamollatiladigan qilib rekonstruksiya qilish (ishchi chizmalarga muvofiq).
57. Oʻtkazilgan mukammal taʼmirlash ishlarining natijalarini binoning texnik pasportlarida qayd qilish lozim.
58. Mukammal taʼmirlash vaqtida bajariladigan ishlar roʻyxati ushbu SHNQning 2-ilovasida keltirilgan.
4-§. Rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlarini bajarish tartibi
59. Rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlarini bajarishga tayyorgarlik koʻrish bosqichida eskirgan konstruksiyaviy elementlarni, xizmat muddati tugagan muhandislik tarmoqlari hamda uskunalarni boʻlaklarga ajratish va almashtirish boʻyicha ishlarni, shuningdek obyektni taʼmirlashda qatnashuvchi barcha ishtirokchilarning oʻzaro bogʻlangan faoliyatini rejali olib borilishini taʼminlash lozim.
60. Rekonstruksiya va mukammal taʼmirlashda umumiy tashkiliy-texnik tayyorgarlik koʻrish bosqichi quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
taʼmirlanadigan binoda sanitariya-texnik, elektr va gaz qurilmalarini asosiy tarmoqlardan uzish;
xavfli uchastkalarni toʻsiqlar bilan oʻrab chiqish;
taʼmirlanadigan obyektlarni kirish yoʻllari, demontaj qilingan konstruksiyalar va qurilish chiqindilarini hamda yangi qurilish materiallari va buyumlarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek vaqtinchalik elektr va suv taʼminoti tarmoqlari bilan taʼminlash;
obyektning boʻshagan maydonlarini, ishchilarga maishiy xizmat koʻrsatish xonalarini joylashtirish hamda qurilish materiallari va santexnika uskunalarini saqlash uchun moslashtirish.
61. Yirik obyektlarni (koʻp blokli binoni, shuningdek ish faoliyati toʻliq toʻxtatilmaydigan, istiqomat qiluvchilarni toʻliq koʻchirib yuborishni imkoni boʻlmagan binoni) mukammal taʼmirlash alohida bloklar, seksiyalar, podyezdlar boʻyicha bajarilishi, bunda mazkur obyektlar boʻyicha mukammal taʼmirlashni tashkil qilish loyihalarida mukammal taʼmirlashning kalendar muddatlarini belgilash, santexnika uskunalarini keltirish, alohida bloklar, seksiyalar, podyezdlar boʻyicha qurilish materiallariga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash lozim.
62. Qurilish-taʼmirlash maydonchasida muhandislik tarmoqlari, kirish hamda piyodalar yoʻlkalari, toʻsiqlar, foydalaniladigan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari, shuningdek buzish va demontaj ishlari bajarilgandan keyin chiqqan yaroqli materiallar hamda mahsulotlar but holatda saqlanishi lozim.
63. Ishlar tugallangandan soʻng maydonni vaqtinchalik inshootlardan boʻshatish, qurilish chiqindilaridan tozalashni oʻz vaqtida amalga oshirish hamda ushbu hududlarda foydalanuvchilar harakatlanishi hamda dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratilishi lozim.
5-§. Bino va inshootlarni joriy taʼmirlash
64. Bino va inshootlarni joriy taʼmirlash ishlari qurilishi yakunlangan hamda foydalanishga topshirilgan obyektlarni foydalanish boshlangandan, ularni mukammal taʼmirlash zaruriyati yuzaga kelgunga qadar boʻlgan muddatda amalga oshiriladi, bunda bino va obyektlarni joriy taʼmirlashda ularning oʻziga xos konstruktiv jihatlari hamda foydalanish rejimlarini hisobga olish lozim.
Bino va uning elementlarini navbatdagi taʼmirlash hamda qurilish ishlarini olib borishga qadar samarali foydalanishning hisobiy-minimal davomiyligi ushbu SHNQning 3-ilovasida keltirilgan.
65. Joriy taʼmirlash obyektlari uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish talab qilinmasligi, bunda ishlar buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan nuqsonlarga oid dalolatnomaga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
66. Bino va inshootlarni joriy taʼmirlash rejali va rejadan tashqari turlarga boʻlinadi.
Bino va inshootlarni joriy taʼmirlash boʻyicha asosiy ishlar roʻyxati ushbu SHNQning 4-ilovasida keltirilgan.
67. Rejali joriy taʼmirlash qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlash asosida tuzilgan grafik boʻyicha olib boriladi.
68. Rejadan tashqari joriy taʼmirlash binoning konstruktiv elementlari va muhandislik uskunalarining tizimlari (tarmoqlari)da kutilmagan tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelgan shikastlanishlarni tezkor tuzatish maqsadida amalga oshiriladi.
69. Bino va inshootlarni joriy taʼmirlash vaqtida muhandislik tarmoqlarini taʼmirlash talab etilmasa, joriy taʼmirlash binoga texnik xizmat koʻrsatishni, shuningdek issiqlik, suv, energiya taʼminotini toʻxtatmasdan amalga oshiriladi.
70. Bino bir butun sifatida mukammal taʼmirlashga ehtiyoj boʻlmasa, joriy taʼmirlash ishlari mukammal taʼmirlash deb tasniflanadigan alohida ishlarni (binoning konstruktiv elementlarini almashtirish va modernizatsiya qilishni nazarda tutuvchi ishlar bundan mustasno) yoʻl qoʻyiladi.
6-bob. Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda xavfsizlik talablari
1-§. Seysmik hududlarda joylashgan bino va inshootlarga qoʻyiladigan talablar
71. Nuqsonlarga ega boʻlgan va shikastlangan bino yoki inshootlarda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
rekonstruksiya qilinadigan konstruksiyalarda, ushbu konstruksiyalarning yuk koʻtaruvchi qobiliyatini baholamagan holda, devor yoriqlari va ustki shikastlanishlarni yopib tashlashga;
devorlar yoki poydevorlardagi muhandislik kommunikatsiyalarining kirish joylarini mahkam yopib tashlashga;
7 — 10 ballik seysmik zonalarda gaz plitalarini (polga yoki devorga) mahkamlanmagan holda qoldirishga;
deformatsion va antiseysmik choklarni beton yoki devor terish yoʻli bilan mahkam yopib tashlashga;
temir-beton elementlarning (ustunlar, rigellar, panellar, antiseysmik kamarlar va boshqalar) armaturasini ochib tashlashga (agar konstruksiyani mustahkamlash zaruriyati bilan yuzaga keltirilmagan boʻlsa);
72. Oʻta murakkab obyektlarni zilziladan soʻng tiklashda, eski bino va inshootlarning zilzilabardoshliligini oshirish uchun rekonstruksiya qilishda mavjud konstruksiyalarni taʼmirlash jarayonida ular ochilgandan soʻng ularning laboratoriya va instrumental sinov tahlillarining natijalariga ega boʻlish.
2-§. Shaharsozlik talablari
73. Turar joy binolariga tutash hududni (uchastkani) obodonlashtirishda, shu jumladan asfalt hamda toshli konstruksiyalarni yotqizishda, koʻkalamzorlashtirish tashkil etilishi, kichik arxitekturaviy shakllarni joylashtirishda piyodalarning xavfsiz harakatlanishi, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrindiqli aravachalarga moʻljallangan panduslar bilan taʼminlanishi, shuningdek uchastka hududiga kirishi mumkin boʻlgan transport turlarining erkin harakatlanishi va burilish imkoniyatlari taʼminlanishi lozim.
74. Rekonstruksiya yoki taʼmirlash ishlari olib borilayotgan hududda piyodalar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun doimiy sharoitlar yaratilishi, jumladan:
qurilish materiallari yoki jihozlar koʻchada yoki boshqa jamoat joylariga joylashtirilmasligi;
piyodalar yoʻlkasi ishlar olib borilayotgan hududga ulangan boʻlsa, u har doim piyodalar harakati uchun (xavfsizlik choralari taʼminlangan xolda) ochiq boʻlishi;
qurilish ishlari tufayli piyodalar yoʻlkasining yopilishi talab etilsa, hech qanday toʻsiqlar boʻlmagan vaqtinchalik piyodalar yoʻlkasi oʻrnatilishi lozim.
7-bob. Qurilish-taʼmirlash ishlarining moddiy-texnik taʼminoti
75. Kirish nazorati orqali oʻrnatilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan materiallar, mahsulotlar, konstruksiyalar, yarim tayyor mahsulotlar, uskunalar alohida ajratilgan holda saqlanishi va markalanishi hamda ushbu materiallar, mahsulotlar va asbob-uskunalarni qoʻllash bilan bajarilayotgan ishlarni amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
76. Loyiha-smeta hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar loyiha tashkiloti tomonidan maʼqullanganda, loyiha-smeta hujjatlarida koʻrsatilgan tur, marka, fizik-mexanik va geometrik xossalardan farq qiluvchi xossalarga ega boʻlgan materiallar qoʻllanilishi mumkin.
8-bob. Bino va inshootlarga texnik xizmat koʻrsatish
77. Bino va inshootlarga texnik xizmat koʻrsatish vazifalariga quyidagilar kiradi:
joriy texnik xizmat koʻrsatish, shu jumladan bino (inshoot), uning elementlari va tizimlarini mavsumiy ishlashga tayyorlash;
joriy va mukammal taʼmirlashni oʻz ichiga olgan taʼmirlash xizmati tizimi.
Bino va inshootlarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha asosiy ishlar roʻyxati ushbu SHNQning 5-ilovasida keltirilgan.
78. Texnik xizmat koʻrsatish jarayonida bino va obyektlardan foydalanish xizmat koʻrsatish muddatlarini uzaytirish hamda qulaylik darajasini oshirish maqsadida fizik va maʼnaviy jihatdan eskirgan konstruktiv elementlarni va muhandislik uskunalar tizimlarini almashtirilishi lozim.
Uy-joy (kvartira)larni qayta tarhlash va qayta jihozlash binodagi yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar mustahkamligi va zilzilabardoshligining pasayishiga yoki ushbu konstruksiyalarning buzilishiga olib kelsa, bunda qayta tarhlash va qayta jihozlash ishlarini olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Uy-joy (kvartira) egalari uchun yaratilgan qulay va shinam sharoitlar darajasini yanada oshirish maqsadida kvartiralarni qayta tarhlash va qayta jihozlashni kiritgan holda konstruktiv elementlar hamda muhandislik tizimlarining birgalikda (qoʻshma tarzda) olib boriladigan modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga yoʻl qoʻyiladi.
79. Bino va obyektlarga texnik xizmat koʻrsatishda yashash va yashash uchun moʻljallanmagan xonalarga (kvartiralar orasidagi zinapoyalar, liftlar, yoʻlaklar, tomlar, texnik yertoʻlalar va umumiy foydalanishdagi boshqa obyektlar, muhandislik uskunalari va hovli oldi hududlarni obodonlashtirish elementlarini, kichik hovli muhandislik tarmoqlari) joriy xizmat koʻrsatish, ushbu xonalarni joriy va mukammal taʼmirlash va saqlash boʻyicha ishlarni oʻz ichiga olishi kerak.
80. Rejali koʻriklarning davriyligi ushbu SHNQning 6-ilovasida, aniqlangan nosozliklarni tuzatish muddatlari esa mazkur SHNQning 7-ilovasida keltirilgan.
81. Umumiy texnik koʻriklar bahor va kuzda (kuz va qish mavsumi boshlanishidan oldin va ushbu mavsum oxirida) oʻtkazilishi, bahorgi texnik koʻrikda binoning oldingi kuz-qish mavsumidagi foydalanish jarayonida aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishi, shuningdek joriy yilda taʼmirlash-qurilish ishlarini rejalashtirish uchun ishlar hajmi belgilanishi kerak.
Kuzgi texnik koʻrikda binoning kuz-qish mavsumida tayyorligi tekshiriladi va taʼmirlash-qurilish ishlari hajmi aniqlanishi lozim.

SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalariga

1-ILOVA

Bino va inshootlarni modernizatsiya qilishda bajariladigan asosiy ishlar roʻyxati
1. Binoning barcha elementlarini termik qarshiligi (issiqlik modernizatsiyasi) boʻyicha QMQ 2.01.04-18 talablariga javob beradigan holatga keltirish
2. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun binoga kirish joylarini, shuningdek yuk koʻtarish qurilmalari bilan jihozlangan kirish joylarini qurish.
3. Turarjoy binolarining tomlarini rekonstruksiya qilish, tomning konstruktiv yechimini oʻzgartirish (masalan, foydalaniladigan xonalarni qurmasdan yassi tomlarni nishabli tomlarga almashtirish).
4. Qoʻshimcha deraza oʻrinlarini va binoga kirish uchun yangi kirish joylarini qurish.
5. Isitish tizimlarini rekonstruksiya qilish.
6. Ventilyatsiya va havoni konditsionerlash tizimlarini rekonstruksiya qilish yoki yangitdan qurish.
7. Sovuq va issiq suv taʼminoti, tashqi va ichki yongʻinga qarshi suv taʼminoti, isitish, kanalizatsiya, gaz taʼminoti tizimlari bilan jihozlash ishlari (ularni mavjud magistral tarmoqlariga ulagan holda).
8. Kuchaytiruvchi nasos stansiyalari, issiqlik uzellari, qozonxonalarni qurish.
9. Avtomatik yongʻin oʻchirish tizimlarini, yongʻin signalizatsiyasi, yongʻin haqida xabar berish, yongʻin va favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda odamlarni evakuatsiya qilish toʻgʻrisida ogohlantirish va evakuatsiya qilish, tutunga qarshi shamollatish tizimlarini qurish (modernizatsiya qilish).
10. Mavjud elektr taʼminoti tarmogʻini elektr jihozlarining butun tarmogʻini almashtirish bilan (zarur boʻlgan hollarda) yuqori hisobiy yuklamalarga oʻtkazish.
11. Past kuchlanishli telefon tarmoqlari va kabel televideniyasi tarmoqlarini oʻtkazish, eshiklarga kodli qulflar va domofonlarni oʻrnatish.
12. Lift shaxtasi, mashina boʻlimining konstruktiv yechimlarini, toʻxtash punktlari sonini, muhandislik taʼminotini oʻzgartirish bilan liftlarni almashtirish (modernizatsiya qilish).
13. Yashindan himoya qilish, yerga ulanish, potensiallarni tenglashtirish tizimlari va elektr energiyasini nazorat qilish hamda hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlarini yoʻlga qoʻyish.
14. Binoni shovqin va tebranishlardan himoya qilish.
15. Avtoturargohlarni tashkil etgan holda hovli oʻtish joylarini kengaytirish, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun toʻxtash joylarini tashkil etish.
16. Modernizatsiya ishlari bilan birgalikda olib boriladigan joriy va mukammal taʼmirlashda bajariladigan ishlar.

SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalariga

2-ILOVA

Bino va inshootlarni mukammal taʼmirlash davrida bajariladigan ishlar roʻyxati
Poydevorlar va yertoʻlalar
1. Binoning tashqi va ichki devorlari hamda ustunlari ostidagi poydevorlarni qisman qayta terish va kuchaytirish.
2. Poydevorning yertoʻla tomonidan gʻisht bilan pardozlab terilgan devorlarining ayrim joylarini (bitta joyda 10 tadan ortiq gʻishtni qayta terish bilan) taʼmirlash.
3. Gʻishtli sokollarni qayta terish.
4. Sokol va yertoʻla qavatlari derazalarining oldidagi chuqurlarning devorini qisman yoki toʻliq qayta terib chiqish.
5. Yertoʻla xonalari poydevorlarining gidroizolyatsiyasini qurish yoki taʼmirlash.
6. Poydevor ostidagi gruntni suv bilan yuvilib ketishi (nurash, yemirilish) yoki namlanishdan himoya qilish maqsadida bino perimetri boʻyicha yangi qiya nishabli yoʻlka (otmostka) yotqizish.
7. Mavjud drenaj tizimini tiklash yoki taʼmirlash, shuningdek yangi drenaj tizimini yoki binoning poydevorlari va devorlari tomon oqadigan suvni qaytarish ariqchalarini qurish.
Devorlar
8. Tosh devorlarni taʼmirlash va sokol hamda devorlarning toshli pardoz qoplamasini (bir joyda 10 tadan ortiq pardoz plitkalarini terish bilan) taʼmirlash.
9. Yemirilgan yoki tushib ketgan gʻishtlarni (bir joyda 10 tadan ortiq) terish.
10. Gʻishtli tashqi (binoning ustki qurilgan qismi bilan bogʻlanmagan) devorlarni toʻliq yoki qisman qayta terib chiqish va mahkamlash.
11. Devorlarni tarang tortqilar va metall bogʻlovchilar bilan mustahkamlash.
12. Gʻisht devorlardagi yoriqlarni shu devorlardagi eski gʻisht terilmasini oʻyish va tozalash bilan toʻldirish hamda choklarni bogʻlagan holda yangi gʻisht terilmasini tashkil qilish.
13. Poydevorning yuqori sathi boʻylab butun gorizontal tekislikka yotqizilgan gidroizolyatsiya qatlamini tiklash.
14. Eski karnizlar, parapetlar, xavfsizlik devorlari, yertoʻla deraza oldi chuqurlari va devorlarning chiqib turuvchi qismlarining gʻishtlarini qayta terish.
15. Foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan deraza va eshiklarni almashtirish.
16. Binoning eskirgan yogʻoch, tunuka va boshqa materiallardan ishlangan qoplamalari va qumli, chaqiq toshli, betonli va boshqalar toʻshamalarini almashtirish.
17. Devorlarning yogʻochdan ishlangan karkaslarini yangi materiallardan foydalangan holda taʼmirlash.
18. Binoda poydevor tayanchlari orasidagi toʻldirmalarni zarur boʻlgan qoplamalarni oʻrnatish va sokol oldiga toʻshamalar yotqizish bilan almashtirish.
19. Derazalar orasidagi eskirgan devorlarni va gʻishtdan tiklangan ustunlarni qayta terish, taʼmirlash yoki kuchaytirish.
20. Kontrforslarni va devorlarni mustahkamlovchi boshqa qurilmalarni taʼmirlash yoki kuchaytirish.
21. Binoning ustki qurilmalari bilan bogʻlanmagan tashqi va ichki gʻishtli, temir-betonli va metall kolonnalarni taʼmirlash, kuchaytirish yoki almashtirish.
22. Toshli, temir-betonli va metall karkasli devorlardagi har xil turdagi toʻldiruvchilarni almashtirish.
Binoning fasadlari
23. Tashqi suvoq qatlamlarini tiklash va soʻngra bino fasadlarini boʻyash.
24. Bino fasadlarining ayrim joylaridagi pardozbop plitkalarini alohida yangi plitkalar bilan almashtirib tiklash yoki bu joylarni suvoq qilish hamda pardozbop plitkalar rangiga mos qilib boʻyash.
25. Karnizlarning naqshli tasmalari (tyagalari), sandriklar hamda bino fasadining boshqa chiqib turuvchi qismlarini tiklash va ularga qayta ishlov berish.
26. Suv oqizuvchi tarnov quvurlarini hamda bino fasadining chiqib turuvchi qismlaridagi barcha metall va sementli qoplamalarni butunlay almashtirish va yangilarini oʻrnatish.
27. Bino fasadini atmosfera muhiti taʼsirlariga chidamli boʻlgan boʻyoqlar bilan toʻliq boʻyash.
28. Binoning tomlari hamda balkonlaridagi eskirgan panjaralar va toʻsuvchi elementlarni yangisi bilan almashtirish.
29. Binoning tomlari hamda balkonlaridagi panjaralar va toʻsuvchi elementlarni yangisiga almashtirish.
30. Balkonlar, erkerlarlarning yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalarini almashtirish yoki kuchaytirish.
31. Ganchkorlik tasmalari va bezaklarini qayta tiklash.
32. Karniz nov (jyolob)larini va karnizlarning qoplamalarini almashtirish.
33. Fasadlarning pardoz qoplamasini almashtirish.
34. Binoning tashqi isitish tizimi tarkibidagi isitkich materiallarini montaj qilish uchun devorlarni tayyorlash.
35. Havo aylanadigan osma fasad tizimining yuk koʻtaruvchi karkas elementlarini montaj qilish.
36. Havo aylanadigan fasadning pardozbop elementlarini montaj qilish.
37. Pardozlangan shtukaturka qatlamiga ega boʻlgan turarjoy binosining tashqi isitish tizimi tarkibida armaturalanadigan va himoya qiluvchi dekorativ qatlamni qurish.
38. Yogʻingarchilik va suv toshqini vaqtida bino hamda yer sathidan oquvchi suvlarini bexatar oʻtkazish maqsadida irrigatsiya suv tarmoqlarini kapital taʼmirlash.
Pardadevorlar
39. Eskirgan parda devorlardagi hoshiya tasmalari (obvyazka) hamda taxtalarini almashtirish bilan taʼmirlash va qayta tiklash.
40. Eski parda devorlarni buzish va yangi parda devorlarni qurish.
41. Pardadevorlarning pardoz qoplamalarini taʼmirlash.
42. Pardadevorlarning tovush izolyatsiyasini kuchaytirish.
Orayopmalar va pollar
43. Qavatlararo orayopmalar va chordoqlar yopmasining ayrim elementlarini yangisiga almashtirish yoki eskirgan elementlarini kuchaytirish.
44. Birinchi qavat poli tagidagi asoslar yoki gʻishtdan terilgan ustun tayanchlarni tuzatib, shu qavatning polini lagalar ustiga qayta yotqizish.
45. Orayopmalarning ayrim balkalarini almashtirish, balkalarning oxirgi qismlarini barcha ketma-ket bajariladigan ishlarni amalga oshirgan holda protezlar bilan uzaytirish.
46. Orayopmalar qayta tiklangan joylardagi pollarni almashtirish, betonli, asfaltli, sementli, toretsli, plitkali pollarni va yertoʻla xonalaridagi pollarning asoslarini almashtirish.
47. Yashirin holatdagi kanallarning devorlarini taʼmirlash yoki almashtirish.
Tomlar va tomyopmalar
48. Stropila tayanchlari, mauerlatlar, fermalarning stropila elementlarini yoki ferma elementlarini va yopmalar ostidagi toʻshamalarni almashtirish.
49. Tomning eskirgan konstruksiyalarini tol, ruberoid va boshqa tom yopish materiallari bilan qoplangan (oʻralgan) tayyor temir-beton elementlar bilan almashtirish.
50. Metalldan ishlangan tom toʻsiqlarini taʼmirlash yoki almashtirish.
51. Eskirgan yongʻin zinapoyalarini taʼmirlash yoki almashtirish.
52. Tomga olib chiquvchi yangi tuynuklar, yorugʻlik darchalari (sluxovoye okno) va ularga oʻtish uchun xizmat qiluvchi koʻprikchalarni oʻrnatish.
53. Yogʻochdan ishlangan tomni poʻlat qoplamani boshqa tom yopish materiallari bilan almashtirish munosabati bilan qayta qurish.
54. Tomning taxtadan ishlangan konstruksiyalarini olovdan himoya qiluvchi vosita bilan ishlov berish choralarini koʻrish.
55. Tomga tutun chiqaruvchi va ventilyatsiya quvurlarni qayta oʻrnatish.
56. Devorga mahkamlanadigan nov (jyolob)lar, tutun chiqaruvchi quvurlar atrofidagi nishabliklar va qoplamalarni hamda tom ustidan chiqib turuvchi boshqa qurilmalarni almashtirish.
57. Yoritish fonarlarining yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarini taʼmirlash va boʻyash.
58. Yoritish fonarlari ramalarining mexanik va qoʻlda boshqariladigan qurilmalarini taʼmirlash.
59. Yetarlicha yoritilganlikka ega boʻlmagan xonalarga yoritish fonarlarini oʻrnatish.
60. Avariya holatidagi turarjoy uylarining poʻlat tunkadan ishlangan tom qoplamasini (tunkalarni olmasdan turib) yumshoq tom yopish materiallari bilan almashtirish.
61. Isitilmaydigan chordoqdan isitiladigan xonalarni ajratib turuvchi toʻsuvchi konstruksiyalarga isitkich (uteplitel) qoplamasini oʻrnatish yoki avvaldan mavjud boʻlgan isitish qoplamasini almashtirish.
62. Ventilyatsiya kanallari va tutun chiqarish uchun xizmat qiluvchi moslamalarga isitish qoplamasi bilan oʻrash yoki isitish qoplamasini almashtirish (avvaldan mavjud boʻlsa).
63. Isitilmaydigan chordoqqa joylashtirilgan isitish tizimi va issiq suv taʼminoti quvuroʻtkazgichlarining isitgichlarini oʻrnatish yoki almashtirish (agar avvaldan mavjud boʻlsa).
64. Chordoq xonalari havo almashtirish tizimini taʼmirlash (agar avvaldan mavjud boʻlsa) yoki yangisini oʻrnatish (agar avvaldan mavjud boʻlmasa).
65. Isitilmaydigan chordoq xonalaridagi ventilyatsiya teshiklarini taʼmirlash (agar avvaldan mavjud boʻlsa) yoki oʻrnatish (agar avvaldan mavjud boʻlmasa).
66. Mavjud tom toʻshamasini olish bilan pastki yangi tom toʻshamasini qoʻyish orqali shu tomni taʼmirlash.
67. Tomning bugʻ izolyatsiyasini va issiqlik izolyatsiyasini taʼmirlash yoki qurish.
68. Tom qoplamasining bitumli materiallarini zamonaviy bitumli-polimer materiallar, membranalar yoki oʻramsiz mastikali qoplamalarga almashtirish.
69. Karton asosli materiallar (3-5 qatlam qilib yotqizilgan) zamonaviy bitum-polimerli materiallar, polimerli membranalar yoki oʻramsiz mastikali qoplamalar bilan almashtirish.
70. Karton asosli materiallar (3-5 qatlam qilib yotqizilgan) 1-2 qatlam qilib toʻshaladigan zamonaviy bitum-polimerli materiallar, polimerli membranalar yoki oʻramsiz mastikali qoplamalar bilan almashtirish.
71. Tomni 1-2 qatlamli bitum-polimerli gidroizolyatsiyani qoʻllab taʼmirlash.
72. Polimerli membranani qoʻllash bilan tomni taʼmirlash.
73. Tomni uning eski asosi ustiga yelimlanuvchi yangi polimerli qoplamani yotqizish yoʻli bilan taʼmirlash.
74. Yamoqlarni oʻrnatish bilan polimerli membranadan ishlangan gidroizolyatsiyaga ega boʻlgan tomni taʼmirlash.
75. Tomning suv oqizish tizimini taʼmirlash yoki yangi tizimni oʻrnatish.
76. Tomning suv himoyalovchi toʻshamasi ostidagi asosni taʼmirlash.
Zinapoya va balkonlar
77. Zinapoyalarning singan, koʻchgan pogʻonalarini va maydonchalarini almashtirish.
78. Yogʻoch zinapoyalarni olovbardosh zinapoyalar bilan almashtirish.
79. Eshik va deraza usti toʻsqichlarini yangisiga almashtirish.
80. Zinapoya marshlari va maydonchalarini toʻliq almashtirish.
81. Kosourlar, maydonchalarning balkalarini almashtirish yoki kosourlarning shikastlangan qismlarini payvandlash.
82. Zinapoya perilosini va perilo tutqichlarini almashtirish, taʼmirlash.
83. Balkonlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarini taʼmirlash va almashtirish.
84. Zinapoya kataklarini shtukaturka, pol taʼmirini, zinalar va perilolarni taʼmirlash.
Derazalar va eshiklar
85. Derazalarni zamonaviy energiya tejaydigan derazalar bilan almashtirish.
86. Umumiy foydalanishdagi (umumiy mulkka tegishli boʻlgan) eshik kesakilari va tabaqlarini zamonaviy energiya va issiqlik tejovchi eshiklarga almashtirish.
87. Deraza alohida tabaqalarini oynalarini almashtirish va taʼmirlash.
88. Eshiklarni mahkamlash va ulardagi alohida qismlarni almashtirish bilan taʼmirlash.
Suvoq va boʻyash boʻyicha texnologik jarayonlar
89. Tizimni kapital taʼmirlash yoki yangi montaj qilishdan keyin isitish tizimi radiatorlari, quvurlari, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish, gaz taʼminoti quvurlarini moyli boʻyoq bilan boʻyash.
90. Umumiy foydalanishdagi joylar ichkarisidagi ganjkorlik detallarini qayta tiklash.
Markaziy isitish va ventilyatsiya tizimlari
91. Yakka tartibda ishlaydigan qozonlar, nasoslar va ventilyatorlarni yangisiga almashtirish.
92. Yakka tartibda ishlaydigan qozonlarning qoʻshimcha seksiyalarini, quvuroʻtkazgichlarning ochish-yopish armaturasi hamda ayrim (alohida) uchastkalarini taʼmirlash va yangisini oʻrnatish.
93. Isitish tizimi uskunalarini almashtirish, isitish tizimining qoʻshimcha seksiyalari va yangi uskunalarini hamda xonalarga yangi ochish-yopish armaturalarini oʻrnatish.
94. Yakka tartibda ishlaydigan qozonlarning tutun chiqaruvchi moʻrilarini almashtirish.
95. Quvurlarning izolyatsiyasini almashtirish.
96. Markaziy isitish tizimi nasoslarining dvigatellarini almashtirish.
97. Yakka tartibda ishlaydigan qozonlar, boylerlar, elektrdvigatellar, nasoslar va ventilyatorlarni ularning uzellari hamda detallarini yechib olish va almashtirish bilan taʼmirlash.
98. Boylerlarni oʻrnatish.
99. Markaziy isitish tizimining quvuroʻtkazgichlarini almashtirish.
100. Pechkali isitish tizimi oʻrniga markaziy isitish tizimini qurish.
101. Poʻlatdan ishlangan yakka tartibda ishlaydigan qozon, boyler, quruq bugʻ moslamasi, bakka yamoqlar oʻrnatish.
102. Issiqlik almashtirgichlar, oldindan himoyalovchi dastakli klapanlarni almashtirish.
Isteʼmolchilarni gaz quvurlari SO, SO2 va SN4 gazlari konsentratsiyasini oʻlchovchi gazanalizatorlar va oʻchiruvchi klapanlari bilan taʼminlash.
103. Mukammal taʼmirlash yoki yangi isitish yoxud shamollatish tizimini oʻrnatish bilan bogʻliq barcha qurilish ishlari.
104. Vantuzlar (havo klapanlari), havo toʻplagichlar va ochish-yopish-taqsimlash armaturasi mavjud boʻlmagan joylarga ularni oʻrnatish yoki ishdan chiqqan vantuzlar, havo toʻplagichlar va ochish-yopish-taqsimlash armaturasini almashtirish.
105. Metalldan tayyorlangan tutun chiqaruvchi quvurlarni taʼmirlash yoki almashtirish.
106. Yakka tartibda ishlaydigan qozonlar va boshqa uskunalar ostidagi poydevorlarni taʼmirlash yoki ular tagiga yangi poydevorlarni qurish.
107. Mavjud isitish va ventilyatsiya tizimini taʼmirlash yoki yangi isitish va ventilyatsiya tizimini qurish bilan bogʻliq boʻlgan qurilish ishlarini olib borish.
108. Yangi yigʻma ventilyatsion qutilarni qurish.
109. Yigʻma ventilya qutilarning uchastkalarini yangilari bilan almashtirgan holda shu qutilarni taʼmirlash.
110. Yangi ventilyatsiya tizimini qurish, mavjud boʻlgan shunday tizimni qayta tiklash va qayta qurish.
111. Xonalardagi isitish uskunalarini issiqlik datchigi va termostatik joʻmraklar bilan jihozlash.
112. Isitish uskunalarining orqasidagi devor qismiga issiqlikni qaytaruvchi materiallarni (otrajatel) oʻrnatish.
Issiq suv va ichimlik suvi taʼminoti oqova suvlarni chiqarib yuborish
113. Shikastlangan quvurlarni almashtirish.
114. Xonalar ichiga suv toʻplovchi va tarqatuvchi yangi kolonkalarni oʻrnatish.
115. Bino ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish tizimlari quvurlarini qayta yotqizish.
116. Binoni taʼmirlash vaqtida qoʻshimcha sanitariya-texnik vositalarni oʻrnatish.
117. Bino ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish tizimlarining qoʻshimcha tarmoqlarini kiritish.
118. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish tizimini tiklash yoki yangisini oʻrnatish hamda ularni ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulash.
Ulanish nuqtalarida hovli tarmoqlari yoki koʻcha tarmoqlarida qoʻshimcha tekshirish kameralarini tashkil qilish.
119. Sanitariya moslamalarini (kranlar, issiq va sovuq suv aralashtirgichlar va boshqalar) va sanitariya-texnik priborlar (vannalar, rakovinalar, oshxona jihozlari, hojatxona unitazlari)ni almashtirish.
120. Nasos agregatlarini taʼmirlash va almashtirish.
121. Nasos stansiyalarini qurish.
122. Ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimini kapital taʼmirlash bilan bogʻliq barcha qurilish ishlarini olib borish.
123. Bino poydevorlari va devorlari atrofidagi mavjud drenaj tizimi yoki suv oqizish kanalarini qayta tiklash yoki taʼmirlash, shuningdek yangi drenaj tizimi yoki suv oqizish kanallarini qurish.
Gaz taʼminoti
124. Gaz uskunasi asboblarini yangilariga almashtirish.
125. Gaz tarmogʻiga ulangan kvartiralarga qoʻshimcha gaz berilishini taʼminlash moslamalarini oʻrnatish.
126. Alohida kvartiralarni gazlashtirish.
127. Gaz oʻtkazgichlarning uchastkalarini almashtirish.
128. Gaz taʼminotini kapital taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha qurilish ishlarini bajarish.
129. Isteʼmolchilarni gaz quvurlari SO, SO2 va SN4 gazlari konsentratsiyasini oʻlchovchi gazanalizatorlar va oʻchiruvchi klapanlari bilan taʼminlash.
Elektr yoritish va elektr simlari
130. Xonalardagi yoritgichlarni energiya tejaydigan yorugʻlik diodli yoritgichlarga almashtirish.
131. Elektr qurilmalar (elektr oʻchirgichlari, elektr ajratgichlar, shtepsellar, patronlar, rozetkalar va h.k.lar)ni almashtirish bilan elektr simlarini yangilash.
132. Elektr yoritishning qoʻshimcha qurilmasini oʻrnatish va uni elektr tarmogʻiga ulash.
133. Guruhli taqsimlagichlar va oldindan himoyalovchi qutilar hamda shchitlarni yangisiga almashtirish.
134. Binolarning zinapoya kataklaridagi elektr yoritish tizimini avtomatlashtirish.
135. Elektr toki sarfini hisoblash priborlari va elektr oʻrnatmalarini himoyalovchi qurilmalarni almashtirish.
Liftlar va dispetcherlik tizimlari
136. Belgilangan xizmat muddati tugagandan soʻng liftlar va dispetcherlik tizimlarining ishlash qobiliyatini tiklash uchun ularning asosiy tugunlari va detallarini toʻliq (yoki qisman) almashtirish.
137. Liftlar va dispetcherlik tizimlarini almashtirish, periferik uskunalarni tiklash va dispetcherlik boshqarish pultini almashtirish.
138. Estetik holatini va texnik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida liftlarni modernizatsiya qilish boʻyicha ishlarini bajarish.
139. Uzellar va detallarni mukammal taʼmirlash boʻyicha ishlar.
140. Lebyodka:
lebyodkani almashtirish;
kanat-tortish shkivini, tarmoqli blok, shturvalni almashtirish;
reduktor va elektrdvigatelni almashtirish;
reduktor va elektrdvigatel podshipniklarini almashtirish;
liftni tayanch podshipniki bilan rostlash. Tormoz gʻaltagini yoki elektrmagnitni almashtirish;
tormoz qurilmasini almashtirish;
lebyodka osti ramasi amortizatorlarini va yarim muftalarni almashtirish.
141. Tortiladigan kanatli osmalar (TKO)ni boshqarish stansiyasi:
TKOni almashtirish. TKO uskunalari (transformatorlar, kontaktorlar relesi, elektr tokidan himoyalash qurilmasi, avtomatik elektr oʻchirgichlar va boshqalar)ni almashtirish;
TKO elektr simlarini almashtirish.
142. Tezlikni chegaralovchi moslama, tortish qurilmasi, tutish tizimi mexanizmini almashtirish.
143. Liftga kiritish qurilmasi yoki uning butlovchi qismlarini almashtirish.
144. Lift shaxtasining uzellari va detallarini chaqirish apparatlarini almashtirish, bunda:
yorugʻlik tablosi va yoʻnalishlarni koʻrsatuvchi moslamalarni almashtirish;
tortish kanatlari almashtirish;
lift shaxtasining eshiklarini almashtirish;
shaxtaning elektr simlarini, klemmali qutilarini almashtirish;
shaxtalarning toʻrsimon toʻsiqlari va metall konstruksiyalarini kuchaytirish, toʻliq yoki qisman almashtirish;
buferli prujinalarni almashtirish;
rezinali zichlagichlarini almashtirish.
145. Muvozanatlovchi moslama:
muvozanatlovchi moslamani almashtirish;
muvozanatlovchi moslama ramasini almashtirish;
muvozanatlovchi moslama yukini almashtirish;
muvozanatlovchi moslamaning prujinalari va tortqilarini almashtirish;
muvozanatlovchi moslama boshmoqlarini almashtirish;
moylash apparatlarini almashtirish.
146. Kabina:
kabinani almashtirish;
kabina kupesi va karkasini almashtirish;
yuqori va pastki balkalarni almashtirish;
liftni boshqarish panelini almashtirish;
kabina elektr simlari va klemmali qutisini almashtirish;
kabina eshigi balkalarini va kabina eshiklarini harakatga keltiruvchi qurilma (elektrdvigatel, reduktor, yetaklash moslamasi, va sh.k.)larni almashtirish;
karetalari, tabaqalarini almashtirish;
pollar va koʻchuvchi pol mexanizmini almashtirish;
kupye poli va plafonini almashtirish;
harakatlanuvchi kabina eshigi tabaqasining rezinali zichlagichini almashtirish; moylash apparatlarini almashtirish.
147. Mashina xonasi (MX):
MXni yoritish qurilmasi elektr simlarini almashtirish;
MXga kirish moslamasini almashtirish.
148. Yashash xonalarida shovqinni kamaytirish boʻyicha bajariladigan ishlarga bogʻliq holda lift uskunalarini demontaj va montaj qilish.
149. Aloqa tarmoqlarining shikastlangan kabelini almashtirish zaruriyati bilan bogʻliq ishlar.
150. Liftlarni avtomatlashtirish va dispetcherizatsiyalash.
151. Ichki hamda tashqi tarmoqlarning kabellari muftalarini almashtirish va taʼmirlash.
152. Umumiy yoki alohida kabel jillarining oʻtkazuvchanligini ularga kabellarning zaxira jillarini qoʻshish bilan oshirish.
153. Belgilangan xizmat muddati tugagandan soʻng liftlar va dispetcherlik tizimlarining ishlash qobiliyatini tiklash.
Turli ishlar
154. Sugʻorish tizimlarining qoʻshimcha tarmogʻi uchun uskunalar oʻrnatish.
155. Pochta qutilarini almashtirish.
156. Sokol qavatidagi yashash xonalarining pol stahini 30 sm gacha balandlikka koʻtarish (yerosti suvlarining yuqori sathlarda joylashganligi tufayli xonalarda yuzaga keladigan namlik taʼsiridan qutulish maqsadida).
157. Yangi asfaltli trotuarlarni va bino atrofida otmoskalarni tiklash yoki qurish.
158. Kvartal ichidagi yoʻllarni tiklash yoki yangisini qurish.
159. Bolalar uchun oʻyin maydonchalarini, aholi uchun dam olish maydonchalarini qurish, mavze ichki hududlarini obodonlashtirish.
160. Hovlilarda shuningdek, mikrorayonlar chegaralari ichida sport maydonchalarini qurish.
161. Markaziy isitish tizimi quvurlarini yotqizish uchun mavjud kanallarni qayta tiklash yoki yangilarini qurish.
162. Maishiy chiqindilar quvuroʻtkazgichi va uning chiqindi qabul qilish qutisini qayta tiklash.

SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalariga

3-ILOVA

Bino va uning elementlarini samarali foydalanishning hisobiy minimal davomiyligi

Bino elementlari

Mukammal taʼmirlashga qadar foydalanish davomiyligi (yillar)

Turar joy binolari

Kommunal va ijtimoiy-madaniy vazifalarni bajaruvchi normal va yaxshi foydalanish sharoitlariga ega boʻlgan bino va obyektlar

Poydevorlar

Murakkab sement qorishmasida xarsang toshdan bajarilgan tasmasimon poydevorlar

50

50

Ohak qorishmasida xarsang tosh va gʻishtdan bajarilgan tasmasimon poydevorlar

50

50

Beton va temir-betondan tasmasimon poydevorlar

60

60

Xarsang tosh va betondan bajarilgan ustunlar

40

40

Qoziqli (svayali) poydevorlar

60

60

Devorlar

Mineral tolali plita va sementli fibrolitdan bajarilgan isitish qatlamiga ega boʻlgan yirik panellar

50

50

Yengil betondan tayyorlangan bir qatlamli yirik panelli devorlar

30

30

Alohida mukammal holatda qurilgan toshli (qalinligi 2,5 — 3,5 gʻishtdan iborat boʻlgan gʻishtli) devorlar hamda murakkab va sementli qorishmada terilgan yirik blokli devorlar

40

40

Oddiy toshli (qalinligi 1,5 — 2,5 gʻishtdan iborat gʻishtli) devorlar

40

40

Yengil qorishmada gʻisht, shlakoblok va chigʻanoq toshlardan terilgan toshli devorlar

30

30

Yoʻnilgan yogʻoch va bruslardan tiklangan devorlar

30

30

Yogʻochdan ishlangan yigʻma-shchitli karkasli-toʻldirilgan devorlar

30

30

Paxsali, somonli devor, qamish-karkasli devorlar

15

15

Germetik choklar

Tashqi devor panellarining choklarini mastikalar bilan germetiklash:

qotmaydigan mastikalar bilan germetiklash;

qotadigan mastikalar bilan germetiklash.

8-15

8-15

Deraza (eshik) bloklarining choklarini, teshiklarning chetlarini mastikalar bilan germetiklash

25

25

Orayopmalar

Temir-beton yigʻma plitali va quyma orayopmalar

65

65

Gʻishtdan terilgan svodli orayopmalar yoki metall toʻsinlar orasini beton bilan toʻldirib bajarilgan orayopmalar

65

65

Yogʻoch toʻsinli yogʻoch orayopmalar (qavatlar orasidagi orayopmalar suvoq qilingan)

60

50

Yogʻoch toʻsinli yogʻochdan ishlangan chordoq yopmasi

30

25

Yogʻoch toʻsinlar boʻylab yengillashtirilgan holda suvoqsiz bajariladigan orayopmalar

20

15

Metall toʻsinlar boʻylab bajariladigan yogʻoch orayopmalar

50

40

Chordoqli orayopmalarning isituvchi qatlamlari

koʻpik betonli qatlam

25

20

koʻpik shishali qatlam

40

30

koʻpikli polistirol plitalar qatlami

20

15

sement fibrolitli qatlam

15

10

keramzitli yoki shlakli qatlam

40

30

mineral tolali qatlam

15

10

mineral tolali plitalardan bajarilgan qatlam

15

10

Pollar

Beton asosli keramik plitkali pol

60

30

Sement temir-betonli pol

30

20

Marmar parchalaridan bajarilgan sementli pol

40

15

Yogʻoch taxtali pollar:

orayopmalar ustiga quriladigan;

30

15

grunt ustiga quriladigan.

20

10

Parketli pollar:

eman daraxti yogʻochidan tayyorlangan parketlar, reykalar (mastika)dan bajariladigan

60/50

30/25

qora qayin daraxti yogʻochidan tayyorlangan parketlar, reykalardan (mastikada) bajariladigan pol

40/30

20/15

togʻ teragi daraxti yogʻochidan tayyorlangan parketlar, reykalarni (mastika)ga yotqizish bilan bajariladigan pol

30/20

15/10

parket doskali pol

20

10

qattiq yogʻoch tolali plitadan ishlangan parketli pol

15

8

mastika va polivinilatsetatli mastikaga yotqiziladigan parketli pol

30

15

asfaltli pol

8

4

asosga ega boʻlmagan linoleumli pol

10

5

matoli yoki issiqlik izolyatsiyalovchi asosga ega boʻlgan pol

20

10

polivinilxloridli plitkalardan bajariladigan pol

10

10

Tosh plitali pollar:

marmarli pol

50

25

granitli pol

80

40

Zinapoyalar

Metall, temir-beton kosourlarga oʻrnatiladigan zinalar yoki temir-beton plitali zinalarga va temir-beton zinapoya maydonchalariga ega boʻlgan zinapoya

60

40

Marmar parchalaridan bajariladigan zinalarga ega boʻlgan zinapoya

40

30

Yogʻoch zinali zinapoya

20

15

Balkonlar, lodjiyalar va ayvonlar

Balkonlar:

poʻlatdan ishlangan konsolli toʻsinlar (ramalar) ustiga quyma temir-betondan yoki yigʻma plitalardan quriladigan balkonlar

40

40

poʻlatdan ishlangan konsolli toʻsinlar (ramalar) ustiga yogʻochdan quriladigan balkonlar;

30

25

temir-beton toʻsinlar — konsollar va orayopma plitalari ustiga quriladigan balkonlar

50

50

Balkon va lodjiyalarning toʻsiqlari:

metall panjarali toʻsiq;

40

35

yogʻoch panjarali toʻsiq.

10

8

Balkonlar va lodjiyalarning gidroizolyatsiya qilingan sementli yoki plitkali pollari

20

15

Asfalt pol

10

8

Yuk koʻtaruvchi yogʻoch toʻsinlari yogʻoch taxtalar bilan qoplangan balkon

20

15

Sinkalangan tom tunukasi bilan qoplangan yogʻoch pol

20

15

Qora poʻlat tunukasi qoplangan yogʻoch pol

15

12

Ayvonlar:

tosh yoki beton qoplamali betonli ayvon

20

15

yogʻochdan bajarilgan ayvon

10

8

Tom va tomyopmalar

Yigʻma temir-beton elementlardan tashkil topgan stropila

80

80

Yigʻma temir-beton qoplamalar (nastillar)

80

80

Yogʻoch stropila va panjara

50

50

Ventilyatsilanadigan va ventilyatsiyalanmaydigan qoʻshma tomlarning koʻpikli beton va koʻpikli shishadan ishlangan isituvchi qatlamlari

40/30

40/30

Keramzit yoki shlak qatlamli

40/30

40/30

Mineral tolali qatlamli

15/10

15/10

Mineral tolali plita qatlamli

20/15

20/15

Tomyopmalarning qoplamalari

Sinkalangan poʻlat qoplamalar

15

15

Qora poʻlatli qoplamalar

10

10

Oʻramli materiallardan (3-4 qatlamda) bajariladigan qoplamalar

10

10

Keramik cherepitsali qoplamalar

60

60

Asbestsementli yassi listli va asbestsementli toʻlqinsimon listli qoplamalar

30

30

Mastikali qoplamalar

10

10

Suv qochirish tizimi

Suv oqizish quvurlari (tarnovlar) va fasad boʻylab sinkalangan poʻlatdan bajarilgan mayda qoplamalar

10

10

Fasad boʻylab qora poʻlatdan bajarilgan mayada qoplamalar

6

6

Choʻyan quvurli ichki suv oqizish tarnovlari

40

40

Poʻlat quvurli ichki suv oqizish tarnovlari

20

20

Polimer quvurli ichki suv oqizish tarnovlari

10

10

Pardadevorlar

Suvoq qilinadigan shlakbetonli, betonli, gʻishtli

75

60

Gipsli, gipstolali

60

50

Yogʻoch karkas boʻyicha bajariladigan quruq suvoqli

30

25

Gipsokartonli

30

25

Eshik va derazalar

Deraza va balkon toʻldirmalari (yogʻoch tabaqalar)

40

30

Metall tabaqalar

50

40

Polivinilxloridli tabaqalar

40

30

Eshik toʻldirmalari

kvartira ichidagi

50

35

kvartiraga kirish joylaridagi

40

30

zinapoyaga kirish joylaridagi

10

7

jamoat binolaridagi

-

30/40

yengil metallardan bajariladigan tashqi/ichki vitrajlar

45

40

Isitish pechlari va oshxona oʻchoqlari

Koʻmir yoqilgʻisida isitiladigan oshxona pechlari

25

20

Tabiiy gaz yoqilgʻisida isitiladigan oshxona pechlari

35

30

Gaz-mazut yoqilgʻisida isitiladigan oshxona pechlari

30

25

Ventilyatsiya

Quyidagi materiallardan chordoqda bajariladigan shaxtalar va qutilar:

shlakbeton plitalardan, beton va gʻisht elementlaridan bajariladigan shaxtalar va qutilar

60

60

kigiz (namat) ustiga tom tunukasi qoplangan yogʻoch shchitlardan bajariladigan shaxta va qutilar

40

40

metall materiallardan tayyorlangan shaxta va qutilar

20

20

polimer materiallardan tayyorlangan shaxta va qutilar

25

25

Gips va shlakbeton plitalardan bajarilgan oʻrnatma ventilyatsiya soʻrish kanallari

30

30

Matoli metall toʻri suvoq qilingan yogʻoch shchitli oʻrnatma ventilyatsiya soʻrish kanallari

20

20

Ventilyatsiya shaxtasi ostidagi tagliklar (poddonlar)

20

20

Ichki pardoz

Beton, tosh devor va pardadevorlar suvogʻi

60

30

Yogʻoch devorlar va pardadevorlar suvogʻi

40

20

Keramik plitkalar bilan qoplash

40

30

Quruq suvoqli qoplama

30

15

Xonalarda suvli tarkiblar bilan bajariladigan boʻyoq ishlari

4

2

Xonalarda yarim suvli tarkiblar (emulsiyalar) bilan bajariladigan boʻyoq ishlari

5

3

Zinapoyalarda suvli tarkiblar bilan bajariladigan boʻyoq ishlari

3

3

Zinapoyalarda yarim suvli tarkiblar (emulsiyalar) bilan bajariladigan boʻyoq ishlari

4

4

Suvsiz tarkiblar (moyli boʻyoqlar, alkasidli boʻyoqlar, emallar, loklar va boshqalar) bilan boʻyash

devorlar, shiftlar, duradgorlik buyumlarini pardozlash

8

2

pollarni pardozlash

5

3

radiatorlar, quvuroʻtkazgichlar, zinapoya panjaralarni boʻyash

4

4

Oddiy gulqogʻozlarni yelimlab yopishtirish bilan devorlarni pardozlash

4

3

Yaxshi sifatli gulqogʻozlarni yelimlab yopishtirish bilan devorlarni pardozlash

5

4

Gipsdan ishlangan oʻymakorlik detallari

10

8

Tashqi pardozlar

Qoplamalar:

teksturali sementli plitkalar bilan qoplash

50

50

naqshli (toʻshama) plitkalar bilan qoplash

30

30

tabiiy tosh bilan qoplash

60

60

Terrazit suvoq (shtukaturka)

50

50

Gʻishtli devor yuzalarining suvogʻi:

murakkab qorishmali suvoq

30

30

ohak qorishmali suvoq

20

20

Yogʻoch yuzalarning suvogʻi

15

15

Beton yuza uchun qorishma

15

15

Sementli oʻymakorlik detallari (betonga yopishtiriladigan)

30

30

Suvoq ustidan boʻyash (beton asos boʻyicha):

ohakli tarkiblar bilan boʻyash

3

3

silikat tarkiblar bilan boʻyash

6

6

polimerli tarkiblar bilan boʻyash

6

6

kremniy organik boʻyoqlar bilan boʻyash

8

8

Yogʻoch yuzasini moyli boʻyoqlar bilan boʻyash

4

4

Tomyopmalarni moyli boʻyoq bilan boʻyash

4

4

Belbogʻlar, sandriklar va deraza osti taxtalarini sinkalangan poʻlat list bilan qoplash

8

8

Belbogʻlar, sandriklar va deraza osti taxtalarini qora poʻlat list bilan qoplash

6

6

Izolyatsiya tizimlari (qorishma)

25

25

Osma fasadlar (yuk koʻtaruvchi elementlar)

35

35

Ichimlik suvi va kanalizatsiyaning ichki tizimlari

Sovuq suv (ichimlik suvi) quvuroʻtkazgichi:

sinkali poʻlat quvurlardan bajarilgan quvuroʻtkazgich

30

25

gazlangan qora quvurlardan bajarilgan quvuroʻtkazgich

15

12

polimer quvurlardan bajarilgan quvuroʻtkazgich

50

50

Kanalizatsiya quvuroʻtkazgichi:

choʻyan quvurlardan bajarilgan quvuroʻtkazgich

40

30

keramik quvurlardan bajarilgan quvuroʻtkazgich

60

50

polimerlardan quvuroʻtkazgich

50

50

Suv quvuroʻtkazgichlarining kranlari

10

5

Sanitariya tuguni kranlari

10

5

Qoʻl yuvgichlar (yuvinish kranlari):

keramikadan ishlangan yuvgichlar

20

10

plastmassadan ishlangan yuvgichlar

30

15

Sanitariya uzeli oʻtirgichlari (unitazlari):

keramikadan ishlangan oʻtirgichlar

20

10

plastmassadan ishlangan oʻtirgichlar

30

15

Suv oqizish bachoklari:

yuqoriga joylashtiriladigan choʻyan bachoklar

20

15

keramik bachoklar

20

15

plastmassa bachoklar

30

20

Emallangan choʻyan vannalar

40

20

Emallangan poʻlat vannalar

25

15

Emallangan plastmassa vannalar

20

10

Oshxona yuvish moslamalari (moykalari va rakovinalari):

emallangan choʻyan moykalar va rakovinalar

30

15

emallangan poʻlat moykalar va rakovinalar

15

8

zanglamaydigan poʻlatdan ishlangan moykalar va rakovinalar

20

10

Choʻyandan tayyorlangan ochish-yopish buragichlari va ventillari

15

8

Latunli ventillar

20

10

Dush tag qoʻyilmalari (poddonlari)

30

15

Suv hisoblagichlar tugunlari

10

10

Issiq suv tizimi

Issiqlik taʼminotining yopiq tizimlarida issiq suv quvuroʻtkazgichi va gazli sinkalangan poʻlat quvurlar (gazli qora poʻlat quvurlar)

20/10

15/8

Issiqlik taʼminotining ochiq tizimlarida issiq suv quvuroʻtkazgichi va gazli sinkalangan poʻlat quvurlar (gazli qora poʻlat quvurlar)

30/15

25/15

Suv aralashtirgichlar (smesitellar)

15

8

Sochiq quritgichlar:

qora poʻlat quvurlardan bajarilgan sochiq quritgichlar

15

12

nikel qoplangan quvurlardan bajarilgan sochiq quritgichlar

20

15

poʻlat quvurlardan

30

25

choʻyandan tayyorlangan ochish-yopish buragichlari va ventillari

10

8

latunli ventillar va tiqinli kranlar

15

12

Yogʻoch kolonkalar

20

20

Quvuroʻtkazgichlarning izolyatsiyasi

10

10

Tezkor suv isitgichlar

10

10

Isitish tizimi

Choʻyan/poʻlat radiatorlar:

yopiq sxemalar boʻlganda

40/30

35/25

ochiq sxemalar boʻlganda

30/15

25/15

Poʻlat kaloriferlar

15

10

Konvektorlar

30

25

Quvuroʻtkazgichlar (tik turuvchi (stoyaklar):

yopiq sxemalar boʻlganda

30

25

ochiq sxemalar boʻlganda

15

12

Quvuroʻtkazgichlar (tutun chiqarish yoʻllari):

yopiq sxemalar boʻlganda

20

12

ochiq sxemalar boʻlganda

15

12

Ochish-yopish buragichlari

10

8

Ventillar

10

8

Uch yoʻnalishli kranlar

10

8

Elevatorlar

30

30

Quvurlarning izolyatsiyasi

10

10

Qozonlarning qoplamalari:

poʻlat qoplamalar

20

20

choʻyan qoplamalar

25

25

Qozon qoplamasi

6

6

Quti

15

15

Chiqindi tashish quvuroʻtkazgichlari

Yuklash qurilmalari, klapanlar

10

8

Chiqindilarni yigʻish kamerasi, ventilyatsiya

30

25

Quvurli oʻzak

60

50

Gaz uskunalari

Uy ichidagi quvuroʻtkazgichlar

20

20

Gaz plitalari

20

15

Suv isituvchi kolonkalar

10

7

Elektr jihozlari

Kiritish-tarqatish qurilmalari

20

20

Hovli ichidagi taqsimlash shchitlariga ega boʻlgan magistrallar (kvartiralarni elektr energiyasi bilan taʼminlash tarmogʻi)

20

20

Kvartira ichidagi yopiq holatda oʻtkazilgan tarmoqlar

40

40

Kvartira ichidagi ochiq holatda oʻtkazilgan tarmoqlar

25

25

Umumiy foydalanishdagi joylar uchun navbatchi yoritish tarmogʻi

10

10

Ishlab chiqarish-texnik vazifalarni bajaruvchi xonalarni yoritish tarmoqlari

10

10

Lift oʻrnatmalarining elektr taʼminoti tarmogʻi

15

15

Tutun chiqarish tizimining elektr taʼminoti tarmogʻi

15

15

Binoga ichki qurilgan markaziy isitish va qozonxonalar uchun taʼminot liniyasi

15

15

Maishiy elektr plitalar

15

10

Elektr priborlar (shtepselli rozetkalar, oʻchirish murvatlari va boshqalar)

10

5

Birlashgan dispetcherlik tizimlari (BDT) jihozi

Uy ichidagi aloqa va signalizatsiya tarmoqlari:

simli oʻtkazmalar

15

15

shchitoklar, datchiklar, qulflar, asboblar va boshqalar

10

10

telemexanik bloklar, masofadan boshqarish (pult)

5

5

Soʻzlashish aloqasining qulflanuvchi qurilmalari

5

5

Yongʻin xavfsizligi boʻyicha avtomatik himoya

4

4

Teleantennalar

10

10

Tashqi muhandislik tarmoqlari

Suv quvuroʻtkazgichi:

choʻyan quvurli quvuroʻtkazgich

40

40

poʻlat quvurli quvuroʻtkazgich

15

15

polimer quvurli quvuroʻtkazgich

50

50

Kanalizatsiya:

choʻyan quvurlardan bajarilgan

40

40

keramik yoki asbessement quvurlaridan bajarilgan

30

30

polimer quvurlardan bajarilgan

50

50

Poliuretan koʻpik bilan oldindan izolyatsiya qilingan issiqlik tarmoqlarining quvuroʻtkazgichlari

30

30

Issiqlik tarmoqlarining poʻlat quvuroʻtkazgichlari

25

25

Gazoʻtkazgichlar

20

20

Drenaj

30

30

Tashqi obodonlashtirish

Avtomobillar yurish joylari, trotuarlar, bino chetidagi toʻshamalarining asfaltbetonli (asfaltli) qoplamalari

10

7

Trotuar plitkalaridan bajariladigan qoplamalar

10

10

Chaqiq toshli maydonchalar va bogʻ yoʻlaklari

5

6

Bolalar oʻyin maydonchalarining jihozlari

5

4

Izoh:
1. “x” belgisi bilan binoning vazifasi boʻyicha ulardan foydalanishning butun davri davomida almashtirilmaydigan elementlar belgilangan.
2. Kommunal va ijtimoiy-madaniy vazifalarni bajaruvchi bino va obyektlarning asosiy funksional vazifalarni bajaradigan xonalaridagi ogʻir foydalanish sharoitlarida 3-ustun koʻrsatkichlari tegishli texnik-iqtisodiy asoslar boʻlganda 25 foizgacha qisqartirilishi mumkin.
3. Yangi materiallardan yoki ushbu jadvalda koʻrsatilmagan materiallardan bajarilgan elementlarni almashtirish muddatlari ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki maxsus tadqiqotlar orqali aniqlanadi.

SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalariga

4-ILOVA
Joriy taʼmirlash vaqtidagi asosiy ishlar roʻyxati
1. Yertoʻlaning, pastki qavatning poydevorlari va devorlari:
choklarni, yoriqlarni berkitish, devor qoplamalari, yertoʻla, sokollarni tiklash;
mahalliy deformatsiyalarni bartaraf etish, poydevorlarning shikastlangan qismlarini mustahkamlash, tiklash, shamollatish tuynuklarini, yertoʻlalarga kirish joylarini taʼmirlash;
yertoʻla va pastki qavat xonalari devorlari gidroizolyatsiyasining ayrim qismlarini tiklash;
teshiklarni ochish (berkitish);
uskunalar (shamollatish, nasos va boshqalar) ostidagi poydevorlarni mustahkamlash (oʻrnatish);
shamollatish teshiklarini oʻrnatish (berkitish);
chuqurlarni (priyamka), yertoʻlaga kirish joylarini taʼmirlash;
bino otmostkasining ayrim qismlarini almashtirish;
yertoʻla va pastki qavat xonalarida quvurlarning kirish joylarini germitizatsiyalash;
deformatsiyalarni kuzatish uchun devorlarga mayoqlarni oʻrnatish;
yertoʻlalarni tozalash va zararsizlantirish.
2. Devorlar:
yoriqlarini berkitish, choklarni yopish, maydoni 2 m2 gacha boʻlgan yuk koʻtaruvchi devorlarning alohida uchastkalarining fasad qoplamasini tiklash, gʻishtlarini qayta terish;
yigʻma bino elementlarining tutash joylarini hamda bloklar va panellar yuzasidagi oʻyiqlar va yoriqlarni berkitish;
arxitekturaviy elementlarning tutash joylarini germetizatsiyalash va tiklash, yogʻoch devor qoplamalarining qismlarini oʻzgartirish (almashtirish);
donali materialdan boʻlgan tashqi va ichki devorlarni qisman qayta terish, shuningdek, mahkamlash va mustahkamlash (binoning ustqurmasi bilan bogʻliq emas), yogʻoch binoda alohida arxitektura elementlarini oʻzgartirish (ishlarning hajmi 25 foizdan oshmasligi kerak)*;
donali materialdan teriladigan devorlardagi eski devorni oʻyish va tozalash hamda uning oʻrniga yangi devor terishni tashkil qilish bilan yoriqlarni berkitish*;
eski karnizlar, parapetlar, yongʻinga qarshi devorlar va toʻsiqlarni (xavfsizlik devorlarini), chuqurchalarni va devorlarning chiqib turadigan qismlarini tashqi suvogʻini tiklash va binoning fasadlarini keyinchalik boʻyash bilan qisman qayta tiklash (konstruksiyalarni qisman qayta yotqizish hajmi konstruksiyalarning umumiy hajmining 25 foizdan oshmasligi kerak)*;
teshiklarni ochish (berkitish);
yoriq-tirqishlarni berkitish, mustahkamlash, isitish (sovuq oʻtmaydigan qilish),
yogʻoch devor qoplamalarining qismlarini oʻzgartirish;
alohida ikki deraza yoki eshik oʻrtasidagi devorlarni, kashaklarni, karnizlarni tiklash;
ayrim tushib ketgan toshlarni qorishma bilan oʻrnatish;
3. Yopmalar:
yogʻoch yopmalarning alohida elementlarini qisman almashtirish yoki mustahkamlash;
yogʻochni chirishdan asrash;
choklar va yoriqlarni berkitish, shiftlarni mustahkamlash;
yuk koʻtaruvchi yogʻoch konstruksiyalarni yongʻindan himoya qilish*;
yakka tartibdagi turarjoy binolarida alohida yogʻoch yopma toʻsinlarini almashtirish*;
yigʻma temir-beton yopmalarning birikish joylaridagi choklarni berkitish;
temir-beton konstruksiyalardagi chuqurchalar va yoriqlarni berkitish;
chordoq tomyopmalarini qoʻshimcha issiqlik himoyasini amalga oshirish.
4. Tomlar va shiftlar:
yogʻoch stropila tizimining elementlarini kuchaytirish (mahalliy mustahkamlash);
yogʻoch konstruksiyalarni olovdan himoya qiluvchi vosita bilan ishlov berish choralarini koʻrish;
poʻlat, asbest-sement va donali materiallardan boʻlgan tomlarni, shuningdek parapetning tom konstruksiyasiga ulanish joylarini, ustunlarni qoplama konstruksiyasiga ulanishlarni, shamollatish shaxtalardagi nosozliklarni yoʻq qilish boʻyicha barcha turdagi ishlar (tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish vaqtida ularni almashtirish, qoplamani toʻliq almashtirish bundan mustasno);
tom toʻsiqlari, qorni ushlab turuvchi panjaralar va suv oqib tushadigan quvurlarini (tanovlarni) almashtirish, voronkalar hamda chiqindini ushlab turuvchi panjaralarning mahkamligi va samaradorligini tekshirish, ularni taʼmirlash (zaruriyat mavjud boʻlganda), gidroizolyatsiyaning sirt va himoya qatlamlarini taʼmirlash, issiqlik izolyatsiya qiluvchi qatlamni qisman almashtirish (isitkichni quritish), izolyatsiyalash qatlamini shamollatish uchun qoʻshimcha havo nozullarini oʻrnatish bilan shamollatishni sovuq oʻtmaydigan qilish va tiklash;
stropil oyoqlari, mauerlatlar (toʻsinlar), stropil fermalari yoki tomning tagidagi fermalar elementlari va pol toʻsinlarin almashtirish*;
tomga chiqish tuynuklari va maxsus lyuklarni almashtirish va taʼmirlash, tomga yangi tuynuklarni va ularga oʻtish koʻpriklarini oʻrnatish*;
tomda moʻri va shamollatish quvurlarini qayta oʻrnatish*;
yongʻinga qarshi zinapoyalar, narvonlar, tom toʻsiqlari hamda yerga ulash moslamalarini mustahkamlash, almashtirish, radio va televideniye ustunlari uchun radio va televideniye antennalarini mahkamlash va boshqalar;
binoning tomlari va balkonlariga yangi panjara hamda toʻsiqlarni oʻrnatish yoki almashtirish*;
arxitektura elementlarining suv oqib ketadigan quvurlari va kichik elementlarining qoplamalarini mustahkamlash;
oʻramli qoplamani qisman almashtirish;
oʻramsiz qoplamali tomlarning alohida uchastkalarini almashtirish (tiklash);
oʻramli va oʻramsiz qoplamali tomlarning himoya va pardozlash qatlamini oʻrnatish yoki tiklash.
5. Deraza va eshiklar, shaffof (yorugʻlik oʻtkazuvchi) konstruksiyalar:
alohida elementlarni (uskunalarni) va deraza hamda eshiklarni almashtirish, tiklash (oynalarni qisman almashtirish, eshik panellarini mustahkamlash, zichlash, boʻyash), deraza, eshik vitrajlarini yoki vitrinani (yogʻoch, metall va boshqalar) qisman almashtirish;
deraza romlari, eshik panellari va deraza tokchalarini boʻyash*;
oyna solish bilan deraza romlarining alohida tabaqalarini taʼmirlash;
prujinalar, tirgaklar va boshqalarni oʻrnatish;
fortochkalarni (darchalarni) oʻrnatish;
binoning derazalari, eshiklari va darvozalarini toʻliq boʻyash;
yangi kesakilarni qisman oʻrnatish.
6. Pardevorlar (toʻsiqlar):
yogʻoch pardevorlarning (toʻsiqlarning) alohida qismlarini mustahkamlash, kuchaytirish, almashtirish;
plitalar pardevorlardagi yoriqlarni germetizatsiyallash va suvash, ularning alohida uchastkalarini qayta yotqizish;
yangi pardevorlarni (toʻsiqlarni) boʻlaklarga ajratish va oʻrnatish*;
pardevorlarning tovush oʻtkazmaydigan xususiyatlarini yaxshilash (qoʻshni konstruksiyalar bilan tutashgan joylarini germetizatsiyallash va boshqalar);
7. Zinapoyalar, balkonlar, shuningdek kirish joylari, yertoʻlalar va yuqori qavatlarning balkonlari ustidagi soyabonlar:
alohida boʻlimlar va elementlarni tiklash yoki almashtirish;
zinapoyalar va maydonchalardagi chuqurchalarni, yoriqlarni germetizatsiyallash;
alohida zinalarni almashtirish;
metall suyanchiklarni (toʻsiqlarni), balkon panjaralarini, balkonlar va lodjiyalar uchun ekranlarni qisman almashtirish va mustahkamlash;
yogʻoch zinapoyalarning elementlarini qisman almashtirish;
beton va temir-beton plitalardagi chuqurchalar va yoriqlarni germetizatsiyallash;
pol qoplamasini tiklash;
ayvonlarning alohida elementlarini tiklash yoki almashtirish, yuqori qavatlarning kirish joylari, yertoʻlalari va balkonlari ustidagi soyabonlarni tiklash yoki oʻrnatish;
zinapoya va balkon panjaralari (toʻsiqlari) uchun tutqichlarni qisman yoki toʻliq almashtirish.
8. Pollar:
alohida boʻlimlarni almashtirish, tiklash;
taxta, parket, linoleum, beton va plitkali pollarni almashtirish, keyin boʻyash yoki mastika bilan ishqalash;
alohida sanitariya inshootlarida pollarning gidroizolyatsiyasi qoplamani toʻliq oʻzgartirish bilan almashtirish (qurish);
sement, beton, asfalt pollar va pollar uchun tagliklardagi chuqurchalarni, yoriqlarni zichlash.
9. Ichki pardozlash:
Kirish joylarida, texnik xonalarda va boshqa yordamchi xonalarda alohida boʻlimlarda devor, shift, pol qoplamalarini tiklash;
devor va shiftlarni yangidan yoki joylarda suvab qoʻyish*;
shiftlarni taʼmirlash yoki devorlarni suvashdan keyingi boʻyash va devor qogʻozi (oboy) ishlari;
mukammal taʼmirlash yoki yangi oʻrnatilgan ichki muhandislik tizimlarining metall qismlarini boʻyash;
devorlar va shiftlarni quruq suvoq bilan qoplash;
keramik yoki boshqa plitkalar bilan devor qoplamasini tiklash;
arxitekturaviy detallarini tiklash va mustahkamlash;
barcha xonalarda barcha turdagi suvoq va boʻyash ishlari.
10. Tashqi pardozlash:
fasadlarni tozalash, yuvish, taʼmirlash va boʻyash;
suvoq va plitkali qoplamaning uchastkalarini tiklash;
yiqilish xavfi boʻlgan arxitekturaviy detallarni mustahkamlash yoki fasaddan olib tashlash, qoplama plitkalari, alohida gʻishtlar, bino fasadining arxitektura va dekorativ elementlarini tiklash;
derazalar, eshiklar, balkon toʻsiqlari, parapet panjaralari, suv oqib tushadigan quvurlari va boshqalarni boʻyash;
uy belgilarini tiklash.
11. Markaziy isitish:
markaziy isitishning ichki qismlari elementlarining alohida elementlari va qismlarini tozalash, oʻrnatish, almashtirish hamda ishga yaroqliligini tiklash, shuningdek isitish punktlarida alohida berkitish va boshqarish moslamalarini almashtirish, issiqlik energiyasini hisobga olish asboblarini tekshirish;
quvurlarning alohida uchastkalarini, boʻlaklarini, isitish moslamalarini, berkitish va nazorat qilish armaturalarini oʻzgartirish;
havo kranlarini oʻrnatish (agar kerak boʻlsa), nasoslar uchun elektr motorlarini almashtirish;
buzilgan issiqlik izolyatsiyasini tiklash, tizimni gidravlik sinovdan oʻtkazish va yuvish;
isitish moslamalarini (ustun boʻylab) va umumiy isitish tizimlarini yuvish, isitish tizimlarini rostlash (boshqarish) va sozlash;
issiqlikni hisoblash asboblarini rostlash va sozlash, yaroqsizlarini almashtirish.
12. Shamollatish:
alohida boʻlimlarni oʻzgartirish va shamollatish kanallarida nozichliklarni bartaraf etish;
ichki shamollatish tizimlarini, shu jumladan ventilyatorlar va ularning elektr uzatmalarini almashtirish hamda ish qobiliyatini tiklash, shuningdek shamollatish kanallarini tekshirish, tozalash, shamollatish panjaralarini mustahkamlash;
havo klapanlari va boshqa jihozlarni almashtirish, deflektorlarni, quvur boshlarini taʼmirlash va almashtirish;
avtomatik yongʻin oʻchirish va tutunni yoʻqotish tizimlarini taʼmirlash va sozlash.
13. Suv taʼminoti va suvni qochirish (chetlatish):
alohida elementlar va elementlarning qismlarini, berkitish va boshqarish moslamalarini oʻrnatish, almashtirish va ishga yaroqliligini tiklash, qisman almashtirish bilan suvni qochirish agregatlarini tozalash, suvni qochirish tizimlari, issiq suv taʼminoti, shu jumladan nasos agregatlarining germetikligini tiklash;
tutash joylarni germetizatsiyalash, quvurlarni issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplash va mustahkamlash, quvurlar, bir qolipdagi qismlar, sifonlar, traplarning alohida uchastkalarini oʻzgartirish, qayta koʻrib chiqish;
quvurlarning buzilgan issiqlik izolyatsiyasini tiklash, tizimni gidravlik sinovdan oʻtkazish, tiqilib qolishlarni bartaraf etish;
alohida suv olinadigan kranlar, joʻmraklar, dushlar, berkitish armaturalarini almashtirish;
chordoqlardagi suv bosimini hosil qiladigan idishlarning armaturalarini almashtirish va sovuq oʻtmaydigan qilish;
hovlilar va koʻchalarni sugʻorish uchun alohida uchastkalarni almashtirish va suvoʻtkazgichlarning tashqi suv chiqarish joylarini uzaytirish;
yongʻin oʻchirish gidrantlarini va ichki yongʻin oʻchirish kranlarini almashtirish;
alohida nasoslar va kam quvvatli elektr motorlarni taʼmirlash va almashtirish;
vannalar uchun alohida agregatlarni yoki suv isitish asboblarini almashtirish, moʻrilarni mustahkamlash va almashtirish;
moʻrilarni mustahkamlash va almashtirish;
suv isitkichlari va zigzagsimon shakldagi isitkichlarni quyqa va choʻkindilardan tozalash;
hovlining suvni qochirish tizimini, drenajni tozalash;
korroziyaga qarshi qoplama, markalash;
nazorat klapanlarini (sozlash armaturalarini) taʼmirlash yoki almashtirish;
suv taʼminoti va suvni qochirish tizimlarini yuvish;
yaroqsiz nazorat-oʻlchov asboblarini almashtirish;
suv hisoblagichlarini tekshirish, kalibrlash, rostlash va sozlash, yaroqsizlarini almashtirish;
shikastlangan hojatxonalar (unitazlar), yuz-qoʻl yuvgichlarni, oshxona rakovinalarini va pissuarlarni almashtirish.
14. Elektrotexnik va past tokli qurilmalar:
binoning elektr taʼminotini oʻrnatish, almashtirish va ishga yaroqliligini tiklash;
yaroqsiz elektr simlarini almashtirish;
bino elektr tarmogʻining nosoz uchastkalarini almashtirish, shuningdek yangilarini oʻrnatish;
statsionar elektr pechkalarining xonadon ichidagi guruh elektr uzatish liniyasining shikastlangan qismlarini almashtirish;
ishdan chiqqan uzgichlar, shtepsel rozetkalarini va boshqalarni almashtirish;
ishlamay qolgan lampalarni, shuningdek oʻrab turgan chiroqlar va bayram yoritkichlarini almashtirish;
saqlagichlarni, avtomatik uzgichlarni, kirish-tarqatish moslamalarining qatlamli almashlab ulagichlarini, shchitlarni almashtirish;
bino yoritgichlarini avtomatik va masofadan boshqarish uchun foto uzgichlarni, vaqt relesini va boshqa qurilmalarni almashtirish va oʻrnatish;
elektr motorlarini va texnik qurilmalarning elektr oʻrnatmalarining alohida birliklarini almashtirish;
ishdan chiqqan yondirgichlarni, almashlab ulagichlarni, qovurish javonlarining qizdirgichlarini va statsionar elektr pechkalarning boshqa almashtiriladigan elementlarini almashtirish;
ishdan chiqqan statsionar elektr pechkalarni almashtirish;
oʻlchash asboblarini almashtirish;
uy ichidagi aloqa va signalizatsiya tarmoqlarini, asboblarni va boshqalarni markaziy isitishning ishlashini avtomatik boshqarish tizimlarini almashtirish yoki oʻrnatish;
nazorat xonalari (dispetcherlik) texnik qurilmalarini ulash;
ichki markaziy isitish va suv taʼminoti tizimlarining metall quvurlarini korroziyadan himoya qilish elektr qurilmalarini taʼmirlash;
radio tarmoqlarini, telefon qurilmalarini taʼmirlash va oʻrnatish, turarjoy binolarida jamoaviy foydalanish uchun televizion antennalarni oʻrnatish;
yerga ulash (zazemleniye) zanjirlarini tiklash;
ishlamay qolgan datchiklar simlar va yongʻin hamda xavfsizlik signalizatsiya uskunalarini almashtirish.
15. Liftlar:
shaxtadagi elektr yoritish tarmogʻini, shuningdek maydonchalar va koʻtargichlarga yaqinlashishlar, shaxta toʻsiqlarini kichik taʼmirlash, saqlagich plastinkalarini almashtirish;
eshik qulflarining toʻgʻri ishlashini tartibga solish;
kontaktlarni va “Toʻxtatish” tugmachalarini kichik taʼmirlash;
arqonlarning burmalarini tekislash;
elektromagnit tormoz va ushlagichlarni, chegara uzgichlari va kontaktlarini taʼmirlash.
16. Boshqa ishlar:
yertoʻla derazalarini toʻsuvchi metall panjaralarni mustahkamlash va oʻrnatish, yertoʻlaga kirishlar ustidagi soyabonlarni mustahkamlash;
markaziy isitish quvurlari, shamollatish kanallari va boshqalar orqali chordoqdagi yangi oʻtish joylarini tiklash va oʻrnatish;
uy belgilarini, bayroq ushlagichlarni mustahkamlash va oʻrnatish;
domofonlarni oʻrnatish va taʼmirlash;
barcha turdagi uy ichidagi jihozlarini sozlash;
gaz plitalarini taʼmirlash.
Izohlar:
har bir holatda joriy taʼmirlash vaqtidagi ishlar roʻyxati buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi;
* — tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda joriy taʼmirlash doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar.

SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalariga

5-ILOVA

Bino va inshootlarga joriy texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha asosiy ishlar roʻyxati
Alohida elementlar va xonalarni tekshirish vaqtida bajariladigan ishlar
1. Suv oʻtkazish va oqova suvlarni oqizish tizimlaridagi sezilarsiz (kichik) nosozliklarni (suv oʻtkazish quvuroʻtkazgichlari kranlaridagi qistirmalarni almashtirish, zichlagichlarni jipslashtirish, tirqishlarni toʻldirish, sanitariya uzellaridagi suv oqizish bachoklarini rostlash, sanitariya-texnik priborlarni mahkamlash, sifonlarni tozalash, suv aralashtirgichdagi tiqinli kranlarni artish, jipslashtirgichlar (salniklar)ni tiqish, shar shaklidagi suzgichni almashtirish, rezina qistirmalarni almashtirish, cheklagichlar-drosselli shaybalarni oʻrnatish, baklarni ohak choʻkindilaridan tozalash va boshqalarni) tuzatish, priborlarning quvuroʻtkazgichga ulangan joylaridagi turgʻunligini yoʻqotgan (qimirlab qolgan) priborlarni mahkamlash, quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlash.
2. Markaziy isitish va issiq suv taʼminoti tizimlarida kichik nosozliklarni tuzatish (uch yoʻnalishli kranlarni rostlash, salniklarni tiqish, issiqlik izolyatsiyasini kichik hajmda taʼmirlash va boshqalar).
3. Poʻlatdan yasalgan radiatorlardan suv tomchilaganda ularni almashtirish, havo toʻplagichlar, sanitariya uzellari, kompensatorlar, rostlovchi kranlar, ventillar, burama berkitgichlarni yechish, koʻzdan kechirish va choʻkindilardan tozalash, ochish-yopish armaturasini choʻkindilardan tozalash va boshqalar.
4. Quvuroʻtkazgichga ulanish nuqtalarida mahkamlanganligi zaiflashib qolgan priborlarni mahkamlash, quvurlarni mustahkamlash.
5. Elektromexanik qurilmalarning kichik nosozliklarini tuzatish (umumiy foydalanish joylarida kuygan chiroqlarni, shtepselli rozetkalar va oʻchirish tugmalarini almashtirish yoki taʼmirlash, elektr oʻtkazmalarini kichik taʼmirlash va boshqalar).
6. Quduqlarni taʼmirlash.
7. Kanalizatsiya soʻrgichlaridagi nosozliklarni tuzatish.
8. Ventilyatsiya kanallarida tutun tortilishini tekshirish.
9. Vannalarning yerga ulanganligini tekshirish.
10. Pechlar va oʻchoqlarni kichik taʼmirlash (oʻtxona eshiklari va qiziydigan listlarni mahkamlash va boshqalar).
11. Gorizontal kanalizatsiya quvurlarini tozalash.
12. Teshiklar (tirqishlar)ni, poʻlat tunukadan ishlangan tomyopma qirralarining uchastkalarini qoʻrgʻoshinli boʻyoq bilan toʻldirib yamash.
13. Uskuna (nasoslar, shchitli ventilyatorlar)ning yerga ulanganligini tekshirish.
14. Zina maydonchalari, texnik yertoʻlalar va chordoqlardagi chiroqlarni artish va almashtirish.
15. Elektr oʻtkazmalaridagi kichik nosozliklarni tuzatish.
16. Shtepselli rozetkalar va qoʻshish tugmalarni almashtirish.
17. Konstruksiyalar hamda ular atrofidagi gruntlarning texnik va dinamik holati monitoringi tizimlari (stansiyalar)ning ishlash qobiliyatini taʼminlash (agar bunday tizimlar oʻrnatilgan boʻlsa).
Binoni bahor-yoz davrida foydalanishga tayyorlash jarayonida bajariladigan ishlar
18. Balkon hamda balkon panjaralarini mustahkamlash va taʼmirlash.
19. Suv oqizish tarnovlari, tirsaklarni mahkamlash.
20. Sugʻorish tizimini rekonservatsiya qilish va taʼmirlash.
21. Markaziy isitish tizimini konservatsiyalash.
22. Bolalar va sport maydonchalari jihozlarini taʼmirlash.
23. Trotuarlar, piyodalar yoʻlaklari, otmostkalarni taʼmirlash.
24. Sugʻorish tizimlarining qoʻshimcha tarmogʻini qurish.
25. Bayroq tutqichlarini mahkamlash.
26. Koʻchma jamoat hojatxonalarini konservatsiya qilish (tozalash, dezinfeksiya qilish, jihozlarni yuvish, boʻyash, ressorlarni yuksizlantirish, jihozlarni rostlash).
27. Sokollardagi shamollatish tuynuklari va ventilyatsiyani ochish boʻyicha ishlar.
28. Yertoʻlalar, tomlar, fasadlar va pollarni tekshirish hamda ulardagi nosozliklarni bartaraf etish.
29. Suv oqizish tizimlarini tozalash (zarur boʻlgan hollarda).
Kuz-qish mavsumida foydalanishga tayyorgarlik koʻrishda bajariladigan ishlar
30. Deraza va balkon teshiklarini isitkichlar bilan qoplash (izolyatsiyalash).
31. Derazalar, eshiklarning singan oynalari va singan shishabloklarni almashtirish.
32. Kvartiralarga kirish eshiklarini isitgichlar bilan qoplash.
33. Chordoqlarning orayopmalarini taʼmirlash va isitkichlar bilan qoplash.
34. Chordoq va yertoʻla quvuroʻtkazgichlarini taʼmirlash va isitgichlar bilan qoplash.
35. Parapet toʻsiqlarini mustahkamlash va taʼmirlash.
36. Balkon va balkon panjaralarining ishonchli mahkamlanganligini tekshirish.
37. Chordoqlarning derazalarni oynavandlash va yopish.
38. Yertoʻlalarning derazalarini oynavandlash.
39. Chordoqlar, yertoʻlalardagi mavjud yurish taxta yoʻlaklarini taʼmirlash va yangi shunday yoʻlak taxtalarini tayyorlash.
40. Suv taʼminoti va markaziy isitish tizimlarini taʼmirlash, rostlash va sinovdan oʻtkazish.
41. Pechlar va oshxona oʻchoqlarini taʼmirlash.
42. Markaziy isitish tizimining suv isitish qozonlarini taʼmirlash va isitkichlar bilan qoplash.
43. Gaz yordamida suv isitish kolonkalari va isitish qozonlariga tegishli boʻlgan tutun chiqarish kanallarini taʼmirlash, isitkichlar bilan qoplash va tozalash.
44. Singan shisha bloklarni, derazalar va kirish eshiklari hamda yordamchi xonalar eshiklarining singan oynalarini almashtirish.
45. Sugʻorish tizimlarini konservatsiyalash.
46. Bayroq tutqichlari va binoning tartib raqam belgilarini mahkamlash.
47. Binoning sokollaridagi shamol kiradigan tirqishlarni yamash.
48. Tashqi suv kranlari va kolonkalarini taʼmirlash hamda izolyatsiyalash.
49. Kirish eshiklaridagi prujinalarini taʼmirlash va mahkamlab oʻrnatish.
50. Kirish eshiklarini taʼmirlash va mustahkamlash.
51. Koʻchma jamoat hojatxonalarini konservatsiya qilish (tozalash, dezinfeksiya qilish, jihozlarni yuvish, boʻyash, priborlarni yechib olish va suvni oqizish, quritish, ressorlarni yuksizlantirish, yaʼni boʻshatish).
Boshqa ishlar
52. Sinov vaqtida markaziy isitish tizimlarini rostlash va ishga tushirish.
53. Xuddi shunday, ventilyatsiya tizimlarini ham rostlash va ishga tushirish.
54. Quvuroʻtkazgichlar, ochish-yopish armaturasi va burama berkitgichlardagi suv tomchilashini bartaraf etish.
55. Quvuroʻtkazgichlar, ochish-yopish armaturasi va burama berkitgichlarning alohida (ayrim) uchastkalarini almashtirish.
56. Isitish tizimlarini yiliga kamida bir marta siqilgan havo bilan bosim ostida tekshirish (opressovkalash) va suv yordamida yuvish.
57. Suv baklarini tozalash va yuvish.
58. Muhandislik uskunalari bilan avtomatik boshqarish tizimlarini rostlash va ishga tushirish.
59. Quduqlarni tozalash.
60. Suv oqizish tizimlarini mavsumiy foydalanishga tayyorlash.
61. Tomlardan qor va muzni olib tashlash.

SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalariga

6-ILOVA

Bino hamda obyektlar elementlari va xonalarini koʻrikdan oʻtkazishning davriyligi

Bino yoki obyektlarning koʻrikdan oʻtkaziladigan elementlari va xonalari

Koʻriklarning davriyligi, oylarda

Izoh

Tomlar

3-6 x

-

Yogʻoch konstruksiyalar va duradgorlik buyumlari

6-12 x

-

Tosh-gʻishtli konstruksiyalar

12

-

Temir-beton konstruksiyalar

12

-

Yigʻma konstruksiyali binoning panellari va panellar orasidagi choklar

12

-

Yigʻma konstruksiyali binodagi korroziyadan himoyalanmagan poʻlat mahkamlash detallari

Foydalanish boshlangandan 10 yil oʻtgach, keyin har 3 yilda

5-6 ta uzelni ochish yoʻli bilan oʻtkaziladi

Korroziyaga qarshi himoyalangan poʻlat mahkamlash detallari

15 yildan soʻng, keyin har 3 yilda

5-6 ta uzelni ochish yoʻli bilan oʻtkaziladi

Pechlar, oshxona oʻchoqlari, tutun yoʻllari, tutun chiqarish quvurlari

3

Isitish mavsumi boshlanishidan oldin hamda mavsum davomida koʻzdan kechiriladi va tozalanadi

Gaz quvurlari

3

-

Ventilyatsiya panellari

12

-

Shuningdek, gaz priborlari oʻrnatilgan xonalardagi ventilyatsiya panellari

3

-

Ichki va tashqi pardozlash

6-12 x

-

Pollar

12

-

Zinapoya kataklaridagi derazalarning panjaralari va zinapoya toʻsiqlarining tutqichlari (perila)

6

-

Sovuq suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiq suv taʼminoti tizimlari

3-6x _

-

Markaziy isitish tizimlari:

kvartiralar hamda kommunal va ijtimoiy-madaniy obyektlarning asosiy funksional xonalarida;

chordoqlarda, yertoʻlalarda, zinapoyalarda

2

Isitish mavsumi davrida oʻtkaziladi

Issiq suvni kiritish joylari, qozonxonalar va qozonxona uskunalari

2

-

Hisoblagichlarning guruhli priborlari:

suv (sovuq, issiq),

issiqlik

Yiliga kamida 2-marta

-

Issiqlik energiyasini rostlovchi priborlar

Yiliga kamida 2-marta

-

Maishiy axlat quvurlari

har oyda

-

Elektr jihozlari:

-

ochiq elektroʻtkazmasi;

3

yopiq elektroʻtkazmalari, poʻlat quvurlar ichidan oʻtadigan elektr oʻtkazmalari

6

Oshxona elektr plitalari

6

-

Yordamchi xonalar (zinapoyalar, vestibyular) dagi chiroqlar va boshqalar

3

-

Tutunga qarshi shamollatish va yongʻinga qarshi avtomatika tizimlari

har oyda

-

Domofonlar

har oyda

-

Uy ichidagi tarmoqlar, BDT jihozlari va boshqaruv panellari

3

-

Uy isitish qozonxonalari va qozonlari, ustaxonalar, suv nasoslari, fekalli va drenaj nasoslarining elektr uskunalari

2

-

Kvartiralarning yashash va yordamchi xonalari: kommunal va ijtimoiy-madaniy vazifalarni bajaruvchi obyektlarning zinapoyalari, vestibyullari, yertoʻlalari, chordoqlari va boshqa yordamchi xonalari

12

-

Uylarning tartib raqamlari (nomerlari), maʼlumot beruvchi belgilar va koʻcha nomi yozilgan taxtachalar, kirish joylaridagi raqamlar, uylarning pasportlari

6 — 12*

-

Izoh:
X) koʻriklarning muayyan vaqt oraliqlarida belgilangan davriyligi binoning texnik holati va mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda bir yilda bir martadan kam boʻlmagan holda foydalanuvchi tomonidan belgilanadi;
kommunal va ijtimoiy-madaniy vazifalarni bajaruvchi obyektlarning muhandislik va texnologik jihozlari maxsus turlari koʻriklarining davomiyligi ushbu obyektlarni foydalanuvchisi tomonidan belgilanadi.

SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalariga

7-ILOVA
Bino va obyektlar elementlarining nosozliklarini tuzatish muddatlari

Bino elementlarining nomi va nosozliklar

Nosozliklarni tuzatishning chegaraviy muddati (ular aniqlangan vaqtdan boshlab, sutkalarda)

1

2

Tom (krovlya)

Suv tomchilashi

1

Tashkil etilgan suv oqizish tizimidagi nosozliklar (suv oqizish quvurlari, voronkalar va boshqalar)

5

Ichki suv oqizish elementi va undagi nosozliklar

2

Tashqi suv oqizish elementi va undagi nosozliklar

5

Devorlar

Ayrim gʻishtlarning tashqi devorlardagi gʻisht terilmasi bilan bogʻlanishining yoʻqolganligi

1

(xavfli zonani zudlik bilan oʻrab olish)

Balkon va balkon panjaralarining shikastlanishi

1

(xavfli zonani zudlik bilan oʻrab olish)

Devorlarning muzlashi

Texnik jihatdan mumkin boʻlgan muddatlarda

Panellar orasidagi choklardan suv tomchilashi

7

Gaz kanallari va tutun chiqish yoʻllaridagi nosozliklar (nojipsliklar)

1

Toʻrt nuqtadan birida devor panellarining karkas bilan birikishining buzilishi

Karnizlardagi temir-beton plitalar, gʻisht terimidagi ayrim gʻishtlarning va deraza hamda eshik usti toʻsinlarining, fasadlardagi arxitekturaviy bezak elementlarning boshqa konstruksiyalar bilan bogʻlanishining (odamlar xavfsizligiga taʼsir qiluvchi) zaiflashishi, suvoq va pardoz qatlamlarining odamlar xavfsizligiga taʼsir qiluvchi qatlamlanishi

1

Deraza va eshik usti toʻsinlarining deformatsiyalanishi (yorib oʻtuvchi tirqishlar)

1

Deraza va eshiklar boʻshliqlarining toʻldirmalari

Derazalarning singan oynalari va derazalarning buzilgan tabaqalari, fortochkalari hamda balkon eshiklarining buzilgan fortochkalari, balkon eshiklarining buzilgan tabaqalari, vitrinalar va vitrajlarning buzilgan tabaqalari, singan shishabloklar:

qish faslida

1

yoz faslida

3

Derazalardan suv tomchilashi

7

Pechlar

Yongʻinni tarqalish xavfini yuzaga keltiruvchi yoriqlar va boshqa nosozliklar hamda xonalarga turli gazlarning kirishi

1

(foydalanishni toʻxtatish)

Ichki va tashqi pardoz

Shift suvoq qatlami yoki devorlar yuqori qismi suvoq qatlamining odamlar hayotiga xavf tugʻdiruvchi qatlamlanishi

5

(tezkor xavfsizlik chora-tadbirlarini qabul qilish bilan)

Fasadlarga 1,5 m dan ortiq boʻlmagan balandlikda oʻrnatilgan tashqi pardoz qoplamalari, naqqoshlik detallarining devorlar bilan birikishining buzilishi

Tezkor xavfsizlik chora-tadbirlarini qabul qilish bilan

Xuddi shunday fasadlarning sokol qismidagi tashqi pardoz qoplamalari, naqqoshlik detallarining devorlar bilan birikishining buzilishi

5

Sovuq va issiq suv taʼminoti, kanalizatsiya, isitish tizimlari

Suv oʻtkazmalari va suv oqizish baklaridagi tomchilash holatlarini bartaraf etish

1

Avariya holatlarida (quvuroʻtkazgichlardagi va ularning tutashgan joylaridagi yoriqlar, teshiklar hamda ventillar va zadvijkalarda) va isitish, suv taʼminoti, kanalizatsiya tizimlarida, suvni koʻtaruvchi qurilmalarning ventillari, burama berkitgichlarida yuzaga keladigan nosozliklarni tuzatish

Tezkor tuzatish

Chiqindi tushirish quvuroʻtkazichidagi nosozliklar

1

Fekalli va drenaj nasoslaridagi nosozliklar

1

Elektr qurilmalari

Elektr tarmoqlari va uskunalarida avariyaga olib keluvchi nosozliklar (qisqa tutashuv, elektr toki urishi bilan shikastlanish xavfi va boshqalar)

Tezkor tuzatish

Shuningdek, avariya holatini keltirib chiqarmaydigan nosozliklar

1

Birlashgan (integratsiyalashgan) dispetcherlik tizimlaridagi nosozliklar

Tezkor tuzatish

Yongʻin avtomatikasidagi nosozliklar

Tezkor tuzatish

Soʻzlashish-qulflanuvchi qurilmalardagi va binoga kirish joylaridagi kodli qulflardagi nosozliklar

1

Elektr plitalaridagi nosozliklar

Koʻchmas mulk egalari va ijarachilari bilan kelishilgan muddatlarda.

Yotoqxonalarda — 1

Liftlar

Liftdagi nosozliklar

1 (foydalanishni toʻxtatish)

Ventilyatsiya

Xonalarda havo almashinuvining buzilishi

Tezkor bartaraf etish

Gaz taʼminoti

Gazning sizib chiqishi

Tezkor bartaraf etish

Uskunalardagi nosozliklar

Tezkor tuzatish