toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 13-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 25-iyunda maʼqullangan
Mamlakatimizda aholining, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi xabardorlik darajasini oshirish, yaratilgan intellektual faoliyat natijalarini muhofaza qilish jarayonlarini raqamlashtirish orqali ortiqcha talablarni bekor qilish hamda intellektual mulkni huquqiy jihatdan ishonchli tarzda muhofaza qilish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq tartib-taomillarni soddalashtirish va yengillashtirishga, intellektual mulk egalarining huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini samarali himoya qilish choralarini kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayoni soddalashtirilishini, ayrim intellektual mulk obyektlarini ekspertiza qilish muddatlari qisqartirilishini, roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida ortiqcha hujjatlardan voz kechilishini, patent bojlarini toʻlashda qoʻshimcha qulayliklar joriy etilishini hamda intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga va innovatsion jihatdan yuksalishiga samarali taʼsir koʻrsatuvchi intellektual mulk tizimini takomillashtirishga, jamiyatda intellektual mulkka boʻlgan huquqlarga nisbatan hurmat hissini shakllantirishga hamda intellektual mulk egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi 1060-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 1, 5-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) Qonunning nomidagi “himoyasi” degan soʻz “muhofazasi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “himoyasi” degan soʻz “muhofazasi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “himoyasi” degan soʻz “muhofazasi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
nomidagi “himoya” degan soʻz “muhofaza” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi “himoya” degan soʻz “muhofaza” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 4-moddaning oltinchi qismidagi “himoya” degan soʻz “muhofaza” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 9-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Roʻyxatdan oʻtkazish talabnomasi kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (bundan buyon matnda Davlat muassasasi deb yuritiladi) kerakli hujjatlarning bor-yoʻqligini va qoidalarning talablariga qanchalik muvofiqligini tekshirib chiqadi. Tekshirish natijasi ijobiy boʻlsa, Vazirlik EHM uchun yaratilgan dasturni yoki maʼlumotlar bazasini tegishli Reyestrga kiritadi, talabnoma beruvchiga rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda elektron shaklda rasmiylashtirilgan guvohnoma yuboradi hamda roʻyxatdan oʻtkazilgan EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalariga doir maʼlumotlarni Vazirlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qiladi.
Talabnoma beruvchi Davlat muassasasining soʻroviga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilinguniga qadar talabnoma materiallarini toʻldirishga, ularga aniqlik kiritishga va ularni tuzatishga haqlidir. Tekshirish natijasi salbiy boʻlsa, Davlat muassasasi talabnoma beruvchiga rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligini bildiruvchi hujjat yuboradi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi 1062-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 2, 108-modda, № 9, 960-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 14-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Patent berish haqidagi talabnomani topshirishda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi yoki talabnomaga patent bojini toʻlashdan ozod qilishning yoxud uning miqdori kamaytirilishining asoslarini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi”;
2) 23-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani topshirish muddati bunday iltimosnomani topshirish uchun belgilangan miqdordagi patent boji toʻlangan taqdirda, talabnoma beruvchining talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran uch yil oʻtguniga qadar topshirilgan iltimosnomasiga koʻra Davlat muassasasi tomonidan koʻpi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin”;
3) 24-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat muassasasi tomonidan patent berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganidan keyin Vazirlik sanoat mulki obyektini avtomatik tarzda tegishincha Davlat ixtirolar reyestrida, Davlat foydali modellar reyestrida yoki Davlat sanoat namunalari reyestrida davlat roʻyxatiga oladi”;
4) 26-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sanoat mulki obyekti roʻyxatga olinganda patent talabnoma beruvchiga avtomatik tarzda elektron tizim orqali yuboriladi.
Sanoat mulki obyekti patenti Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda, elektron shaklda rasmiylashtirilgan tarzda beriladi”;
birinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunday iltimosnoma belgilangan miqdordagi patent boji toʻlangan taqdirda, patentning amal qilishi tugatilgan sanadan eʼtiboran uch yil muddat ichida, biroq patentning ushbu Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar Vazirlikka topshirilishi mumkin”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda, № 8, 818-modda, № 9, 954, 964-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1079, 1083-moddalar, № 11, 1186-modda, № 12, 1280, 1287-moddalar; 2025-yil, № 2, 196-modda, № 3, 376, 377-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 661-moddaning birinchi qismidagi “149-moddasida (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish)” degan soʻzlar “149-moddasida (muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish), 1491-moddasida (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish), 1492-moddasida (oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud oʻzganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish), 1493-moddasida (ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutugʻiga boʻlgan huquqlarni buzish)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 149-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“149-modda. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish
Asarga, ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, seleksiya yutugʻiga va integral mikrosxema topologiyasiga nisbatan mualliflikni oʻzlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek ushbu intellektual mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ular rasman eʼlon qilinguniga qadar muallifning roziligisiz oshkor etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
g) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
3) VII bob quyidagi mazmundagi 1491, 1492 va 1493-moddalar bilan toʻldirilsin:
“1491-modda. Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish
Asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning eʼtiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining nusxalarida ularni tayyorlovchilar haqida, ularni ishlab chiqarish joylari toʻgʻrisida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolgʻon axborotni koʻrsatish koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib;
d) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
1492-modda. Oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud oʻzganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish
Oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud oʻzganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan tovar belgisiga, xizmat koʻrsatish belgisiga, geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan ogohlantiruvchi tamgʻadan qonunga xilof ravishda foydalanish koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
g) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
1493-modda. Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutugʻiga boʻlgan huquqlarni buzish
Tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini oʻz ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif qilish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, muhofaza qilinadigan integral mikrosxema topologiyasini, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani oʻz ichiga olgan buyumni ruxsatsiz qoʻllash, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, sotuvga qoʻyish, sotish, takrorlash va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish, patentlangan seleksiya yutugʻini ruxsatsiz yetishtirish va takror yetishtirish (koʻpaytirish), nav yoki nasllilik konditsiyalariga yetkazish, seleksiya yutugʻidan ruxsatsiz foydalangan holda yaratilgan mahsulotni sotishga taklif etish, sotish, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki saqlash koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
g) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
4) 2292-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz voyaga yetmagan shaxsga diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek voyaga yetmagan shaxsga xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda; № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1070, 1073, 1077, 1083-moddalar, № 12, 1280, 1286, 1292-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 2, 196, 201-moddalar, № 3, 376-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 325-moddaning birinchi qismidagi “149-moddasida” degan soʻzlar “149, 1491-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 345-moddaning ikkinchi qismidagi “141 — 149” raqamlari “141 — 1493” raqamlari bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 177-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud oʻzganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan tovar belgisiga, xizmat koʻrsatish belgisiga, geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan ogohlantiruvchi tamgʻadan qonunga xilof ravishda foydalanish”;
birinchi qismining sanksiyasidagi “fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar “fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha” degan soʻzlar “fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 1772-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1772-modda. Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutugʻiga boʻlgan huquqlarni buzish
Tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini oʻz ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, muhofaza qilinadigan integral mikrosxema topologiyasini, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani oʻz ichiga olgan buyumni ruxsatsiz qoʻllash, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, sotuvga qoʻyish, sotish, takrorlash va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish, patentlangan seleksiya yutugʻini ruxsatsiz yetishtirish va takror yetishtirish (koʻpaytirish), nav yoki nasllilik konditsiyalariga yetkazish, seleksiya yutugʻidan ruxsatsiz foydalangan holda yaratilgan mahsulotni sotishga taklif etish, sotish, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki saqlash, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 289-moddaning uchinchi qismi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalarining” degan soʻzlardan keyin “adliya organlarining (intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilishda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“290-modda. Ashyolar va hujjatlarni olib qoʻyish hamda xatlash”;
birinchi qismidagi “shunday ashyolar boʻlmish ashyo” degan soʻzlar “huquqbuzarlik ashyosi boʻlgan ashyo” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Adliya organlari tomonidan ashyolarni koʻzdan kechirish vaqtida (intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilishda) aniqlangan huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita huquqbuzarlik ashyosi boʻlgan ashyo va hujjatlar xatlanadi”;
ikkinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha uchinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 217, 218-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061, 1062-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 2, 111, 114-moddalar № 6, 530-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 4, 522-modda) 1107-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda ishlab chiqarilgan tovarlar hamda ularning oʻrovlari va yorliqlari qoidabuzar hisobidan olib qoʻyilishi hamda yoʻq qilinishi lozim”;
uchinchi qism chiqarib tashlansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi 270-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 395-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 156-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 11, 791-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 9, 960-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 4-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjalik ekinlari navlarini sinash markazi (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar deb yuritiladi) talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan oʻtkazadi”;
birinchi qismining yettinchi — oʻn birinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“seleksiya yutugʻining ustuvorligini tasdiqlovchi hujjatni (zarurat boʻlganda);
talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilganda ularga berilgan ishonchnomani oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Patent berish haqidagi talabnomani topshirishda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi yoki talabnomaga patent bojini toʻlashdan ozod qilishning yoxud uning miqdori kamaytirilishining asoslarini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi”;
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
toʻrtinchi qismidagi “birinchi qismi” degan soʻzlar “birinchi va ikkinchi qismlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 25-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Patent berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganidan keyin Vazirlik seleksiya yutugʻini tegishli reyestrda avtomatik tarzda roʻyxatga oladi”;
4) 27-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Patentni Vazirlik yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda, elektron shaklda rasmiylashtirilgan tarzda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan beradi.
Seleksiya yutugʻi roʻyxatga olinganda patent talabnoma beruvchiga avtomatik tarzda elektron tizim orqali yuboriladi”;
ikkinchi qismi “iltimosnoma” degan soʻzdan keyin “belgilangan miqdordagi patent boji toʻlangan taqdirda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
oltinchi qismidagi “nomutlaq (oddiy)” degan soʻzlar “oddiy (nomutlaq)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “Nomutlaq (oddiy)” degan soʻzlar “Oddiy (nomutlaq)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 40-moddaning ikkinchi qismidagi “nomutlaq (oddiy)” degan soʻzlar “oddiy (nomutlaq)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 218-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 87-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 1, 5-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 11-moddaning matnidagi “toʻlangani toʻgʻrisidagi hujjat olingan sanadan eʼtiboran bir oy ichida” degan soʻzlar “toʻlanganda avtomatik tarzda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 13-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Guvohnomani berish Vazirlik tomonidan topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin avtomatik tarzda yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda, elektron shaklda rasmiylashtirilgan tarzda amalga oshiriladi”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 2, 108-modda, № 9, 960-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Talabnoma berganlik uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi”;
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
birinchi qismidagi “Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma” degan soʻzlar “Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish talabnoma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish talabnoma boʻyicha rasmiy ekspertiza tugaganidan keyin bir oy ichida Davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi”;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 18-moddaning birinchi qismidagi “toʻlanganligi haqidagi hujjat olingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida” degan soʻzlar “toʻlanganda avtomatik tarzda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 22-modda ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisi “koʻrsatilgan” degan soʻzdan keyin “arizani topshirishda patent boji toʻlanadi va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076, 1079-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1279, 1280, 1285-moddalar; 2025-yil, № 1, 4, 6-moddalar, № 2, 188, 189, 195, 197-moddalar, № 4, 519, 520-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining 9-bandidagi “himoya” degan soʻz “muhofaza” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 15-moddaning beshinchi qismidagi “topologik integral mikrosxemalarning” degan soʻzlar “integral mikrosxemalar topologiyalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23-modda. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish chogʻida davlat bojini undirishning oʻziga xos xususiyatlari
Davlat bojini toʻlovchi tomonidan davlat boji (patent boji) ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari huquqiy muhofaza qilinguniga qadar, tovar belgilarini, xizmat koʻrsatish belgilarini, geografik koʻrsatkichlarni, tovar kelib chiqqan joy nomlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarni yoki maʼlumotlar bazalarini hamda ularga doir huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma yoki ulardan foydalanish huquqini berish boʻyicha litsenziya shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilguniga qadar toʻlanadi.
Davlat boji (patent boji) davlat bojini toʻlovchi tomonidan toʻlanganligi fakti elektron tizimlar orqali tasdiqlanadi.
Agar davlat ekspertizasi oʻtkazilganligi uchun davlat boji (patent boji) ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlari guruhiga talabnoma berilganligi va ekspertiza oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda toʻlangan boʻlsa, davlat ekspertizasi davlat bojini toʻlovchi tomonidan tanlangan yoxud bunday tanlov mavjud boʻlmaganda ixtiroda, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida koʻrsatilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlariga nisbatan oʻtkaziladi.
Agar talabnoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi davlat ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun davlat boji (patent boji) talabnoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi davlat ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda boʻlsa, ekspertiza Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining davlat bojini toʻlovchi tomonidan tanlangan sinflariga nisbatan oʻtkaziladi.
Davlat bojini toʻlovchi vakolatli organning davlat bojining (patent bojining) yetishmayotgan qismi qoʻshimcha ravishda toʻlanishi toʻgʻrisidagi bildirishnomasi olingan sanadan eʼtiboran uch oy ichida zarur summani qoʻshimcha ravishda toʻlash huquqiga ega.
Davlat bojining (patent bojining) yetishmayotgan qismi vakolatli organning davlat bojining (patent bojining) yetishmayotgan qismi qoʻshimcha ravishda toʻlanishi toʻgʻrisidagi bildirishnomasi olingan sanadan eʼtiboran uch oy ichida toʻlanmagan taqdirda, ixtirolarni, foydali modellarni, sanoat namunalarini, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilarini, xizmat koʻrsatish belgilarini, geografik koʻrsatkichlarni, tovar kelib chiqqan joy nomlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarni va maʼlumotlar bazalarini hamda ularga doir huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani yoki ulardan foydalanish huquqini berish boʻyicha litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilmaydi. Bunda davlat bojining (patent bojining) ilgari toʻlangan, toʻliq boʻlmagan miqdori qaytarilmaydi.
Ushbu Qonun ilovasi 10-bandining “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan ixtirolar va foydali modellarni muhofaza qilish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishda quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:
II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga 90 foiz miqdorida;
taʼlim oluvchi shaxslarga, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarga 30 foiz miqdorida;
yuridik shaxs boʻlgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim tashkilotlariga va ilmiy tashkilotlarga 25 foiz miqdorida”;
4) ilova:
10-bandi:
“a” kichik bandining izohi chiqarib tashlansin;
“b” kichik bandining birinchi — toʻrtinchi izohlari chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

v) roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va patentlarni berish uchun

;

izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Izoh. Roʻyxatdan oʻtkazganlik, eʼlon qilganlik va patentlarni berganlik uchun davlat boji (patent boji) ekspertizaga doir qaror joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida toʻlanadi. Davlat boji (patent boji) ushbu muddat tugagan kundan eʼtiboran olti oy ichida toʻlangan taqdirda uning miqdori 50 foizga koʻpayadi”;
“g” kichik bandining:
birinchi izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh. Foydali modelga patentning amal qilishining har bir yili uchun talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran har yili saqlash uchun davlat boji (patent boji) birinchi yil uchun — roʻyxatdan oʻtkazganlik, eʼlon qilganlik va patent berganlik uchun boj bilan bir vaqtda toʻlanadi, keyingi yillar uchun — joriy yilda patentning amal qilish muddati tamom boʻlishiga qadar oxirgi uch oy ichida toʻlanadi”;
ikkinchi izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh. Talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran uchinchi yilga ixtiroga oid patentning amal qilishini saqlash uchun davlat boji (patent boji) patent berganlik uchun boj bilan bir vaqtda toʻlanadi, keyingi yillar uchun joriy yilning oxirgi uch oyi ichida toʻlanadi”;
uchinchi izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh. Sanoat namunasiga doir patentning amal qilishini har yili saqlaganlik uchun davlat boji (patent boji) talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran uch yilga — patent berganlik uchun boj bilan bir vaqtda toʻlanadi, keyingi yillar uchun — patentning amal qilish muddati oʻtguniga qadar boʻlgan oxirgi uch oy ichida toʻlanadi”;
toʻrtinchi izohi chiqarib tashlansin;
“d” kichik bandining izohi chiqarib tashlansin;
“e” kichik bandining:
ikkinchi xatboshisidagi “tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar” degan soʻzlar “tuzatishlar, aniqliklar va toʻldirishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi — oltinchi izohlari chiqarib tashlansin;
“j” kichik bandining birinchi, ikkinchi va uchinchi izohlari chiqarib tashlansin;
11-bandi:
“a” kichik bandining izohi chiqarib tashlansin;
“b” kichik bandining birinchi va ikkinchi izohlari chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

v) roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va patentlarni berish uchun

;

izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh. Roʻyxatdan oʻtkazganlik, eʼlon qilganlik va patentlarni berganlik uchun davlat boji (patent boji) ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida toʻlanadi. Davlat boji (patent boji) ushbu muddat tugagan kundan eʼtiboran olti oy ichida toʻlangan taqdirda uning miqdori 50 foizga koʻpayadi;
“g” kichik bandining:
birinchi izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh. Davlat boji (patent boji) birinchi yil uchun — roʻyxatdan oʻtkazganlik, eʼlon qilganlik va patent berganlik uchun boj bilan bir vaqtda toʻlanadi, keyingi yillarda joriy yilda patentning amal qilish muddati tugaguniga qadar oxirgi uch oy ichida toʻlanadi;
ikkinchi va uchinchi izohlari chiqarib tashlansin;
“d” kichik bandining izohi chiqarib tashlansin;
“e” kichik bandining:
ikkinchi xatboshisidagi “tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar” degan soʻzlar “tuzatishlar, aniqliklar va toʻldirishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
izohi chiqarib tashlansin;
“j” kichik bandining izohi chiqarib tashlansin;
“z” kichik bandining:
ikkinchi xatboshisidagi “muddatini bir oyga (bir oydan oshmagan muddatga) uzaytirish” degan soʻzlar “muddatini uzaytirish, uzaytirishning har bir oyi uchun (olti oydan oshmagan muddatga)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
izohi chiqarib tashlansin;
12-bandi:
birinchi xatboshisidagi “tovarlar kelib chiqish joyi nomi” degan soʻzlar “tovar kelib chiqqan joy nomlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandining izohi chiqarib tashlansin;
“b” kichik bandining izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh. Roʻyxatdan oʻtkazganlik, eʼlon qilganlik va guvohnoma berganlik uchun davlat boji (patent boji) ekspertiza qarori yoki Apellyatsiya kengashining tovar belgisini Oʻzbekiston Respublikasi hududida hammaga maʼlum deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qarori joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida toʻlanadi. Davlat boji (patent boji) ushbu muddat tugagan kundan eʼtiboran olti oy ichida toʻlangan taqdirda uning miqdori 50 foizga koʻpayadi;
“v” kichik bandining:
birinchi izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh. Amal qilishini saqlash uchun davlat boji (patent boji) birinchi yil uchun — roʻyxatdan oʻtkazganlik, eʼlon qilganlik va guvohnoma berganlik uchun boj bilan bir vaqtda toʻlanadi, keyingi yillar uchun — guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar boʻlgan oxirgi yil ichida toʻlanadi;
ikkinchi izohi chiqarib tashlansin;
“g” kichik bandining izohi chiqarib tashlansin;
“d” kichik bandining:
ikkinchi xatboshisidagi “tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar” degan soʻzlar “tuzatishlar, aniqliklar va toʻldirishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
izohi chiqarib tashlansin;
“e” kichik bandining birinchi va ikkinchi izohlari chiqarib tashlansin;
13-bandi:
“a” kichik bandining izohi chiqarib tashlansin;
“b” kichik bandining izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh. Roʻyxatdan oʻtkazganlik, eʼlon qilganlik va guvohnomalar berganlik uchun davlat boji (patent boji) ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida toʻlanadi. Davlat boji (patent boji) ushbu muddat tugagan kundan eʼtiboran olti oy ichida toʻlangan taqdirda uning miqdori 50 foizga koʻpayadi”;
“v” kichik bandining izohi chiqarib tashlansin;
“g” kichik bandining:
ikkinchi xatboshisidagi “tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar” degan soʻzlar “tuzatishlar, aniqliklar va toʻldirishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
izohi chiqarib tashlansin;
14-bandining izohi chiqarib tashlansin;
15-bandi:
birinchi xatboshisidagi “himoyasi” degan soʻz “muhofazasi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandining:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berish va tekshirish oʻtkazish

;

izohi chiqarib tashlansin;
“b” kichik bandining:
birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

b) roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va guvohnomalarni berish

EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini roʻyxatdan oʻtkazish

;

beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

roʻyxatdan oʻtkazilgan EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy byulletenda eʼlon qilish

;

izohi chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandining:
birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

v) EHM uchun yaratilgan dasturga va maʼlumotlar bazasiga doir huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani yoki ulardan foydalanish huquqini berish boʻyicha litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun

EHM uchun yaratilgan dasturga va maʼlumotlar bazasiga doir huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish

;

beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

EHM uchun yaratilgan dasturga va maʼlumotlar bazasiga doir huquqlardan foydalanish huquqini berish boʻyicha litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish

;

izohi chiqarib tashlansin;
“g” kichik bandining:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinguniga qadar EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish soʻralgan talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar va toʻldirishlar kiritish

;

izohi chiqarib tashlansin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-martda qabul qilingan “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-757-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 3, 214-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 11-modda uchinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Talabnomani topshirishda patent boji toʻlanishi va talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak”;
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 18-moddaning birinchi qismidagi “toʻlanganligi haqidagi hujjat olingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida” degan soʻzlar “toʻlanganda avtomatik tarzda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 20-moddaning ikkinchi qismidagi “keyin uch ish kuni ichida Vazirlik tomonidan beriladi” degan soʻzlar “keyin Vazirlik tomonidan yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan, elektron shaklda rasmiylashtirilgan holda, avtomatik tarzda beriladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 22-modda ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisi “koʻrsatilgan” degan soʻzdan keyin “arizani topshirishda patent boji toʻlanadi va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
14-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 3-moddasi 1, 2 va 3-bandlari, 4, 5 va 6-moddalari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-avgust,
OʻRQ-1080-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)