toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi huzuridagi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18-maydagi PQ-5114-son qaroriga muvofiq paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanadigan trenerlar, uslubchi-yoʻriqchilar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga ixtisoslashgan ilmiy-taʼlim muassasasi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
parasport boʻyicha faoliyat yuritayotgan trenerlar, yoʻriqchi-uslubchilarva boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish, bunda xalqaro ilgʻor tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar va trenerlarni taʼlim jarayoniga shartnoma asosida jalb etish;
kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan sport-taʼlim muassasalari xodimlari uchun qoʻshimcha ixtisoslik boʻyicha pullik asosda parasport boʻyicha qayta tayyorlash va qisqa muddatli maxsus kurslarni tashkil etish;
parasport boʻyicha sportchilarni oʻqitish va tayyorlashning barcha darajalarida sport mahoratidan bilim berishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish;
parasport boʻyicha qobiliyatli yosh sportchilarni aniqlash hamda ular orasidan xalqaro sport maydonlarida munosib qatnashishni taʼminlashga qodir boʻlgan professional sportchilarni tayyorlash mahorati va koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy hamda samarali oʻqitish dasturlari va usullarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
inklyuziv taʼlim tizimi uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
eshitish qobiliyati past boʻlgan karlar sporti, aqli zaif boʻlgan shaxslar oʻrtasida sport turlari hamda koʻzi ojizlar sport turlari uchun trener va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi ijroiya qoʻmitasi raisiga, zarur hollarda, institut tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
4. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti ustavining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutini oʻqitishning zamonaviy uslublarini qoʻllash koʻnikmalariga va ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda iqtidorli mutaxassislar hamda Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutini professor-oʻqituvchilarini xorijiy davlatlarda malakasini oshirish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan birgalikda paralimpiya va noparalimpiya sport turlari boʻyicha oʻquv adabiyotlari, oʻquv-metodik qoʻllanmalar, darsliklarni ishlab chiqsin va Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Sport vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati trenerlar, oʻqituvchilar, jismoniy tarbiya instruktorlari, yoʻriqchi-metodistlar va sport faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha boshqa mutaxassislarning egallab turgan lavozimiga koʻra malaka oshirish kurslaridan oʻtishi boʻyicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda keyingi kalendar yilda malaka oshirish kurslariga oʻqishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini shakllantirib, Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasiga taqdim etib borsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengashi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
faoliyatini moliyalashtirishda homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarini jalb etish;
taʼlim tizimiga yetakchi xorijiy davlatlar taʼlim muassasalari tajribasini joriy etish va xorijiy ekspertlarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Toshkent shahri, Beshyogʻoch koʻchasi, 126-uy manzili boʻyicha vaqtinchalik joylashtirilsin.
Bunda, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kelgusida Toshkent shahrida barpo qilinayotgan “Olimpiya shaharchasi”da joylashtirilishi nazarda tutilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
11. Belgilab qoʻyilsinki, Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutini saqlash xarajatlari uchun zarur mablagʻlar 2022-yilda respublika budjeti mablagʻlari doirasida, 2023-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
12. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston karlar jamiyati, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar noparalimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutini zarur telekommunikatsiya xizmatlari bilan va Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-oktabr,
599-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 599-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining
TUZILMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)

Direktor

Ilmiy-metodik kengash

Direktorning oʻquv va ilmiy-metodik ishlar boʻyicha oʻrinbosari

1

Moliya-iqtisodiyot boʻlimi

2

Axborot-resurs markazi

2

Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini tashkil etish boʻlimi

3

Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis

1

Oʻquv-mashgʻulot jarayonini ilmiy axborot bilan taʼminlash hamda ilmiy-metodika boʻlimi

2

Bosh yuriskonsult

1

Xalqaro tajribani oʻrganish va oʻqitishning zamonaviy metodikalarini joriy etish boʻlimi

2

Devonxona va arxiv

1

Xoʻjalik boʻlimi*

1

Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash boʻlimi

2

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Kafedralar*

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibidan tashqari) — 20 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 13 nafar.
* Institut Xoʻjalik boʻlimining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari hamda kafedralarining oʻquv-yordamchi xodimlari soni qonunchilik hujjatlarida oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 599-son qaroriga
2-ILOVA
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom paralimpiya sport turlari boʻyicha rahbar kadrlarni, sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, sport maktablarining paralimpiya sport turlari boʻyicha yoʻriqchi-uslubchilari va trenerlarini hamda shu sohadagi boshqa mutaxassislarni (keyingi oʻrinlarda — paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar), shuningdek, inklyuziv taʼlim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar, eshitish qobiliyati past boʻlgan karlar sporti, aqli zaif boʻlgan shaxslar oʻrtasida sport turlari hamda koʻzi ojizlar sport turlari uchun trener va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishlari Sport vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Assotsiatsiya) tomonidan tasdiqlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalarining paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislari — Assotsiatsiya tomonidan tasdiqlangan reja asosida nodavlat taʼlim tashkilotlarining xodimlari va jismoniy shaxslar esa — ular bilan tuzilgan shartnoma asosida Assotsiatsiya huzuridagi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
4. Xorijiy davlatlarda taʼlim muassasalarini tamomlagan paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ularning bazaviy maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
5. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar toʻrt yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.
6. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslari yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalari yoki mehnat bozorining talablari bilan belgilanadigan ayrim pedagoglarning qayta ixtisoslashuvi yoxud yangi mutaxassislikka ega boʻlishi munosabati bilan Institut tashabbusiga koʻra shartnoma asosida tashkil etiladi.
2-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning maqsadi va vazifalari
7. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan modullari (fanlari) boʻyicha kasbiy va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borish, ularni ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, materiallar va ilmiy-oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlash, oʻqitishning innovatsion usullari boʻyicha kasbiy bilimlari, malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish, ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsadi hisoblanadi.
8. Quyidagilar paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning vazifalari hisoblanadi:
paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning kasbiy bilimi, koʻnikmasi va mahoratini oshirish, zamon talablariga muvofiq taʼlim sifatini taʼminlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish;
paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarda mustaqil fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish, ularning pedagogik yangilikka intilishni rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana bilish darajasini oshirish, ularni ilmiy-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash;
paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning oʻquv mashgʻulotlari, oʻquv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ilgʻor taʼlim texnologiyalari va xalqaro tajribadan foydalanish, ilmiy va oʻquv-metodik tadqiqotlar olib borish hamda amaliyotga joriy etish koʻnikmalarini mustahkamlash.
3-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni hamda sifatiga qoʻyiladigan umumiy talablar
9. Quyidagilar qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha taʼlim dasturlari mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablar hisoblanadi:
kasblar va lavozimlarga boʻlgan malaka talablariga muvofiqlik;
taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati asosiy yoʻnalishlarining, taʼlim turlari va bosqichlari boʻyicha davlat taʼlim talablarining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlashga, tinglovchilarning bilimlarini yangilash va chuqurlashtirishga, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishga, kasbiy malaka va koʻnikmalarni hosil qilishga, taʼlimning samarali usullari hamda texnologiyalarini egallash va takomillashtirishga qaratilganligi;
davlat taʼlim talablari hajmi va mazmunining qayta tayyorlash va malaka oshirish muddatlariga muvofiqligi.
10. Qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, bilim, amaliy va kasbiy mahoratning mazkur mutaxassislarga qoʻyiladigan talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi.
11. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayoni oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi hamda uning mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablar tegishli taʼlim dasturlari bilan belgilanadi.
4-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash shakllari
12. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
pedagogik qayta tayyorlash;
kasbiy qayta tayyorlash;
maxsus oʻquv kurslarda oʻqitish.
Pedagogik qayta tayyorlash — oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega pedagog boʻlmagan mutaxassislarning bazaviy kasbiy maʼlumotini taʼlimning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan oʻquv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli boʻlgan tayyorgarlikka muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni paralimpiya sport turlari boʻyicha qayta tayyorlash hisoblanadi.
Kasbiy qayta tayyorlash — oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumotga ega mutaxassislar tomonidan taʼlimning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan, oʻqitishning talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada oʻquv fani yoki kurs boʻyicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun paralimpiya sport turlari boʻyicha zarur hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va koʻnikmalarni oʻzlashtirishdan iborat.
Maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish — sport faoliyatini yakunlagan va kamida birinchi sport razryadiga ega boʻlgan sportchilarning paralimpiya sport turlari boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishlari, pedagogik faoliyatni yuritish, zarur va yetarli hajmda yangi bilim, malaka va koʻnikmalarni oʻrgatishi nazarda tutiladi.
5-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish shakllari
13. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
toʻgʻridan-toʻgʻri malaka oshirish (taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish);
ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish;
xorijda tajriba orttirish;
mustaqil oʻqib bilim orttirish;
masofaviy taʼlim.
Toʻgʻridan-toʻgʻri malaka oshirish — taʼlim dasturlari va mehnat bozorining takliflari asosida paralimpiya sohasiga oid taʼlimning tegishli turi oʻquv-tarbiya jarayonining monitoringi natijalari va mutaxassislar tayyorlash sifatini hisobga olgan holda, davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan modullar boʻyicha maqsadli kasbiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish hisoblanadi.
Ilmiy-tadqiqot muassasalarida tajriba orttirish — Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, markazlar, laboratoriyalar va boshqa muassasalarda fanning zamonaviy yutuqlari, tegishli mutaxassisliklar boʻyicha rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, ilmiy tadqiqot uslublarini oʻrganishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijda tajriba orttirish — Assotsiatsiya, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatimiz taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashish uchun ajratilgan grantlarga muvofiq, shuningdek, taʼlimni boshqarish organlari bilan taʼlim va sport taʼlimi muassasalari hamda sport tashkilotlari tajribalarini oʻrganishni oʻz ichiga oladi.
(13-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Mustaqil oʻqib bilim orttirish — paralimpiya sohasiga oid taʼlim darajasi va sifatiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq oʻqitiladigan modullar boʻyicha yangi bilimlar, malaka va koʻnikmalarni mustaqil oʻzlashtirishdan iborat.
Masofaviy taʼlim — onlayn (videomaʼruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida oʻtkazish) va offlayn (masofaviy taʼlim tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) shaklida amalga oshiriladigan taʼlim turi hisoblanadi.
6-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining davomiyligi hamda oʻquv yuklamasining hajmi
14. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash davomiyligi va oʻquv yuklamasining hajmi quyidagi muddatlarda belgilanadi:
pedagogik qayta tayyorlash — kamida 4 oy (576 soat);
kasbiy qayta tayyorlash — kamida 4 oy (576 soat);
maxsus oʻquv kurslarda oʻqitish — 3 oy (432 soat), 6 oy (864 soat).
15. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish davomiyligi uni tashkil etish shakllariga hamda kasbiy malaka darajasi va individual kasbiy ehtiyoj tizimida paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar faoliyat yuritadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar (buyurtmachilar) talablarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Malaka oshirishning toʻgʻridan-toʻgʻri shakllari umumiy davomiyligi kamida 4 hafta (144 soat) etib belgilanadi.
Malaka oshirishning toʻgʻridan-toʻgʻri shakllari uchun auditoriya mashgʻulotlari va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Ayrim hollarda malaka oshirishning toʻgʻridan-toʻgʻri shakllari umumiy davom etish muddati asosiy ishdan ajralgan holda oʻqitishda kamida 3 hafta (144 soat), auditoriya mashgʻulotlarining va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 48 soat etib belgilanishi mumkin.
16. Auditoriya mashgʻulotlari va mustaqil ishlarning haftalik yuklamasi eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
17. Auditoriya mashgʻulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
7-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish
18. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayonlari 15 — 20 nafar tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Tinglovchilar kontingenti yetarli boʻlmagan yoʻnalishlarda, shu jumladan, rus tilida dars olib boriladigan guruhlarda, tinglovchilar kontingenti guruh tarkibida yigʻilmaydigan kam sonli alohida paralimpiya sport turlarida oʻquv jarayonini tashkil etishda tinglovchilar soni, istisno tariqasida, kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin.
Maxsus oʻquv kurslari uchun guruh talab etilgan tinglovchilar soni shakllanmagan taqdirda, tinglovchilar kontingentini oʻqitish qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslari boʻyicha guruhlar tarkibida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Kasbiy qayta tayyorlash mumkin boʻlgan turdosh mutaxassisliklar roʻyxati Assotsiatsiya tomonidan belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
20. Kurslarga tinglovchilarni qabul qilish tasdiqlangan rejaga muvofiq Institut direktorining buyrugʻi bilan kurslar boshlanishi sanasidan boshlab uch kun mobaynida rasmiylashtiriladi.
21. Qayta tayyorlash yoki malaka oshirishga yuborilgan paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar Institut direktorining buyrugʻi bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi. Tinglovchilar guruhini shakllantirishda, kursning oʻquv reja va dasturlarini tayyorlashda bazaviy maʼlumot, mutaxassislik, toifa va egallab turgan lavozimi shuningdek, buyurtmachining talablari hisobga olinadi.
22. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boshlangandan keyin uch kun mobaynida kelmagan tinglovchilar, sabablaridan qatʼi nazar, kurslarga qoʻyilmaydi.
23. Tinglovchilarning qayta tayyorlash, maxsus oʻquv va malaka oshirish kurslariga oʻz vaqtida kelmaganligining hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablari boʻlgan taqdirda, ularga oʻqishning tegishli yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha navbatdagi kurslarda oʻqishga ruxsat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Institut tinglovchilarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga oʻz vaqtida kelmaganligi holatlari toʻgʻrisida buyurtmachi va Assotsiatsiyaga darhol xabar beradi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
25. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, amaliy mashgʻulot, seminar, trening, koʻchma mashgʻulot, mahorat saboqlari, interfaol va boshqa shakllarda olib boriladi.
26. Koʻchma, amaliy mashgʻulotlar ilgʻor taʼlim muassasalari, sport majmualari va boshqa tashkilotlarda tashkil etiladi.
27. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, ularni talab darajasida oʻtkazish, taʼlim samaradorligini taʼminlash uchun sharoitlar yaratish masʼuliyati Institutga yuklanadi.
28. Joriy yilda rejaga kiritilmagan paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar Institut bilan tuzilgan shartnoma asosida malaka oshirish kurslaridan oʻtishlari mumkin.
29. Shartnoma asosida paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni hamda kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan sport taʼlim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari buyurtmachi talabi va mehnat bozorining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Institutda tashkil etiladi.
30. Institut buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi.
31. Institutda 3 va 6 oylik maxsus oʻquv kurslari murojaat etilgan yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
32. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayoni tegishli yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi oʻquv rejasi va dasturlar asosida amalga oshiriladi hamda mashgʻulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
33. Namunaviy oʻquv rejasi va dasturlar sport, fan, texnika, texnologiyalar hamda sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari asosida takomillashtiriladi.
34. Institut xodimlariga oliy taʼlim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan bir nafar oʻqituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Taʼlim xizmatlarini koʻrsatish va homiylardan tushgan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Institut professor-oʻqituvchilari va xodimlari lavozim maoshlariga yagona tarif setkasi (bazaviy lavozim maoshi) boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra 200 foizgacha ustama haq toʻlanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
8-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tinglovchilari
Oldingi tahrirga qarang.
35. Assotsiatsiya tomonidan tasdiqlangan rejaga kiritilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun oʻqishning barcha davrida ularning asosiy ish joyi boʻyicha egallagan lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanadi, ularning oʻquv yuklamasi esa boshqa aʼzolar oʻrtasida taqsimlanadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
36. Ishdan ajralgan holda Institutda qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻqishga borish va undan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl haqi xarajatlari safarga yuboruvchi tashkilot hisobidan qoplanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-bobi (“Mehnatga haq toʻlash”).
37. Tinglovchi quyidagi sabablarga koʻra kursdan chetlashtiriladi:
oʻz xohishiga koʻra;
kasalligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
oʻquv intizomini va taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganligi uchun;
malaka oshirish kursida 18 akademik soatdan, qayta tayyorlashda 36 akademik soatdan ortiq oʻquv mashgʻulotlarini sababsiz qoldirgani uchun;
shartnoma asosida oʻqiyotgan tinglovchilar shartnoma bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmagani uchun;
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi sababli;
vafot etganligi sababli.
38. Tinglovchilar malaka oshirish yoki qayta tayyorlash kursidan chetlatilganda, sabablari koʻrsatilgan holda buyurtmachiga maʼlum qilinadi.
39. Malaka oshirish kursidan chetlatilgan yoki yakuniy nazoratdan oʻta olmagan tinglovchi malaka oshirish kursida bir yil mobaynida takroran oʻqiydi. Malaka oshirish kursida takroran oʻqish tinglovchining oʻz hisobidan shartnoma asosida amalga oshiriladi va bunda buyurtmachi tashkilot tomonidan unga ish haqi saqlanmagan holda, taʼtil berish tartibida malaka oshirishga qayta yuboriladi.
Malaka oshirish kursiga qayta yuborilgan mutaxassislar oʻqish yakunlari boʻyicha yakuniy attestatsiyadan takroran oʻtmagan boʻlsa, shartnoma boʻyicha toʻlangan toʻlov mablagʻlari qaytarilmaydi.
Malaka oshirish kurslarida oʻqish yakunlari boʻyicha attestatsiyadan takroran oʻtmagan yoki asosiy ish joyi boʻyicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan takroran oʻtmagan taqdirda, ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan hamda boʻsh turgan pedagog lavozimini egallash tanlovi davrining tugagan muddatidan qatʼi nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Ular oʻz faoliyatini boshqa taʼlim muassasalarida (amalda faoliyat yuritayotgan taʼlim muassasalaridan tashqari) davom ettirishi yoxud boshqa tashkilotlarda ishlashi hamda oʻzining kasbiy malakasini mustaqil ravishda oshirishi mumkin.
9-bob. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi va uni boshqarish
40. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Assotsiatsiya;
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
buyurtmachi;
tizimida paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Assotsiatsiya:
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Institut tizimiga umumiy rahbarlik qiladi hamda uning faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birga muvofiqlashtiradi;
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
keyingi kalendar yil uchun malaka oshirish kurslari boʻyicha taqdim etilgan buyurtmalar asosida reja va jadvallarni tasdiqlaydi;
Institut tomonidan buyurtma va rejalar bajarilishi yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshiradi;
har yili 15-noyabrga qadar buyurtmachilarning buyurtmanomalari asosida hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtish davriyligiga muvofiq keyingi kalendar yil uchun oylar va taʼlim yoʻnalishlari rejasi va roʻyxatini shakllantiradi, shuningdek, 5-dekabrga qadar yillik reja va roʻyxatni tasdiqlaydi;
maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish boʻyicha murojaatlarni qabul qiladi, oʻrganib chiqadi, kontingentni shakllantiradi hamda kurslarni tashkil etish muddatini belgilaydi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining namunaviy oʻquv rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;
Institut xodimlari hamda pedagoglar tarkibining xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish choralarini koʻradi.
42. Buyurtmachi:
Oldingi tahrirga qarang.
navbatdagi kalendar yilga paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar haqida maʼlumotlarni ularning familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi taʼlim muassasasini bitirganligi, diplom boʻyicha mutaxassisligi, ish joyi va staji, lavozimi, oxirgi malaka oshirgan vaqti koʻrsatgan holda Assotsiatsiyaga taqdim etadi;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
tasdiqlangan reja va jadval asosida paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni belgilangan muddatda Institutga oʻqishga yetib borishlarini taʼminlaydi.
43. Tizimida paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar:
har yili 15-noyabrga qadar buyurtmachilarning buyurtmanomalari asosida hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtish davriyligiga muvofiq keyingi kalendar yil uchun oylar va taʼlim yoʻnalishlari rejasi va roʻyxatini shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
shakllantirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga oʻqishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini Assotsiatsiyaga taqdim etib boradi.
(43-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
10-bob. Qayta tayyorlash va maxsus oʻquv kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan oʻtkazish va baholash
44. Tinglovchilar qayta tayyorlash va maxsus oʻquv kurslari taʼlim dasturlarini oʻzlashtirib boʻlgandan soʻng Institut tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi. Attestatsiya yakuniy onlayn test sinovlari, bitiruv malakaviy ish himoyasi va suhbatdan iborat boʻladi.
45. Attestatsiya komissiyasi tarkibi kamida 5 kishidan iborat tarkibda Institut tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga Institut, Assotsiatsiya, oliy taʼlim muassasalari, oliy sport mahorati maktablari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari vakillari jalb qilinishi mumkin.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
47. Attestatsiya komissiyasi tarkibining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
48. Yakuniy onlayn test qayta tayyorlash oʻquv rejasidagi barcha modullar boʻyicha savollarni qamrab olgan holda tayyorlangan test savollari asosida oʻtkaziladi.
Yakuniy onlayn test asosida tinglovchining bilim darajasi 80 daqiqa davomida 80 ta test savollari asosida 80 ballik baholash tizimi orqali aniqlanadi. Onlayn test natijasi test yakunlanishi bilan darhol ekranda aks ettiriladi. Ushbu test sinovlarini oʻtkazish Institutning serverida joylashtirilgan elektron tizimga kompyuterlarning ulanishi va test sinovlarini markazlashgan holda videokuzatuvini yozib borish orqali amalga oshiriladi.
49. Yakuniy onlayn test qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun belgilangan umumiy 80 balldan kamida 44,8 ball (56 foiz) toʻplagan tinglovchi test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va unga bitiruv malakaviy ishni himoya qilishga ruxsat beriladi.
Maxsus oʻquv kurslari tinglovchilari bitiruv malakaviy ishni himoya qiladi. Bitiruv malakaviy ishi jami 50 ball bilan baholanadi, umumiy balldan kamida 28 ball (56 foiz) toʻplagan tinglovchilari bitiruv malaka himoyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va unga yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbatiga kirishga ruxsat beriladi.
50. Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun bitiruv malakaviy ishining himoyasi umumiy 20 ball bilan baholanadi.
Maxsus oʻquv kurslari tinglovchilari uchun yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbati tasdiqlangan savol-javoblar va tinglovchining sportda erishgan natijalari hamda kasbiy bilimi maksimal 50 ball bilan baholanadi.
Kurs sinovlarida umumiy 100 balldan kamida 56 ball (56 foiz) va undan yuqori ball toʻplagan tinglovchi kurslardan va yakuniy attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi hamda unga tegishlicha mazkur Nizomga 1, 2-ilovalarida keltirilgan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Kurs sinovlarida 56 ball (56 foiz)dan kam ball toʻplagan tinglovchi kurs sinovlaridan oʻtmagan hisoblanadi.
11-bob. Malaka oshirish kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan oʻtkazish va baholash
51. Tinglovchilarning malaka oshirish kursi davomida olgan bilimlarini baholash maqsadida ular Institut tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
52. Attestatsiya yakuniy onlayn test sinovlari va suhbatdan iborat boʻladi.
53. Attestatsiyani oʻtkazish uchun Attestatsiya komissiyasi kamida 5 kishidan iborat tarkibda Institut tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
54. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga Institut, Assotsiatsiya, oliy taʼlim muassasalari, oliy sport mahorati maktablari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari vakillari jalb qilinishi mumkin.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
55. Attestatsiya komissiyasi tarkibining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
56. Attestatsiya komissiyasi oʻz qarorini onlayn test sinovlari, tinglovchining yakuniy suhbat natijalarini hisobga olgan holda qabul qiladi.
57. Attestatsiya komissiyasining qarori malaka oshirish taʼlim muassasasi rahbarining kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat berish toʻgʻrisidagi buyrugʻini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
58. Yakuniy onlayn test malaka oshirish oʻquv rejasidagi har bir modul boʻyicha savollarni qamrab olgan holda tayyorlangan test savollari asosida oʻtkaziladi.
Yakuniy onlayn test asosida tinglovchilarning bilim darajasi 50 daqiqa davomida 50 ta test savollari asosida 50 ballik baholash tizimi orqali aniqlanadi. Onlayn test natijasi test yakunlanishi bilan darhol ekranda aks ettiriladi. Ushbu test sinovlarini oʻtkazish Institutning serverida joylashtirilgan elektron tizimga kompyuterlarning ulanishi va test sinovlarini markazlashgan holda videokuzatuvini yozib borish orqali amalga oshiriladi.
59. Yakuniy onlayn test uchun belgilangan umumiy 50 balldan kamida 28 ball (56 foiz) toʻplagan tinglovchi test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbatiga kirishiga ruxsat beriladi.
60. Yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbati tasdiqlangan savol-javoblar, tinglovchining oxirgi 4 yillik faoliyati davomida hamda uning oʻquvchilari (shogirdlari) tomonidan erishilgan natijalar, shuningdek, sport va taʼlim sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha va kasbiy bilim darajasi maksimal 50 ballik tizimda baholanadi. Yakuniy onlayn test va attestatsiya komissiyasi suhbati jami 100 ballik tizimda baholanadi.
61. Kurs sinovlarida umumiy 100 balldan kamida 56 ball (56 foiz) toʻplagan tinglovchi kurslar va yakuniy attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi hamda unga mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Yakuniy onlayn testga ajratilgan 50 balldan 28 ball (56 foiz)dan va kurs sinovlarida 56 ball (100 ballning 56 foizi)dan kam ball toʻplagan tinglovchi kurs sinovlaridan oʻtmagan deb hisoblanadi.
62. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning malaka toifalarini olishi (oʻzgartirishi) va egallab turgan lavozimlariga mosligi attestatsiyadan oʻtkazishda ular qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatning (diplom, sertifikat) mavjudligi talab etiladi.
12-bob. Yakunlovchi qoida
63. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Qayta tayyorlash haqida
‎DIPLOM
‎ (tavsifi) ‎

‎‎Qayta tayyorlash haqidagi davlat namunasidagi diplom A5 formatdagi oq qogʻozda, ofset usulida, besh xil rangdan: diplom muqovasi uchun — toʻq yashil rang, matn uchun — qora rang, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk va qizil ranglardan, fon uchun — och pushti rangdan foydalangan holda bosib chiqariladi.
‎Varaqning chap yuqori qismida Paralimpiya bayrogʻi tasviri va davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar joylashtiriladi:
‎(Oʻzbekiston Respublikasi paralimpiya ramzi tasviri)
Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi
‎Qayta tayyorlash haqida
‎DIPLOM
‎QT № 000000
‎Qayd raqami: ____________
‎Berilgan joy: ____________
‎Berilgan sana: 20__ yil “___” _________
‎QR-kod joyi
‎Diplomning oʻng qismida davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar koʻrsatiladi:
‎tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎oʻqish davri;
‎taʻlim muassasasi (tashkilot) nomi;
‎qayta tayorlash kursining nomi va umumiy nomi;
‎taʻlim muassasasi (tashkilot) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎muhr oʻrni.
‎Diplom:
‎tartib raqami ikkita lotin harfidan “QT” va olti raqamli sondan iborat boʻlishi;
‎barcha matn va tasvirlar naqshli rastrdan iborat och-pushti rang fonda aks ettirilishi;
‎takrorlanmaydigan raqamlardan, oltita himoyaga ega va ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻlishi;
‎yuqori sifatli maxsus himoyalangan ofset qogʻozda chop etilishi;
‎yorugʻlik vositasida naqshli rastr nusxasi koʻchirilishini murakkablashtirish uchun boʻyoq ochiq ranglardan iborat boʻlishi;
‎turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastr toʻrlaridan foydalanish yoʻli bilan himoyaga ega maxsus qogʻozlardan tayyorlanishi lozim.
‎Diplomning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega boʻladi.
‎QR-kod diplomning chap qismi oʻng tomoniga joylashtiriladi.
‎Mazkur diplom bosma qogʻoz yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
QAYTA TAYYORLASH HAQIDAGI DIPLOMNING SHAKLI
Diplomning muqovasi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Maxsus oʻquv kursi haqida
‎ DIPLOM
‎ (‎tavsifi) ‎

‎‎Maxsus oʻquv kursi haqidagi davlat namunasidagi diplom A5 formatdagi oq qogʻozda, ofset usulida, besh xil rangdan: diplom muqovasi uchun — toʻq koʻk rang, matn uchun — qora rang, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk va qizil ranglardan, fon uchun — och pushti rangdan foydalangan holda bosib chiqariladi.
‎Varaqning chap yuqori qismida Paralimpiya bayrogʻi tasviri va davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar joylashtiriladi:
‎(Oʻzbekiston Respublikasi paralimpiya ramzi tasviri)
‎Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi
‎Maxsus oʻquv kursi haqida
‎DIPLOM
‎MK № 000000
‎Qayd raqami: ____________
‎Berilgan joy: ____________
‎Berilgan sana: 20__ yil “___” _________
‎QR-kod joyi
‎Diplomning oʻng qismida davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar koʻrsatiladi:
‎tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎oʻqish davri;
‎taʻlim muassasasi (tashkilot) nomi;
‎maxsus oʻquv kursining nomi va umumiy soati;
‎taʻlim muassasasi (tashkilot) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎muhr oʻrni.
‎Diplom:
‎tartib raqami ikkita lotin harfidan “QT” va olti raqamli sondan iborat boʻlishi;
‎barcha matn va tasvirlar naqshli rastrdan iborat och-pushti rang fonda aks ettirilishi;
‎takrorlanmaydigan raqamlardan, oltita himoyaga ega va ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻlishi;
‎yuqori sifatli maxsus himoyalangan ofset qogʻozda chop etilishi;
‎yorugʻlik vositasida naqshli rastr nusxasi koʻchirilishini murakkablashtirish uchun boʻyoq ochiq ranglardan iborat boʻlishi;
‎turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastr toʻrlaridan foydalanish yoʻli bilan himoyaga ega maxsus qogʻozlardan tayyorlanishi lozim.
‎Diplomning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega boʻladi.
‎QR-kod diplomning chap qismi oʻng tomoniga joylashtiriladi.
‎Mazkur diplom bosma qogʻoz yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
MAXSUS OʻQUV KURSI HAQIDAGI DIPLOMNING SHAKLI
Diplomning muqovasi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Malaka oshirish haqida
‎SERTIFIKAT
‎ (tavsifi) ‎

‎Malaka oshirish kurslarini tugatganlik toʻgʻrisidagi SERTIFIKAT A5 formatdagi oq qogʻozda, ofset usulida, besh xil rangdan: sertifikat muqovasi uchun — toʻq koʻk rang, matn uchun — qora rang, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk va qizil ranglardan, fon uchun — och pushti rangdan foydalangan holda bosib chiqariladi.
‎Varaqning chap yuqori qismida Paralimpiya bayrogʻi tasviri va davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar joylashtiriladi:
‎(Oʻzbekiston Respublikasi paralimpiya ramzi tasviri)
Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi
‎Malaka oshirganlik haqida
‎SERTIFIKAT
‎MO № 000000
‎Qayd raqami: ____________
‎Berilgan joy: ____________
‎Berilgan sana: 20__ yil “___” _________
‎Amal qilish muddati: 20__ yil “___” _________ gacha
‎(QR-kod joyi)
‎Sertifikatning oʻng qismida davlat tilida lotin yozuvida quyidagilar joylashtiriladi:
‎tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎oʻqish davri;
‎malaka oshirish kursining nomi va umumiy nomi;
‎taʻlim muassasasi (tashkilot) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎muhr oʻrni.
‎Sertifikat:
‎tartib raqami ikkita lotin harfidan “MO” va olti raqamli sondan iborat boʻlishi;
‎barcha matn va tasvirlar naqshli rastrdan iborat och-pushti rang fonda joylashtirilishi;
‎takrorlanmaydigan raqamlardan, oltita himoyaga ega va ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻlishi;
‎yuqori sifatli maxsus himoyalangan ofset qogʻozda chop etilishi;
‎yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirilishini murakkablashtirish uchun boʻyoqning ochiq ranglaridan iborat boʻlishi;
‎turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastr toʻrlaridan foydalanish yoʻli bilan himoyaga ega maxsus qogʻozdan tayyorlanishi lozim.
‎Sertifikatning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega boʻladi.
‎QR-kod sertifikat chap qismining oʻng tomoniga joylashtiriladi.
‎Mazkur sertifikat qogʻoz yoki elektron shaklda berilishi mumkin.‎‎
* Oʻquv kurslari takrorlanmas boʻlgan taqdirda, amal qilish muddati “ — ” chiziqcha belgisi bilan amal qilish muddatini qoʻymaslik tavsiya etiladi.
MALAKA OSHIRISH HAQIDAGI SERTIFIKATNING SHAKLI
Sertifikatning muqovasi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/599/0924-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)