1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 17-oktabrdagi PF-162-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 17-oktabrdagi PF-162-son Farmoniga muvofiq:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatilganligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilganligi;
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi negizida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Migratsiya jamgʻarmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari xodimlarining lavozim maoshlari miqdori 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan hamda mehnat migratsiyasida boʻlgan fuqarolarga subsidiya, kompensatsiya va kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili fani oʻqituvchilarining reytingini aniqlash va subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Migratsiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.13.00 Diplomatik va konsullik huquqi boʻyicha boshqa masalalar]
3. Belgilansinki, Agentlik vakolatxonalari mavjud boʻlmagan xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali moliyalashtiriladi.
4. Fuqarolarga migratsiya sohasida koʻrsatiladigan xizmatlarni soddalashtirish, qoʻshimcha qulayliklar yaratish, xorijiy ish beruvchilar bilan tanlovlarni, test va koʻniktirish jarayonlarini oʻtkazish maqsadida Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Toshkent shahrining Uchtepa tumani Koʻkcha Oqtepa koʻchasida joylashgan Toshkent shahridagi Kasbiy koʻnikmalar markazining Uchtepa filiali binosida “Xorijga ishga tayyorlash markazi”ni tashkil etish va unda “Yagona darcha” tamoyili asosida mehnat migratsiyasiga doir xizmatlarni koʻrsatish;
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridagi kasbiy koʻnikmalar markazlari binolarida alohida xonalar ajratgan holda Agentlik hududiy filiallarini joylashtirish;
xorijiy hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga tegishli Toshkent shahrining Chilonzor tumani Lutfiy koʻchasidagi 47-uyning “B” va “E” korpuslarini Agentlikka foydalanish uchun berish.
Belgilansinki, mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kasbiy koʻnikmalar markazlari va korpuslar Agentlikka tekin foydalanish huquqi asosida beriladi, ularni taʼmirlash va saqlash xarajatlari Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Agentlik bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
yoʻlovchi avtobuslar sonini koʻpaytirish orqali xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan va qaytayotgan fuqarolarni tashishda arzon va tartibli transport qatnovini yoʻlga qoʻysin;
mamlakatdan tashqariga chiqadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan yoʻlovchi avtomobil transportida (mikroavtobuslar va avtobuslar) harakatlanishda xavfsizlik qoidalari hamda xorijda boʻlish qoidalariga rioya etish toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini (instruktaj) oʻtkazib borsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida haydovchilarning mehnat va dam olish tartibiga, yoʻlovchilar va yuklarni tashish qoidalariga, ogʻir va hajmi katta oʻlchamdagi avtomobil tashuvlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarga rioya etishlari ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-aprel,
252-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Agentlik tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
3. Agentlik respublika milliy manfaatlarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish va ularni xorijga tashkillashtirilgan holda yuborish tartibi toʻgʻrisidagi xalqaro huquq normalari va qoidalariga asoslangan faoliyatni amalga oshiradi.
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
5. Agentlik bevosita Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.07.00 Valyuta hisobvaraqlari]
6. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, shtamp hamda oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan ramzlarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
7. Agentlikning vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, oʻz nomi yozilgan shtamplar, blanklarga ega boʻladi.
8. Agentlik Toshkent shahrining Qamarniso koʻchasidagi 1-uyda joylashgan. Pochta indeksi: 100179.
9. Agentlikning rasmiy nomi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
a) davlat tilida:
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi;
qisqartmasi — Migratsiya agentligi;
b) ingliz tilida:
toʻliq — Migration Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
qisqartmasi — Migration Agency;
v) rus tilida:
toʻliq — Agentstvo migratsii pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
qisqartmasi — Agentstvo migratsii.
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini kompleks tartibga solish, fuqarolarni xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish ishlarini nazorat qilish hamda ushbu fuqarolarning hisobini yuritish;
xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatini litsenziyalash, ular tomonidan litsenziya talablari va shart-sharoitlariga rioya etilishini nazorat qilish;
migratsiya sohasida xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish va ularning mehnat huquqlarini taʼminlash masalalari boʻyicha chet davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish;
xorijiy ish beruvchilarning talablaridan kelib chiqib, fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish ishlarini tashkil qilish, rivojlangan davlatlarda tan olinadigan malakani baholash va sertifikatlash tizimlarini joriy qilish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari]
chet elda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy va boshqa qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarishga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar]
Oʻzbekistonning xorijdagi va xorijiy davlatlarning respublikamizdagi diplomatik muassasalari bilan doimiy hamkorlik qilish, oʻzbek diasporalari va vatandoshlar bilan aloqalarni kengaytirish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
11. Agentlik oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
a) tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini kompleks tartibga solish, fuqarolarni xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish ishlarini nazorat qilish hamda ushbu fuqarolarning hisobini yuritish sohasida:
tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga yuborish maqsadida xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini oʻrganadi, xorijiy ish beruvchilarni topadi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan holda tanlash toʻgʻrisida xorijiy ish beruvchilar va xususiy agentliklar bilan shartnomalar tuzadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
xorijda ishlash istagi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ish beruvchilar tomonidan tanlab olish jarayonlari tashkil etilishini nazorat qiladi va sayyor qabullar, uchrashuvlar hamda davra suhbatlarida ishtirok etadi;
dastlabki moslashtirish tadbirlari oʻtkazilishini nazorat qiladi;
tashqi mehnat migratsiyasi sohasini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ishlab chiqishda qatnashadi;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
tashqi mehnat migratsiya sohasida xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va umumlashtirish, ilgʻor xorijiy va milliy tajribani Agentlik faoliyatiga joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
mehnat migratsiyasi sohasidagi muammolarni oʻrganadi, ushbu sohani takomillashtirish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqadi, qonunchilikdagi boʻshliq va kamchiliklarni aniqlab, uni bartaraf qilish choralarini koʻradi;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.02.00 Mehnat masalalari boʻyicha bitimlar / 19.03.02.02 Mehnat masalalari boʻyicha ikki tomonlama bitimlar]
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib boradi, xalqaro, davlatlararo va idoralararo shartnomalar, bitimlar va bayonnomalar loyihalarini tayyorlaydi;
oʻquv kurslari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
xorijda ishga joylashish bilan bogʻliq, shu jumladan, “ishchi viza”ga oid hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha bepul konsalting xizmatlarini koʻrsatadi;
xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishdagi muammolarni hal qilish boʻyicha fuqarolarning va ish beruvchilarning fikrlari, takliflari va qonuniy talablarini oʻrganadi hamda tahlil qiladi va shu asosda ularni hal qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirishda ishtirok etadi, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar reyestrini yuritadi;
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketish istagida boʻlgan va chet tillariga oʻqitilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Agentlikning hududiy filiallari tomonidan tegishli tartibda manzilli roʻyxatlarni shakllantirishi va “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasiga kiritilishini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.11.00 Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
b) xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatini litsenziyalash, ular tomonidan litsenziya talablari va shart-sharoitlariga rioya etilishini nazorat qilish sohasida:
xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatini litsenziyalash uchun talabgorlarning murojaatlarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi;
xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatini amalga oshirishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, cheklanmagan muddatga beriladigan elektron hujjatni (keyingi — oʻrinlarda litsenziya) beradi yoki berishni rad etadi;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtiradi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turadi, qayta tiklaydi;
litsenziyalarni bekor qiladi yoki litsenziyalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;
litsenziyalarni oʻzgartiradi;
litsenziyalar reyestrini yuritadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.11.00 Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat]
Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq xususiy bandlik agentliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
litsenziyaga ega boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ish bilan taʼminlashni targʻib qilish yoki ish bilan taʼminlash holatlarini tekshiradi;
xususiy bandlik agentliklari va xorijiy ish beruvchilar reyestrlarini yuritishini tashkil etadi;
xorijiy ish beruvchilar va (yoki) rekruting agentliklaridan jalb qilingan ish oʻrinlarini litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida taqsimlaydi;
v) migratsiya sohasida xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, fuqarolarni xorijda vaqtincha ishga joylashtirish va ularning mehnat huquqlarini taʼminlash masalalari boʻyicha chet davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish sohasida:
fuqarolarni xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishda ishtirok etadi hamda ushbu yoʻnalishda chet davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qiladi;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.02.00 Mehnat masalalari boʻyicha bitimlar / 19.03.02.02 Mehnat masalalari boʻyicha ikki tomonlama bitimlar]
mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan muzokaralar olib boradi, hamkorlik kelishuvlari loyihalarini ishlab chiqadi va imzolanishini taʼminlaydi;
xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarga xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini amalga oshirishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida salohiyatli xorijiy davlat ish beruvchilarini izlab topadi va ular bilan hamkorlik qilish uchun muzokaralar olib boradi;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.02.00 Mehnat masalalari boʻyicha bitimlar / 19.03.02.02 Mehnat masalalari boʻyicha ikki tomonlama bitimlar]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar va boshqa hujjatlardan kelib chiqadigan tegishli qarorlar va majburiyatlarning xorijiy hamkorlar va ish beruvchilar tomonidan bajarilishini muvofiqlashtiradi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
g) xorijiy ish beruvchilarning talablaridan kelib chiqib fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish ishlarini tashkil qilish, rivojlangan davlatlarda tan olinadigan malakani baholash va sertifikatlash tizimlarini joriy qilish sohasida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ketishdan oldin moslashtirish, oʻqitish, qayta oʻqitish va malaka oshirish markazlari, til oʻrgatish markazlari faoliyatini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etadi va boshqaradi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasb-hunar markazlari yoki nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasbga oʻqitadi, ketishdan oldin moslashtiradi, qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi, ularga chet tillarini, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarishda mehnatni himoya qilish qoidalarini oʻrgatadi;
xorijiy hamkorlar tomonidan tashkil etilgan oʻquv markazlardagi oʻquv kurslarida oʻqiyotgan va kurslarni yakunlagan fuqarolar elektron bazasini shakllantiradi;
rivojlangan davlatlarda tan olinadigan malakani baholash va sertifikatlash tizimlarini joriy qilish yuzasidan xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazadi;
malakani baholash va sertifikatlash tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jalb qilish choralarini koʻradi va belgilangan tartibda ularning faoliyatini rasmiylashtirishda koʻmaklashadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari]
d) chet elda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy va boshqa qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarishga koʻmaklashish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari va vakillari orqali xorijda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat faoliyatining monitoringini yuritadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari]
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida tazyiqqa uchragan, majburiy mehnatga majbur qilingan va tahqirlangan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablagʻsiz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qiladi, shuningdek, ularni Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarishga koʻmaklashadi;
j) Oʻzbekistonning xorijdagi va xorijiy davlatlarning respublikamizdagi diplomatik muassasalari bilan doimiy hamkorlik qilish, oʻzbek diasporalari va vatandoshlar bilan aloqalarni kengaytirish sohasida:
salohiyatli xorijiy ish beruvchilar bilan yaqin aloqalar oʻrnatish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan munosabati va tasavvurini yaxshilash choralarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, migratsiya sohasidagi mexanizmlarni takomillashtirish, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan migrantlarga yuridik, psixologik, moddiy va boshqa yordam koʻrsatishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradi;
xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning mehnat va maishiy sharoitlarini yaxshilaydi;
xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar zich yashaydigan hududlarda madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etadi.
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
12. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ketishdan oldin tayyorlash, chet tiliga oʻqitish va imtihonga tayyorlashga ixtisoslashgan markazlarni tashkil etish;
Migratsiya boʻyicha respublika komissiyasiga Agentlikning xorijdagi vakolatxonalarini tashkil etish va tugatish, Agentlik vakillari uchun shtat birliklarini ochish va qisqartirish yuzasidan takliflar kiritish;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini kasbiy taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar markazlari yoki nodavlat taʼlim tashkilotlarida chet tillariga oʻqitish va kasb-hunarga oʻrgatish hamda oʻquv dasturi yakunlari boʻyicha imtihondan muvaffaqiyatli oʻtganlarga davlat namunasidagi hujjat berishga tavsiya etish;
tuzilgan shartnomalarga muvofiq xorijda ishlash uchun kadrlarni tanlab olish, ularning chet tillarni bilishini va kasbga loyiqligini tekshirish, shuningdek, ishga joylashadigan mamlakatning asosiy qonunlarini tushuntirish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.02.00 Mehnat masalalari boʻyicha bitimlar / 19.03.02.02 Mehnat masalalari boʻyicha ikki tomonlama bitimlar]
xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan bitimlarni (shartnomalarni) hisobga olgan holda, dastlabki saralashdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan ularni xorijda ishga joylashtirishda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzish;
xorijiy hamkorlar bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga muvofiq xorijga ishga yuboriladigan nomzodlar haqida axborot olish uchun vakolatli organlarga murojaat qilish;
Migratsiya boʻyicha respublika komissiyasi bilan kelishgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida va xorijda mehnat migratsiyasiga oid tadbirlar oʻtkazish, ular doirasida mehmonlarni kutib olish, kuzatish, ovqatlanish, transport, sovgʻalar va xalqaro hamkorlik doirasidagi masalalariga taalluqli boshqa tadbirlar xarajatlarini oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish;
xorijiy ishchi kuchini yollovchi yoki bunga koʻmaklashuvchi xorijiy tashkilotlar bilan oʻz vakolati doirasida bevosita oʻzaro hamkorlik qilish;
Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish doirasida Agentlikning oʻz mablagʻlari hisobidan vazirlik va idoralarning mutaxassislarini, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan, shartnomaviy-huquqiy asosda jalb qilish;
Agentlikning xorijdagi vakillarini cheklangan shtatlari soni doirasida boshqa hududlarga biriktirish yoki tugatish;
vakolatiga kiradigan masalalar hamda unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan qarorlar, buyruqlar, koʻrsatmalar qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa davlat tashkilotlari bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vakolatiga kiradigan masalalarda davlat organlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarda belgilangan tartibda sudlarga arizalar va daʼvolar kiritish;
agar qonunchilik hujjatlarida belgilangan boʻlsa, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish va jarimalar solish;
qonunchilikda belgilangan tartibda budjetdan tashqari jamgʻarmalarga ega boʻlish;
boʻsh turgan mablagʻlarni banklar depozit hisobraqamlariga joylashtirish;
Agentlik nomidan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
davlat organlari va manfaatdor shaxslardan oʻz vakolati doirasida zarur axborotlarni soʻrash va olish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
13. Agentlik:
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarishi;
oʻzi qabul qilgan qarorlar hamda buyruqlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarishi;
faoliyatini rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan dasturlar, chora-tadbirlar rejasi, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar ijrosini samarali tashkil etishi va bajarishi;
balansidagi mulklar, shu jumladan, koʻchmas mulklardan maqsadli foydalanishga qatʼiy rioya etish;
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalar doirasida fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi shart.
Agentlikka qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
14. Agentlik oʻz majburiyatlari boʻyicha ixtiyoridagi mablagʻlar bilan javob beradi. Bu mablagʻlar yetarli boʻlmasa, muassis davlat muassasasining majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar boʻladi.
Agentlik muassisning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
15. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
16. Agentlik hududiy filiallari, xorijdagi vakolatxona va vakillari majburiyatlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
17. Agentlik davlat aktivlarini, shu jumladan, ularning tovar-moddiy boyliklari va boshqa mol-mulklarining but saqlanishi boʻyicha moddiy javobgar hisoblanadi.
4-bob. Agentlik mol-mulki va moliya-xoʻjalik faoliyati
18. Kuyidagilar Agentlikning mulki hisoblanadi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
muassis tomonidan Agentlikka operativ boshqaruv huquqi bilan biriktirilgan hamda qonunchilik hujjatlariga asosan vujudga kelgan mulk;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda oʻz mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirilgan mulklar.
Agentlikning daromad keltiruvchi faoliyat bilan shugʻullanish huquqi mavjud. Agentlikning bu daromad hisobidan sotib olingan mol-mulki Agentlikning mustaqil tasarrufiga oʻtadi va alohida balansda hisobga olinadi.
19. Agentlikning mulki Agentlik xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas.
20. Agentlikning mulki quyidagi hollarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda muassis bilan kelishgan holda tasarruf etiladi:
asosiy vositalarni sotish, hisobdan chiqarish (binolari va inshootlari, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlaridan tashqari);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari, qurilish sohasidagi loyihalashtirish tashkilotlari, maxsus litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining xulosasiga muvofiq yaroqsiz deb topilgan hamda vakolatli organlar tomonidan buzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarini buzish;
avtotransport vositalarini xarid qilish, bino va inshootlarni sotib olish va/yoki qurish;
mulkni Agentlik faoliyati maqsadlariga muvofiq boʻlmagan boshqacha tarzda tasarruf etish.
21. Agentlik daromad keltiradigan quyidagi xizmatlarni koʻrsatadi:
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga avia, temir yoʻl va avtotransport chiptalarini xarid qilishda va boshqa transport-logistika masalalarini hal qilishda koʻmaklashish;
xorijda ishga joylashish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashish;
jismoniy va yuridik shaxslar talabnomalari boʻyicha ish jarayoniga jalb etilmagan Agentlik transport vositalarini jalb qilish orqali transport xizmatlarini koʻrsatish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va chet el fuqarolarini mehmonxonalarga joylashtirish boʻyicha shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xizmatlar.
22. Daromad Agentlik moliya-xoʻjalik faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi koʻrsatkichi hisoblanadi.
23. Quyidagilar Agentlikning moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanishdan tushgan foyda (daromad);
chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar uchun yigʻimlarning bir qismi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash, ketishdan oldin moslashtirish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ularga chet tillarini, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini oʻrgatish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlardan olingan mablagʻlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari]
24. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
25. Xoʻjalik faoliyatidan tushgan valyuta tushumi Agentlikning valyuta hisobraqamiga oʻtkaziladi va undan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalaniladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
26. Agentlik oʻz faoliyatining operativ va buxgalteriya hisobini, shuningdek, statistika hisobotini yuritadi.
27. Agentlik markaziy apparati va hududiy filiallari faoliyati Agentlikning daromad keltiradigan faoliyatidan tushgan mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi va moddiy-texnik taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari va vakillari faoliyati Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
28. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa toʻlovlardan iborat.
5-bob. Agentlikka rahbarlik qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
29. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Agentlik direktori maqomi, tibbiy va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha vazirga tenglashtiriladi.
30. Agentlik direktori quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Agentlikka umumiy rahbarlik qiladi, uning joriy faoliyatini tashkil etadi va oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi;
davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy davlatlarning davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda Agentlik nomidan ish yuritadi;
Agentlik va Migratsiya jamgʻarmasi faoliyatini, shu jumladan pul mablagʻlarini sarflash samaradorligi va natijadorligini nazorat qiladi;
Agentlikning shtatlar jadvali, biznes rejasi va smetalarini tasdiqlaydi;
Agentlik, uning hududiy filiallari va xorijdagi vakolatxonalari tuzilmasini tasdiqlaydi, xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shuningdek, belgilangan tartibda ularni ragʻbatlantiradi;
Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda indikatorlarini tasdiqlaydi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
kadrlarning qayta tayyorlanishini va malakasi oshirilishini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqadi, shuningdek, Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qonunchilik hujjatlari buzilishini bartaraf etish yuzasidan zarur xatti-harakatlarni amalga oshiradi;
Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, uning hududiy filiallari va xorijdagi vakolatxonalari boshliqlari va xodimlari hamda mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashelar faoliyati samaradorligini baholash tartibini tasdiqlaydi.
Agentlikka yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
31. Agentlik direktori quyidagi huquqlarga ega:
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
Agentlik xodimlari bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
Agentlik xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlarni qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;
Agentlik nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatish;
Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari, ilmiy-taʼlim muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini, shu jumladan, xorijiy mutaxassis va ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish;
Agentlikning markaziy apparati, hududiy filiallari, xorijdagi vakolatxonalari tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
mehnatga haq toʻlash fondidan tejab qolingan mablagʻlarni Agentlik, uning hududiy filiallari va xorijdagi vakolatxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish;
Agentlik direktori qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
32. Agentlik direktori:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etishi;
Agentlik oldiga qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etishi va nazorat qilishi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.04.00 Davlat sirlari]
davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilishi;
oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlari, davriy ish rejalari va faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlari hamda mezonlariga soʻzsiz erishilishini taʼminlashi;
faoliyatini rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan dasturlar, chora-tadbirlar rejasi, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirishi;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishi shart.
Agentlik direktori qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
33. Agentlik direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga ega.
Agentlik direktori oʻrinbosarlari maqomi, tibbiy va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlarining xorijiy davlatlarga xizmat safarlari Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan amalga oshiriladi.
6-bob. Hisobdorlik
34. Agentlik qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda har yili hisobot davri tugagach, Vazirlar Mahkamasiga davlat muassasasi faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Agentlik Vazirlar Mahkamasi va Migratsiya boʻyicha respublika komissiyasiga bevosita hisobdor boʻladi.
35. Agentlikda qonunchilikda belgilangan tartibda tashqi audit oʻtkaziladi.
36. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlar Agentlik direktori zimmasiga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi yuzasidan ularning faoliyati ustidan muntazam monitoring yuritadi, monitoring natijalariga koʻra davlat muassasasi faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
37. Hujjatlarning saqlanishi va belgilangan tartibda saqlashga berilishi uchun Agentlik direktori shaxsan javobgar hisoblanadi.
38. Agentlikda belgilangan tartibda tashkil etiladigan Jamoatchilik kengashi faoliyat yuritadi.
7-bob. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda koʻrsatkichlari
39. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam ravishda baholab boriladi.
Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
40. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, uning hududiy filiallari va xorijdagi vakolatxonalari boshliqlari va xodimlari hamda mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashelar faoliyati samaradorligi Agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari asosida baholanadi.
41. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi baholash yakunlari boʻyicha:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
8-bob. Agentlik xodimlarini moddiy-texnik taʼminlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
42. Mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Agentlik xodimlariga ish haqi toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish manbalari hisoblanadi.
43. Agentlik xodimlarini, jumladan vakolatxona (vakillik) xodimlarini mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Agentlik rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Yakunlovchi qoida
44. Agentlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtgan fuqaro — xorijiy davlatga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketishdan oldin “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
ish beruvchilar reyestri — tashkillashtirilgan holda yuborish va xorijda ishga joylashtirishda ishtirok etuvchi xorijiy ish beruvchilar roʻyxati;
ishga joylashtiriladigan davlat — mehnat migranti vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy davlat;
ish izlovchi shaxs (talabgor) — maqbul keladigan ish joyini tanlash va xorijda ishga joylashishga koʻmaklashish xizmatlaridan foydalanish uchun yuboruvchi tashkilotga murojaat qilgan jismoniy shaxs, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
litsenziya — yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
mehnat migrantlari — xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalari va diplomatik missiyalarida ishlovchi shaxslar bundan mustasno;
mavsumiy mehnat migratsiyasi — mavsumiy tusga ega boʻlgan va faqat yilning bir qismida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida borish;
tanlash — xorijiy ish beruvchilar va (yoki) ularning xorijiy ishchilarni ishga joylashtirish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi vakolatli xorijiy tashkilotlarining buyurtmanomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni taʼminlash maqsadida yuboruvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
xorijiy ish beruvchi — ishga joylashtiriladigan davlatning qonunchilik hujjatlarida mehnat migrantlarni yollash huquqi berilgan xorijiy davlatning jismoniy yoki yuridik shaxsi;
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maxsus elektron platformada roʻyxatga olish tizimi boʻlib, uning yordamida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, yuboruvchi tashkilotlar hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — Bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari) xorijda ish izlovchilarning zarur maʼlumotlarini kiritishi mumkin;
yuboruvchi tashkilot — Agentlik, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan xususiy bandlik agentliklari.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuboruvchi tashkilotlar tomonidan ushbu Nizomda va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuboriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.02.00 Mehnat masalalari boʻyicha bitimlar / 19.03.02.02 Mehnat masalalari boʻyicha ikki tomonlama bitimlar]
4. Yuboruvchi tashkilot Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish xizmatlarini koʻrsatish uchun chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
5. Yuboruvchi tashkilot tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaning davlat tiliga tarjima qilingan matni ushbu tashkilotning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
6. Yuboruvchi tashkilot Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisida shartnomani tuzmasdan, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish xizmatlarini koʻrsatishi taqiqlanadi.
7. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab etilmaydi.
8. Agentlik xorijiy ish beruvchilar va (yoki) rekruting agentliklaridan jalb qilingan ish oʻrinlarini litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida taqsimlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida va idoraviy kelishuvlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2-bob. “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasi maʼlumotlar bazasini shakllantirish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.07.00 Boshqa masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
9. “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasi talabgorlarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pasport maʼlumotlari, tugʻilgan sanasi va yili, yashash joyi, telefon raqamlari, maʼlumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, boshqa koʻnikmalari, fotosuratlarini oʻz ichiga oladi.
10. Quyidagi maʼlumotlar “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasi maʼlumotlar bazasiga kiritiladigan axborot manbalari hisoblanadi:
talabgor tomonidan mustaqil kiritilgan axborot;
talabgorning roziligi bilan yuboruvchi tashkilot tomonidan kiritilgan axborot;
talabgorning roziligi bilan Bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan kiritilgan axborot.
11. “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtkazilgan har bir talabgorga roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsiy raqam beriladi.
12. Talabgor “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasiga kiritilishidan oldin unga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga tashkillashtirilgan holda ishga yuboradigan yuridik shaxs tomonidan yozma shaklda bildirishnoma beriladi.
13. Bildirishnomada Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga tashkillashtirilgan holda ishga yuboradigan yuridik shaxs tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, murojaat qilish uchun xususiy bandlik agentligining hamda Agentlikning pochta manzillari hamda bogʻlanish uchun telefon raqamlari koʻrsatiladi.
14. Shaxsiy maʼlumotlar haqidagi axborot uchinchi shaxslarga berilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
15. Talabgorning murojaati va taqdim etgan maʼlumotlari asosida yuboruvchi tashkilot “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida uning maʼlumotlar bazasini mustaqil ravishda shakllantirish huquqiga ega.
Maʼlumotlarning haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik talabgorga yuklanadi.
16. Bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari talabgorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishga joylashtirish uchun “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasi maʼlumotlar bazasidan foydalanishi mumkin.
17. “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun talabgor shaxsan javobgar.
3-bob. Xorijda ish beruvchilarni izlash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.07.00 Boshqa masalalar]
18. Talabgor xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Ish beruvchilar reyestriga kiritilgan ish beruvchilar bilan birgalikda tashkillashtirilgan holda yuboriladi.
19. Ish beruvchilar reyestriga xorijiy ish beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Agentlik maʼlumotlari;
Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining Attashesi, Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlaridan (vakillari) va yuboruvchi tashkilotlardan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq yuborilgan talabnoma asosida kiritiladi.
20. Ish beruvchilar reyestri Agentlik tomonidan yuritiladi hamda uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
21. Ish beruvchilar reyestri maʼlumotlari ochiq hisoblanib, ulardan barcha yuboruvchi tashkilotlar foydalanishi uchun Agentlik veb-saytida eʼlon qilinadi.
22. Ish beruvchilar reyestriga kiritilmagan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida yoki ishga joylashtiriladigan davlatlarda ham avval mehnat toʻgʻrisidagi va boshqa qonunchilik hujjatlarini buzgan xorijiy ish beruvchilar talabgorlarni xorijda ishga joylashtirish uchun tanlash man etiladi.
23. Agentlikda xolis, ochiq va ishonchli axborotni shakllantirish maqsadida Mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashe, Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlari (vakillari) va yuboruvchi tashkilot doimiy asosda:
mehnat migrantlarini boshqa mamlakatlarda ishga joylashtirish imkoniyatlari toʻgʻrisida axborot toʻplaydi;
boʻlajak ish beruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazadi;
xorijiy ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan mehnat shartnomasi shartlarini, mehnat qilish va yashash shart-sharoitlarini batafsil oʻrganadi.
24. Xorijiy ish beruvchi tomonidan qoidabuzarliklar toʻgʻrisida axborot olingan hollarda, Agentlik xodimlari va/yoki Mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashe fuqarolar ishga joylashtirilgan joylarga borib oʻrganadi va oʻrganish yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
25. Oʻrganish yakunlari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma qoidabuzarlik mavjudligi tasdiqlangan taqdirda, Agentlik xorijiy ishonchsiz ish beruvchini Ish beruvchilar reyestridan chiqarish boʻyicha tegishli choralar koʻradi.
26. Ish beruvchilar reyestridan chiqarilgan tashkilotlarda avval ishga joylashgan va mehnat faoliyatini davom ettirishni xohlovchi mehnat migrantlariga nisbatan talabgor va yuboruvchi tashkilot oʻrtasidagi barcha kelishilgan shartlar toʻliq bajarilgunga qadar saqlab qolinadi.
27. Agentlik tomonidan xorijiy ish beruvchining aybi bilan ishsiz qolgan mehnat migrantlariga nisbatan ularni takroran ishga joylashtirish yoki vataniga qaytarish choralari koʻriladi.
4-bob. Talabgorlarni tanlab olish va ketishdan oldin moslashtirish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.07.00 Boshqa masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
28. Yuboruvchi tashkilot talabgorlarni “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasi maʼlumotlar bazasi maʼlumotlari, oʻz marketing ishlanmalari asosida xorijiy ish beruvchi bilan oldindan kelishuv boʻyicha tanlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy davlatga tashkillashtirilgan holda ishga yuboradigan yuridik shaxs shartnoma asosida talabgorga ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini koʻrsatadi.
Ishga joylashtirish sohasida xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida taqdim etiladigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Yuboruvchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati ular tomonidan mustaqil belgilanadi.
29. Tashkillashtirilgan holda xorijga chiqib ketayotgan talabgorlar ishga yuborilishidan oldin kasbiy taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar markazlari yoki nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga oʻqitiladi, xorijiy ish beruvchining malaka talablariga javob beradigan talabgor bundan mustasno.
Yuboruvchi tashkilot talabgordan uning malakasini va chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni soʻrash huquqiga ega.
Agar talabgor malakasini tasdiqlovchi hujjati boʻlmasa, kasbiy taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar markazlari yoki nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga oʻqitiladi.
30. Yuboruvchi tashkilot talabgorning chet tilini bilishini va kasbga yaroqliligini tekshirish huquqiga ega.
31. Xorijiy ish beruvchi tomonidan bildirilgan malaka va til bilish darajasi boʻyicha talablarga javob bermaydigan, shuningdek, chet elga chiqishi cheklangan talabgorni tashkillashtirilgan holda yuborish man etiladi.
32. Yuboruvchi tashkilot xorijiy ish beruvchi bilan kelishuvlariga muvofiq ishga joylashtiriladigan davlatga talabgorlarni yuborish uchun guruh tuzadi.
33. Guruh tuzish yakunlari boʻyicha yuboruvchi tashkilot xorijda ishga joylashtirish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida talabgor bilan shartnoma tuzadi.
Yuboruvchi tashkilot tomonidan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida real vaqt rejimida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
34. Yuboruvchi tashkilot yuborilayotgan mamlakatlarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqaroning raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha ularning oʻquv-tayyorgarlik, moslashtirish tadbirlaridan dastlabki tarzda oʻtkazilishini taʼminlaydi, shu jumladan:
talabgorni xorijiy ish beruvchi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi loyihasi, yashash va mehnat sharoitlari bilan tanishtirishi;
talabgorni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi, shu jumladan, sil, ruhiy, tanosil kasalliklari bor yoki yoʻqligi va giyohvand moddalar isteʼmol qilish yoki isteʼmol qilmasligini tekshirishi;
zaruratga koʻra chiqish vizasini olish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda talabgorga koʻmaklashishi shart.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
35. Yuboruvchi tashkilot joʻnatish tadbirlaridan oldin talabgor ishga joylashtiriladigan davlat tilini, anʼanalari va qonunchiligini oʻrgatish, xavfsizlik texnikasi, diniy ekstremizm va terrorizmning, tanosil kasalliklari va OIV-infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha Agentlik tomonidan tashkil qilinadigan qisqa muddatli kurslarga talabgorni yoʻnaltirish, oʻqishini, kurs yakuni boʻyicha imtihonlarda ishtirokini hamda sertifikatga ega boʻlishini taʼminlash majburiyatini oladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
36. Yuboruvchi tashkilot talabgor hayoti va sogʻligʻini ajratiladigan subsidiya hisobidan sugʻurta qilish jarayonini tashkil etadi.
Talabgorda atrofdagilarga xavf tugʻdiradigan kasalliklar va vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar aniqlansa, talabgor toʻliq sogʻayib ketguniga qadar ketishdan oldin moslashtirishdan chetlatiladi.
5-bob. Talabgorni joʻnatish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.07.00 Boshqa masalalar]
37. Talabgor uchun qulay shart-sharoitlar va qulayliklar yaratish maqsadida yuboruvchi tashkilot temir yoʻl, avia va avtotransportga yoʻl chiptalarini band qiladi. Kelishuvga koʻra yoʻl chiptalari talabgor yoki ish beruvchi tomonidan xarid qilinadi.
38. Talabgorni respublikadan tashqarida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga xavfsiz kuzatib qoʻyish, yoʻlda yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida talabgorlar tegishli litsenziyaga ega tashuvchilar orqali yuboriladi.
39. Talabgor ishga joylashtiriladigan davlatga xorijiy ish beruvchi bilan kelishgan holda, yuboruvchi tashkilotning xodimi hamrohligida guruh boʻlib joʻnatiladi.
40. Oʻtkazilgan tadbirlar yakunlari boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha talabgorni ishga joylashtirish toʻgʻrisida hujjat tuziladi. Unga talabgor va xorijiy ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat shartnomasi nusxalari ilova qilinadi.
41. Xorijiy ish beruvchi talab qilingan ijtimoiy va maishiy shart-sharoitlarni, mehnatga haq toʻlash shartlarini taʼminlamasa yoki ish beruvchi mehnat migrantini ishga joylashtirishni rad etishiga sabab boʻlgan boshqa masalalar yuzaga kelsa, yuboruvchi tashkilot talabgorni boshqa xorijiy ish beruvchida ishga joylashtirish boʻyicha shoshilinch choralar koʻradi.
42. Talabgorni avval kelishilgan talablarga muvofiq ishga joylashtirish imkoni boʻlmasa, yuboruvchi tashkilot uni oʻz vataniga qaytarilishini taʼminlashi shart.
Yuboruvchi tashkilot tomonidan mazkur majburiyat bajarilmagan taqdirda, Agentlik talabgorni Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan vatanga qaytarish boʻyicha shoshilinch choralar koʻradi va xarajatlar yuboruvchi tashkilotning depozitga joylashtirilgan mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
6-bob. Mehnat migrantlari faoliyatining monitoringi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
43. Xorijiy davlatdagi mehnat migrantlari faoliyatining monitoringi ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish:
Mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashe;
Agentlikning xorijiy vakolatxonalari;
Agentlikning davlat va nodavlat xorijiy hamkorlari;
yuboruvchi tashkilotlar;
nodavlat notijorat tashkilotlari;
mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
44. Agentlik mehnat migrantlarini ishonchsiz ish beruvchidan himoya qilishda va mehnat migrantlari tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishda monitoring yuritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining bosh vakolatli organi hisoblanadi.
45. Monitoring quyidagi barcha jihatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.02.00 Mehnat masalalari boʻyicha bitimlar / 19.03.02.02 Mehnat masalalari boʻyicha ikki tomonlama bitimlar]
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida mehnat migrantlarini jalb qilish uchun oʻz mamlakatining vakolatli organlarida rasman roʻyxatga olingan yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy ish beruvchilar bilan bitimlar tuzilgani;
talabgorni tanlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun yuboruvchi tashkilotlar tomonidan tuziladigan shartnomalarning va mehnat migrantlari tomonidan xorijiy ish beruvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarining qonunchilik hujjatlariga hamda xalqaro huquq va boshqa qonunchilik hujjatlari normalariga muvofiqligi;
ishga joylashtiriladigan davlatda xodimlarning tegishli toifasi uchun belgilangan ish haqidan kam boʻlmagan darajada mehnat migrantlarini ish haqi bilan taʼminlash normalariga rioya etilishi;
ishga joylashtiriladigan mamlakatda belgilangan munosib yashash va ishlash shart-sharoitlarini taʼminlash normalariga rioya qilinishi.
46. Zaruratga koʻra Agentlik va uning xorijdagi vakolatxonalari turli masalalar yuzasidan mehnat migrantlari, vakolatli tashkilotlar bilan uchrashuvlar oʻtkazadi, tibbiy xizmatlardan foydalanishda koʻmaklashadi, mehnat migrantlarining huquqlari ish beruvchi tomonidan buzilishining oldini oladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
47. Mehnat migrantlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish tartib-taomillari Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
7-bob. Mehnat migrantlarining hisobini yuritish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
48. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuboruvchi tashkilotlar orqali yuborilgan hamda mamlakatdan chiqib ketishda ixtiyoriy ravishda roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumot “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida shakllantiriladi.
49. “Xorijda ish” elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar xorijga yuborilgan mehnat migrantlari sifatida hisobga olinadi va ularga belgilangan tartibda huquqiy va moddiy yordamlar koʻrsatiladi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.12.00 Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
50. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarning Attashesi, Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari rahbarlari (vakillari)ni va yuboruvchi tashkilotlarning xorijiy ish beruvchini Ish beruvchilar reyestriga kiritish
Agentlik xorijiy vakolatxonalari, Mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashening, yuboruvchi tashkilotning nomi)
Ishga joylashtiriladigan davlatning qonunchiligiga muvofiq mehnat migrantlarini ishga joylashtirish huquqini olgan va tekshirilgan xorijiy ish beruvchini xorijda ishga joylashtirish uchun Ish beruvchilar reyestriga kiritish uchun u toʻgʻrisida quyidagi axborotni taqdim etadi:
Tashkilot nomi
Faoliyat turi
Joylashgan joyi (pochta manzili)
Telefon
E-mail
Veb-sayt
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana va raqam
Ustav kapitali
Litsenziya raqami
Taklif etilayotgan ish turlari va joylashgan hududi
Boshqa muhim axborot
Tashkilot rahbari, F.I.O., telefon raqami
Bogʻlanish mumkin boʻlgan shaxs, F.I.O., lavozimi, telefon raqami
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirish toʻgʻrisida
DALOLATNOMA
20___ yil “___” __________
____________ shahri
Ushbu dalolatnoma Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida __________-son litsenziya asosida faoliyat koʻrsatuvchi
_________________________________________ hamda _________________________________________
_______________(yuboruvchi tashkilot)_______________________________(xorijiy ish beruvchi)
oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini _____________________________________________
hududida ishga joylashtirish uchun tashkillashtirilgan holda tanlash tizimi doirasida imzolangan 20___ yil “___” _________dagi ____-son shartnoma asosida quyidagi tarkibdagi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari kelib ishga joylashgani toʻgʻrisida tuzildi:
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan sanasi
Pasport seriyasi va raqami
Faoliyat turi
________________________
________________________
(yuboruvchi tashkilot)
(xorijiy ish beruvchi)
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari xodimlarining lavozim maoshlari miqdori
Front-ofis mutaxassisi, murojaatlar bilan ishlash mutaxassisi
55
7.
Texnik xodim
45
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari xodimlarining oylik ish haqi miqdori tegishli mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasining Elchisi oylik ish haqiga nisbatan foiz miqdorida belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-son qaroriga 4-ILOVA
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan hamda mehnat migratsiyasida boʻlgan fuqarolarga subsidiya, kompensatsiya va kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga subsidiya, kompensatsiya, mikrokredit va taʼlim kreditlarini ajratish tartibini belgilaydi.
2-bob. Migratsiya jamgʻarmasi tomonidan subsidiya va kompensatsiyalar ajratish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
1. Subsidiya va kompensatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Agentlikning Migratsiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Migratsiya jamgʻarmasi) hisobidan ajratiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2. Subsidiya va kompensatsiyalar “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida (keyingi oʻrinlarda — “Xorijda ish” dasturiy majmuasi) roʻyxatdan oʻtgan va tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagi xarajatlarni qoplash boʻyicha ajratiladi:
a) chet tillari va (yoki) kasb boʻyicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda;
b) xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda;
v) yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda;
g) Ijtimoiy reyestrga yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan hamda oʻzi mustaqil ravishda xorijga ishga ketayotgan, shuningdek, tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning sogʻligʻi va hayoti hamda boshqa tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotini qoplash maqsadida sugʻurta tashkilotlariga har bir sugʻurtalangan fuqaro uchun yiliga bir marta uch yuz ming soʻmgacha miqdorda;
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
d) nemis, ingliz, yapon va koreys tillari boʻyicha kamida V1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilari eng koʻp boʻlgan 50 nafargacha oʻqituvchiga 50 million soʻm miqdorida.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
3. Subsidiya va kompensatsiyalar toʻlab berilishini soʻrab fuqaro “Xorijda ish” dasturiy majmuasi orqali elektron shaklda yoki bevosita Agentlikka ariza bilan murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
a) chet tillari va (yoki) kasb boʻyicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun:
chet tillari va (yoki) kasb boʻyicha malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirganligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi;
toʻlov qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
tasdiqlangan mehnat shartnomasi nusxasi;
b) xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun:
“ishchi viza” nusxasi;
toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
tasdiqlangan mehnat shartnomasi nusxasi;
v) yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun:
yoʻl chiptasi nusxasi;
toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
tasdiqlangan mehnat shartnomasi nusxasi.
4. Ariza Agentlik tomonidan uch ish kunida koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha ariza beruvchiga “Xorijda ish” dasturiy majmuasidagi shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuboriladi.
5. Ariza quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
“Xorijda ish” dasturiy majmuasida “xorijda ishga joylashgan shaxs” maqomida boʻlmaganda;
Agentlik yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari orqali tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga ketmaganda;
asoslantiruvchi hujjatlarning mavjud emasligi yoki talabga mos emasligi aniqlanganda.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
6. Ariza maʼqullangan taqdirda, kompensatsiya summasi Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan fuqaro xorijda ishga joylashganidan soʻng bir oydan kechikmasdan, uning arizasida koʻrsatilgan bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi va fuqaro “Xorijda ish” dasturiy majmuasi orqali xabardor qilinadi.
7. Ariza rad etilgan taqdirda, fuqaro koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda uch ish kunida qayta murojaat qilishi mumkin va ariza Agentlik tomonidan belgilangan tartibda oʻrganib chiqiladi.
8. Agentlik mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning sogʻligi va hayoti, shuningdek, boshqa tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotini qoplash uchun sugʻurta tashkilotini tanlash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tender oʻtkazadi.
Oʻtkazilgan tender natijasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sugʻurta tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — sugʻurta tashkiloti) bilan shartnoma tuziladi.
Fuqarolarga sifatli va tezkor xizmat koʻrsatishni yoʻlga quyish maqsadida sugʻurta tashkilotining elektron platformasi “Xorijda ish” dasturiy majmuasi bilan integratsiya qilinadi va onlayn rejimda sugʻurta shartnomasini rasmiylashtirish, bekor qilish va axborot almashish ishlari amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
9. Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning sogʻligʻi va hayoti, shuningdek, boshqa tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotini qoplash yuzasidan subsidiya quyidagi tartibda ajratiladi:
Agentlik va uning hududiy filiallari tomondan sugʻurta tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma doirasida xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar “Xorijda ish” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtkazadi, ularning Ijtimoiy reyestrga yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgani tekshiriladi hamda sugʻurtalash uchun tavsiya beriladi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
sugʻurta tashkiloti sugʻurtalash uchun ariza yoʻllagan fuqarolarga sugʻurta shartnomasini rasmiylashtiradi;
sugʻurta tashkiloti hisobot oyida rasmiylashtirilgan sugʻurta shartnomasi bilan bir qatorda Agentlikka sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha talabnoma kiritadi;
Agentlik tomonidan uch ish kuni ichida sugʻurta tashkilotining talabnomasida koʻrsatilgan rekvizitlar boʻyicha subsidiya har bir sugʻurtalangan fuqaro uchun uch yuz ming soʻmgacha miqdorda oʻtkazib beriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
10. Sugʻurta shartnomasi fuqarolar bilan sugʻurta tashkiloti oʻrtasida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
11. Sugʻurta tashkiloti talabnomasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
sugʻurtalangan fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlari (F.I.O, pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR, tugʻilgan sanasi);
sugʻurta shartnomasi seriyasi va raqami (nusxasi ilova qilinadi);
sugʻurta tashkiloti rekvizitlari.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.01.00 Umumiy masalalar]
12. Sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini qoplash uchun subsidiya mablagʻlari toʻlab berilganidan soʻng sugʻurtalovchi tomonidan uch ish kuni ichida qonunchilikda belgilangan tartibda shakllantirilgan sugʻurta polisi “Xorijda ish” dasturiy majmuasiga yuboriladi.
Agentlik va sugʻurta tashkiloti tomonidan har oy yakunlari boʻyicha rasmiylashtirilgan sugʻurta shartnomasini va amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi rasmiylashtirib boriladi.
3-bob. Xorijga ishlash uchun chiqib ketayotgan fuqarolarga rivojlangan mamlakatlarda ishga joylashish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun mikrokreditlar ajratish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi]
13. Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda rivojlangan mamlakatlarga chiqib ketayotgan fuqarolarga tijorat banklari tomonidan Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 10 million soʻmgacha miqdorda Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada ikki yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi.
Bunda rivojlangan mamlakatlar roʻyxati Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan hisobotlar asosida shakllantirilib, Agentlikning rasmiy veb-saytida hamda “Xorijda ish” dasturiy majmuasida barcha uchun ochiq eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]
14. Mikrokreditlar qaytarilishi, toʻlanishi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va ellik yoshdan oshmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — kredit oluvchi) ajratiladi.
Bunda kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush oʻrtogʻi) yoki uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida mikrokredit shartnomasida kafil sifatida qatnashishlari mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]
15. Mikrokredit boʻyicha foizlar fuqaroga mablagʻ oʻtkazilgan kundan boshlab hisoblanadi va bank hamda qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan toʻlab boriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
16. Migratsiya jamgʻarmasi tomonidan mikrokredit uchun mablagʻlarni ajratishda tijorat banklariga nisbatan quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi:
tijorat bankida mikrokreditlar ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibning mavjudligi;
tijorat banki xalqaro reyting agentliklarining “V” darajasidan past boʻlmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega boʻlishi;
oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik tashkiloti ijobiy xulosasining mavjudligi. Agar tijorat banki uch yildan kam muddat faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, tijorat bankining faoliyat yuritgan yillar uchun moliyaviy hisobotlari boʻyicha auditorlik tashkilotining xulosasi mavjud boʻlishi;
tijorat bankining regulyativ kapitali 500 milliard soʻmdan kam boʻlmasligi;
tijorat banki Davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan joylashtirilgan kredit liniyalari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlmasligi;
Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan mikrokredit berilishiga toʻsqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalar mavjud boʻlmasligi.
Agentlik mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlarni murojaat etuvchi tijorat banklaridan, mazkur bandning yettinchi xatboshisida keltirilgan maʼlumotlarni Markaziy bankdan belgilangan tartibda soʻrab oladi.
17. Agentlik tijorat banklarining muvofiqlik mezonlariga mos kelishini baholashda, Markaziy bankdan ularning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi qoʻshimcha axborotni soʻrab oladi.
Taqdim etilgan hujjat va maʼlumotlar Agentlik tomonidan besh ish kunida ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganiladi.
18. Belgilangan mezonlarga muvofiq deb topilgan tijorat banklari va Migratsiya jamgʻarmasi oʻrtasida mikrokreditlar ajratish yuzasidan ikki yil muddatga Bosh bitim (keyingi oʻrinlarda — Bosh bitim) tuziladi.
Bunda ushbu muddat mobaynida tomonlarda Bosh bitimda koʻzda tutilgan shartlar boʻyicha eʼtirozlar yuzaga kelmagan taqdirda, Bosh bitimning muddati avtomatik tarzda kelgusi moliya yillari uchun uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Migratsiya jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar tijorat bankining birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.
19. Tijorat banklari ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq emas deb topilganda, ular bilan Bosh bitim tuzishni rad etish haqida tegishli tijorat banklari yozma tarzda xabardor qilinadi.
20. Agentlik doimiy ravishda ushbu Nizom doirasida Agentlik bilan Bosh bitim tuzgan tijorat banklarining roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.
21. Tashkillashtirilgan holda xorijga ishlash uchun chiqib ketayotgan fuqarolarga rivojlangan mamlakatlarda ishga joylashish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun mikrokreditlar mazkur Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq ajratiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi]
Migratsiya jamgʻarmasining mablagʻlarni tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasida joylashtiradi.
22. Kredit oluvchi mikrokreditni olish uchun Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
b) mikrokredit olish uchun ariza;
v) Migratsiya agentligining tavsiyanomasi;
g) bank ichki siyosatidan kelib chiqib, kredit ajratish uchun talab qilinadigan hujjatlar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
23. Tijorat banki kredit oluvchi tomonidan mikrokredit berishni soʻrab taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqib, mikrokredit shartnomasini imzolaydi.
Kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizom va tijorat bankining kredit siyosati talablariga muvofiq boʻlmagan holatlarda, tijorat banki tomonidan kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi hamda ariza beruvchiga kredit berishni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda javob xati yuboriladi.
24. Mikrokredit shartnomasi kredit oluvchiga arizada qayd etilgan asoslangan hujjat yoki boshqalardan kelib chiqib, unga teng miqdordagi summaga tuziladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
25. Tijorat banklari tomonidan mikrokredit kredit oluvchining nomiga rasmiylashtirilgan bank plastik kartochkasiga mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan ajratiladi.
26. Mikrokreditning asosiy qarz va foiz toʻlovlari kredit oluvchi tomonidan mikrokredit shartnomasida koʻrsatilgan shartlarda toʻlanadi.
27. Kredit oluvchi (kafil yoki boshqalar) mikrokredit boʻyicha asosiy qarzni mikrokredit shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir.
Bunda tijorat banki kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi)dan mikrokredit boʻyicha asosiy qarzni shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytargani uchun komissiya yoki neustoyka olish taqiqlanadi.
28. Kredit oluvchi mikrokredit boʻyicha asosiy qarzni mikrokredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmasa, tijorat banki mikrokredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarni oʻzining ichki hujjatlariga asosan qaytarish choralarini koʻradi.
29. Agentlik tomonidan tijorat banklariga berilgan mablagʻlar tijorat banklari va Agentlik oʻrtasida tuzilgan Bosh bitimda belgilangan shart, tartib va muddatlarda qaytariladi.
4-bob. Xalqaro tan olingan dasturlar va malaka sertifikatlarini joriy qilgan taʼlim tashkilotlarida kasb oʻrganmoqchi boʻlgan fuqarolarning taʼlim olishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari]
30. Xalqaro tan olingan dasturlar va malaka sertifikatlarini joriy qilgan taʼlim tashkilotlarida kasb oʻrganmoqchi boʻlgan fuqarolarga taʼlim kreditlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Taʼlim jamgʻarmasi) hisobidan beriladi.
31. Xalqaro tan olingan dasturlar va malaka sertifikatlarini joriy qilgan taʼlim tashkilotlarida kasb oʻrganmoqchi boʻlgan fuqarolarga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun Taʼlim jamgʻarmasi hisobidan taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan ularning qaytarilishi, toʻlanishi, muddatliligi va maqsadli foydalanish shartlari asosida belgilangan talablarga muvofiq ajratiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari]
32. Taʼlim jamgʻarmasi tomonidan har yili besh ming nafargacha xalqaro tan olingan dasturlar va malaka sertifikatlarini joriy qilgan taʼlim tashkilotlarida kasb oʻrganmoqchi uchun taʼlim kreditlari ajratish uchun tijorat banklariga mablagʻ ajratiladi.
33. Taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan xalqaro tan olingan dasturlar va malaka sertifikatlarini joriy qilgan taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining oltmish besh baravarigacha miqdorda ikki yil muddatgacha beriladi.
Bunda kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush oʻrtogʻi) yoki uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti shartnomasida kafil sifatida qatnashishlari mumkin.
34. Taʼlim krediti ikki yil muddatga olti oylik imtiyozli davr bilan ajratiladi.
Taʼlim kreditining foizi kredit mablagʻi taʼlim tashkilotlariga mablagʻ oʻtkazilgan kundan boshlab hisoblanadi va bank hamda qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan toʻlovi amalga oshiriladi.
35. Taʼlim jamgʻarmasi tomonidan taʼlim kreditlari uchun mablagʻlarni ajratishda tijorat banklariga nisbatan quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi:
tijorat bankida taʼlim kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibning mavjudligi;
tijorat banki “Fitch Ratings” yoki “Standard & Poorʼs” reyting agentliklarining “V” darajasidan yoki “Moodyʼs Investors Service” reyting agentligining “V2” reytingidan past boʻlmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega boʻlishi;
oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik tashkiloti ijobiy xulosasining mavjudligi. Agar tijorat banki uch yildan kam muddat faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, tijorat bankining faoliyat yuritgan yillar uchun moliyaviy hisobotlari boʻyicha auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi mavjud boʻlishi;
tijorat bankining regulyativ kapitali 500 milliard soʻmdan kam boʻlmasligi;
tijorat banki Davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan kredit liniyalari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlmasligi;
Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan taʼlim krediti berilishiga toʻsqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalar mavjud boʻlmasligi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur bandning ikkinchi-oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlarni murojaat etuvchi tijorat banklaridan, mazkur bandning yettinchi xatboshisida keltirilgan maʼlumotlarni Markaziy bankdan belgilangan tartibda soʻrab oladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tijorat banklarining muvofiqlik mezonlariga mos kelishini baholashda Markaziy bankdan ularning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin.
36. Tijorat banklari ushbu Nizomning 35-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlarni Taʼlim jamgʻarmasiga taqdim etadi.
Taqdim etilgan hujjat va maʼlumotlar Taʼlim jamgʻarmasi tomonidan besh ish kunida ushbu Nizomning 35-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganiladi.
37. Belgilangan mezonlarga muvofiq deb topilgan tijorat banklari va Taʼlim jamgʻarmasi oʻrtasida taʼlim kreditlari uchun mablagʻ ajratish yuzasidan ikki yil muddatga Bosh bitim tuziladi.
Bunda ushbu muddat mobaynida tomonlarda Bosh bitimda koʻzda tutilgan shartlar boʻyicha eʼtirozlar yuzaga kelmagan taqdirda, Bosh bitimning muddati avtomatik tarzda kelgusi moliya yillari uchun uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Taʼlim jamgʻarmasi tomonidan ushbu Nizom doirasida ajratilgan mablagʻlar tijorat bankining birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.
38. Tijorat banklari ushbu Nizomning 35-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq emas deb topilganda, ular bilan Bosh bitim tuzishni rad etish haqida tegishli tijorat banklari yozma tarzda xabardor qilinadi.
39. Taʼlim jamgʻarmasi va Agentlik doimiy ravishda ushbu Nizom doirasida Taʼlim jamgʻarmasi bilan Bosh bitim tuzgan tijorat banklarining roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
40. Kredit uni oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi hamda toʻlov-kontrakt shartnomasi “kontrakt.edu.uz” va “prof.edu.uz” axborot tizimlari orqali shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari]
41. Taʼlim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.
Taʼlim jamgʻarmasi mablagʻlarni tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga past stavkada joylashtiradi.
Bunda Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va tijorat banklari oʻrtasida tuzilgan taʼlim krediti uchun mablagʻlarni ajratish toʻgʻrisidagi depozit shartnomasiga foiz stavkasini tegishli davr uchun mos ravishdagi foiz bandga tushirish boʻyicha tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi koʻtarilgan taqdirda, taʼlim krediti uchun mablagʻlarni ajratish boʻyicha foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoldiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari]
42. Kredit oluvchi taʼlim kreditini olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat banklariga murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
b) taʼlim krediti olish uchun ariza;
v) talaba va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud boʻlganda). Shartnoma (kontrakt)da oʻqishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
g) bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. Bunda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi;
(42-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
d) Ijtimoiy reyestrga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
(42-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
j) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.
43. Tijorat banki kredit oluvchi tomonidan taʼlim krediti berishni soʻrab taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqib, taʼlim krediti shartnomasini imzolaydi.
Kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizom va tijorat bankining kredit siyosati talablariga muvofiq boʻlmagan holatlarda tijorat banki kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va ariza beruvchiga kredit berishni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda javob xati yuboradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari]
44. Taʼlim krediti shartnomasi kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan xalqaro tan olingan dasturlar va malaka sertifikatlarini joriy qilgan taʼlim tashkilotlari va kasbga oʻqimoqchi boʻlgan fuqaro oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt)da koʻrsatilgan muddatga toʻlov summasidan kelib chiqib, unga teng miqdordagi summaga tuziladi.
45. Tijorat banklari tomonidan taʼlim krediti kredit oluvchining ssuda hisobvaragʻidan uning shaxsiy yozma topshirigʻi asosida kredit oluvchi va xalqaro tan olingan dasturlar va malaka sertifikatlarini joriy qilgan taʼlim tashkilotlarining oʻquv kurslarida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) yoki hisob varaqasi/fakturada koʻrsatib oʻtilgan hisobvaragʻiga mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan ajratiladi.
46. Taʼlim kreditining asosiy qarz va foiz toʻlovlari kredit oluvchi tomonidan taʼlim krediti shartnomasida koʻrsatilgan shartlarda toʻlanadi.
47. Kredit oluvchi (kafil yoki boshqalar) taʼlim krediti boʻyicha asosiy qarzni taʼlim krediti shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir.
Bunda tijorat banki kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi)dan mikrokredit boʻyicha asosiy qarzni shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytargani uchun komissiya yoki neustoyka olish taqiqlanadi.
48. Kredit oluvchi taʼlim krediti boʻyicha asosiy qarzni taʼlim krediti shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmasa, tijorat banki taʼlim krediti boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarni oʻzining ichki hujjatlariga asosan qaytarish choralarini koʻradi.
49. Bosh bitimga muvofiq tijorat banklari qarz oluvchilarga ajratilgan taʼlim kreditlari foizlarini qoplash yuzasidan talabnomani shakllantirib, Taʼlim jamgʻarmasiga taqdim etadi.
50. Taʼlim jamgʻarmasi tomonidan xalqaro tan olingan dasturlar va malaka sertifikatlarini joriy qilgan taʼlim tashkilotlarida kasb oʻrganmoqchi boʻlgan fuqarolarning taʼlim olishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish uchun berilgan mablagʻlar boʻyicha hisob-kitob ishlari tijorat banklari va Taʼlim jamgʻarmasi oʻrtasida taʼlim kreditlari uchun mablagʻ ajratish yuzasidan tuzilgan Bosh bitim asosida amalga oshiriladi.
51. Taʼlim jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklariga berilgan mablagʻlar tijorat banklari va Jamgʻarma oʻrtasida tuzilgan Bosh bitim shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda qaytariladi.
5-bob. Kompensatsiya, subsidiya va kreditlarni muddatidan oldin qaytarish
52. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish shartnomasi shartlariga fuqarolar tomonidan asossiz ravishda rioya qilinmagan taqdirda, ularga ajratilgan subsidiya, kompensatsiya va kreditlar muddatidan avval qaytariladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
53. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
54. Nemis, ingliz, yapon va koreys tillari boʻyicha kamida V1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilari eng koʻp boʻlgan 50 nafargacha oʻqituvchiga 50 million soʻm miqdorida subsidiya Kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili fani oʻqituvchilarining reytingini aniqlash va ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda toʻlab beriladi.
55. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan hamda mehnat migratsiyasida boʻlgan fuqarolarga subsidiya, kompensatsiya va kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan tashkillashtirilgan holda rivojlangan davlatlarga ishlash uchun chiqib ketayotgan fuqarolarga rivojlangan mamlakatlarda ishga joylashish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun mikrokreditlarni ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Ijrochilar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
I. Tijorat banklariga depozit mablagʻlarni joylashtirish
1-bosqich
Agentlik
Tijorat banklarining muvofiqlik mezonlariga mosligini oʻrganadi. Tijorat banklari muvofiqlik mezonlariga mos emas deb topilganda, ular bilan Bosh bitim tuzishni rad etish haqida yozma tarzda xabardor qiladi.
Hujjatlar taqdim etilgandan soʻng besh ish kunida
2-bosqich
Agentlik
Muvofiqlik mezonlariga mos deb topilgan tijorat banklari hamda Agentlik oʻrtasida mikrokreditlar uchun depozit mablagʻlarini joylashtirish yuzasidan Bosh bitim tuzadi.
Oʻzaro kelishuvga muvofiq
3-bosqich
Agentlik
Tijorat banklariga kreditlar ajratish uchun ikki yildan koʻp boʻlmagan muddatda depozit mablagʻlarini joylashtiradi.
Bosh bitimda belgilangan muddatlarda
II. Mikrokreditlarni ajratish
4-bosqich
Agentlik
Agentlik hamda tijorat banklari oʻrtasida kreditlar uchun depozit mablagʻlarini joylashtirish yuzasidan tuzilgan depozit shartnomasiga muvofiq mablagʻlar tijorat banklarining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishini taʼminlaydi.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
5-bosqich
Tijorat banklari
Kredit shartnomasini tuzadi hamda kredit ajratilishini taʼminlaydi.
Uch ish kunida
6-bosqich
Tijorat banklari
Agentlik tomonidan ajratilgan mablagʻlarni depozit shartnomasida belgilangan shart, tartib va muddatlarda qaytaradi.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-son qaroriga 5-ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili fani oʻqituvchilarining reytingini aniqlash va subsidiya berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
1. Ushbu Nizom davlat kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan ingliz, koreys, nemis va yapon tili fani oʻqituvchilarining faoliyati samaradorligi boʻyicha reytingini (keyingi oʻrinlarda — reyting) aniqlash va ularga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan subsidiya toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Reytingni aniqlashning maqsad va vazifalari
3. Kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ularda faoliyat yuritayotgan chet tili fani oʻqituvchilarining pedagogik faoliyati darajasi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, ularning salohiyatidan samarali foydalanish, oʻqitish sifati boʻyicha xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori koʻrsatkichlarga erishish, mamlakatimizda chet tillarni oʻrgatishni ommalashtirish reytingni aniqlashning maqsadi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
4. Quyidagilar reytingni aniqlash borasidagi asosiy vazifalar hisoblanadi:
kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida taʼlim berayotgan chet tili fani oʻqituvchilarining professional bilim darajasini aniqlash;
kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida taʼlimni muntazam takomillashtirib borish asosida xorijiy mehnat bozorlarida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlarni tayyorlash;
kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarining reytingi yuqori boʻlgan va chet (ingliz, koreys, nemis va yapon) tillari boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilari soni eng koʻp boʻlgan chet tili fani oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish;
kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida taʼlim berayotgan chet tili fani oʻqituvchilarining reytingini aniqlash orqali ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshirish;
kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida respublikamiz va xalqaro miqyosda reytingi yuqori taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda ularning xalqaro standartlarga muvofiq yuqori koʻrsatkichlarga erishishiga koʻmaklashish.
5. Reyting quyidagi koʻrsatkich (indikator)lar asosida baholanadi:
hisobot yilida oʻquvchilar va (yoki) bitiruvchilarning chet tili boʻyicha kamida V1 yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgani;
chet tili fani boʻyicha oʻqituvchida oʻqitayotgan tili boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatning mavjudligi;
chet tili fani boʻyicha oʻqituvchida xalqaro tan olingan pedagogik sertifikatning mavjudligi;
chet tili fani boʻyicha oʻqituvchi tomonidan dars berilgan guruh bitiruvchilarining rivojlangan xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani;
chet tili fani boʻyicha oʻqituvchining taʼlim darajasi.
4-bob. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish
6. Chet tili fani oʻqituvchilarining reytingi Agentlik tomonidan “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasiga (keyingi oʻrinlarda — “Xorijda ish” dasturiy majmuasi) kiritilgan maʼlumotlar va asoslantiruvchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
7. Kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlari tomonidan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar asoslantiruvchi hujjatlar bilan birgalikda reyting aniqlanayotgan yilning 30-yanvariga qadar “Xorijda ish” dasturiy majmuasiga kiritiladi.
Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar va asoslantiruvchi hujjatlar oʻqituvchi tomonidan reyting aniqlanayotgan yildan bir yil oldin erishilgan natijalar asosida shakllantiriladi.
“Xorijda ish” dasturiy majmuasiga reyting aniqlanayotgan yilning 30-yanvaridan soʻng qoʻshimcha maʼlumot joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar asoslantiruvchi hujjatlar bilan birga koʻrib chiqiladi.
Asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, maʼlumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.
9. Reyting “Xorijda ish” dasturiy majmuasidagi maʼlumotlar asosida Agentlik tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragi yakuniga qadar shakllantiriladi.
5-bob. Reytingni aniqlashga oid baholash va natijalarni hisoblash
10. Chet tili fani oʻqituvchilarining reytingi har yili fevral-mart oylarida mazkur Nizomga ilovaga muvofiq reytingni aniqlash mezonlaridan kelib chiqib, Agentlik direktorining buyrugʻi asosida tuziladigan komissiya tomonidan baholanadi.
Bunda:
komissiya tarkibiga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining vakillari kiritiladi;
reytingni aniqlashda mazkur Nizomga ilovada koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq kamida 75 ball toʻplagan chet tili fani oʻqituvchilarining natijalari inobatga olinadi.
11. “Xorijda ish” dasturiy majmuasiga yuklangan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar tahlil qilinib, reyting indikatorlari uchun ballar quyidagicha hisoblanadi:
tegishli reyting indikatori boʻyicha oʻqituvchilarning koʻrsatkichlari aniqlanadi;
koʻrsatkichlarga asosan oʻqituvchilarga shu indikator uchun belgilangan ballar beriladi;
har bir indikator boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisidan oʻqituvchilar reytingi belgilanadi.
6-bob. Reytingini eʼlon qilish va ragʻbatlantirish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
12. Kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida taʼlim berayotgan chet tili fani oʻqituvchilarining aniqlangan yakuniy reytingi natijalari II chorak boshlanishidan kechikmay, Agentlikning rasmiy veb-sayti va “Xorijda ish” dasturiy majmuasida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
13. Reytingni aniqlash yakuni boʻyicha eng yuqori natija koʻrsatgan 50 nafar chet tili fani oʻqituvchilariga Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan 50 million soʻmdan subsidiya toʻlanadi.
14. Gʻolib boʻlgan oʻqituvchilar Agentlikning “Xorijda ish” dasturiy majmuasidagi shaxsiy kabinetiga gʻolib boʻlganligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Xabarnomani olgandan soʻng gʻolib boʻlgan oʻqituvchi tomonidan belgilangan shakldagi ariza toʻldiradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida Agentlik tomonidan 50 million soʻm miqdoridagi subsidiya summasi Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan uning arizasida koʻrsatilgan bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi va fuqaro “Xorijda ish” dasturiy majmuasi orqali xabardor qilinadi.
15. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar Agentlikda 3 yil davomida saqlanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Reyting natijalaridan norozi boʻlgan oʻqituvchilar Agentlikka shikoyat qilishlari mumkin.
Oʻqituvchilarning shikoyatlari Agentlikda tashkil etilgan Apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Apellyatsiya komissiyasining faoliyat tartibi Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.
17. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
18. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili fani oʻqituvchilarining reytingini aniqlash va ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili fani oʻqituvchilarining reytingini aniqlash
MEZONLARI
T/r
Reyting indikatori
Izoh
Ball
1.
Hisobot yilida oʻquvchilar va (yoki) bitiruvchilarning chet tili boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritgan.
Xalqaro sertifikat sifatida quyidagilar tan olinadi:
Ingliz tili boʻyicha: IELTS, TOEFL (iBT/iTP), Cambridge Assessment English
Nemis tili boʻyicha: Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD I/II), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF), ÖSD Zertifikat
Koreys tili boʻyicha: TOPIK (I/II)
Yapon tili boʻyicha: Japanese Language Proficiency Test (JLPT).
Oʻquvchilar soni:
1) 3 nafardan 10 nafargacha — 10 ball;
2) 10 nafardan 20 nafargacha — 30 ball;
3) 20 nafardan 30 nafargacha — 50 ball;
4) 30 nafardan 40 nafargacha — 70 ball;
5) 40 nafar va undan yuqori — 100 ball.
2.
Chet tili fani boʻyicha oʻqituvchida oʻqitayotgan tili boʻyicha kamida V1 yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatning mavjudligi.
Xalqaro sertifikat sifatida quyidagilar gan olinadi:
Ingliz tili boʻyicha: IELTS, TOEFL (iBT/iTP), Cambridge Assessment English
Nemis tili boʻyicha: Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD I/II), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF), ÖSD Zertifikat
Koreys tili boʻyicha: TOPIK (I/II)
Yapon tili boʻyicha: Japanese Language Proficiency Test (JLPT).
Sertifikat darajasi:
1) B1 yoki unga tenglashtirilgan — 10 ball;
2) B2 yoki unga tenglashtirilgan — 20 ball;
3) C1 va undan yuqori yoki unga tenglashtirilgan — 35 ball.
3.
Chet tili fani boʻyicha oʻqituvchi tomonidan dars berilgan guruh bitiruvchilarining rivojlangan xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan.
1. Rivojlangan mamlakatlar roʻyxati Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan hisobotlar asosida shakllantirilib, Agentlikning rasmiy veb-saytida hamda “Xorijda ish” dasturiy majmuasida barcha uchun ochiq eʼlon qilinadi.
2. Bitiruvchining rivojlangan xorijiy davlatda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani “Xorijda ish” dasturiy majmuasidagi maʼlumotlar bilan asoslangan boʻlishi lozim.
3. Kasbiy taʼlim tashkiloti yoki kasbiy koʻnikmalar markazini reyting aniqlanadigan yildan koʻpi bilan bir yil oldin bitirgan bitiruvchilar inobatga olinadi.
Bitiruvchilar soni:
1) 3 nafardan 10 nafargacha — 5 ball;
2) 10 nafardan 20 nafargacha — 10 ball;
3) 20 nafardan 30 nafargacha — 20 ball;
4) 30 nafardan 40 nafargacha — 30 ball;
5) 40 nafar va undan yuqori — 50 ball.
4.
Chet tili fani boʻyicha oʻqituvchining taʼlim darajasi.
1) Bakalavr — 10 ball;
2) Magistr — 15 ball.
Jami
200 ball
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-son qaroriga 6-ILOVA
Migratsiya jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Migratsiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 18-martdagi 206-son qarorida nazarda tutilgan holatlar va qoidalarga tatbiq etilmaydi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va Agentlik tarkibida boʻladi.
Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan Agentlikning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yigʻiladi.
3. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar huquqiy, ijtimoiy himoya qilinadi va ularga moddiy yordam koʻrsatiladi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
Davlat budjetidan ajratiladigan begʻaraz moliyaviy yordam;
chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar uchun yigʻimlarning bir qismi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari, homiylik, grant mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslar, xayriya jamgʻarmalari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining ixtiyoriy xayriya mablagʻlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarma hisobraqamlariga tushadi, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning tartib-taomillarida yoki xorijiy grantlarni taqdim etish shartlarida boshqa tartib belgilangan hollar bundan mustasno.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi xarajatlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi:
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor boʻlgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz, yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga huquqiy, ijtimoiy hamda moddiy yordam koʻrsatish;
mehnat migratsiyasida boʻlgan vaqtda jarohat olgan, baxtsiz hodisaga uchragan, ogʻir kasallikka chalingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tibbiy yordam koʻrsatish, basharti ushbu xizmatlar qiymatini ularning oʻz mablagʻlari yoki tibbiy sugʻurta hisobidan toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda;
chet elda boʻlgan davrda vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida mayib boʻlgan yoki ogʻir tan jarohati olgan fuqarolarni olib kelish;
avval tashkillashtirilgan holda tanlash doirasida xorijga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, keyinchalik toʻlangan mablagʻlarni mazkur shaxslar hisobidan qoplash, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha kelishilgan sharoitlar bilan taʼminlanmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.01.00 Umumiy masalalar]
xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va boshqa tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotining oʻrnini qoplash uchun sugʻurta kompaniyalariga subsidiyalar toʻlash;
fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi, uning filiallari hamda ketish oldidan moslashtirish markazlari faoliyatini tashkil etish va faoliyat yuritishini taʼminlash, shuningdek, malakali chet ellik pedagog kadrlarni mahalliy taʼlim tashkilotlariga jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga tayyorlash va chet tillariga oʻqitish;
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar va (yoki) kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini toʻlab berish, xorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya toʻlash;
rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalariga doir axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish;
Agentlikning chet eldagi vakolatxonalarini tashkil etish, jihozlash va saqlab turish;
xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining ish bilan taʼminlanganlik holatini ular ishga joylashgan joylarga borgan holda monitoring qilib borish;
Agentlik xodimlarini xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va uning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslar faoliyatini moliyalashtirish;
xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga yordam koʻrsatish uchun tunu-kun ishlaydigan “Call markaz” faoliyatini texnik qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish;
mehnat migrantlari uchun vaqtincha boʻlib turgan mamlakatlari va u yerdagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni joylashtirish, vatandoshlar bilan onlayn muloqot qilish va pul oʻtkazmalarini amalga oshirish, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan bogʻlanish imkonini beruvchi mobil ilova yaratish va uni kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish;
Oʻzbekiston hududidan tashqariga chiquvchi va mamlakatimiz hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi Yagona idoralararo elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va uni kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]
tashkillashtirilgan holda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun rivojlangan davlatlarga chiqib ketayotgan fuqarolarga 10 million soʻmgacha mikrokreditlar ajratish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
ingliz, koreys, nemis va yapon tillari boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilar soni eng koʻp boʻlgan kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarining 50 nafar chet tili fani oʻqituvchilariga 50 million soʻmdan subsidiya toʻlash;
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun darsliklar va boshqa tarqatma materiallarni nashr qilishni moliyalashtirish;
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini til va kasbga oʻqitayotgan oʻqituvchilarni malaka oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish va ularning xizmat safari xarajatlarni qoplash;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish.
Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari qoldigʻi navbatdagi moliya yiliga oʻtadi va olib qoʻyilmaydi.
7. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan xarajatlar uchun Jamgʻarma mablagʻlaridan mablagʻlar sarflashni tashkil etish sxemasiga muvofiq ushbu Nizomga ilovaga binoan tasdiqlangan yoʻnalishlarga asosan foydalaniladi.
8. Jamgʻarma mablagʻlaridan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yuborgan tashkilotlar aybi bilan yuzaga kelgan va ushbu Nizomning 6-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan xarajatlar uchun foydalanilsa, Jamgʻarmaning foydalanilgan mablagʻlar yuboruvchi tashkilotlarning zaxira qilingan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Yuboruvchi tashkilot zaxira qilingan summadan foydalanilgan mablagʻlarni bir hafta muddatda qoplashi shart.
9. Joriy yilda Jamgʻarmaning foydalanilmagan mablagʻlari qoldiqlari keyingi moliya yiliga oʻtadi va keyingi yilga moʻljallangan xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
10. Xususiy bandlik agentliklari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt ming baravari miqdoridagi mablagʻlar tegishli litsenziya amal qilish muddatiga mutanosib davrga Agentlikning roziligisiz sarflamaslik va mablagʻlar sarflangan taqdirda, belgilangan muddatlarda oʻrnini toʻldirish sharti bilan tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtiriladi.
Bunda zaxira mablagʻlari qoʻyiladigan tijorat banklariga nisbatan quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi:
tijorat banki xalqaro reyting agentliklarining “V” darajasidan past boʻlmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega boʻlishi;
oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik tashkiloti ijobiy xulosasining mavjudligi;
tijorat bankining regulyativ kapitali 500 milliard soʻmdan kam boʻlmasligi;
tijorat banki Davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan depozitlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlmasligi.
Zaxira mablagʻlarini depozitga joylashtirish, sarflash, qisman yechish, qayta toʻldirish, foiz daromadlarini yoʻnaltirish tartibi Agentlik, xususiy bandlik agentligi va tijorat banklari oʻrtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini hisobga olish, ular boʻyicha hisobot tuzish va ulardan foydalanishni nazorat qilish
11. Agentlik direktori kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda Migratsiya boʻyicha respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda, Jamgʻarmaning mablagʻlaridan foydalanish parametrlariga tezkor oʻzgartirishlar kiritish yoki Jamgʻarma mablagʻlarini mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish huquqiga ega.
12. Agentlik direktori har olti oyda Jamgʻarma faoliyati, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilgan ishlar, tizimli muammolar va ularning yechimi toʻgʻrisida Migratsiya boʻyicha respublika komissiyasiga hisobot beradi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
14. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
15. Jamgʻarma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Migratsiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlarining tasdiqlangan yoʻnalishlarga muvofiq sarflanishini tashkil etish
SXEMASI
T/r
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari*
Xarajatlarni toʻlash uchun talab etiladigan hujjatlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (Agentlik) direktori nomiga huquqiy, ijtimoiy hamda moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha qogʻoz yoki elektron shaklda ariza.
2. Ariza qogʻoz shaklida berilganda — ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (hujjatlar yoʻqolgan hollar bundan mustasno).
3. Fuqaro xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotganini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining tasdiqnoma yoki maʼlumotnomalari yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organning maʼlumotnomasi).
Bunda xorijda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan xotin-qizlardan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotganini tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi farzandining tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomasi.
1. Murojaat qilganlarni himoya qilish maqsadida advokatning, yuridik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlariga haq toʻlash.
3. Murojaat qilgan fuqaroning huquqiy va ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash uchun ishga joylashtirilgan mamlakatning vakolatli organlariga murojaatni yuborish.
-
4. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun avia va temir yoʻl chiptalari haqini toʻlash.
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq
5. Xorijiy ish beruvchilarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlarini taklif qilish.
-
6. Bir martalik moddiy yordam toʻlash.
Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida
Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida
2.
Mehnat migratsiyasida boʻlgan vaqtda jarohat olgan, baxtsiz hodisaga uchragan, ogʻir kasallikka chalingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tibbiy yordam koʻrsatish, basharti ushbu xizmatlar qiymatini ularning oʻz mablagʻlari yoki tibbiy sugʻurta hisobidan toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda.
1. Agentlik direktori nomiga mablagʻlar yoki tibbiy sugʻurta shartnomasi yoʻqligi sabablari koʻrsatgan qogʻoz yoki elektron shakldagi ariza (shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatilgan hollar mustasno).
2. Ariza qogʻoz shaklida berilganda — ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (hujjatlar yoʻqolgan hollar bundan mustasno).
3. Fuqaro xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotganini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining tasdiqnoma yoki maʼlumotnomalari yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organning maʼlumotnomasi).
4. Ishga joylashtirilgan mamlakatning sogʻliqni saqlash organlari tomonidan berilgan tibbiy yordam olish zaruratini tasdiqlovchi hujjat.
1. Ishga joylashtirilgan mamlakatning sogʻliqni saqlash muassasalariga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar haqini toʻliq yoki qisman toʻlash, shu jumladan mehnat migratsiyasiga yuborilayotgan/ undan qaytayotgan shaxslar yoʻl-transport hodisalariga uchragan boʻlsa, ularga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish.
1 ming AQSH dollarigacha
1,5 ming AQSH dollarigacha
2. Sugʻurta shartnomasi hisobiga xarajatlar toʻlanmagani sababi toʻgʻrisida xorijiy ish beruvchiga va sugʻurta kompaniyasiga soʻrov yuborish.
-
3. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun, shu jumladan, ogʻir kasallikka chalingan fuqarolar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari tashilishini hisobga olgan holda transport kompaniyalari (zaruratga qarab, tez tibbiy yordamning koʻchma brigadalari) haqini toʻlash.
Transport kompaniyalari, tibbiy muassasalar narxlariga muvofiq
4. Tibbiyot xodimi kuzatuvi ostida fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarishda tibbiyot xodimining xizmat safari haqini toʻlash.
Transport, yashash va sutkalik xarajatlarni belgilangan normalarga muvofiq
3.
Chet elda boʻlgan davrda vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida mayib boʻlgan yoki ogʻir tan jarohati olgan fuqarolarni olib kelish.
1. Agentlik yoki uning xorijiy vakolatxonasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat (fuqarolar vafot etgan boʻlsa — murojaat etuvchining shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlar va yashash manzilini koʻrsatgan holda).
2. Vafot etgan fuqaroning shaxsini aniqlashga yordam beradigan va holat boʻyicha murojaat etuvchiga maʼlum boʻlgan barcha maʼlumotlar.
3. Fuqaro chet elda vafot etgan boʻlsa, vakolatli organlar tomonidan berilgan oʻlimni tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
1. Vafot etgan shaxs jasadini olib ketish uchun uni urf-odatlarga koʻra tayyorlash xizmatlari va boshqa xizmatlar haqini toʻlash.
1,5 ming AQSH dollarigacha
9 ming AQSH dollarigacha
2. Vafot etgan shaxsning jasadini Oʻzbekiston Respublikasiga tashish boʻyicha transport kompaniyalari xizmatlari haqini toʻlash.
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq
3. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun, shu jumladan, ogʻir kasallikka chalingan fuqarolar tashilishini hisobga olgan holda transport kompaniyalari haqini toʻlash.
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq
4. Vafot etgan yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotgan fuqaroning voyaga yetmagan oila aʼzolarining Oʻzbekistonga qaytishi uchun avtotransport, temir yoʻl va avia chiptalari haqini toʻlash.
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq
4.
Avval tashkillashtirilgan holda tanlash doirasida xorijga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, keyinchalik toʻlangan mablagʻlarni mazkur shaxslar hisobidan qoplash, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha kelishilgan sharoitlar bilan taʼminlanmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish.
1. Agentlik direktori nomiga mablagʻlar yoki tibbiy sugʻurta shartnomasi yoʻqligi sabablari koʻrsatgan qogʻoz yoki elektron shakldagi ariza.
2. Ariza qogʻoz shaklida berilganda — ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (hujjatlar yoʻqolgan hollar bundan mustasno).
3. Fuqaro xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotganini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining tasdiqnoma yoki maʼlumotnomalari yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organning maʼlumotnomasi).
4. Xorijiy davlat sudi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining fuqaroni deportatsiya qilish (chiqarib yuborishni)ga oid hujjatlari (qaror, xulosa, maʼlumotnoma va boshqalar).
5. Xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha kelishilgan shartlar buzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (Agentlik yoki uning xorijiy vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xususiy bandlik agentliklari, ishga joylashtirilgan mamlakatning mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organlarining xulosalari, maʼlumotnomalari va boshqalar).
1. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytgunga qadar mehmonxonalar va sutkalik mehmonxonalar xizmatlari haqini toʻlash (mablagʻsiz va yashash joyisiz qolgan fuqarolar uchun).
1 ming AQSH dollarigacha
1 ming AQSH dollarigacha
2. Fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha ishga joylashtirilgan mamlakatning vakolatli organlariga murojaatlar yuborish (xorijiy ish beruvchi ishga joylashtirish shartlarini buzganda).
-
3. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun avia va temir yoʻl chiptalari haqini toʻlash.
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq
4. Xorijiy ish beruvchilarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlarini taklif qilish (deportatsiya va chiqarib yuborish holatlari bundan mustasno).
-
5. Fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgach, ularni qaytarishga sarflangan mablagʻlarni qoplash toʻgʻrisida shartnoma tuzish.
-
5.
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va boshqa tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotining oʻrnini qoplash uchun sugʻurta kompaniyalariga subsidiyalar toʻlash.
Sugʻurta tashkiloti talabnomasi.
Bunda sugʻurta talabnomasida sugʻurtalangan fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlari (F.I.O, pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR, tugʻilgan sanasi) hamda sugʻurta polisi seriyasi va raqami koʻrsatilishi lozim.
Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning sogʻligʻi va hayoti, shuningdek,boshqa tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotini qoplab berish.
300 ming soʻmgacha
6.
Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi, uning filiallari hamda ketish oldidan moslashtirish markazlari faoliyatini tashkil etish va faoliyat yuritishini taʼminlash, shuningdek, malakali chet ellik pedagog kadrlarni mahalliy taʼlim tashkilotlariga jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish.
1. Agentlik direktori nomiga qogʻoz yoki elektron shakldagi ariza.
2. Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi, uning filiallari hamda ketish oldidan moslashtirish markazlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash hamda jihozlash boʻyicha xarajatlar smetasi.
3. Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi, uning filiallari hamda ketish oldidan moslashtirish markazlarni zarur asbob-uskunalar, laboratoriya va kompyuter texnikasi va adabiyotlar bilan taʼminlashga oid shartnomalar (loyihalashtiruvchilar, pudratchilar va yetkazib beruvchilar belgilangan tartibda saralangandan keyin).
4. Malakali chet ellik pedagog kadrlarni mahalliy taʼlim tashkilotlariga jalb qilishga oid shartnomalar nusxalari.
Loyihalashtiruvchilar, pudratchilar va yetkazib beruvchilarning bajargan ishlari, koʻrsatgan xizmatlari va yetkazib bergan tovarlar qiymatini tasdiqlangan smeta va tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq toʻlab berish.
Tasdiqlangan smetalar va tuzilgan shartnomalarga muvofiq
1. Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari hamda Agentlik oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi.
Bunda Agentlik tasarrufidagi hamda unga biriktirilgan davlat taʼlim tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuziladi.
2. Agentlik buyurtmasi.
3. Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining “Xorijda ish” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtganligi.
4. Fuqaro kasb-hunar yoki chet tiliga oʻqitilayotganini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqaro va taʼlim tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi, oʻqish yakuni boʻyicha berilgan sertifikatlar hamda boshqalar).
Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga tayyorlash va chet tillariga oʻqitish bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish.
Har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha
8.
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:
xorijiy tillar va (yoki) kasb boʻyicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda;
rivojlangan davlatlarga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun;
yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash.
xorijiy tillar va (yoki) kasb boʻyicha malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirganligini tasdiqlovchi sertifikat va toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
“ishchi viza” uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda fuqaro va xorijiy ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt) nusxasi;
yoʻl chiptasi uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
1. Xorijiy tillar yoki kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash.
Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha
2. Xorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya toʻlash**
Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha
3. Rivojlangan davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya toʻlash.
Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha
9.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalariga doir axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish.
1. Agentlik tegishli boʻlimining axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi.
2. Migratsiya sohasiga doir axborot-maʼrifiy mahsulotlar (eʼlonlar, flayerlar, bukletlar, bannerlar va boshqalar)ni tayyorlash va joylashtirishga oid shartnomalar nusxalari.
3. Migratsiya sohasiga doir maslahatlashuvlar, seminarlar, davra suhbatlarini oʻtkazish, maqolalar, risolalar, qoʻllanmalar va boshqa axborot materiallarini tayyorlash, shu jumladan, video va audioroliklar hamda filmlar, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish boʻyicha shartnomalar nusxalari.
4. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda migratsiya sohasiga doir targʻibot va tashviqot tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha shartnomalar nusxalari.
Axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish xarajatlarini moliyalashtirish.
Migratsiya agentligining chet eldagi vakolatxonalarini tashkil etish, jihozlash va saqlab turish.
1. Agentlik direktori buyrugʻi.
2. Vakolatxonalarning xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvali.
Quyidagi xarajatlarni moliyalashtirish:
vakolatxona binolari va xonalarini kapital hamda joriy taʼmirlash;
vakolatxona xodimlari uchun avtotransport vositalarini xarid qilish, voyaga yetmagan farzandlarining umumtaʼlim muassasalarida taʼlim olishi bilan bogʻliq toʻlovlarni qoplab berish (umumtaʼlim muassasalari pulli boʻlganda);
vakolatxona xodimlari ish haqi, ijtimoiy soliq toʻlovlari (Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlanadi), xodimlar va ularning oila aʼzolarini hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash xarajatlari;
mehnatga haq toʻlash fondidan tejab qolingan, shuningdek, tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari toʻldirilmagan sababli boʻsh mablagʻlarni xorijdagi vakolatxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish;
mebel va idora texnikasi bilan jihozlash, tuzilgan ijara shartnomalariga muvofiq vakolatxona binolari va xonalari hamda xodimlarning uy-joyi uchun ijara haqi toʻlash.
Tasdiqlangan smetalarga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq
11.
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining ish bilan taʼminlanganlik holatini ular ishga joylashgan joylarga borgan holda monitoring qilib borish.
1. Agentlik direktorining monitoring oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi.
2. Safarga yuborish uchun reja-jadval va xarajatlar smetasi.
5 sutkadan koʻp boʻlmagan xizmat safari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish.
Transport, yashash va sutkalik xarajatlar
(belgilangan normalarga muvofiq)
12.
Migratsiya agentligi xodimlarini xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va uning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslar faoliyatini moliyalashtirish.
1. Agentlik tegishli boʻlinmasining xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va (yoki) Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi.
2. Agentlik direktorining Agentlik xodimlarini uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi.
3. Xizmat safarga yuborish uchun reja-jadval va xarajatlar smetasi.
1. Xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safariga yuboriladigan Agentlik xodimlarining ish haqi, ijtimoiy soliq toʻlovlari (Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlanadi), sugʻurta, xizmat safari, ijara (ofis va turar joy uchun), asosiy vositalar va jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini moliyalashtirish.
2. Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakili sifatida jalb etilgan shaxslarga ish haqi xarajatlarni moliyalashtirish.
Tasdiqlangan smetalarga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq
13.
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga yordam koʻrsatish uchun tunu-kun ishlaydigan “Call markaz” faoliyatini yuritish va texnik qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish.
“Call-markaz” faoliyatini yuritish va uni kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash uchun shartnomalar nusxalari.
Call-markaz faoliyatini tashkil etish va uni kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish.
Tasdiqlangan smetalarga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq
14.
Mehnat migrantlari uchun vaqtincha boʻlib turgan mamlakatlari va u yerdagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni joylashtirish, vatandoshlar bilan onlayn muloqot qilish va pul oʻtkazmalarini amalga oshirish, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan bogʻlanish imkonini beruvchi mobil ilova yaratish va uni kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish.
Mobil ilovani yaratish va uni kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha shartnomalar nusxalari.
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasining mobil ilovasini yaratish hamda ushbu ilovani kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish.
Tasdiqlangan smetalarga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq
15.
Oʻzbekiston hududidan tashqariga chiquvchi va davlat hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi yagona idoralararo elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va uni kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish.
Yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va uni kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha shartnomalar nusxalari.
Yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va uni kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni Migratsiya jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtirish
Tasdiqlangan smetalarga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq
16.
Tashkillashtirilgan holda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun rivojlangan davlatlarga chiqib ketayotgan fuqarolarga 10 million soʻmgacha mikrokreditlar ajratish.
1.Tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar berish uchun Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan resurs ajratish boʻyicha talabnoma.
2.Tashkillashtirilgan holda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan fuqarolar va bank oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi.
3.Mikrokreditlar ajratilgan fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlari (F.I.O, pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR, tugʻilgan sanasi)
Tashkillashtirilgan holda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun rivojlangan davlatlarga chiqib ketayotgan fuqarolarga mikrokreditlar ajratish uchun tijorat banklarida resurslar joylashtirish.
10 million soʻmgacha***
17.
Ingliz, koreys, nemis va yapon tillari boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilar soni eng koʻp boʻlgan kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarining 50 nafar chet tili fani oʻqituvchilariga 50 million soʻmdan subsidiya toʻlash.
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasi joylashtiriladigan reyting natijalari.
Reyting natijalariga koʻra oʻqituvchilarga subsidiya taqdim etilishi toʻgʻrisidagi Agentligi direktorining buyrugʻi.
Oʻqituvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
Agentlik direktori buyrugʻiga muvofiq oʻqituvchilarning plastik kartochkasiga subsidiyani oʻtkazib berish.
50 million soʻmdan
18.
Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun darsliklar va boshqa tarqatma materiallarni nashr qilishni moliyalashtirish.
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga tayyorlash va chet tillariga oʻqitish faoliyatini amalga oshirayotgan taʼlim tashkilotlarining Agentlik direktori nomiga arizasi.
2. Agentlik direktorining buyrugʻi.
Tuzilgan shartnomalarga muvofiq darsliklar va boshqa tarqatma materiallarni nashr etish va taʼlim tashkilotlariga yetkazib berish xarajatlarini moliyalashtirish.
Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari til va kasb oʻrganayotgan oʻqituvchilarni malaka oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish va ularning xizmat safari xarajatlarni qoplash.
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasiga joylashtiriladigan reyting natijalari.
Agentlik direktorining buyrugʻi.
Xizmat safaridagi toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Asoslovchi hujjatlar asosida oʻqituvchilarning xorijda malaka oshirish va xizmat safari xarajatlarini moliyalashtirish.
Tasdiqlangan smetalarga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq
Izoh:
Xarajatlarni toʻlash uchun talab etiladigan hujjatlar idoraviy elektron hujjat aylanmasi dasturi orqali ustuvor darajada elektron shaklda taqdim etiladi.
* Agentlik direktori kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda Migratsiya boʻyicha respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda, Jamgʻarmaning mablagʻlaridan foydalanish parametrlariga tezkor oʻzgartirishlar kiritish yoki Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlarini mazkur sxemada nazarda tutilmagan xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish huquqiga ega.
** Xorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini mahalliy tashuvchilardan xarid qilish tavsiya qilinadi.
*** Har bir shartnoma boʻyicha toʻlovlar ushbu miqdordan ortishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga rus tilida qabul qilingan 3-ilovaning nomi “Agentstva po oboronnoy promishlennosti pri Ministerstve oboroni Respubliki Uzbekistan” soʻzlaridan keyin “, Agentstvo migratsii pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-fevraldagi 258-son qaroriga 1-ilovada:
izoh qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining xorijiy delegatsiyalar va mehmonlarni kutib olish hamda tashrif davrida diplomatik etiket talablari boʻyicha kuzatib borish va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarni tashish xususiyatlaridan kelib chiqib navbatchi, shu jumladan, xorijiy delegatsiyalar va mehmonlar uchun xizmat avtotransport vositalari soni 6 ta etib belgilanadi;”;
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 17-ilovada:
4-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) yuridik shaxs ustavining tasdiqlangan nusxasi.”
9-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) mehnat va mehnat migratsiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish*;
b) litsenziya daʼvogari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt ming baravari miqdoridagi mablagʻlarni tegishli litsenziya amal qilish muddatiga mutanosib davrga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi roziligisiz sarflamaslik va mablagʻlar sarflangan taqdirda, belgilangan muddatlarda oʻrnini toʻldirish sharti bilan tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirish*;
v) “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish;
g) shtatda kamida ikki nafar xodimning, shu jumladan, oliy maʼlumotga ega rahbarning boʻlishi;
d) xususiy bandlik agentligi taʼsischilari va (yoki) rahbarlari tarkibida firibgarlik, odam savdosi, terrorizm, ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar mavjud emasligi, shuningdek, xususiy bandlik agentliklari tomonidan ushbu jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar bilan mehnat, fuqarolik-huquqiy va agentlik shartnomalari tuzilmasligi;
e) yuridik shaxs xodimlari tomonidan uch yilda kamida bir marta litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibga muvofiq malaka sertifikatini olish;
j) ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, xususiy yoki ijaraga olingan binoga ega boʻlish hamda uning yongʻin xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini taʼminlash, tegishli moddiy-texnik baza va boshqa vositalardan foydalanish;
z) xususiy bandlik agentliklari bilan fuqarolar oʻrtasida tuzilayotgan har bir shartnomani maxsus yaratiladigan elektron axborot tizimiga kiritish va uni doimiy yangilab borish*;
i) xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida bajarilgan shartnomalarga oid arxiv materiallarini shakllantirish va saqlash;
k) xususiy bandlik agentliklarining xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarida belgilangan majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni ushbu depozitga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi koʻrsatmasiga asosan qoplash*”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga oʻqitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 17-apreldagi 213-son qarorida:
1-bandning “a” kichik bandidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketish istagida boʻlgan va “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatga olingan fuqarolar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 463-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholanadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari roʻyxati quyidagi mazmundagi 321-band bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi”.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 62-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 23-avgustdagi 713-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2020-yil 13-avgustdagi OʻRQ-632-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-son qarori)” 2020-yil 2-dekabrdagi 764-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga 6-ilovaning 20-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qaroriga 3-ilovaning 5-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 40-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qaroriga 3-ilovaning 17-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)