Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778, 2008-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 78-modda; 2015-y., 3-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Mazkur Nizom umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini (bundan buyon matnda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) oʻtkazish jarayonini tartibga soladi.”.
2.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati, shakli va muddatlari har oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda, ushbu roʻyxatga taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan maktablar uchun davlat tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida 11-sinf bitiruvchilari majburiy hamda tanlov fanlari boʻyicha yakuniy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Bunda, tanlov fanlari roʻyxatidan bitiruvchi oliy taʼlim tashkilotiga kirish imtihonidagi oʻzi tanlagan yoʻnalishga mos fanlarni tanlashi mumkin.”.
“7. Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy attestatsiya materiallari (yozma ish yoki insho mavzulari, matematika boʻyicha topshiriqlar, ogʻzaki imtihon biletlari, test topshiriqlari) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tayyorlanib, ekspertizadan oʻtkazilib, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qoshidagi Respublika taʼlim markazi tomonidan tasdiqlanadi.”.
1)
birinchi xatboshidagi “keyingi oʻrinlarda” degan soʻzlar “bundan buyon matnda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Yakuniy attestatsiyada kuzatuv kengashi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishlari mumkin.”.
5.
11-banddan “Ushbu jarayonda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari ishtirok etishlari mumkin.” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6.
17-banddagi “bayon”, “Bayon” degan soʻz tegishli ravishda “yozma ish”, “Yozma ish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 18-bandning
birinchi xatboshisidagi “bayon” degan soʻz tegishli ravishda “yozma ish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1)
birinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi” degan soʻzlar “maktabgacha va maktab taʼlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xorijiy tillar hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchi yakuniy attestatsiya topshiriladigan fandan ozod etiladi. Bunda, xorijiy tillar hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”.
12. 38-bandning
birinchi xatboshisidagi “xalq taʼlimi” degan soʻzlar “maktabgacha va maktab taʼlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 39-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Xalq taʼlimi vazirligi” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.