toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ayrim toifadagi oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb etish orqali ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga koʻmaklashish, kasb-hunar oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ayrim toifadagi oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ayrim toifadagi oʻquvchilarni (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar) qoʻshimcha taʼlimga (keyingi oʻrinlarda — toʻgaraklar) jalb qilish boʻyicha elektron axborot tizimini yuritish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
toʻgaraklarni tashkil etishda xususiy sektorning ishtiroki va ularga qoʻyiladigan talablar;
oʻquvchilar uchun toʻgarak xarajatlarining bir qismini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berish tartibi;
oʻquvchilarning toʻgaraklardagi ishtirokini monitoring qilib borish tartibi.
2. Belgilansinki:
oʻquvchilarning toʻgaraklarga jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 80 foizi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
bir oilada turli maktabda taʼlim oladigan farzandlar mavjud boʻlganda, ularning har biri oʻz qiziqishi boʻyicha toʻgaraklarda ishtirok etadi.
3. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb qilish va ularning xarajatlarini qoplab berish boʻyicha elektron platforma (keyingi oʻrinlarda — platforma) ishlab chiqsin. Bunda:
platformani ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va kelgusida texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi;
platforma tegishli maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash maqsadida 2-ilovaga muvofiq manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadi.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb qilish uchun ularning ota-onalari (qonuniy vakili) hamda toʻgarak xizmatlarini taklif etuvchi tashkilotlar oʻrtasida shartnomalar tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali amalga oshiriladi;
ushbu qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 15-sentabrga qadar YIDXPda koʻrsatiladigan xizmatning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-iyun,
365-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyundagi 365-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ayrim toifadagi oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ayrim toifadagi oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga (kasb-hunar, axborot texnologiyalari, oliy taʼlim tashkilotlariga tayyorlash yoʻnalishidagi) jalb qilish hamda ularni oʻqitish xarajatlarining 80 foizini Davlat budjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ayrim toifadagi oʻquvchilar (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchi) — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan farzandlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
toʻgarak — elektron platformada mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi darslardan tashqari vaqtlarda kasb-hunar, axborot texnologiyalari, xorijiy til, umumtaʼlim fanlari yoʻnalishlaridagi, shu jumladan, 7 — 11 yoshdagi bolalar uchun darsdan keyingi qoʻshimcha taʼlim (uzaytirilgan kun guruhlari uchun) boʻyicha qoʻshimcha taʼlim;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
toʻgarak xizmatlarini taklif etuvchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti) — xorijiy til, axborot texnologiyalari, umumtaʼlim fanlari, shu jumladan, 7 — 11 yoshdagi bolalar uchun darsdan keyingi qoʻshimcha taʼlim (uzaytirilgan kun guruhlari), kasb-hunar yoʻnalishlarida qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi elektron platformada roʻyxatdan oʻtgan davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar oʻrgatuvchi markazlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
elektron platforma — oʻquvchilar uchun toʻgarak xizmatlarini taklif etuvchi tashkilot va ulardagi yoʻnalishlar haqida maʼlumotlar bazasi hamda oʻquvchilarning toʻgaraklarga borishini monitoring qilish va toʻgarak xarajatlarini hisoblashga moʻljallangan axborot tizimi.
3. Oʻquvchilar bir vaqtning oʻzida koʻpi bilan ikkita toʻgarakni tanlashi hamda (taʼtil vaqtlari bilan birga) 9 oydan koʻp boʻlmagan davrda toʻgarakka borishi mumkin.
Bunda oʻquvchiga umumiy oʻrta taʼlimni yakunlagunga qadar ushbu Nizomga muvofiq imtiyozdan ikki martagacha foydalanishlariga ruxsat etiladi.
4. Taʼlim tashkiloti oʻquvchilarning toʻgarak mashgʻulotlarini olib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.
5. Taʼlim tashkiloti toʻgarak vaqtida oʻquvchilarning xavfsizligi, sogʻligʻi, ijtimoiy tengligini taʼminlashga masʼul hisoblanadi.
6. Oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb etish hamda ularni oʻqitish xarajatlarining 80 foizini Davlat budjetidan qoplab berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb etish tartibi ushbu Nizomga 2 — 4-ilovalarda keltirilgan oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb etish pasportlarida aks ettiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan toʻgaraklarning natijadorligini oʻquvchilar erishgan yutuqlar asosida reyting tizimida baholaydi hamda yil yakunida natijalarni elektron platformada eʼlon qilib boradi.
2-bob. Oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb etishning maqsadi va vazifalari
9. Oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb etishning maqsadi — ularning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, qiziqishlariga mos boʻlgan toʻgaraklarga jalb etish orqali shaxsiy rivojlanish koʻnikmalarini shakllantirish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, xorijiy tillarni oʻrganishga jalb etish orqali til bilish koʻnikmalarini shakllantirish, jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishlari uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat.
10. Oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb etishning vazifalari quyidagilardan iborat:
oʻquvchilarga darsdan keyingi boʻsh vaqtlarida oʻzlari qiziqqan toʻgaraklarga borishlariga imkoniyat yaratish;
elektron platforma orqali oʻquvchilar va ularning ota-onalari uchun toʻgaraklarni erkin tanlash imkoniyatini kengaytirish;
toʻgarak xarajatlarini belgilangan miqdorda Davlat budjeti hisobidan qoplab berish.
3-bob. Oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb qilish
11. Oʻquvchilar toʻgaraklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ijtimoiy xodim oʻquvchilarning toʻgaraklarga boʻlgan qiziqishlarini aniqlaydi hamda tegishli xizmatni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning individual rejasiga kiritadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
13. Oʻquvchilarning ota-onalari (qonuniy vakili) (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) hamda taʼlim tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali amalga oshiriladi.
14. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning taʼlim tashkilotlariga tushgan va taʼlim tashkilotlari tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ariza beruvchilarning Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi elektron platforma orqali tekshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
16. Ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan holat tasdiqlanganda, oʻquvchi toʻgaraklarga jalb etiladi.
17. Kelib tushgan arizalarga asosan taʼlim tashkilotlari guruhlarni shakllantirgan kunning oʻzida shartnomani tasdiqlaydi.
Mazkur shartnoma imzolash uchun elektron platforma orqali ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ariza beruvchi uch ish kuni ichida YIDXPdagi shaxsiy kabinetida kelib tushgan shartnomani tasdiqlaydi.
18. Ota-onalar (qonuniy vakil) farzandlarining toʻgaraklarga borishlari uchun shart-sharoit yaratadilar.
19. 7 — 11 yoshdagi oʻquvchilarning toʻgaraklarga jalb etilishi va ularning qatnovini toʻgarak xizmatlarini taklif etuvchi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, 12 — 18 yoshdagi oʻquvchilarning toʻgaraklarga jalb etilishi va ularning qatnovini taʼlim tashkiloti joylashgan mahalladagi yoshlar yetakchisi nazorat qiladi.
20. Toʻgarak xizmatlari 7 — 11 yoshdagi oʻquvchilar uchun faqat davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan taklif etiladi.
21. Taʼlim tashkilotlari tomonidan toʻgarakni muvaffaqiyatli tamomlagan oʻquvchiga tegishli hujjat (sertifikat, maʼlumotnoma) beriladi.
4-bob. Elektron platformadan foydalanish
22. Elektron platforma oʻquvchilar, ularning ota-onalari (qonuniy vakili) va taʼlim tashkilotlarini oʻzaro bogʻlaydi.
23. Elektron platformada oʻquvchilarning ota-onalariga (qonuniy vakili) toʻgaraklarni tanlash va ulardan foydalanish uchun soʻrov yuborish, taʼlim tashkilotlariga toʻgarak xizmatlarini taqdim etish, koʻrsatilgan xizmat uchun toʻgarak toʻlovining maʼlum qismini qabul qilish, davomatni yuritish, Vazirlikka monitoringni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ elektron platformaning uzluksiz ishlashini taʼminlaydi.
25. Taʼlim tashkilotlari elektron platformadan roʻyxatdan oʻtish orqali oʻz xizmatlarini taklif qiladi.
26. Elektron platformadan roʻyxatdan oʻtish uchun taʼlim tashkilotlari quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
pul mablagʻlari qabul qilinadigan bankdagi hisobvaragʻi;
toʻgaraklar nomi, turi hamda toʻlov miqdori va mashgʻulotlarning davomiyligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 22-apreldagi 343-son qaroriga asosan tashkil etilgan toʻgaraklar haqidagi maʼlumotlarni elektron platformaga joylashtirish — umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
Taʼlim tashkilotlarining qoʻshimcha taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi.
(26-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
27. Taʼlim tashkilotida oʻquvchilarning toʻgaraklarda ishtirokining haqiqiy davomati shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi yoki elektron platformaning mobil ilovasi orqali yuritiladi.
Bunda biometrik identifikatsiya qilish jarayoni taʼlim tashkiloti tomonidan ushbu tashkilotning joylashuvi (geolokatsiyasi) hisobga olingan holda har bir toʻgarak mashgʻulotlari kunida bir marotaba amalga oshiriladi.
5-bob. Toʻgarak toʻlovlarini toʻlash
28. Taʼlim tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha bir nafar oʻquvchiga har bir toʻgarak uchun bir oylik toʻlov quyidagi miqdorlardan oshishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
7 — 11 yoshdagi oʻquvchilar uchun darsdan keyingi qoʻshimcha taʼlim (uzaytirilgan kun guruhlari) uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan;
12 — 18 yoshdagi oʻquvchilar uchun umumtaʼlim fanlari, 15 — 18 yoshdagi oʻquvchilar uchun xorijiy til yoʻnalishlaridagi toʻgaraklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan;
15 — 18 yoshdagi oʻquvchilar uchun axborot texnologiyalari, kasb-hunar yoʻnalishlaridagi toʻgaraklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridan.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda toʻgarakka jalb qilingan oʻquvchilarning toʻgarak xarajatlari ushbu oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgandan keyin ham toʻgarak yakunlangunga qadar toʻlab beriladi.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
29. Toʻgarak toʻlovining 80 foizi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi, 20 foizi oʻquvchining ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan toʻlanadi.
30. Toʻgaraklarning oylik toʻlovlari summasi ushbu Nizomning 27-bandida belgilangan oʻquvchilarning haqiqiy davomatidan kelib chiqqan holda elektron platformada avtomatik ravishda hisoblanadi.
Taʼlim tashkiloti rahbari toʻgaraklarga qatnaydigan oʻquvchilar davomatining haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
31. Quyidagi holatlarda taʼlim tashkilotiga toʻgarak toʻlovi qoplab berilmaydi:
ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmaganda;
oʻquvchilarning davomati taʼlim tashkilotining joylashuv manzilidan (geolokatsiyasi) boshqa joyda qayd etilganda;
taʼlim tashkiloti tomonidan oʻquvchilarning maʼlumotlari elektron platformaga kiritilib, uning fotosurati oʻrniga boshqa bolaning fotosurati ushbu axborot tizimiga joylashtirilgani aniqlanganda.
32. Toʻgarak toʻlovi uchun talabnomalar taʼlim tashkilotlari kesimida elektron platformada avtomatik tarzda shakllanadi.
Vazirlik keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar elektron platformada avtomatik tarzda shakllantirilgan toʻgarak toʻlovi uchun talabnomalarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻn ish kuni ichida Davlat budjetidan toʻgarak toʻlovini moliyalashtirish boʻyicha taqdim etilgan talabnomalar asosida zarur mablagʻlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarida ochilgan alohida hisobvaraqlariga qayta taqsimlaydi.
34. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari uch ish kuni ichida tegishli taʼlim tashkilotlarining shaxsiy hisobvaraqlariga toʻgarak toʻlovini belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.
35. Oʻtgan davr uchun toʻlanmagan yoki ortiqcha toʻlangan toʻgarak toʻlovi keyingi oyning toʻgarak toʻlovi uchun talabnomalarni shakllantirishda inobatga olinib, qayta hisob-kitob qilinadi.
Bunda taʼlim tashkilotlarining toʻgarak uchun shartnoma muddatlari tugagan yoki taʼlim tashkiloti xizmat koʻrsatishni toʻxtatgan hollarda, ortiqcha toʻlangan toʻgarak toʻlovi taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda Davlat budjetiga qaytariladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
36. Oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb etishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 14 va 56-moddalari.
37. Oʻquvchilarning toʻgaraklarga jalb etilishiga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
38. Taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻquvchilarni toʻgaraklarga majburan jalb etish taqiqlanadi.
39. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 47, 1975-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ayrim toifadagi oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ayrim toifadagi oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb etish hamda ularni oʻqitish xarajatlarini Davlat budjetidan qoplab berish
SXEMASI

Bosqichlar

 

Ijrochilar

 

Tadbirlar

 

Muddatlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Ayrim toifadagi oʻquvchilarning ota-onalari

(qonuniy vakili)

(keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar)

 

Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali roʻyxatdan oʻtadi va shartnoma tuzish uchun ariza yuboradi.

 

Oʻz xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Toʻgarak xizmatlarini taklif etuvchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti)

 

Shartnomani tasdiqlaydi.

 

Kelib tushgan arizalarga asosan taʼlim tashkilotlari guruhlarni shakllantirgan kunning oʻzida

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Elektron platforma

 

Shartnoma tasdiqlash uchun ariza beruvchilarning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

 

Real vaqt rejimida

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Ariza beruvchilar

 

YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali shartnomani tasdiqlaydi.

 

Uch ish kunida

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Elektron platforma

 

Taʼlim tashkilotlari kesimida toʻgarak toʻlovi uchun talabnomalar shakllantiriladi.

 

Real vaqt rejimida

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

 

Davlat budjetidan toʻgarak toʻlovini moliyalashtirish boʻyicha taqdim etilgan talabnomalar asosida zarur mablagʻlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarida ochilgan alohida hisobvaraqlariga qayta taqsimlaydi.

 

Oʻn ish kunida

 

 

 

 

 

 

 

7-bosqich

 

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari

 

Tegishli taʼlim tashkilotlarning shaxsiy hisobvaraqlariga toʻgarak toʻlovini belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.

 

Uch ish kunida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ayrim toifadagi oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Ayrim toifadagi oʻquvchilarni darsdan keyingi qoʻshimcha taʼlimga (uzaytirilgan kun guruhlari) jalb etish
PASPORTI

1.

Ijtimoiy yordam nomi

Toʻgarak xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur

7 — 11 yoshdagi bolalar uchun darsdan keyingi qoʻshimcha taʼlim (uzaytirilgan kun guruhlari)

3.

Ijtimoiy yordam miqdori

Toʻgarak xarajatlarining 80 foizi

4.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi

7 — 11 yosh

5.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari

Toʻgaraklarga muntazam qatnashish hamda toʻgarakni muvaffaqiyatli yakunlagani toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki sertifikatni olish;

oʻquvchilarning darsdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;

7 — 11 yoshdagi oʻquvchilar uchun darsdan keyingi qoʻshimcha taʼlimda (uzaytirilgan kun guruhlari) faol ishtirokini taʼminlash.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi

9 oydan koʻp boʻlmagan muddatga

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli

Taʼlim tashkilotlariga shartnomaga muvofiq elektron platforma orqali oʻtkaziladi.

Oldingi tahrirga qarang.
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ayrim toifadagi oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
(3-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Ayrim toifadagi oʻquvchilarni umumtaʼlim fanlari boʻyicha toʻgaraklarga jalb etish
PASPORTI

1.

Ijtimoiy yordam nomi

Toʻgarak xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur

12 — 18 yoshdagi bolalar uchun umumtaʼlim fanlari boʻyicha toʻgarak

3.

Ijtimoiy yordam miqdori

Toʻgarak xarajatlarining 80 foizi

4.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi

12 — 18 yosh

5.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari

Toʻgaraklarga muntazam qatnashish hamda toʻgarakni muvaffaqiyatli yakunlagani toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki sertifikatni olish;

oʻquvchilarning darsdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;

12 — 18 yoshdagi oʻquvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha toʻgaraklarda faol ishtirokini taʼminlash.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi

9 oydan koʻp boʻlmagan muddatga

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli

Taʼlim tashkilotlariga shartnomaga muvofiq elektron platforma orqali oʻtkaziladi.

Oldingi tahrirga qarang.
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ayrim toifadagi oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA
(4-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Ayrim toifadagi oʻquvchilarni xorijiy til, axborot texnologiyalari hamda kasb-hunar yoʻnalishidagi toʻgaraklarga jalb etish
PASPORTI

1.

Ijtimoiy yordam nomi

Toʻgarak xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur

15 — 18 yoshdagi bolalar uchun xorijiy til, axborot texnologiyalari hamda kasb-hunar yoʻnalishidagi toʻgarak

3.

Ijtimoiy yordam miqdori

Toʻgarak xarajatlarining 80 foizi

4.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi

15 — 18 yosh

5.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari

Toʻgaraklarga muntazam qatnashish hamda toʻgarakni muvaffaqiyatli yakunlagani toʻgʻrisidagi sertifikatni olish;

oʻquvchilarning darsdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;

15 — 18 yoshdagi oʻquvchilarning xorijiy til, axborot texnologiyalari hamda kasb-hunar yoʻnalishidagi toʻgaraklarda faol ishtirokini taʼminlash.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi

9 oydan koʻp boʻlmagan muddatga

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli

Taʼlim tashkilotlariga shartnomaga muvofiq elektron platforma orqali oʻtkaziladi.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyundagi 365-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ayrim toifadagi oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb qilish va ularning xarajatlarini qoplab berish boʻyicha elektron platformaga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Maʼlumotlar nomi

Taqdim etish uchun masʼul vazirlik va idora nomi

1.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2.

UzASBO

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3.

Shaxsga doir maʼlumotlar

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti

4.

Foydalanuvchiga ilgari taqdim etilgan JSHSHIR (agar mavjud boʻlsa) haqida maʼlumot

5.

Qoʻshimcha taʼlim faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari

Adliya vazirligi

6.

Oʻquvchi taʼlim olayotgan umumiy oʻrta taʼlim (maktab va boshqa) tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (JSHSHIR orqali)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

7.

Yuridik shaxslarning muassislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Soliq qoʻmitasi

8.

Repetitorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻgʻrisidagi maʼlumot

9.

Umumtaʼlim fanlari yoʻnalishida toʻgaraklar tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga oid maʼlumotlar

Izoh. Zaruratga koʻra boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga ham integratsiya qilinishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2025-y., 09/25/365/0509-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)