Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat
kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi 886-son “Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni hamda Attraksionlarni hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 27-noyabrdagi 192-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2160, 2010-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 49-son, 461-modda) bilan tasdiqlangan Bogʻlar hamda madaniyat va istirohat bogʻlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.”.
3.
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi hamda bogʻ xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash bogʻ rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.”.
4.
33-banddagi “tibbiy koʻrikdan” degan soʻzlar “majburiy tibbiy koʻrikdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“34. Majburiy tibbiy koʻriklar bogʻga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa bogʻ joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkazilishi lozim.
35. Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan xodimlarni ishdan chetlashtirishi shart.”.
6.
36-banddagi “tibbiy koʻriklar” degan soʻzlar “majburiy tibbiy koʻriklar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7.
38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Bogʻ maydonlari va binolarning joylashuvi SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” talablariga mos boʻlishi kerak.”.
“44. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi kerak.
45. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi lozim.”.
9.
56-banddagi “QMQ 2.01.05-98” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10.
63-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11.
69-banddagi “QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12.
144-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“144. Attraksionlarni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish), uning konstruksiyalarini almashtirish bilan bogʻliq montaj va taʼmirlash ishlari faqat attraksionning ekspluatatsiya va taʼmirlash hujjatlari asosida ruxsatnomaga ega ixtisoslashtirilgan montaj tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi kerak.”.