toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat taʼlim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda oʻquvchi yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishi tizimini takomillashtirish, isteʼdodli yoshlarni saralab olish va sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sportchilarni tibbiy taʼminlash ishlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati hamda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, oʻrta maxsus professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalari huzurida sport klublarini (keyingi oʻrinlarda sport klublari deb ataladi) tashkil etish;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
b) tashkil etilayotgan:
umumtaʼlim maktablari huzuridagi sport klublarini — Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining (keyingi oʻrinlarda sport jamiyati deb ataladi) budjetdan tashqari mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
akademik litseylar, oʻrta maxsus professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalari huzuridagi sport klublarini — taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari hamda talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtirish haqidagi takliflari maʼqullansin.
(1-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
sport klublari tegishlicha sport jamiyati hamda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining (keyingi oʻrinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) taʼlim muassasalaridagi filiali hisoblanadi hamda mazkur sport jamiyati hamda Assotsiatsiyaning maqsad va vazifalarini tegishli davlat taʼlim muassasalarida amalga oshirishga koʻmaklashadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
sport klublari rahbari etib jamoatchilik asosida sport klubi tashkil etilgan davlat taʼlim muassasasi rahbari (direktor, rektor) tavsiya etiladi va sport klublarining toʻliq va samarali faoliyat yuritishiga masʼul hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
sport klublari aʼzolari oʻrtasida oʻtkaziladigan sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini hamda ishtirokchilarni kiyim-kechak bilan taʼminlashni moliyalashtirish tegishlicha sport jamiyatining hamda klublarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tegishliligi boʻyicha davlat taʼlim muassasalarida sport klublarining faoliyati rivojlanishiga koʻmaklashadi va tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar sport klublarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida sport turlari boʻyicha jamoalar tashkil etish, ular oʻrtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan, “maktab ligasi” va “talabalar ligasi”ni tashkil etish orqali isteʼdodli yosh sportchilarni aniqlash;
b) umumtaʼlim maktablarida:
jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari tarkibini yuqori mahoratli sportchilar orasidan tanlov asosida shakllantirib borish;
oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
sport turlari boʻyicha oʻquvchilardan iborat jamoalarni shakllantirish, ular oʻrtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan, “maktab chempionati”ni tashkil etish orqali isteʼdodli yosh sportchilarni aniqlash;
jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda oʻquvchilar orasidan isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish;
maktab sport klubi mashgʻulotlari jarayoniga jamoatchilik asosida malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilgʻor tajribani joriy qilish;
v) akademik litseylar va kasbiy taʼlim tashkilotlarida — oʻquvchilar orasidan jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda isteʼdodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 6 soatdan sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;
g) oliy taʼlim tashkilotlarida — isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar hamda Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 6 soatdan sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;
d) jismoniy tarbiya va sport jarayoniga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilgʻor tajribani joriy qilish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
4. Davlat taʼlim muassasalari huzuridagi sport klublari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Quyidagilar sport klublarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
sport jamiyatining budjetdan tashqari mablagʻlari (umumtaʼlim maktablari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun);
Oldingi tahrirga qarang.
Assotsiatsiya mablagʻlari (akademik litseylar, oʻrta maxsus professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun);
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xorijiy va xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari hamda talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari (akademik litseylar, oʻrta maxsus professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun);
sport klublariga aʼzolik badallari;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sport vazirligi bilan birgalikda sport klublarining samarali faoliyat koʻrsatishi, ularning moddiy-texnik baza va trener-oʻqituvchilar tarkibi bilan taʼminlanganligi, oʻquv-mashq jarayonining sifati ustidan nazorat qilinishi, sport mashgʻulotlari muntazam oʻtkazilishi va oʻquvchilar hamda talabalar qatnovi darajasi monitoringini tizimli asosda olib borsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda sport klublarida shugʻullanadigan oʻquvchilar va talabalarning musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishda va oʻquv-tayyorgarlik mashqlari davomida funksional holati diagnostikasini tashkil etish, maslahat-diagnostika hamda davolash-profilaktika ishlarini takomillashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida bir yilda ikki marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtkazsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda doimiy ravishda sport turlari boʻyicha xalqaro sport musobaqalari va ularga tayyorgarlik mashgʻulotlari davomida sportchilarni tibbiy xodimlar (vrach, massajchi, psixolog) bilan taʼminlashni tashkil etish va kuzatib borishni taʼminlasin;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
uch oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining sport tibbiyoti boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur jihozlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-iyul,
542-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 542-son qaroriga
ILOVA
Davlat taʼlim muassasalari huzuridagi sport klublari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat taʼlim muassasalari huzuridagi sport klublarining (keyingi oʻrinlarda sport klubi deb ataladi) huquqiy maqomi, maqsadi va asosiy vazifalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Sport klubi tegishlicha Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati (keyingi oʻrinlarda sport jamiyati deb ataladi) hamda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining (keyingi oʻrinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) taʼlim muassasalaridagi filiali hisoblanadi.
Sport klubi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq yuridik shaxs sifatida tashkil etilishi mumkin.
3. Sport klubi tegishlicha sport jamiyati hamda Assotsiatsiyaning ramziy belgilaridan foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sport klubiga nom berish tegishliligi boʻyicha sport jamiyati va Assotsiatsiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
2-bob. Sport klubining maqsadi va asosiy vazifalari
5. Sport klubining maqsadi davlat taʼlim muassasalarining oʻquvchilari, talabalari, pedagog va boshqa xodimlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻquvchilar va talabalarning taʼlim olishdan tashqari sport taʼlimi tizimini yanada takomillashtirish orqali isteʼdodli yoshlarni saralab olishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Sport klubining vazifalari quyidagilardan iborat:
a) oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida sport turlari boʻyicha jamoalar tashkil etish, ular oʻrtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan, “maktab ligasi” va “talabalar ligasi”ni tashkil etish orqali isteʼdodli yosh sportchilarni aniqlash;
b) umumtaʼlim maktablarida:
jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari tarkibini yuqori mahoratli sportchilar orasidan tanlov asosida shakllantirib borish;
oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
sport turlari boʻyicha oʻquvchilardan iborat jamoalarni shakllantirish, ular oʻrtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan, “maktab chempionati”ni tashkil etish orqali isteʼdodli yosh sportchilarni aniqlash;
jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda oʻquvchilar orasidan isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish;
maktab sport klubi mashgʻulotlari jarayoniga jamoatchilik asosida malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilgʻor tajribani joriy qilish;
v) akademik litseylar va kasbiy taʼlim tashkilotlarida — oʻquvchilar orasidan jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda isteʼdodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 6 soatdan sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;
g) oliy taʼlim tashkilotlarida — isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar hamda Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari boʻyicha haftasiga kamida 6 soatdan sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini tashkil etish;
d) jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari jarayoniga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilgʻor tajribani joriy qilish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
3-bob. Sport klubining huquq va majburiyatlari
7. Sport klubi quyidagi huquqlarga ega:
oʻz aʼzolari va qatnashchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
sport klubi tuzilgan hududda jismoniy tarbiya va sport masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar kiritish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot tarqatish;
oʻz muassisining Nizomida belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish;
oʻz faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yigʻilishlar oʻtkazish;
belgilangan tartibda pullik sogʻlomlashtirish xizmatlarini koʻrsatish.
Sport klubi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
8. Sport klubi quyidagilarga majbur:
qonun hujjatlari va taʼsis hujjatlariga rioya etish;
oʻz mol-mulki va pul mablagʻlaridan foydalanish, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi axborot bilan klub aʼzolarining tanishishi erkinligini taʼminlash;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan tadbirlar oʻtkazishni kelishib olish va uning vakiliga oʻtkazilayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berish;
sport klubi vakillarining chet mamlakatlarga sport klubining faoliyati bilan bogʻliq tashriflari uyushtirilishi haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni oʻz vaqtida xabardor qilish.
Sport klubiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
4-bob. Sport klubi faoliyatini tashkil etish
9. Sport klubini tashkil etish uchun davlat taʼlim muassasasining sport inshooti (sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq mashgʻulotlari va oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, oʻziga qoʻyiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega boʻlgan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot) mavjud boʻlishi, shuningdek, zarur sport anjomlari va uskunalar bilan taʼminlanishi lozim.
Sport klubi davlat taʼlim muassasasining sport inshootlarida darsdan tashqari vaqtlarda tekinga foydalanadi.
10. Sport klubi rahbarligiga jamoatchilik asosida davlat taʼlim muassasasi rahbari (direktor, rektor) saylanishi mumkin.
11. Sport klubi faoliyati samaradorligini oshirishga sport klubi tashkil etilgan davlat taʼlim muassasasi rahbari bevosita javobgardir.
12. Sport klubida sport toʻgaragi ishlari sport klubi tashkil etilgan davlat taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) tomonidan jamoatchilik asosida olib borilishi, sport toʻgaragi ishlarini samarali tashkil etgan davlat taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) sport klubi rahbari tomonidan klub mablagʻlari hisobiga moddiy ragʻbatlantirilishi mumkin.
13. Sport klubidagi sport toʻgaragi ishlari davlat taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining pedagogik yuklamalaridan oʻrin olgan soatlar hamda davlat taʼlim muassasasi ixtiyoridagi soatlar hisobiga amalga oshiriladi.
14. Davlat taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) yillik ish rejalari, pedagogik yuklamalari soatlarini belgilash va tasdiqlashda sport toʻgaragi ishlari, sport tadbirlari hamda oʻquvchilar bilan ishlash nazarda tutilgan boʻlishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Sport klubi tomonidan oʻquv yilining boshlangan (sentabr) oyida ushbu oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi ishlab chiqiladi. Ushbu kalendar reja Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari bilan kelishgan holda sport klubi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
16. Sport klubi oʻz aʼzolarining talablariga koʻra sport turlari boʻyicha trener jalb qilgan xolda pullik sport toʻgaraklari tashkil etishi mumkin.
5-bob. Sport klubiga aʼzo boʻlish hamda aʼzolarning huquq va majburiyatlari
17. Sport klubiga sport klubi tashkil etilgan davlat taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan va faoliyat olib borayotgan oʻn yoshga toʻlgan oʻquvchilar, talabalar, pedagoglar va boshqa xodimlar ixtiyoriy aʼzo boʻlishi mumkin.
18. Sport klubiga aʼzo boʻlish voyaga yetgan jismoniy shaxslar (voyaga yetmaganlar uchun ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning yozma arizalari hamda sport klubi rahbarining buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
19. Oʻquvchi (talaba)lar bir taʼlim muassasasidan boshqasiga yoki taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtganida ushbu sport klubi safidan chiqariladi hamda tanlangan davlat taʼlim muassasasi huzuridagi sport klubiga ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.
20. Davlat taʼlim muassasasida asosiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan pedagoglar va boshqa xodimlar boshqa taʼlim muassasasida oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini yuritayotgan davlat taʼlim muassasasi huzuridagi sport klubiga ham aʼzo boʻlishi mumkin.
21. Davlat taʼlim muassasasida asosiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan pedagoglar va boshqa xodimlar sport musobaqalari va tadbirlarida asosiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan davlat taʼlim muassasasi huzuridagi sport klubi nomi bilan ishtirok etadi.
Bir vaqtning oʻzida boshqa taʼlim muassasasida oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini yuritayotgan pedagoglar va boshqa xodimlarning sport tadbirlari va musobaqalarida bir vaqtning oʻzida ikkita davlat taʼlim muassasasi huzuridagi sport klublari nomidan ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Sport klubi aʼzolari teng huquqli boʻlib, ular quyidagi huquqlarga ega:
oʻz xohishiga koʻra sport klubi aʼzoligidan chiqish;
sport klubi tomonidan oʻtkazilayotgan ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari, sport tadbirlari va musobaqalarida, shuningdek, xalqaro sport tadbirlari va musobaqalarida sport klubi nomi bilan qatnashish.
Sport klubi aʼzolari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
23. Sport klubi aʼzolari quyidagilarga majbur:
sport klubi faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu Nizomda belgilangan talablarga amal qilish;
sport klubi tomonidan oʻtkaziladigan turli sport tadbirlari, koʻrgazmalarda faol ishtirok etish.
6-bob. Sport klubini moliyalashtirish
24. Sport klubi quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi:
sport jamiyatining budjetdan tashqari mablagʻlari (umumtaʼlim maktablari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun);
Oldingi tahrirga qarang.
Assotsiatsiya mablagʻlari (akademik litseylar, oʻrta maxsus professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun);
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xorijiy va xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari hamda talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar (akademik litseylar, oʻrta maxsus professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun);
sport klublariga aʼzolik badallari;
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7-bob. Sport klubi faoliyati toʻgʻrisida hisobot tuzish va taqdim etish tartibi
25. Sport klubi rahbari sport klubi faoliyatining natijalari hisobini yuritadi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga belgilangan tartibda (sport klubi yuridik shaxs hisoblangan taqdirda), sport klubi tashkil etilgan davlat muassasasi rahbariga (davlat muassasasining pedagogika kengashiga) har oyda, sport jamiyati va Assotsiatsiyaga har chorakda bir marta taqdim etib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Sport jamiyati va Assotsiatsiya sport klublari faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni har yarim yilda bir marta tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kiritib boradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi davlat taʼlim muassasalari huzurida tashkil etilgan sport klublari faoliyati toʻgʻrisida axborot soʻrash huquqiga ega.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
8-bob. Yakuniy qoida
28. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 09/18/542/1521-son; 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)