toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2570-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 21-fevraldagi 4/4-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2570, 2014-yil 4-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 14-son, 160-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais birinchi oʻrinbosari N. SAYDULLAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 2-may
10/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-son qaroriga
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:”.
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
kliring — toʻlov tizimi ishtirokchilarining pulga doir oʻzaro talablari va majburiyatlarini yigʻish, taqqoslash hamda hisobga oʻtkazish jarayoni;”;
beshinchi xatboshi “mablagʻlarni oluvchilar” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek billing tizimi operatorlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
billing tizimi operatori — billing tizimi faoliyat yuritishi uchun javobgar boʻlgan, billing tizimining Kliring tizimi bilan oʻzaro maʼlumot almashinuvini shartnoma (bosh kelishuv) va texnik hujjatlar talablari asosida tashkil qilishga masʼul boʻlgan tashkilot.”;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Mazkur Nizom talablari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Kliring tizimi orqali naqd pulsiz toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.”;
s) 4-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
d) quyidagi mazmundagi 41 — 44-bandlar bilan toʻldirilsin:
“41. Kliring tizimiga ulanish uchun billing tizimi operatori (bundan buyon matnda BTO deb yuritiladi) ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan shakl asosida toʻldirilgan arizani ilova qilgan holda Markaziy bankka murojaat qilishi kerak.
BTO va Markaziy bank oʻrtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida hamda maʼlumot almashinuvi texnik hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
42. BTOning arizasi Markaziy bank tomonidan oʻn bank ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
BTOning arizasini oʻrganish jarayonida Kliring tizimiga ulanishni rad etish asoslari aniqlanmagan taqdirda, ABM BTOning arizasida keltirilgan maʼlumotlar asosida Kliring tizimi orqali toʻlovlarni amalga oshirish uchun ushbu BTOning billing tizimi va Kliring tizimi oʻrtasida qoʻllaniladigan maʼlumotnomalar tavsifi hujjati loyihasini tayyorlaydi va Markaziy bankka taqdim etadi.
Quyidagilar BTOning Kliring tizimiga ulanish haqidagi arizasini rad etish asoslari hisoblanadi:
1) BTOning arizasida nazarda tutilgan toʻlovlarni qabul qilishning qonunchilik hujjatlariga zid ekanligi;
2) BTOning arizasida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida Kliring tizimi bilan maʼlumot almashinuvini taʼminlashning texnik imkoniyati mavjud emasligi;
3) BTOning arizasida nazarda tutilgan toʻlovlarning amalga oshirilishi banklarning likvidligiga jiddiy salbiy taʼsir etishi yoki moliyaviy xavf-xatarlarni yuzaga keltirishi mumkinligi.
BTOning arizasida keltirilgan maʼlumotlarning va BTOning billing tizimi orqali toʻlovlarni amalga oshirishning qonunchilikka muvofiqligi BTO zimmasiga yuklatiladi.
43. BTOning Kliring tizimiga ulanishini rad etish asoslari aniqlanmagan taqdirda, Markaziy bank tomonidan BTOga quyidagi hujjatlar yuboriladi:
1) Kliring tizimi va BTO billing tizimi oʻrtasida maʼlumot almashinuvini amalga oshirish tartibi belgilangan texnik hujjat;
2) Kliring tizimiga BTO billing tizimining ulanishi, ushbu billing tizimi orqali toʻlovlar amalga oshirilishi shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa tashkiliy-huquqiy masalalarni oʻz ichiga oladigan shartnoma (bosh kelishuv) loyihasi;
3) BTOning billing tizimi va Kliring tizimi oʻrtasida qoʻllaniladigan maʼlumotnomalar tavsifi hujjati loyihasi.
44. BTO Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni olganidan keyin oʻzining billing tizimi va Kliring tizimi oʻrtasida aloqani taʼminlashga xizmat qiluvchi maʼlumotlarni Markaziy bankka taqdim etadi.
BTOning billing tizimi ishlashga tayyor boʻlganda, BTO Kliring tizimi bilan maʼlumot almashinuvini boshlash sanasi haqida Markaziy bankni kamida besh bank ish kuni oldin xabardor qiladi.”;
e) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Kliring tizimi ishtirokchilari va BTOlar Kliring tizimi orqali maʼlumot almashinuvi shartlari belgilangan shartnomani qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish orqali tizim ishtirokchiligidan chiqishlari va (yoki) toʻlovlarni oʻtkazish boʻyicha maʼlumot almashinuvini yakunlashlari mumkin.”;
f) 81-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
g) Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi ilova bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Billing tizimi operatoridan Kliring tizimiga ulanish toʻgʻrisida
ARIZA
Billing tizimi operatori haqidagi quyidagi maʼlumotlar asosida Kliring tizimi orqali toʻlovlar amalga oshirilishiga ruxsat berishingizni soʻraymiz:
1. BTOning yuridik rekvizitlari:
a) toʻliq nomi: ________________________
b) qisqartirilgan nomi: ________________________
d) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR): _ _ _-_ _ _-_ _ _
e) joylashgan joyi: ______________________
f) pochta indeksi: ___________
g) elektron pochta manzili (e-xat, *.uz): ___________________
h) telefon raqamlari: __________________________________
2. Mablagʻlar oʻtkaziladigan bank rekvizitlari (ortiqchasi chiqarib tashlanadi):
tijorat bankidagi bank hisobvaragʻi;
yagona gʻazna hisobvaragʻi (budjet tizimi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari).
3. Faoliyat sohasi:
a) koʻrsatiladigan xizmat turi (ortiqchasi chiqarib tashlanadi):
kommunal xizmatlar;
budjet tashkiloti xizmatlari;
telefon aloqasi;
mahsulotlar yetkazib berish;
internet;
televideniye;
bank operatsiyalari;
elektron pullarni sotish;
transport;
davlat xizmatlari;
taʼlim;
nodavlat tashkilotlar xizmatlari;
QR-online toʻlovlari;
jismoniy shaxslar uchun toʻlovlar;
boshqa: _______________________
b) koʻrsatiladigan xizmat haqida izohlar: ________________________
d) hududiy qamrovi (ortiqchasi chiqarib tashlanadi):
butun Respublika boʻylab;
Toshkent shahri va Toshkent viloyati;
boshqa: ___ (hududlar nomi koʻrsatiladi) ___
1) e) abonent soni: ____ ming ta f) oʻrtacha bir oylik toʻlov summasi: ______ mln soʻm
4. Billing tizimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
a) billing tizimining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
b) abonentlar maʼlumotlari yagona bazasining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
d) maʼlumot almashinuvi uchun yagona veb-ilovaning mavjudligi: mavjud / mavjud emas
e) billing tizimi zahira maʼlumotlar bazasining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
f) billing tizimi zaxira serverining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
g) billing tizimining asosiy serverdan zaxira serveriga ulanish imkoniyatining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
h) billing tizimi ilova serverining manzili: ___________________
i) billing tizimi dasturiy taʼminotini yaratgan tashkilot nomi: ______________________
j) dasturiy taʼminotni takomillashtirish imkoniyati: mavjud / mavjud emas
5. Dastur yaratuvchining maʼlumotlari:
F.I.O: _________________________________________________________
elektron manzil: ____________________________
telefon raqamlari: _______________________________
6. Maʼlumot almashinuvi shartlari:
a) toʻlov turlari boʻyicha qisman toʻlovni amalga oshirish imkoniyati bormi?: ha / yoʻq
b) sana boʻyicha toʻlovga nisbatan cheklov bormi?: ha (cheklov shartlarini izohlash kerak) / yoʻq
d) toʻlov summasiga nisbatan cheklov: minimal summa ____ soʻm, maksimal summa ____ soʻm, toʻlov summasiga nisbatan cheklov belgilangan normativ-huquqiy hujjat normasi
e) billing tizimining qisqacha nomlanishi: ______________________
f) ___(billing tizimi nomi)___ billing tizimidagi toʻlov turlari roʻyxati:

Toʻlov turi kodi

Toʻlov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)

01

02

nn

g) billing tizimida abonentni identifikatsiyalash uchun talab etiladigan rekvizitlar roʻyxati, har bir toʻlov turi uchun alohida koʻrsatiladi:
M — rekvizit qiymatini koʻrsatishning majburiyligi (“+” yoki “-”)
R — rekvizit qiymatini billing tizimiga yuboriladigan toʻlovlar roʻyxatida uzatishning talab etilishi (“+” yoki “-”)

01 (toʻlov turi kodi)

01-toʻlov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)

Rekvizit tartib raqami

Rekvizit nomi

Rekvizit belgisi

M

Maʼlumot turi

(konstanta)

Rekvizit uzunligi

Izoh

R

1

FIELD_1

+

C

N

+

2

FIELD_2

-

C

N

-

C

n

FIELD_n

-

C

N

-

nn (toʻlov turi kodi)

nn-toʻlov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)

Rekvizit tartib raqami

Rekvizit nomi

Rekvizit belgisi

M

Maʼlumot turi

(konstanta)

Rekvizit uzunligi

Izoh

R

1

FIELD_1

+

C

N

+

2

FIELD_2

-

C

N

-

C

n

FIELD_n

-

C

N

-

h) abonentni billing tizimida identifikatsiyalashda billing tizimidan qaytariladigan rekvizitlar roʻyxati, har bir toʻlov turi uchun alohida koʻrsatiladi:
M — rekvizit qiymatini koʻrsatishning majburiyligi (“+” yoki “-”)
R — rekvizit qiymatini billing tizimiga yuboriladigan toʻlovlar roʻyxatida uzatishning talab etilishi (“+” yoki “-”)

01 (toʻlov turi kodi)

01-toʻlov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)

Rekvizit tartib raqami

Rekvizit nomi

Rekvizit belgisi

M

Maʼlumot turi

(konstanta)

Rekvizit uzunligi

Izoh

R

1

FIELD_1

+

C

N

+

2

FIELD_2

-

C

N

-

C

n

FIELD_n

-

C

N

-

nn (toʻlov turi kodi)

nn-toʻlov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)

Rekvizit tartib raqami

Rekvizit nomi

Rekvizit belgisi

M

Maʼlumot turi

(konstanta)

Rekvizit uzunligi

Izoh

R

1

FIELD_1

+

C

N

+

2

FIELD_2

-

C

N

-

C

n

FIELD_n

-

C

N

-

i) billing tizimi bilan maʼlumot almashinuvi natijalari roʻyxati:

Kod

Xabar matni

Izoh

0

Muvaffaqiyatli

Konstanta

1

Xatolik haqida xabar

Xatolik turlarini raqamlash 1 dan boshlanib oʻsib borish tartibida davom etishi kerak

2

Xatolik haqida xabar

7. Telekommunikatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
a) billing tizimini aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash imkoniyatining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
b) billing tizimi binosiga yaqin joylashgan avtomatlashtirilgan telekommunikatsiya tarmogʻining raqami: _________
d) billing tizimidan avtomatlashtirilgan telekommunikatsiya tarmogʻigacha optik tolali aloqa liniyasining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
8. Qoʻshimcha maʼlumotlar: ___________________________________________________________”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son)