Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat
kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 20-iyuldagi 62-2023/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3449, 2023-yil 26-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2023-y., 10/23/3449/0526-son) bilan tasdiqlangan Doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi mehnat arbitraji toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 13-bandi
toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarini” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.