toggle_night_mode
Hujjat 06.08.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sport sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-son Farmoni, “Nogironligi boʻlgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-son hamda “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-392-son qarorlariga muvofiq sport sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi hamda Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti negizida Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilgani munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish;
jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursida masofaviy taʼlim olish tizimini joriy qilish;
malaka oshirganlik haqida elektron shaklda davlat namunasidagi malaka sertifikatini berish tartibini belgilash.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi malaka oshirganlik haqida davlat namunasidagi malaka sertifikatini uch oy muddatda “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali elektron shaklda berish tartibini joriy qilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-avgust,
496-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-iyuldagi 542-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Quyidagilar sport klublarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida sport turlari boʻyicha jamoalar tashkil etish, ular oʻrtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan, “maktab ligasi” va “talabalar ligasi”ni tashkil etish orqali isteʼdodli yosh sportchilarni aniqlash;
b) umumtaʼlim maktablarida:
jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari tarkibini yuqori mahoratli sportchilar orasidan tanlov asosida shakllantirib borish;
oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
sport turlari boʻyicha oʻquvchilardan iborat jamoalarni shakllantirish, ular oʻrtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan, “maktab chempionati”ni tashkil etish orqali isteʼdodli yosh sportchilarni aniqlash;
jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda oʻquvchilar orasidan isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish;
maktab sport klubi mashgʻulotlari jarayoniga jamoatchilik asosida malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilgʻor tajribani joriy qilish;
v) akademik litseylar va kasbiy taʼlim tashkilotlarida — oʻquvchilar orasidan jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda isteʼdodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 6 soatdan sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;
g) oliy taʼlim tashkilotlarida — isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar hamda Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 6 soatdan sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;
d) jismoniy tarbiya va sport jarayoniga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilgʻor tajribani joriy qilish”;
4-banddagi “Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Sport klubining vazifalari quyidagilardan iborat:
a) oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida sport turlari boʻyicha jamoalar tashkil etish, ular oʻrtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan, “maktab ligasi” va “talabalar ligasi”ni tashkil etish orqali isteʼdodli yosh sportchilarni aniqlash;
b) umumtaʼlim maktablarida:
jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari tarkibini yuqori mahoratli sportchilar orasidan tanlov asosida shakllantirib borish;
oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
sport turlari boʻyicha oʻquvchilardan iborat jamoalarni shakllantirish, ular oʻrtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan, “maktab chempionati”ni tashkil etish orqali isteʼdodli yosh sportchilarni aniqlash;
jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda oʻquvchilar orasidan isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish;
maktab sport klubi mashgʻulotlari jarayoniga jamoatchilik asosida malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilgʻor tajribani joriy qilish;
v) akademik litseylar va kasbiy taʼlim tashkilotlarida — oʻquvchilar orasidan jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda isteʼdodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 6 soatdan sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;
g) oliy taʼlim tashkilotlarida — isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar hamda Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 6 soatdan sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;
d) jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari jarayoniga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilgʻor tajribani joriy qilish”;
26-banddagi “Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 4-iyuldagi 355-son qarorida:
“olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari “olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“trenerlari,” soʻzidan keyin “psixologlari,” soʻzi hamda “sport psixologlari,” soʻzlaridan keyin “tarbiyachilari,” soʻzi bilan toʻldirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat va nodavlat sport taʼlim muassasalari, sport tashkilotlari va jamiyatlari samaradorligini oshirish maqsadida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish boʻyicha malaka sertifikatiga ega boʻlishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish va oʻz filiallari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish”;
b) 6-banddagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” hamda “Sportni rivojlantirish vazirligiga” soʻzlari tegishlicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” hamda “Sport vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 10-banddagi “Sportni rivojlantirish vazirligi” hamda “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga” soʻzlari tegishlicha “Sport vazirligi” hamda “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 13-banddagi “sportni rivojlantirish vaziri” soʻzlari “sport vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari “olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari “olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“trenerlari,” soʻzidan keyin “psixologlari,” soʻzi hamda “sport psixologlari,” soʻzlaridan keyin “tarbiyachilari,” soʻzi bilan toʻldirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishlari hamda masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi”;
5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi hamda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari va qayta tayyorlash kurslari bitiruvchilari, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya va sport faoliyati yoʻnalishlarining 3 va 4-kurslarida tahsil olayotgan talabalari tegishli sport turi boʻyicha trener lavozimiga ishga qabul qilinganda, ularga Institut tomonidan uch yil muddatga malaka sertifikati beriladi”;
quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Sport taʼlim muassasalari va tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan trenerlar, shuningdek, trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan talabgorlar:
trener kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus (professional) maʼlumotga ega boʻlganda — diplomda koʻrsatilgan sport turi (turlari) boʻyicha;
jismoniy tarbiya sohasida kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan taʼlim yoʻnalishlari (trener kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan taʼlim yoʻnalishlaridan tashqari) oliy yoki oʻrta maxsus (professional) maʼlumotga ega boʻlganda — kamida birinchi sport razryadiga (kattalar) ega boʻlgan oʻz sport turi (turlari) boʻyicha;
oliy yoki oʻrta maxsus (professional) maʼlumotga (jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlaridan tashqari) ega boʻlganda — jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlish nazarda tutilmagan sport turlari roʻyxatiga kiritilgan va kamida sport ustaligiga nomzod boʻlgan sport turi (turlari) boʻyicha malaka oshirish kurslaridan oʻtadilar.
Bunda sport federatsiyalari (uyushmalari)ning tavsiyanomalari asosida Vazirlik tomonidan, istisno tariqasida, sport razryadisiz qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtishga ruxsat etiladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“masofaviy malaka oshirish”;
uchinchi — yettinchi xatboshilar toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 171-band bilan toʻldirilsin:
“171. Taʼlim olish shakllari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olish (kunduzgi) — jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarning oʻz ish joylaridan toʻliq ajralgan holda bevosita taʼlim olishi;
b) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim olish (kechki, masofaviy):
jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarning oʻz mehnat faoliyatidan boʻsh vaqtida (ish vaqtidan tashqari vaqtda yoki boshqa hollarda) taʼlim olishi;
jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarning zarur bilim, malaka va koʻnikmalarini oshirish maqsadida 3+1 tizimi boʻyicha (75 foiz masofaviy, 25 foiz bevosita) yoki 2+2 tizimi boʻyicha (50 foiz bevosita, 50 foiz masofaviy) va/yoki 1+3 tizimi boʻyicha (25 foiz bevosita, 75 foiz masofaviy) taʼlim olishi”;
yettinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi “4” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”, “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi”, “Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi oʻqituvchisi” va “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvonlariga ega boʻlish;
tuman (shahar)larning “Eng yaxshi maktab sport klubi” reytingida 1 — 5-oʻrinlarni egallagan umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari”;
oʻn birinchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
20-banddagi “onlayn shaklda” soʻzlari “onlayn va offlayn shakllarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
27-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Malaka oshirish kurslarida tinglovchilar kontingenti yetarli boʻlmagan yoʻnalishlarda, shuningdek, homilador ayollar, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga yoki uch yoshga toʻlmagan bolani yolgʻiz oʻzi tarbiyalayotgan ota (vasiy)lar, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar-rejasiga kiritilgan oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinlari va musobaqalarga jalb etilganlar, istisno tariqasida, Institut va uning filiallari rahbarining buyrugʻiga muvofiq masofaviy taʼlim shaklida malaka oshirishlari mumkin”;
33-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ayrim tor ixtisoslik talab etiladigan va sport reyestriga yangi kiritilayotgan sport turlari boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun, istisno tariqasida, kamida bakalavr darajasiga ega yuqori malakali sport mutaxassislari jalb etiladi”;
48-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 49-bandning birinchi xatboshisidagi “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Sport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
68-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi bosqich natijalariga koʻra umumiy 100 balldan kamida 56 ball (56 foiz) yoki ikkinchi bosqich natijalariga koʻra umumiy 50 balldan 28 ball (56 foiz) toʻplagan tinglovchi attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi hamda unga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq davlat namunasidagi elektron raqamli imzo (QR-kod) bilan tasdiqlangan hujjat (malaka sertifikati) beriladi”;
1-ilovaning matnidagi “SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI” soʻzlari “SPORT VAZIRLIGI” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 1-bosqichi “Subyektlar”, “Ijrochilar” hamda “Amalga oshirish mexanizmi” ustunlaridagi tegishli kelishikdagi “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Sport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislar kasbiy faoliyati natijalarini baholash
MEZONLARI

T/r

Kasbiy faoliyat natijalari (portfolio)

Ballar

(jami 100 ball)

I. Sport taʼlim muassasalari rahbar va oʻrinbosarlari

1.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maʼlumoti:

 

oliy;

10

qayta tayyorlash.

5

2.

Rahbarlik davridagi sport-taʼlim muassasasining faoliyat samaradorligi reytingi:

 

reytingning birinchi yigirmataligida (1 — 20-oʻrinlar);

50

reytingning ikkinchi yigirmataligida (21 — 40-oʻrinlar);

30

reytingning uchinchi yigirmataligida (41 — 60-oʻrinlar).

20

3.

Sport toifasi uchun:

 

xalqaro toifadagi sport ustasi;

10

sport ustasi;

5

sport ustaligiga nomzod.

3

4.

Sport turi boʻyicha hakamlik toifasi uchun:

 

xalqaro toifa;

5

milliy toifa.

3

5.

Oʻquv-uslubiy adabiyotlar tayyorlagani:

 

respublikada tatbiq etilgan har bir yakka mualliflikdagi namunaviy oʻquv dastur;

20

metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiya, ishlanmalar uchun.

10

6.

Sport sinovlari natijasiga koʻra jismoniy tayyorgarlik darajasi:

 

I oʻrin;

5

II oʻrin;

3

III oʻrin.

2

II. Sport taʼlim muassasalari yoʻriqchi-uslubchilari

1.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maʼlumoti:

 

oliy;

10

qayta tayyorlash;

7

oʻrta-maxsus.

5

2.

Sport toifasi uchun:

 

xalqaro toifadagi sport ustasi;

10

sport ustasi;

5

sport ustaligiga nomzod.

3

3.

Malaka toifasi uchun:

 

oliy toifa;

15

birinchi toifa;

10

ikkinchi toifa.

5

4.

Sport turi boʻyicha hakamlik toifasi uchun:

 

xalqaro toifa;

10

milliy toifa.

5

5.

Oʻquv-uslubiy adabiyotlar tayyorlagani:

 

respublikada tatbiq etilgan har bir yakka mualliflikdagi namunaviy oʻquv dastur;

40

metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiya, ishlanmalar uchun.

15

6.

Sport sinovlari natijasiga koʻra jismoniy tayyorgarlik darajasi:

 

I oʻrin;

10

II oʻrin;

8

III oʻrin.

5

7.

Katta yoʻriqchi-uslubchi.

5

III. Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktablari trenerlari

1.

Sport toifasi uchun:

 

xalqaro toifadagi sport ustasi;

5

sport ustasi;

3

sport ustaligiga nomzod.

2

2.

Malaka toifasi uchun:

 

oliy toifa;

5

birinchi toifa;

5

ikkinchi toifa.

3

3.

Sport turi boʻyicha hakamlik toifasi uchun:

 

xalqaro toifa;

5

milliy toifa.

3

4.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklarining sovrindorini tayyorlagani uchun (har bir sportchi uchun):

 

1-oʻrin;

20

2-oʻrin;

15

3-oʻrin.

10

5.

Oʻzbekiston chempionati va kubogi sovrindorini tayyorlagani uchun (har bir sportchi uchun):

 

1-oʻrin;

15

2-oʻrin;

10

3-oʻrin.

5

6.

Sport musobaqalari (turnir, liga, olimpiya choʻqqilari) gʻolib hamda sovrindorini tayyorlagani uchun:

 

respublika;

15

viloyat;

10

tuman.

5

7.

Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzosini tayyorlagani uchun (har bir sportchi uchun):

 

asosiy tarkib;

15

zaxira tarkib.

10

8.

Sport sinovlari natijasiga koʻra jismoniy tayyorgarlik darajasi:

 

I oʻrin;

5

II oʻrin;

4

III oʻrin.

3

9.

Ochiq oʻquv mashgʻulotlari va mahorat darslarini tashkil etish:

 

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida;

5

maktabgacha taʼlim tashkilotida;

4

kasbiy taʼlim tashkilotida.

3

10.

Oʻquv adabiyotlar tayyorlagani:

 

viloyat yoki respublikada tatbiq etilgan (har bir yakka mualliflikdagi oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiyalar uchun);

10

tuman (shahar)da tatbiq etilgan (har bir yakka mualliflikdagi metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiyalar uchun);

8

muassasa uchun tatbiq etilgan (har bir yakka mualliflikdagi metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiyalar uchun).

5

IV. Sport maktablari trenerlari

1.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maʼlumoti:

 

oliy;

10

qayta tayyorlash;

7

oʻrta maxsus.

5

2.

Sport toifasi uchun:

 

xalqaro toifadagi sport ustasi;

5

sport ustasi;

3

sport ustaligiga nomzod.

2

3.

Malaka toifasi uchun:

 

oliy toifa;

5

birinchi toifa;

5

ikkinchi toifa.

3

4.

Sport turi boʻyicha hakamlik toifasi uchun:

 

xalqaro toifa;

5

milliy toifa.

3

5.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklarining sovrindorini tayyorlagani uchun (har bir sportchi uchun):

 

1-oʻrin;

20

2-oʻrin;

15

3-oʻrin.

10

6.

Oʻzbekiston chempionati va kubogi sovrindorini tayyorlagani uchun (har bir sportchi uchun):

 

1-oʻrin;

15

2-oʻrin;

10

3-oʻrin.

5

7.

Sport musobaqa(turnir, liga)lari gʻolib hamda sovrindorini tayyorlagani uchun:

 

respublika;

15

viloyat;

10

tuman.

5

8.

Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzosini tayyorlagani uchun (har bir sportchi uchun):

 

asosiy tarkib;

15

zaxira tarkib.

10

9.

Sport sinovi natijasiga koʻra jismoniy tayyorgarlik darajasi:

 

I oʻrin;

5

II oʻrin;

4

III oʻrin.

3

10.

Ochiq oʻquv mashgʻulotlari va mahorat darslarini tashkil etish:

 

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida;

5

maktabgacha taʼlim tashkilotida;

4

kasbiy taʼlim tashkilotida.

3

V. Sport psixologlari

1.

Psixologiya (sport) sohasidagi maʼlumoti:

 

oliy;

10

qayta tayyorlash.

5

2

Sport turi boʻyicha kattalar sporti razryadi:

 

birinchi va undan yuqori;

10

ikkinchi razryad;

8

uchinchi razryad.

5

3.

Oʻquv-uslubiy adabiyotlar tayyorlagani:

 

hammualliflikdagi oʻquv qoʻllanmalar uchun;

15

yakka mualliflikdagi uslubiy qoʻllanma yoki uslubiy koʻrsatma uchun;

10

hammualliflikdagi uslubiy koʻrsatma yoki uslubiy tavsiyalar uchun.

8

4.

Ilmiy konferensiyalarda yakka mualliflikdagi maqola va tezislar chop etish hamda maʼruzalar bilan qatnashish:

 

xalqaro miqyosda;

15

respublika miqyosida;

10

viloyat miqyosida.

8

5.

Sport taʼlim muassasalarida sportchilarni psixologik tayyorlashga asoslangan seminar-trening mashgʻulotlarini oʻtkazgani (bayonnomasi):

 

Sport akademiyalari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;

10

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari;

8

Ixtisoslashgan sport maktabi, sport maktablari.

5

6.

Kasbiy faoliyati boʻyicha seminar-trening kurslarida ishtirok etgani (sertifikat):

 

xalqaro miqyosda (onlayn);

10

respublika miqyosida;

8

viloyat miqyosida.

5

7.

Sport taʼlim muassasasida psixologik xizmat ishlarini tashkil etgani:

 

(psixologik maʼrifat va tashviqot, psixologik-pedagogik tashxis, psixologik profilaktika, psixologik korreksiya, psixologik maslahat, sport faoliyatiga yoʻnaltirish).

15

8.

Sportchining qobiliyatlarini rivojlantirish uchun individual dasturlarni tuzgani:

 

(Aqliy va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish dasturi).

5

9.

Ochiq oʻquv mashgʻulotlari hamda mahorat darslarini tashkil etgani va oʻtkazgani:

 

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari;

10

Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;

8

Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari.

5

VI. Oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari boʻyicha rahbar va pedagog kadrlari

1.

Ochiq oʻquv mashgʻulotlari va mahorat darslarini tashkil etish:

 

maktabgacha taʼlim tashkilotida;

5

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida;

5

kasbiy taʼlim tashkilotida;

5

sport taʼlim muassasasida.

5

2.

Xalqaro va respublika miqyosidagi fan olimpiadalari, sport musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagani uchun:

 

xalqaro miqyosda;

5

respublika miqyosida.

3

3.

Ilmiy konferensiyalarda maʼruza bilan qatnashish:

 

xalqaro miqyosda;

5

respublika miqyosida.

3

4.

Ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish:

 

xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan yuqori reytingli ilmiy jurnallar yoki “impakt-faktor”ga ega boʻlgan ilmiy jurnallarda;

10

respublika miqyosidagi jurnallarda.

5

5.

Ixtiro (patent), ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarga mualliflik qilish:

 

ixtiro (patent);

10

ratsionalizatorlik taklifi;

6

innovatsion ishlanmalarga mualliflik.

4

6.

Oʻquv adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma) tayyorlash va nashrdan chiqarish:

 

darslik hammualliflikda;

15

oʻquv qoʻllanma hammualliflikda.

10

7.

Ilmiy daraja va unvoni uchun.

15

8.

“Universiada” sport musobaqasi gʻolib xamda sovrindorini tayyorlagani uchun:

 

respublika;

20

viloyat (shahar).

10

9.

Trenerlik yoki trener-yoʻriqchilik faoliyat(lari)n bilan shugʻullanayotganligi uchun (malaka oshirish davriga muvofiq).

5

10.

Darsdan tashqari sport turlari boʻyicha toʻgaraklar soni:

 

sport turi — 2 ta;

10

sport turi — 1 ta.

8

VII. Kasbiy taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari (jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilganlar bundan mustasno)

1.

Malaka toifasi uchun:

 

oliy toifa;

10

birinchi toifa;

8

ikkinchi toifa.

5

2.

Sport toifasi uchun:

 

xalqaro toifadagi sport ustasi;

10

sport ustasi;

8

sport ustaligiga nomzod;

5

birinchi toifa.

3

3.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha turli koʻrik-tanlov va musobaqalar gʻoliblarini tayyorlagani uchun:

 

respublika;

10

viloyat;

8

tuman (shahar) (koʻpi bilan 2 ta natija).

5

4.

“Barkamol avlod” sport musobaqasi gʻolib hamda sovrindorini tayyorlagani uchun:

 

respublika;

30

viloyat;

20

tuman.

10

5.

Trenerlik yoki trener-yoʻriqchilik faoliyat(lari)i bilan shugʻullanayotgani uchun (malaka oshirish davriga muvofiq).

5

6.

Ochiq oʻquv mashgʻulotlari va mahorat darslarini tashkil etish:

 

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida;

5

maktabgacha taʼlim tashkilotida;

4

professional taʼlim muassasasida.

z

7.

Darsdan tashqari sport turlari boʻyicha toʻgaraklar soni:

 

sport turi — 2 ta;

5

sport turi — 1 ta.

3

8.

Sport sinovlari natijasiga koʻra jismoniy tayyorgarlik darajasi:

 

I oʻrin;

10

II oʻrin;

5

III oʻrin.

3

9.

Oʻquv-uslubiy adabiyotlar tayyorlagani:

 

viloyat yoki respublikada tatbiq etilgan (har bir yakka mualliflikdagi oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiyalar uchun);

15

tuman (shahar)da tatbiq etilgan (har bir yakka mualliflikdagi metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiyalar uchun);

10

muassasa uchun tatbiq etilgan (har bir yakka mualliflikdagi metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiyalar uchun).

5

VIII. Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari

1.

Malaka toifasi uchun:

 

oliy toifa;

10

birinchi toifa;

8

ikkinchi toifa.

5

2.

Sport toifasi uchun:

 

xalqaro toifadagi sport ustasi;

10

sport ustasi;

8

sport ustaligiga nomzod;

5

birinchi toifa.

l

3.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha turli koʻrik-tanlov va musobaqalar gʻoliblarini tayyorlagani uchun:

 

respublika;

10

viloyat;

8

tuman (shahar) (koʻpi bilan 2 ta natija).

5

4.

“Umid nihollari” sport musobaqasi gʻolib hamda sovrindorini tayyorlagani uchun:

 

viloyat;

15

tuman.

10

5.

Jismoniy tarbiya fan olimpiadasining gʻolib va sovrindorlarini tayyorlagani uchun:

 

respublika;

20

viloyat;

15

tuman.

10

6.

Trenerlik yoki trener-yoʻriqchilik faoliyat(lari)i bilan shugʻullanayotgani uchun (malaka oshirish davriga muvofiq).

5

7.

Ochiq oʻquv mashgʻulotlari va mahorat darslarini tashkil etish:

 

maktabgacha taʼlim tashkilotida;

5

sport taʼlim muassasasida;

4

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida.

3

8.

Darsdan tashqari sport turlari boʻyicha toʻgaraklar soni:

 

sport turi — 2 ta;

5

sport turi — 1 ta.

3

9.

Sport sinovlari natijasiga koʻra jismoniy tayyorgarlik darajasi:

 

I oʻrin;

10

II oʻrin;

5

III oʻrin.

3

10.

Oʻquv-uslubiy adabiyotlar tayyorlagani:

 

viloyat yoki respublikada tatbiq etilgan (har bir yakka mualliflikdagi oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiyalar uchun);

10

tuman (shahar)da tatbiq etilgan (har bir yakka mualliflikdagi metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiyalar uchun);

8

muassasa uchun tatbiq etilgan (har bir yakka mualliflikdagi metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiyalar uchun).

5

IX. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya yuriqchilari

1.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maʼlumoti:

 

oliy;

10

qayta tayyorlash;

5

oʻrta maxsus.

 

2.

Malaka toifasi uchun:

 

oliy toifa;

10

birinchi toifa;

8

ikkinchi toifa.

5

3.

Sport toifasi uchun:

 

xalqaro toifadagi sport ustasi;

10

sport ustasi;

8

sport ustaligiga nomzod;

5

birinchi toifa.

3

4.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha turli koʻrik-tanlov va musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun:

 

respublika;

20

viloyat;

15

tuman.

10

5.

Trenerlik yoki trener-yoʻriqchilik faoliyat(lari)i bilan shugʻullanayotgani uchun (malaka oshirish davriga muvofiq).

10

6.

Ochiq oʻquv mashgʻulotlari va mahorat darslarini tashkil etish:

 

sport taʼlim muassasasida;

10

maktabgacha taʼlim tashkilotida.

5

7.

Sport turlari boʻyicha toʻgaraklar tashkil etganligi:

 

sport turi — 2 ta;

10

sport turi — 1 ta.

5

8.

Sport sinovlari natijasiga koʻra jismoniy tayyorgarlik darajasi:

 

I oʻrin;

10

II oʻrin;

5

III oʻrin.

3

9.

Oʻquv-uslubiy adabiyotlar tayyorlagani:

 

viloyat yoki respublikada tatbiq etilgan (har bir yakka mualliflikdagi oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiyalar uchun);

10

tuman (shahar)da tatbiq etilgan (har bir yakka mualliflikdagi metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiyalar uchun);

8

muassasa uchun tatbiq etilgan (har bir yakka mualliflikdagi metodik qoʻllanma, oʻquv-uslubiy tavsiyalar uchun).

5

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri buyrugʻiga asosan ushbu mezonlarga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”;
4-ilovaning matnidagi “SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI” soʻzlari “SPORT VAZIRLIGI” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-ilovaning 1-bosqichi “Subyektlar”, “Ijrochilar” hamda “Amalga oshirish mexanizmi” ustunlaridagi tegishli kelishikdagi “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Sport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 14-oktabrdagi 599-son qarorida:
a) nomidagi “Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti” soʻzlari “Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi huzuridagi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutining” soʻzlari “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutining” soʻzlari “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisiga” soʻzlari “Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi ijroiya qoʻmitasi raisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 7-banddagi “Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutini” soʻzlari “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 8-banddagi “Oʻzbekiston Milliy para limpiya qoʻmitasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 9-bandning birinchi xatboshisidagi hamda 10-banddagi “Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti” soʻzlari “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 1-ilovaning nomidagi “Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutining” soʻzlari “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari “Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Assotsiatsiya)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Vazirliklar va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalarining paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislari — Assotsiatsiya tomonidan tasdiqlangan reja asosida nodavlat taʼlim tashkilotlarining xodimlari va jismoniy shaxslar esa — ular bilan tuzilgan shartnoma asosida Assotsiatsiya huzuridagi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtadilar”;
13-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi, 19, 24 va 35-bandlardagi, 40-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 41-bandning birinchi xatboshisidagi, 42-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 43-bandning uchinchi xatboshisidagi, 46 va 54-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita” soʻzi tegishli kelishikdagi “Assotsiatsiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
1 — 3-ilovalarning matnlaridagi “Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-oktabrdagi 539-son qarori bilan tasdiqlangan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlarining 8, 12 va 16-pozitsiyalari “Hamkor tashkilot” ustunidagi “Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 28-martdagi 192-son qaroriga 2-ilovaning 3-pozitsiyasidagi “J.J. Xatamov” soʻzlari “S.I. Samadov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)