1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/1 4-son qarori (roʻyxat raqami 2709, 2015-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-yil, 32-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-aprel,
7/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-apreldagi 7/5-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“moliyaviy tashkilot — kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari, lizing tashkilotlari, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, kliring tashkilotlari va moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar;”;
“kapital monandligi hisob-kitobida tavakkalchilik darajasi 50 foizgacha boʻlgan xorijiy davlatlarning hukumatlari, markaziy banklari va davlat sektori tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar va ularga nisbatan boshqa moliyaviy talablar;”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“kapital monandligi hisob-kitobida tavakkalchilik darajasi 50 foizgacha boʻlgan xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar;
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan taʼminlangan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlar hamda korporativ obligatsiyalar;
kapital monandligi hisob-kitobida tavakkalchilik darajasi 50 foizgacha boʻlgan bankka aloqador boʻlmagan hamda moliyaviy boʻlmagan tashkilotlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar;”;
“kapital monandligi hisob-kitobida tavakkalchilik darajasi 0 foiz boʻlgan xorijiy davlatlarning hukumatlari, markaziy banklari va davlat sektori tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar va ularga nisbatan boshqa moliyaviy talablar;”;
“kapital monandligi hisob-kitobida tavakkalchilik darajasi 0 foiz boʻlgan xalqaro moliya tashkilotlari, shu jumladan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa Kengashining taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Amerikalararo taraqqiyot banki, Skandinaviya investitsiya banki va Afrika taraqqiyot banki tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar va ularga nisbatan boshqa moliyaviy talablar;”;
5. Quyidagi mazmundagi 31 — 33-bandlar bilan toʻldirilsin:
“31. 2-darajali yuqori likvidli aktivlar 2A darajali va 2B darajali yuqori likvidli aktivlarni oʻz ichiga oladi.
Bunda, yuqori likvidli aktivlar hisob-kitobida: 2-darajali yuqori likvidli aktivlar summasi yuqori likvidli aktivlar summasining 40 foizidan;
2B darajali yuqori likvidli aktivlar summasi jami yuqori likvidli aktivlar summasining 15 foizidan oshmasligi lozim.
32. 2A darajali yuqori likvidli aktivlarga quyidagilar kiradi:
kapital monandligi hisob-kitobida tavakkalchilik darajasi 20 foiz boʻlgan xorijiy davlatlarning hukumatlari, markaziy banklari va davlat sektori tashkilotlari hamda xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar va ularga nisbatan boshqa moliyaviy talablarning 85 foizi;
reyting bahosi “AA” (Standard & Poorʼs, Fitch Ratings) va (yoki) “Aa3” (Moodyʼs Investors Service) darajasidan past boʻlmagan hamda bankka aloqador hisoblanmagan moliyaviy boʻlmagan tashkilotlar tomonidan chiqarilgan taʼminlangan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlar hamda korporativ obligatsiyalarning 85 foizi;
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalarning 85 foizi.
33. 2B-darajali yuqori likvidli aktivlarga quyidagilar kiradi:
reyting bahosi “A+” dan “A-” gacha (Standard & Poorʼs, Fitch Ratings) va (yoki) “A1” dan “A3” gacha (Moodyʼs Investors Service) boʻlgan hamda bankka aloqador hisoblanmagan moliyaviy boʻlmagan tashkilotlar tomonidan chiqarilgan taʼminlangan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlar hamda korporativ obligatsiyalarning 50 foizi;
kapital monandligi hisob-kitobida tavakkalchilik darajasi 50 foiz boʻlgan xorijiy davlatlarning hukumatlari, markaziy banklari va davlat sektori tashkilotlariga hamda xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar va ularga nisbatan boshqa moliyaviy talablarning 50 foizi.”.
birinchi xatboshidan “SBMMK hisoblash namunasi mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan.” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Barqaror moliyalashtirishning mavjud summasi va barqaror moliyalashtirishning zarur summasi elementlari va ularga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar Markaziy bank tomonidan oʻrnatiladi.”;