1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida
Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻlamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:
I. Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.11 Nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash va toʻlash. Boshqa masalalar]
1. 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari miqdorlari 10 foizga oshirilsin. Bunda:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
(a) yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 918 000 soʻm etib;
(b) nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 1 012 000 soʻm etib;
(v) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
(i) 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzandi uchun — 360 000 soʻm, 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzandi uchun — 275 000 soʻm;
(ii) oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha — 165 000 soʻm;
(iii) oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qoʻshimcha — 110 000 soʻm etib;
(g) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 420 000 soʻm etib;
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
(d) fuqarolarga toʻlanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. 2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshirilsin.
II. Bazaviy miqdorlarni belgilash
3. Quyidagilar:
(a) 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 471 000 soʻm etib;
(b) 2025-yil 1-avgustdan boshlab:
(i) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 soʻm;
(ii) bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 soʻm etib belgilansin.
III. Moliyaviy resurslar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
4. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplansin.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
5. Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda toʻlashni taʼminlab, ish haqi miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etilsin.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini taʼminlash uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
8. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 2-iyun,
PF-91-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-iyundagi PF-91-son Farmoniga ILOVA
2025-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga toʻlanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari
1. Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 1 012 000 soʻm.
2. Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 1 012 000 soʻm.
3. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — oyiga 4 462 000 soʻm.
4. Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (918 000 soʻmdan) 1 012 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori — oyiga 1 012 000 soʻm.
5. Zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 820 000 soʻm.
6. Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda — oyiga 820 000 soʻm.
7. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 820 000 soʻm.
8. Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 820 000 soʻm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun — 270 000 soʻmdan qoʻshiladi.
9. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 820 000 soʻm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2025-y., 06/25/91/0489-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)