toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
mintaqaviy brendlarni rivojlantirishga qaratilgan intellektual mulk obyekti sifatida geografik koʻrsatkichlarni va (yoki) geografik koʻrsatkichlardan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi;
jismoniy va (yoki) yuridik shaxs (talabnoma beruvchi) tomonidan geografik koʻrsatkichlarni va (yoki) geografik koʻrsatkichlardan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani vakolatli organ (Adliya vazirligi)ga topshirish tartibi va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
talabnomani rezidentlar uchun — davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, norezidentlar uchun — davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi orqali topshirish, pochta aloqasi orqali topshirish bundan mustasno;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
talabnoma topshirilgandan keyingi barcha harakatlarni vakolatli organning maxsus axborot tizimi orqali amalga oshirish;
davlat xizmatini koʻrsatishda talabnoma beruvchi tomonidan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorlarda patent bojini toʻlash tartibi;
vakolatli organ tomonidan talabnomani davlat ekspertizasidan (bunda rasmiy ekspertiza — oʻn besh kun, talabnomada koʻrsatilgan belgining ekspertizasi bir oy muddatda amalga oshiriladi) oʻtkazish tartibi;
geografik koʻrsatkichlarni va (yoki) geografik koʻrsatkichlardan foydalanish huquqini Geografik koʻrsatkichlar davlat reyestrida uch ish kuni ichida roʻyxatdan oʻtkazish va uch ish kuni ichida maxsus axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga geografik koʻrsatkichlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomani yuborish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 13-iyul,
385-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-son qaroriga
1-ILOVA
Geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (keyingi oʻrinlarda — Qonun) muvofiq geografik koʻrsatkichlarni va geografik koʻrsatkichlardan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmatini koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Qonunning 7-moddasiga muvofiq geografik koʻrsatkich muayyan geografik obyektda joylashgan va ushbu obyektning nomidan oʻzi ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun foydalanayotgan bir necha yuridik yoki jismoniy shaxsning (alohida hollarda, agar boshqa shaxslar mavjud boʻlmasa yoxud ular talabnomani berishda ishtirok etish istagini bildirmasa, bitta shaxsning) talabnomasiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
4. Geografik koʻrsatkichlarni yoki geografik koʻrsatkichlardan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) berish va davlat xizmatidan foydalanish boʻyicha boshqa harakatlar roʻyxatdan oʻtkazishni soʻrayotgan yuridik va jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — talabnoma beruvchi) tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoki ishonchli shaxs) orqali amalga oshiriladi.
Bunda, geografik koʻrsatkichni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma bir necha shaxs tomonidan ularning istalgan biri yoki boshqa vakili orqali beriladi.
5. Geografik koʻrsatkichni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma:
mazkur Reglamentning 3-bandida koʻrsatilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarning manfaatlarini ifodalash uchun vakolatli nodavlat notijorat tashkiloti boʻlgan birlashma tomonidan;
tegishli geografik obyekt joylashgan hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ham berilishi mumkin.
Bunda ushbu talabnoma beruvchilar ham talabnomani berish va davlat xizmatidan foydalanish boʻyicha boshqa harakatlarni bevosita yoki vakili orqali amalga oshiradi.
6. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
2-bob. Talabnomaga doir talablar
7. Qonunning 11-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta geografik koʻrsatkichga taalluqli boʻlishi kerak.
8. Talabnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
geografik koʻrsatkichni va (yoki) geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza (keyingi oʻrinlarda — ariza);
talabnomada koʻrsatilgan belgi yoki, agar Geografik koʻrsatkichlar davlat reyestrida (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, geografik koʻrsatkich;
qaysi tovar turi uchun geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan boʻlsa, oʻsha tovar turining nomi;
geografik obyektning chegaralaridagi tovar ishlab chiqariladigan joy;
tovarning xususiyatlari u ishlab chiqarilayotgan joyga bogʻliq ekanligiga taalluqli maʼlumotlar;
tovarning geografik jihatdan kelib chiqishiga, mazkur geografik obyekt uchun xos boʻlgan tabiiy sharoitlarga va (yoki) inson omillariga sezilarli darajada bogʻliq boʻlgan tovar xususiyatlarining tavsifi, shu jumladan tovarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan boshlangʻich materialning tavsifi, tovarning fizik, kimyoviy, mikrobiologik, organoleptik yoki badiiy xususiyatlari;
talabnomada bayon etilgan qoidalarga va tovarning aniq xususiyatlariga rioya etilganligini tasdiqlovchi vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriyaning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili).
9. Geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatga olinadigan belgi tarkibida tovarning turi koʻrsatilishi mumkin.
10. Qonunning 11-moddasi uchinchi qismiga muvofiq arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
agar talabnoma beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarayotgan shaxs boʻlsa, talabnoma beruvchining mazkur geografik obyektda joylashganligini va xususiyatlari ushbu geografik obyekt bilan sezilarli darajada bogʻliq boʻlgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
agar talabnoma beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tovarlar ishlab chiqarayotgan shaxs boʻlsa, geografik obyekt joylashgan mamlakatda talabnomada bayon etilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaga talabnoma beruvchi Reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
11. Mazkur Reglamentning 10-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlar quyidagi tashkilotlar tomonidan beriladi:
tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari — talabnoma beruvchining mazkur geografik obyektda joylashganligi (yashayotganligi) va tegishli tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat;
vakolatli inspeksiya organlari yoki laboratoriyalari — tegishli tovarning xususiyatlari va ularning ushbu geografik obyekt bilan sezilarli darajada bogʻliqligini tasdiqlovchi hujjat.
12. Geografik koʻrsatkichni va (yoki) geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza mazkur Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shaklda topshiriladi.
13. Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab oʻn besh kun muddat ichida topshirilganda vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi, boshqa hollarda hujjatlar ularning tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.
14. Arizaning 210 va 220-kodli “Talabnomaning qayd raqami” va “Talabnomaning kelib tushgan sanasi” grafalari ariza vakolatli organga kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan.
Baʼzi maʼlumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirish imkoni boʻlmaganda, ular oʻsha shakl boʻyicha qoʻshimcha varaqda keltiriladi va talabnomaning tegishli grafasida “davomi qoʻshimcha varaqda” deb koʻrsatiladi.
15. Arizaning 731-kodli “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
yuridik shaxslarning rasmiy nomlari (taʼsis hujjatlari boʻyicha) yoki jismoniy shaxslarning toʻliq ismlari;
rezidentlar uchun — STIR yoki JSHSHIR, joylashgan yeri yoki yashash manzillari;
norezidentlar uchun — Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — BIMT) ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa).
Talabnoma beruvchi bitta shaxs boʻlganda ushbu grafadagi tegishli katakchaga “X” belgisi qoʻyiladi.
“Foydalanish huquqini oluvchilar” grafasida geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini olayotgan shaxslar haqida maʼlumotlar keltiriladi.
16. Arizaning 750-kodli “Yozishmalar uchun manzil” grafasida xat oluvchining toʻliq pochta manzili, nomi (yuridik shaxs uchun) yoki toʻliq ismi (jismoniy shaxs uchun), telefon raqami koʻrsatiladi.
Yozishmalar uchun manzil sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan manzil koʻrsatiladi.
17. Talabnoma beruvchi tomonidan ish olib borish uning vakili orqali amalga oshirilganda arizaning 740-kodli “Vakil” grafasida vakilning toʻliq nomi yoki ismi, roʻyxat raqami (patent vakili boʻlsa), joylashgan yeri yoki yashash manzili, telefon raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
18. Arizaning 540-kodli “Talabnoma topshirilayotgan belgi” grafasida talabnoma topshirilgan belgi bosh harflar bilan yozilgan holda keltiriladi.
19. Arizaning 511-kodli “Tovar turi” grafasida sifati, nom qozonishi yoki boshqa xususiyatlari koʻp jihatdan geografik kelib chiqishiga bogʻliq boʻlgan tovarlar koʻrsatiladi.
20. Arizaning 510-kodli “Tovar xususiyatlarining tavsifi” grafasida belgi roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovarning aniq xususiyatlari keltiriladi. Bunda, koʻp jihatdan tegishli geografik obyekt uchun xos boʻlgan tabiiy sharoitlarga va (yoki) inson omillariga sezilarli darajada bogʻliq boʻlgan tovar xususiyatlarining tavsifi, shu jumladan tovarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan boshlangʻich materialning tavsifi, tovarning fizik, kimyoviy, mikrobiologik, organoleptik yoki badiiy xususiyatlari ochib berilishi shart. Tavsif vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriyaning xulosasi asosida bayon etiladi.
Tovarning xususiyatlari umumqabul qilingan maxsus atamalarga muvofiq aniq va ravshan taʼriflanishi kerak.
21. Arizaning “Tovar ishlab chiqariladigan joy” grafasida tovar ishlab chiqarilayotgan joy geografik obyektning chegaralarini koʻrsatish yoʻli bilan tavsiflanadi. Geografik obyektning chegaralari koordinatalar, tabiiy obyektlar (daryolar, koʻllar, togʻlar, choʻllar va b.), maʼmuriy chegaralar, koʻp yillik inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqalar yordamida tavsiflanishi mumkin.
22. Arizaning “Ilova qilingan hujjatlar roʻyxati” grafasi tegishli katakchalarga “X” belgisini qoʻyib chiqish va ilova qilinadigan hujjatlarning varaqlari sonini koʻrsatish yoʻli bilan toʻldiriladi.
Arizaning shaklida nazarda tutilmagan ilova qilinadigan hujjatlar “boshqa hujjatlar” katakchasida ularning talabnomaga aloqadorligi asoslangan holda koʻrsatiladi.
23. Vakil orqali berilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi.
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning oʻzida yoki talabnoma berilgan sanadan oʻn besh kundan kechiktirilmay taqdim etiladi.
3-bob. Hujjatlarni topshirish
24. Davlat xizmatidan foydalanishda:
Oldingi tahrirga qarang.
rezidentlar — davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
norezidentlar — axborot tizimi orqali vakolatli organga talabnoma beradi.
Talabnoma vakolatli organga pochta aloqasi orqali ham berilishi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan zudlik bilan axborot tizimiga kiritiladi.
25. Talabnoma berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
26. Axborot tizimi va YIDXP oʻrtasida axborot almashinuvi elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
27. Vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) davlat ekspertizasini oʻtkazish maqsadida axborot tizimidan doimiy foydalanishini taʼminlaydi.
Agar mazkur Reglamentda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, davlat ekspertizasi bosqichidagi talabnoma boʻyicha yozishmalar Markaz bilan olib boriladi.
28. Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek davlat xizmati koʻrsatish uchun patent bojini toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
29. Arizani axborot tizimi yoki YIDXP orqali topshirishda ariza shakli toʻldirilganidan soʻng talabnoma beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Talabnoma beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ariza davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakil qilingan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Arizani pochta aloqasi orqali topshirishda u imzolash yoʻli bilan tasdiqlanadi. Bunda tegishli maʼlumotlar qoʻshimcha varaqlarda keltirilganda ularning har biri imzolanadi.
30. Davlat xizmatini koʻrsatishda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji toʻlanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Bunda patent boji norezident tomonidan toʻlanganda toʻlov hujjati taqdim etiladi.
31. Vakolatli organ talabnomani qabul qilib, roʻyxatga olganidan soʻng talabnoma beruvchiga talabnomaning raqami, kelib tushgan sanasi va axborot tizimida talabnoma boʻyicha keyingi xizmatlardan foydalanish uchun kuzatuv kodi koʻrsatilgan xabarnomani tegishlicha axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda yoxud pochta aloqasi boʻyicha yuboradi. Kuzatuv kodi maxfiyligini taʼminlash masʼuliyati uning oʻziga yuklatiladi.
32. Quyidagi maqsadlarda vakolatli organ qabul qilingan talabnoma toʻgʻrisidagi, shu jumladan tovarning xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bir ish kuni ichida axborot tizimiga barcha foydalanishi mumkin boʻlgan koʻrinishda joylashtiradi:
talabnoma alohida hollarda bir shaxs tomonidan topshirilganda tegishli geografik obyektda joylashgan va ushbu obyektning nomidan oʻzi ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun foydalanayotgan boshqa talabgorlarning mavjud emasligini yoki ular talabnomani berishda ishtirok etish istagini bildirmaganligini tekshirish;
talabnomaning nohalol tarzda berilganligini tekshirish.
33. Talabnoma haqidagi maʼlumotlar axborot tizimiga joylashtirilgandan soʻng ekspertiza qarori qabul qilingunga qadar manfaatdor shaxslar vakolatli organga mazkur Reglamentning 32-bandiga asosan talabnomalar boʻyicha yozma eʼtirozlarini taqdim etishlari mumkin. Vakolatli organ yozma eʼtirozlarni Markazga joʻnatadi.
Manfaatdor shaxsga yozma eʼtiroz koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida hamda talabnoma beruvchiga ushbu yozma eʼtirozlar kelib tushganligi toʻgʻrisida Markaz tomonidan besh ish kuni ichida maʼlum qilinadi.
Yozma eʼtirozda keltirilgan vajlarga belgining ekspertizasi davomida tegishli baho beriladi va yakunlari boʻyicha eʼtiroz bergan shaxsga ekspertiza qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida javob beriladi.
4-bob. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish
34. Talabnoma berilgandan keyin yuboriladigan materialda talabnoma raqami koʻrsatilishi shart. Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmasdan qaytarib yuboriladi.
35. Talabnoma beruvchi talabnoma davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi davrida talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar oʻz tashabbusi bilan talabnoma materiallariga quyidagi oʻzgartirishlarni kiritishi mumkin:
talabnoma beruvchining nomini (ismini) yoki uning vakilini oʻzgartirishi;
talabnoma beruvchining yoki uning vakilining manzilini, yozishmalar olib boriladigan manzilni oʻzgartirishi;
xatolarni tuzatishi.
36. Talabnoma beruvchining nomi (ismi) va manziliga oʻzgartirishlar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Reglamentning 3-ilovasiga muvofiq ariza topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
37. Talabnoma materiallariga mazkur Reglamentning 36-bandida nazarda tutilgan oʻzgartirishlardan boshqa tuzatish, aniqlik va toʻldirishlar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Reglamentning 4-ilovasiga muvofiq ariza topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
38. Mazkur Reglamentning 3 va 4-ilovalariga muvofiq topshirilgan arizalar vakolatli organga kelib tushganligi va uni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
39. Talabnoma materiallariga tuzatish, aniqlik va toʻldirishlar kiritish uchun patent boji toʻlanadi. Patent boji toʻlanmaganda yoki toʻlangan patent bojining miqdori belgilangan miqdordan kam boʻlganda materiallar koʻrib chiqishga qabul qilinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
40. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar mazkur Reglamentning 65 va 66-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
41. Talabnoma bilan bogʻliq savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish, qoida tariqasida, ekspertiza tomonidan talabnoma topshirilgan belgi, u bilan belgilanishi moʻljallangan tovar, tovarning sifati, nom qozonishi yoki boshqa xususiyatlari koʻp jihatdan uning geografik kelib chiqishiga bogʻliqligi boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar olish zarurati paydo boʻlganda va belgining roʻyxatdan oʻtkazish shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish tomonlar savollar bilan tanishib chiqqandan soʻng Markaz taklifiga yoki talabnoma beruvchining iltimosiga binoan oʻtkaziladi. Ekspertizaning savollari qoʻshimcha ravishda uchrashuvning maqsadga muvofiqligi xabar qilingan ekspertiza soʻrovnomasida, talabnoma beruvchining savollari esa bunday koʻrib chiqishni oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon etiladi.
Ekspertiza soʻrovnomasi yuborilganda, talabnoma beruvchi savollarni koʻrib chiqishda qatnashish niyatidan qatʼi nazar, soʻrovnomaga Qonunda belgilangan muddatda javob berishi kerak.
42. Talabnoma bilan bogʻliq savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi.
43. Talabnoma beruvchi ishtirokida savollarni koʻrib chiqish muzokaralar yoʻli bilan yoki ekspert kengashida amalga oshiriladi.
Savollar bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin boʻlganda ular oʻrtasida muzokaralar olib boriladi. Muzokaralar Markazning tegishli tarkibiy boʻlinmasi rahbari yoki Markaz rahbari tayinlagan boshqa masʼul xodim ishtirokida oʻtkaziladi.
Savollarni hal qilish uchun mutaxassislar ishtiroki talab qilinganda ekspert kengashi oʻtkaziladi.
Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari boʻyicha ikki nusxada belgilangan shakldagi bayonnoma tuziladi va unda qatnashchilar, tomonlar keltirgan dalil va takliflar haqidagi maʼlumotlar hamda keyingi ish yuritish haqida xulosalar keltiriladi.
Savollarni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning barchasi bayonnomani imzolaydi. Bayonnomaning bir nusxasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi talabnoma beruvchiga topshiriladi.
44. Muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha bir xulosaga kelinmaganda koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning alohida fikrlari bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma nusxasining talabnoma beruvchiga topshirilishi ish yuritish toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomaning (talabnoma chaqirib olinganda) yoki ekspertiza soʻrovnomasining oʻrnini bosishi mumkin (javob berishning belgilangan muddati buzilmaganda) va bu holat bayonnomada tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
45. Talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza talabnomani koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, lekin geografik koʻrsatkichni va (yoki) geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish sanasiga qadar topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza inobatga olinganligi haqida xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
46. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha huquqiy ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi. Boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazishda chaqirib olingan talabnoma eʼtiborga olinmaydi.
5-bob. Talabnomani koʻrib chiqish
47. Talabnomaga axborot tizimida avtomatik ravishda ikkita harfli va sakkiz xonali roʻyxat raqami beriladi, bunda harflar (GK) sanoat mulki obyekti — geografik koʻrsatkichni, talabnoma raqamidagi dastlabki toʻrtta son — talabnoma berilgan yilni, keyingi toʻrtta son — shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi.
48. Roʻyxatga olingan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.
49. Talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish rasmiy ekspertizadan oʻtkazish hamda talabnomada koʻrsatilgan belgini ekspertizadan oʻtkazishdan iborat boʻlib, Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
50. Rasmiy ekspertizaning vazifasi talabnoma materiallari tarkibi, zarur hujjatlar mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
Rasmiy ekspertiza natijalari boʻyicha talabnoma beruvchiga Markazning talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilishni rad etish haqidagi qarori yuboriladi.
51. Rasmiy ekspertiza talabnoma axborot tizimida qabul qilingan sanadan boshlab oʻn besh kun ichida oʻtkaziladi.
52. Rasmiy ekspertiza jarayonida zarur hujjatlarning mavjudligini, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish quyidagi hujjatlar va maʼlumotlarga nisbatan oʻtkaziladi:
ariza;
talabnoma beruvchining toʻliq nomi (ismi) va manzili koʻrsatilganligi;
vakilning toʻliq nomi yoki (ismi) (vakil mavjud boʻlganda);
roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan belgi;
roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovar turi;
tovar ishlab chiqarilayotgan joy geografik obyekt chegarasida koʻrsatilganligi;
tovar xususiyatlarining tavsifi;
patent bojining toʻlanganligi;
ishonchnoma (vakil mavjud boʻlganda);
talabnomada bayon etilgan qoidalarga va tovarning aniq xususiyatlariga rioya etilganligini tasdiqlovchi vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriyaning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
talabnoma beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar ishlab chiqarayotgan shaxs boʻlganda talabnoma beruvchining qayd etilgan geografik obyektda joylashganligini va sifati, nom qozonishi yoki boshqa xususiyatlari koʻp jihatdan mazkur geografik obyekt bilan bogʻliq tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
talabnoma beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tovar ishlab chiqarayotgan shaxs boʻlganda geografik obyekt joylashgan mamlakatda talabnomada ifodalangan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimasi.
53. Talabnoma berilgan sana u vakolatli organga kelib tushgan sana boʻyicha belgilanadi.
54. Rasmiy ekspertiza oʻtkazish jarayonida talabnoma materiallari mazkur Reglamentda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga ekspertiza soʻrovnomasi yuboriladi va soʻrovnomada aniqlangan kamchiliklar koʻrsatiladi.
55. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emasligi haqidagi xulosaga kelinganda talabnoma berilgan sanani belgilash va talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi rasmiy ekspertizaning qarori qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
56. Rasmiy ekspertiza tomonidan talabnoma materiallarining Qonun va mazkur Reglament qoidalariga zid ekanligining aniqlanishi talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga asos boʻladi.
57. Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish yoki talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda tegishli qarorni qabul qilish asoslari keltiriladi.
58. Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi koʻrib chiqishga qabul qilingan talabnoma boʻyicha rasmiy ekspertiza tugagandan soʻng bir oy ichida amalga oshiriladi.
59. Qonunning 15-moddasiga asosan talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi chogʻida talabnomada ifodalangan belgining Qonunning 4, 5, 7 va 11-moddalari qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
60. Talabnomada ifodalangan belgining geografik koʻrsatkichga nisbatan belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlashda quyidagilar tekshiriladi:
tovar ishlab chiqariladigan joy geografik obyekt chegarasida joylashganligi;
tovar xususiyatlarining u ishlab chiqarilgan joyga bogʻliq ekanligi;
talabnomada ifodalangan belgining talabnoma topshirilgan vaqtga kelib tovarning haqiqatdan ham ishlab chiqarilgan joyi va xususiyatlarini koʻrsatuvchi belgiga aylanganligi;
talabnomada ifodalangan belgi geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi berilishi soʻralayotgan tovarning turi va xususiyatlari tavsifi Reyestrdagi maʼlumotlarga muvofiqligi;
tovar xususiyatlarining tavsifi vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasiga muvofiqligi.
61. Vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasining mazmuni tekshirilayotganda quyidagilar aniqlanadi:
talabnomada nazarda tutilgan tovar geografik obyektda ishlab chiqarilayotganligi;
tovarning geografik jihatdan kelib chiqishiga, mazkur geografik obyekt uchun xos boʻlgan tabiiy sharoitlarga va (yoki) inson omillariga sezilarli darajada bogʻliq boʻlgan tovar xususiyatlarining tavsifi, shu jumladan tovarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan boshlangʻich materialning tavsifi, tovarning fizik, kimyoviy, mikrobiologik, organoleptik yoki badiiy xususiyatlarining mavjudligi;
roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilganda talabnomada koʻrsatilgan tovarning xususiyatlari tavsifi Reyestrdagi maʼlumotlarga muvofiqligi.
62. Talabnomada ifodalangan belgining geografik koʻrsatkichlar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan belgilar toifasiga kirmasligini aniqlashda quyidagilar tekshiriladi:
talabnomada ifodalangan belgi tovar qaysi geografik obyekt chegarasida dastlab ishlab chiqarilgan yoki fuqarolik muomalasiga kiritilgan va ishlab chiqarilish joyi bilan bogʻliq boʻlmagan muayyan turdagi tovarning belgisi sifatida Oʻzbekiston Respublikasida umumiy isteʼmolga kiritilgan belgi emasligi;
ayni bir turdagi tovarga nisbatan geografik koʻrsatkich yoki tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan belgi emasligi;
nisbatan ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan tovar belgisi yoki xizmat koʻrsatish belgisi bilan bir xil yoxud unga aynan oʻxshash boʻlgan belgi emasligi, agar bunday geografik koʻrsatkichdan foydalanish tovar yoki uni tayyorlovchi xususida isteʼmolchini chalgʻitsa;
talabnomada ifodalangan belgi oʻsimlik navining yoki hayvon zotining nomini ifodalovchi belgi emasligi, agar bunday geografik koʻrsatkichdan foydalanish tovar xususida isteʼmolchini chalgʻitsa;
tovar yoki uni tayyorlovchi xususida isteʼmolchini chalgʻitadigan belgi emasligi.
63. Ekspertiza davomida talabnoma beruvchiga belgining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalari boʻyicha ekspertiza soʻrovnomasi yuborilishi mumkin.
64. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagi holatlar asos boʻlishi mumkin:
talabnoma topshirilgan belgini aniqlash zarurati;
mazkur Reglamentning 8 va 10-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish zarurati;
tovar turini aniqlash zarurati;
tovar ishlab chiqarilayotgan joyni aniqlash zarurati;
tovarning xususiyatlari tavsifini aniqlash zarurati;
talabnomada bayon etilgan qoidalarga va tovarning aniq xususiyatlariga rioya etilganligini tasdiqlovchi vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasiga aniqlik kiritish zarurati.
65. Talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning soʻrovnomasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusiga koʻra qoʻshimcha materiallar taqdim etilganda ular koʻrib chiqishga qabul qilinadi va talabnoma mohiyatini oʻzgartirmasligi tekshiriladi.
Qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etiladi, agar ularda:
vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasida nazarda tutilgan xususiyatlardan farq qiladigan xususiyatlar koʻrsatilgan boʻlsa;
geografik koʻrsatkich uchun moʻljallanmagan tovar koʻrsatilgan boʻlsa;
talabnoma topshirilgan belgi oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan boʻlsa.
66. Qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilganda talabnoma beruvchiga ekspertizaning shunday xulosa chiqarishi uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan qaysi malumotlar asos boʻlganligi xabar qilinadi.
67. Qonunning 9-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi tovar kelib chiqqan joy nomi uchun talabnomani ekspertiza qarori qabul qilingunga qadar geografik koʻrsatkichga doir talabnomaga oʻzgartirishi mumkin.
Tovar kelib chiqqan joy nomi uchun talabnoma geografik koʻrsatkichga doir talabnomaga oʻzgartirish uchun talabnoma beruvchi vakolatli organga iltimosnoma bilan murojaat qiladi. Bunda talabnomani tovar kelib chiqqan joy nomi uchun talabnoma sifatida koʻrib chiqish toʻxtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Tovar kelib chiqqan joy nomi uchun talabnoma geografik koʻrsatkichga doir talabnomaga oʻzgartirilganda keyingi ish yuritish mazkur Reglamentda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
68. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emasligi haqidagi xulosaga kelinganda geografik koʻrsatkichni va (yoki) geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ekspertizaning qarori qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
69. Ekspertiza tomonidan talabnoma materiallari Qonun va mazkur Reglament talablariga zid ekanligining aniqlanishi geografik koʻrsatkichni va (yoki) geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishga asos boʻladi.
70. Geografik koʻrsatkichni va (yoki) geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish yoxud uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda tegishli qarorni qabul qilish asoslari keltiriladi.
71. Belgilangan patent boji toʻlanganda vakolatli organ geografik koʻrsatkichni va (yoki) geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini mazkur Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Geografik koʻrsatkichlar davlat Reyestrida uch ish kuni ichida roʻyxatdan oʻtkazadi. Roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va uning ilovasi yuboriladi, mazkur Reglamentning 72-bandida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
Geografik koʻrsatkich va (yoki) geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan oʻzining rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra guvohnoma va uning ilovasi pochta aloqasi orqali koʻrsatilgan manzilga yuborilishi mumkin.
72. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining talabnomasiga koʻra geografik koʻrsatkich roʻyxatdan oʻtkazilganda unga roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida xabarnoma va Reyestrdan koʻchirma yuboriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
73. Qonunning 13-moddasiga muvofiq ekspertiza soʻrovnomasiga talabnoma beruvchi tomonidan javob uch oy ichida taqdim etiladi. Ushbu muddat ichida soʻralgan materiallarni taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra javob berish olti oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilganda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Mazkur bandda nazarda tutilgan shartlarga rioya etilganda muddat uzaytiriladi va bu haqida xabarnoma yuboriladi.
74. Talabnoma beruvchiga davlat ekspertizasi soʻrovnomasi yuborilganda tegishli ekspertiza muddati toʻxtatib turiladi.
75. Davlat ekspertizasi soʻrovnomasiga belgilangan muddatda javob kelib tushmaganda yoki toʻliq javob berilmaganda yoxud javobni topshirish muddatini uzaytirish haqida iltimosnoma taqdim etilmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanib, talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
76. Davlat ekspertizasining soʻrovnomasiga javob xatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatlari talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Iltimosnoma uzrli sabablar keltirilgan holda talabnoma chaqirib olingan sanadan boshlab ikki oy ichida topshiriladi. Uzrli sabablarning mavjudligi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Iltimosnoma bilan birgalikda ekspertiza soʻrovnomasiga toʻliq javob xati yoki mazkur materiallarni yuborish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnoma taqdim etiladi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Mazkur bandning shartlariga rioya etilganda talabnoma ish jarayoniga tiklanadi va bu haqida uch ish kuni ichida xabarnoma yuboriladi.
77. Talabnoma beruvchi talabnomaga aloqador ish yuritish bilan axborot tizimi orqali tanishishi mumkin.
78. Soʻrovnoma, xabarnoma, davlat ekspertizasi qarorlari va geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma QR-kod (matrik shtrixli kodli) qoʻyish orqali tasdiqlanib yuboriladi.
79. Mazkur Reglamentning 8-bandi sakkizinchi xatboshisi, 11-bandi uchinchi xatboshisi, 20-bandi birinchi xatboshisi, 52-bandi oʻn birinchi xatboshisi, 60-bandi oltinchi xatboshisi, 61-bandi, 64-bandi yettinchi xatboshisi va 65-bandi uchinchi xatboshisining vakolatli inspeksiya organi va laboratoriyaga doir qoidalari qishloq xoʻjaligi va alkogol mahsulotlari, mineral suvlar hamda yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
80. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi oʻz vakolatlari doirasida roʻyxatdan oʻtkaziladigan geografik koʻrsatkich bilan belgilanishi moʻljallangan qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va alkogol mahsulotlari hamda mineral suvlarning xususiyatlarini aniqlashda manfaatdor tadbirkorlik subyektlariga vakolatli inspeksiya organlari va laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyishda, shu jumladan faoliyat yuritib kelayotgan akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) negizida doimiy amaliy yordam koʻrsatadi.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
81. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
Geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Geografik koʻrsatkichlarni va (yoki) geografik koʻrsatkichlardan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabnoma beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning axborot tizimi yoki YIDXP orqali yoxud pochta aloqasi boʻyicha talabnoma beradi

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Talabnoma beruvchi

Talabnoma berish uchun patent boji toʻlovini amalga oshiradi

3 oy ichida

3-bosqich

Adliya vazirligi

(vakolatli organ)

1. Talabnomani qabul qilib, uning raqami, sanasi va vakolatli organning axborot tizimida talabnoma boʻyicha keyingi xizmatlardan foydalanish uchun kuzatuv kodi koʻrsatilgan xabarnomani talabnoma beruvchiga yuboradi.

1. Patent boji toʻlanganidan soʻng avtomatik tarzda yoki pochta aloqasi orqali

2. Talabnoma haqidagi maʼlumotlarni oʻz axborot tizimiga barcha koʻrishi mumkin boʻlgan tarzda joylashtiradi.

2. Talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab 1 ish kuni ichida

4-bosqich

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

Talabnomaning rasmiy ekspertizasini amalga oshiradi.

Rasmiy ekspertiza natijasi boʻyicha talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi rasmiy ekspertiza qarorini talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab 15 kun ichida

5-bosqich

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

Talabnomaning ekspertizasini amalga oshiradi.

Ekspertiza natijasi boʻyicha geografik koʻrsatkichni roʻyxatdan oʻtkazish yoki undan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi va talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab 1 oy ichida

6-bosqich

Talabnoma beruvchi

Geografik koʻrsatkichni va (yoki) geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish, muhofaza hujjatini berish, eʼlon qilish va muhofaza hujjatining amal qilish muddati uchun patent bojini toʻlash.

Roʻyxatdan oʻtkazish qarori joʻnatilgan sanadan boshlab 3 oy ichida

7-bosqich

Vakolatli organ

Geografik koʻrsatkichni va (yoki) geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini Reyestrda roʻyxatdan oʻtkazadi va muhofaza hujjatini beradi.

Roʻyxatdan oʻtkazish — patent boji toʻlangan sanadan boshlab 3 ish kuni ichida. Muhofaza hujjatini berish — roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab 3 ish kuni ichida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Geografik koʻrsatkichni va (yoki) geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun
ARIZA SHAKLI

(220) Talabnomaning kelib tushgan sanasi:

______________________________

(210) Talabnomaning qayd raqami:

______________________________

(Vakolatli organ tomonidan toʻldiriladi)

(750) Yozishmalar uchun manzil

(xat oluvchining toʻliq pochta manzili, nomi yoki F.I.O.):

________________________________________

________________________________________

________________________________________

Telefon: ______________________________

Geografik koʻrsatkichni va (yoki) geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun

ARIZA

□ geografik koʻrsatkich va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish;

□ geografik koʻrsatkichni roʻyxatdan oʻtkazish;

□ avval roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini

roʻyxatdan oʻtkazish

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(pochta manzili)

Tel: _________________

E-mail: _______________

(731) Talabnoma beruvchi:

_______________________________________________

_______________________________________________

_________________________________________________

(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha toʻliq nomlari, joylashgan yeri yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash manzillari koʻrsatiladi)

□ talabnoma beruvchi bitta shaxs boʻlganda

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

________________________

________________________

________________________

BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi

(agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

________________________

________________________

________________________

Foydalanish huquqini oluvchilar:

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha toʻliq nomlari, yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. koʻrsatiladi)

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha joylashgan yeri yoki jismoniy shaxslar uchun yashash manzillari koʻrsatiladi)

(740) Vakil (F.I.O. yoki toʻliq nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, yashash manzili yoki joylashgan yeri) ____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

Telefon: ____________________

(540) Talabnoma topshirilayotgan belgi:

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

(bosh harflar bilan yoziladi)

(511) Tovar turi:

____________________________________________________________________________

(510) Tovar xususiyatlarining tavsifi:

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

Tovar ishlab chiqariladigan joy (geografik obyekt chegarasida koʻrsatiladi):

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

Ilova qilingan hujjatlar roʻyxati:

Varaqlar soni

□ vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasi;

□ Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tovarlar ishlab chiqarayotgan shaxs boʻlsa, geografik obyekt joylashgan mamlakatda talabnomada bayon etilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;

□ talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning tarjimalari;

□ vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma;

□ belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (talabnoma pochta aloqasi orqali berilganda);

□ boshqa hujjat (koʻrsatilsin).

Imzo:

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

(talabnoma beruvchi yoki vakilining imzosi)

Izoh. Kerakli “□” katakcha “X” belgisi bilan belgilanadi.
Geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Talabnoma beruvchining nomi (F.I.O) va manziliga oʻzgartirishlar kiritish haqida
ARIZA SHAKLI

Kelib tushgan sanasi

____________________________

Talabnomaning qayd raqami

__________________________

(Vakolatli organ tomonidan toʻldiriladi)

Talabnoma beruvchining nomi (ismi) va
manziliga oʻzgartirishlar kiritish haqida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi

(pochta manzili)

Tel: _________________

E-mail: _______________

Mazkur arizani taqdim etib, talabnoma materiallarida talabnoma beruvchining nomi (F.I.O) va manziliga oʻzgartirishlar kiritishingizni soʻrayman

Talabnomaning qayd raqami

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Talabnoma beruvchi:

____________________________________________________________________________

Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, pochta manzili):

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining pochta manzili, nomi yoki F.I.O.):

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

Telefon: ___________________

Oʻzgartirishlar:

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

Oʻzgartirish kerak boʻlgan maʼlumotlar:

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

Oʻzgartirilgan maʼlumotlar:

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

□ alohida varaqdagi ilovaga qarang

Arizaga ilovalar:

Betlar soni:

□ davom ettirish uchun varaqlar;

□ belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligi haqida hujjat
(ariza pochta aloqasi orqali berilganda);

□ boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin).

Imzo:

____________________________________________________________________________

(talabnoma beruvchi yoki vakilining imzosi)

Izoh. Kerakli “□” katakcha “X” belgisi bilan belgilanadi.
Geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Talabnoma materiallariga tuzatish, aniqlik, toʻldirishlar kiritish haqida
ARIZA

Kelib tushgan sanasi

______________________

Qayd raqami

___________________

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Talabnoma materiallariga tuzatish,

aniqlik, toʻldirishlar kiritish haqida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
(pochta manzili)

Tel:_________________

E-mail: _______________

Mazkur arizani taqdim etib, talabnoma materiallariga quyidagi tuzatish, aniqlik, toʻldirishlar kiritishingizni soʻrayman.

Talabnomaning qayd raqami

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Talabnoma beruvchi:

______________________________________________________________________________

Vakil (F.I.Sh. yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, yashash joyi yoki joylashgan yeri manzili):

______________________________________________________________________________

Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, nomi yoki F.I.Sh.):

______________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________

Telefon: ________________________

Tuzatish, aniqlik, toʻldirishlar:

______________________________________________________________________________

Tuzatish, aniqlik, toʻldirishlar kiritilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar:

______________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________

Tuzatish, aniqlik, toʻldirishlar kiritilgan maʼlumotlar:

______________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________

□ alohida varaqdagi ilovaga qarang

Arizaga ilovalar:

Betlar soni

□ davom ettirish uchun varaqlar;

□ boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

Imzo:

______________________________________________________________________________

(talabnoma beruvchi yoki vakilining imzosi)

Izoh. Kerakli “□” katakcha “X” belgisi bilan belgilanadi.
Geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Geografik koʻrsatkich
DAVLAT REYESTRI

(111)

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami

(151)

Roʻyxatdan oʻtkazish sanasi

(181)

Roʻyxatdan oʻtkazilgan belgining amal qilish muddatining tugashi

(210)

Talabnomaning qayd raqami

(220)

Talabnoma kelib tushgan sana

(400)

Eʼlon qilingan sana va rasmiy axborotnoma raqami

(731)

Talabnoma beruvchi

(732)

Geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi egasining toʻliq nomi (ismi), mamlakat kodi va manzili

(740)

Vakil

(750)

Yozishmalar uchun manzil

(511)

Tovar turi

(510)

Tovar xususiyatlarining tavsifi

Izoh. Mazkur reyestrda ishlatilayotgan kodlar Butunjahon intellektual mulk tashkilotining standartlari asosida belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibida:
birinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga” soʻzlari “Adliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 131-bandning beshinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Adliya vazirligi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi ikkinchi xatboshidagi “20 kungacha” soʻzlari “15 kungacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarorining muqaddimasidagi “hamda “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi” soʻzlari “ Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida” hamda “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatida:
a) “Davlat axborot resurslari nomi” ustuni quyidagi mazmundagi 37 — 319-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

37.

Ixtirolar davlat reyestri

38.

Foydali modellar davlat reyestri

39.

Sanoat namunalari davlat reyestri

310.

Oʻsimliklar navlari davlat reyestri

311.

Hayvonlarning zotlari davlat reyestri

312.

Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari davlat reyestri

313.

Tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari davlat reyestri

314.

Dasturiy mahsulotlar davlat reyestri

315.

Maʼlumotlar bazasi davlat reyestri

316.

Integral mikrosxemalar topologiyalari davlat reyestri

317.

Patent vakillari davlat reyestri

318.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomalari va huquqlarni berish toʻgʻrisida shartnomalar maʼlumotlar banki

319.

Geografik koʻrsatkichlar davlat reyestri

b) 5 — 16-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Madrid Bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishda undiriladigan yakka tartibdagi bojlarning stavkalarini belgilash toʻgʻrisida” 2006-yil 21-dekabrdagi 263-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan yakka tartibdagi boj mablagʻlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
78 foizi — Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga;
2 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
20 foizi — Adliya vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat obyektlarini va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashganlik uchun aʼzolik badallarini toʻlashda ulardan foydalanish uchun (kamida 50 foizi), shuningdek xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamgʻarmasida qoldiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi 630-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi “b” kichik bandidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-martdagi 244-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 69-modda):
a) 5-bandning birinchi xatboshisi va 8-banddan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning 27-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 255-son qarorida:
a) 7-bandning birinchi xatboshisi va 10-banddan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
11-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga” soʻzlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorining 7 va 10-bandlaridan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida” 2018-yil 10-maydagi 348-son qarorida:
a) 2-banddan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga” soʻzlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29 va 30-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 379-son qarori bilan tasdiqlangan Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali faqat qarzdorlik tekshirilgandan keyin sodir etiladigan yirik bitimlar va koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati 7 — 9, 16 va 17 — 20-pozitsiyalarining “Bitimlarni amalga oshiruvchi yoki xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar” ustunidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomalariga ega boʻlgan fuqarolarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qarori bilan tasdiqlangan Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, jamiyatdagi oʻrnini yanada oshirish hamda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining 10-pozitsiya “Chora-tadbirlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy markazlari” soʻzlari “davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatining “Toshkent shahar” boʻlimi 74-pozitsiyasi “Obyekt toʻliq nomi” va “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq” ustunlaridagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9 oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-band “xizmat koʻrsatish belgilari” soʻzlaridan keyin “geografik koʻrsatkichlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“a” kichik bandning beshinchi xatboshisi “xizmat koʻrsatish belgilari” soʻzlaridan keyin “geografik koʻrsatkichlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“b” kichik bandning oltinchi xatboshisi “xizmat koʻrsatish belgisi” soʻzlaridan keyin “geografik koʻrsatkichdan va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“v” kichik bandning uchinchi xatboshisi “xizmat koʻrsatish belgilariga” soʻzlaridan keyin “geografik koʻrsatkichlardan va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“g” kichik banddagi “tovar kelib chiqqan joy nomi” soʻzlari “geografik koʻrsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Geografik koʻrsatkichni va tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Apellyatsiya kengashi ayni paytda ushbu roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan geografik koʻrsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga berilgan guvohnomalarning amal qilishini muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”.
21. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga” soʻzlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 25-martdagi 182-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “agentligi hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “markazlari” soʻzi bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 28-maydagi 338-son qarorining 5-bandi birinchi xatboshisi va 6-bandidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qarorida:
a) 4-bandning “g” kichik bandidan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari —” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-banddagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
26. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan xorijdan kelib tushgan arxiv hujjatlari boʻyicha soʻrovlar ijrosini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga” soʻzlari “Adliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 794-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan maʼlumotlar almashishni yoʻlga qoʻyadigan tashkilotlar roʻyxatining 3-pozitsiya “Maʼlumotni taqdim qiluvchi idoralar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-yanvardagi 16-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 64-bandi “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga” soʻzlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisida nizomning 49-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi vakolatiga kiruvchi masalalarda” soʻzlari “oʻz vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berishning maʼmuriy reglamentining 23-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, tuman (shahar)” soʻzlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va” soʻzlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish meʼyorlarining izoh qismidagi “Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining” soʻzlari “Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 465-son qarorida 6-bandidan va 1-ilovaning 25-bandidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy ovqatlanish tashkilotlari mavsumiy kafelarining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamenti 14-bandi “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga” soʻzlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandi toʻqqizinchi xatboshisidan “faoliyatini muvofiqlashtirish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son qarorining 6-bandi birinchi xatboshisidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 492-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/492/0797-son)
38. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilinadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar roʻyxatining 2-bandidan “va uning huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
39. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarorida:
a) 10-banddan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
10-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga” soʻzlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmasi” soʻzlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 43-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalariga” soʻzlari “qonunchilikka muvofiq tegishli chora koʻradi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning 10-bandi va 5-ilovaning 12-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarorining 5-bandi birinchi xatboshisidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
41. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomda:
a) 14-bandning toʻrtinchi xatboshisi va 29-bandning beshinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga” soʻzlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 81-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
42. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona nizomda:
a) 14-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi va 29-bandning beshinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga” soʻzlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 80-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
43. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisida yagona nizomda:
a) 14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi “Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga” soʻzlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 67-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
45. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentining 17-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
46. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 197-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xarita”sining 5-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son, 05.09.2022-y., 09/22/492/0797-son; 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son; 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)