1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-iyul,
427-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 427-son qaroriga 1-ILOVA
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma, litsenziya va sublitsenziya shartnomasi, shuningdek, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalar hisoblanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi, integral mikrosxemalar topologiyalari, elektron hisoblash mashinalari (keyingi oʻrinlarda — EHM) uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma;
litsenziar — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, seleksiya yutugʻi, EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan huquq egasi;
litsenziat — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, seleksiya yutugʻi, EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasidan foydalanuvchi shaxs;
litsenziya shartnomasi — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasidan foydalanishga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnoma;
sublitsenziya shartnomasi — litsenziat tomonidan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, seleksiya yutugʻi, EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasidan foydalanishga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnoma.
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga oid mulkiy huquqlar garov predmeti hisoblangan shartnoma.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
3. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
4. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma, litsenziya yoki sublitsenziya shartnomasi, shuningdek, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomani (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) yoxud litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha arizalar shartnoma tomonlari yoki ularning biri hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud ishonchli shaxs) orqali beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
5. EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma va ushbu obyektlarga oid litsenziya shartnomasi taraflarning kelishuviga asosan ixtiyoriy tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
6. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
2-bob. Shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ariza berish tartibi
7. Litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ariza, agar shartnomaning bir tarafi tomonidan berilganda, mazkur Reglamentga 2-ilovaga hamda shartnoma taraflari tomonidan berilganda, Reglamentga 2.1-ilovaga muvofiq shaklda vakolatli organga beriladi.
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ariza mazkur Reglamentga 2.2-ilovaga muvofiq shaklda vakolatli organga beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ariza, agar shartnomaning bir tarafi tomonidan berilganda, mazkur Reglamentga 3-ilovaga hamda shartnoma taraflari tomonidan berilganda, Reglamentga 3.1-ilovaga muvofiq shaklda vakolatli organga beriladi.
Ariza rezidentlar tomonidan davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali, shuningdek, norezidentlar tomonidan axborot tizimi orqali vakolatli organga yuboriladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ariza davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ariza berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
8. Axborot tizimi va YIDXP oʻrtasida axborot almashinuvi elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
9. Ariza bitta shartnomaga tegishli boʻlishi va unda xorijiy ismlar va nomlarning transliteratsiyasi keltirilishi lozim.
10. Ariza shartnoma taraflari yoki shartnoma taraflarining biri tomonidan berilishi mumkin. Ariza shartnoma taraflarining biri tomonidan berilganda, arizaga quyidagi hujjatlardan biri “PDF” formatida ilova qilinadi:
shartnoma taraflari tomonidan imzolangan mutlaq huquqni tasarruf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma;
shartnoma yoki undan koʻchirma.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
Zarur hollarda, arizaga huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat yoki vakil orqali ariza berilganda ishonchnoma ilova qilinadi.
11. Shartnoma tomonlarining arizasida yoki mazkur Reglamentning 10-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarda quyidagilar koʻrsatiladi:
shartnoma tomonlari;
shartnoma predmeti (patent yoki guvohnomaning raqami, tovar belgisining xalqaro roʻyxatga olish raqami);
12. Shartnoma tomonlarining arizasida yoki mazkur Reglamentning 10-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarda qoʻshimcha tarzda quyidagilar koʻrsatiladi:
a) litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazishda:
oʻtkazilayotgan huquqlar hajmi;
amal qilish hududi va muddati;
b) intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishda:
amal qilish muddati;
intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlashga oid qoida.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
13. Sublitsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga qoʻshimcha tarzda litsenziatning sublitsenziya shartnomasini tuzishga haqli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (litsenziya shartnomasi yoki undan koʻchirma yoxud rozilik xati) ilova qilinadi.
14. Tovar belgisidan foydalanishga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasida litsenziat tovarlarining sifati litsenziar tovarlarining sifatidan past boʻlmasligi haqida shart qoʻyilgan boʻlishi va litsenziar bu shartning bajarilishini nazorat qilishi koʻrsatilishi lozim.
15. Tovar belgisiga boʻlgan huquqni qisman boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada Tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan tovarlar va (yoki) xizmatlarning roʻyxati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
16. Mazkur Reglamentning 10-bandiga muvofiq ariza beruvchi tomonidan shartnoma taqdim etilganda, shartnoma sahifalari raqamlangan boʻlishi va ularda tuzatishlar, qoʻshimcha yozuvlar, oʻchirilgan soʻzlar koʻrsatilmasligi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
17. Arizaga ilovalar boshqa tilda rasmiylashtirilgan boʻlsa, ushbu hujjatlarning davlat tiliga tarjimasi ariza bilan bir vaqtda taqdim qilinishi lozim.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
18. Ariza vakil (patent vakili yoki ishonchli shaxs) tomonidan berilganda, unga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi. Bunda ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi va ariza bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
19. Axborot tizimi yoki YIDXP orqali ariza shakli toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va tasdiqlaydi.
Ariza yuridik shaxs nomidan berilganda, tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Ariza bir nechta huquq egasiga tegishli intellektual mulk obyekti boʻyicha berilganda hamda ularning boshqa shaxsga litsenziyani taqdim etish, garovga qoʻyish yoki huquqni oʻtkazishga roziligi taqdim etilayotgan boshqa biron hujjatda qayd etilmaganda, ariza ularning barchasi tomonidan tasdiqlanadi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
20. Davlat xizmatini koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish bundan mustasno.
Toʻlangan patent boji qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Patent boji yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
21. Ariza beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatishda patent bojini toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi.
Arizani qabul qilishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
22. Vakolatli organ tomonidan ariza qabul qilinib, roʻyxatga olingandan soʻng ariza beruvchiga arizaning qayd raqami va kelib tushgan sanasini koʻrsatgan holda, tegishli ravishda axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda xabarnoma yuboriladi.
3-bob. Shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha arizani koʻrib chiqish tartibi
23. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar vakolatli organga kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
Arizani koʻrib chiqish davomida zarur hujjatlarning mavjudligi va ularning qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Reglamentda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
24. Tekshiruv davomida zarur hujjatlarning mavjud emasligi yoki shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilganligi yoxud taqdim etilgan hujjatlarda bir-birini istisno qiladigan holatlarning mavjudligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha soʻrovnoma yuboriladi
25. Soʻrovnoma yuborilgan kundan boshlab uch oy ichida ariza beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etishi va (yoki) taqdim etilgan hujjatlarda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishi lozim.
Ariza beruvchiga soʻrovnoma yuborilganda, arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
26. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq boʻlganda, vakolatli organ tomonidan shartnoma roʻyxatdan oʻtkaziladi va shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli davlat reyestriga kiritiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ariza beruvchiga patent yoki guvohnomaga ilova shaklida shartnomaning roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami va sanasini koʻrsatgan holda axborot tizimi orqali xabarnoma yuboriladi.
27. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan hollarda va (yoki) soʻrovnomaga belgilangan muddatda toʻliq yoxud umuman javob taqdim etilmagan taqdirda, vakolatli organ tomonidan shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish rad etiladi va ariza beruvchiga shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi toʻgʻrisida huquqiy asoslarini koʻrsatgan holda xabarnoma yuboriladi.
28. Shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi.
Rasmiy axborotnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
litsenziya shartnomasi yoki garov toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddati;
(28-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid taqiq.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
4-bob. Litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
29. Litsenziya shartnomasiga tomonlar, shartnoma predmeti, amal qilish muddati va hududi, oʻtkazilayotgan huquqlar hajmi bilan bogʻliq kiritilgan oʻzgartirishlar vakolatli organda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
30. Litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ariza mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda vakolatli organga beriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
shartnoma tomonlarining tegishli oʻzgartirishlarni kiritish toʻgʻrisidagi kelishuv yoki kelishuvdan koʻchirma;
huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda);
ishonchnoma (vakil orqali ariza berilganda).
Litsenziya shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha ariza ariza beruvchi tomonidan shartnomaning amal qilish muddati davomida yoki ushbu muddat tugagandan boshlab uch oy ichida berilishi lozim.
31. Litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ariza mazkur Reglamentning 3-bobida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
32. Litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlar roʻyxatdan oʻtkazilganda, litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarning roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami hamda mazkur Reglamentning 28-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
33. Ariza beruvchi arizaga aloqador ish yuritish bilan axborot tizimi orqali tanishishi mumkin.
34. Soʻrovnoma va xabarnomalar vakolatli organ tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish bilan tasdiqlanib yuboriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
35. Vakolatli organning shartnomani yoki litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish boʻyicha harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
36. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
1. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma, litsenziya yoki sublitsenziya shartnomasi, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma yoxud litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari markazi, Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) maxsus axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza beradi.
Roʻyxatdan oʻtkazish zarurati vujudga kelganda
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent bojini toʻlaydi, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish bundan mustasno.
Ariza berish bilan bir vaqtda
2-bosqich
Vakolatli organ
Arizani qabul qilib, roʻyxatga olgandan soʻng ariza beruvchiga arizaning qayd raqami va kelib tushgan sanasini koʻrsatgan holda, tegishli ravishda axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xabarnoma yuboradi.
Patent boji toʻlanganidan soʻng avtomatik tarzda
3-bosqich
Vakolatli organ
Arizani koʻrib chiqadi hamda ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun soʻrovnoma yuboradi.
Ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida
4-bosqich
Ariza beruvchi
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Soʻrovnoma yuborilgan kundan boshlab uch oy ichida
5-bosqich
Vakolatli organ
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma yoki litsenziya yoki sublitsenziya shartnomasi, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma yoxud litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazadi hamda ushbu maʼlumotlarni tegishli davlat reyestriga kiritadi yoki ushbu shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida
6-bosqich
Vakolatli organ
Ariza beruvchiga patent yoki guvohnomaga ilova shaklida shartnomaning roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami va sanasini koʻrsatib, axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi yoki shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi toʻgʻrisida huquqiy asoslarini koʻrsatgan holda axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi.
Shartnoma roʻyxatga olingandan soʻng yoki ariza rad etilgandan soʻng avtomatik tarzda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Litsenziya (sublitsenziya) shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha shartnoma taraflarining biri tomonidan beriladigan
ARIZA
Arizaning kelib tushgan sanasi:
___________________________________________
(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)
Arizaning qayd raqami:
___________________________________________
(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)
Litsenziya (sublitsenziya) shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha shartnoma taraflarining biri tomonidan beriladigan
(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha toʻliq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari koʻrsatiladi)
Telefon raqami: ____________________________________________
STIR yoki JSHSHIR
(rezidentlar uchun):
_____________________
BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi
(agar u belgilangan boʻlsa): ______________________
_____________________
Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, pochta manzili):
Telefon raqami: _______________________________________________________ __________________________________________________________________________
Ilova:
shartnoma taraflari tomonidan imzolangan mutlaq huquqni tasarruf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yoxud shartnoma yoki shartnomadan koʻchirma (varaqlar soni koʻrsatiladi);
huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda);
ishonchnoma (vakil orqali ariza berilganda);
litsenziatning sublitsenziya shartnomasi tuzishga haqli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda).
(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha toʻliq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari koʻrsatiladi)
Telefon raqamlari: _________________________________________
STIR yoki JSHSHIR
(rezidentlar uchun)
_______________________
BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi
(agar u belgilangan boʻlsa): _______________________________
_______________________
Taraflarning vakillari (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, pochta manzili):
Telefon raqami: ________________________________ _________________________________________________________________________
Shartnoma tomonlari: _____________________________________________________________________ _________________________________________________________________
Shartnoma predmeti (patent yoki guvohnomaning raqami, tovar belgisining xalqaro roʻyxatga olish raqami): _________________________________________________________________
Amal qilish hududi va muddati: _____________________________________________________________
Ilova:
huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda);
ishonchnoma (vakil orqali ariza berilganda);
litsenziatning sublitsenziya shartnomasi tuzishga haqli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda).
QR-kod
____________________________
QR-kod
____________________________
____________________________
____________________________
____________________________
____________________________
(ariza beruvchi litsenziar yoki vakil)
(ariza beruvchi litsenziat yoki vakil)
(2.1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha toʻliq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari koʻrsatiladi)
Telefon raqamlari:
STIR yoki JSHSHIR
(rezidentlar uchun):
___________________________
BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi
(agar u belgilangan boʻlsa):
__________________________
Taraflarning vakillari (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, pochta manzili): _________________________________________________________________________________________
Telefon raqami: __________________________________________________________________________
Shartnoma tomonlari: _____________________________________________________________________
Shartnoma predmeti (patent yoki guvohnomaning raqami, tovar belgisining xalqaro roʻyxatga olish raqami): _________________________________________________________________________________
Intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlashga oid qoida:
Amal qilish muddati: _____________________________________________________________________
(2.2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha shartnoma taraflarining biri tomonidan beriladigan
ARIZA
Arizaning kelib tushgan sanasi:
___________________________________________
(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)
Arizaning qayd raqami:
___________________________________________
(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha shartnoma taraflarining biri tomonidan beriladigan
(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha toʻliq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari koʻrsatiladi)
Telefon raqami: ___________________________________________
STIR yoki JSHSHIR
(rezidentlar uchun):
_______________________
BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi
(agar u belgilangan boʻlsa): ___________________
_______________________
Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, pochta manzili):
Telefon raqami: _____________________________________ __________________________________________________________________________
Ilova:
shartnoma taraflari tomonidan imzolangan mutlaq huquqni tasarruf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yoxud shartnoma yoki shartnomadan koʻchirma (varaqlar soni koʻrsatiladi);
huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda);
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3.1-ILOVA
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha shartnoma taraflari tomonidan beriladigan
(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)
Arizaning qayd raqami:
___________________________________________
(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha shartnoma taraflari tomonidan beriladigan
(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha toʻliq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari koʻrsatiladi)
Telefon raqamlari: _________________________________________
STIR yoki JSHSHIR
(rezidentlar uchun):
_____________________
BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi
(agar u belgilangan boʻlsa): _______________________
_____________________
Taraflarning vakillari (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, pochta manzili):
Huquqni oʻtkazish turi: ____________________________________________________________________
Ilova:
huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda);
ishonchnoma (vakil orqali ariza berilganda).
QR-kod
____________________________
QR-kod
____________________________
____________________________
____________________________
____________________________
____________________________
(ariza beruvchi litsenziar yoki vakil)
(ariza beruvchi litsenziat yoki vakil)
(3.1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha
ARIZA
Arizaning kelib tushgan sanasi:
___________________________________________
(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)
Arizaning qayd raqami:
___________________________________________
(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)
Litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha
(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha toʻliq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari koʻrsatiladi)
Telefon raqami: ____________________________________________
STIR yoki JSHSHIR
(rezidentlar uchun):
_____________________
BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi
(agar u belgilangan boʻlsa): ____________________________
_____________________
Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, pochta manzili):
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 427-son qaroriga 2-ILOVA
Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasining “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda — Qonun) asosan integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
2. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
3. Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) topshirish va davlat xizmatidan foydalanish boʻyicha boshqa harakatlar nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi soʻralayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — talabnoma beruvchi) tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud ishonchli shaxs) orqali amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
2-bob. Integral mikrosxemalar topologiyalarining huquqiy muhofazaga layoqatliligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Qonunning 3-moddasi birinchi qismiga muvofiq integral mikrosxemaning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻziga xos topologiyasi integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish obyekti hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
6. Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga maʼlum boʻlmagan topologiya boshqacha holat isbotlangunga qadar oʻziga xos deb eʼtirof etiladi.
7. Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga maʼlum boʻlgan elementlardan tarkib topgan topologiyaga, agar bunday elementlar yigʻindisi ushbu Reglamentning 6-bandi talablariga toʻliq muvofiq boʻlganda huquqiy muhofaza beriladi.
8. Huquqiy muhofaza topologiyaga singdirilgan gʻoyalar, usullar, tizimlar, texnologiya yoki kodlashtirilgan axborotga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3-bob. Talabnomaga doir talablar
9. Talabnoma bitta topologiyaga oid boʻlishi lozim.
Bazaviy matritsaviy kristall topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma bazaviy matritsaviy kristallning topologiyasiga oid, shuningdek, uning asosida amalga oshirilgan buyurtma topologiyaga oid materiallardan iborat boʻlishi mumkin.
10. Talabnoma quyidagi hujjatlarni oʻz ichiga oladi:
integral mikrosxemalar topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza (keyingi oʻrinlarda — ariza);
topologiyani identifikatsiyalovchi materiallar;
referat;
topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasini tasdiqlovchi hujjat.
11. Avval foydalanilgan topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma undan birinchi marta foydalanilgan sanadan eʼtiboran ikki yildan oshmagan muddatda topshiriladi.
12. Boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimalari talabnoma bilan bir paytda taqdim etilishi lozim.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
13. Ariza ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda topshiriladi.
14. Arizaning 21-kodli “Talabnomaning qayd raqami” va 22-kodli “Talabnomaning kelib tushgan sanasi” grafalari ariza vakolatli organga kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
15. Arizaning 71-kodli “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar (yuridik shaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjati boʻyicha) yoki jismoniy shaxsning toʻliq ismi) keltiriladi. Bunda:
rezidentlar uchun STIR yoki JSHSHIR, joylashgan yeri yoki turar joyi manzili;
norezidentlar uchun ism va nomlarning transliteratsiyasi hamda BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa);
guvohnoma bir necha shaxs nomiga soʻralayotganda yuqorida keltirilgan maʼlumotlar ularning har biri uchun alohida koʻrsatiladi.
16. Arizaning 54-kodli “Integral mikrosxemalar topologiyasining nomi” grafasida topologiyaning nomi va muqobil nomi (agar u mavjud boʻlsa) keltiriladi.
17. Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasining eng yaqin analogi haqida maʼlumotlar” grafasida topologiyaning eng yaqin analogi haqida zaruriy bibliografik maʼlumotlar roʻyxati keltiriladi.
18. Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasidan birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomi” grafasida topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomi koʻrsatiladi.
19. Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasidan birinchi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasi haqida maʼlumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasining ismi (nomi), joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatiladi.
20. Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasini yaratishda foydalanilgan ilgari muhofazaga olingan topologiyalar haqida maʼlumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyani yaratishda foydalanilgan, muhofazaga olingan topologiyalar haqida zaruriy bibliografik maʼlumotlar keltiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
21. Arizaning 98-kodli “Yozishmalar uchun manzil” grafasida xat oluvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki ismi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochtasidan kamida bittasi koʻrsatiladi. Ushbu maʼlumotlar uchinchi shaxslar huquq egasi bilan bogʻlanishi uchun ochiq hisoblanadi.
22. Arizaning “Ilova qilingan hujjatlar” grafasida talabnomaga aloqador hujjatlar biriktiriladi.
23. Arizaning 72-kodli “Muallif” grafasida muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi koʻrsatiladi. Bunda:
rezidentlar uchun JSHSHIR, ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi;
norezidentlar uchun BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa) qoʻshimcha ravishda koʻrsatilishi lozim.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
24. Topologiya va uning identifikatsiyasini taʼminlovchi materiallar, shu jumladan, referat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan depozitga qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
25. Depozitga qoʻyiladigan talabnoma materiallari quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
topologiyaning har bir qatlamini aks ettiradigan vizual qabul qilinadigan materiallarning quyida keltirilgan turlaridan birining toʻliq toʻplami:
fotoshablonlar;
topologiyaga oid yigʻma chizma yoki qatlam shaklli topologik chizmalar;
integral mikrosxemada belgilangan topologiyaning har bir qatlami fotosurati;
rasmiy axborotnomada chop etish uchun moʻljallangan topologiyaning nomi, talabnoma beruvchining nomi, integral mikrosxemaning foydalanish sohasi, koʻllanishi yoki vazifasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilgan referat;
integral mikrosxemani tayyorlashda qoʻllanadigan texnologiya turi.
Referat matnining hajmi 700 belgidan oshmasligi kerak.
26. Talabnoma topshirilayotgan sanadan oldinroq foydalanilgan topologiyaga doir talabnoma topshirishda talabnomaning depozitga qoʻyilgan materiallari qoʻshimcha ravishda ushbu topologiyaning undan foydalanilgan paytdagi shaklini oʻz ichiga olgan namunasiga, referat esa qoʻshimcha ravishda topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sana haqida maʼlumotlarga va integral mikrosxema namunasining asosiy texnik tavsifiga ega boʻlishi lozim.
27. Talabnomaning barcha materiallari bevosita reproduksiya qilinib, cheklanmagan tarzda nusxa koʻchirish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtiriladi.
28. Talabnomaning har bir hujjati alohida sahifadan boshlanadi. Hujjatlar qora rangli matnda A4 formatda taqdim etiladi.
29. Vizual qabul qilinadigan materiallardagi tasvirlar masshtabi 20:1 dan kam boʻlmasligi lozim.
30. Chizmalar va fotosuratlarda tasvirlarning masshtabi koʻrsatilishi lozim.
31. Fotosuratlardagi tasvirlar aniq-ravshan boʻlishi lozim.
32. Integral mikrosxema namunalari zarurat tugʻilganda ulardan topologiya har bir qatlamining vizual qabul qilinadigan tasvirini olish imkoniyati bilan bajariladi.
33. Topologiya qatlamlarida konfidensial maʼlumotlar (masalan, nou-xauga oid) boʻlsa, vizual qabul qilinadigan materiallarda ushbu qatlamning tegishli qismi (yoki butun qatlam) chiqarib olinishi va kodlangan shaklda topologiyani identifikatsiya qiluvchi materiallar tarkibiga kiritilishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
34. Vakil orqali topshirilgan talabnomaga unga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
4-bob. Hujjatlarni topshirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
rezidentlar davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi), Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali;
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
norezidentlar davlat xizmatidan foydalanish uchun axborot tizimi orqali vakolatli organga talabnoma topshiradi.
Talabnoma vakolatli organga pochta aloqasi orqali ham topshirilishi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan zudlik bilan axborot tizimiga kiritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Talabnoma berganlik uchun patent boji toʻlovi talabnoma axborot tizimi yoki YIDXPda shakllantirilgan (kiritilgan) sanadan boshlab uch oy muddatda amalga oshirilishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
36. Talabnoma topshirilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
37. Axborot tizimi va YIDXP oʻrtasida axborot almashinuvi elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
38. Arizani axborot tizimi yoki YIDXP orqali topshirishda ariza shakli toʻldirilganidan soʻng talabnoma beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Talabnoma beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ariza davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Arizani pochta aloqasi orqali topshirishda u imzolash yoʻli bilan tasdiqlanadi. Bunda tegishli maʼlumotlar qoʻshimcha varaqlarda keltirilganda ularning har biri imzolanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
39. Davlat xizmatini koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji toʻlanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Patent boji toʻlovi yagona billing tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
40. Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun patent bojini toʻlamaslik davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi.
Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
41. Vakolatli organ talabnomani qabul qilib, roʻyxatga olgandan soʻng talabnoma beruvchiga talabnomaning qayd raqami, kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda yoxud pochta aloqasi orqali yuboradi.
5-bob. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish
42. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami koʻrsatilishi shart. Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmaydi.
43. Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi Markazning soʻroviga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan topologiyani roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar talabnoma materiallarini toʻldirish, aniqlashtirish va tuzatish (keyingi oʻrinlarda — tuzatish) huquqiga ega.
44. Talablarga javob bermaydigan materiallar topshirilganda Markaz tomonidan tuzatilgan va yetishmagan materiallarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi.
45. Talabnoma materiallariga mazkur Reglamentning 46-bandida nazarda tutilganidan boshqa tuzatishlar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
46. Talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritish talabnoma beruvchi tomonidan ariza topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Arizada huquq oʻzga shaxsga oʻtkazilishi koʻrsatilishida ushbu Reglamentning 15 va 21-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ushbu ariza bilan birga huquqni topshiruvchi va huquqni qabul qilib oluvchi tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganini tasdiqlovchi dalolatnoma mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda taqdim qilinadi.
Belgilangan talablarga rioya qilinganda talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining oʻzgartirilgani toʻgʻrisida qayd kiritilgani haqida xabar beriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga oʻzgartirish kiritilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan sana huquq yangi talabnoma beruvchiga oʻtgan sana deb hisoblanadi.
Belgilangan talablarga rioya qilinmaganda talabnoma beruvchi va huquqni qabul qilib oluvchiga taqdim etilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish zarurligi yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish haqidagi qaydni kiritish mumkin emasligi toʻgʻrisida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
6-bob. Talabnomani koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
47. Talabnomaga axborot tizimida avtomatik ravishda ikki harfli va toʻqqiz xonali roʻyxat raqami beriladi, bunda harflar (MT) intellektual mulk obyekti — integral mikrosxemalar topologiyasini, talabnoma raqamidagi dastlabki toʻrtta son — talabnoma topshirilgan yilni, keyingi beshta son — shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi.
48. Talabnomaning davlat ekspertizasi talabnoma axborot tizimida qabul qilingan sanadan eʼtiboran ikki oylik muddat ichida Markaz tomonidan oʻtkaziladi.
Talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilganda davlat ekspertizasini oʻtkazish muddati toʻxtatib turiladi.
49. Talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazishda quyidagilar tekshiriladi:
talabnomada boʻlishi lozim boʻlgan hujjatlarning mavjudligi;
talabnoma materiallarining belgilangan talablarga muvofiqligi va ularning toʻgʻri rasmiylashtirilgani.
50. Davlat ekspertizasi jarayonida talabnoma uning materiallariga qoʻyilgan talablarga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga kamchiliklar bayon etilgan soʻrovnoma joʻnatiladi va yetishmagan, aniqlashtirilgan yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilinadi.
51. Talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni taqdim etmaganda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
52. Talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalariga koʻra Markaz tomonidan topologiyani roʻyxatga olish yoki sabablari koʻrsatilgan holda roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
53. Belgilangan patent boji toʻlanganda vakolatli organ topologiyani mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi Integral mikrosxemalar topologiyalari davlat reyestrida avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi. Bunda axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga topologiya roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma va uning ilovasi yuboriladi.
Topologiya roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi.
Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra guvohnoma va uning ilovasi pochta aloqasi orqali koʻrsatilgan manzilga yuborilishi mumkin.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
54. Talabnoma beruvchi talabnomaga aloqador ish yuritish bilan axborot tizimi orqali tanishishi mumkin.
55. Soʻrovnoma, xabarnoma, davlat ekspertizasi qarorlari va topologiyaga beriladigan guvohnoma QR-kod (matrik shtrixli kodli) bilan tasdiqlanib, yuboriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
56. Davlat ekspertizasi qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga belgilangan tartibda apellyatsiya berilishi mumkin.
57. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoxud pochta aloqasi orqali talabnoma topshiradi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
Talabnoma beruvchi
Integral mikrosxema topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha talabnoma topshirish uchun patent boji toʻlovini amalga oshiradi.
Uch oy ichida
3-bosqich
Vakolatli organ
1. Talabnomani qabul qiladi.
2. Talabnomaning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani talabnoma beruvchiga yuboradi.
Patent boji toʻlanganidan soʻng avtomatik tarzda
4-bosqich
“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi
1. Integral mikrosxema topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaning davlat ekspertizasini amalga oshiradi.
2. Davlat ekspertizasi natijalariga koʻra integral mikrosxema topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi va talabnoma beruvchiga yuboradi.
Talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy davomida
5-bosqich
Talabnoma beruvchi
Integral mikrosxema topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazish, guvohnomani berish va eʼlon qilish uchun patent boji toʻlovini amalga oshiradi.
Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy davomida
6-bosqich
Vakolatli organ
Integral mikrosxema topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazadi va muhofaza hujjatini beradi.
Patent boji toʻlanganidan soʻng avtomatik tarzda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Integral mikrosxema topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun
Topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomi:
Mamlakat
Sana
___________________________________________
__________ yil __________ sana __________ oy
Mazkur topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasining ismi (nomi),joylashgan yeri (pochta manzili):__________________________________________________________
Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Integral mikrosxema topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaga huquqni topshirish
DALOLATNOMASI
Integral mikrosxema topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaga huquqni topshirish
DALOLATNOMASI
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
Talabnomaning qayd raqami
Talabnomaning kelib tushgan sanasi
Quyida huquq topshirayotgan shaxs huquqni oluvchi shaxsga integral mikrosxema topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaga boʻlgan huquqni imzolagan holda topshiradi.
Izoh. * — yuridik shaxs nomidan tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi va ismi koʻrsatilgan holda imzolanadi.
Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Integral mikrosxemalar topologiyalari
DAVLAT REYESTRI
(11)
Roʻyxatga olish raqami
(15)
Roʻyxatga olish sanasi
(19)
Mamlakat kodi
(21)
Talabnomaning qayd raqami
(22)
Talabnomaning kelib tushgan sanasi
(23)
Topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sana
(71)
Talabnoma beruvchi
(72)
Mualliflar
(74)
Vakil
(54)
Topologiyaning nomi
(57)
Referat
(98)
Yozishmalar uchun manzil
Izoh. Mazkur reyestrda ishlatilayotgan kodlar Butunjahon intellektual mulk tashkilotining standartlari asosida belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 427-son qaroriga 3-ILOVA
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa geografik obyektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur geografik obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
3. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
4. Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur geografik obyektda joylashgan, nomi oʻzlari ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
5. Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) berish va davlat xizmatidan foydalanish boʻyicha boshqa harakatlar roʻyxatdan oʻtkazishni soʻrayotgan yuridik va jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — talabnoma beruvchi) tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud ishonchli shaxs) orqali amalga oshiriladi.
Bunda talabnoma bir necha shaxs tomonidan ularning istalgan biri yoki boshqa vakili orqali beriladi.
6. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
2-bob. Talabnomani rasmiylashtirish tartibi
7. Talabnoma bitta tovar kelib chiqqan joy nomiga taalluqli boʻlishi lozim.
8. Talabnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza (keyingi oʻrinlarda — ariza);
talabnomada koʻrsatilgan belgi yoki tovar kelib chiqqan joy nomi, agar ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq Tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrida (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa;
qaysi tovar turi uchun belgini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan boʻlsa, oʻsha tovar turining nomi;
geografik obyektning chegaralaridagi tovar ishlab chiqariladigan joy toʻgʻrisidagi maʼlumot;
tovarning alohida xususiyatlari tavsifi.
9. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatga olinadigan belgi tarkibida tovarning turi koʻrsatilishi mumkin.
10. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
koʻrsatilgan geografik obyektda talabnoma beruvchining joylashganligi va alohida xususiyatlari mazkur geografik obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni uning tomonidan ishlab chiqarilayotgani haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan xulosa;
norezidentlar tomonidan taqdim etilgan talabnomaga talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat.
11. Ushbu Reglamentning 10-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlar quyidagi tashkilotlar tomonidan beriladi:
tuman (shahar) soliq inspeksiyalari tomonidan talabnoma beruvchining mazkur geografik obyektda joylashganligi (yashayotganligi) va tegishli tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat;
vakolatli inspeksiya organlari yoki laboratoriyalar tomonidan tegishli tovarning xususiyatlari va ularning ushbu geografik obyekt bilan tamomila yoki asosan bogʻliqligini tasdiqlovchi hujjat.
12. Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi arizaga asosan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
13. Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab oʻttiz kun muddat ichida topshirilganda, vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan hisoblanadi, boshqa hollarda hujjatlar ularning davlat tiliga tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan hisoblanadi.
14. Arizaning 210-kodli “Talabnomaning qayd raqami” va 220-kodli “Talabnomaning kelib tushgan sanasi” grafalari ariza kelib tushgandan soʻng vakolatli organ tomonidan toʻldiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
15. Arizaning 731-kodli “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
yuridik shaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjatlari boʻyicha) yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
rezidentlar uchun STIR yoki JSHSHIR, joylashgan yeri yoki yashash manzili;
norezidentlar uchun ism va nomlarning transliteratsiyasi, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — BIMT) ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa).
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
16. Arizaning 750-kodli “Yozishmalar uchun manzil” grafasida xat oluvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki familiyasi, ismi va otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochtasidan kamida biri koʻrsatiladi. Ushbu maʼlumotlar uchinchi shaxslarning huquq egasi bilan bogʻlanishi uchun ochiq hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
17. Talabnoma beruvchi tomonidan ish olib borish uning vakili orqali amalga oshirilganda arizaning 740-kodli “Vakil” grafasida vakilning toʻliq nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki familiyasi, ismi va otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun), roʻyxat raqami (patent vakili boʻlsa), joylashgan yeri yoki yashash manzili, telefon raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
18. Arizaning 540-kodli “Talabnoma topshirilayotgan belgi” grafasida talabnoma topshirilgan belgi bosh harflar bilan yozilgan holda koʻrsatiladi.
19. Arizaning 511-kodli “Tovar turi” grafasida tovar turi yoki muayyan tovar koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
20. Arizaning 510-kodli “Tovar xususiyatlarining tavsifi” grafasida tovarning alohida xususiyatlari ushbu geografik obyekt uchun xos boʻlgan tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillarga majburiy, obyektiv bogʻliq ekanligi koʻrsatiladi. Tavsif vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriyaning xulosasi asosida bayon etiladi.
Tovarning xususiyatlari umumqabul qilingan maxsus atamalarga muvofiq aniq va ravshan taʼriflanishi lozim.
21. Arizaning “Tovar ishlab chiqariladigan joy” grafasida tovar ishlab chiqarilayotgan joy geografik obyektning chegaralarini koʻrsatish orqali tavsiflanadi. Geografik obyektning chegaralari koordinatalar, tabiiy obyektlar (daryolar, koʻllar, togʻlar, choʻllar va boshqalar), maʼmuriy chegaralar, koʻp yillik inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqalar yordamida tavsiflanishi mumkin.
22. Arizaning “Ilova qilingan hujjatlar” grafasida talabnomaga aloqador hujjatlar biriktiriladi.
23. Vakil orqali berilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
3-bob. Talabnomani topshirish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
rezidentlar davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
norezidentlar — axborot tizimi orqali vakolatli organga talabnoma topshiradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Talabnoma vakolatli organga pochta aloqa xizmati orqali ham berilishi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan zudlik bilan axborot tizimiga kiritiladi.
25. Talabnoma berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
26. Axborot tizimi va YIDXP oʻrtasida axborot almashinuvi elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
27. Vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) davlat ekspertizasini oʻtkazish maqsadida axborot tizimidan doimiy foydalanishini taʼminlaydi.
Davlat ekspertizasi bosqichidagi talabnoma boʻyicha yozishmalar Markaz bilan amalga oshiriladi.
28. Arizani axborot tizimi yoki YIDXP orqali topshirishda ariza shakli toʻldirilganidan soʻng talabnoma beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Talabnoma beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ariza davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Arizani pochta aloqa xizmati orqali topshirishda, u imzolash yoʻli bilan tasdiqlanadi. Bunda tegishli maʼlumotlar qoʻshimcha varaqlarda keltirilganda ularning har biri imzolanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
29. Davlat xizmatini koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji toʻlanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Patent boji talabnoma berilgan vaqtda yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlanadi.
30. Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun patent bojini toʻlamaslik davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
31. Vakolatli organ talabnomani qabul qilib, roʻyxatga olgandan soʻng talabnoma beruvchiga talabnomaning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda axborot tizimi yoki YIDXPda avtomatik tarzda yoxud pochta aloqa xizmati orqali yuboradi.
32. Vakolatli organ bir ish kuni ichida talabnoma nohalol tarzda berilishining oldini olish maqsadida qabul qilingan talabnoma va tovarning xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga barcha foydalanishi mumkin boʻlgan koʻrinishda joylashtiradi.
33. Talabnoma haqidagi maʼlumotlar axborot tizimiga joylashtirilgandan soʻng ekspertiza qarori qabul qilingunga qadar manfaatdor shaxslar vakolatli organga mazkur Reglamentning 32-bandiga muvofiq talabnomalar boʻyicha yozma murojaat qilishi mumkin.
Markaz besh ish kuni ichida murojaat qabul qilingani toʻgʻrisida manfaatdor shaxsga hamda ushbu murojaat kelib tushgani toʻgʻrisida talabnoma beruvchiga maʼlum qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Murojaatda koʻrsatilgan vajlarga belgining ekspertizasi davomida tegishli baho beriladi va uni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha ekspertiza qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida murojaat etuvchiga javob beriladi.
4-bob. Talabnoma boʻyicha ish yuritish tartibi
34. Talabnoma berilgandan keyin yuboriladigan materialda talabnoma raqami koʻrsatilishi shart. Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmaydi.
35. Talabnoma beruvchi talabnoma davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi davrida talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar oʻz tashabbusi bilan talabnoma materiallariga quyidagi oʻzgartirishlarni kiritishi mumkin:
talabnoma beruvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki familiyasi, ismi va otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun) yoxud uning vakilini oʻzgartirish;
talabnoma beruvchining yoki uning vakili manzilini, yozishmalar olib boriladigan manzilni oʻzgartirish;
texnik xatolar (imloviy, grammatik, arifmetik va boshqalar) hamda noaniqliklarni bartaraf etish.
36. Talabnoma beruvchining ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakldagi arizasi asosida talabnoma beruvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki familiyasi, ismi va otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun) va manziliga oʻzgartirishlar kiritiladi.
37. Talabnoma materiallariga ushbu Reglamentning 36-bandida nazarda tutilgan oʻzgartirishlardan tashqari, talabnoma beruvchining ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi arizasi asosida tuzatishlar kiritiladi.
38. Ushbu Reglamentga 4 va 5-ilovalarga muvofiq berilgan arizalar vakolatli organga kelib tushgani axborot tizimi orqali avtomatik tarzda va uni koʻrib chiqish natijasi toʻgʻrisida talabnomani ekspertizadan oʻtkazish muddati ichida talabnoma beruvchi xabardor qilinadi.
39. Talabnoma beruvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki familiyasi, ismi va otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun) va manziliga oʻzgartirishlar hamda talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish uchun patent boji toʻlanadi. Patent boji toʻlanmaganda yoki toʻlangan patent bojining miqdori belgilangan miqdordan kam boʻlgan taqdirda, materiallar koʻrib chiqilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
40. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar ushbu Reglamentning 63 va 64-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
41. Talabnoma bilan bogʻliq savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish, qoida tariqasida, belgi, u bilan belgilanishi moʻljallangan tovar, tovarning alohida xususiyatlari, geografik obyektning tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillari yoxud bir vaqtning oʻzida tabiiy sharoitlar va boshqa omillarga bogʻliqligi boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar olish zarurati paydo boʻlgan holda va talabnoma berilgan belgining muhofaza qilishga yaroqliligi, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish masalalari boʻyicha ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Tomonlar savollar bilan tanishib chiqqandan soʻng Markaz taklifiga yoki talabnoma beruvchining iltimosiga asosan koʻrib chiqiladi. Ekspertizaning savollari qoʻshimcha ravishda uchrashuvning maqsadga muvofiqligi xabar qilingan ekspertiza soʻrovnomasida, talabnoma beruvchining savollari esa bunday koʻrib chiqishni oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon etiladi.
Ekspertiza soʻrovnomasi yuborilganda, talabnoma beruvchi savollarni koʻrib chiqishda qatnashishi yoki qatnashmasligidan qatʼi nazar, soʻrovnomaga belgilangan muddatda javob berishi kerak.
42. Talabnoma bilan bogʻliq savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi.
43. Savollar talabnoma beruvchi ishtirokida muzokaralar yoʻli bilan yoki ekspert kengashida koʻrib chiqiladi.
Savollar bevosita ekspertiza va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin boʻlganda, ular oʻrtasida Markazning tegishli tarkibiy boʻlinmasi rahbari yoki Markaz rahbari tayinlagan boshqa masʼul xodim ishtirokida muzokaralar oʻtkaziladi.
Savollarni hal qilish uchun mutaxassislar ishtiroki talab qilinganda ekspert kengashi oʻtkaziladi.
Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari boʻyicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi va unda tomonlar hamda ishtirok etgan shaxslarning dalillari, takliflari hamda keyingi ish yuritish haqidagi xulosalari keltiriladi.
Savollarni koʻrib chiqishda ishtirok etgan shaxslarning barchasi bayonnomani imzolaydi hamda bayonnomaning bir nusxasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi va ikkinchisi talabnoma beruvchiga taqdim etiladi.
44. Muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha yagona xulosaga kelinmagan taqdirda, koʻrib chiqishda ishtirok etgan shaxslarning alohida fikrlari bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma nusxasining talabnoma beruvchiga taqdim etilishi ish yuritish toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi xabarnomaning (talabnoma chaqirib olinganda) yoki ekspertiza soʻrovnomasining oʻrnini bosishi mumkin (soʻrovnomaga javob berishning belgilangan muddati buzilmaganda) va ushbu holat bayonnomada qayd etiladi.
45. Talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza talabnomani koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, lekin tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish sanasiga qadar topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza inobatga olingani haqida xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
46. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha huquqiy ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi. Boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazishda chaqirib olingan talabnoma hisobga olinmaydi.
5-bob. Talabnomani koʻrib chiqish tartibi
47. Talabnomaga axborot tizimida avtomatik tarzda ikkita harf va toʻqqiz xonadan iborat roʻyxat raqami beriladi. Bunda harflar (TJ) sanoat mulki obyekti — tovar kelib chiqqan joy nomini, talabnoma raqamidagi dastlabki toʻrtta son — talabnoma berilgan yilni, keyingi beshta son — shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi.
48. Roʻyxatga olingan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.
49. Talabnomaning davlat ekspertizasi rasmiy ekspertiza hamda talabnomada koʻrsatilgan belgining ekspertizasidan iborat boʻlib, Markaz tomonidan oʻtkaziladi.
50. Rasmiy ekspertizaning vazifasi talabnoma materiallari tarkibi, zarur hujjatlarning mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
Rasmiy ekspertiza natijalari boʻyicha talabnoma beruvchiga Markazning talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilishni rad etish haqidagi qarori yuboriladi.
51. Rasmiy ekspertiza talabnoma axborot tizimi orqali qabul qilingandan boshlab oʻttiz kun ichida oʻtkaziladi.
52. Rasmiy ekspertiza jarayonida zarur hujjatlarning mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish quyidagi hujjatlar va maʼlumotlarga nisbatan oʻtkaziladi:
ariza;
talabnoma beruvchining toʻliq nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki familiyasi, ismi va otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun) hamda manzili koʻrsatilgani;
vakilning toʻliq nomi yoki ismi (vakil mavjud boʻlganda);
roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan belgi;
roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovar turi;
tovar ishlab chiqarilayotgan joy geografik obyektning chegarasida koʻrsatilgani;
tovar xususiyatlarining tavsifi;
patent bojining toʻlangani;
ishonchnoma (vakil mavjud boʻlganda);
talabnoma beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar ishlab chiqarayotgan shaxs boʻlganda, talabnoma beruvchining qayd etilgan geografik obyektda joylashganini, tovarning xususiyatlari va ularning ushbu geografik obyekt bilan tamomila yoki asosan bogʻliq tovar ishlab chiqarayotganini tasdiqlovchi hujjatlar;
talabnoma beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tovar ishlab chiqarayotgan shaxs boʻlganda, geografik obyekt joylashgan mamlakatda talabnomada ifodalangan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimasi.
53. Talabnoma berilgan sana u vakolatli organga kelib tushgan sana boʻyicha belgilanadi.
54. Rasmiy ekspertiza oʻtkazish jarayonida talabnoma materiallari ushbu Reglamentda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlanganda, talabnoma beruvchiga ekspertiza soʻrovnomasi yuboriladi va soʻrovnomada aniqlangan kamchiliklar koʻrsatiladi.
55. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emasligi haqida xulosaga kelinganda, talabnoma berilgan sanani belgilash va talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish toʻgʻrisida rasmiy ekspertiza qarori qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
56. Rasmiy ekspertiza tomonidan talabnoma materiallarining Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va ushbu Reglament qoidalariga zid ekanligining aniqlanishi talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga asos boʻladi.
57. Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish yoki talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda uni qabul qilish asoslari koʻrsatiladi.
58. Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingandan boshlab bir oy davomida oʻtkaziladi.
59. Talabnoma berilgan belgi ekspertizasini oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
talabnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning ushbu Reglament talablariga muvofiq rasmiylashtirilgani;
talabnoma berilgan belgining Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 5, 6 va 11-moddalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligi;
tovar ishlab chiqariladigan joy geografik obyekt chegarasida joylashgani, tovar xususiyatlarining u ishlab chiqarilgan joyga bogʻliq ekanligi;
talabnoma beruvchining koʻrsatilgan geografik obyektda joylashganini va alohida xususiyatlari mazkur geografik obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va boshqa omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotgani haqidagi vakolatli inspeksiya organlari yoki laboratoriyalari xulosasining mavjudligi va mazmuni;
talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilishi soʻralayotgan tovarga xos alohida xususiyatlar tavsifining Reyestrdagi maʼlumotlarga muvofiqligi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
60. Vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasining mazmuni boʻyicha quyidagilar tekshiriladi:
talabnoma beruvchining nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilayotgan joyda ekanligi;
talabnomada koʻrsatilgan tovarning talabnoma beruvchi tomonidan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilgan joy hududida ishlab chiqarilgani;
talabnoma beruvchi tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarda talabnomada koʻrsatilgan geografik obyektning tamomila yoki asosan tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillar tufayli ega boʻlgan alohida xususiyatlarining mavjudligi;
roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilganda, talabnomada koʻrsatilgan tovarning xususiyatlari tavsifi Reyestrdagi maʼlumotlarga muvofiqligi.
61. Ekspertiza davomida talabnoma beruvchiga belgining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalari boʻyicha ekspertiza soʻrovnomasi yuborilishi mumkin.
62. Quyidagilar soʻrovnoma yuborish uchun asos boʻladi:
talabnoma topshirilgan belgini aniqlash zarurati;
ushbu Reglamentning 8 va 10-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish zarurati;
tovar turini aniqlash zarurati;
tovar ishlab chiqarilayotgan joyni aniqlash zarurati;
tovarning xususiyatlari tavsifini aniqlash zarurati;
talabnomada bayon etilgan qoidalarga va tovarning aniq xususiyatlariga rioya etilganini tasdiqlovchi vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasiga aniqlik kiritish zarurati.
63. Talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning soʻrovnomasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusiga koʻra qoʻshimcha materiallar taqdim etilganda, ular koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi va talabnoma mohiyatini oʻzgartirmasligi tekshiriladi.
Qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etiladi, agar ularda:
vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasida nazarda tutilgan xususiyatlardan farq qiladigan xususiyatlar koʻrsatilgan boʻlsa;
tovar kelib chiqqan joy nomi uchun moʻljallanmagan tovar koʻrsatilgan boʻlsa;
talabnoma topshirilgan belgi oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan boʻlsa.
64. Qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilganda, talabnoma beruvchiga ekspertizaning shunday xulosa chiqarishi uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan qaysi maʼlumotlar asos boʻlgani xabar qilinadi.
65. Talabnoma beruvchi tovar kelib chiqqan joy nomi uchun talabnomani ekspertiza qarori qabul qilingunga qadar geografik koʻrsatkichga doir talabnomaga oʻzgartirishi mumkin.
Tovar kelib chiqqan joy nomi uchun talabnoma geografik koʻrsatkichga doir talabnomaga oʻzgartirilganda, keyingi ish yuritish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-son qarori bilan tasdiqlangan Geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
66. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emasligi haqidagi xulosaga kelinganda, tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ekspertiza qarori qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
67. Ekspertiza tomonidan talabnoma materiallari Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va ushbu Reglament talablariga zid ekanligining aniqlanishi tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga asos boʻladi.
68. Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish yoxud uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda uni qabul qilish asoslari koʻrsatiladi.
69. Belgilangan patent boji toʻlanganda, vakolatli organ tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini Reyestrda avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi. Bunda axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma va uning ilovasi yuboriladi.
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi roʻyxatga olingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi.
Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra guvohnoma va uning ilovasi pochta aloqa xizmati orqali koʻrsatilgan manzilga yuborilishi mumkin.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
70. Ekspertiza soʻrovnomasiga talabnoma beruvchi tomonidan uch oy ichida javob beriladi. Ushbu muddat ichida soʻralgan materiallarni taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra javob berish olti oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilganda, belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Ushbu bandda nazarda tutilgan shartlarga rioya etilganda muddat uzaytiriladi va bu haqida xabarnoma yuboriladi.
71. Talabnoma beruvchiga davlat ekspertizasi soʻrovnomasi yuborilganda, ekspertiza muddati toʻxtatib turiladi.
72. Davlat ekspertizasi soʻrovnomasiga belgilangan muddatda javob kelib tushmaganda yoki toʻliq javob berilmaganda yoxud javobni topshirish muddatini uzaytirish haqida iltimosnoma taqdim etilmaganda, talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi hamda talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
73. Davlat ekspertizasining soʻrovnomasiga javob xatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatlari talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Iltimosnoma talabnoma chaqirib olingan sanadan boshlab ikki oy ichida beriladi.
Iltimosnoma bilan birgalikda ekspertiza soʻrovnomasiga toʻliq javob xati taqdim etiladi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Ushbu bandning shartlariga rioya etilganda, talabnoma ish jarayoniga tiklanadi va bu haqida uch ish kuni ichida xabarnoma yuboriladi.
74. Talabnoma beruvchi talabnomaga aloqador ish yuritish bilan axborot tizimi orqali tanishishi mumkin.
75. Soʻrovnoma, xabarnoma, davlat ekspertizasi qarorlari va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma QR-kod (matrik shtrixli kodli) bilan tasdiqlanib, yuboriladi.
76. Davlat ekspertizasi qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga belgilangan tartibda apellyatsiya berilishi mumkin.
77. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
1. Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud pochta aloqa xizmati orqali talabnoma yuboradi.
Oʻz xohishiga koʻra
2. Talabnoma berish uchun patent boji toʻlovini amalga oshiradi.
Talabnoma berilgan vaqtda
2-bosqich
Vakolatli organ
1. Talabnomani qabul qilib, roʻyxatga olgandan soʻng talabnoma beruvchiga talabnomaning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomatik tarzda yoxud pochta aloqa xizmati orqali yuboradi.
Patent boji toʻlanganidan soʻng
2. Qabul qilingan talabnoma va tovarning xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga barcha foydalanishi mumkin boʻlgan koʻrinishda joylashtiradi.
Bir ish kuni ichida
3-bosqich
“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi
1. Talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazadi va natijasi boʻyicha qabul qilingan qarorni talabnoma beruvchiga yuboradi.
Talabnoma axborot tizimi orqali qabul qilingandan boshlab oʻttiz kun ichida
2. Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazadi va natijasi boʻyicha qabul qilingan qarorni talabnoma beruvchiga yuboradi.
Talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingandan boshlab bir oy davomida
4-bosqich
Talabnoma beruvchi
Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish va guvohnomani berish uchun patent boji toʻlovini amalga oshiradi.
Talabnoma berilgan vaqtda
5-bosqich
Vakolatli organ
1. Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini reyestrda roʻyxatdan oʻtkazadi hamda axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga guvohnoma va uning ilovasini yuboradi.
2. Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi roʻyxatga olingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy axborotnomada eʼlon qiladi.
Avtomatik tarzda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Tovar kelib chiqqan joy nomlari
DAVLAT REYESTRI
(111)
Roʻyxatdan oʻtkazish raqami
(151)
Roʻyxatdan oʻtkazish sanasi
(181)
Roʻyxatdan oʻtkazilgan belgining amal qilish muddatining tugashi
(210)
Talabnomaning qayd raqami
(220)
Talabnoma kelib tushgan sana
(400)
Eʼlon qilingan sana va rasmiy axborotnoma raqami
(511)
Tovar turi
(510)
Tovar xususiyatlarining tavsifi
(540)
Talabnoma topshirilgan belgi
(731)
Talabnoma beruvchi
(732)
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi egasining toʻliq nomi (ismi), mamlakat kodi va manzili
(740)
Vakil
(750)
Yozishmalar uchun manzil
Izoh. Mazkur reyestrda ishlatilayotgan kodlar Butunjahon intellektual mulk tashkilotining standartlari asosida belgilangan.
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish haqida
ARIZA
(220) Talabnomaning kelib tushgan sanasi:
________________________________________
(210) Talabnomaning qayd raqami:
________________________________________
(750) Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining pochta manzili, nomi yoki F.I.O.):
___________________________________________
___________________________________________
___________________________________________
___________________________________________
___________________________________________
___________________________________________
Telefon raqami: ____________________________
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish haqida
ARIZA
□ Tovar kelib chiqqan joy nomi va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish.
□ Avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish
(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha toʻliq nomi, joylashgan yeri yoki jismoniy shaxslar uchun F.I. 0. hamda yashash manzillari koʻrsatiladi)
STIR yoki JSHSHIR
(rezidentlar uchun):
__________________________
__________________________
__________________________
BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi
(agar oʻrnatilgan boʻlsa):
__________________________
__________________________
(740) Vakil (F.I.O. yoki toʻliq nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, yashash manzili yoki joylashgan yeri)
vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tovarlar ishlab chiqarayotgan shaxs boʻlsa, geografik obyekt joylashgan mamlakatda talabnomada bayon etilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning tarjimalari (boshqa tilda taqdim etilganda);
vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma (vakil orqali berilganda).
Sahifalar soni
QR-kod
_______________________________________________
_______________________________________________
(talabnoma beruvchi yoki vakil)
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Talabnoma beruvchining nomi (ismi) va manziliga oʻzgartirishlar kiritish haqida
ARIZA
Kelib tushgan sanasi
Talabnomaning qayd raqami
_____________________________
_____________________________
(Vakolatli organ tomonidan toʻldiriladi)
Talabnoma beruvchining nomi (ismi) va manziliga oʻzgartirishlar kiritish haqida
ARIZA
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
Talabnoma materiallarida talabnoma beruvchining nomi (ismi) va manziliga oʻzgartirishlar kiritishingizni soʻrayman
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish haqida
ARIZA
Kelib tushgan sanasi __________________ _____________
Qayd raqami
__________________
Talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish haqida
ARIZA
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
(210) Talabnomaning qayd raqami
(220) Talabnomaning kelib tushgan sanasi
Talabnoma materiallariga quyidagi tuzatishlar kiritishingizni soʻrayman: