toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni 58-moddasiga muvofiq oʻrta maxsus, kasbiy, oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari, bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni beruvchi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari davlat taʼlim standartlariga, davlat taʼlim talablariga, shuningdek, taʼlim dasturlariga muvofiqlik jihatidan kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilishi belgilangani;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilgani;
Agentlik idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishi hamda taʼlim tashkilotlarini xavfni tahlil qilish asosida navbatdan tashqari oʻrganishi;
kompleks davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra muayyan taʼlim dasturida aniqlangan qoʻpol kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, ushbu taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv faoliyatini davom ettirish va qabulni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish bosqichlari va tartibi;
taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda ichki va tashqi baholashni tashkil qilish;
taʼlim tashkilotlarida xavfni tahlil qilish va monitoring oʻtkazish orqali taʼlim sifati samaradorligini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish jarayonlarini tashkil etish.
3. Belgilansinki:
yangi tashkil etilgan taʼlim tashkilotlari va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim dasturlari birinchi kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilgunga qadar davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan hisoblanadi;
amaldagi taʼlim dasturlari taʼlim tashkilotining murojaatiga koʻra navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasiga qadar yoki mazkur tashkilotni kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish davrida maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi;
taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish davrida nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining sohaviy roʻyxatida birinchi 300 talikdan oʻrin olgan yoki Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestriga kiritilgan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilgan taʼlim dasturlari tegishli mezonlar boʻyicha ijobiy baholangan deb hisoblanadi.
4. Taʼlim tashkilotlari tarkibida ularning belgilangan shtatlari doirasida taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimlari tashkil etilsin. Bunda:
oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimlari kamida 3 nafar (oylik ish haqi dekan lavozimiga tenglashtirilgan boʻlim boshligʻi va dekan oʻrinbosari lavozimiga tenglashtirilgan 2 nafar bosh mutaxassis) xodimdan, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimi (oylik ish haqi direktor oʻrinbosari lavozimiga tenglashtirilgan bosh mutaxassis) 1 nafar xodimdan iborat boʻladi;
boʻlim (mutaxassis)ga taʼlim tashkilotining kadrlar tayyorlash sifatini taʼminlash boʻyicha ichki baholashni tashkil etish, taʼlim tashkilotini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishga tayyorlash, taʼlim sifatini doimiy monitoring qilib borish orqali unga taʼsir etuvchi omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taʼlim tashkiloti rahbariga hamda Agentlikka taqdim etib borish vazifalari yuklatiladi.
5. Agentlik Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Akkreditatsiya” platformasini ishlab chiqib, ishga tushirish hamda vazirlik va idoralarning mavjud axborot tizimlariga integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan va belgilangan muddatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan taʼlim tashkilotlarining faoliyatini tugatish (litsenziyasini bekor qilish) yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritib borsin;
faoliyatini tugatish, litsenziyasini bekor qilish va taʼlim dasturini yopish boʻyicha qaror qabul qilingan taʼlim tashkilotlari talaba va oʻquvchilarining oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari, kasb va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda koʻchirish choralarini koʻrsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori A.Yu. Xudaykulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 6-avgust,
498-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari)ni idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan (keyingi oʻrinlarda — davlat akkreditatsiyasi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) davlat akkreditatsiyasini oʻtkazish boʻyicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
akkreditatsiya sertifikati — davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan taʼlim tashkilot (dastur)lariga beriladigan hujjat;
akkreditatsiya tashkilotlari — Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilgan va akkreditatsiya tashkilotlarining reyestriga kiritilgan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari;
akkreditatsiya tashkilotlari reyestri — Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan akkreditatsiya tashkilotlarining Agentlik tomonidan yuritiladigan roʻyxati va ular haqidagi maʼlumotlardan iborat yagona maʼlumotlar banki;
ichki (oʻzini oʻzi) baholash — taʼlim tashkilotining belgilangan ichki sifatni taʼminlash mezonlari asosida oʻz faoliyati samaradorligini kuzatishi, tahlil qilishi, baholashi va uni takomillashtirish choralarini koʻrish jarayoni;
kompleks davlat akkreditatsiyasi — oʻrta maxsus, kasbiy, oliy taʼlimni va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalariga asoslangan jarayon;
maxsus davlat akkreditatsiyasi — oʻrta maxsus, kasbiy, oliy taʼlimni va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin amalga oshiriladigan jarayon;
taʼlim dasturi — tegishli kasblar, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar boʻyicha davlat taʼlim standartlari (talablari) va kasbiy standartlarga muvofiq kompetensiya va oʻquv natijalari, taʼlim mazmuni, hajmi va baholash talablarini belgilovchi oʻquv-meʼyoriy hujjat;
tashqi baholash — taʼlim tashkiloti faoliyatini, kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari (talablari) hamda akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini Agentlik tomonidan baholash jarayoni;
xalqaro akkreditatsiya — Agentlik tomonidan akkreditatsiya tashkilotlari reyestriga kiritilgan xalqaro taʼlim sifatini taʼminlash tarmoqlarining toʻla huquqli aʼzosi boʻlgan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan taʼlim dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayoni.
4. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda mustaqillik, ochiqlik, shaffoflik, xolislik, tenglik, izchillik, dalillarga asoslanganlik, davriylik va hisobdorlik tamoyillariga rioya qilinadi.
5. Davlat akkreditatsiyasining maqsadi taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlash va muntazam ravishda oshirish orqali taʼlim tashkiloti (dasturi)ning ishonchliligini rasman eʼtirof etishdan iboratdir.
6. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
taʼlim sifatini taʼminlash va yanada yaxshilash boʻyicha rahbar xodimlarning masʼuliyati hamda hisobdorligini oshirish;
taʼlim sifatini oshirishni qoʻllab-quvvatlash va sifat madaniyatini shakllantirishga har tomonlama koʻmaklashish;
taʼlim oluvchilarni sifatsiz taʼlim xizmatlaridan himoya qilish;
taʼlim sifatiga qoʻyiladigan minimal talablarga rioya etilishini taʼminlash;
mehnat bozori talablariga muvofiq va sifatli taʼlim xizmatlari koʻrsatilayotgani boʻyicha keng jamoatchilik oʻrtasida ishonchni oshirish.
7. Quyidagilar davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning asosiy obyektlari hisoblanadi:
maxsus davlat akkreditatsiyasida — kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan taʼlim dasturlari hamda taʼlim tashkilotlari tomonidan kadrlar tayyorlanayotgan va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilmagan taʼlim dasturlari;
kompleks davlat akkreditatsiyasida — taʼlim dasturlari boʻyicha bitiruvchilari mavjud boʻlgan taʼlim tashkilotlari.
8. Taʼlim tashkilotlari Agentlik tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida har besh yilda kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.
Taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari (fakultetlar), shuningdek, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim faoliyatini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish taʼlim tashkiloti bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Belgilangan muddatlar tugaganidan soʻng taʼlim tashkilotlari davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilishi shart.
9. Taʼlim tashkilotlari taʼlim dasturlarining xalqaro miqyosda eʼtirof etilishiga erishish maqsadida oʻz tashabbusi bilan akkreditatsiya tashkilotlari reyestriga kiritilgan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlaridan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishi mumkin.
10. Taʼlim tashkiloti (dasturi)ni ichki va tashqi baholash ushbu Nizomga 1-ilovadagi maxsus davlat akkreditatsiyasi yoʻnalishlari va mezonlari va (yoki) mazkur Nizomga 2-ilovadagi kompleks davlat akkreditatsiyasi yoʻnalishlari va mezonlari asosida oʻtkaziladi.
11. Ichki va tashqi baholash metodologiyasi Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
12. Agentlik taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bilim va koʻnikmasiga baho berish va ularning mehnat bozoriga integratsiyasini oʻrganish uchun Umummilliy ish beruvchilar soʻrovnomasini oʻtkazib boradi.
13. Agentlik taʼlim tashkilotlari talaba (oʻquvchi)larining taʼlim sifati boʻyicha fikrlarini oʻrganishga qaratilgan doimiy Umummilliy talaba (oʻquvchi)lar soʻrovnomasini oʻtkazadi.
2-bob. Taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish
1-§. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish bosqichlari
14. Taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish quyidagi bosqichlardan iborat:
1-bosqich — arizani rasmiylashtirish;
2-bosqich — taʼlim sifatini ichki baholash;
3-bosqich — taʼlim sifatini tashqi baholash;
4-bosqich — davlat akkreditatsiyasi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilish.
15. Taʼlim sifatini taʼminlash va ehtimoliy xavflarni bartaraf etish maqsadida taʼlim tashkilotlarida xavfni tahlil qilish va monitoring jarayonlari amalga oshiriladi.
2-§. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish uchun arizani rasmiylashtirish
16. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish toʻgʻrisida arizalar Agentlikning “Akkreditatsiya” platformasida elektron shaklda, zaruratga koʻra, tasdiqlangan qogʻoz shaklida qabul qilinadi. Unga koʻra:
taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish toʻgʻrisida arizalar kelgusi oʻquv yilida faoliyatini boshlash uchun har yili 1-oktabrdan kelgusi yilning 31-yanvarigacha qabul qilinadi. Ushbu muddatlardan tashqari boshqa muddatlarda maxsus davlat akkreditatsiyasi taʼlim tashkilotining murojaatiga asosan, Agentlik bilan tuziladigan shartnoma shartlari va oshirilgan toʻlov asosida amalga oshiriladi;
taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish toʻgʻrisida arizalar taʼlim tashkilotining akkreditatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi oxirgi sertifikati muddati tugaydigan oʻquv yilidan oldingi oʻquv yilining 15-sentabriga qadar qabul qilinadi.
Ariza shakllari va ularga kiritiladigan maʼlumotlar Agentlik tomonidan belgilanadi.
17. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
litsenziya/yuridik shaxsning guvohnoma nusxasi;
mavjud akkreditatsiya sertifikati va hisoboti nusxasi (kompleks davlat akkreditatsiyasi uchun);
arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan miqdordagi yigʻimlarni amalga oshirganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
davlat akkreditatsiyasi jarayonlariga biriktirilgan masʼul xodimning maʼlumotlari (taʼlim tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlangan holda).
18. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan soʻng Agentlik tomonidan arizalar oʻn besh ish kunida koʻrib chiqiladi.
19. Arizani koʻrib chiqishni rad etishga quyidagilar asos boʻladi:
kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar va kasblar milliy yoki xorijiy (xalqaro) klassifikatorda mavjud boʻlmaganda;
ushbu Nizomning 17-bandidagi hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
litsenziyada koʻrsatilgan taʼlim xizmati va turlariga mos boʻlmaganda;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi aniqlanganda;
hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar taʼlim tashkiloti tomonidan besh ish kunida bartaraf etilmaganda.
Boshqa asoslarga koʻra arizani koʻrib chiqishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Ariza qabul qilinganidan soʻng oʻn ish kuni ichida Agentlik va taʼlim tashkiloti oʻrtasida davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha ikki tomonlama shartnoma tuziladi.
Ikki tomonlama shartnoma shakli, mazmuni va shartlari Agentlik tomonidan belgilanadi.
21. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda taʼlim tashkilotining qonuniy vakili yoki ariza beruvchi quyidagilarga masʼul hisoblanadi:
belgilangan talablar asosida ariza topshirish;
Agentlik va taʼlim tashkiloti oʻrtasida shartnomani rasmiylashtirish;
yigʻimlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish;
ekspert komissiyasi (joyiga chiqqan holda) va Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim qilish.
22. Agentlik shartnoma tuzilgan taʼlim tashkilotlarini tashqi baholashdan oʻtkazish boʻyicha reja-jadvalni tasdiqlaydi va uni oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
3-§. Taʼlim sifatini ichki baholash
23. Taʼlim tashkiloti ichki baholash natijasida shakllantirilgan hisobot va unga tegishli materiallarni elektron va (yoki) qogʻoz shaklida tasdiqlangan holda quyidagi muddatlarda Agentlikka taqdim etadi:
maxsus davlat akkreditatsiyasi uchun tashqi baholash boshlanishidan kamida bir oy oldin;
kompleks davlat akkreditatsiyasi uchun tashqi baholash boshlanishidan kamida ikki oy oldin.
Bunda ichki baholash kompleks davlat akkreditatsiyasi oʻtkaziladigan oʻquv yilida oʻtkazilishi hamda taʼlim tashkilotining oxirgi ikki yillik hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladigan oʻquv yilidagi faoliyati tahlili qamrab olinishi lozim.
24. Ichki baholashning vazifalari quyidagilardan iborat:
sifatni taʼminlash siklini toʻliq joriy etish orqali taʼlim sifatini uzluksiz oshirish;
taʼlim tashkilotining taʼlim sifatini taʼminlashga boʻlgan javobgarligi va masʼuliyatini oshirish;
taʼlim xizmatlari sifatini tizimli ravishda baholash orqali tahlil qilish va rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash;
taʼlim tashkiloti (dastur)ni tashqi baholashga tayyorlash;
taʼlim tashkilotida hisobdorlik va sifatni taʼminlash madaniyatini ragʻbatlantiruvchi ichki tizimni shakllantirish va rivojlantirish.
25. Ichki baholash hisoboti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
taʼlim tashkiloti toʻgʻrisida umumiy maʼlumot;
taʼlim tashkilotining har bir baholash yoʻnalishlari va mezonlariga muvofiqligi boʻyicha tahlili;
har bir baholash yoʻnalishi va mezoni kesimida taʼlim xizmatlari sifatining tizimli tahlili va ularni rivojlantirish yoʻnalishlari;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasi;
asoslantiruvchi va tasdiqlovchi hujjatlar.
26. Agentlik ichki baholash hisobotini oʻrganadi va undan tashqi baholash jarayonida foydalanadi.
27. Ichki baholashni samarali tashkil etish va hisobotda keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun toʻliq masʼuliyat taʼlim tashkilotining birinchi rahbari zimmasida boʻladi.
Tashqi baholash jarayonida ichki baholash hisobotida haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar aniqlanishi, shuningdek, belgilangan muddatlarda hujjatlarning taqdim qilinmasligi yoki kamchiliklarning bartaraf etilmasligi davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazmaslik uchun asos boʻladi.
28. Taʼlim tashkilotlari uchun davlat akkreditatsiyasi boʻyicha malaka oshirish kurslari va oʻquv-seminarlari Agentlik tomonidan tashkil etiladi va ularni oʻtkazish jadvali Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
4-§. Taʼlim sifatini tashqi baholash
29. Taʼlim sifatini tashqi baholash uchun Agentlik tomonidan ekspert komissiyalari tashkil etiladi. Ekspert komissiyalari kasblar, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslarning xususiyatidan kelib chiqqan holda tuziladi.
30. Ekspert komissiyalari tarkibi taʼlim tashkilotlarining pedagog va rahbar xodimlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining masʼul xodimlari, tegishli ishlab chiqarish tashkilotlarining mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda talaba (oʻquvchi)lar orasidan shakllantiriladi.
Ekspert komissiyalari tarkibiga xorijiy ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Shaffoflikni taʼminlash maqsadida Agentlik ekspert komissiyasining tarkibi boʻyicha taʼlim tashkilotini xabardor qiladi.
31. Quyidagi hollarda ekspert komissiyalari tarkibiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin:
taʼlim tashkiloti tomonidan xabarnomani olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida huquqiy kuchga ega boʻlgan aniq dalillar asosida ekspert komissiyalarining biror aʼzosi bilan ziddiyatlar mavjudligi maʼlum qilinganida;
ekspert komissiyalarining biror aʼzosi bilan davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilayotgan taʼlim tashkiloti bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlanganda.
32. Ekspertlarga qoʻyiladigan talablar, ularning malakasini oshirish va tashqi baholash jarayoniga jalb etish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
33. Ekspertlarga Agentlik bilan tuziladigan haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida haq toʻlanadi.
34. Ekspert komissiyalarining vazifalari quyidagilardan iborat:
ichki baholash natijalari boʻyicha olingan maʼlumotlarni ekspertizadan oʻtkazish hamda tashqi baholashni amalga oshirish;
taʼlim tashkilotidagi taʼlim sifati va mazmunining davlat taʼlim standartlari(talablari), akkreditatsiya mezonlari va taʼlim dasturlariga muvofiqligi hamda koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlarining sifati va samaradorligini baholash;
taʼlim sifatini oshirish va taʼlim xizmatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar berish hamda tashqi baholash natijalari yuzasidan hisobotni tayyorlash va Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etish.
35. Taʼlim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan ekspert komissiyasi tomonidan joyiga chiqqan holda, besh ish kunidan oshmagan muddatda oʻtkaziladi.
36. Taʼlim tashkiloti kompleks davlat akkreditatsiyasidan ekspert komissiyasi tomonidan joyiga chiqqan holda quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi tashkilotlarda — besh ish kunidan oshmagan muddatda;
oliy taʼlim tashkilotlarida — oʻn ish kunidan oshmagan muddatda.
Ish hajmidan kelib chiqib, oʻrganish muddatlari Agentlik tomonidan uzaytirilishi mumkin.
37. Ekspert komissiyasi tomonidan tashqi baholash natijalari asosida oʻn besh ish kuni ichida dastlabki hisobot tayyorlanadi va Agentlik orqali taʼlim tashkilotiga taqdim qilinadi.
38. Taʼlim tashkiloti dastlabki hisobot boʻyicha asoslantirilgan taklif va eʼtirozlarini Agentlikka uch ish kuni ichida rasman taqdim etadi.
Bunda taqdim etilgan taklif va eʼtirozlar asosida uch ish kunida ekspert komissiyasi tomonidan yakuniy hisobot tayyorlanadi.
39. Ekspert komissiyasi tomonidan maxsus davlat akkreditatsiyasida har bir taʼlim dasturi boʻyicha alohida, kompleks davlat akkreditatsiyasida taʼlim tashkiloti boʻyicha hisobot tayyorlanadi.
40. Ekspert komissiyasi taʼlim tashkiloti bilan birgalikda taʼlim tashkiloti faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taʼlim sifatini oshirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqadi.
41. Taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim qilingan ichki baholash hisoboti asosida ekspert komissiyasi joyiga chiqmasdan, masofaviy shaklda tashqi baholashni amalga oshirishi mumkin.
42. Tashqi baholash mezonlari majburiy va umumiy mezonlarga boʻlinadi hamda har bir mezon “muvofiq”, “qisman muvofiq” yoki “muvofiq emas” deb baholanadi.
43. Ekspert komissiyasi tomonidan taʼlim tashkiloti (dasturi) har bir baholash yoʻnalishi boʻyicha baholanadi.
Har bir baholash yoʻnalishi “muvofiq” yoki “muvofiq emas” deb eʼtirof etiladi. Bunda har bir baholash yoʻnalishi quyidagi shartlar bajarilganda “muvofiq” deb baholanadi:
majburiy mezonlarning barchasi “muvofiq” deb baholanganda;
umumiy mezonlarning koʻpi bilan ikkitasi “qisman muvofiq” deb baholanganda;
“muvofiq emas” deb baholangan mezonlar mavjud boʻlmaganda.
44. Taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish davrida nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining sohaviy roʻyxatida birinchi 300 talikdan oʻrin olgan yoki Agentlik reyestriga kiritilgan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilgan taʼlim dasturlari tegishli mezonlar boʻyicha “muvofiq” deb baholanadi.
45. Agentlik tomonidan baholash mezonlari boʻyicha indikatorlar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
5-§. Davlat akkreditatsiyasi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilish
46. Ekspert komissiyasi tomonidan yakuniy hisobot asosida tayyorlangan xulosani koʻrib chiqish va taʼlim tashkiloti (dasturi)ni davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilish uchun Agentlikda doimiy faoliyat yurituvchi Akkreditatsiya komissiyasi tuziladi.
Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Agentlik direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Akkreditatsiya komissiyasi tarkibiga vazirlik, idora, tashkilot mutaxassislari, ish beruvchi va taʼlim oluvchilarning vakillari hamda xorijiy ekspertlar jalb etiladi.
Agentlik direktori Akkreditatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
47. Akkreditatsiya komissiyasi ekspert komissiyasi tomonidan taqdim etilgan yakuniy hisobotni bir oy muddat ichida koʻrib chiqadi.
Akkreditatsiya komissiyasi hisobotni koʻrib chiqish jarayonida qoʻshimcha asoslantiruvchi maʼlumotlarni talab etishi yoki zarur hollarda, tashqi baholash jarayonida ishtirok etgan ekspert komissiyasi aʼzolarini, shuningdek, sohaga oid boshqa mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
48. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan har bir baholash yoʻnalishi “muvofiq” deb eʼtirof etilganda, ushbu taʼlim tashkiloti (dasturi) “davlat akkreditatsiyasidan oʻtdi” deb, “muvofiq emas” deb eʼtirof etilganda esa “davlat akkreditatsiyasidan oʻtmadi” deb qaror qabul qilinadi.
Akkreditatsiya komissiyasi qarori bayon shaklida rasmiylashtiriladi va rais tomonidan tasdiqlanadi.
Akkreditatsiya komissiyasi yigʻilishida komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda, uning qarori kuchga ega boʻladi.
Davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish yakunlari boʻyicha har bir taʼlim tashkiloti uchun alohida hujjatlar yigʻmajildi yigʻiladi va ushbu yigʻmajild navbatdagi davlat akkreditatsiyasi oʻtkazilgunga qadar Agentlikda saqlanadi.
49. Akkreditatsiya komissiyasi taʼlim tashkilotlari faoliyatining davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari hamda taʼlim dasturlariga muvofiqligini eʼtirof etish bilan birgalikda, uning maqomini ham belgilaydi.
50. Agentlikning rasmiy veb-saytida barcha uchun ochiq boʻlgan “Davlat akkreditatsiyasi reyestri” yuritiladi va unda taʼlim tashkilot (dastur)lari davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan yoki oʻtmagani toʻgʻrisida maʼlumot hamda yakuniy hisobot joylashtiriladi.
51. Taʼlim tashkiloti Taʼlim sifatini oshirish chora-tadbirlari rejasida belgilangan vazifalar ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda Agentlikning rasmiy veb-saytidagi elektron platformaga kiritib boradi.
52. Taʼlim dasturi “davlat akkreditatsiyasidan oʻtdi” deb eʼtirof etilganda, ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikat taʼlim tashkilotiga bir hafta muddat ichida beriladi va mazkur taʼlim dasturi boʻyicha kadrlar tayyorlashga ruxsat etiladi.
Sertifikat navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasi oʻtkazilgunga qadar amal qiladi.
Taʼlim dasturi “davlat akkreditatsiyasidan oʻtmadi” deb eʼtirof etilganda, ushbu taʼlim dasturi boʻyicha kadrlar tayyorlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
53. Oʻquv yili boshlanganidan soʻng maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim oluvchilarni qabul qilishga navbatdagi qabul jarayonlaridan boshlab ruxsat etiladi.
54. Taʼlim tashkiloti “davlat akkreditatsiyasidan oʻtdi” deb eʼtirof etilganda, ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikat taʼlim tashkilotiga bir hafta muddat ichida beriladi.
Sertifikatda taʼlim tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakli, faoliyat turi, maqomi, taʼlim dasturlari va sertifikatning amal qilish muddati qayd etiladi.
55. Sertifikat blankalari namunalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami, QR-kodi va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlib, Agentlik buyurtmasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tomonidan tayyorlanadi.
Agentlik direktori sertifikat blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
56. Kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan taʼlim tashkilotiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun olti oy muddat beriladi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan taʼlim tashkiloti rahbariyatining lavozimida faoliyatini yuritish yoki yuritmaslik masalasi yuzasidan boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik, idora va tashkilotga, shuningdek, nodavlat taʼlim tashkiloti muassisiga Agentlik tomonidan taqdimnoma kiritiladi.
57. Agentlik kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan va belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etmagan davlat taʼlim tashkilotini tugatish, qayta tashkil etish yoki maqomini oʻzgartirish (nodavlat taʼlim tashkilotining litsenziyasini bekor qilish) boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdimnoma kiritadi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bir oy muddatda taqdimnoma asosida koʻrilgan choralar boʻyicha Agentlikka axborot taqdim etadi.
58. Kompleks davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra muayyan taʼlim dasturida aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, ushbu taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv faoliyatini davom ettirishga va qabulni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
59. Taʼlim tashkiloti “davlat akkreditatsiyasidan oʻtmadi” deb eʼtirof etilganda quyidagilarga ruxsat berilmaydi:
taʼlim tashkilotiga oid reklama maʼlumotlarini tarqatishga;
abituriyent va talabgorlarni oʻqishga qabul qilishga;
talaba (oʻquvchi)lari uchun taʼlim kreditlari ajratilishiga;
bitiruvchilariga diplom (sertifikat, malaka attestati)lar berilishi yoki ularning tan olinishiga.
60. Faoliyati tugatilgan (litsenziyasi bekor qilingan) oʻrta maxsus, kasbiy, oliy taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida tahsil oluvchilar oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻchirish belgilangan tartibda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
61. Litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkilotining hisobvaragʻidagi zaxira mablagʻlari hisobidan talaba (oʻquvchi)larning oʻqishini davom ettirish yoki ettirmaslik bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar qoplanadi.
62. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan birgalikda tashkil etilgan taʼlim tashkilotlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlarning taʼlim tashkilotlari filiallarining taʼlim dasturlari asosiy taʼlim tashkiloti bilan birgalikda oʻzining davlatida tegishli vakolatli organidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgani boʻyicha natijalari tan olinadi.
Ushbu taʼlim tashkilotlari taʼlim dasturlarining akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi yoki unga tenglashtirilgan hujjatni olganidan soʻng, uning nusxasini ikki hafta muddatda Agentlikka taqdim etishi lozim.
Taʼlim tashkiloti (dasturi)ning akkreditatsiyadan oʻtmagani yoki davlat akkreditatsiyasi talablariga muvofiq emasligi aniqlanganda, Agentlik tomonidan navbatdan tashqari davlat akkreditatsiyasiga jalb etiladi.
63. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan birgalikda tashkil etilgan taʼlim tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlarning taʼlim tashkilotlari filiallari, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan birgalikda tashkil etilgan xalqaro, qoʻshma va “Franshiza” taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim tashkiloti oʻz murojaatiga koʻra Agentlik tomonidan ushbu Nizom talablari asosida davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.
3-bob. Apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi
64. Agentlik direktorining buyrugʻi bilan taʼlim tashkilotlarining ariza (shikoyat)larini koʻrib chiqish uchun Apellyatsiya komissiyasi hamda uning ishlash tartibi tasdiqlanadi.
Apellyatsiya komissiyasi 5 — 7 nafardan iborat tarkibda tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Akkreditatsiya komissiyasi aʼzolari kiritilmaydi.
Apellyatsiya komissiyasi ariza (shikoyat)larni koʻrib chiqish jarayoniga malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishida komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda, uning qarori kuchga ega boʻladi.
65. Akkreditatsiya xulosasidan norozi boʻlgan taʼlim tashkiloti rahbari Akkreditatsiya xulosasini olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga akkreditatsiya platformasi orqali elektron shaklda ariza (shikoyat) bilan murojaat qiladi.
66. Ariza (shikoyat) murojaat qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ariza (shikoyati)ni koʻrib chiqish vaqti Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
67. Apellyatsiya komissiyasi ariza (shikoyati)ni koʻrib chiqib, Akkreditatsiya komissiyasi qarorini oʻzgartirishsiz qoldirish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Apellyatsiya komissiyasi qarorining nusxasi murojaat etuvchi taʼlim tashkilotiga Apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida taqdim etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi Akkreditatsiya komissiyasi qarorini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, Akkreditatsiya komissiyasi navbatdagi yigʻilishida oʻzining qaroriga tegishli oʻzgartirish kiritib, yakuniy qaror qabul qiladi va taʼlim tashkiloti rahbariga besh ish kuni ichida davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikat taqdim etiladi.
68. Taʼlim tashkiloti rahbari yoki muassisi Apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlsa, belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin.
4-bob. Davlat akkreditatsiyasi natijalarining monitoringi va xavfni tahlil qilish
69. Agentlik taʼlim sifatini oshirish chora-tadbirlari rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan taʼlim tashkilotida monitoring jarayonlarini amalga oshiradi.
70. Monitoring natijasida taʼlim tashkiloti tomonidan taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilgan yoki amalga oshirilayotgan taʼlim xizmatlari davlat akkreditatsiyasi talablariga mos kelmasligi holatlari aniqlangan taqdirda, ishning hajmidan kelib chiqib, taʼlim tashkilotiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun uch oygacha muddat beriladi.
71. Agentlik taʼlim sifati barqarorligini taʼminlash, boshqaruvni yaxshilash va ehtimoliy xavflarni bartaraf etish maqsadida taʼlim tashkilotlarida xavfni tahlil qilish asosida navbatdan tashqari oʻrganish oʻtkazadi.
Quyidagilar xavfni tahlil qilish uchun asos hisoblanadi:
taʼlim sifati boʻyicha qonunchilik talablarining buzilishi holatlari yuzasidan murojaatlar;
soʻrovnomalar asosida aniqlangan kamchiliklar;
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi taʼlim sifati boʻyicha materiallar;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida oʻtkazilgan talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika qilish natijalariga koʻra taʼlim yoʻnalishi boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “pedagog kadrlar tayyorlash sifati belgilangan talablarga javob bermaydi” degan xulosasi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 321-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/321/0621-son)
taʼlim sifatiga oid boshqa ishonchli maʼlumotlar.
72. Navbatdan tashqari oʻrganish taʼlim tashkilotiga tashrif buyurish, tegishli maʼlumotlarni soʻrash yoki onlayn soʻrovnomalar asosida tashkil etiladi.
73. Xavfni tahlil qilish va monitoring orqali oʻrganish natijasida kamchiliklar aniqlanganda, Agentlik taʼlim tashkilotiga taqdimnoma kiritadi hamda kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi.
74. Davlat akkreditatsiyasi va xavfni tahlil qilish natijasi boʻyicha Agentlik taqdimnomasida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish taʼlim tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
75. Kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etmagan taʼlim tashkilotining davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikati Agentlik tomonidan bekor qilinadi hamda bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabardor qilinadi.
5-bob. Taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha yigʻimlar
76. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda arizani koʻrib chiqish va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish uchun yigʻimlar miqdorlari va tartibi taʼlim dasturlari, talaba (oʻquvchi)lar, pedagog kadrlar va ekspertlar soni hamda taʼlim dasturlarining xususiyatidan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
77. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish uchun amalga oshirilgan barcha yigʻimlar, akkreditatsiya natijasidan qatʼi nazar, taʼlim tashkilotiga qaytarilmaydi.
78. Davlat akkreditatsiyasi bilan bogʻliq xarajatlar taʼlim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
79. Taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish bilan bogʻliq yigʻimlar Agentlikning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va davlat akkreditatsiyasi bilan bogʻliq xarajatlar (ekspertlar mehnatiga haq toʻlash, taʼlim tashkilotlari va ekspertlar uchun treninglar, xizmat safari xarajatlari, xalqaro ekspertlar va stajirovkalar, xalqaro aʼzolik badallari, sertifikatlar va boshqalar), shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
6-bob. Akkreditatsiya tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar
80. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritadi.
81. Akkreditatsiya tashkilotlarini roʻyxatga olish quyidagi bosqichlardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritish uchun Agentlikka ariza taqdim etish;
Agentlik tomonidan akkreditatsiya tashkiloti faoliyatini oʻrganish va natijalar asosida Reyestrga kiritish boʻyicha qaror qabul qilish hamda reyestrni tasdiqlash.
Reyestrga kiritilgan akkreditatsiya tashkilotlari faoliyati besh yil muddatga amal qiladi.
82. Reyestrga kiritishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
akkreditatsiya tashkiloti sifatida faoliyat yuritishi uchun tegishli vakolat (hujjat)ga ega boʻlishi;
akkreditatsiya tashkilotining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish talablari, baholash mezonlari va oʻtkazish tartiblari Oʻzbekiston Respublikasining davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish talablari, baholash mezonlari va oʻtkazish tartiblariga zid boʻlmasligi;
taʼlim sifatini taʼminlash tarmoqlarining toʻla huquqli aʼzosi boʻlishi;
nufuzli xalqaro reytinglarning TOP-300 talik roʻyxatida boʻlgan kamida 5 ta oliy taʼlim tashkilotining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazgan boʻlishi;
umumiy ekspertlarining kamida 30 foizi xorijiy ekspert boʻlishi (xalqaro va xorijiy akkreditatsiya tashkilotlari uchun);
Akkreditatsiya tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy va maʼnaviy asoslariga mutanosib boʻlishi, milliy qadriyatlar va ijtimoiy-siyosiy hayotiga qarshi boʻlmasligi;
oʻzining rasmiy veb-saytida xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazgan taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida maʼlumotlarning mavjudligi.
83. Respublika hududida nodavlat akkreditatsiya tashkilotlarini tashkil etishga ruxsat berish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
84. Agentlik Reyestrga kiritilgan akkreditatsiya tashkilotlari faoliyatini har uch yilda bir marotaba monitoringdan oʻtkazadi.
Monitoringdan oʻtkazish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
85. Akkreditatsiya tashkiloti yoki uning xodimlari muassisligida tashkil etilgan yoxud akkreditatsiya tashkiloti xodimi har qanday shartnoma asosida faoliyat yuritadigan taʼlim tashkilotlarining mazkur akkreditatsiya tashkiloti tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
86. Akkreditatsiya tashkiloti taʼlim dasturlarini tashqi baholash toʻgʻrisidagi hisoboti va akkreditatsiya qarorining bir nusxasini xalqaro akkreditatsiya jarayonlari yakunlangandan soʻng ikki hafta muddatda Agentlikka taqdim etishi shart.
87. Akkreditatsiya tashkilotining tashqi baholash boʻyicha hisoboti notoʻgʻri yoki qalbaki hujjatlar asosida shakllantirilgani aniqlansa, uning natijasi tan olinmaydi va akkreditatsiya tashkilotini Reyestrdan chiqarish uchun asos boʻladi.
88. Akkreditatsiya tashkilotlari taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonlarida kuzatuvchi sifatida Agentlik vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.
89. Taʼlim dasturlarining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtganligi ularning bitiruvchilariga davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat berilishiga asos boʻlmaydi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
90. Faoliyat olib borayotgan taʼlim tashkilot(lar)i qayta tashkil etilgan va (yoki) bir (bir nechta) taʼlim tashkiloti negizida tashkil etilganda, mazkur taʼlim tashkiloti tashkil etilgan kundan eʼtiboran ikki yil muddat ichida kompleks va (yoki) maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.
91. Agentlikka, zarur hollarda, taʼlim tashkilot (dastur)larini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning baholash yoʻnalishlari va mezonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
92. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarining taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning
BAHOLASH YOʻNALISHLARI VA MEZONLARI
I. Oʻrta maxsus taʼlim dasturlari quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
Tashkiliy-boshqaruv va sifatni taʼminlash yoʻnalishi:
taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha tarkibiy tuzilma va uning samarali ishlash mexanizmlarining mavjudligi;*
taʼlim dasturini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha 3 yillik istiqbolli rejaning mavjudligi;
taʼlim dasturi doirasida sifatni ichki taʼminlash mexanizmining mavjudligi hamda bu jarayonlarda manfaatdor tomonlarning ishtiroki;
mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlari soʻnggi tendensiyalarini aniqlash boʻyicha monitoring tizimining mavjudligi;
amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquvchilar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilgani va uning natijalari asosida taʼlim dasturining takomillashtirilgani;
Taʼlim dasturlari yoʻnalishi:
manfaatdor tomonlar ishtirokida taʼlim dasturining belgilangan tartibda ishlab chiqilgani va tasdiqlangani;*
taʼlim dasturining maqsadi, natijalarining belgilangani, davlat taʼlim standarti va milliy malakalar ramkasi talablariga muvofiqligi;*
taʼlim dasturining davomiyligi, fanlarning uzviyligi va uzluksizligining taʼminlangani;
amaldagi taʼlim dasturlarining tizimli ravishda monitoringi yuritilgani hamda uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilgani;*
Oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻquv natijalarini baholash yoʻnalishi:
ishchi oʻquv reja va dasturlarining belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqilgani;*
oʻquv jarayonining taʼlim dasturida belgilangan oʻquv natijalariga erishishga yoʻnaltirilgani;*
oʻquv jarayonining doimiy baholab borilishi va takomillashtirishga qaratilgani;
amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilgani va tegishli samaradorlikka erishilgani;
taʼlim dasturi doirasida oʻquvchilar bilimining shaffof va xolis baholanishi, baholash jarayonlarining oʻquv natijalariga muvofiqligi;
oʻquvchilarning baholash natijalari boʻyicha fikr-mulohazalarini olish imkoniyati mavjudligi;
Oʻquvchilar faoliyati yoʻnalishi:
taʼlim dasturi boʻyicha qabul talablari aniq belgilangani, oʻqishga qabul qilish shaffof tarzda yoʻlga qoʻyilgani;
qabul parametrlarining taʼlim tashkilotining resurslari va imkoniyatlariga mos kelishi;*
oʻquvchilarning oʻqishini koʻchirish, kursdan-kursga oʻtkazish (qoldirish), oʻqishdan chetlashtirish va oʻqishni qayta tiklash tartibining belgilangani;*
oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maslahat berish mexanizmlarining mavjudligi;
Inson resurslari yoʻnalishi:
taʼlim dasturi uchun belgilangan meʼyorlarga muvofiq pedagog kadrlar, shuningdek, boshqaruv va oʻquv-yordamchi xodimlar mavjudligi hamda ularning sifat tarkibi, malakasi va mutaxassisligi belgilangan talablarga mosligi;*
amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlangani;*
yangi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha aniq rejaning mavjudligi;*
kadrlarning kasbiy rivojlanishi va malaka oshirishiga sharoit yaratilgani, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimining mavjudligi;
Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi:
taʼlim tashkilotidagi oʻquv va laboratoriya xonalari taʼlim dasturiga mosligi, oʻquv xonalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangani;*
taʼlim dasturini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda moddiy-texnik baza, jihozlar, asbob-uskunalar va reaktiv moddalar hamda metodik qoʻllanma (koʻrsatma)lar bilan taʼminlangani;*
fanlar kesimida oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar, elektron taʼlim resurslari bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani;*
oʻquv va laboratoriya xonalarining taʼlim dasturlariga mosligi, xavfsizlik qoidalari va oʻquvchilar sonidan kelib chiqib jihozlangani;*
inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani;
axborot-resurs markazining (kutubxonaning) taʼlim dasturlariga mos oʻquv adabiyotlari, kompyuterlar bilan taʼminlangani, oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi;*
raqamli taʼlim muhiti yaratilgani (LMS, wi-fi zonalari, onlayn kurslar, vebinarlar va masofaviy taʼlim imkoniyatlari);
taʼlim dasturi xususiyatidan kelib chiqib, maxsus xona yoki bino va inshootlarining (sport zali, stadion, musiqa xonasi va boshqalarning) mavjudligi.
II. Kasbiy taʼlim dasturlari quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
Tashkiliy-boshqaruv va sifatni taʼminlash yoʻnalishi:
taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha tarkibiy tuzilma va uning samarali ishlash mexanizmlarining mavjudligi;*
taʼlim dasturini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha 3 yillik istiqbolli rejaning mavjudligi;
taʼlim dasturi doirasida sifatni ichki taʼminlash mexanizmining mavjudligi hamda bu jarayonlarda manfaatdor tomonlarning ishtiroki taʼminlangani;
mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlari hamda ilmiy-tadqiqotning soʻnggi tendensiyalarini aniqlash boʻyicha monitoring tizimining mavjudligi;
amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquvchilar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilgani va uning natijalari asosida taʼlim dasturlarining takomillashtirilgani;
Taʼlim dasturlari yoʻnalishi:
manfaatdor tomonlar ishtirokida taʼlim dasturining belgilangan tartibda ishlab chiqilgani. Bunda taʼlim dasturining maqsadi, natijalarining belgilangani, mehnat bozori, davlat taʼlim standarti va milliy malakalar ramkasi talablariga muvofiqligi;*
taʼlim dasturining mazmuni va strukturasi nazariya hamda amaliyot bilan mutanosib ravishda uygʻunlashtirilgani;
taʼlim dasturining davomiyligi, fanlarning uzviyligi va uzluksizligi taʼminlangani;
amaldagi taʼlim dasturlarining tizimli ravishda monitoringi yuritilgani hamda uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilgani;*
Oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻquv natijalarini baholash yoʻnalishi:
ishchi oʻquv reja va dasturlarining belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqilgani;*
oʻquv jarayonining taʼlim dasturida belgilangan oʻquv natijalariga erishishga yoʻnaltirilgani;*
oʻquv jarayonining doimiy baholab borilishi va takomillashtirishga qaratilgani;
amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilgani va tegishli samaradorlikka erishilgani;
taʼlim dasturi doirasida oʻquvchilar bilimining shaffof va xolis baholanishi, baholash jarayonlarining oʻquv natijalariga muvofiqligi;
oʻquvchilarning baholash natijalari boʻyicha fikr-mulohazalarini olish imkoniyati mavjudligi;
Oʻquvchilar faoliyati yoʻnalishi:
taʼlim dasturi boʻyicha qabul talablari aniq belgilangani, oʻqishga qabul qilish shaffof tarzda yoʻlga qoʻyilgani;
qabul parametrlarining taʼlim tashkilotining resurslari va imkoniyatlariga mos kelishi;*
oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish, kursdan-kursga oʻtkazish (qoldirish), oʻqishdan chetlashtirish va oʻqishni qayta tiklash tartibining belgilangani;*
norasmiy va orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish tartibining belgilangani;
oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maslahat berish mexanizmlarining mavjudligi;
Inson resurslari yoʻnalishi:
taʼlim dasturi uchun belgilangan meʼyorlarga muvofiq pedagog kadrlar, shuningdek, boshqaruv va oʻquv-yordamchi xodimlar mavjudligi hamda ularning sifat tarkibi, malakasi va mutaxassisligi belgilangan talablarga mosligi;*
amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlangani;*
yangi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha aniq rejaning mavjudligi;*
kadrlarning kasbiy rivojlanishi va malaka oshirishiga sharoit yaratilgani, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimining mavjudligi;
Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi:
taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun zarur asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, texnikalar, xomashyo materiallari va boshqalarning mavjudligi hamda metodik qoʻllanma (koʻrsatma)lar bilan taʼminlangani;*
fanlar kesimida oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar, elektron taʼlim resurslari bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani;*
oʻquv va laboratoriya xonalari hamda ustaxona (poligon)larning oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, taʼlim dasturlariga mos jihozlar va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilingani;*
inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani;
axborot-resurs markazining (kutubxonaning) taʼlim dasturlariga mos oʻquv adabiyotlari, kompyuterlar bilan taʼminlangani, oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi;*
raqamli taʼlim muhiti yaratilgani (LMS, wi-fi zonalari, onlayn kurslar, vebinarlar va masofaviy taʼlim imkoniyatlari);
taʼlim dasturi xususiyatidan kelib chiqib, maxsus xona yoki bino va inshootlarining (sport zali, stadion, musiqa xonasi va boshqalarning) mavjudligi.
III. Oliy taʼlim dasturlari quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
Tashkiliy-boshqaruv va sifatni taʼminlash yoʻnalishi:
taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha tarkibiy tuzilma va uning samarali ishlash mexanizmlarining mavjudligi;*
taʼlim dasturini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha 5 yillik istiqbolli rejaning mavjudligi;
taʼlim dasturi doirasida sifatni ichki taʼminlash mexanizmining mavjudligi hamda bu jarayonlarda manfaatdor tomonlarning ishtiroki taʼminlangani;
mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlari hamda ilmiy-tadqiqotning soʻnggi tendensiyalarini aniqlash boʻyicha monitoring tizimining mavjudligi;
amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha talabalar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilgani va uning natijalari asosida taʼlim dasturlarining takomillashtirilgani;
Taʼlim dasturlari yoʻnalishi:
manfaatdor tomonlar ishtirokida taʼlim dasturining belgilangan tartibda ishlab chiqilgani. Bunda taʼlim dasturining maqsadi, natijalarining belgilangani, mehnat bozori, davlat taʼlim standarti va milliy malakalar ramkasi talablariga muvofiqligi;*
taʼlim dasturining milliy taʼlim tizimidagi ustuvor yoʻnalishlar va xalqaro andozalar asosida ishlab chiqilgani;
taʼlim dasturining davomiyligi, fanlarning uzviyligi va uzluksizligi taʼminlangani;
amaldagi taʼlim dasturlarining tizimli ravishda monitoringi yuritilgani hamda uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilgani;*
Oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻquv natijalarini baholash yoʻnalishi:
ishchi oʻquv reja va dasturlarining belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqilgani;*
oʻquv jarayonining taʼlim dasturida belgilangan oʻquv natijalariga erishishga yoʻnaltirilgani;*
oʻquv jarayonining doimiy baholab borilishi va takomillashtirishga qaratilgani;
amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilgani va tegishli samaradorlikka erishilgani;
taʼlim dasturi doirasida talabalar bilimining shaffof va xolis baholanishi, baholash jarayonlarining oʻquv natijalariga muvofiqligi;
talabalarning baholash natijalari boʻyicha fikr-mulohazalarini olish imkoniyati mavjudligi;
taʼlim dasturida akademik halollik qoidalarining belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi;*
Talabalar faoliyati yoʻnalishi:
taʼlim dasturi boʻyicha qabul talablari aniq belgilangani, oʻqishga qabul qilish shaffof tarzda yoʻlga qoʻyilgani;
qabul parametrlarining taʼlim tashkilotining resurslari va imkoniyatlariga mos kelishi;*
talabalarning oʻqishini koʻchirish, kursdan-kursga oʻtkazish (qoldirish), oʻqishdan chetlashtirish va oʻqishini qayta tiklash tartibining belgilangani;*
talabalarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maslahat berish mexanizmlarining mavjudligi;
Inson resurslari yoʻnalishi:
taʼlim dasturi uchun belgilangan meʼyorlarga muvofiq pedagog kadrlar, shuningdek, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar mavjudligi hamda ularning sifat tarkibi, malakasi va mutaxassisligi belgilangan talablarga mosligi;*
amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlangani;*
yangi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha aniq rejaning mavjudligi;*
kadrlarning kasbiy rivojlanishi va malaka oshirishiga sharoit yaratilgani, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimining mavjudligi;
Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi:
taʼlim dasturini amalga oshirish uchun amaliy, laboratoriya mashgʻulotlari va kurs ishi (loyiha)ni bajarish uchun zarur asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, texnikalar, xomashyo materiallari va boshqalarning mavjudligi hamda metodik qoʻllanma (koʻrsatma)lar bilan taʼminlangani;*
fanlar kesimida oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar, elektron taʼlim resurslari bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani;*
oʻquv va laboratoriya xonalari hamda ustaxona (poligon)larning talabalar sonidan kelib chiqib, taʼlim dasturlariga mos jihozlar va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilingani;*
inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani;
axborot-resurs markazining (kutubxonaning) taʼlim dasturlariga mos oʻquv adabiyotlari, kompyuterlar bilan taʼminlangani, oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi;*
raqamli taʼlim muhiti yaratilgani (LMS, wi-fi zonalari, onlayn kurslar, vebinarlar va masofaviy taʼlim imkoniyatlari);
taʼlim dasturi xususiyatidan kelib chiqib, maxsus xona yoki bino va inshootlarining (sport zali, stadion, musiqa xonasi va boshqalarning) mavjudligi.
IV. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim dasturlari quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
Tashkiliy-boshqaruv va sifatni taʼminlash yoʻnalishi:
taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha tarkibiy tuzilma va uning samarali ishlash mexanizmlarining mavjudligi;*
taʼlim dasturini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha 3 yillik istiqbolli rejaning mavjudligi;
taʼlim dasturi doirasida sifatni ichki taʼminlash mexanizmining mavjudligi hamda bu jarayonlarda manfaatdor tomonlarning ishtiroki;
mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlari hamda ilmiy-tadqiqotning soʻnggi tendensiyalarini aniqlash boʻyicha monitoring tizimining mavjudligi;
taʼlim dasturining samaradorligini monitoring qilish va takomillashtirish mexanizmlarining joriy etilgani;
Taʼlim dasturlari yoʻnalishi:
manfaatdor tomonlar ishtirokida taʼlim dasturining belgilangan tartibda ishlab chiqilgani. Bunda taʼlim dasturining maqsadi, natijalarining belgilangani, mehnat bozori, davlat taʼlim talabi va milliy malakalar ramkasi talablariga muvofiqligi;*
taʼlim dasturini rivojlantirish boʻyicha yillik ustuvor yoʻnalishlar ishlab chiqilgani, asosiy faoliyat samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI), zarur resurslar va masʼullar bilan taʼminlangani;
qabul parametrlari taʼlim tashkilotining tadqiqot va ilmiy rahbarlik salohiyati, jamiyatdagi ilmiy va ijtimoiy ehtiyojlar, mehnat bozori tahlili asosida shakllantirilgani;*
taʼlim dasturi ilmiy-tadqiqot rejasida belgilangan davomiylik muddatida kutilayotgan tadqiqot natijalariga erishilishini taʼminlashga qaratilgani;
amaldagi taʼlim dasturlarining tizimli ravishda monitoringi yuritilgani hamda uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilgani;*
taʼlim dasturining mazmunida oʻqish jarayoni davomida tadqiqot faoliyatining koʻzda tutilgani va izlanuvchilarni tadqiqot faoliyatiga tayyorlashga yoʻnaltirilgani;
Tadqiqot jarayonini tashkil etish va tadqiqot natijalarini baholash yoʻnalishi:
taʼlim dasturida izlanuvchilar faoliyatini baholash tartibining mavjudligi va baholash usullari belgilangan tadqiqot natijalariga qay darajada erishilganini aniqlashga yoʻnaltirilgani;*
taʼlim dasturida akademik erkinlik va halollik qoidalarining belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi;*
izlanuvchilarning baholash natijalari boʻyicha fikr-mulohazalarini olish imkoniyati mavjudligi;
Izlanuvchilar faoliyati yoʻnalishi:
taʼlim dasturi boʻyicha qabul talablari aniq belgilangani, oʻqishga qabul qilish shaffof tarzda yoʻlga qoʻyilgani;
qabul parametrlarining taʼlim tashkilotining resurslari va imkoniyatlariga mos kelishi;*
izlanuvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishdan chetlashtirish va oʻqish muddatini uzaytirish tartibining belgilangani;*
izlanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maslahat berish xizmatlarining mavjudligi;
Inson resurslari yoʻnalishi:
ilmiy rahbar va konsultantlarning koʻnikma, malaka va ilmiy darajalarining ixtisoslikka mosligi;*
taʼlim dasturi yetarlicha mutaxassis va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari bilan taʼminlangani, ularning sifat tarkibi, malakasi va mutaxassisligi belgilangan talablarga javob berishi;*
ilmiy rahbar va konsultantlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimining mavjudligi;
xorijlik ilmiy rahbar va konsultantlarni jalb qilish imkoniyatlarining mavjudligi;
Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi:
ixtisoslik xususiyatidan va izlanuvchilar sonidan kelib chiqib, tadqiqot sohasi boʻyicha ilmiy manbalarning mavjudligi va elektron resurslar bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani;*
mahalliy hamda xalqaro axborot va maʼlumotlar bazasidan (Scopus, Web of Science yoki boshqa umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallari) foydalanish imkoniyatlarining yaratilgani;
ilmiy-eksperimental laboratoriyalar bilan taʼminlanganlik darajasi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, texnikalar, xomashyo materiallari va boshqalar bilan taʼminlangani va ulardan foydalanilishi holati;
inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani.
V. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim dasturlari quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
Tashkiliy-boshqaruv va sifatni taʼminlash yoʻnalishi:
taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha tarkibiy tuzilma va uning samarali ishlash mexanizmlarining mavjudligi;*
taʼlim dasturini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha 3 yillik istiqbolli rejaning mavjudligi;
taʼlim dasturi doirasida sifatni ichki taʼminlash mexanizmining mavjudligi hamda bu jarayonlarda manfaatdor tomonlarning ishtiroki;
mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlarini aniqlash boʻyicha monitoring tizimining mavjudligi;
Taʼlim dasturlari yoʻnalishi:
manfaatdor tomonlar ishtirokida taʼlim dasturining belgilangan tartibda ishlab chiqilgani. Bunda taʼlim dasturining maqsadi, natijalarining belgilangani, mehnat bozori, davlat taʼlim talabi va milliy malakalar ramkasi talablariga muvofiqligi;*
taʼlim dasturining milliy taʼlim tizimidagi ustuvor yoʻnalishlar va xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgani;
taʼlim dasturining davomiyligi, modullarning uzviyligi va uzluksizligi taʼminlangani;
taʼlim mazmunining zamonaviy andragogik yondashuvlarga mosligi, modullar muammoli keyslar asosida shakllantirilgani;
amaldagi taʼlim dasturlarining tizimli ravishda monitoringi yuritilgani hamda uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilgani;*
Oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻquv natijalarini baholash yoʻnalishi:
oʻquv jarayonining taʼlim dasturida belgilangan oʻquv natijalariga erishishga yoʻnaltirilgani va malaka oshirishning muqobil shakllarining yoʻlga qoʻyilgani;*
oʻquv jarayonining toʻgʻri tashkil etilgani, uning doimiy baholab borilishi va takomillashtirishga qaratilgani;
amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilgani va tegishli samaradorlikka erishilgani;
tinglovchilarning kirish va chiqish testlari, baholash natijalari boʻyicha fikr-mulohazalarini olish imkoniyati mavjudligi;
taʼlim dasturida akademik halollik qoidalarining belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi;
Tinglovchilar faoliyati yoʻnalishi:
taʼlim dasturi boʻyicha qabul talablari aniq belgilangani, oʻqishga qabul qilish shaffof tarzda yoʻlga qoʻyilgani;
malaka oshirish reja-grafigi taʼlim tashkilotining resurslari va imkoniyatlariga mos kelishi hamda taʼlim dasturlarini samarali amalga oshirish uchun yetarliligi;*
tinglovchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maslahat berish mexanizmlarining mavjudligi;
Inson resurslari yoʻnalishi:
taʼlim dasturi uchun belgilangan meʼyorlarga muvofiq pedagog kadrlar, shuningdek, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar mavjudligi hamda ularning sifat tarkibi, malakasi va mutaxassisligi belgilangan talablarga mosligi;*
amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi modullarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlangani;*
yangi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi modullarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha aniq rejaning mavjudligi;*
amaliyotchi hamda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlarining mavjudligi;
kadrlarning kasbiy rivojlanishi va malaka oshirishiga sharoit yaratilgani, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimining mavjudligi;
xorijda malaka oshirgan professor-oʻqituvchilarning oʻquv jarayoniga jalb qilingani;
Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi:
taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini bajarish uchun zarur asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, texnikalar, xomashyo materiallari va boshqalarning mavjudligi hamda metodik qoʻllanma (koʻrsatma)lar bilan taʼminlangani;*
modullar kesimida oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar, elektron taʼlim resurslari bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani;*
oʻquv va laboratoriya xonalari hamda ustaxona (poligon)larning tinglovchilar sonidan kelib chiqib, taʼlim dasturlariga mos jihozlar va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilingani;*
inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani;
axborot-resurs markazining (kutubxonaning) taʼlim dasturlariga mos oʻquv adabiyotlari, kompyuterlar bilan taʼminlangani, oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi;*
raqamli taʼlim muhiti yaratilgani (LMS, wi-fi zonalari, onlayn kurslar, vebinarlar va masofaviy taʼlim imkoniyatlari);
Izoh. * Majburiy boʻlgan mezonlar.
Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning
BAHOLASH YOʻNALISHLARI VA MEZONLARI
I. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
Tashkiliy-boshqaruv faoliyati yoʻnalishi:
taʼlim tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirish, taʼlim sifatini taʼminlash uchun moliyaviy resurslarning maqsadli yoʻnaltirilgani;
taʼlim tashkilotida Pedagogik kengash faoliyati yoʻlga qoʻyilgani va uning samaradorligi;*
taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasining ishlab chiqilgani va uni amalga oshirish uchun resurslar mavjudligi, shuningdek, uning jamoatchilik uchun ochiqligi va monitoringi yuritilgani;*
taʼlim jarayonlarini boshqarish hamda taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha axborot tizimining mavjudligi va ushbu tizimning taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilingani;
Taʼlim sifatini taʼminlash yoʻnalishi:
manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda taʼlim sifatini ichki taʼminlashning yoʻlga qoʻyilgani;*
taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligi muntazam tahlil qilib borilgani va tahlil natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani;*
oʻquvchilar bilimini baholashning belgilangan tartibda amalga oshirilgani va uning oʻquv natijalariga muvofiqligi;
bitiruvchilar bandligi monitoringi yuritilgani va manfaatdor tomonlarning bitiruvchilarga oid fikr-mulohazalari muntazam ravishda tahlil qilingani;
Oʻquvchilar faoliyati yoʻnalishi:
qabul parametrlarining taʼlim tashkiloti resurslari va imkoniyatlariga mosligi;*
oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish belgilangan tartib-qoidalar asosida toʻgʻri tashkil qilingani hamda shaffof va adolatli amalga oshirilgani;*
oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish, kursdan-kursga oʻtkazish va oʻqishdan chetlashtirish jarayonlarining belgilangan tartibda amalga oshirilgani;*
oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish ishlari tashkil etilgani, ularning mehnat bozoridagi va taʼlimning keyingi bosqichi boʻyicha mavjud imkoniyatlar toʻgʻrisidagi ishonchli axborotlar bilan taʼminlangani;
oʻquvchilarning respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalarda ishtirok etgani hamda ularda sovrindor boʻlgan oʻquvchilarning ragʻbatlantirilgani;
bitiruvchilarning oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgani;
Oʻquv jarayonini tashkil etish yoʻnalishi:
oʻquv jarayonini rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqilgani va belgilangan tartibda tasdiqlangani;*
pedagoglarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlari belgilangan talab asosida ishlab chiqilgani va yuritilishi;*
pedagoglarga oʻquv yuklamalarining belgilangan normalarga muvofiq ajratilgani;
oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalar qoʻllanilgani va tegishli samaradorlikka erishilgani;
taʼlim tashkilotida dars tahlillarining olib borilgani va natijalarining muhokama qilingani;
Inson resurslari yoʻnalishi:
taʼlim tashkilotida pedagog kadrlarning maʼlumoti, mutaxassisligi (ixtisosligi) dars oʻtadigan fan(lar)ga mosligi va sifat tarkibi;*
taʼlim tashkilotiga pedagog kadrlarning belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish toʻgʻri tashkil qilingani hamda kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilgani;
rahbar va pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash tizimining yoʻlga qoʻyilgani hamda ularning moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirilgani;
pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish, tajribasini ommalashtirish va malaka oshirishi uchun sharoit yaratilgani;
oʻquv jarayonlariga oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarining jalb qilingani;
Oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi:
oʻquvchilarning boʻsh vaqtini samarali tashkil qilish uchun toʻgarak mashgʻulotlarining yoʻlga qoʻyilgani va ularning samaradorligi;*
oʻquvchilarga yetarli darajada taʼlim olish va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish va karyera xizmatlarining tashkil etilgani;
taʼlim xizmatlari yuzasidan oʻquvchilar fikr-mulohazalarining monitoring qilinishi va uning natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli oʻquvchilarga shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining joriy etilgani;
yoshlar bilan ishlash samaradorligi, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilgani;
oʻquvchilarning huquqlarini himoya qilish va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibining mavjudligi;
Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi:
taʼlim yoʻnalishi xususiyatidan kelib chiqib oʻquv jarayonini tashkil qilish uchun oʻquvchilar kontingentiga mos ravishda zarur bino va inshootlar, zamonaviy moddiy-texnik baza, reagentlar va dasturiy taʼminot bilan taʼminlangani;*
axborot-resurs markazining (kutubxonaning) oʻquvchilar kontingentiga mos oʻquv va badiiy adabiyotlar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda unda oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi;*
inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani;
barcha oʻquv va laboratoriya xonalarida jihozlarning tegishli xavfsizlik qoidalari hamda oʻqitish ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirilgani;
oʻquv xonalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangani va raqamli taʼlim muhiti yaratilgani;
taʼlim tashkilotida oʻquvchilar kontingentiga mos bufet/oshxona, oʻrindiqlar va sport maydonlarining mavjudligi.
II. Kasbiy taʼlim tashkilotlari quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
Tashkiliy-boshqaruv faoliyati yoʻnalishi:
taʼlim tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirish, taʼlim sifatini taʼminlash uchun moliyaviy resurslarning maqsadli yoʻnaltirilgani;
taʼlim tashkilotining Pedagogik (Vasiylik) kengashi faoliyati va uning samaradorligi;*
taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasining ishlab chiqilgani va uni amalga oshirish uchun resurslar mavjudligi, shuningdek, uning jamoatchilik uchun ochiqligi va monitoringi yuritilgani;*
taʼlim jarayonlarini boshqarish hamda taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha axborot tizimining mavjudligi va ushbu tizimning taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilingani;
Taʼlim sifatini taʼminlash yoʻnalishi:
manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda taʼlim sifatini ichki taʼminlashning yoʻlga qoʻyilgani;*
taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligi muntazam tahlil qilib borilgani va tahlil natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani;
oʻquvchilar bilimini baholashning belgilangan tartibda amalga oshirilgani va uning oʻquv natijalariga muvofiqligi;*
bitiruvchilar bandligi monitoringi yuritilgani va ish beruvchilarning bitiruvchilarga oid fikr-mulohazalari muntazam ravishda tahlil qilingani;
Oʻquvchilar faoliyati yoʻnalishi:
qabul parametrlarining taʼlim tashkiloti resurslari va imkoniyatlariga mosligi;*
oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish belgilangan tartib-qoidalar asosida toʻgʻri tashkil qilingani hamda shaffof va adolatli amalga oshirilgani;*
oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish, kursdan-kursga oʻtkazish (qoldirish), oʻqishdan chetlashtirish va oʻqishni qayta tiklash jarayonlarining belgilangan tartiblar asosida amalga oshirilgani;*
oʻquvchilarning respublika va xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalarda ishtirok etgani va ularda sovrindor boʻlgan oʻquvchilarning ragʻbatlantirilgani;
oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish ishlari tashkil etilgani, ularning mehnat bozoridagi va taʼlimning keyingi bosqichi boʻyicha mavjud imkoniyatlar toʻgʻrisidagi ishonchli axborotlar bilan taʼminlangani;
Oʻquv jarayonini tashkil etish yoʻnalishi:
oʻquv jarayonini rejalashtirish hujjatlarining ishlab chiqilgani va belgilangan tartibda tasdiqlangani;*
pedagoglarga oʻquv yuklamalarining belgilangan normalarga muvofiq ajratilgani;
pedagoglarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlari belgilangan talab asosida ishlab chiqilgani va yuritilishi;*
oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilgani va tegishli samaradorlikka erishilgani;
taʼlim tashkilotida dars tahlillarining olib borilgani va natijalarining muhokama qilingani;
taʼlim shakllariga mos ravishda tegishli amaliyotlar ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgani;
yakuniy davlat attestatsiyasi ish beruvchilar ishtirokida oʻquv natijalariga muvofiq oʻtkazilgani;
Inson resurslari yoʻnalishi:
taʼlim tashkilotida pedagog kadrlarning maʼlumoti, mutaxassisligi (ixtisosligi) dars oʻtadigan fan(lar)ga mosligi;*
taʼlim tashkilotiga pedagog kadrlarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish toʻgʻri tashkil qilingani hamda kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilgani;
rahbar va pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash tizimining yoʻlga qoʻyilgani hamda ularning moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirilgani;
pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish, tajribasini ommalashtirish va malakasini oshirish uchun sharoit yaratilgani;
Oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi:
oʻquvchilarning boʻsh vaqtini samarali tashkil qilish uchun toʻgarak mashgʻulotlarining yoʻlga qoʻyilgani va ularning samaradorligi;*
oʻquvchilarga yetarli darajada taʼlim olish va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish va karyera xizmatlarini tashkil etilgani;
taʼlim xizmatlari yuzasidan oʻquvchilar fikr-mulohazalarining monitoring qilinishi va uning natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli oʻquvchilarga shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining joriy etilgani;
yoshlar bilan ishlash samaradorligi, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilgani;
oʻquvchilarning huquqlarini himoya qilish va shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibining mavjudligi;
Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi:
taʼlim dasturi/shakllari xususiyatidan kelib chiqib, oʻquv jarayonini tashkil qilish uchun oʻquvchilar kontingentiga mos ravishda zarur bino va inshootlar, zamonaviy moddiy-texnik baza, reagentlar, xomashyo materiallari va dasturiy taʼminot bilan taʼminlangani;*
taʼlim jarayonlari uchun zarur boʻlgan amaliyot bazalari, laboratoriyalari va ustaxona (poligon)lari mavjudligi yoki sanoat hamkorlari va boshqa taʼlim tashkilotlari bazalaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilgani;
axborot-resurs markazining (kutubxonaning) oʻquvchilar kontingentiga mos oʻquv va badiiy adabiyotlar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda unda oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi;*
inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani;
oʻquv va laboratoriya xonalarida hamda ustaxonalarda jihozlarning tegishli xavfsizlik qoidalari hamda oʻqitish ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirilgani;
oʻquv xonalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangani va ularda raqamli taʼlim muhiti yaratilgani;
taʼlim tashkilotida oʻquvchilar kontingentiga mos bufet/oshxona, oʻrindiqlar va sport maydonlarining mavjudligi.
III. Oliy taʼlim tashkilotlari quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
Tashkiliy-boshqaruv faoliyati yoʻnalishi:
taʼlim tashkilotida Boshqaruv (Kuzatuv, Vasiylik) kengashining tashkil etilgani va uning faoliyati samaradorligi;*
taʼlim tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirish, taʼlim sifatini taʼminlash uchun moliyaviy resurslarning maqsadli yoʻnaltirilgani*.
taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasining ishlab chiqilgani va uni amalga oshirish uchun resurslar mavjudligi, shuningdek, uning jamoatchilik uchun ochiqligi va monitoringi yuritilgani;
taʼlim tashkilotining hudud va respublikaning ijtimoiy, iqtisodiy, va madaniy sohalarini, shuningdek, biriktirilgan taʼlim tashkilotlarini rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi;
taʼlim jarayonlarini boshqarish hamda taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha axborot tizimining mavjudligi va ushbu tizimning taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilingani;
taʼlim tashkilotida xalqaro hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgani;
Taʼlim sifatini taʼminlash yoʻnalishi:
manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda taʼlim sifatini ichki taʼminlashning yoʻlga qoʻyilgani;*
taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligi muntazam tahlil qilib borilgani va tahlil natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani;
talabalar bilimini baholashning belgilangan tartibda amalga oshirilgani va uning oʻquv natijalariga muvofiqligi;
taʼlim tashkilotida akademik halollik qoidalari belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi;
bitiruvchilar bandligi monitoringi yuritilgani va ish beruvchilarning bitiruvchilarga oid fikr-mulohazalari tahlil qilingani;
Talabalar faoliyati yoʻnalishi:
qabul parametrlarining taʼlim tashkilotining resurslari va imkoniyatlariga mosligi;*
talabalarni oʻqishga qabul qilish belgilangan tartib-qoidalar asosida toʻgʻri tashkil qilingani hamda shaffof va adolatli amalga oshirilgani;*
talabalar oʻqishini koʻchirish, kursdan-kursga oʻtkazish (qoldirish), oʻqishdan chetlashtirish va oʻqishni qayta tiklash jarayonlarining belgilangan tartiblar asosida amalga oshirilgani;*
respublika va xorijiy mamlakatlardagi taʼlim tashkilotlari bilan akademik mobillikning yoʻlga qoʻyilgani;
taʼlim xizmatlari eksportining samarali yoʻlga qoʻyilgani;
Oʻquv jarayonini tashkil etish yoʻnalishi:
oʻquv jarayonini rejalashtirish hujjatlarining ishlab chiqilgani va belgilangan tartibda tasdiqlangani;*
professor-oʻqituvchilarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlari belgilangan talab asosida ishlab chiqilgani va yuritilishi;*
professor-oʻqituvchilarga oʻquv yuklamalarining belgilangan normalarga muvofiq ajratilgani;
taʼlim dasturlarining iqtisodiyot, sanoat va soha ehtiyojlaridan kelib chiqib takomillashtirilgani hamda mazmunining yangilangani;
taʼlim tashkilotida dars tahlillarining olib borilgani va natijalarining muhokama qilingani;
Inson resurslari yoʻnalishi:
belgilangan talablar va meʼyorlarga muvofiq ilmiy salohiyatga ega pedagog kadrlarning mavjudligi;*
taʼlim tashkilotida pedagog kadrlarning mutaxassisligi (ixtisosligi) dars oʻtadigan fan(lar)ga mosligi;*
taʼlim tashkilotiga pedagog kadrlarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish toʻgʻri tashkil qilingani hamda kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilgani;
pedagog kadrlarning belgilangan talablarga muvofiq kasbiy rivojlanishi va malakasini oshirish ishlari toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgani;*
pedagog kadrlarning xorijda va/yoki ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishi yoki stajirovkalari tashkil etilgani;
rahbar va pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI)ning yoʻlga qoʻyilgani hamda u asosida xodimlarning moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirilgani;
Ilmiy-tadqiqot ishlari yoʻnalishi:
taʼlim tashkilotida professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishlari va xalqaro mobilligi uchun shart-sharoitlarning mavjudligi;*
ilmiy-noshirlik faoliyatida koʻchirmachilikni aniqlash boʻyicha axborot tizimining joriy etilgani hamda doimiy hisobotlarning yuritilishi;
xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-metodik va amaliy anjumanlarning oʻtkazilgani;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani;
mahalliy hamda xalqaro axborot va maʼlumotlar bazasidan (Scopus, Web of Science yoki boshqa umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallari) foydalanish imkoniyatlarining yaratilgani;*
ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarining muntazam monitoring qilib borilgani;
talabalarning startap loyihalari va ratsionalizatorlik gʻoyalari bilan respublika va xalqaro ilmiy dasturlarda ishtiroki hamda ularning natijadorligi;
taʼlim tashkiloti talaba va professor-oʻqituvchilarining ilmiy va ilmiy-texnik faoliyati natijalarining tijoratlashtirilgani;
Talabalarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi:
taʼlim xizmatlari yuzasidan talabalar fikr-mulohazalarining monitoring qilinishi va uning natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani;*
talabalarga yetarli darajada taʼlim olish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish hamda karyera xizmatlarining tashkil etilgani;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli talabalarga shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining joriy etilgani;
yoshlar bilan ishlash samaradorligi, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilgani;
talabalar huquqlarini himoya qilish va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibining mavjudligi;
Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi:
taʼlim dasturi/shakllari xususiyatidan kelib chiqib oʻquv jarayonini tashkil qilish uchun talabalar kontingentiga mos ravishda zarur bino va inshootlar, zamonaviy moddiy-texnik baza, xomashyo materiallari va dasturiy taʼminot bilan taʼminlangani;*
taʼlim jarayonlari uchun zarur boʻlgan amaliyot bazalari va laboratoriyalari mavjudligi yoki sanoat hamkorlari va boshqa taʼlim tashkilotlari bazalaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilgani;
axborot-resurs markazining (kutubxonaning) talabalar kontingentiga mos oʻquv va badiiy adabiyotlar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda unda oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi;*
inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani;
oʻquv va laboratoriya xonalarida jihozlarning tegishli xavfsizlik qoidalari hamda oʻqitish ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirilgani;
oʻquv xonalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangani va raqamli taʼlim muhiti yaratilgani;
taʼlim tashkilotida talabalar kontingentiga mos bufet/oshxona, oʻrindiqlar va sport maydonlarining mavjudligi.
IV. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tashkilotlari quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
Tashkiliy-boshqaruv faoliyati yoʻnalishi:
taʼlim tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirish, taʼlim sifatini taʼminlash uchun moliyaviy resurslarning maqsadli yoʻnaltirilgani;
ilmiy kengashlar tashkil etilgani va uning faoliyati samaradorligi;*
taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasining ishlab chiqilgani va uni amalga oshirish uchun resurslar mavjudligi, shuningdek, uning jamoatchilik uchun ochiqligi va monitoringi yuritilgani;*
taʼlim tashkilotining hudud va respublikaning ijtimoiy, iqtisodiy, va madaniy sohalarini rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi;
tadqiqot jarayonlarini boshqarish hamda taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha ochiq axborot tizimining mavjudligi va ushbu tizimning taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilingani;
taʼlim tashkilotini xalqarolashtirish va xalqaro hamkorlik aloqalarining yoʻlga qoʻyilgani;
Tadqiqot sifatini taʼminlash yoʻnalishi:
manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda tadqiqot sifatini ichki taʼminlashning yoʻlga qoʻyilgani;
taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligi muntazam tahlil qilib borilgani, izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi yuritilgani va natijalar asosida takomillashtirish choralari koʻrilgani;
taʼlim tashkilotida akademik halollik va erkinlik qoidalarining belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi;*
dissertatsiya ishi himoyasi uchun mavjud ilmiy kengashlar faoliyati, ularning tarkibiy tuzilishi, ish tartibi va qabul qilingan qarorlarining ilmiy-huquqiy asoslangani;
Tadqiqotchilar faoliyati yoʻnalishi:
qabul parametrlari ilmiy-tadqiqotlar uchun mavjud mablagʻlar, tadqiqot loyihalari yoki boshqa moliyalashtirish manbalari imkoniyatlarini inobatga olgan holda belgilangani;
izlanuvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishdan chetlashtirish va oʻqish muddatini uzaytirish belgilangan tartib-qoidalar asosida toʻgʻri tashkil qilingani hamda shaffof va adolatli amalga oshirilgani;*
izlanuvchilarning belgilangan talablar asosida dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejasi, ixtisoslik boʻyicha nazariy-metodologik dasturi ishlab chiqilgani va tasdiqlangani;*
respublika va xorijiy mamlakatlardagi ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektori bilan akademik mobillikni yoʻlga qoʻyilgani;
Tadqiqot jarayonini tashkil etish yoʻnalishi:
ilmiy rahbarlar (konsultant) faoliyati belgilangan talab asosida ishlab chiqilgani, tasdiqlangani va yuritilishi;*
dissertatsiya mavzularining jamiyat, iqtisodiyot va sanoatdagi dolzarb muammolarning yechimiga qaratilgani, olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilgani;
ilmiy rahbarlar (konsultant) yuklamalarining belgilangan normalariga muvofiq ajratilgani;
izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot natijalari asosida chop etilgan maqola, tezis va intellektual mulk huquqini himoya qiluvchi hujjatlarga egaligi;
taʼlim tashkilotida tadqiqotlar natijadorligi tahlillarining olib borilgani va natijalarining muhokama qilingani;
izlanuvchilar belgilangan shaxsiy ish rejalarining oʻrnatilgan tartibda bajarilishi monitoring qilib borilgani;
Inson resurslari yoʻnalishi:
ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyatining belgilangan talablarga muvofiqligi va ularning rahbarligida soʻnggi uch yilda bitirgan izlanuvchilarning oʻz vaqtida himoya qilganlari salmogʻi;
taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan fan doktorlarining ilmiy rahbarlik (konsultantlik)ka jalb etilgani;
ilmiy rahbar (konsultant)lar tarkibining sifat koʻrsatkichlari hamda ularning ilmiy-tashkiliy faoliyati natijadorligi;*
ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyati samaradorligini baholash tizimining yoʻlga qoʻyilgani va shu asosida moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishning tashkil etilgani;
oʻz vaqtida himoya qilmagan tadqiqotchilar bilan olib borilgan ishlar, nazorat tadbirlari va samaradorligi, ilmiy rahbar hamda maslahatchilarga choralar koʻrilgani;
Ilmiy-tadqiqot ishlari yoʻnalishi:
xalqaro miqyosda va respublika miqyosidagi ilmiy-metodik va amaliy anjumanlar oʻtkazilgani;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda korxona va tashkilotlar bilan tadqiqot natijalarini tatbiq etish yoʻnalishida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani;
taʼlim tashkilotining tegishli sohalarda mahalliy va xalqaro ilmiy grant tanlovlarida ishtirok etgani hamda uning natijadorligi;
mahalliy hamda xalqaro axborot va maʼlumotlar bazasidan (Scopus, Web of Science yoki boshqa umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallari) foydalanish imkoniyatlarining yaratilgani;*
ilmiy-noshirlik faoliyatida koʻchirmachilikni aniqlash boʻyicha axborot tizimining joriy etilgani hamda doimiy hisobotlarning yuritilishi;*
Tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi:
taʼlim xizmatlari yuzasidan tadqiqotchilarning fikr-mulohazalarini monitoring qilinishi va uning natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani;
tadqiqotchilar uchun ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻyicha oʻquv-metodologik treninglar tashkil etilgani;
tadqiqotchilarga yetarli darajada tadqiqot olib borish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish xizmatlarining tashkil etilgani;
tadqiqotchilarning huquqlarini himoya qilish va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibining mavjudligi;
Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi:
ilmiy-eksperimental laboratoriya va maydonlar bilan taʼminlanganlik darajasi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, texnikalar, xomashyo materiallar va boshqalar bilan taʼminlangani va ulardan foydalanilishi holati;*
tadqiqot olib borish uchun zarur boʻlgan amaliyot bazalari va laboratoriyalari mavjudligi yoki sanoat hamkorlari va boshqa taʼlim tashkilotlari bazalaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilgani;
ixtisoslik xususiyatidan va izlanuvchilar sonidan kelib chiqib tadqiqot sohasi boʻyicha ilmiy manbalarning mavjudligi va elektron resurslar bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani;*
inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani.
V. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim tashkilotlari quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
Tashkiliy-boshqaruv faoliyati yoʻnalishi:
taʼlim tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirish, taʼlim sifatini taʼminlash uchun moliyaviy resurslarning maqsadli yoʻnaltirilgani;
taʼlim tashkilotida Ilmiy-pedagogik kengashning tashkil etilgani va uning faoliyati samaradorligi;*
taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasining ishlab chiqilgani va uni amalga oshirish uchun resurslar mavjudligi, shuningdek, uning jamoatchilik uchun ochiqligi va monitoringi yuritilgani;*
taʼlim tashkilotining hudud va respublikaning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarini rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi;
taʼlim jarayonlarini boshqarish hamda taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha axborot tizimining mavjudligi va ushbu tizimning taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilingani;
taʼlim tashkilotini xalqarolashtirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyilgani;
Taʼlim sifatini taʼminlash yoʻnalishi:
manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda taʼlim sifatini ichki taʼminlashning yoʻlga qoʻyilgani;*
taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligi muntazam tahlil qilib borilgani va tahlil natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani;
ichki baholash jarayoni oʻtkazilgani, baholash natijalari asosida chora-tadbirlarning amalga oshirilgani;
tinglovchilar bilimini baholashning belgilangan tartibda amalga oshirilgani va uning oʻquv natijalariga muvofiqligi;
taʼlim tashkilotida akademik halollik qoidalarining belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi;
ish beruvchilarning malaka oshirgan tinglovchilarga oid fikr-mulohazalarining tahlil qilingani;
Tinglovchilar faoliyati yoʻnalishi:
qabul parametrlarining taʼlim tashkiloti resurslari va imkoniyatlariga mosligi;*
tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish belgilangan tartib-qoidalar asosida toʻgʻri tashkil qilingani;
Oʻquv jarayonini tashkil etish yoʻnalishi:
oʻquv jarayonini rejalashtirish hujjatlarining ishlab chiqilgani va belgilangan tartibda tasdiqlangani;*
professor-oʻqituvchilarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlari belgilangan talab asosida ishlab chiqilgani, tasdiqlangani va yuritilishi;*
professor-oʻqituvchilarga oʻquv yuklamalarining belgilangan normalarga muvofiq ajratilgani;
taʼlim dasturlarini iqtisodiyot, sanoat va soha ehtiyojlaridan kelib chiqib, takomillashtirilgani hamda mazmunining yangilangani;
taʼlim tashkilotida dars tahlillarining olib borilgani va natijalarining muhokama qilingani;
Inson resurslari yoʻnalishi:
taʼlim tashkilotida belgilangan talablar va meʼyorlarga muvofiq ilmiy salohiyatga ega pedagog kadrlarning mavjudligi;*
taʼlim tashkilotida pedagog kadrlarning mutaxassisligi (ixtisosligi) va faoliyat yoʻnalishlari dars oʻtadigan fan(lar)ga mosligi;*
taʼlim tashkilotiga pedagog kadrlarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish toʻgʻri tashkil qilingani hamda kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilgani;
pedagog kadrlarning xorijda va/yoki ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishi yoki stajirovkalari tashkil etilgani;
xodimlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI)ning yoʻlga qoʻyilgani hamda u asosida xodimlarning moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirilgani;
Tinglovchilarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi:
taʼlim xizmatlari yuzasidan tinglovchilar fikr-mulohazalarining monitoring qilinishi va uning natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani;*
tinglovchilarga yetarli darajada taʼlim olish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish hamda karyera xizmatlarining tashkil etilgani;
ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan tinglovchilar uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining joriy etilgani;
tinglovchilarning huquqlarini himoya qilish va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibining mavjudligi;
Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi:
taʼlim dasturi xususiyatidan kelib chiqib, oʻquv jarayonini tashkil qilish uchun tinglovchilar kontingentiga mos ravishda zarur bino va inshootlar, zamonaviy moddiy-texnik baza, xomashyo materiallari va dasturiy taʼminot bilan taʼminlangani;*
taʼlim jarayonlari uchun zarur boʻlgan amaliyot bazalari, ustaxonalari va laboratoriyalari mavjudligi yoki sanoat hamkorlari va boshqa taʼlim tashkilotlari bazalaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilgani;
axborot-resurs markazining (kutubxonaning) zaruriy oʻquv va badiiy adabiyotlar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda unda oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi;*
inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani;
oʻquv va laboratoriya xonalarida jihozlarning xavfsizlik qoidalari hamda oʻqitish ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirilgani;
oʻquv xonalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangani va raqamli taʼlim muhiti yaratilgani.
Izoh. * Majburiy boʻlgan mezonlar.
Kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish vaqtida taʼlim dasturlarini baholash maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning baholash yoʻnalishlari va mezonlari asosida baholanadi.
Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI HUZURIDAGI

TAʼLIM SIFATINI TAʼMINLASH MILLIY AGENTLIGI

Maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisida

SERTIFIKAT

MAS № 0000000

Ushbu sertifikat Akkreditatsiya komissiyasi qaroriga koʻra ___________________________________

_______________________________________________________________________ manzilida joylashgan

(taʼlim tashkilotining yuridik manzili)

_________________________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________________ning

(taʼlim tashkilotining nomi)

_________________________________________________________________________________________

(taʼlim dasturi kodi va nomi)

taʼlim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtganini tasdiqlaydi.

Ushbu sertifikatga taʼlim dasturiga tegishli maʼlumotlar ilova qilinadi va ilova sertifikatning ajralmas qismi hisoblanadi.

Sertifikat berish uchun asos: Akkreditatsiya komissiyasining 20__-yil “__”-________dagi ____-son bayoni.

Amal qilish muddati: 20___-yil ___/___/

________________________ (kun, oy)

Agentlik direktori

_______________________

(F.I.O.)

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi

QR-kod

Maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi MAS № _________-son sertifikatga
ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI HUZURIDAGI

TAʼLIM SIFATINI TAʼMINLASH MILLIY AGENTLIGI

_______________________________________________________________ning

(taʼlim tashkilotining nomi)

maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilgan taʼlim dasturi toʻgʻrisida maʼlumot

1.

Taʼlim tashkilotining litsenziya/guvohnoma raqami va sanasi:

2.

Taʼlim tashkilotining turi (davlat/nodavlat/ xorijiy):

3.

Taʼlim dasturi kodi va nomi:

4.

Taʼlim dasturining ingliz tilida nomlanishi:

5.

Taʼlim dasturining rus tilida nomlanishi:

6.

Hamkorlikda amalga oshirilishi (qoʻshma, franshiza yoki boshqalar):

7.

Taʼlim tili:

8.

Taʼlim shakli:

9.

Taʼlim dasturi hajmi (ECTS krediti yoki akademik soatlar miqdori):

10.

Taʼlim dasturi davomiyligi (yillar/semestrlar):

11.

Milliy malaka ramkasidagi darajasi:

12.

Kvalifikatsiya(lar) nomi:

13.

Qoʻshimcha beriladigan kvalifikatsiyalar:

14.

Taʼlim dasturi yakunida beriladigan hujjat turi va uning namunasi:

15.

Taʼlim oluvchilarning meʼyoriy miqdori:

16.

Taʼlim dasturini oʻqitish manzili:

Agentlik direktori

______________________

(F.I.O.)

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi

QR-kod

Maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisida sertifikat

TAVSIFI

Davlat namunasidagi maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri joylashtiriladi va sertifikat blankasining chap tomoni quyi qismida fonsiz 35x35 mm oʻlchamda QR-kod qoʻyiladi.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI HUZURIDAGI TAʼLIM SIFATINI TAʼMINLASH MILLIY AGENTLIGI” va “Maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisida SERTIFIKAT” soʻzlari qora rangli va MAS lotin harfi va yetti xonali sondan iborat boʻlgan raqam qizil rangli boʻyoqda bosiladi.
Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI HUZURIDAGI

TAʼLIM SIFATINI TAʼMINLASH MILLIY AGENTLIGI

Kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisida

SERTIFIKAT

KAS № 0000000

Ushbu sertifikat Akkreditatsiya komissiyasi qaroriga koʻra ____________________________________

________________________________________________________________________ manzilida joylashgan

(taʼlim tashkilotining yuridik manzili)

_________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________ning davlat akkreditatsiyasi

(taʼlim tashkilotining nomi)

_________________________________________________________________________________________

(taʼlim tashkilotining turi: davlat/nodavlat/xorijiy)

_______________________________________________________________________________________ga

(taʼlim tashkilotining maqomi)

mosligini tasdiqlaydi va bitiruvchilarga mazkur sertifikat ilovasiga muvofiq taʼlim dasturlari (taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kasblar va kurslar) boʻyicha taʼlim toʻgʻrisida beriladigan hujjatlarning davlat tomonidan eʼtirof etilishini kafolatlaydi.

Ushbu sertifikatga tegishli maʼlumotlar ilova qilinadi va ilova sertifikatning ajralmas qismi hisoblanadi.

Sertifikat berish uchun asos: Akkreditatsiya komissiyasining 20__-yil “__”-________dagi ____-son bayoni.

Amal qilish muddati: 20___-yil ___/___/

_______________________       (kun, oy)

Agentlik direktori

_______________________

(F.I.O.)

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi

QR-kod

Kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi KAS № _________-son sertifikatga
ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI HUZURIDAGI

TAʼLIM SIFATINI TAʼMINLASH MILLIY AGENTLIGI

_______________________________________________________________ning

(taʼlim tashkilotining nomi)

kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilgan taʼlim dasturlari

ROʻYXATI

T/r

Taʼlim dasturlari

Taʼlim shakli

Oʻqish davriyligi

Malaka darajasi

kodi

nomi

1.

2.

3.

...

Agentlik direktori

_______________________

(F.I.O.)

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi

QR-kod

Kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisida sertifikat

TAVSIFI

Davlat namunasidagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri joylashtiriladi va sertifikat blankasining chap tomoni quyi qismida fonsiz 35x35 mm oʻlchamda QR-kod qoʻyiladi.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI HUZURIDAGI TAʼLIM SIFATINI TAʼMINLASH MILLIY AGENTLIGI” va “Kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisida SERTIFIKAT” soʻzlari qora rangli va KAS lotin harfi va yetti xonali sondan iborat boʻlgan raqam qizil rangli boʻyoqda bosiladi.
Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a) 10-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini ochish toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi axborot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga yuboriladi”;
b) 11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalaridagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash masalalarida tasarrufida ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalariga ega vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi”;
v) 13-bandning ikkinchi xatboshisida:
“Innovatsion rivojlanish vazirligiga” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“attestatsiyadan” soʻzi “davlat akkreditatsiyasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Tizimida ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar tegishli ilmiy va taʼlim tashkilotlari tomonidan qabul kvotasi boʻyicha asoslangan takliflarni har yili 10-iyungacha Yagona elektron tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga yuborilishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi qabul kvotasi boʻyicha asoslangan takliflarni budjet parametrlari asosida koʻrib chiqib har yili 1-avgustga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga Yagona elektron tizim orqali yuboriladi;”.
uchinchi xatboshidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qabul kvotasi miqdorini ilmiy va taʼlim tashkilotlari kesimida taqsimlashda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va tizimida ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda tegishli vazirlik yoki idora tizimidagi ilmiy va taʼlim tashkilotlari uchun qabul kvotasi miqdorini belgilash Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimining koʻrsatmasiga muvofiq amalga oshiriladi”;
beshinchi xatboshidagi “qabul kvotasini shakllantirishi” soʻzlari “qabul kvotasini davlat akkreditatsiyasi shartlari asosida shakllantirishi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligiga” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligiga” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 31-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 52-bandning birinchi xatboshisidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-ilovaning matnida:
a) “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Cabinet of Ministers” soʻzlari “Ministry of Higher education, science and innovations” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) “The Supreme Attestation Commission of the Republic of Uzbekistan based on” soʻzlari “The Supreme Attestation Commission based on” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi huzuridagi ilmiy kengashining” soʻzlari “Oliy attestatsiya komissiyasi huzuridagi ilmiy kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 4-ilovaning matnida:

4. 5-ilovaning matnida:

v) “The Supreme Attestation Commission of the Republic of Uzbekistan upon” soʻzlari “The Supreme Attestation Commission upon” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy kengashining” soʻzlari “Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 6-ilovaning matnida:

6. 7-ilovaning matnida:
a) “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Cabinet of Ministers” soʻzlari “Ministry of Higher education, science and innovations” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) “The Supreme Attestation Commission of the Republic of Uzbekistan upon” soʻzlari “The Supreme Attestation Commission upon” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy kengashining” soʻzlari “Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori)” 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 59-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida” 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son hamda “Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4119-son qarorlari)” 2019-yil 30-sentabrdagi 821-son qaroriga ilovaning 15-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 171 va 296-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son qaroriga 3-ilovaning 3 va 4-bandlari.
7. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 27-apreldagi 243-son qaroriga 2-ilovaning 11-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” 2019-yil 16-dekabrdagi OʻRQ-595-son Qonuni)” 2021-yil 20-maydagi 320-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-iyundagi 345-son qaroriga 3-ilovaning 23 va 41-bandlari.
10. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 27-avgustdagi 545-son qaroriga 3-ilovaning 28-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoni)” 2021-yil 19-noyabrdagi 694-son qaroriga 1-ilovaning 64-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 51-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 559-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 8-avgustdagi 489-son qaroriga 1-ilovaning 10-bandi oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi xatboshilari, 11-bandining 12-kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi va 18-kichik bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son; 25.06.2026-y., 09/26/321/0621-son)