toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Samarqand viloyatida “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Samarqand viloyatida investitsiya muhitini yanada yaxshilash, sanoat zonalarini boshqarishda Xitoy tajribasini qoʻllash, shuningdek, elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo hamda boshqa sohalarda ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar
1. Quyidagilar Samarqand viloyati Nurobod tumanida investitsiya muhitini yanada yaxshilash va sanoatni rivojlantirishning 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
(a) tumanda yuqori daromadli yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish;
(b) 2025 — 2030-yillarda yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga jami 1,1 milliard AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
(v) yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish orqali 5,1 ming doimiy ish oʻrinlarini yaratish.
II. Nurobod tumanida investitsiya muhitini yanada yaxshilash va sanoatni rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar
2. Samarqand viloyati hokimligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Samarqand viloyatining Nurobod tumani Sazagʻon massividagi boʻsh turgan 115,3 gektar yer uchastkasini “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududidan chiqarish va ushbu hududda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasini (keyingi oʻrinlarda — maxsus sanoat zonasi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
3. Quyidagilar:
(a) Samarqand viloyati hokimligi hamda “Xinjiang Urumqi New Vision Investment Development Co., Ltd” (Xitoy Xalq Respublikasi) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) oʻrtasida Investor tomonidan 2030-yilga qadar maxsus sanoat zonasi hududiga jami 472 million AQSH dollari, shundan 2025 — 2027-yillarda 250 million AQSH dollari, 2027 — 2029-yillarda qoʻshimcha yer ajratilgan holda 222 million AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni bosqichma-bosqich jalb qilib, yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha kelishuvga erishilgani;
(b) maxsus sanoat zonasini boshqarish uchun Investor muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “New Vision Investment Development” MCHJ xorijiy kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqaruv kompaniyasi) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tarkibiga kiruvchi hududlar chegaralarining tavsifi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Investitsiyalarni jalb qilish‚ sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) Samarqand viloyati hokimligi va Investor bilan kelishgan holda bir oy muddatda:
(a) Boshqaruv kompaniyasi bilan uning investitsiya va boshqa majburiyatlari, loyihalarga qoʻyiladigan talablar, maxsus sanoat zonasini boshqarish shartlari va mezonlarini belgilab beruvchi investitsiya bitimini imzolasin;
(b) maxsus sanoat zonasining faoliyat koʻrsatish qoidalari va tartibini belgilash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
6. Belgilansinki:
(a) maxsus sanoat zonasida yer maydonlari Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-martdagi “Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-41-son Farmoniga muvofiq ajratiladi;
(b) maxsus sanoat zonasida ishlab chiqarish binolarini koʻp qavatli (3-4 qavat) qilib qurish nazarda tutiladi.
7. Quyidagilar:
(a) maxsus sanoat zonasi hududida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini, avtomobil yoʻllarini qurish uchun maxsus sanoat zonasiga tutash boʻlgan “Urgut” EIZ hududidan foydalanishga ruxsat etilsin;
(b) maxsus sanoat zonasi hududida joylashtiriladigan korxonalarda oʻrnatiladigan asbob-uskunalar va ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirishda tabiiy gaz talab etmaydigan ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish hamda tabiiy gazga muqobil boʻlgan yoqilgʻi turi va energiya tejamkor texnologiyalardan (geliokollektor, issiqlik nasosi, quyosh panellari, issiqlikni qayta tiklash-rekuperatsiya qilish va boshqalar) foydalanish yoʻlga qoʻyilsin.
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 196-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq ayrim yer maydonlarini “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tarkibidan chiqarishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.M. Boboyev belgilansin.
10. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-avgust,
PQ-243-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PQ-243-son qaroriga
1-ILOVA
“Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tarkibiga kiruvchi hududlar chegaralarining
TAVSIFI

T/r

Hudud va uning chegaralari tavsifi

Maydoni,

ga

1.

1-hudud

1-nuqta

(39°33'30.94''''N, 66°45'42.06''''E)

81,7

2-nuqta

(39°33'36.29''N, 66°46'0.45''E)

3-nuqta

(39°33'39.37''N, 66°46'25.66''E)

4-nuqta

(39°33'22.85''N, 66°47'2.99''E)

5-nuqta

(39°33'12.27''N, 66°47'4.56''E)

6-nuqta

(39°33'25.30''N, 66°46'38.99''E)

7-nuqta

(39°33'12.81''N, 66°46'0.36''E)

8-nuqta

(39°33'27.30''N, 66°45'50.89''E)

9-nuqta

(39°33'25.57''N, 66°45'45.08''E)

2.

2-hudud

1-nuqta

(39°33'50.20''N, 66°47'7.80''E)

19,3

2-nuqta

(39°33'56.27''N, 66°47'25.66''E)

3-nuqta

(39°33'41.44''N, 66°47'34.70''E)

4-nuqta

(39°33'40.95''N, 66°47'13.38''E)

3.

3-hudud

1-nuqta

(39°33'25.69''N, 66°47'18.13''''E)

14,3

2-nuqta

(39°33'24.16''N, 66°47'46.38''E)

3-nuqta

(39°33'23.18''N, 66°47'47.24''E)

4-nuqta

(39°33'19.17''N, 66°47'46.87''E)

5-nuqta

(39°33'19.54''N, 66°47'40.08''E)

6-nuqta

(39°33'16.85''N, 66°47'34.02''E)

7-nuqta

(39°33'17.27''N, 66°47'32.63''E)

8-nuqta

(39°33'20.03''N, 66°47'32.18''E)

9-nuqta

(39°33'19.91''N, 66°47'30.92''E)

10-nuqta

(39°33'17.13''N, 66°47'31.23''E)

11-nuqta

(39°33'16.84''N, 66°47'26.21''E)

12-nuqta

(39°33'17.19''N, 66°47'26.15''E)

13-nuqta

(39°33'16.95''N, 66°47'19.55''E)

Jami

115,3

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PQ-243-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 196-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
1-ilovaning I boʻlimi 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Samarqand viloyati Nurobod tumani “Sazagʻon” massivi 137,26 gektar yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
a) shimoliy tomondan — “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi yer maydonlari hududi;
sharqiy tomondan — Tepakoʻl soyi hududi;
janubiy tomondan — “A-378” Samarqand-Qarshi avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — “Xudayatov Botir” fermer xoʻjaligi va Nurobod tumani hokimligi zaxira yer maydonlari;
b) shimoliy tomondan — “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi yer maydonlari hududi;
sharqiy tomondan — “Plant OFF Samarqand” MCHJ hududi;
janubiy tomondan — “A-378” Samarqand-Qarshi avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — Tepakoʻl soyi hududi;
v) shimoliy tomondan — “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi yer maydonlari hududi;
sharqiy tomondan — “Plant OFF Samarqand” MCHJ hududi;
janubiy tomondan — “Shoʻrtan-Sirdaryo” magistral gaz tarmoqlari muhofaza hududi;
gʻarbiy tomondan — Tepakoʻl soyi hududi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2025-y., 07/25/243/0693-son)