toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-57-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat bojxona xizmati organlarining (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari) faoliyatini tashkil etish va bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. 2025-yilda bojxona sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
(a) sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish;
(b) bojxona organlari axborot tizimlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish;
(v) bojxona organlari tashkiliy tuzilmalarini optimallashtirish.
II. Moliyaviy resurslar
2. Belgilansinki:
(a) mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va bojxona organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro grant mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(b) bojxona organlari tashkiliy tuzilmalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
III. Tashkiliy chora-tadbirlar
3. Quyidagilar:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(b) Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(v) Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining Intizom nizomi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining bojxona organlarida mavjud shtat birliklari doirasida quyidagi tuzilmalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
(a) “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti negizida — elektron savdo maydonchalari orqali xarid qilinayotgan tovarlar va maxsus toifadagi yuklarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazishga moʻljallangan “Elektron tijorat” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postini;
(b) “Sirdaryo” chegara bojxona posti tarkibidagi “Oq oltin” va “Malik” bojxona punktlari negizida alohida “Oq oltin” va “Malik” chegara bojxona postlarini;
(v) Bojxona qoʻmitasi tizimida alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Bojxona rasmiylashtiruvi markazini. Bunda:
(i) hududiy boshqarmalarning masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari bosqichma-bosqich tugatiladi;
(ii) Bojxona qoʻmitasi raisiga Bojxona rasmiylashtiruvi markazi tuzilmasi va nizomini tasdiqlash vakolati beriladi.
5. Bojxona qoʻmitasi tarkibida bojxona sohasiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishga ixtisoslashgan tuzilma tashkil etilsin. Bunda:
(a) tuzilma bojxona organlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyiha menejeri hisoblansin;
(b) tuzilmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(i) sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida ilgʻor xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish;
(ii) bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini qamrab olgan sunʼiy intellekt texnologiyalarini tadqiq qilish, ularning samarali ishlashini taʼminlash hamda doimiy tarzda sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish choralarini koʻrish;
(iii) ushbu yoʻnalishda mahalliy va xalqaro mutaxassislar hamda ilgʻor xorijiy davlatlar bilan ilmiy va amaliy tajriba almashish boʻyicha hamkorlik qilish;
(iv) sunʼiy intellekt texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish.
6. Bojxona sohasiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va takomillashtirish maqsadida Bojxona qoʻmitasi raisining Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha maslahatchisi lavozimi kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga hamda bojxona postlari roʻyxati va toifalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Bojxona organlari tuzilmalari faoliyatini optimallashtirish, rahbarlik lavozimlarini qisqartirish, bojxona nazorati samaradorligini oshirish va rasmiylashtiruv jarayonlarini markazlashtirish maqsadida 25 ta bojxona postlari 6-ilovaga muvofiq tugatilsin.
9. Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) bir oy muddatda mazkur qaror talablariga muvofiq bojxona organlarining yangilangan shtatlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
10. Bojxona organlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash hamda bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish masalalarini ilmiy asoslangan holda oʻrganish uchun Bojxona qoʻmitasi tarkibida Tashqi iqtisodiy faoliyat ilmiy markazi tashkil etilsin va uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
(a) xalqaro tashkilotlarning umumeʼtirof etilgan talablari, xalqaro standartlar, shuningdek, xalqaro indeks va reytinglar mezonlari asosida bojxona ishi va milliy qonunchilikni takomillashtirish;
(b) tashqi savdo jarayonlarini tahlil qilish natijalari asosida tarif siyosatini takomillashtirish hamda import hajmi yuqori boʻlgan tovarlarni mahalliylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(v) bojxona nazorati metodologiyasi, tovarlar nomenklaturasi, bojxona qiymati va xavflarni boshqarish sohasidagi muammolarni ilmiy tadqiq etish;
(g) bojxona organlarida fiskal faoliyat samaradorligini monitoring qilish va prognozlash, mavjud imtiyoz va preferensiyalar qoʻllanilishini baholash.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2027-yil 1-yanvarga qadar Bojxona institutida quyidagi axborot tizimlarini joriy etsin:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
(a) taʼlim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish boʻyicha “Taʼlim menejmenti” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
(b) professor-oʻqituvchilar faoliyati samaradorligini reyting baholash boʻyicha “Samaradorlikni baholash” moduli;
(v) bojxona organlari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha “Malaka” avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
13. Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
(a) bakalavriatda dual taʼlim asosida oʻqitishni yoʻlga qoʻysin;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
14. 2025-yil 1-iyuldan sugʻurta tashkilotlari bilan bojxona organlari axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilgan holda chegara orqali harakatlanayotgan avtotransport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish mexanizmi yoʻlga qoʻyilsin.
Bunda:
(a) bojxona postiga kirib kelgan avtotransport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisida sugʻurta polisini rasmiylashtirish bojxona organlari axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;
(b) Bojxona qoʻmitasining tegishli dasturlari Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinadi;
(v) chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisida sugʻurta polisi mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
15. Belgilansinki, tovarlar rasmiylashtiruvi jarayonida:
(a) bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi quyidagi yoʻlaklar kesimida tovar, transport vositalari, shaxslarning xavf darajalari hamda ularga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona nazorati shakllari va hajmini belgilaydi:
(i) “yashil yoʻlak”da xavf darajasi past belgilanadi va bojxona nazorati shakllari qoʻllanilmaydi (tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati bundan mustasno). Bunda “yashil” yoʻlakka yoʻnaltirilgan tovarlar avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi;
(ii) “sariq yoʻlak”da xavf darajasi oʻrta belgilanadi va bojxona nazoratining bir yoki bir nechta shakllari qoʻllaniladi (bojxona va shaxsiy koʻrik bundan mustasno);
(iii) “qizil yoʻlak”da xavf darajasi yuqori belgilanadi va bojxona nazoratining bir yoki bir nechta shakllari qoʻllaniladi;
(iv) “koʻk yoʻlak”da bojxona nazorati shakllari tovar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan soʻng amalga oshiriladi;
(b) bojxona organlarida xavflarni boshqarish tizimini qoʻllash mexanizmlari, tasodifiy tanlov tamoyili, xavf profillari, mezonlari va uslubiyotidan foydalanish tartibi, shuningdek, tovar va transport vositalariga nisbatan bojxona koʻrigini oʻtkazishning hajmi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi;
(v) bojxona organlari xodimi tomonidan “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi buyurgan bojxona operatsiyalarining bajarilishi majburiy hisoblanadi.
16. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab, Bojxona qoʻmitasi tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda barcha ishtirokchilar uchun qulay boʻlgan tartibotlarni, shu jumladan, logistika xizmatlarini oʻz ichiga olgan axborot platformasi amaliyotga joriy etiladi. Bunda tizim orqali tashqi savdoni amalga oshirishda barcha idoralar uchun yagona shaklda ariza taqdim qilish, eksport-import shartnomalarini roʻyxatga olish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni elektron tarzda rasmiylashtirish, logistika, bank va ekspertiza xizmatlaridan foydalanish, bojxona va yuk operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi;
(b) Bojxona organlari tomonidan bojxona xizmatlari koʻrsatishda dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish, takomillashtirish hamda GPS plombalar, inspeksion koʻrik majmualari, rentgen qurilmalar va boshqa bojxona nazorati texnik-vositalarining doimiy soz holda ishlashini taʼminlash boʻyicha texnik kuzatuvni amalga oshirish uchun “Bojxona-servis” davlat muassasasi, shu jumladan, xususiy sektorni jalb qilishga ruxsat beriladi.
17. 2025-yil 1-oktabrdan boshlab tovarlarni olib kirish, olib chiqish va tranzit olib oʻtish boʻyicha barcha sertifikat, xulosa va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar faqat “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtirilsin.
18. Belgilansinki, veterinariya va fitosanitariya sohasida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va axborot tizimlari konsepsiyasi Bojxona qoʻmitasi bilan belgilangan tartibda kelishiladi.
19. Bojxona qoʻmitasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
(a) logistika uchun qulay chegara oʻtkazish punktlariga yondosh hududlarda xoʻjalik subyektlarini jalb etgan holda bojxona terminallarini qurish. Bunda:
(i) bojxona terminallaridagi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning asosiy funksiyalari “yagona darcha” tamoyili asosida bojxona, bank, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlar koʻrsatish hisoblanadi;
(ii) tadbirkorlik subyektlari bojxona terminallarida koʻrsatiladigan tijorat xizmatlaridan ixtiyoriy ravishda foydalanadi;
(b) Bojxona organlarining rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlardan amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan holatlar bilan bir qatorda xodimlarga ustamalar toʻlashga hamda obyektlarni kapital qurish va taʼmirlashga yoʻnaltirish;
(v) aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida fitosanitar xavfi past boʻlgan karantin ostidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomalari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini, ozon yemiruvchi moddalar va ulardan tashkil topgan mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun veterinar ruxsatnomalar, muvofiqlik sertifikati, gigiyenik va ekologik sertifikatlarni bir kalendar yildan oshmagan muddatga bir marotaba taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
g) chegara bojxona postlari hududlarini kengaytirish uchun qishloq xoʻjaligi yerlari yer fondi toifasi oʻzgartirilishi hisobiga ajratilgan (ajratiladigan) qoʻshimcha yer maydonlarini, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish nobudgarchilik oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlardan ozod etish.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
20. Bojxona qoʻmitasi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-mart,
PQ-122-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PQ-122-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) maqomi, vazifalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Bojxona qoʻmitasi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi boʻlib, bojxona organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va bevosita tartibga soluvchi, tizimdagi rahbariy faoliyatni kollegial asosda tashkil etadigan, shuningdek, bojxona sohasidagi vakolatli davlat organining funksiyalarini bajaruvchi, harbiylashtirilgan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi.
3. Bojxona qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Bojxona qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Bojxona qoʻmitasida Moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarma) tashkil etiladi.
Maxsus jamgʻarma bojxona yigʻimlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar tarzidagi tushumlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
Maxsus jamgʻarmani tashkil etish hamda undan foydalanish tartibi Bojxona qoʻmitasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona qoʻmitasi maxsus jamgʻarmasi hisobidan homiylik yordamlarini koʻrsatish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga asosan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
6. Bojxona qoʻmitasining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi”;
qisqartirilgan nomi — “Bojxona qoʻmitasi”;
b) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Customs Committee of under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan”;
qisqartirilgan nomi — “Customs Committee”;
v) rus tilida:
toʻliq nomi — “Tamojenniy komitet pri Ministerstve ekonomiki i finansov Respubliki Uzbekistan”;
qisqartirilgan nomi — “Tamojenniy komitet”.
7. Bojxona qoʻmitasining joylashgan manzili (pochta manzili) — Toshkent shahri Islom Karimov koʻchasi 3-uy.
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari tuzilmasi
8. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari) tuzilmasini quyidagilar tashkil etadi:
a) bojxona organlari:
Bojxona qoʻmitasi markaziy apparati;
Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar);
bojxona postlari;
Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti;
Markaziy bojxona laboratoriyasi;
Bojxona rasmiylashtiruvi markazi;
Milliy kinologiya markazi;
b) bojxona organlari muassasalari:
“Bojxona-servis” davlat muassasasi;
“Baxt” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi” davlat muassasasi.
9. Bojxona organlari va muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga ega boʻlgan yuridik shaxslardir.
Bojxona organlari va muassasalari (bojxona postlari bundan mustasno) mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega.
“Baxt” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi” davlat muassasasi soliq toʻlovchi sifatida budjet tashkilotiga tenglashtiriladi.
10. Bojxona qoʻmitasi markaziy apparati, Bojxona instituti, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Bojxona rasmiylashtiruvi markazi, Milliy kinologiya markazi tuzilmalari va hududiy boshqarmalar hamda bojxona postlari namunaviy tuzilmalari Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Bojxona instituti faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Markaziy bojxona laboratoriyasi, Milliy kinologiya markazi hamda “Baxt” sogʻlomlashtirish sport majmuasi va “Bojxona-servis” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
12. Bojxona organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Bojxona qoʻmitasiga boʻysunadi.
3-bob. Bojxona organlarining vazifalari va funksiyalari
13. Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonunchilik bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash;
bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish;
bojxona toʻlovlarini undirish;
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonunchilik buzilishlarining, shu jumladan, kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etish;
tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini oʻtkazishda valyuta toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etish;
tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini yuritish;
tashqi iqtisodiy faoliyatning (keyingi oʻrinlarda — TIF) tovar nomenklaturasini klassifikatsiyalash hamda bojxona va sud ekspertizalarini amalga oshirish;
fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
xavfni boshqarish tizimi qoʻllanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish;
bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazoratning texnik vositalarini qoʻllash;
bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;
TIF ishtirokchilari faoliyatini baholash hamda ularning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan keyingi hisobini tekshirishni nazarda tutuvchi bojxona auditini amalga oshirish;
notarif tartibga solish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining TIFni notarif tartibga solish choralarini qoʻllash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish hamda fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni taʼminlash;
kinologiya faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, xizmat itlari va kinologlarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish.
14. Bojxona organlari oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonunchilik bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish sohasida:
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilinishini taʼminlaydi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda ularga bojxona qonunchiligini qoʻllash boʻyicha zarur tushuntirishlar beradi;
2) Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash sohasida:
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha zarur choralarni koʻradi;
TIFni tarifli tartibga solish usullarini ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashadi;
respublikaning bojxona hududida davlat xavfsizligini, jamoat tartibi, inson hayoti va salomatligi himoya qilinishi, hayvonlar va oʻsimliklar muhofaza qilinishi, atrof-muhit muhofazasi boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
3) bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish sohasida:
tovar va transport vositalarining bojxona chegarasi orqali harakatlanishi tartibiga rioya etilishini taʼminlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida bojxona va soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
tovarlarga bojxona hududidan tashqarida va bojxona hududida ishlov berish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
bojxona va erkin omborlar, boj olinmaydigan savdo doʻkonlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya hamda vakolatli iqtisodiy operator maqomini beradi;
bojxona va erkin omborlar, boj olinmaydigan savdo doʻkonlari, bojxona tashuvchilari, vakolatli iqtisodiy operatorlar tomonidan faoliyatni amalga oshirish talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va tekshiradi;
tovarlarni bojxona rejimlariga joylashtirish faktini tekshiradi;
bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi oʻrinlarda — BYD) va bojxona kirim orderida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarda qayd etilgan maʼlumotlar bilan taqqoslaydi va tekshiradi;
TIF tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarlarning toʻgʻri tasniflanganligi va bojxona rasmiylashtiruvi toʻgʻri amalga oshirilganligini tekshiradi;
xavfli yuklar, qurol-yarogʻ, harbiy texnika va mol-mulklar, portlovchi moddalar hamda buyumlar, shuningdek, harbiy tarkiblar tranziti chogʻida qonunchilik hujjatlariga muvofiq xulosalar beradi va nazoratini amalga oshiradi;
eksport nazorati obyektlarining bojxona rasmiylashtiruvi ustidan nazorat qilish uslubiyatini ishlab chiqadi va joriy etadi;
4) bojxona toʻlovlarini undirish sohasida:
bojxona toʻlovlarining oʻz vaqtida undirilishi, shuningdek, davlat budjetiga oʻtkazilishini taʼminlaydi;
bojxona imtiyozlari va tarif preferensiyalarining toʻgʻri berilishi, ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi va monitoringini amalga oshiradi;
bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar toʻgʻri qoʻllanganligini va tovarlarning bojxona qiymati toʻgʻri aniqlanganligini tekshiradi;
5) bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonunchilik buzilishlari, shu jumladan, kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish sohasida:
mustaqil ravishda yoki boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda kontrabanda, bojxona qonunchiligi va oʻz vakolatlari doirasida soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish hamda ularga barham berish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop, portlovchi moddalar, qurol-yarogʻ, boshqa cheklangan yoki taqiqlangan ashyolarni bojxona chegarasi orqali gʻayriqonuniy olib oʻtilishining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va qoʻllaydi;
respublika va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berilishini amalga oshiradi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona qonunchiligi buzilishining oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek, bojxona qoidalari buzilishini tayyorlash va sodir etishga daxldor shaxslarni aniqlash hamda topish va ular haqida axborot toʻplash boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona organlari vakolatiga tegishli boʻlgan ishlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruvni amalga oshiradi hamda bojxona qoidalari buzilishi toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlarni yuritadi va koʻrib chiqadi;
yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan bojxona qoidalari buzilganligi uchun taʼsir koʻrsatish choralarini belgilangan tartibda qoʻllaydi;
bojxona organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan jinoyat haqidagi ariza yoki xabarlarni hamda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organga yuboradi;
bojxona organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlarining qonuniylik talablariga rioya etilishini nazorat qiladi, ular boʻyicha kiritilgan shikoyatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
6) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etish sohasida:
vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni taʼminlaydi;
bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti boʻlgan tovarlarni va boshqa qimmatliklarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga aloqadorligi xususida axborot mavjud boʻlgan naqd pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ushlab turish hamda olib qoʻyish choralarini koʻradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
xalqaro terrorizmga qarshi kurashishga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni qoʻllaydi;
7) tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini oʻtkazishda valyuta toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash sohasida:
tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshiradi;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari boʻyicha manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatadi;
eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qiladi;
oʻz vakolatlari doirasida valyuta nazoratini amalga oshirishda, shu jumladan, tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini oʻtkazishda valyuta toʻgʻrisidagi qonunchiligiga rioya etishni tashkil etadi;
8) tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini yuritish sohasida:
tovarlarning tashqi savdo bojxona statistikasi maʼlumotlarini toʻplash, qayta ishlash va tahlil qilishni tashkillashtiradi hamda prognozlashtiradi;
tovarlarning tashqi savdosi boʻyicha bojxona statistikasini yuritadi, uni shakllantirishning barcha bosqichlarida haqqoniylikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
import va eksport tuzilmasi hamda dinamikasini tahlil qilib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, tashqi savdo va toʻlov balansini mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
tashqi savdo sohasida statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlash va huquqbuzarlik belgilarini aniqlash maqsadida xorijiy davlatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashadi;
respublikaning tashqi savdosini rivojlantirish tendensiyalari, shuningdek, mamlakatning savdo hamkorlari boʻlgan mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi;
9) TIF tovar nomenklaturasini klassifikatsiyalash hamda bojxona va sud ekspertizalarini amalga oshirish sohasida:
TIF tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarlarni klassifikatsiyalaydi va klassifikatsiya qarorlarini qabul qiladi;
tovarlarning klassifikatsiyasiga qaratilgan maʼlumotlarni yigʻadi, tahlil qiladi va saqlaydi;
vakolatli organlar bilan hamkorlikda TIF tovar nomenklaturasini yuritadi hamda uning yangi tahririni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
tovarlar klassifikatsiyasida uchrayotgan xatoliklarni tahlil qiladi va ularning oldini olish choralarini koʻradi;
sohadagi muammoli holatlar boʻyicha Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlik qiladi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan komission, kompleks ekspertizalarni oʻtkazishda ishtirok etadi, takroriy ekspertizalarni amalga oshiradi;
tovarlarni TIF tovar nomenklaturasi boʻyicha klassifikatsiyalash maqsadida ularning tarkibi, xususiyatlarini va boshqa jihatlarini aniqlashga qaratilgan bojxona ekspertizasidan oʻtkazadi va xulosalar beradi;
tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida bojxona ekspertizasini amalga oshiradi va xulosalar beradi;
tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalaydi;
tovarlarni intellektual mulkka boʻlgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalaydi;
spirtli ichimliklar tarkibini aniqlash, nikotin saqlovchi mahsulotlar identifikatsiyasi boʻyicha bojxona ekspertizasini amalga oshiradi va xulosalar beradi;
yangi turdagi nikotin saqlovchi mahsulotlar va spirtli ichimliklar tahlillari boʻyicha ehtiyojlarni oʻrganadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan tovarlarning klassifikatsiyalanishiga nisbatan TIF tovar nomenklaturasiga muvofiq dastlabki qaror qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni akkreditatsiya doirasida sertifikatlash bilan bogʻliq boʻlgan pullik xizmatlar koʻrsatadi;
jismoniy va yuridik shaxslarga tibbiyot sohasida litsenziyalangan pullik xizmatlar koʻrsatadi;
bojxona organlari ehtiyoji uchun davlat sud-ekspertiza muassasasi sifatida oʻsimlik, sintetik giyohvandlik vositalari va moddalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, qimmatbaho metallar, zargarlik buyumlari, kuchli taʼsir qiluvchi hamda maxsus kimyoviy moddalar, shuningdek, xatshunoslik, hujjatlarning texnik ekspertizasi va tadqiqotlarni amalga oshiradi;
xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan bojxona ekspertizasi sohasida xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan ilmiy anjumanlar, konferensiyalarda xodimlar ishtirokini taʼminlaydi;
respublika va xorijiy davlatlarning davlat organlari, ilmiy tashkilotlari, oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda ilmiy, instrumental xizmat koʻrsatadi;
tovarlarni TIF tovar nomenklaturasi boʻyicha klassifikatsiyalash sohasida oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
yangi turdagi ekspertizalar uchun uslublar ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi;
namuna va sinamalar olishga doir metodik qoʻllanmalar ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etadi;
oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun muhim hisoblangan tovarlar kolleksiyasini, oʻsimlik va sintetik giyohvandlik moddalari, psixotrop va kuchli ruhiy taʼsir qiluvchi moddalar kolleksiyasi, qalbaki hujjatlar va qimmatli qogʻozlar kartotekalarini tashkil etadi va yuritadi;
kartotekalar va kolleksiyalarni yuritish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarida ishtirok etadi;
10) fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish sohasida:
aholiga TIFni amalga oshirish va bojxona sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazishni tashkil etadi;
bojxona sohasidagi oʻzgarishlar haqida jismoniy va yuridik shaxslarni xabardor qilish borasida fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish va boshqa mansabdorlik jinoyatlari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
11) xavfni boshqarish tizimi qoʻllanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish sohasida:
bojxona qonunchiligi buzilishi xavfi yuqori boʻlgan tovar va TIF ishtirokchilari faoliyatini nazorat qilish uchun kuch va vositalardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimining faoliyatini taʼminlaydi hamda takomillashtirib boradi;
xavfi yuqori boʻlgan tovarlar guruhlarini bojxona nazorati uchun maqsadli tanlash, shu jumladan, dastlabki axborotni tahlil qilish va tasodifiy tanlov asosida tekshirish usullarini ishlab chiqadi;
“halol” TIF ishtirokchilarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqadi va ularga nisbatan soddalashtirilgan bojxona tartibotlarini qoʻllash mexanizmlarini yaratadi;
xavfni boshqarish tizimi qoʻllanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshiradi va uni yanada takomillashtirish va uzluksiz ishlashini taʼminlaydi;
12) bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va nazorat-texnik vositalarini qoʻllash sohasida:
bojxona organlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur dasturiy taʼminot va axborot tizimlarini ishlab chiqadi hamda ularni takomillashtirib boradi;
bojxona organlari faoliyati va xizmatlarini raqamlashtirish orqali bojxona tartib-taomillarini soddalashtiradi;
samarali bojxona nazoratini tashkil etish uchun bojxona organlarini zarur nazorat-texnik vositalari bilan taʼminlaydi;
bojxona organlarida belgilangan tartibda axborot xavfsizligini taʼminlaydi;
13) bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish sohasida:
yagona bojxona siyosatini amalga oshirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqadi, ularning amaliyotga tatbiq etilishini taʼminlaydi;
bojxona ishi sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ularning tayyorlanishida ishtirok etadi;
bojxona qonunchiligini takomillashtirishda bojxona organlarining yagona pozitsiyasini shakllantiradi;
bojxona organlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishini taʼminlovchi ilmiy-texnik xizmatlar, laboratoriyalar, oʻquv markazlari, boshqa korxona va tashkilotlarni tashkil etadi;
Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari hamda tavsiyalarini tahlil qilgan holda bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;
14) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona sohasida imzolangan xalqaro konvensiya va shartnomalari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi;
xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida ishtirok etadi;
xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
xalqaro shartnomalarga muvofiq xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari va boshqa organlari bilan oʻzaro axborotlar almashadi;
15) TIF ishtirokchisi faoliyatini baholash hamda ularning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan keyingi hisobini tekshirishni nazarda tutuvchi bojxona auditini amalga oshirish sohasida:
tovarlarni bojxona rejimlariga joylashtirish faktini tekshiradi;
BYD va bojxona kirim orderida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarda qayd etilgan maʼlumotlar bilan taqqoslaydi va tekshiradi;
tovarlarga nisbatan preferensiyalar toʻgʻri qoʻllanganligi, bojxona toʻlovlari toʻliq undirilganligi, shuningdek, bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va valyutani tartibga solish talablarining buzilish holatlarini aniqlash maqsadida moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq hujjatlarni tekshiradi va oʻrganadi;
bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar toʻgʻri qoʻllanganligi va tovarlarning bojxona qiymati toʻgʻri aniqlanganligini tekshiradi;
shartli ravishda chiqarib yuborilgan tovarlarni tasarruf etish boʻyicha cheklovlarga rioya etilishini tekshiradi;
tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va tekshiradi;
TIF tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarlarning toʻgʻri tasniflanganligi va bojxona rasmiylashtiruvi toʻgʻri amalga oshirilganligini tekshiradi;
bojxona sohasida faoliyat olib boruvchi shaxslar tomonidan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini tekshiradi;
bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda noqonuniy (“kulrang”) sxemalarni aniqlash va bunday holatlarning oldini olish hamda ularga chek qoʻyish boʻyicha profilaktika ishlarini oʻtkazadi;
16) notarif tartibga solish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining TIFni notarif tartibga solish choralarini qoʻllash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻnalishida:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
davlat tomonidan qonunchilik bilan vakolat berilgan nazorat qiluvchi organlar (keyingi oʻrinlarda — nazorat qiluvchi organlar) tomonidan TIFni amalga oshirishda ruxsatnoma va boshqa tusdagi hujjatlar olinishi lozim boʻlgan hamda litsenziyalanadigan va kvotalanadigan tovarlarga nisbatan notarif tartibga solish choralari qoʻllashni muvofiqlashtiradi;
nazorat qiluvchi organlarning tovarlarni olib kirish va (yoki) olib chiqishda ular tomonidan taqiqlarni qoʻllash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
notarif choralar qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxatini tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bu borada nazorat tartibotlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimini qoʻllash va takomillashtirish uslubiyatlarini ishlab chiqadi;
intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritadi;
oʻz vakolatlari doirasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish choralarini koʻradi;
eksport nazorati obyektlarining bojxona rasmiylashtiruvi ustidan nazorat qilish uslubiyatini ishlab chiqadi va joriy etadi;
17) bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish hamda fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni taʼminlash sohasida:
iqtisodiyot va yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaydi;
rahbar kadrlarni tayyorlash uchun qisqa muddatli tegishli yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv kurslarni joriy etadi;
kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va stajirovkadan oʻtishini tashkil etadi, bojxona organlariga kadrlar tanlovini amalga oshiradi va ularni joy-joyiga qoʻyadi;
18) kinologiya faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, xizmat itlari va kinologlarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish sohasida:
turli yoʻnalishlar boʻyicha xizmatga yaroqli zotdor xizmat itlarini tanlaydi, sotib oladi va parvarishlashning samarali tizimini yaratadi;
malakali kinologlarni tayyorlaydi va xizmat itlarini giyohvandlik vositalari, qurol-yarogʻ, oʻq-dori, portlovchi moddalar, valyuta qimmatliklarini qidirib topish, shuningdek, qidiruv-qutqaruv, himoya-qorovul, iz qidiruv xizmati, terrorchilikka qarshi va boshqa operatsiyalarda ishtirok etish yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning ushbu yoʻnalishdagi jamoat tashkilotlari hamda kinologiya xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlik dasturlari doirasida zotdor xizmat itlarini koʻpaytiradi, sotib oladi, sotadi va almashadi;
bojxona organlari kinologlarining faoliyati va xizmat itlaridan foydalanish natijadorligini ularning oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarishida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kamchiliklarni aniqlash, kelgusida bartaraf etish maqsadida doimiy monitoring olib boradi;
jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan, xorijiy shaxslarga roʻyxati va qiymati Davlat bojxona xizmati tomonidan tasdiqlanadigan kinologiya sohasida pulli xizmatlar koʻrsatadi;
kinologiya xizmati sohasida xalqaro va milliy koʻrgazmalar, musobaqalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi hamda ularda ishtirok etadi.
Davlat bojxona xizmatiga qonunchilik hujjatlari bilan boshqa funksiyalar ham yuklanishi mumkin.
4-bob. Bojxona organlarining huquq va majburiyatlari
15. Bojxona organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
bojxona nazoratini amalga oshirish uchun maʼlumotlar va hujjatlarni tekshirish, ogʻzaki soʻrov oʻtkazish, axborot olish, bojxona koʻzdan kechiruvini, bojxona koʻrigini va shaxsiy koʻrikni oʻtkazish, shuningdek, binolar, hududlar va transport vositalarini koʻzdan kechirish;
tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan soʻng jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini hamda ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratini amalga oshirish;
bojxona nazorati shakli sifatida boshqa organlar bilan kelishilmagan holda tovarlar saqlanadigan va sotiladigan joylarga chiqqan yoxud chiqmagan holda bojxona auditini oʻtkazish;
olib kiriladigan va (yoki) olib chiqiladigan tovar va transport vositalari hisobi, jumladan, buxgalterlik hisobi va hisoboti hujjatlari, shuningdek, dastlabki hujjatlar yuritilishi ustidan tekshiruvni amalga oshirish;
banklardan, moliya organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash va olish;
bojxona nazoratini oʻtkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namunalar va nusxalar olish;
bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti boʻlgan tovarlar va boshqa qimmatliklarni ushlab turish hamda olib qoʻyish;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turishni amalga oshirish;
maxsus ruxsatnomalar va litsenziyalar berish;
bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va nazoratning texnik vositalaridan foydalanish;
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida mutaxassisni yoki ekspertni jalb etish;
tovarlar saqlanadigan va sotiladigan joylarga chiqqan holda import tovarlar bojxona yuk deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirish uchun ushbu tovarlar yakuniy isteʼmolchiga yetib borishi zanjirini korxonabay oʻrganish;
Davlat bojxona xizmati vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Davlat bojxona xizmati vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
jismoniy va yuridik shaxslarga roʻyxati va tariflari Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan pulli xizmatlar koʻrsatish;
bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
budjetdan tashqari mablagʻlarni hamda bojxona organlari va muassasalarining depozit hisobvaraqlarida joylashgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining muddatli depozitlariga shartnoma asosida milliy va chet el valyutasida joylashtirish. Bunda mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromad bojxona organlarining budjetdan tashqari hisobvaraqlariga oʻtkaziladi va moddiy-texnik bazani rivojlantirishga va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
(15-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari xodimlarga ustamalar toʻlash hamda bojxona obyektlarini kapital qurish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida hududiy boshqarmalar, Bojxona instituti, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Bojxona rasmiylashtiruvi markazi va Milliy kinologiya markaziga yoʻnaltirilishi mumkin.
Bojxona organlariga qonunbuzilish holatlari boʻyicha, yetkazilgan zararni qoplash, bojxona toʻlovlarini taʼminlash va boshqa talablar boʻyicha bojxona organlarining hisob raqamlariga vaqtincha saqlash uchun oʻtkazilgan xorijiy va milliy valyutani tijorat banklarining muddatli depozitlariga shartnoma asosida joylashtirish mumkin.
Bunda depozit mablagʻlaridan olingan foiz daromadlari bojxona organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Bojxona qoʻmitasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
16. Bojxona organlari xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida jismoniy kuch ishlatish, oʻziga biriktirilgan maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni olib yurish, saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ega.
5-bob. Bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish
1-§. Bojxona qoʻmitasi rahbariyati
17. Bojxona qoʻmitasi raisi:
bojxona organlari faoliyatini umumiy boshqarishni amalga oshiradi va rahbarlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Bojxona qoʻmitasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishni tashkillashtiradi;
bojxona organlarida lavozimlar (ofitser va serjantlar egallashi lozim boʻlgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq maxsus unvonlarni nazarda tutuvchi bojxona organlarining shtatlarini tasdiqlaydi;
bojxona organlarida belgilangan meʼyorlar asosida mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi lavozimlarni nazarda tutuvchi shtatlarni tasdiqlaydi;
Bojxona qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari, hududiy boshqarmalari va bojxona organlari muassasalarining nizomlarini tasdiqlaydi;
zarur hollarda bojxona organlarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
alohida hollarda, tor ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislarni belgilangan talablarni inobatga olmagan holda xizmatga qabul qilish huquqiga ega;
Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi hamda zarur hollarda rais va uning oʻrinbosarlarining tarkibiy tuzilmalar ustidan mutasaddiligini oʻzgartiradi;
xodimlarning qayta tayyorlash kurslarida davriy oʻqish muddatini belgilaydi;
bojxona organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlash hamda ularga intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hisobidan shaxsiy ustama berish tartibini belgilaydi;
bojxona organlarining sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida statsionar dam olish tartibi va shartlarini belgilaydi;
xizmat yili uchun ustamani toʻlash maqsadida xizmat muddatini hisoblash hamda malaka darajalarini berish tartibini tasdiqlaydi;
bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi hamda xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan alohida kvota asosida oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar beradi;
bojxona organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok boʻlganlarning oilalariga bir marotabalik nafaqa tayinlaydi;
bojxona organlari xizmat turarjoylari va yotoqxonalarini berish, foydalanish, saqlash va maqomini oʻzgartirish tartibini belgilaydi;
xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlari farzandlarining oʻquv davri toʻlov kontraktlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlab berish huquqiga ega;
oʻz vakolati doirasida bojxona organlari xodimlariga maxsus unvonlar beradi va ularni bir pogʻona pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllaydi;
bojxona organlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qiladi;
xodimning bojxona organlari ixtiyorida boʻlish tartibini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida bojxona organlari xizmatiga tiklanishi lozim boʻlgan shaxslarni xizmatga tiklaydi, shaxsiy tarkib roʻyxatlariga kiritadi va lavozimga tayinlaydi;
ilgari bojxona organlaridan boʻshatilgan shaxslarni xizmatga qabul qilish tartibini belgilaydi;
kuchaytirilgan va sutkalik rejimlarni joriy etadi hamda bekor qiladi, shuningdek, bojxona organlari xodimlarini jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb etadi;
kuchaytirilgan yoki sutkalik rejim joriy etilishi munosabati bilan ish soatlarining belgilangan normalari oshirilganligi evaziga xodimga pul kompensatsiyasi toʻlash yoki dam olish kunlarini berish yoxud bu kunlarni har yilgi navbatdagi taʼtilga qoʻshish tartibini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari farmoyishlari asosida hamda ijrosi yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, yoʻriqnomalarni, qoidalarni, nizomlarni tasdiqlaydi, shuningdek, bojxona organlari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar tomonidan ijro etish uchun koʻrsatmalar beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarida, shuningdek, boshqa davlatlarning bojxona xizmati organlari bilan munosabatlarda Bojxona qoʻmitasi nomidan ish koʻradi;
bojxona organlarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini va bojxona ishiga koʻmaklashgan fuqarolarni mukofotlarga va Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish, koʻkrak nishonlari, faxriy yorliqlar va ragʻbatlantirishning boshqa turlari bilan mukofotlash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
qonunchilik hujjatlari bilan vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar boʻyicha qaror qabul qiladi.
Bojxona qoʻmitasi raisi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa huquq va vakolatlarga ega boʻlishi mumkin.
18. Bojxona qoʻmitasi raisi quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlarini, normativ-huquqiy hujjatlar talablarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish, shuningdek, ularning ijro holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimi orqali toʻliq, toʻgʻri va oʻz vaqtida taqdim etish;
bojxona organlariga har tomonlama rivojlangan hamda yuksak mahoratga ega, maʼnan yetuk vatanparvar yoshlarni jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish;
xodimlarning xizmatga boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirish, qonunchilik buzilishining barcha koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, xodimlar oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish;
xizmatni fidokorona olib borayotgan kadrlarni har tomonlama ragʻbatlantirish, shuningdek, xizmat intizomi, qonunchilik hujjatlari talablarini qoʻpol ravishda buzgan xodimlarni intizomiy hamda boshqa turdagi javobgarlikka tortilishini taʼminlash;
Bojxona instituti faoliyatini samarali tashkil etish;
bojxona organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, jamoatchilik, TIF ishtirokchilari bilan bevosita, maqsadli muloqot oʻrnatish, shuningdek, fuqarolarni shaxsan qabul qilish.
19. Bojxona qoʻmitasi raisi toʻrt nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
20. Bojxona qoʻmitasi raisi yoʻqligida uning vakolatlari uning birinchi oʻrinbosari, u yoʻqligida belgilangan tartibda boshqa oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
21. Bojxona qoʻmitasi raisi maqomiga koʻra vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari esa tegishincha vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
22. Raisning birinchi oʻrinbosari quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:
bojxona ishi rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, bojxona qonunchiligi hamda huquqni koʻllash amaliyotini takomillashtirish, bojxona sohasidagi qonunchilik buzilishi holatlarining sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish, axborotlarni tahlil qilish va undan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali bojxona organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan bevosita aloqasiz muloqot qilish shakllarini joriy etish;
xavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va samarali ishlashini taʼminlash, “halol” TIF ishtirokchilariga nisbatan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini koʻllash tartibini shakllantirish;
bojxona nazoratining zamonaviy usul, shakl va texnik vositalarini joriy etish orqali tovarlarning noqonuniy olib kirilishi, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash sxemalarini aniqlash.
23. Rais oʻrinbosarlari quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish, eksport-import shartnomalari ijrosini tahlil qilish, tovarlar eksporti prognozlarini bajarish, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda valyuta qonunchiligiga rioya qilish;
bojxona statistikasining shakllanishi va ishonchliligi, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdosi hamda mamlakatning savdosidagi asosiy hamkorlari boʻlgan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari rivoji haqida tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;
statistik maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash, tashqi savdo sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashish;
tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi boʻyicha toʻgʻri tasniflanishini baholash, ularning bojxona qiymatini aniqlash, bojxona toʻlovlarini hisoblash va undirish, shuningdek, ushbu masalalarda uslubiy yordam koʻrsatishni nazarda tutadigan bojxona postlari faoliyati ustidan ishonchli nazorat tizimini ishlab chiqish;
kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi, tovarlarni noqonuniy olib kirish mexanizmlarini aniqlash va tahlil qilish, qonunchilik buzilishining oldini olish boʻyicha samarali choralar ishlab chiqish, javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash;
xorijiy mamlakatlar bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, bojxona ishi sohasidagi ilgʻor tajribalarni tizimli oʻrganish va joriy etish;
Markaziy bojxona laboratoriyasi, Milliy kinologiya markazi va bojxona organlari muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini har tomonlama, toʻliq va obyektiv koʻrib chiqish, fuqarolarni shaxsan qabul qilish;
bojxona organlarining bino va inshootlarini joriy va kapital taʼmirlash, xodimlarni kompyuter va boshqa uskunalar, aloqa hamda bojxona nazorati vositalari bilan taʼminlash, yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
24. Bojxona qoʻmitasining tarkibiy tuzilmalari rahbarlari mazkur Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
2-§. Yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish, shuningdek, bojxona organlari tarkibiy tuzilmalarining oʻzaro hamkorligi tartibi
25. Bojxona qoʻmitasi oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek, bojxona organlari orqali bajaradi.
26. Bojxona organlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Bojxona qoʻmitasi raisining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Agar Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati boʻlmasa, soʻnggi qaror bevosita rais tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Bojxona qoʻmitasining boshqa davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
27. Bojxona organlari oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
4-§. Bojxona qoʻmitasining hayʼati, boshqa kengash, maslahat, ekspert organlari
28. Bojxona qoʻmitasida rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, Bojxona qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy tuzilmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Bojxona qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
29. Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
bojxona organlari faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqish, qabul qilingan qarorlar ijrosini tekshirish masalalarini, Bojxona qoʻmitasi faoliyatida muhim ahamiyatga ega buyruqlar va boshqa hujjatlar loyihalarini, shuningdek, tekshiruvlar natijalarini muhokama qilish;
Bojxona qoʻmitasi raisi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Bojxona qoʻmitasi tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining tegishli tuzilmalar faoliyati hamda qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari ijrosi boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun bojxona organlari rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat Bojxona qoʻmitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
30. Hayʼat majlisiga davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
31. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
32. Hayʼat qarorlari Bojxona qoʻmitasining qarorlari va buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
33. Bojxona qoʻmitasi raisi va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, rais bu haqida Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.
Hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga oʻz fikrini bildirishi mumkin.
34. Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
35. Bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish, ularning ilmiy, ijtimoiy va moddiy-texnikaviy rivojlanishi, kadrlar bilan taʼminlash masalalarini, boshqaruv qarorlari va tavsiyalari kelishilgan holda ishlab chiqilishini kompleks hal etish uchun Bojxona qoʻmitasida kengashlar va komissiyalar tashkil etiladi, ular toʻgʻrisidagi nizom rais tomonidan tasdiqlanadi.
6-bob. Bojxona organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash
36. Bojxona organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholash jarayonlari bojxona organlari axborot tizimlari orqali har yarim yil yakuni (professor-oʻqituvchilar faoliyati samaradorligini reyting baholash boʻyicha “Samaradorlikni baholash” moduli yuzasidan har oʻquv yili yakuni) boʻyicha amalga oshiriladi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
37. Bojxona organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha bojxona organlari rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash), shuningdek, bojxona organlari faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
38. Reyting natijalariga koʻra yuqori koʻrsatkichlarga erishgan xodimlarga keyingi baholash yakunlari eʼlon qilingunga qadar bojxona organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.
39. Bojxona organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari hamda bojxona organlari xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) tartibi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
7-bob. Bojxona organlari faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, bojxona organlari xodimlarining ijtimoiy himoyasi
41. Quyidagilar bojxona organlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
bojxona organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq pullik xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
42. Bojxona organlari moddiy-texnik taʼminlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalarning manbalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
43. Bojxona organlarining xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinadi.
44. Bojxona organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadi. Ashyoviy taʼminot normalari, shuningdek, formali kiyim-boshni kiyish qoidalari Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
45. Bojxona organlari xodimlari va pensionerlari hamda ularning oila aʼzolarining tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti ichki ishlar organlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
46. Xizmat turarjoylari va yotoqxonalarida yashayotgan bojxona organlari xodimlari xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan barcha turdagi kommunal xizmatlar yuzasidan jismoniy shaxslar uchun belgilangan tariflar boʻyicha shartnomalar tuzadi.
47. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tugatilgan bojxona Bosh boshqarmasi boshliqlar tarkibining mansabdor shaxslarida ular ega boʻlishgan maxsus va shaxsiy unvonlar saqlab qolinib, ularning 1994-yil 18-yanvardan 1997-yil 8-iyulgacha bojxona organlarida ishlagan vaqti ichki ishlar xodimlariga tatbiqan uzoq vaqt ishlaganlik uchun ustamalar, pensiya tayinlashda xizmat stajiga qoʻshiladi.
Bojxona organlari xodimlarining va ular oila aʼzolarining pensiya taʼminoti harbiy xizmatni oʻtagan yoki ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtagan shaxslar hamda ularning oila aʼzolari uchun amaldagi qonunchilik bilan belgilangan shartlarda va normalar boʻyicha amalga oshiriladi.
48. Bojxona organlari xodimlarini ragʻbatlantirish hamda intizomiy jazolar berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining Intizom nizomiga muvofiq belgilanadi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
49. Bojxona organlarini tashkil etish va qayta tashkil etish hamda tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PQ-122-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat bojxona xizmati organlari xodimlari (keyingi oʻrinlarda — xodimlar) va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) oliy taʼlim muassasalari kursant (tinglovchi)larining xizmat oʻtash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari) — Bojxona qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, bojxona postlari, Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi), Markaziy bojxona laboratoriyasi, Bojxona rasmiylashtiruvi markazi, Milliy kinologiya markazi;
bojxona organlaridagi xizmat — fuqarolar tomonidan bojxona organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turi;
nomzod — bojxona organlaridagi xizmatga kirish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
kasbiy saralash — nomzodlarning bojxona organlaridagi xizmatga qoʻyilgan talablarga mos kelishini aniqlashga qaratilgan tadbirlar majmui (intellektual rivojlanganlik va psixoemotsional barqarorlik darajasini psixologik oʻrganish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, jismoniy imkoniyatlarni baholash, shuningdek, xodim uchun kasbiy jihatdan muhim boʻlgan boshqa sifatlar);
maxsus unvon — har bir xodimga uning xizmat majburiyatlariga munosabati, egallab turgan lavozimi va xizmat muddatiga muvofiq beriladigan unvon;
kursant — bojxona organlaridagi xizmatda boʻlgan, Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan fuqaro;
tinglovchi — Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi magistraturasida tahsil olayotgan bojxona organi xodimi;
xodim — bojxona organlaridagi xizmatni oʻtayotgan va maxsus unvonga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
attestatsiya — xodimning kasbiy malakasini (tayyorgarligini) tizimli asosda aniqlash jarayoni (usuli);
vakolatli boshliq — Bojxona qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari, Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi, Markaziy bojxona laboratoriyasi va Bojxona rasmiylashtiruvi markazi boshliqlari hamda Milliy kinologiya markazi direktori.
3. Xizmatni oʻtash quyidagi tartiblarni oʻz ichiga oladi:
xizmatga qabul qilish;
maxsus unvonlar berish, ularni pasaytirish va ulardan mahrum etish;
lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish, teng lavozimga rotatsiya tartibida oʻtkazish va lavozim boʻyicha vazifalarni bajarish;
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
xodimning boshqa davlat organlari va tashkilotlariga saylanganida (tayinlanganida, safarbar etilganida) xizmat oʻtashi;
attestatsiya oʻtkazish;
taʼtillar berish;
huquqiy va ijtimoiy himoya qilish;
xizmatni oʻtash rejimini taʼminlash;
xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan boʻshatish va xizmatga tiklash;
qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizomga, shuningdek, ushbu sohadagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xodimlarning xizmat va ijtimoiy-huquqiy mavqeyini belgilab beruvchi boshqa holatlar (vaziyatlar).
4. Bojxona organlaridagi xizmatda boʻlishning boshlanishi deb:
ofitser va serjantlar tarkibiga qabul qilingan xodimlar uchun — bojxona organlaridagi xizmatga qabul qilish toʻgʻrisida Bojxona qoʻmitasi raisi buyrugʻi imzolangan kun;
Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasiga kursant (tinglovchi) sifatida oʻqishga kirgan fuqarolar uchun — oʻqishga qabul qilingan kun;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bojxona organlaridagi lavozimga tayinlangan shaxslar uchun — tegishli farmon, qaror yoki farmoyish imzolangan kun hisoblanadi.
5. Bojxona organlaridagi xizmat muddatlari kalendar hisobida:
ofitserlar va serjantlar lavozimlarida xizmat oʻtayotgan xodimlar uchun — bojxona organlaridagi xizmatni oʻtagan davri;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bojxona organlaridagi lavozimga tayinlangan shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror yoki farmoyishiga muvofiq vazifalarni bajarish davri etib belgilanadi.
6. Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasida oʻqish davri bojxona organlaridagi xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi, birinchi kursda taʼlim muddatini yakunlagan kursantlar esa muddatli harbiy xizmatni oʻtagan hisoblanadilar va ularga institut joylashgan manzildagi mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boʻlim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.
7. Xodim Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar zaxirasiga yoki isteʼfoga boʻshatilgan kun uning uchun bojxona organlaridagi xizmatning tugashi (oxirgi kuni) deb hisoblanadi.
8. Bojxona organlaridagi xizmatning umumiy davomiyligi xodimning bojxona organlaridagi xizmatning jami vaqtini, shu jumladan, xizmatga qayta qabul qilingan davrni oʻz ichiga oladi.
Bojxona organlaridagi xizmatning umumiy davomiyligi kalendar va imtiyozli hisobdagi xizmatdan iborat boʻladi.
Kalendar hisob — bu xodimning yil, oy va sutkalarda ifodalangan xizmatda boʻlgan rasmiy umumiy davridir.
Pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati kalendar hisobida yigirma yilni tashkil qiladi, shundan imtiyozli hisoblanadigan davr xodimlarga faqat pensiya miqdorini hisoblashda inobatga olinadi.
2-bob. Bojxona organlarida xizmatga qabul qilish
9. Xizmatga vatanparvar dunyoqarash, yuqori maʼnaviy-axloqiy sifatlar, intellektual saviya va bilim doirasi keng, shuningdek, zarur jismoniy tayyorgarlikka ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Bojxona organlari territorial va eksterritorial tamoyillar asosida butlanishi mumkin.
10. Xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida boʻsh lavozimlar soni va saralash tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlar (arizalarni qabul qilish muddati, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar koʻrsatilgan holda) ommaviy axborot vositalarida, jumladan, bojxona organlarining rasmiy veb-saytida beriladi.
11. Xizmatga boʻyi 165 santimetrdan past boʻlmagan erkaklar va boʻyi 160 santimetrdan past boʻlmagan ayollar qabul qilinadi.
12. Bojxona organlaridagi xizmatga oʻn sakkiz yoshdan kichik va oʻttiz yoshdan katta boʻlmagan, shu jumladan, oʻttiz yoshda boʻlgan, oliy, professional (kasb-hunar), oʻrta maxsus va umumiy oʻrta maʼlumotga ega, oʻzining shaxsiy, ishchanlik va axloqiy fazilatlari, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligiga koʻra xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriylik va tanlov asosida qabul qilinadi.
Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasidagi oʻqishga professional (kasb-hunar), oʻrta maxsus va umumiy oʻrta maʼlumotga ega:
harbiy xizmatni oʻtamagan oʻn yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha boʻlgan, shu jumladan, oʻqishga qabul qilingan yili oʻn yetti yoshga toʻladigan hamda yigirma uch yoshda boʻlgan fuqarolar;
oʻn sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha boʻlgan, shu jumladan, oʻqishga qabul qilingan yili oʻn sakkiz yoshga toʻladigan hamda yigirma besh yoshda boʻlgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega boʻlmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar;
bojxona xodimlari qabul qilinadi.
Erkaklar xizmatga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtashi yoxud oliy oʻquv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtishi kerak. Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kiruvchilar uchun ushbu talab oʻrnatilmaydi.
Alohida hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi yoki roziligiga, Vazirlar Mahkamasining qarori yoxud Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻiga asosan boshqa davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, shuningdek, Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi asosida tor ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar mazkur Nizomning oʻn birinchi bandi va ushbu bandda belgilangan talablarini inobatga olmagan holda xizmatga qabul qilinishi mumkin.
13. Quyidagilar xizmatga qabul qilinishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar;
xizmatni oʻtashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan fuqarolar;
boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan fuqarolar;
sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar;
bojxona organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etishni rad etgan yoki maxsus talablarga javob bermaydigan fuqarolar.
Qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xizmatga qabul qilinish huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emas.
Xizmat oʻtashga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Bojxona qoʻmitasining markaziy apparati va uning sohaviy (bevosita boʻysunuvidagi) tuzilmalariga respublikaning har qanday hududida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqarolar orasidan nomzodlarni tanlash va qabul qilishga ruxsat beriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
15. Nomzodlar xizmatga Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq, tanlov (dastlabki va yakuniy saralash) asosida qabul qilinadi.
Nomzodlarni saralash maqsadida Bojxona qoʻmitasi markaziy apparatida qabul komissiyasi, hududiy va tarkibiy tuzilmalarda oʻrganish komissiyalari tashkil etiladi.
16. Nomzodlarni xizmatga tanlab olish tadbirlari quyidagi saralash bosqichlarini oʻz ichiga oladi:
a) dastlabki saralash bosqichi:
roʻyxatdan oʻtish;
dastlabki test sinovlari;
psixologik oʻrganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
nomzodni dastlabki oʻrganish (hujjatlarni yigʻish va oʻrganish, ushbu Nizomda belgilangan umumiy talablarga mos kelishini tekshirish);
tibbiy koʻrik (nomzodlarga xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyalariga yoʻllanma beriladi);
maxsus tekshiruv;
b) yakuniy saralash bosqichi:
yakka tartibdagi suhbat (nomzodning fikrlash salohiyati, bilim darajasi va xizmat oʻtashga ruhan tayyorligi darajasini baholash).
17. Nomzod xizmatga kirish uchun Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytidagi elektron xizmat orqali onlayn roʻyxatdan oʻtadi va belgilangan maʼlumotlarni tizimga kiritadi. Bunda maʼlumotlarni tizimga kiritish uchun shaxsiy kabinet yaratiladi.
18. Dastlabki test sinovi va psixologik oʻrganish bosqichlari axborot tizimlaridan foydalangan holda, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash esa sport maydonlarida oʻtkaziladi hamda barcha bosqichlar topshiriqlari nomzodlardan bir marotaba qabul qilinadi.
19. Saralashning dastlabki test sinovi va psixologik oʻrganish bosqichi boʻyicha nomzodlarning qayd etgan natijalari onlayn tarzda, qolgan bosqichlari natijalari esa sinov qabul qilingan kunda Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Dastlabki test sinovi, psixologik oʻrganish va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzod oʻzining yashash manzili boʻyicha bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
xizmatga yoki Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida ariza;
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta nusxasi (aslini koʻrsatgan holda);
tugʻilganlik haqida guvohnomasi nusxasi (aslini koʻrsatgan holda);
FHDY organlaridan maʼlumotnoma (tugʻilganlik haqida guvohnomaga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan yoki almashtirilgan hollarda);
yaqin qarindoshlarining (ota-ona, er-xotin, farzandlar, farzandlikka olinganlar, tugʻishgan yoki oʻgay aka-ukalar hamda opa-singillar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, tugʻishgan yoki oʻgay aka-ukalari, hamda opa-singillari) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta nusxalari, nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi, nogironlik (agar mavjud boʻlsa), yaqin qarindoshlarining oʻlimi haqidagi guvohnomalar maʼlumotlari;
3 x 4 sm oʻlchamdagi oltita rangli fotosurat (bosh kiyimsiz), shuningdek, 9 x 12 sm oʻlchamdagi ikkita fotosurat (bosh kiyimsiz);
nomzodning tarjimai holi;
anketa-maʼlumotnoma;
oʻqish va ish (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa) joyidan tavsifnoma hamda maʼlumotnoma;
oʻrta, oʻrta maxsus, professional (kasb-hunar) yoki oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (aslini koʻrsatgan holda);
asli koʻrsatilgan holda harbiy guvohnoma nusxasi (Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga topshirayotganda harbiy guvohnoma mavjud boʻlmasa, chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma taqdim etiladi);
asli koʻrsatilgan holda mehnat daftarchasining nusxasi (agarda mavjud boʻlsa).
Xizmat oʻtash xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek, ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida nomzoddan yoki tegishli muassasadan qoʻshimcha hujjat yoxud maʼlumotlar talab qilib olinishi mumkin.
Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish istagini bildirgan xodimlar vakolatli boshligʻi nomiga mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etmagan holda belgilangan tartibda bildirgi bilan murojaat etadilar.
21. Maxsus tekshiruv hamda davlat siri bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi.
Maxsus tekshiruvni oʻtkazish tartibi Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
22. Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadigan roʻyxat va tartibda tor ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar dastlabki (tibbiy koʻrik va maxsus tekshiruv bundan mustasno) va yakuniy saralash bosqichlarisiz xizmatga qabul qilinishi mumkin.
23. Dastlabki saralash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi saralashni oʻtkazgan bojxona organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Nomzodning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini rasmiylashtirish davomida xizmatga qabul qilinishiga toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar (xizmatga qabul qilish uchun umumiy va maxsus tekshiruv talablariga mos kelmaslik) aniqlangan taqdirda, uni shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini rasmiylashtirish toʻxtatilib, xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida vakolatli boshliq tomonidan qaror qabul qilinadi, bu haqda shaxsiy kabineti orqali nomzodga xabar beriladi. Bunda nomzod yakuniy saralash bosqichiga kiritilmaydi.
24. Yakuniy saralash Bojxona qoʻmitasining qabul komissiyasi tomonidan nomzod bilan yakka tartibdagi suhbat shaklida oʻtkaziladi. Yakuniy saralash natijalariga koʻra nomzodning xizmatga maʼnaviy-kasbiy jihatdan mosligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
25. Saralash bosqichlarining biridan oʻta olmagan nomzod uni takroran topshirishiga, shuningdek, saralashning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
26. Quyidagi nomzodlar, istisno tariqasida, tanlov tadbirlarining dastlabki saralash bosqichidagi test sinovi va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan ozod etiladi:
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlganlar;
professor-oʻqituvchi va ilmiy tarkib lavozimlariga nomzodlar.
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) bojxona organlari xodimlarining farzandlari mazkur Nizomning 16-bandi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan saralash bosqichlaridan ozod etiladi.
27. Ushbu Nizomda belgilangan talablarga mos kelmagan, saralash va oʻrganish bosqichlaridan oʻta olmagan yoki oʻzi va yaqin qarindoshlari toʻgʻrisida bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar bergan, shuningdek, mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan nomzodlarni xizmatga qabul qilish rad etiladi.
Saralashning keyingi bosqichiga oʻtganligi yoki rad etilganligi haqida nomzodning Bojxona qoʻmitasi veb-saytidagi shaxsiy kabinetiga maʼlumot yuboriladi.
28. Dastlabki va yakuniy saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan, shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi toʻliq rasmiylashtirilib, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan, shuningdek, tanlov yakuniga koʻra yuqori natijalarga erishgan nomzodlar Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan xizmatga qabul qilinib, boʻsh lavozimlardan kelib chiqqan holda lavozimga tayinlanadi yoxud lavozimga tayinlash uchun vakolatli boshliqlar ixtiyoriga yuboriladi.
29. Nomzodlarni xizmatga qabul qilish maqsadida tanlov tashkil etish va oʻtkazish hamda nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildlarini rasmiylashtirish tartibi, shuningdek, maxsus talablar qoʻyiladigan tuzilma va lavozimlar, bojxona organlarida lavozimga tayinlash uchun zarur taʼlim va mutaxassislik yoʻnalishlari roʻyxati Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
30. Bojxona organlaridagi lavozimlar quyidagicha butlanadi:
ofitserlar tarkibi — Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilari va oliy maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
serjantlar tarkibi — oʻrta, oʻrta maxsus, professional (kasb-hunar) va oliy maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxiradagi ofitserlarini serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
31. Xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), bojxona organi xodimi vakolatlarini amalga oshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlariga soʻzsiz rioya etishga, uning iqtisodiy xavfsizligini himoya qilishga, oʻz xizmat majburiyatlarimni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman”.
Bojxona organlaridagi xizmatga birinchi marta qabul qilingan ofitserlar tarkibiga mansub xodimlar birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlik yakunida, serjantlar tarkibiga mansub xodimlar xizmatga qabul qilingan vaqtda, Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi kursantlari oʻqishga qabul qilingan yili boshlangʻich harbiy tayyorgarlik dasturi boʻyicha yigʻinlarni oʻtagandan soʻng qasamyod qabul qiladilar.
32. Fuqarolarga bojxona organlari xizmatiga qabul qilinganidan soʻng, shuningdek, Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi kursantlariga institutni bitirganidan keyin belgilangan namunadagi shaxsiy raqamli jeton va shaxsni tasdiqlovchi xizmat guvohnomasi beriladi.
Xodimning xizmat guvohnomasi namunalari, shuningdek, ularni berish va hisobini yuritish tartibi Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
Xodimning xizmat guvohnomasi oʻqotar qurolni olib yurish va saqlash huquqini, shuningdek, qonunga muvofiq unga berilgan boshqa huquq va vakolatlarini tasdiqlaydi.
33. Xizmatga birinchi marta qabul qilingan, shuningdek, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalarini yoki Huquqni muhofaza qilish akademiyasini bitirib, bojxona organlari xizmatiga taqsimlangan xodimga dastlabki sinov muddati tayinlanadi va unga lavozimga tayinlangan paytidan boshlab dastlabki sinov muddati yakuniga qadar murabbiy biriktiriladi.
Dastlabki sinov muddati bir yilni tashkil etadi.
Bojxona organlarida murabbiylar amaliy xizmat staji besh yildan ortiq boʻlgan, yuksak kasbiy fazilatlarga, xizmatda samarali koʻrsatkichlarga va tarbiyaviy yoʻnalishda koʻnikmalarga ega boʻlgan eng tajribali xodimlar orasidan tanlab olinadi.
Murabbiylarga, qoida tariqasida, bir yoki ikki nafar xodim biriktiriladi.
Murabbiylar oʻzlariga biriktirilgan xodimlarning taʼlim-tarbiyasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashganida, shuningdek, xodimlar ustoz-murabbiylik davrida xizmat intizomini buzgan hollarda murabbiylar ayblilik darajasidan kelib chiqib, egallab turgan lavozimidan ozod etish (pasaytirish)gacha boʻlgan intizomiy jazoga tortiladi.
34. Qasamyod qabul qilish, dastlabki sinov muddatini oʻtash va murabbiylarni biriktirish tartibi Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
35. Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasiga nomzodlarni tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
36. Chaqiriluvchi hisoblangan, bojxona organlaridagi xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy hisobdan chiqariladi va Bojxona qoʻmitasi maxsus hisobiga qoʻyiladi.
Xizmatdan boʻshatilgan xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda harbiy hisobga qoʻyiladi.
3-bob. Maxsus unvonlarni berish, pasaytirish va ulardan mahrum qilish
37. Maxsus unvon:
xodimning xizmat burchi boʻyicha unga yuklangan masʼuliyat darajasini belgilaydi hamda uning kasbiy tayyorgarlik darajasi va xizmat burchini bajarish koʻrsatkichi, shaxsiy tarkib tomonidan xizmatni oʻtash va kadrlarni joylashtirishni samarali tashkil etishning muhim sharti hisoblanadi;
xizmat muddati, xizmat yoki maxsus tayyorgarligi, egallagan lavozimi, shuningdek, xizmat tajribasiga mos ravishda xodimlarga shaxsan beriladi;
xodimlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda mavqening katta-kichikligini belgilaydi.
38. Xodimlarga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
a) serjantlar tarkibi — kichik serjant, serjant, katta serjant;
b) ofitserlar tarkibi:
kichik ofitserlar tarkibi — leytenant, katta leytenant, kapitan;
katta ofitserlar tarkibi — mayor, podpolkovnik, polkovnik;
generallar tarkibi — general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik.
Zaxira yoki isteʼfodagi shaxslarning maxsus unvoniga mos ravishda “zaxiradagi” yoki “isteʼfodagi” soʻzlari qoʻshiladi.
39. Serjantlar va kichik ofitserlar tarkibining maxsus unvonlari (boshlangʻich maxsus unvonlar bundan mustasno) vakolatli boshliqlarning buyruqlari bilan beriladi.
Serjantlar va ofitserlar tarkibining boshlangʻich maxsus unvonlari hamda katta ofitserlar tarkibining maxsus unvonlari Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan beriladi.
Generallar tarkibining maxsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
40. Serjantlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan fuqarolarga “kichik serjant” maxsus unvoni beriladi.
41. Ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan fuqarolarga Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan “katta serjant” maxsus unvoni beriladi, bu unvonda ular ustoz-murabbiylik davri (bir yil) tugab, birinchi ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasidagi ofitserlar hisoblanuvchi va bojxona organlarining ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga qabul qilingan fuqarolarga mavjud harbiy unvoniga teng maxsus unvon beriladi.
42. Ofitserlar tarkibining birinchi maxsus unvoni “leytenant” hisoblanadi.
Ayrim hollarda ilmiy darajasi yoki faoliyatning tor ixtisoslik turlari boʻyicha koʻp yillik stajga va ish (xizmat) tajribasiga ega boʻlgan fuqarolarni ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlash chogʻida ularga boshlangʻich unvon sifatida mayor maxsus unvonigacha boʻlgan unvon, shu jumladan, mayor maxsus unvoni ham berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki roziligi bilan generallar tarkibidagi lavozimlariga xizmatga yuborilgan, maxsus, harbiy va boshqa unvoni boʻlmagan shaxslarga belgilangan tartibda “polkovnik” maxsus unvonigacha boʻlgan, shu jumladan, polkovnik unvoni ham berilishi mumkin.
“Leytenant” maxsus unvoni quyidagilarga beriladi:
ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlanib, sinov muddatini muvaffaqiyatli oʻtagan xodimlarga;
serjantlar tarkibidan ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan xodimlarga;
Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilariga.
43. Bojxona organlari navbatdagi maxsus unvonlari quyidagi tartibda beriladi:
“polkovnik” maxsus unvoni — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan;
generallar tarkibining maxsus unvonlari — Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
44. Xodimlar uchun maxsus unvonlarda xizmat oʻtash muddatlari kalendar hisobda quyidagicha belgilanadi:
“kichik serjant” maxsus unvonida — ikki yil;
“serjant” maxsus unvonida — ikki yil;
“katta serjant” maxsus unvonida — belgilanmagan;
“leytenant” maxsus unvonida — ikki yil;
“katta leytenant” maxsus unvonida — uch yil;
“kapitan” maxsus unvonida — toʻrt yil;
“mayor” maxsus unvonida — besh yil;
“podpolkovnik” maxsus unvonida — olti yil.
“Polkovnik” va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi.
45. Navbatdagi maxsus unvonlar belgilangan xizmat muddatini oʻtagan xodimlarga ular egallab turgan lavozimining unvon pogʻonasiga muvofiq beriladi.
Navbatdagi “polkovnik” maxsus unvoni yuklatilgan vazifalarni bajarishda samarali natijalarga erishgan Bojxona qoʻmitasining taʼlim muassasalarida rahbar kadrlarni tayyorlash yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoxud ilmiy darajaga ega xodimlarga beriladi.
46. Navbatdagi maxsus unvonni chetlab oʻtib, maxsus unvonlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
47. Xodim yuqori darajadagi unvon belgilangan lavozimga oʻtkazilganda, mavjud unvonida boʻlish muddati oʻtgan boʻlsa, lavozimiga qachon tayinlanganidan qatʼi nazar, navbatdagi maxsus unvon berish uchun taqdim etiladi.
48. Maxsus unvonda xizmat oʻtash muddati kalendar hisobda maxsus unvon berish haqida buyruq chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi (ushbu Nizomning 56-bandi talablari asosida berilgan maxsus unvonlar bundan mustasno).
Xodimning maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda, uning avvalgi unvoni qayta tiklanguniga qadar oʻtagan xizmat davri navbatdagi unvon muddatiga qoʻshilmaydi.
49. Maxsus unvon berilgan xizmat muddatiga xizmatda boʻlishning butun vaqti qoʻshiladi. Koʻrsatilgan muddatga xodim asossiz tarzda jinoiy javobgarlikka tortilgan, bojxona organlaridagi xizmatdan noqonuniy boʻshatilgan va keyinchalik xizmatga tiklangan hollarda xizmatdagi uzilish vaqti qoʻshib hisoblanadi.
50. Xizmat majburiyatlarini namunali darajada bajarayotgan, xizmat burchini bajarishda qahramonlik, jasorat va fidoyilik koʻrsatgan xodimlarga ofitserlar tarkibining maxsus unvonini muddatidan oldin yoki egallab turgan lavozimi uchun koʻzda tutilgandan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon berish tarzida ragʻbatlantirish ularning bojxona organlaridagi umumiy xizmat davrida faqat bir marotaba qoʻllanilishi mumkin.
Bir vaqtning oʻzida muddatidan oldin hamda lavozimi uchun koʻzda tutilgandan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonlar quyidagilarga beriladi:
generallar tarkibi lavozimlariga tayinlangan (“polkovnik” unvonidan past unvonga ega boʻlgan) xodimlarga — mavjud maxsus unvonda qancha muddat xizmat oʻtaganidan qatʼi nazar;
xizmat burchini bajarishda jasorat va qahramonlik koʻrsatgan xodimlarga — mavjud maxsus unvonda xizmatni oʻtashning belgilangan muddatidan qatʼi nazar;
xizmat vazifalarini namunali bajargan va xizmatdagi yuqori koʻrsatkichlarga erishgan ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat qilayotgan xodimlarga — mavjud maxsus unvonda xizmat qilish uchun belgilangan muddatning kamida uchdan ikki qismi oʻtganidan soʻng.
Egallab turgan lavozimi uchun koʻzda tutilgandan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon (generallar tarkibi maxsus unvonlari bundan mustasno) quyidagilarga beriladi:
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega ofitserlar tarkibidagi xodimlarga — mavjud unvonda xizmatni oʻtash muddati tugaganidan soʻng;
xizmat vazifalarini namunali bajargan va xizmatda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan ofitserlar tarkibidagi xodimlarga — mavjud unvonda xizmatni oʻtash muddatining kamida bir yarim baravarini oʻtaganidan soʻng.
51. Pensiya olish huquqini beradigan xizmat yilini hamda navbatdagi maxsus unvon uchun belgilangan xizmat muddatini oʻtagan, egallab turgan lavozimi uchun belgilangan unvon pogʻonasi “kapitan” yoki “mayor” boʻlgan, xizmatda ijobiy tavsiflanadigan ofitserlar tarkibidagi xodimlarga xizmatdan boʻshatish bilan bir vaqtda tegishlicha “mayor” yoki “podpolkovnik” maxsus unvoni berilishi mumkin.
52. Xodimlarga navbatdagi maxsus unvon berilishi quyidagi hollarda kechiktiriladi:
xodim bojxona organlari ixtiyorida boʻlganda (oʻqishga yuborilgan xodimlar bundan mustasno);
xodimda amaldagi intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlganda;
xodim attestatsiyadan shartli ravishda oʻtganida;
xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda;
xodim egallab turgan lavozimidan intizomiy jazo chorasi sifatida ozod etilganda va boshqa lavozimga oʻtkazilganda — lavozimidan ozod etilgan kundan boshlab bir yil davomida.
Navbatdagi maxsus unvonni asossiz ravishda kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan boshliqlar va xodimlar belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi.
53. Ofitserlar tarkibidagi xodimlarga maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo berilishi mumkin. Bunda pasaytirish “leytenant” maxsus unvonigacha amalga oshirilishi mumkin.
Maxsus unvonni pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo faqat Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan beriladi.
“Polkovnik” maxsus unvoni Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda pasaytiriladi.
Xodimning avvalgi unvonini tiklamay va navbatdagi unvon berilmay turib, uni ikkinchi marta maxsus unvondan pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maxsus unvoni pasaytirilgan xodimning avvalgi unvoni egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, maxsus unvoni pasaytirilganidan bir yil oʻtgandan soʻng Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan tiklanishi mumkin.
Generallar tarkibi xodimlarining maxsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan pasaytiriladi va tiklanadi.
54. Maxsus unvoni pasaytirilgan va soʻngra tiklangan xodimning maxsus unvondagi muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar oʻtagan xizmati bilan qoʻshib hisoblanadi.
55. Xodimlar ilgari egallagan lavozimlaridagi shtat boʻyicha oʻzgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvonlar koʻtarilishi yoki pasaytirilishi) ular vazifani bajaruvchi etib tayinlanganidan yoki oʻqishga kirganidan soʻng inobatga olinmaydi.
56. Harbiy xizmatchilarga, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvon va martaba darajasi boʻlishi nazarda tutilgan boshqa organlardan xizmatga oʻtkazilgan (yuborilgan) shaxslarga egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan ushbu Nizomga ilovaga muvofiq mavjud unvoni yoki martaba darajasiga mos maxsus unvonlar beriladi.
Ushbu tartib harbiy xizmatga, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvonlar boʻlishi nazarda tutilgan boshqa organlarga oʻtkazilgan xodimlarga ham qoʻllaniladi.
Xodimlarga ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda navbatdagi maxsus unvon berishda ularning avvalgi ish joyida harbiy yoki maxsus unvonda xizmat oʻtagan, martaba yoki malaka darajada mehnat qilgan davri hisobga olinadi.
“III darajali serjant”, “II darajali serjant” hamda “I darajali serjant” harbiy unvonlari bojxona organlarining “serjant” maxsus unvoniga tenglashtiriladi.
57. Yuqori yoki teng lavozimga vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar, vazifa bajaruvchi etib tayinlangunga qadar egallagan lavozimining unvon pogʻonasi boʻyicha beriladi.
Agar vaqtincha lavozimni bajarish uchun tayinlangan xodimning ilgari egallagan lavozimining unvon pogʻonasi navbatdagi unvonini berish uchun mos kelmasa, uni navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etish mumkin emas. Bunda lavozim vazifasini bajarish muddati olti oydan oshmasligi lozim.
58. Xodimlar maxsus unvondan faqatgina sudning qarori bilan mahrum etiladi.
59. Noqonuniy sudlanganligi sababli maxsus unvonidan mahrum etilgan fuqaro uning oqlanganligi yoki noqonuniy hukm bekor qilingani toʻgʻrisidagi sud qarori kuchga kirgandan soʻng oʻrnatilgan tartibda maxsus unvondan mahrum etilgan kundan boshlab avvalgi maxsus unvoniga qayta tiklanadi.
60. Sud hukmiga asosan maxsus unvonlardan Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan mahrum qilinadi.
Maxsus unvonni tiklash toʻgʻrisida sudning qarori qabul qilingan boʻlsa, maxsus unvon Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tiklanadi.
61. Maxsus unvonda tiklangan fuqaro tiklangan maxsus unvoniga muvofiq qonunchilik hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadi.
62. Maxsus unvonlarni berish, pasaytirish, ulardan mahrum qilish va tiklashga oid hujjatlarning shakli va mazmuni, shuningdek, ularni rasmiylashtirish hamda taqdim etish tartibi (generallar tarkibi bundan mustasno) Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
4-bob. Lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va rotatsiya
63. Xodimlarning asosiy lavozimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, asosiy lavozimlarga tenglashtirilgan lavozimlar esa Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
64. Bojxona organlarida lavozimlar (ofitser va serjantlar egallashi lozim boʻlgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq maxsus unvonlar Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan bojxona organlarining shtatlarida nazarda tutiladi.
65. Bojxona qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
66. Bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
67. Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi hamda Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
68. Mazkur Nizomning 65 va 66-bandlarida nazarda tutilgan tayinlov va ozod etishlar Bojxona qoʻmitasi buyrugʻi bilan eʼlon qilinadi.
Ushbu Nizomning 65 — 67-bandlarida nazarda tutilmagan bojxona organlari xodimlari Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadigan tartibda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
69. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar qonunchilik hujjatlari, Bojxona qoʻmitasi raisi nomenklaturasi va vakolatli boshliqlar nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
70. Mazkur Nizomning 67-bandi va 68-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan xodimlar lavozimlarga yakka tartibda Bojxona qoʻmitasi raisi yoxud lavozimga tayinlash va ozod etish vakolatiga ega vakolatli boshliqlar tomonidan buyruq asosida tayinlanadi va ozod etiladi.
71. Buyruq chiqarish huquqiga ega boʻlgan vakolatli boshliqlar roʻyxati Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
Xodim yangi lavozimga (shu jumladan, kursant va tinglovchi etib) tayinlanganda, boshqa lavozimga oʻtkazilganda, boshqa joyga yuborilganda, bojxona organlaridagi xizmatdan boʻshatilganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
Vakolatli boshliqlar oʻzlarining nomenklaturasiga kiruvchi xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish huquqiga egadirlar.
72. Xodimlarni lavozimga tayinlash, bunga vakolatli boshliqlar tomonidan quyidagi qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi:
a) xodimlarni lavozimga tayinlash ularning maʼlumoti, mutaxassisligi yoki lavozimga yaqin mutaxassislik, shuningdek, amaliy ish tajribasiga muvofiq amalga oshiriladi;
b) xodimning yoki uning oila aʼzolari hayoti yoxud sogʻligʻiga xavf yuzaga kelganida, shuningdek, ularning sogʻligʻi holati tufayli xizmat (yashash) joyini oʻzgartirish zarur boʻlganida, ushbu xodim boshqa tarkibiy tuzilmaga xizmatni davom ettirish uchun oʻtkaziladi;
v) xodimni egallab turgan lavozimidan chetlashtirishga doir jinoyat ishi boʻyicha sud qarori chiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi hamda avvalgi xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan past yoki teng mavqeli lavozimga tayinlanadi yoxud bojxona organlari ixtiyorida qoldiriladi;
Egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodimni bojxona organlaridan boʻshatish yoki uni avvalgi yoxud teng mavqeli lavozimga tayinlash masalasi bunga vakolatli boshliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi.
Xodimni egallab turgan lavozimidan qonunga xilof tarzda chetlashtirish tufayli yuzaga kelgan majburiy progul muddati uchun qonunchilikda belgilangan tartibda pul taʼminoti tarzida haq toʻlanadi;
g) xizmatda boʻlish yoshining chegarasiga yetmagan, harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan xizmatga cheklangan yaroqli deb topilgan xodimlarni ular sogʻligʻining holati, tayyorgarligi va amaliy tajribasini hisobga olgan holda, vazifalarini bajarishi mumkin boʻlgan boshqa lavozimlarga tayinlashning zarurati va muddati bevosita vakolatli boshliqlar tomonidan belgilanadi.
Harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan xizmatga cheklangan yaroqli deb topilgan xodimlarni ushlab turishga ruxsat etilgan lavozimlar roʻyxati Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi;
d) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan hamda oilaviy sharoitiga koʻra quyi lavozimlarga tayinlangan va avvalgi lavozimlarga teng lavozimlarni egallash uchun zarur boʻlgan talablarga javob beruvchi xodimlar xizmat boʻyicha koʻtarilishda imtiyozli huquqdan foydalanadi.
Bojxona organlari xodimlari tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan yoki sogʻligʻining holati yoxud oilaviy sharoitiga koʻra quyi lavozimlarga vakolatli boshliqlar tomonidan lavozimga tayinlash boʻyicha oʻzlariga berilgan huquqlar doirasida, agar ularni tegishli mutaxassislik boʻyicha avvalgi lavozimiga teng yoki undan yuqori lavozimga tayinlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, tayinlanadi.
Intizomiy jazo chorasini qoʻllash tartibida lavozimidan pasaytirilgan xodimlar mazkur jazo chorasi bekor qilingandan keyingina yuqori lavozimlarga tayinlanishi mumkin;
e) boʻsh lavozimni zudlik bilan toʻldirish zarurati tugʻilganda, Bojxona qoʻmitasi raisining roziligi bilan ushbu lavozimga tayinlash huquqiga ega boʻlgan vakolatli boshliqqa xodimni lavozim boʻyicha majburiyatlarni vaqtincha bajarishga tayinlashga ruxsat etiladi;
yo) tegishli sohada kamida uch yillik ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaxslar Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar (ofitser va serjantlar) tarkibi lavozimlariga maxsus unvon berilmagan holda bir yillik shartnoma asosida ishga qabul qilinishi mumkin;
j) Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi kursantlari (tinglovchilari) ushbu muassasani tamomlaganlaridan soʻng Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan boʻsh lavozimlarga tayinlanadi yoki boʻsh lavozim mavjud boʻlgan bojxona yoxud boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga xizmatni davom ettirish uchun yuboriladi;
z) Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatning oliy taʼlim muassasalariga va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga yuborilgan xodim oʻqish muddati yakunlangandan soʻng bir oydan oshmagan muddatda lavozimiga tayinlanishi lozim;
i) xodimlar Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasining kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga kirganligi (oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bundan mustasno) sababli shtat boʻyicha egallagan lavozimidan ozod etilib, kursant yoki tinglovchi etib, shuningdek, oʻqishni tugatganidan soʻng avvalgi lavozimiga yoxud unga teng boshqa lavozimlarga tayinlanadi;
y) ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari xulosasiga muvofiq va oʻzining roziligi bilan xodim ish hajmi kamroq boʻlgan yoki tegishli xizmat sharoitlariga ega lavozimga tayinlanishi mumkin.
73. Xodimni lavozimdan lavozimga oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) yuqori lavozimga — xizmat boʻyicha koʻtarilish yoki ragʻbatlantirish tartibida.
Bunda yuqori lavozimga tayinlangan kundan boshlab uch oylik davr xodimning lavozim majburiyatlarini oʻzlashtirib olishi uchun lavozimda shakllanish davri hisoblanadi va bevosita boshliqlar yangi tayinlangan xodim bilan muayyan lavozimda uning shakllanishini taʼminlovchi alohida ish olib boradi, unga zarur amaliy yordam koʻrsatadi;
b) teng lavozimga:
bojxona posti xodimlari bitta postda uch yil xizmat qilgandan soʻng rotatsiya tartibida;
tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida;
boʻsh lavozimlarni jamlash zarurati yuzaga kelganda xodimning kasbiy va shaxsiy xislatlarini inobatga olib, uning egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida;
oʻzining asoslantirilgan bildirgisiga asosan oilaviy sharoitiga koʻra;
sogʻligʻining holatiga koʻra (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasiga muvofiq);
sud ajrimi asosida lavozimidan chetlashtirilganda;
xizmat tekshiruvi xulosasi asosida;
v) quyi lavozimga:
tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan — xodimni teng yoki yuqori lavozimga tayinlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda;
sogʻligʻining holatiga koʻra (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasiga muvofiq);
oʻzining asoslantirilgan bildirgisiga asosan oilaviy sharoitiga koʻra;
attestatsiya tartibida egallab turgan lavozimiga noloyiq, quyi lavozimga oʻtkazilishi zarur deb topilganda;
egallab turgan lavozimidan ozod etish (pasaytirish) intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganida;
sud ajrimi asosida lavozimidan chetlashtirilganligi sababli teng lavozimga oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganda.
74. Yuqori, teng yoki quyi lavozimlar shtatlarda lavozim uchun belgilangan maxsus unvonga muvofiq, maxsus unvonlar teng boʻlganida esa — lavozim maoshi miqdori boʻyicha aniqlanadi.
Bunda bojxona postlari doirasida rotatsiya tartibida oʻtkazilgan lavozim uchun belgilangan maxsus unvon yoki lavozim maoshi miqdori rotatsiya tartibida oʻtkazilgunga qadar egallagan lavozimi uchun belgilangan maxsus unvon yoki lavozim maoshidan kam boʻlgan taqdirda, xodim quyi lavozimga oʻtkazilgan hisoblanmaydi.
75. Xodimni lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va bojxona organlarining ixtiyoriga oʻtkazishga taalluqli boʻlgan hujjatlarning shakli va mazmuni, shuningdek, ularni rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
76. Attestatsiyadan oʻtkazish natijasida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli yoki intizomiy jazo tariqasida quyi lavozimga tayinlangan xodimlar yuqori lavozimga ularning kasbiy va shaxsiy xislatlari, sogʻligʻining holati, ish natijalari va xizmat vazifalarini bajarish boʻyicha koʻrsatgan qobiliyatidan kelib chiqib, kamida bir yildan keyin tayinlanadi.
77. Xodim egallab turgan lavozimidan boshqa teng lavozimga uning roziligisiz oʻtkaziladi.
Xodimlar yangi xizmat joyiga quyidagi mansabdor shaxslarning buyrugʻi bilan oʻtkaziladi:
bir bojxona organi doirasida — vakolatli boshliqlarning buyrugʻi bilan;
bir bojxona organidan boshqasiga (bir bojxona organi tarkibidagi bojxona postlari bundan mustasno) — Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan.
78. Xodim oilaviy sharoitiga koʻra yangi xizmat joyiga quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasiga muvofiq xodim oila aʼzolaridan birining (eri, xotini, farzandlari va xodimning qaramogʻidagilar) ushbu joyda yashash imkoniyati boʻlmaganda;
yashash joylaridagi bojxona organi xulosasiga muvofiq doimiy oʻzgalar parvarishiga (yordamga, nazoratga) muhtoj yoki xodimning parvarish qilish imkoni boʻlgan boshqa aka-ukalari boʻlmagan taqdirda, alohida yashovchi otasi, onasini (shu jumladan, eri, xotinini) doimiy parvarishlash uchun.
79. Xodim yangi xizmat joyiga oʻtkazilayotganda oilasining turarjoyi oʻzgarsa hamda turmush oʻrtogʻi ham xodim boʻlsa, unda xodimni yangi xizmat joyiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda turmush oʻrtogʻini ham ushbu hududga oʻtkazish masalasi koʻrib chiqiladi.
80. Xizmat joyi oʻzgargan xodim xizmat hujjatlari va unga ishonib berilgan mulkni topshirganidan keyin, biroq xizmat joyi oʻzgarganligi haqida buyruq yoki yozma xabarnomani olgan kunidan boshlab oʻn sutkadan kechikmasdan xizmat joyiga yetib borishi lozim, xodim taʼtilda yoki davolanishda boʻlgan hollar bundan mustasno.
81. Xodimni maxfiy hujjatlar bilan ishlash belgilangan lavozimga tayinlashda unga davlat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarga oʻrnatilgan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirish jarayoni amalga oshiriladi.
Davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarga ruxsatnomasi boʻlmagan xodimni maxfiy hujjatlar bilan ishlash belgilangan lavozimga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Xodim oʻrnatilgan tartibda davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarga ruxsatnomadan mahrum qilinganda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va maxfiy hujjatlar bilan ishlash talab etilmaydigan lavozimga oʻtkaziladi.
82. Rahbar lavozimlarni egallagan xodimlar teng lavozimga, jumladan, boshqa tarkibiy tuzilmaga egallab turgan lavozimida uch yil xizmat qilganidan soʻng rotatsiya tartibida oʻtkazilishi mumkin.
Bojxona posti xodimlari bitta postda uch yil xizmat qilganidan soʻng Bojxona qoʻmitasi markaziy apparati, boshqa tarkibiy tuzilmalar va bojxona postlariga teng lavozimga rotatsiya tartibida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona posti, “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti va “Toshkent-Humo aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari istisno tariqasida ushbu bojxona postlarida besh yil xizmat qilganidan soʻng teng lavozimga rotatsiya tartibida oʻtkaziladi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
Chegara bojxona postida xizmat qilayotgan xodimning xizmat joyi post boshligʻi tomonidan oʻzgartirib turilishi mumkin.
83. Xizmat zarurati yuzasidan xodim:
oʻzi egallamagan boʻsh lavozimga vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanishi mumkin. Bu holda xodim oldingi egallagan lavozimidan ozod etiladi;
zimmasiga oʻzi egallamagan lavozim (uni egallagan xodim vaqtincha yoʻq boʻlsa yoki lavozimdan chetlatilgan boʻlsa) majburiyatlarini vaqtincha bajarish yuklanishi mumkin. Bunda xodim oldingi egallagan lavozimidan ozod etilmaydi.
84. Boʻsh lavozim majburiyatlarini vaqtincha bajarishning uzluksiz muddati olti oydan, vaqtincha yuklangan lavozim majburiyatlarini bajarish muddati esa toʻrt oydan oshmasligi kerak.
Koʻrsatilgan muddat oʻtgandan soʻng lavozimni vaqtincha bajarib turgan xodimni yoki boshqa xodimni ushbu lavozimga tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi lozim.
85. Xodimga lavozim majburiyatini vaqtincha bajarishni yuklash va uni egallagan lavozim majburiyatini bajarishdan ozod etish vakolatli boshliqning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
86. Vakolatli boshliq vaqtincha boʻlmaganda lavozimi boʻyicha vazifalarni vaqtincha bajarishni oʻrinbosarlaridan biriga yuklaydi.
Boshqa hollarda xodimga vakolatli boshliqning vazifalarini vaqtincha bajarish Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan yuklanadi.
87. Xodim bojxona organlari ixtiyoriga oʻtkazilishi mumkin hamda bojxona organlari ixtiyoriga uni lavozimga tayinlash huquqiga ega boʻlgan vakolatli boshliqning buyrugʻi bilan oʻtkaziladi.
88. Xodimni bojxona organlari ixtiyoriga oʻtkazish hamda tegishli toʻlovlarni toʻlash quyidagi holat va muddatlarda amalga oshiriladi:
a) tashkiliy-shtat tadbirlari oʻtkazilishi munosabati bilan lavozimdan ozod etilayotganda — ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatga, Bojxona qoʻmitasi raisi ruxsati bilan ikki oydan ortiq muddatga. Bunda xodimga ikki oy davomida oxirgi egallab turgan lavozimi boʻyicha pul va oziq-ovqat taʼminoti, turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi, uchinchi oydan boshlab esa maxsus unvon boʻyicha maosh, xizmat yillari uchun ustama, turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi toʻlanadi.
Bojxona organi xodimi bojxona organlari ixtiyoriga olingandan soʻng dastlabki ikki oy davomida asosiy taʼtil va (yoki) davolanishda boʻlganda bojxona organlari ixtiyorida pul va oziq-ovqat, shuningdek, turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi bilan toʻliq taʼminlashning umumiy davri ushbu taʼtil va (yoki) davolanishda boʻlgan kunlarga mos ravishda uzaytiriladi. Bunda uzaytirish hisobiga pul va oziq-ovqat bilan taʼminlashning toʻliq davri jami toʻrt oydan oshmasligi lozim.
Pul va oziq-ovqat taʼminoti, shuningdek, turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi bilan toʻliq taʼminlashning umumiy davri yakunlangandan keyingi ikki oy davomida faqat maxsus unvon maoshi va xizmat yili uchun ustama, turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi toʻlanadi.
Bojxona organlari ixtiyorida toʻrt oydan (pul va oziq-ovqat taʼminotini toʻliq toʻlash davri uzaytirilganda olti oydan) ortiq muddat boʻlganda, pul va oziq-ovqat taʼminoti, turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi bilan Bojxona qoʻmitasi raisi buyrugʻi asosida taʼminlanadi;
b) bir oydan ortiq vaqt davomida bedarak yoʻqolganda — xodim xizmat joyiga qaytgunicha (agarda uning xizmatni davom ettirishi toʻgʻrisida boshqa qaror qabul qilinmagan boʻlsa) yoki uning bedarak yoʻqolgan deb tan olingani yoki vafot etgan deb eʼlon qilingani toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan kunga qadar (oʻsha kunni ham qoʻshib hisoblaganda). Bunda pul va oziq-ovqat taʼminoti bilan xodim oxirgi egallab turgan lavozimi boʻyicha xizmat joyiga qaytgunicha (agarda uning xizmatni davom ettirishi toʻgʻrisida boshqa qaror qabul qilinmagan boʻlsa) yoki uning bedarak yoʻqolgan deb tan olingani yoki vafot etgan deb eʼlon qilingani toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan kunga qadar (oʻsha kunni ham qoʻshib hisoblaganda) xodim (uning oila aʼzolari) oʻn ikki oydan oshmagan muddatda toʻliq taʼminlanadi;
v) xodim asirda yoki garov sifatida ushlangan hollarda — asirda boʻlgan yoki garov tariqasida ushlab turilgan butun davr davomida. Bunda pul va oziq-ovqat taʼminoti bilan xodim (uning oila aʼzolari) oxirgi egallab turgan lavozimi boʻyicha yuqorida koʻrsatilgan davr uchun toʻliq taʼminlanadi (oʻz ixtiyoriga koʻra asirda boʻlgan (garov tariqasida ushlab turilgan) yoki Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan jinoyat sodir etgan hollar bundan mustasno);
g) xodimga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan kundan boshlab. Bunda xodim sudning qarori qabul qilingan kungacha pul va oziq-ovqat taʼminoti bilan taʼminlanmaydi;
d) xodim bola parvarishi taʼtilida boʻlganligi munosabati bilan (ushbu taʼtil tugagunga qadar). Bunda koʻrsatilgan davrda xodim pul va oziq-ovqat taʼminoti bilan taʼminlanmaydi, ammo turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi;
e) xodim Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning oliy taʼlim muassasalariga va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga yuborilganda — oʻqish muddati tugab, lavozimiga tayinlanguniga qadar. Bunda xodim bojxona organlari ixtiyoriga olingan davrda, biroq oʻqish muddatini tugatgandan soʻng bir oydan oshmagan muddatga qadar oxirgi egallagan lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlarda pul va oziq-ovqat taʼminoti bilan toʻliq taʼminlanadi;
j) xodim xizmatni davom ettirish uchun boshqa bojxona organi ixtiyoriga yuborilganda — xizmatni oʻtash uchun yuborilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatga qadar. Bunda xodimning oxirgi egallagan lavozimi boʻyicha pul va oziq-ovqat taʼminoti saqlanadi;
z) sud tomonidan bojxona organi xodimini egallagan lavozimidan chetlatish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda (koʻrsatilgan ajrim bekor qilingunga yoki jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilingunga qadar). Bunda pul va oziq-ovqat bilan mazkur Nizomning 90-bandida belgilangan tartibda taʼminlanadi;
i) xodimga nisbatan uy qamogʻi yoki qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilganda (qamoqqa olingan kundan boshlab ushbu ehtiyot chorasi bekor qilingunga qadar). Bunda koʻrsatilgan davrda xodim pul va oziq-ovqat bilan taʼminlanmaydi;
k) xodim Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning oliy taʼlim muassasalariga va tashkilotlariga doktorantura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga yuborilganda (Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi bundan mustasno) — oʻqish muddati tugab, lavozimiga tayinlanguniga qadar. Bunda xodim pul va oziq-ovqat taʼminoti bilan taʼminlanmaydi;
l) bojxona organlariga qabul qilingan xodim sinov muddati davomida boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kursiga yuborilganda — oʻquv kursi tugab, lavozimga tayinlangan kunga qadar. Bunda xodimga maxsus unvon boʻyicha maosh va oziq-ovqat payogi oʻrniga beriladigan pul kompensatsiyasi toʻlanadi, shuningdek, oʻqish joyiga borishi va qaytishi bilan bogʻliq yoʻl xarajatlari qoplanadi.
Quyidagi davrlar:
Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi doktoranturasida va boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kursida oʻqishi munosabati bilan xodimning bojxona organlari ixtiyorida boʻlgan davrning bir kuni bir yarim kunga;
tashkiliy-shtat tadbirlari oʻtkazilishi, xodim xizmatni davom ettirish uchun boshqa bojxona organi ixtiyoriga yuborilishi munosabati bilan xodimning bojxona organlari ixtiyorida ikki oygacha boʻlgan davri bir kuni bir yarim kunga;
tashkiliy-shtat tadbirlari oʻtkazilishi munosabati bilan bojxona organlari ixtiyorida ikki oydan ortiq boʻlgan davr hamda boshqa asoslar boʻyicha bojxona organlari ixtiyoriga olingan davrning bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda umumiy xizmat stajiga qoʻshiladi.
Xodimning bojxona organlari ixtiyorida boʻlishi tartibi Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan belgilanadi.
89. Sud ajrimi asosida egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodimlar tergov olib borilayotgan butun davrda bojxona organlarining ixtiyoriga oʻtkaziladi va jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilinmagunga qadar bojxona organlaridagi xizmatdan boʻshatilmaydi.
90. Sud ajrimi asosida egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodim sud ajrimining nusxasi vakolatli boshliqqa kelib tushgan kundan boshlab bojxona organlari ixtiyoriga oʻtkaziladi.
Vakolatli boshliq sud ajrimining nusxasini olgan vaqtdan boshlab shaxsiy tarkib boʻyicha buyruq chiqmagunga qadar xodimni lavozim majburiyatlarini bajarishdan chetlashtiradi.
Sud ajrimiga asosan egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodimga bojxona organlari ixtiyorida boʻlish vaqtida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus unvoni boʻyicha maosh, oziq-ovqat taʼminoti va turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kompensatsiya puli toʻlanadi.
91. Bojxona organlari ixtiyoriga oʻtkazilgan xodimga nisbatan sud tomonidan oqlov hukmi chiqarilganda yoki reabilitatsiya qiluvchi asoslar boʻyicha jinoyat ishi tugatilgan holatda, u oldingi lavozimiga yoki unga teng lavozimga tayinlanadi hamda bojxona organlari ixtiyorida boʻlgan davri uchun oldingi egallagan lavozimi boʻyicha pul va oziq-ovqat taʼminoti mazkur Nizomning 90-bandida nazarda tutilgan toʻlovlar chegirib tashlangan holda toʻla hajmda toʻlab beriladi.
5-bob. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
92. Bojxona organlari uchun kadrlarni tayyorlash Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasida va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa taʼlim muassasalarida, shuningdek, xalqaro shartnomalar asosida xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi va shartlari Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
93. Xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar (Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilari bundan mustasno) majburiy tartibda boshlangʻich kasbiy tayyorgarlikdan oʻtadilar.
94. Xodim xizmat faoliyati davomida:
Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻiga muvofiq belgilangan muddatda malaka oshiradi;
boshqa turdagi kasbiy faoliyat bilan bogʻliq lavozimga tayinlanganda yoki uni xizmatning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlash zarur boʻlganda, qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.
Xodimlarning Bojxona qoʻmitasining taʼlim muassasalarida va Milliy kinologiya markazida malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoni belgilangan tartibda tasdiqlanadigan dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boshqa taʼlim muassasalarida amalga oshirilishi mumkin.
95. Xodimlar xizmatdan boʻsh vaqtida (xizmatga bevosita taʼsir etmagan holda) ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi, shuningdek, asosiy xizmat vaqtida yoki undan tashqari vaqtda Bojxona qoʻmitasining taʼlim muassasalarida mehnatga soatbay haq toʻlash shaklida faoliyat olib borishlari mumkin.
96. Xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini, maʼnaviy-axloqiy darajasini oshirish uchun bojxona organlarida tizimli ravishda xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlari tashkil etiladi.
Xizmat va maʼnaviy-axloqiy mashgʻulotlar anʼanaviy, masofaviy yoki axborot tizimlaridan foydalangan holda mustaqil taʼlim shaklida oʻtkazilishi mumkin.
97. Xodim maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllash bilan bogʻliq sharoitlarda harakatlanishga kasbiy yaroqliligi boʻyicha davriy tekshiruvdan oʻtishi shart.
Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodimga Bojxona qoʻmitasi tomonidan tegishli ruxsatnoma beriladi.
98. Xodimlarni boshlangʻich kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi va muddatlari, shuningdek, xizmatni oʻtash vaqtida xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlikdan oʻtishini tashkil etish tartibi va shartlari Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
6-bob. Xodimlarni bir davlat organidan boshqa davlat organiga oʻtkazish tartibi
99. Xodimlar Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tegishli davlat organlari bilan kelishuvga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining qoʻshinlari va organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etiladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga oʻtkazilishi yoki xodimlar (harbiy xizmatchilar) shaxsiy tartibda ushbu davlat organlari birinchi rahbarining buyrugʻiga asosan Bojxona qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda haqiqiy harbiy xizmatga (xizmatga) yoki bojxona organlarida xizmatni davom ettirish uchun tayinlanganligi munosabati bilan qaytarib oʻtkazilishi mumkin.
Harbiy xizmatchilar va xodimlar haqiqiy harbiy xizmatni oʻtash uchun yoki xizmatni davom ettirish uchun ularning yozma roziligi asosida oʻtkaziladi.
100. Xodimlar (harbiy xizmatchilar) bir davlat organidan boshqa davlat organiga oʻtkazilganda, oldingi xizmat joyining shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqariladi va oʻtkazilgan davlat organining shaxsiy tarkibi roʻyxatiga kiritiladi.
101. Bir davlat organidan boshqa davlat organiga oʻtkazilgan xodimlar (harbiy xizmatchilar) yangi xizmat joyi shaxsiy tarkibi roʻyxatiga kiritilgan kunga qadar oʻzi xizmat qilayotgan davlat organida xizmatni (harbiy xizmatni) oʻtayotgan hisoblanadilar.
7-bob. Xodimning boshqa davlat organlari va tashkilotlariga tayinlanganida (yuborilganida) xizmatni oʻtashi
Oldingi tahrirga qarang.
102. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishiga, shuningdek, roziligiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishiga koʻra tayinlangan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoxud yuqori turuvchi organlarning topshirigʻi boʻyicha boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga, xalqaro tashkilotlarga tayinlangan (yuborilgan) bojxona organi xodimi oʻz majburiyatlarini bajarish davrida Bojxona qoʻmitasi kadrlarining amaldagi zaxirasiga kiritiladi.
(102-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
103. Ushbu Nizom 88-bandining “e”, “k” kichik bandlari va 102-bandida nazarda tutilgan xodimlar (keyingi oʻrinlarda — kadrlar zaxirasidagi xodimlar) agarda qonunchilikda boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur Nizomda belgilangan tartibda xizmatni oʻtaydilar.
104. Kadrlar zaxirasidagi xodimlarga maxsus unvonlar oxirgi egallagan lavozimidan qatʼi nazar beriladi. Majburiyatlarni bajarish (oʻqish) davri xodimga navbatdagi maxsus unvonni olish huquqini beradigan xizmat qilgan yillariga ustama toʻlash, pul taʼminotini (lavozim maoshi va maxsus unvon boʻyicha maoshi summasidan iborat boʻlgan) belgilash va pensiya tayinlash uchun bojxona organlaridagi xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
105. Kadrlar zaxirasidagi xodimlar lavozimi oʻzgargan (boshqa lavozimga tayinlangan, lavozimdan ozod qilingan, oʻqishdan chetlashtirilgan), ragʻbatlantirilgan, shuningdek, intizomni buzgan taqdirda, ular faoliyat koʻrsatayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, taʼlim muassasalari rahbarlari bu haqida Bojxona qoʻmitasini yozma ravishda xabardor qiladi.
Kadrlar zaxirasidagi xodimlarni (xalqaro tashkilotlarga ishga yuborilgan xodimlardan tashqari) davlat mukofotiga tavsiya etish, bojxona organlaridagi xizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga toʻlganida xizmat muddatini uzaytirish ular faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek, taʼlim muassasalari rahbarlarining taqdimnomasiga asosan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xalqaro tashkilotlarga ishga yuborilgan xodimlarni davlat mukofotiga tavsiya etish yoki xizmat muddatini uzaytirish masalasi Bojxona qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
106. Kadrlar zaxirasidagi xodimlarga taʼtillarni, shuningdek, xorijiy davlatlarga borishlari uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish ular faoliyat olib borayotgan davlat organlari, taʼlim muassasalari rahbarlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
107. Kadrlar zaxirasidagi xodimlar xizmatni oʻtash tartibi bilan bogʻliq oʻzgarishlardan xabardor boʻlishi lozim, lavozimi oʻzgarganda (boshqa lavozimga tayinlanganda va ozod etilganda, oʻqishdan chetlashtirilganda), mukofotlanganda, xorijiy davlatlarga borib kelganda, intizom buzilishiga yoʻl qoʻyganda, shuningdek, oʻzlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda Bojxona qoʻmitasiga yozma ravishda axborot berishga majbur.
Kadrlar zaxirasidagi xodimlar nikohdan oʻtganda, oilasi tarkibida boshqa oʻzgarishlar boʻlganda, qarindoshlariga (ota-ona, er-xotin, aka-uka, opa-singil, oʻgʻil-qizlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda uch ish kuni muddatida, mehnat taʼtili yoki xizmat safarida boʻlganida esa taʼtil va safar tugashi bilan darhol Bojxona qoʻmitasiga yozma ravishda xabar beradilar.
108. Kadrlar zaxirasidagi xodimlar xizmat majburiyatlarini bajarish (oʻqish) muddati yakunlangandan soʻng davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek, taʼlim muassasalari tomonidan Bojxona qoʻmitasi ixtiyoriga qaytarib yuboriladi.
Bojxona organlariga qaytgan xodim Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan kadrlar zaxirasidan chiqariladi va avvalgi lavozimiga teng yoki yuqoriroq lavozimga tayinlanadi.
Taʼlim muassasalarini tamomlagan kadrlar zaxirasidagi xodim oʻqishni tamomlagandan soʻng oʻqish davrida olgan maʼlumoti va mutaxassisligiga hamda amaliy ish tajribasidan kelib chiqib lavozimga tayinlanadi.
109. Intizomni buzishi va boshqa salbiy sabablarga koʻra davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlardagi lavozimidan ozod etilib, shuningdek, oʻqishdan chetlashtirilib, Bojxona qoʻmitasiga qaytarib yuborilgan xodimni lavozimga tayinlash yoki xizmatdan boʻshatish ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga yetgan yoki xizmatni davom ettirish istagi boʻlmagan xodimlar kadrlar zaxirasiga kiritilguniga yoki bojxona organlari ixtiyorida qoldirilguniga qadar egallagan lavozimi boʻyicha mazkur Nizomga muvofiq xizmatdan boʻshatiladi.
110. Kadrlar zaxirasidagi xodimlar va ularning oila aʼzolari xizmat (oʻqish) vaqtida, shuningdek, bojxona organlaridagi xizmatdan boʻshatilganidan soʻng qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizomda xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun belgilangan barcha turdagi taʼminot, huquq, imtiyoz va boshqa afzalliklardan foydalanadi.
8-bob. Xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
111. Attestatsiya xodimlarning bilim darajasini va kasbga yaroqliligini, egallab turgan lavozimiga munosibligini xolisona baholash, shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash hamda zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarayotganda masʼuliyatini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va xayrixohlik sharoitida oʻtkazilishi lozim.
112. Xodimlar xizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtadilar.
113. Navbatdagi attestatsiyani oʻtkazish davri lavozimga tayinlangan va oxirgi attestatsiyadan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
Navbatdagi attestatsiya uch yilda bir marta oʻtkaziladi.
Quyidagi xodimlar navbatdagi attestatsiyadan oʻtkazilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar;
egallab turgan lavozimida bir yildan kam xizmat qilganlar. Mazkur toifadagi xodimlar bir yildan soʻng attestatsiyadan oʻtadilar;
xizmat safarida, davolanishda (ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan holda) boʻlganlar va malaka oshirishdan oʻtayotganlar. Mazkur toifadagi xodimlar xizmat majburiyatlarini bajarishga qaytganidan keyin attestatsiyadan oʻtadilar;
kadrlar zaxirasiga kiritilganlar. Ushbu toifadagi xodimlar kadrlar zaxirasidan chiqarilib, bojxona organlaridagi lavozimga tayinlangan kundan eʼtiboran bir yil oʻtgach, umumiy tartibda attestatsiyadan oʻtadilar;
homiladorlik, tugʻish va bolani parvarishlash taʼtilida boʻlganlar. Mazkur toifadagi xodimlar xizmat majburiyatlarini bajarishga qaytgan kundan eʼtiboran kamida bir yil oʻtgach, attestatsiyadan oʻtadilar;
bojxona organlari ixtiyoriga olinganlar. Mazkur toifadagi xodimlar lavozimga tayinlanganidan keyin bir yil oʻtgach attestatsiyadan oʻtadilar;
oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotganlar. Ushbu toifadagi xodimlar xizmat tekshiruvi tugaganidan keyin attestatsiyadan umumiy tartibda oʻtadilar;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq oxirgi uch yil davomida boshqa davlat organlarida attestatsiyadan oʻtkazilgan xodimlar.
114. Navbatdan tashqari attestatsiyadan ishda past koʻrsatkichlarga ega boʻlgan, xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, bojxona organlari xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi nojoʻya harakatlar sodir etgan xodimlar oʻtkaziladi.
Navbatdan tashqari attestatsiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan qabul qilinadi.
115. Attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazish tartibi Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
9-bob. Taʼtillar berish tartibi
116. Xodimlarga quyidagi taʼtillar beriladi:
a) har yilgi asosiy (asosiy va qoʻshimcha haq toʻlanadigan) taʼtil;
b) oilaviy sabablarga koʻra qisqa muddatli (haq toʻlanmaydigan) taʼtil;
v) homiladorlik, tugʻish va bolani parvarishlash taʼtillari;
g) kasallik boʻyicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasiga asosan) taʼtil;
d) oʻquv (kanikulyar) taʼtili — Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi kursantlari uchun;
e) Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasini bitirish munosabati bilan taʼtil;
j) ijodiy taʼtil;
z) qoʻshimcha taʼtil.
Xodimlarga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha ham taʼtillar berilishi mumkin.
117. Xodimlarga taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻlgan, biroq uch kalendar kundan oshmaydigan vaqt qoʻshilgan, lavozimi hamda pul va oziq-ovqat taʼminoti saqlangan holda har yili davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan asosiy taʼtil beriladi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bayramlari kunlari har yillik asosiy taʼtilning davomiyligini aniqlashda hisobga olinmaydi.
Xodimlarga asosiy taʼtil har yili taʼtillar rejasiga muvofiq vakolatli boshliqning yozma ruxsati asosida beriladi.
118. Xodimga xizmatga qabul qilinganining birinchi yilida har yilgi asosiy taʼtil kamida olti oy xizmat qilganidan keyin beriladi.
Xodimning belgilangan xizmat muddatini oʻtagandan keyin har yilgi asosiy taʼtiliga qoʻshimcha ravishda kalendar hisobida davomiyligi quyidagicha boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi:
oʻn yillik xizmatidan soʻng — davomiyligi besh kun;
oʻn besh yillik xizmatidan soʻng — davomiyligi oʻn kun;
yigirma yillik xizmatidan soʻng — davomiyligi oʻn besh kun.
Qoʻshimcha taʼtilning muddatini belgilashda bojxona organlarida, shuningdek, Qurolli Kuchlar, huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvonlar boʻlishi nazarda tutilgan boshqa organlarda harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari) berilgan kundan boshlab oʻtagan xizmat davri inobatga olinadi.
Xodimga har yillik asosiy taʼtilni uning haqiqatda xizmat qilgan vaqtiga mutanosib ravishda berish uchun toʻliq taʼtilni oʻn ikkiga boʻlish va xizmatning toʻliq oylar soniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Olti oy oʻtguniga qadar xodimning xohishiga koʻra quyidagilarga har yilgi asosiy taʼtil beriladi:
ayollarga — homiladorlik va tugʻish taʼtilidan oldin yoki undan keyin;
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bitta yoki undan ortiq bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani) tarbiyalayotgan xodimlarga (yolgʻiz ota-onaga, shu jumladan, beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarga);
Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilganidan keyin uch oydan kechiktirmay bojxona organlaridagi xizmatga kirgan muddatli harbiy xizmatni oʻtagan sobiq harbiy xizmatchilarga va xodimlarga.
119. Har yilgi asosiy taʼtil davrida xodim ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirgan holda davolanganida taʼtil davolanish muddatiga uzaytiriladi.
Xodimlarga asosiy taʼtillar ulardan foydalanish davrlarining almashinib turish zaruratini, shuningdek, tarkibiy tuzilmalarda xizmat samaradorligini taʼminlashni hisobga olgan holda va taʼtillar jadvaliga muvofiq yilning istalgan vaqtida beriladi.
120. Vakolatli boshliqlarning taʼtillarni berish huquqi, shuningdek, taʼtillar muddatini hisoblash va berish tartibi Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
121. Bojxona qoʻmitasi raisiga taʼtil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq beriladi.
122. Asosiy taʼtil quyidagi toifadagi xodimlarga ularning xohishi boʻyicha qulay vaqtda beriladi:
jangovar harakatlar ishtirokchilariga;
nogironligi boʻlgan farzandi bor xodimlarga;
oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan farzandini tarbiyalayotgan yolgʻiz xodimlarga;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq shunday huquqqa ega boshqa xodimlarga.
Xodimning iltimosiga koʻra va vakolatli boshliqning roziligi bilan xodimga asosiy va unga qoʻshimcha taʼtillar ketma-ket, ular oʻrtasidagi uzilishlarsiz berilishi mumkin.
123. Xotini homiladorlik va tugʻish taʼtilida boʻlgan xodimga asosiy taʼtil uning xohishini hisobga olgan holda taʼtillarni berish huquqiga ega boʻlgan vakolatli boshliqning yozma ruxsati asosida beriladi.
Bojxona organlaridagi xizmatni oʻtayotgan er-xotin xodimlarga asosiy taʼtil ularning xohishiga koʻra bir vaqtning oʻzida beriladi.
124. Xodimning kasalligi tufayli yoki boshqa istisno holatlar sababli oʻtgan yil uchun asosiy taʼtil berilmagan boʻlsa, ushbu taʼtil kelgusi yilning birinchi choragida beriladi.
125. Taʼtilda boʻlgan xodim yaqin qarindoshlarining (eri-xotini, ota-onasi, farzandlari, tugʻishgan aka-ukalari, opa-singillari, erining yoki xotinining ota-onasi, qaramogʻida boʻlgan shaxslar) sogʻligʻi holati yomonlashganligi yoki vafot etganligi, shuningdek, xodimning oilasi yoki yaqin qarindoshi yongʻin yoki boshqa tabiiy ofatga duchor boʻlgan holatlarda taʼtil berish huquqiga ega vakolatli boshliq unga xizmat joyiga borish uchun zarur boʻlgan vaqtni hisobga olgan holda, oʻn kalendar kunigacha boʻlgan muddatga oilaviy ahvolga bogʻliq boʻlgan sabab bilan haq toʻlanadigan taʼtil berish huquqiga ega.
Bunda asosiy taʼtil xodimning oilaviy ahvoliga bogʻliq boʻlgan sabab bilan berilgan taʼtil sutkalari soniga uzaytiriladi.
126. Taʼtilni kompensatsiya puli bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, yillik asosiy taʼtilga chiqmagan holda xizmatdan boʻshayotgan xodimlar bundan mustasno.
127. Asosiy taʼtildan foydalanish huquqiga ega xodimga har yilgi asosiy taʼtil kalendar yil davomida berilmagan boʻlsa, taʼtil uchun moddiy yordam puli joriy yilning dekabr oyida toʻlanadi.
128. Xodim boshqa bojxona organlariga oʻtkazilgan taqdirda, uning foydalanilmay qolgan har yilgi asosiy taʼtili yangi xizmat joyida beriladi.
129. Xodim va kursantlarga yiliga bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi hududida har yilgi asosiy taʼtilni oʻtkazadigan joyiga, shuningdek, sanatoriy-kurortda davolanish joyiga borishi va qaytishi bilan bogʻliq yoʻl xarajatlarining oʻrni qoplanadi.
130. Xodimga beriladigan har yilgi asosiy taʼtil qismlarga boʻlib berilishi mumkin. Bunda ushbu taʼtilning hech boʻlmaganda bir qismi oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak. Taʼtil guvohnomasi taʼtilning har bir qismi uchun alohida rasmiylashtiriladi. Taʼtil oʻtkaziladigan joyga borish va qaytish uchun yoʻl haqi olish huquqi hamda borish va qaytish uchun qoʻshiladigan vaqt faqat taʼtilning bir qismiga beriladi.
131. Ushbu Nizomning 218-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “d” va “e” kichik bandlari asosida xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlarga ishdan boʻshatish haqida qaror qabul qilingan kalendar yil uchun haq toʻlanadigan har yilgi asosiy taʼtil beriladi.
Xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlarga foydalanilmagan har yillik asosiy taʼtil uchun boʻshayotgan yilda xizmat davriga mos ravishda pul kompensatsiyasi toʻlanadi. Bunda pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlmagan xodimdan avval toʻlangan pul kompensatsiyasi boʻshayotgan yilda xizmat davriga mos ravishda ushlab qolinadi.
132. Xodimlarga oilasidagi kechiktirib boʻlmaydigan ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etish, qarindoshlik burchini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek, boshqa uzrli sabablarga koʻra taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun vaqt hisobga olinmagan, pul va oziq-ovqat taʼminoti saqlanmagan holda oʻn kalendar kunigacha qisqa muddatli taʼtil berilishi mumkin.
Qisqa muddatli (haq toʻlanmaydigan) taʼtilning davomiyligi oxirgi taʼtil berilgan kundan eʼtiboran kalendar yil davomida jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, karantin choralari amalga oshirilayotgan, favqulodda holat joriy etilgan davrda va butun aholining yoki uning bir qismining hayotiga yoxud normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda xodimning yozma bildirgisiga koʻra qisqa muddatli (haq toʻlanmaydigan) taʼtilning davomiyligi koʻpi bilan olti oygacha uzaytirilishi mumkin.
133. Ayol xodimlarga homiladorlik va tugʻish, bolani parvarishlash uchun qonunchilik hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda taʼtil beriladi. Bunda ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoʻshimcha imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar tatbiq etiladi.
134. Bola (bolalarni) asrab olgan ayol xodimlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq bolani parvarishlash uchun taʼtil beriladi.
135. Ayol xodimlarga homiladorlik va tugʻish taʼtili hamda bolani parvarishlash taʼtili qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat va tartibda beriladi.
Ayol xodimlarga homiladorlik va tugʻish taʼtili ularning bildirgisi va tegishli tibbiy muassasalarning maʼlumotnomalariga asosan beriladi.
Bojxona organi xodimi bolani parvarishlash taʼtili tugamasdan keyingi farzandiga homilador boʻlgan taqdirda, homiladorlik va tugʻish taʼtili mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida beriladi.
Homiladorlik va tugʻish taʼtili tugaganidan keyin ayolning xohishiga koʻra unga bolasi uch yoshga toʻlguniga qadar bolani parvarishlash taʼtili beriladi.
Ayol xodimlar bolani parvarishlash uchun berilgan taʼtil muddati tugamasdan xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishish huquqiga ega.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan alohida hollarda bolani parvarishlash taʼtili erkak xodimlarga ham berilishi mumkin.
136. Homiladorlik va tugʻish taʼtillari vaqti maxsus unvonlar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xizmat muddatiga umumiy xizmat yillari uchun foizli ustama toʻlash, shuningdek, iqlim sharoiti ogʻir joylarda xizmat qilganini hisobga olgan holda, pensiyani hisoblashda xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Ayol xodimlarning farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun jami uch yildan koʻp boʻlmagan taʼtilda boʻlish vaqti serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xizmat staji, xizmat yillari uchun foizli ustama toʻlash, shuningdek, iqlim sharoiti ogʻir joylarda xizmat qilganini hisobga olmagan holda pensiyani hisoblashda xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Xodimlarning umumiy xizmat stajini hisoblashda bolani parvarishlash taʼtilining hammasini jamlaganda olti yildan oshmasligi kerak. Bunda taʼtil muddatidagi xizmat staji har bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda hisoblanadi.
137. Homiladorlik va tugʻish taʼtillari asosiy taʼtil hisobiga qoʻshilmaydi. Homiladorlik va tugʻish taʼtili oldidan yoki bevosita undan keyin ayol xodimlarga ularning xohishiga koʻra joriy yil uchun asosiy taʼtil beriladi.
Bolani parvarishlash uchun taʼtil tugaydigan yildagi asosiy taʼtil kalendar yilning oxirigacha taʼtil tugagan kundan boshlab kalendar yilining oxirigacha boʻlgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblanadi va ushbu Nizomning 118-bandi yettinchi xatboshisida belgilangan talablar hisobga olingan holda beriladi.
138. Ayol xodimlar kasal bolani parvarishlash uchun tibbiy muassasaning tegishli hujjatlari bilan tasdiqlangan butun davr uchun maoshi saqlangan holda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat va tartibda xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi.
139. Bojxona organlaridagi xizmatni oʻtayotgan erkak xodimning xotini tugʻruq vaqtida vafot etgan taqdirda, shuningdek, agar u oʻn toʻrt yoshgacha (nogironligi boʻlgan bolani oʻn olti yoshgacha) boʻlgan bir yoki bir nechta bolalarni onasiz (u vafot etgan yoki halok boʻlgan, onalik huquqidan mahrum etilgan, uzoq muddat davolash muassasasida boʻlgan va bolalarga onalik parvarishi berilmagan boshqa holatlarda) tarbiyalayotgan boʻlsa, uning iltimosiga koʻra uch oygacha muddatga xizmat davrida bir marta pul va oziq-ovqat taʼminoti saqlangan holda qoʻshimcha taʼtil beriladi.
140. Bolani parvarishlash uchun taʼtil tugaganda xodimga taʼtilga chiqquniga qadar egallab turgan avvalgi lavozimi beriladi. Bunday lavozim mavjud boʻlmaganda esa, maʼlumotiga, mutaxassisligiga hamda amaliy ish tajribasiga koʻra boshqa teng lavozim beriladi.
141. Xodimlarga kasalligi boʻyicha taʼtillar ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining xulosasi asosida beriladi. Ushbu taʼtilning davomiyligi kasallikning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Kasallik boʻyicha taʼtilda boʻlishning uzluksiz umumiy muddati toʻrt oydan oshmasligi lozim. Ayrim kasalliklar boʻyicha davolanishda boʻlish uchun koʻproq muddat talab qilingan hollarda, bu muddat ichki ishlar organlari tibbiyot muassasasi xulosasi asosida uzaytirilishi mumkin.
Xodimlar kasallik boʻyicha taʼtilda uzluksiz boʻlishning belgilangan muddati tugaganidan soʻng keyingi xizmatga yaroqliligini hal qilish uchun ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasida tekshiruvdan oʻtishi lozim.
Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida olingan jarohatlarini (kontuziyalar, mayibliklarni) davolashda boʻlgan davri muayyan muddat bilan cheklanmaydi. Mazkur toifadagi shaxslar davolanish tugaganidan soʻng ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida harbiy-tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.
Kasallik boʻyicha taʼtil har yilgi asosiy taʼtil hisobiga kiritilmaydi.
Xodim xizmatdan boʻshatilayotganda, unga kasalligi sababli taʼtil berilmaydi.
142. Oʻquv (kanikulyar) taʼtillari Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotgan, akademik qarzdorligi boʻlmagan kursantlarga oʻquv semestrlari tugagandan soʻng quyidagi muddatlarga beriladi:
yozgi kanikulyar taʼtil — oʻttiz kalendar kun;
qishki kanikulyar taʼtil — yetti kalendar kun.
Yozgi kanikulyar taʼtil asosiy, qishkisi esa qoʻshimcha hisoblanadi.
Oʻquv (kanikulyar) taʼtilini oʻtkazish joyiga borish va qaytib kelish uchun qoʻshimcha vaqt berilmaydi. Asosiy kanikulyar taʼtilni oʻtkazish joyiga (oʻqish yakunlanadigan yili — taʼtilni oʻtkazish va xizmatni oʻtash joyiga) borishi va qaytib kelishi bilan bogʻliq yoʻl xarajatlari qoplab beriladi.
143. Xodimlarga Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasini tamomlaganligi munosabati bilan beriladigan taʼtillar ular xizmatni oʻtash joylariga kelmasdan turib beriladi.
Davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan ushbu taʼtillar joriy yilning asosiy taʼtili sifatida hisobga olinadi.
144. Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi boʻlgan xodimga xizmatni ilmiy ish bilan muvaffaqiyatli ravishda birga qoʻshib olib borish sharti bilan, u ilmiy izlanuvchi boʻlgan taʼlim muassasasi yoki ilmiy tashkilot ilmiy kengashining tavsiyasiga binoan bojxona organi rahbari tomonidan quyidagi muddatlarga ijodiy taʼtillar beriladi:
fan doktori (DSc) ilmiy darajasi boʻyicha izlanuvchi uchun — dissertatsiyani tugatish uchun olti oygacha;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi boʻyicha izlanuvchi uchun — dissertatsiyani tugatish uchun uch oygacha.
145. Xodimlarga:
jangovar harakatlarda va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganda;
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida sirtdan oʻqiyotgan xodimlarga imtihonlar, sinovlar va boshqa oʻquv ishlarini topshirish davrida;
oliy taʼlim muassasasiga kirish imtihonlarini topshirish uchun ruxsat olgan xodimlarga taʼlim muassasasiga borish va u yerdan qaytish vaqtini hisobga olgan holda, kamida oʻn besh kalendar kun davom etadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
146. Oliy taʼlim muassasasiga kirish imtihonlarini topshirish uchun ruxsat olgan xodimlarga taʼlim muassasasiga borish va u yerdan qaytish vaqtini hisobga olgan holda, kamida oʻn besh kalendar kun davom etadigan hamda pul va oziq-ovqat taʼminoti saqlanmaydigan taʼtil beriladi.
147. Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarini topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga imtihonlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni topshirish uchun oʻttiz kungacha boʻlgan muddatga oʻquv taʼtili beriladi.
Doktoranturaga qabul qilinayotgan xodimlarga oʻquv taʼtili berilmaydi.
Xodimning kirish imtihonlarini topshirishiga ruxsat etilgani toʻgʻrisidagi taʼlim muassasasi boshligʻi tomonidan imzolangan xabarnoma oʻquv taʼtili berish uchun asos hisoblanadi.
148. Oʻquv taʼtilining muddati taʼlim muassasasi joylashgan joyga borish va qaytish vaqtiga uzaytiriladi.
149. Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi boʻlgan xodimga dam olish va bayram kunlaridan tashqari haftada bitta boʻsh kun beriladi. Beriladigan boʻsh kunlar vakolatli boshliqning buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish boʻyicha mustaqil izlanuvchilarga malaka imtihonlarini topshirish uchun xizmat joyidan taʼlim muassasasi yoki ilmiy tashkilot joylashgan joygacha borish va qaytish vaqtini hisobga olmagan holda, pul va oziq-ovqat taʼminoti saqlanmaydigan davomiyligi oʻttiz kundan iborat oʻquv taʼtili beriladi.
150. Inspeksion-koʻrik majmuasi bilan ishlash guruhi va ayrim boshqa mutaxassislar orasidan boʻlgan xodimlarning alohida toifalari uchun, ular tomonidan inson sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi vazifalar (ish, mashqlar) bajarilgandan soʻng davriy ravishda ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiy reabilitatsiya olib boriladi, ular uchun ichki ishlar organlari va Bojxona qoʻmitasining sanatoriylari, dam olish uylari va bazalarida profilaktik dam olish tashkil etiladi.
Bunday sogʻlomlashtirish tadbirlarining zarurati tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan berilgan tavsiyalar asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(150-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151. Xodimlarga tibbiy reabilitatsiya doirasida profilaktik dam olish uchun qoʻshimcha sutkalarni berish tartibi Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
152. Qoʻshimcha taʼtillar asosiy taʼtillar hisobiga qoʻshilmaydi.
153. Xodimni taʼtildan chaqirib olishga taʼtilning istalgan vaqtida xizmat yuzasidan oʻta zarur hollardagina, faqat uning roziligi bilan vakolatli boshliqning buyrugʻi asosida yoʻl qoʻyiladi.
Xodim taʼtildan chaqirib olinganda asosiy taʼtilning foydalanilmagan qismi joriy yilda beriladi.
154. Xodimlarga taʼtillar berish, taʼtildan chaqirib olish, shuningdek, ularning muddatlarini hisoblash tartibi va shartlari Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
10-bob. Xodimlarning huquq va majburiyatlari
155. Xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlarni bajaradilar hamda huquq va erkinliklardan foydalanadilar.
156. Xodimlar xizmat shartlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda shaxsiy huquq va erkinliklardan toʻliq foydalanadilar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining barcha majburiyatlarini bajaradilar.
Xodimlarning xizmat shartlaridan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
Xodimlar xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi va oʻzlariga topshirilgan xizmat joyida erishgan natijalari asosida vakolatli boshliqlar tomonidan ularga nisbatan intizomiy va moddiy ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini himoya qilishga qoʻshgan hissasi, oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarganligi hamda Vatan va bojxona organlari oldidagi boshqa xizmatlari uchun xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlanishga taqdim etilishi mumkin.
157. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida toʻgʻridan-toʻgʻri va bevosita oʻz boshligʻiga boʻysunadi.
Qonunchilik hujjatlari bilan bunday vakolatga ega boʻlgan shaxslardan tashqari hech kim xodimlarning xizmat faoliyatiga aralashish va xodimni qonunchilik hujjatlari bilan bojxona organlariga yuklanmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
158. Xodim qonunchilik hujjatlariga amal qilishi shart, qonunchilik hujjatlariga zidligi aniq boʻlgan buyruq yoki farmoyish olganda, uni bajarishni rad etish huquqiga ega.
159. Xodimlar oʻz ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallarning mohiyati boʻyicha biror-bir tushuntirish berishga, shuningdek, bunday ishlar va materiallarni, shu jumladan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor ishlar hamda materiallarni tanishib chiqish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan va tartibdan boshqacha tarzda taqdim etishga majbur emas.
160. Xodimlar oʻziga nisbatan qabul qilinayotgan qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) yuzasidan yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
161. Xodimlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qurolni saqlash, olib yurish va qoʻllash huquqiga egadirlar.
162. Bojxona qoʻmitasi raisi quyidagi huquqlarga ega:
bojxona organlarining tuzilmalarini tasdiqlash, zarur hollarda bojxona organlari tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
umumiy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Bojxona qoʻmitasining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Bojxona rasmiylashtiruvi markazi, Milliy kinologiya markazi, shuningdek, bojxona postlarining tashkiliy tuzilmasida nazarda tutilmagan tarkibiy tuzilmalarni tashkil etish hamda mavjud tarkibiy tuzilmalarni qayta tashkil etish va tugatish;
Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari tarkibining shtatlar sonini belgilash;
Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash hamda zarur hollarda Bojxona qoʻmitasi raisi va oʻrinbosarlarining tarkibiy tuzilmalar ustidan mutasaddiligini oʻzgartirish;
bojxona organlari tomonidan rivojlantirish jamgʻarmalariga tushgan mablagʻlarni xodimlarni ragʻbatlantirish, shu jumladan, ularga lavozim maoshining 200 foizgacha qoʻshimcha ustama belgilash, bojxona organi obyektlarini kapital qurish va taʼmirlash, ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga sarflash, shuningdek, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni bankning muddatli depozitiga joylashtirish;
Bojxona qoʻmitasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlarining, ilgʻor loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning malakali mutaxassislarini maslahatchilar sifatida jalb etish;
Bojxona organlari xodimlarining xizmatdan tashqari vaqtda xizmatni oʻtayotgan garnizon hududidan tashqariga chiqish qoidalarini belgilash.
163. “Polkovnik”, unga tenglashtirilgan yoxud undan yuqori maxsus unvondagi xizmatni oʻtayotgan yoki xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sogʻligʻining holatiga koʻra yoki tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan xizmatdan boʻshatilgan ofitserlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlari, ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega boʻlgan xodimlar belgilangan normadan ortiq bir xona yoki umumiy maydonning kamida oʻn olti kvadrat metr hajmda qoʻshimcha turarjoy maydoni olish huquqiga ega.
164. Xodimlar ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida bepul tibbiy yordam olish, shu jumladan, tish protezlarini yasatish va taʼmirlatish (qimmatbaho metall va boshqa qimmat turuvchi materiallardan tayyorlangan protezlar bundan mustasno), dori vositalari, boshqa tibbiy mulk bilan bepul taʼminlanish huquqiga ega.
165. Bojxona organlari pensionerlari va xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida shikastlanish (jarohatlanish, travma olish, kontuziya), kasallanish oqibatida nogiron boʻlib qolgan sobiq xodimlar ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalaridagi bepul tibbiy taʼminot huquqidan foydalanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan xodimlarning hamda xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki vafot etgan xodimlarning oila aʼzolari, shuningdek, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini rasmiylashtirgan oila aʼzolari ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalaridagi bepul tibbiy taʼminotdan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
166. Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan xodimlar uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
167. Tezkor qidiruv faoliyati bilan bogʻliq operativ tadbirlarda, ommaviy tartibsizliklarda, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda, jangovar harakatlar olib borilayotganda shuningdek, fuqarolar, jamiyat va davlat xavfsizligiga jiddiy tahdid soluvchi boshqa favqulodda holatlarda vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holatda halok boʻlgan (vafot etgan) xodimning oila aʼzolariga (eri-xotini, farzandlari, shuningdek, uning qaramogʻida boʻlgan shaxslarga) urush davrida halok boʻlgan harbiy xizmatchining oila aʼzolariga nisbatan belgilangan imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar tatbiq etiladi.
168. Xodimlar quyidagilarga haqli emas:
oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bojxona organlarida birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;
oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
siyosiy partiyalarga aʼzo boʻlishga, oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;
xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, bundan farzand tugʻilishi, nikoh, toʻy va dafn marosimlari mustasno;
bojxona organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Mazkur nizomda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik tegishli tartibda xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi uchun asos boʻladi.
169. Yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarlik holatlari va yetkazilgan zarar uchun xodimlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibda intizomiy, maʼmuriy, jinoiy, fuqarolik-huquqiy va moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
11-bob. Xodimlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish
170. Bojxona organlari xodimi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari talablaridan kelib chiqqan holda egallab turgan lavozimi boʻyicha xizmat vazifalarini bajarishda davlat organining vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida boʻladi.
171. Xizmat majburiyatlarini bajarayotgan xodimning oʻz vakolati doirasida qoʻyilgan qonuniy talablari barcha jismoniy, yuridik va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Xodimning qonuniy talablarini bajarmaslik, oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qiluvchi xatti-harakatlar (harakatsizlik), shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish, ularga qarshilik koʻrsatish, tahdid, zoʻrlik qilish yoki oʻz xizmat majburiyatlarini amalga oshirishi munosabati bilan ularning hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga tajovuz qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
172. Xodim tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilgan boʻlsa, bunda u jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi.
Xodimlarning jismoniy kuch ishlatishi, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllashining asosliligi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
173. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida zarur mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash yoxud buyruq yoki boshqa vazifani bajarish vaqtida, shuningdek, kasb faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik qilish oqibatida zarar yetkazsa, uni javobgarlikdan ozod qilish masalasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
174. Xodimlarning qonuniy talablari yuzasidan shikoyat qilinishi ushbu talablarning bajarilishini toʻxtatib turmaydi.
175. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali taʼminlanadi:
xodim, bojxona organlari pensioneri va ularning oila aʼzolari sogʻligʻini saqlash;
xodim mehnatiga haq toʻlash va bepul kiyim-kechak bilan taʼminlash;
uy-joy maydoni bilan taʼminlash;
mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
davlat pensiya taʼminoti;
davlat sugʻurtasi;
xodim va uning oilasiga ijtimoiy yordam koʻrsatish;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy himoya qilishga doir boshqa chora-tadbirlar.
176. Xizmat yili (mehnat staji), pedagogik ish staji, shuningdek, ilmiy va malaka darajalari mavjudligi uchun xodimlarga ustama va qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi.
Xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan, yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasiga erishgan, yuqori maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, shuningdek, oʻz faoliyatida yuqori natijalarni koʻrsatgan xodimlarga “uchinchi toifali mutaxassis”, “ikkinchi toifali mutaxassis”, “birinchi toifali mutaxassis”, “usta” malaka darajalari beriladi.
Ustamani toʻlash maqsadida xodimning xizmat (mehnat staji) yilini eʼlon qilish hamda malaka darajalarini berish Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartib boʻyicha bojxona organi rahbarining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
177. Xodimlarning xizmat faoliyati har yarim yilda axborot tizimlari orqali baholashdan oʻtkazilib, faoliyatni reyting asosida baholash natijalari eʼlon qilib boriladi hamda qonunchilikda belgilangan miqdorda qoʻshimcha ustama toʻlanadi.
Xodimlarning faoliyatini reyting asosida baholash va ustamani toʻlash tartibi Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
178. Xodimlar, bojxona organlari pensionerlari va ularning oila aʼzolari, shuningdek, Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasalari kursantlari hamda mutaxassis, xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi (texnik) xodimlar ambulator, statsionar va tibbiy-sanitariya sharoitida bepul tibbiy xizmat olish maqsadida ichki ishlar organlari tibbiy-davolash muassasalariga biriktiriladi, ushbu muassasalarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davolanadi va sogʻlomlashtirishdan oʻtkaziladi.
Xodimlar va bojxona organlari pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yilda bir marta imtiyozli yoʻllanmalar bilan taʼminlanadilar.
Zarur boʻlgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan koʻrsatiladi.
179. Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasining kursant va tinglovchilari ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyalari xulosasiga koʻra sanatoriya-kurort muassasalarida bepul davolanish huquqiga ega.
180. Xodimlar ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda yilda bir marta majburiy chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
Bojxona organlarining oʻqotar qurol bilan xizmat olib boradigan hamda inspeksion koʻrik majmualari bilan ishlash guruhlari xodimlari profilaktik tibbiy koʻrikdan har olti oyda oʻtadilar.
181. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordamni va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish, tibbiy tekshiruvni va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
182. Xodimlar, ularning oila aʼzolari va bojxona organlari pensionerlari hamda mutaxassis, xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi (texnik) xodimlar bojxona organlarining sogʻlomlashtirish muassasalarida imtiyozli asoslarda stansionar dam olish va davolanish huquqiga egadir.
Bojxona organlari sogʻlomlashtirish muassasalarida stansionar dam olish hamda davolanish tartibi va shartlari Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
183. Xodimlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan namunadagi bepul formali kiyim-kechak bilan taʼminlanadilar.
Xodimlarning formali kiyim-bosh namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ashyoviy taʼminot normalari, shuningdek, formali kiyim-boshni kiyish qoidalari Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
184. Bojxona organlari xizmat uy-joy fondini tashkil etishi mumkin.
185. Xodimlarga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun qonunchilikda belgilangan tartibda pul kompensatsiyasi toʻlab beriladi.
186. Xodimlarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish va yakka tartibda uylar qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi beriladi.
187. Xodim yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrni ixtiyoriy yoki majburiy sugʻurta mablagʻlaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ushbu qoida bojxona organlaridan pensiyaga chiqarilgan shaxslarga, agar zarar ularga yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga bojxona organlaridagi xizmat faoliyati bilan bogʻliq holda yetkazilganida ham tatbiq etiladi.
Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli uning yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
188. Mehnatning qatnov xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan xizmat majburiyatlarini bajaruvchi xodimlarga shahar yoʻlovchi transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl chiptalari beriladi yoki pul kompensatsiyasi toʻlanadi.
Faoliyatida xizmat majburiyatlarini bajarish qatnov xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan xodimlarga shahar yoʻlovchi transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl chiptalari berish yoki pul kompensatsiyasini toʻlash, shuningdek, xizmat safarlarida shaxsiy transportidan foydalanuvchilarga kompensatsiya toʻlash tartibi va miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
189. Xodimlar va ularning oila aʼzolari boshqa hududiy bojxona tuzilmasiga oʻtkazilganligi sababli amalda yangi yashash joyiga koʻchib oʻtishganda, shuningdek, maxsus unvon va darajalar mavjudligini nazarda tutuvchi huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlardan bojxona organlariga oʻtkazilgan xodimlarga temir yoʻl, havo kemasi, suv va avtomobil transportida koʻchish va mol-mulkini tashish uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar toʻlab beriladi.
190. Xodimlar, boquvchisini yoʻqotgan taqdirda esa, ularning oila aʼzolari qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya taʼminotini olish huquqiga ega.
Bojxona organlari tomonidan pensiya tayinlangan xodimlarga belgilangan namunadagi pensiya guvohnomasi beriladi.
Pensiya guvohnomasi namunalari, shuningdek, ularni berish va hisobini yuritish tartibi Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
Xodimlarning oila aʼzolari (eri-xotini, farzandlari, shuningdek, qaramogʻida boʻlgan shaxslar) boquvchisini yoʻqotgan taqdirda, ularga boshqa qulay va shinam turarjoy bepul ajratilgunga qadar egallab turgan xizmat turarjoyidan majburan koʻchirib yuborilishi mumkin emas. Xodim halok boʻlganda (vafot etganda), ularda qonunchilik hujjatlariga muvofiq turarjoy sharoitlarini yaxshilash huquqi saqlanib qoladi.
191. Xodimlar xizmatga qabul qilingan kundan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablagʻlar hisobidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinadi.
192. Xodimlarga har yili quyidagi moddiy yordamlar koʻrsatiladi:
taʼtilga chiqish vaqtida — Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ish haqi fondidan pul taʼminotining bir oylik maoshi miqdorida;
qonunchilik hujjatlari va Maxsus jamgʻarma toʻgʻrisida nizomda nazarda tutilgan tartibda maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan.
193. Bojxona qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xodimlarning (shu jumladan, kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritilgan xodimlarning) quyidagi shakllardagi ijtimoiy himoya qilish kafolatlari taʼminlanadi:
xodimning kasallikdan davolanishi uchun — lavozim maoshining oʻn baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
xodim yaqin qarindoshlarining (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari) davolanish yoki operatsiya qildirish, ortopedik oyoq kiyim va protez-ortopedik mahsulotlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish va dam olish uchun — lavozim maoshining toʻrt baravari miqdorigacha moddiy yordam berish;
oʻzi yoki ota-onasi, farzandlarining toʻylari hamda yaqin qarindoshlarining (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari) dafn marosimlarini oʻtkazish uchun — lavozim maoshining ikki baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam berish;
xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan holda xodim vafot etganda, uning lavozim maoshining uch baravari miqdorida oila aʼzolariga bir martalik moddiy yordam ajratish;
xodimga unga, turmush oʻrtogʻiga yoki birga yashovchi farzandlariga tegishli yashash xonadoni tabiiy ofatlar yoki yongʻin oqibatida zarar koʻrgan hollarda zarar oqibatlarini bartaraf etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
xodimlarga uy-joyga ega boʻlish yoki yashash sharoitini yaxshilash, shuningdek, amaldagi ipoteka krediti boʻyicha qolgan asosiy qarzni toʻliq soʻndirish uchun — besh yildan oshmaydigan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining ming baravaridan oshmaydigan miqdorda foizsiz qarz berish;
xodimlarga yuzaga kelgan kutilmagan xarajatlar uchun — ikki yildan oshmaydigan muddatga uchinchi shaxsning kafilligi asosida bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan oshmaydigan miqdorda foizsiz qarz berish;
bojxona organlarida amaliy xizmat staji 10 yildan ortiq boʻlgan, xizmatda samarali natijalarga erishgan xodimlarga yangi yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan oshmagan miqdorda uch yil muddatga foizsiz qarz berish.
194. Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari hamda ularning qaramogʻidagi shaxslarga quyidagi imtiyoz va kafolatlar beriladi:
a) halok boʻlgan xodim oila aʼzolariga biryoʻla beriladigan nafaqa marhumning oxirgi egallagan lavozimi boʻyicha maoshi va maxsus unvoni maoshi yigʻindisining 150 baravari miqdorida belgilanadi;
b) belgilangan tartibda turarjoyga muhtoj deb tan olingan taqdirda, turarjoy bilan birinchi navbatdagi tartibda taʼminlanadi;
qonunchilikda belgilangan xodimlarga turarjoy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibiga muvofiq uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlarini olish huquqi saqlab qolinadi;
v) halok boʻlgan xodimning farzandlari maktabgacha taʼlim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida qoʻshimcha kvotalar boʻyicha taʼlim olishi taʼminlanadi;
halok boʻlgan xodimning ota-onasiga yiliga ikki marta temir yoʻl va havo transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi;
g) halok boʻlgan xodimning oila aʼzolariga:
ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida bepul tibbiy yordam olish huquqi saqlab qolinadi, shuningdek, tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida tibbiy yordamni ustuvor ravishda olish va navbatdan tashqari shifoxonaga yotqizish imkoniyati yaratiladi;
yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul tibbiy yordam koʻrsatiladi;
asosiy yillik mehnat taʼtilidan qulay vaqtda foydalanish, shuningdek, yiliga ikki haftagacha muddatga ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha taʼtil olish huquqi beriladi.
d) bojxona organlariga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida halok boʻlgan xodimlar oila aʼzolari uchun ularning murojaatlariga asosan quyidagilar taʼminlanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sanatoriy-kurort muassasalari va bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlarida yiliga bir marta bepul sogʻlomlashtirish;
shifokorlarning retseptlariga asosan uch oylik ehtiyojdan kelib chiqib, dori vositalari (yiliga bir marta), tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib berish hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlarini qoplash;
ogʻir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi boʻlganlarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq yiliga bir marta dori vositalarining 50 foizigacha boʻlgan summasini kompensatsiya qilish.
195. Xodimlar xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida:
halok boʻlganda (vafot etganda) — halok boʻlgan (vafot etgan) xodimning oila aʼzolariga marhumning oxirgi egallagan lavozimi boʻyicha maoshi va maxsus unvoni maoshi yigʻindisining 100 baravari miqdorida;
ogʻir tan jarohati olganda — xodimning egallab turgan lavozimi boʻyicha maoshi va maxsus unvoni maoshi yigʻindisining 50 baravari miqdorida;
oʻrtacha ogʻir tan jarohati olganda — xodimning egallab turgan lavozimi boʻyicha maoshi va maxsus unvoni maoshi yigʻindisining 20 baravari miqdorida biryoʻla nafaqa toʻlanadi.
Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan kursantlar xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olganda yoki halok boʻlganda (vafot etganda), ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda stipendiya va ega boʻlgan maxsus unvon maoshi yigʻindisi miqdoridan kelib chiqib nafaqa hisoblanadi.
196. Xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan), shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida:
belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim muassasalari) bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga (ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinadilar;
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Bojxona qoʻmitasi tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari) qabul parametrlaridan tashqari dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalariga muvofiq qabul qilinadilar.
197. Bojxona qoʻmitasining raisi:
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlarning toʻlov-kontrakt (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori bundan mustasno) asosida oliy taʼlim muassasalari bakalavriatida (ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) taʼlim olayotgan farzandlariga — qolgan oʻquv davri toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdorining toʻliq hajmini;
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning toʻlov-kontrakt (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori bundan mustasno) asosida oliy taʼlim muassasalari bakalavriatida (ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) taʼlim olayotgan farzandlariga — toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdorining ellik foizi miqdorini Bojxona qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab berish huquqiga ega.
198. Xizmatdagi ofitserlar va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga oʻqishga kirish uchun:
respublika davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi;
oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga belgilangan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi.
199. Mazkur Nizomning 198-bandiga muvofiq respublika davlat oliy taʼlim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul parametrlari asosida kirish hamda davlat granti asosida taʼlim olish huquqi bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, ish jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan, bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning tegishli tavsiyanomalarga ega boʻlgan farzandlariga beriladi.
Xodimlarning farzandlari uchun ajratilgan ikki foizli qabul parametrlari doirasida oliy taʼlim muassasalariga qabul Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi hamda oʻrinlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida oʻttiz foizini toʻplagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Xodimlarning farzandlari uchun ajratilgan ikki foizli qabul parametrlari doirasida oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul qilish dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalari, shuningdek, Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.
Xodimlar, shu jumladan, xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan), shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlarini oliy taʼlim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanoma Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan beriladi.
Tavsiyanoma bir oliy taʼlim muassasasi, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasasiga bir marta kirish uchun uch yildan oshmaydigan muddatga beriladi.
Tavsiyanoma blanklari qatʼi hisob hujjati hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlib, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
200. Tavsiyanoma berish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish borasida qarorlar qabul qilishda xolislikni taʼminlash va korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha shaxsiy javobgarlik Bojxona qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklanadi.
201. Xodimlarning farzandlari yashash joyi, shu jumladan, vaqtincha yashash joyi boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlari va oʻrta taʼlim muassasalari, shuningdek, vazirliklarning bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga imtiyozli tartibda qabul qilinadi.
202. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlarning farzandlarini xizmatga, shuningdek, Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilishda afzalliklar beriladi.
Ushbu afzalliklarni berish tartibi va shartlari Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
203. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenesi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va tashkilotlar oʻz vakolatlari doirasida xodimlarga, shuningdek, bojxona organlaridan boʻshatilgan fuqarolarga hamda ularning oila aʼzolariga ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar ham belgilashi mumkin.
204. Mazkur Nizomning 193-bandi va 197-bandida nazarda tutilgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun har yili Maxsus jamgʻarma mablagʻlarining 10 foizi ajratiladi.
Ushbu mablagʻlar Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari rahbarligida tashkil etiladigan markaziy komissiya va bojxona organlari hamda muassasalari boshligʻi oʻrinbosari rahbarligida tashkil etiladigan hududiy komissiyalarning xulosalari asosida qabul qilinadigan buyruqqa muvofiq maqsadli sarflanadi.
Mazkur mablagʻlar xodimlarni ijtimoiy himoya qilish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarga ham yoʻnaltirilishi mumkin.
Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga sarflangan mablagʻlar haqidagi maʼlumotlar xodimlar kesimida maxsus axborot tizimiga kiritib boriladi.
12-bob. Xizmatni oʻtash rejimini taʼminlash
205. Xodimlar uchun ish vaqti davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshishi mumkin emas. Zarur boʻlgan hollarda, xodimlar kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda xizmatni oʻtashga jalb etilishi mumkin.
Xizmat oʻtashning odatdagi rejimida olti kunlik ish haftasi nazarda tutiladi, bunda kunlik ish davomiyligi yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa — sakkiz soatdan oshmasligi kerak.
Xizmatni oʻtashning kuchaytirilgan rejimi kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi toʻrt soatdan oshmaydigan xizmat belgilanishini nazarda tutadi.
Sutkalik rejimda xizmatni oʻtash uch mahal ovqatlanish hamda kamida sakkiz soat dam olish uchun vaqt berilgan holda yigirma toʻrt soat davomida amalga oshiriladi.
Xizmatni sutkalik rejimda oʻtash chogʻida xodimlarga ularning xohishiga koʻra xizmatni oʻtash joyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun belgilangan umumqoʻshin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogi uchun beriladigan kompensatsiya oʻrniga uch mahal bepul ovqat berilishi mumkin, oʻz xizmat vazifalarini doimiy ravishda sutkalik navbatchilik rejimida bajaradigan xodimlar bundan mustasno.
Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejim joriy etilishi munosabati bilan ish soatlarining (kunlarining) belgilangan normalari oshirilganligi uchun xodimga Bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan belgilangan tartibda pul kompensatsiyasi toʻlanadi yoki xohishiga koʻra dam olish kunlari (otgullar) beriladi yoxud bu kunlar uning har yilgi asosiy taʼtiliga qoʻshiladi.
Kuchaytirilgan va sutkalik rejimlarni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek, xodimlarni jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb etish Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
206. Dam olish va bayram kunlari xizmat majburiyatlarini bajarishga jalb etiladigan xodimlarga haftaning boshqa kunlarida dam olish kunlari beriladi.
207. Bojxona organlarining navbatchilik qismlari sutkalik naryadining xizmati yigirma toʻrt soatga moʻljallab tashkil etiladi.
Navbatchilik vaqtida bojxona organlari navbatchilik qismining xodimlariga ovqatlanish va qisqa muddatli dam olish uchun har bir kishiga umumiy davomiyligi uch smenali navbatchilikda — olti soat, toʻrt smenali navbatchilikda — toʻrt soat davom etadigan tanaffuslar navbatma-navbat beriladi.
Smena tugagach, bojxona organlari navbatchilik qismlarining xodimlariga hamda xizmat majburiyatlarini sutkalik navbatchilik rejimida doimiy bajaruvchi boshqa xodimlarga dam olish beriladi.
208. Bojxona organlarining asosiy xizmat majburiyatlariga qoʻshimcha ravishda sutkalik xizmatga (shu jumladan, navbatchilikka) jalb etilgan xodimlariga navbatchilik tugaganidan soʻng kamida yigirma toʻrt soat davom etadigan dam olish vaqti beriladi.
209. Bojxona organlaridagi xizmat faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda vakolatli boshliqlar tomonidan mazkur Nizom talablari asosida tasdiqlanadigan kun tartibi ishlab chiqiladi.
210. Urush holati eʼlon qilingan davrda xodimlarning xizmat oʻtash tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
13-bob. Xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan boʻshatish va xizmatga tiklash
211. Bojxona organlaridagi xizmatni oʻtash yoshining chegarasi serjantlar tarkibidagi xodimlar uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibidagi xodimlar uchun — ellik besh yoshni, generallar tarkibidagi xodimlar uchun — oltmish yoshni tashkil etadi.
212. Yuqori kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega boʻlgan va sogʻligʻining holatiga koʻra xizmatni oʻtashga yaroqli xodimlarning xizmat muddati ularning roziligi bilan Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda besh yilgacha, Bojxona qoʻmitasi oliy taʼlim muassasasining professor-oʻqituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlarning xizmat muddati esa oʻn yilgacha muddatga uzaytirilishi mumkin.
213. Xizmat muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror xodimni ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha xizmatdan boʻshatish imkoniyatini istisno etmaydi.
214. Xodimlar bojxona organlaridagi xizmatdan Qurolli Kuchlar rezerviga yoki isteʼfoga boʻshatiladi.
Bojxona organlaridagi xizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga yetgan yoki ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan sogʻligʻining holatiga koʻra xizmatga yaroqsiz deb topilgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga ega boʻlgan xodimlar isteʼfoga boʻshatiladi.
215. Xodimlar xizmatdan Bojxona qoʻmitasi raisi yoki vakolatli boshliqning buyrugʻi bilan boʻshatiladi.
216. Xodimlarni bojxona organlaridagi xizmatdan boʻshatish huquqiga ega boʻlgan vakolatli boshliqlar bu huquqdan faqat oʻzining bevosita boʻysunuvida boʻlgan va nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarda xizmat qilayotgan xodimlarga nisbatan foydalanadi.
Bojxona qoʻmitasi raisi vakolatli boshliq nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarda xizmat qilayotgan xodimlarni bojxona organlaridagi xizmatdan boʻshatish huquqiga ega.
217. Xodim bojxona organlaridagi xizmatdan boʻshashi toʻgʻrisida kamida ikki oy oldin vakolatli boshligʻiga maʼlum qilishi lozim.
Xodimning bojxona organlaridan boʻshatish toʻgʻrisidagi bildirgisi olingandan soʻng, vakolatli boshliq ikki oylik muddat ichida uni bojxona organlaridan boʻshatish huquqiga ega.
218. Xodim quyidagi asoslarga koʻra bojxona organlaridagi xizmatdan boʻshatiladi:
a) oʻzining xohishiga koʻra (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtamaganlar uchun) — xodimning bildirgisi asosida;
b) xizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga toʻlganda;
v) pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganda — xodimning bildirgisi asosida;
g) tashkiliy-shtat oʻzgarishlari munosabati bilan — shtatlar soni oʻzgarganda;
d) kasalligi boʻyicha — ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining xizmatga yaroqsizligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida;
e) sogʻligʻining cheklanganligi holati boʻyicha — ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining xizmatga yaroqliligi cheklanganligi toʻgʻrisidagi va xizmat boʻyicha boshqa lavozimga oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
j) dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi sababli;
z) malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli — attestatsiya natijalari asosida;
i) xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzganligi sababli;
k) bojxona organi xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakat sodir etganligi sababli;
l) sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganligi sababli;
m) xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi uchun;
n) boshqa turdagi davlat xizmatiga oʻtganligi sababli (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritmasdan);
o) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi sababli;
p) xodimlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga (taqiqlarga) rioya etmaganligi sababli.
219. Agar xodimga nisbatan ozodlikdan mahrum etish, ozodlikni cheklash va harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan yoki uning ayblilik toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay turib, jinoyat ishi tugatilgan yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatish rad etilgan boʻlsa, uni bojxona organlaridagi xizmatdan boʻshatish yoki xizmatda qoldirish toʻgʻrisidagi qaror attestatsiya komissiyasining qarorini hisobga olgan holda, xizmatdan boʻshatish huquqiga ega vakolatli boshliq tomonidan qabul qilinadi.
Koʻrsatilgan qaror qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi yoki hukmi, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarori kelib tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda qabul qilinadi.
220. Xodimlarda bojxona organlaridagi xizmatdan boʻshash uchun bir necha asoslar boʻlsa (yosh boʻyicha, tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan, ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan xizmatga yaroqsiz deb topilganligi, oʻzining xohishiga koʻra), u oʻzi tanlagan asosda xizmatdan boʻshashi mumkin.
221. Xodim kalendar hisobdagi xizmat muddati yigirma yilga yetganidan soʻng pensiya olish huquqini beradigan oʻtagan xizmat muddati boʻyicha xizmatdan boʻshash huquqiga ega. Bunga Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi, (shu jumladan, sobiq Oliy harbiy bojxona instituti va Bojxona kolleji ham) oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻqish, Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni oʻtash davrlari kiradi.
Ushbu holda xodimga pensiya tayinlashda uning kalendar tarzda hisoblanadigan xizmat muddatiga imtiyozli hisoblanadigan xizmat muddati mazkur Nizom 8-bandining toʻrtinchi xatboshisida belgilangan tartibda qoʻshiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
222. Pensiya olish huquqini beruvchi xizmat muddatini oʻtamagan, ushbu Nizomning 218-bandi “b”, “g”, “d” va “e” kichik bandlariga muvofiq xizmatdan boʻshatiladigan xodimlar boʻshash kunida umumiy ish staji kalendar hisobida yigirma besh va undan ortiq yilni tashkil etgan, ulardan kamida oʻn ikki yil olti oyi bojxona organlaridagi xizmatga toʻgʻri kelganda pensiya olish huquqiga ega boʻladi.
(222-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
223. Halok boʻlgan (vafot etgan) xodim halok boʻlgan (vafot etgan) kunning ertasiga, belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan yoki halok boʻlgan (vafot etgan) deb eʼlon qilingan xodim esa tegishli sud qarori qonuniy kuchga kirgan kunning ertasiga bojxona organlari shaxsiy tarkibi roʻyxatlaridan chiqariladi.
Bedarak yoʻqolgan yoki halok boʻlgan (vafot etgan) deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori bekor qilinganda, bedarak yoʻqolgan yoki halok boʻlgan (vafot etgan) deb topilishi oqibatida shaxsiy tarkib roʻyxatidan chiqarilgan shaxsni xodim sifatida qayta shaxsiy tarkib roʻyxatiga kiritish Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
224. Xodimni xizmatdan boʻshatishga taqdim qilishdan oldin u tomonidan xizmatning oʻtalgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritiladi, zarur hollarda kalendar hisobida va alohida imtiyozli sharoitlardagi xizmat muddatiga kiritilishi uchun uning xizmat davrlari hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Xodimga u boʻshatilgunga qadar hisoblab chiqilgan xizmat muddati toʻgʻrisida maʼlum qilinadi. Xizmat muddatini hisoblash boʻyicha xodimning eʼtirozlari vakolatli boshliq tomonidan koʻrib chiqiladi va xodim xizmatdan boʻshatishga taqdim etilgunga qadar u boʻyicha qarorlar qabul qilinadi.
Bojxona organlaridagi xizmatdan boʻshatilgan kunda xodimga uning boʻshatilganligi toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasi va mehnat daftarchasi beriladi.
225. Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi kursantlari bilan oʻqishni tugatgandan soʻng bojxona organlarida besh yil davomida majburiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.
Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasini tamomlagan xodim u bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha koʻzda tutilgan muddat tugamasdan xizmatni oʻtashdan bosh tortgan, shuningdek, shartnoma shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli xizmatdan boʻshatilganda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq uni oʻqitish uchun sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga qoplab beradi.
226. Xizmatdan boʻshatilgan, biroq belgilangan tartibda ish va lavozimini topshirmagan xodim boʻshatish toʻgʻrisida buyruq yoki yozma ravishda xabarnoma olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida ish va lavozimini topshirishi lozim.
Bunda hisob hujjatlari harbiy hisobga qoʻyish joyiga yuboriladi. Xizmat joyidan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu qarzdorlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
227. Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi oʻqishidan chetlashtirilgan kursant va tinglovchilar qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan asosda oliy taʼlim muassasasi boshligʻi yoki Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan boʻshatiladi.
228. Kamida yigirma kalendar yil mobaynida xizmatni benuqson oʻtagan ofitserlar tarkibiga mansub xodimlarga xizmatdan boʻshatilayotgan vaqtda vakolatli boshliqlarning buyruqlari bilan bayramlar va tantanali marosimlarda formali kiyim-kechak kiyish va farqlovchi nishonlarni taqish huquqi beriladi.
Xuddi shu boshliqlar tomonidan ular jinoyat sodir etgan yoki bojxona organlari shaʼniga dogʻ tushiruvchi xatoga yoʻl qoʻyganliklari sababli xizmat formasini kiyib yurish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
229. Xodimlarga xizmat yili uchun foizli ustamalarning miqdorlari hamda pensiyani hisoblashda bojxona organlaridagi xizmatdan tashqari davlat xizmatlarining boshqa turlari nazarda tutilgan vazirlik va idoralardagi xizmat davri (ish staji) harbiy yoki maxsus unvon, martaba yoki malaka darajasi berilgan kundan boshlab xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Bojxona organlaridagi xizmatga generallar tarkibi lavozimlariga xizmatga yuborilgan harbiy yoki maxsus unvon, martaba yoki malaka darajasi mavjud boʻlmagan xodimlarning oldingi ish joylaridagi mehnat staji bojxona organlaridagi xizmat muddatiga hamda pensiyani hisoblashda mehnat stajining bir kuni xizmatning bir kuniga hisoblangan holda qoʻshiladi.
230. Quyidagi hollarda xodimlarni xizmatdan boʻshatishga yoʻl qoʻyilmaydi:
tibbiyot muassasalarida davolanishda boʻlib, ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari tomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilganda;
taʼtilda yoki xizmat safarida boʻlganda;
asirga yoki garovga olinganida (oʻz ixtiyori bilan asirga tushish yoki garovga olinish hollari bundan mustasno).
231. Xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan, sudda koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha qaror qabul qilinmagan yoki sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa, u xizmatdan boʻshatilishi mumkin emas.
232. Nogironligi boʻlgan farzandlari yoki bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlari boʻlgan ayol xodimlarni ushbu farzandlari oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar, shuningdek, oʻn toʻrt yoshdan kichik farzandlari boʻlgan yolgʻiz onalar va otalarni ularning roziligisiz tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan xizmatdan boʻshatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
233. Sodir etgan jinoyati uchun sud hukmiga koʻra ozodlikdan mahrum etish yoki maxsus unvondan mahrum etish jazosini olgan xodim sud hukmi kuchga kirgan kundan boshlab tegishli asosga muvofiq xizmatdan boʻshatiladi.
234. Sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganligi munosabati bilan boʻshatilgan shaxslarni bojxona organlaridagi xizmatga tiklash, ular gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoxud asossiz boʻshatilganligi tan olingan hollarda, sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Xizmatga tiklanishi lozim boʻlgan shaxslarni shaxsiy tarkib roʻyxatiga kiritish va lavozimga tayinlash Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
235. Bojxona organlaridagi xizmatga tiklash shaxs boʻshatilgan kunidan tiklangan kuniga qadar boʻlgan davrni navbatdagi maxsus unvon berish, xizmat yillariga foizli ustama toʻlash va pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblashda xizmat stajiga qoʻshib hisoblash sharti bilan avvalgi maxsus unvonini berish, avvalgi egallab turgan lavozimiga tayinlash, buning imkoni boʻlmasa, unga teng yoki boshqa lavozimga tayinlash orqali amalga oshiriladi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki ajrimi yoxud Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi asosida xizmatga tiklangan shaxs mazkur buyruq qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyalarida yoʻllanma asosida tibbiy koʻrikdan oʻtadi.
236. Xizmatga tiklanayotgan shaxsga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplash sudning qarori asosida amalga oshiriladi.
237. Ushbu Nizomning 218-bandi “a”, “v”, “g”, “e”, “j”, “z” va “n” kichik bandlariga muvofiq xizmatdan boʻshatilgan xodimlar xizmatga qayta qabul qilinishi mumkin.
Ilgari bojxona organlarida xizmat qilgan yoxud haqiqiy harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarni qayta qabul qilishda, ular yoshining chegarasi qirq besh yoshdan oshmasligi kerak.
238. Xodimni xizmatdan boʻshatishga taqdim etish, qayta qabul qilish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
239. Xodim boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud sudga murojaat etib, oʻzining xizmatdan boʻshatilishi yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
240. Bojxona organlaridagi xizmatni oʻtayotgan (shu jumladan, kadrlarning amaldagi zaxirasida boʻlgan) xodimlarga xizmat muddati imtiyozli ravishda — bir kuni bir yarim kunga tenglashtirib hisoblanadi.
Imtiyozli hisoblanadigan davr faqat xodimlarga pensiya miqdorini hisoblashda inobatga olinadi.
Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasida (shu jumladan, sobiq Oliy harbiy bojxona instituti va Bojxona kollejida) hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻqish davrining bir kuni bir kunga hisoblangan holda xizmat muddatiga qoʻshiladi.
241. Fuqarolarning haqiqiy harbiy xizmatda va bojxona organlaridagi xizmatda boʻlgan davri qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning umumiy ish staji va ixtisoslik boʻyicha ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
242. Xizmatga tiklangan xodimlarga pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblashda hisobga olinadigan xizmat stajiga:
ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash bilan bogʻliq jazolar oʻtalganda — bir kuni uch kun;
qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilganda — bir kuni uch kun;
ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar oʻtalganda bir kuni bir kun hisobida qoʻshiladi.
Xizmatga tiklangan xodimlarga navbatdagi maxsus unvon berish va xizmat yili uchun foizli ustama toʻlashda xizmat yillariga boʻshatilgandan keyingi davrning bir kuni bir kun hisobida qoʻshiladi.
14-bob. Yakunlovchi qoidalar
243. Mazkur Nizom asosida Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan bojxona organlarining ayrim boʻlinmalarida xizmat oʻtashning boshqa tartibi va shartlari belgilanishi mumkin.
Bojxona organlarining shtatlari va xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa vazirlik va idoralarga taqdim etish yoki ularning axborot tizimlariga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
244. Xodimlar xorijiy xizmat safarlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuborilishi mumkin.
245. Xodimlarga ragʻbatlantirish va intizomiy jazoga tortish choralari qoʻllanilishi mumkin.
Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarining turlari, vakolatli boshliqlarning ularni qoʻllashdagi huquq va majburiyatlari, xizmat intizomini mustahkamlashdagi javobgarligi bojxona organlarining Intizom nizomida belgilanadi.
246. Bojxona organlarining mutaxassis, xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi (texnik) xodimlari bilan mehnat munosabatlari mehnat qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
Fuqarolarni bojxona organlarining mutaxassis, xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi (texnik) xodimlari lavozimlariga ishga olish, shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi ish xususiyatidan kelib chiqqan holda Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlarining (Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi bundan mustasno) mutaxassis, xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi (texnik) lavozimlarining meʼyorlari, ularni kiritish shartlari, mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlari, bazaviy stavkalari bojxona organlarining faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqib, Bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi, ayrim bojxona organlari uchun qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan hollar bundan mustasno.
(246-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi mutaxassis, xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi (texnik) lavozimlarining meʼyorlari, ularni kiritish shartlari, mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlari oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarni inobatga olgan holda Bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Bojxona qoʻmitasi huzuridagi davlat muassasalarining boshqaruv, shuningdek, mutaxassis, xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi (texnik) lavozimlarining meʼyorlari, ularni kiritish shartlari, mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlari muassasa rahbarlari tomonidan Bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi, qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan hollar bundan mustasno.
247. Xizmat oʻtashning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalari qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Bojxona organlari maxsus unvonlarining boshqa davlat organlari unvonlariga muvofiqligi

T/r

Bojxona organlarining maxsus unvonlari

Ichki ishlar organlari maxsus unvonlari

Milliy gvardiya organlari maxsus unvonlari

Harbiy unvonlar

Prokuratura organlarining daraja unvonlari

Adliya organlarining daraja unvonlari

Sud organlarining daraja unvonlari

1.

Leytenant

Leytenant

Leytenant

Leytenant

3-darajali yurist, adliya leytenanti

3-darajali yurist

3-darajali yurist

2.

Katta leytenant

Katta leytenant

Katta leytenant

Katta leytenant

2-darajali yurist, adliya katta leytenanti

2-darajali yurist

Beshinchi malaka darajasi, 2-darajali yurist

3.

Kapitan

Kapitan

Kapitan

Kapitan

1-darajali yurist, adliya kapitani

1-darajali yurist

Toʻrtinchi malaka darajasi, 1-darajali yurist

4.

Mayor

Mayor

Mayor

Mayor

Kichik adliya maslahatchisi, adliya mayori

3-darajali adliya maslahatchisi

Uchinchi malaka darajasi, 3-darajali adliya maslahatchisi

5.

Podpolkovnik

Podpolkovnik

Podpolkovnik

Podpolkovnik

Adliya maslahatchisi, adliya podpolkovnigi

2-darajali adliya maslahatchisi

Ikkinchi malaka darajasi, 2-darajali adliya maslahatchisi

6.

Polkovnik

Polkovnik

Polkovnik

Polkovnik

Katta adliya maslahatchisi, adliya polkovnigi

1-darajali adliya maslahatchisi

Birinchi malaka darajasi, 1-darajali adliya maslahatchisi

7.

General-mayor

General-mayor

General-mayor

General-mayor

3-darajali adliya davlat maslahatchisi, adliya general-mayori

3-darajali davlat adliya maslahatchisi

Oliy malaka darajasi

8.

General-leytenant

General-leytenant

General-leytenant

General-leytenant

2-darajali adliya davlat maslahatchisi, adliya general-leytenanti

2-darajali davlat adliya maslahatchisi

9.

General-polkovnik

General-polkovnik

General-polkovnik

General-polkovnik

1 darajali adliya davlat maslahatchisi

1-darajali davlat adliya maslahatchisi

Izoh: Bojxona organlari generallar tarkibining maxsus unvonlari boshqa davlat organlari unvonlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda tenglashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PQ-122-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining Intizom
NIZOMI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Davlat bojxona xizmati organlarining Intizom nizomi (keyingi oʻrinlarda — Nizom) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari), shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilari (keyingi oʻrinlarda — xodimlar)ning xizmat hamda xizmatdan tashqari faoliyatida odob-axloqi va intizomiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi, boshliqlar va xodimlarning oʻzaro munosabatlarini, shuningdek, ularga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalarini tartibga soladi.
2. Mazkur Nizomda belgilangan qoida va talablar xodimlarning xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, chuqur masʼuliyat va tashabbuskorlik hissi bilan yondashish, ularda yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik va oʻz kasbiga sadoqat tuygʻusini shakllantirish, sodir etilishi mumkin boʻlgan nojoʻya xatti-harakatlar, suiisteʼmolchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olishga yoʻnaltirilgan.
Har bir xodim bojxona organlarida xizmatga qabul qilingan kundan eʼtiboran mazkur Nizom qoida va talablarini bilishi, ularga qatʼiy va soʻzsiz rioya qilishi majburiy hisoblanib, egallab turgan lavozimi va bajaradigan ishining xususiyatidan qatʼi nazar, ularning barchasiga birdek tatbiq etiladi.
Ushbu Nizom qoidalariga amal qilish xodimning xizmat faoliyati samaradorligi va xizmat intizomini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
3. Shaxsiy vaj va boshqa subyektiv sabablar xodimlar tomonidan qonunchilik talablari va Nizom qoidalari buzilishiga asos boʻla olmaydi.
2-bob. Xodimlarning odob-axloq qoidalari
4. Odob-axloq qoidalari qaysi lavozimni egallashidan qatʼi nazar, xodimlarning odob-axloqi va xizmatda oʻzini tutishning asosiy talab va mezonlarini oʻz ichiga oladi.
5. Xodimlar odob-axloq qoidalarining quyidagi asosiy talablariga amal qilishga majburdir:
fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, kamtar va bosiq boʻlish, ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qatʼi nazar, hech bir shaxs, guruh yoki tashkilotning kamsitilishi yoki afzal koʻrilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odat va anʼanalarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruh hamda konfessiyalarning madaniy va boshqa xususiyatlarini inobatga olish, ijtimoiy barqarorlik, millatlar va dinlararo hamjihatlikka koʻmaklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida qonuniy koʻrib chiqish;
oʻz xizmat burchini vijdonan bajarishiga nisbatan fuqarolarda shubha uygʻotuvchi xatti-harakatdan tiyilish, shuningdek, bojxona organlari obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik;
oʻz xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ularning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini hisobga olish;
xizmat majburiyatlarini bajarishga toʻsqinlik qiladigan yoki ularni bajarishda biron-bir shaxsiy, mulkiy yoki boshqa manfaatlarga daxldor boʻlishi mumkin boʻlgan harakatlar (harakatsizlik)dan oʻzini tiyish;
guruhbozlik, mahalliychilik, tanish-bilishchilik koʻrinishlariga, shuningdek, oʻz xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik va qatʼiy ravishda ularning oldini olish;
bojxona organlarining faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilishda rasmiy ommaviy axborot vositalari vakillariga hurmat bilan munosabatda boʻlish, shuningdek, ularning belgilangan tartibda ishonchli maʼlumotlarni olishiga koʻmaklashish;
oʻz xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiisteʼmolchilikka yoʻl qoʻymaslik;
ichki tartib-qoidalarga, shuningdek, telefonda soʻzlashish va kiyinish madaniyatiga qatʼiy rioya etish;
ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda, shu jumladan, bojxona organlarida amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan noxolis, subyektiv materiallarni joylashtirmaslik;
oʻz xizmat majburiyatlarini bajarayotganda xizmat xonalari, davlat mulki, moddiy-texnika bazasidan hamda bojxona organlarining boshqa mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanish.
6. Xodimlar korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshi kurashishi va uning profilaktikasiga faollik bilan koʻmaklashishi shart.
Xodimlar oʻz boshligʻi yoki vakolatli organlarga oʻzlarini boshqa shaxslar huquqbuzarlik sodir etishga undab murojaat qilgan har bir holat, shuningdek, boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan har qanday oʻziga maʼlum boʻlgan huquqbuzarliklar haqida xabar berishi zarur.
7. Xodimlar fuqarolarga nisbatan qoʻpollik qilmasligi, ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish, asossiz ruhiy va jismoniy taʼsir oʻtkazish holatlariga yoʻl qoʻymasligi lozim.
8. Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida xodimlarning tashqi koʻrinishi ish sharoiti va xizmat tadbiri xususiyatini inobatga olgan holda aholida bojxona organlariga nisbatan hurmat uygʻotishi, ular toza va orasta kiyingan boʻlishi zarur.
Xodimlar (kursantlar) uchrashganida (yonidan oʻtib ketishayotganda) bir-birlari bilan, shuningdek, harbiy xizmatchilar (xodimlar) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomida belgilangan qoidaga qatʼiy amal qilgan holda salomlashadilar.
9. Xodimlarga xizmat majburiyatlarini bajarish va xizmat vaqtida yoxud xizmat kiyimida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish taqiqlanadi.
10. Xodimlar mansab vakolatlarini siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va ularning organlari manfaatlari yoʻlida amalga oshirishi taqiqlanadi.
11. Xodimlarga tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida yoki uning nomidan ushbu sohada qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, oʻzi tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyat bilan shugʻullanish taqiqlanadi.
Xodimlarga tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga ruxsat berilmaydi, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada boʻlgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno.
12. Xodimlar oʻz mansab vakolatini suiisteʼmol qilgan holda fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazish orqali shaxsiy foyda olishi mumkin emas.
Xodimlar oʻz mansab vakolatlaridan noqonuniy foydalanib, fuqarolar, jamiyat yoki davlatning qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazgan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
13. Xodimlarga xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovgʻalar hamda har qanday koʻrinishdagi moddiy boyliklarni olish yoxud ularning xizmatlaridan foydalanish taqiqlanadi. Bundan xodim tomonidan alohida xizmatlari uchun davlat organining tegishli qarori asosida olingan sovgʻalar, shuningdek, musobaqalar va tanlovlarda erishgan yutuqlari, umumxalq bayramlari, rasmiy ravishda nishonlanadigan sanalar hamda boshqa rasmiy va xalqaro tadbirlar munosabati bilan mukofotlash natijasida olingan sovgʻalar mustasno.
14. Xizmatdan tashqari vaqtda xodimlar:
jamiyatda umumeʼtirof etilgan odob-axloq normalariga amal qilishi, milliy urf-odat, qadriyat va anʼanalarga hurmat bilan munosabatda boʻlishi;
bojxona organlarining obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlardan tiyilishi;
dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlarga yoʻl qoʻymasligi;
xizmat faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlarni oila aʼzolari, tanish-bilishlari yoki xizmatga aloqador boʻlmagan boshqa shaxslar ishtirokida muhokama qilmasligi;
gʻayriijtimoiy harakatlar sodir etmasligi shart.
15. Xodimlar chet el va Oʻzbekiston Respublikasi hududlariga xizmat safarlari davomida qonunchilik hujjatlari va Bojxona qoʻmitasining idoraviy hujjatlarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan holda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi lozim.
16. Bojxona organlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqib, Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan bojxona organlari xodimi tomonidan xizmat oʻtashda odob-axloq qoidalariga qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.
3-bob. Bojxona organlarida xizmat intizomiga oid talablar
17. Bojxona organlarida xizmat intizomi xodimlar tomonidan ushbu Nizom talablariga qatʼiy va soʻzsiz rioya etishdan iborat.
Xizmat intizomi har bir xodimning xizmat burchini yuksak darajada anglashiga va qoʻyilgan vazifalar uchun shaxsiy javobgarligini chuqur tushunishiga asoslanadi.
18. Xizmat intizomi har bir xodim zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga amal qilish, Bojxona qoʻmitasining idoraviy hujjatlari talablarini qatʼiy bajarish;
bojxona organlari xodimining qasamyodiga sodiq boʻlish, faqat va faqat xalq hamda davlat manfaatlariga xizmat qilishdan iborat boʻlgan oʻz xizmat burchini soʻzsiz bajarish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, samarali bojxona nazoratini taʼminlash, kontrabandaning oldini olish, bojxona qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish;
oʻziga yuklatilgan xizmat vazifalari va funksional majburiyatlarini samarali amalga oshirish;
ishonib topshirilgan tabel quroli, mol-mulk va texnikani asrab-avaylash;
hushyor boʻlish, davlat va xizmat sirini qatʼiy saqlash;
murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga koʻmaklashish;
xodimlar oʻrtasida oʻzaro munosabatlarga oid qoidalarga amal qilish, boshliqlar va hamkasblarni hurmat qilish;
xizmat guvohnomalarini saqlash va foydalanish tartibiga qatʼiy rioya etish, ulardan xizmatga aloqador boʻlmagan holatlarda foydalanmaslik, shu jumladan, xizmat guvohnomasini koʻrsatib, mavqeyini suiisteʼmol qilmaslik;
doimiy ravishda oʻz bilim va kasbiy koʻnikmalarini takomillashtirib borish;
xizmatdan tashqari holatlarda oʻzini munosib ravishda tutish, jamoat tartibi va odob-axloq qoidalariga amal qilishda namuna boʻlish.
4-bob. Bojxona organlarida boshliqlar va xodimlarning oʻzaro munosabatlari
19. Xodim xizmat vazifasini bajarish paytida bevosita va toʻgʻridan-toʻgʻri boshliqqa boʻysunadi.
Xodimlar xizmat boʻyicha boʻysunadigan, shu jumladan, vaqtincha boʻysunadigan rahbarlar toʻgʻridan-toʻgʻri boshliqlar boʻlib hisoblanadi.
Xodimga eng yaqin boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri rahbar bevosita boshliq hisoblanadi.
20. Boshliq oʻzi rahbarlik qilayotgan bojxona organi boʻlinmasida xizmat intizomiga rioya etilishi, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
21. Boshliq unga boʻysunuvchi xodimlar tomonidan ushbu Nizomga amal qilinishida talabchan boʻlishi, yuksak kasbiy mahorat, qonuniylik talablari hamda qasamyodga rioya etish borasida doimiy ravishda ularga namuna koʻrsatishi, xizmat burchi hissini kuchaytirishi va qoʻllab-quvvatlashi, tashabbus, intilish va xizmatlarini ragʻbatlantirishi, shuningdek, xizmat intizomi buzilgan holatlarda taʼsir choralari qoʻllanishini taʼminlashi zarur.
22. Buyruq va topshiriqlar boʻysunish tartibida beriladi.
Yuqori turuvchi boshliq zarur hollarda xodimga bevosita boshligʻini xabardor qilmasdan buyruq yoki topshiriq berishga haqli. Mazkur hollarda xodim oʻzining bevosita boshligʻini bundan xabardor qilishi zarur.
23. Noqonuniyligi yaqqol koʻrinib turgan va xizmat faoliyatiga aloqasi boʻlmagan buyruq va topshiriqlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Boshliq qoʻl ostidagi xodimlardan ularning xizmat majburiyatlari doirasidan chiquvchi topshiriqlarni bajarishni, shuningdek, qonunchilikka xilof xatti-harakatlar (harakatsizlik) sodir etishni talab qilishga haqli emas.
Xodim qonunchilikka yaqqol zid boʻlgan (xizmat faoliyatiga aloqador boʻlmagan) buyruq yoki topshiriq olganda zudlik bilan yuqori turuvchi rahbarga yoki xizmatni oʻtash joyidagi shaxsiy xavfsizlik tuzilmasiga xabar beradi.
Xodim yuqori turuvchi rahbar yoki shaxsiy xavfsizlik tuzilmasiga xabar berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, qonunchilik talablariga rioya etgan holda gʻayriqonuniy buyruq va topshiriqlarni bajarishdan bosh tortishga haqli, imkon paydo boʻlishi bilan ularni xabardor qilishi lozim.
24. Boshliqning buyruq va topshiriqlari (qonunchilikka zid buyruq va topshiriqlardan tashqari) soʻzsiz, aniq va oʻz vaqtida bajarilishi shart. Buyruq va topshiriqlarni muhokama etishga, shuningdek, ularni tanqid qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Xodim buyruq yoki topshiriqning bajarilgani toʻgʻrisida buyruq yoki topshiriq bergan boshliqqa, shuningdek, bevosita boshligʻiga axborot beradi.
Buyruq yoki topshiriqni bajarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, xodim zudlik bilan bu haqda buyruq yoki topshiriq bergan boshliqni xabardor etishi shart.
25. Boshliq xodimlarni qarindosh-urugʻchilik, mahalliychilik, tanish-bilishchilik yoki shaxsiy sadoqat belgilari boʻyicha tanlash va joy-joyiga qoʻyish holatlariga yoʻl qoʻymasligi lozim. U oʻz xizmat burchini oʻtash paytida mahalliychilik va tanish-bilishchilik, shuningdek, boshqa salbiy omillarning namoyon etilishiga barham berishi kerak.
26. Boshliq quyidagilarga majbur:
boʻysunuvidagi xodimlarga professionalizm, halollik, xolislik va adolatlilikda oʻrnak boʻlish;
jamoada sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish;
xodimlarni qonunga xilof xatti-harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etishga undamaslik hamda ulardan bunday harakatlarni bajarishni talab qilmaslik;
manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va hal qilish, xodimlar uchun qulay va munosib xizmat sharoitlarini yaratish boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrish;
jamoada guruhbozlik va favoritizm (ayrim xodimlarni yaqin olish va qoʻllab-quvvatlash) koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik;
korrupsiya va oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish holatlarining oldini olish choralarini koʻrish, xodimlarni hurmat qilish, ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarni amalga oshirmaslik;
shaxsiy tarkibni samarali boshqarish, xodimlarning xizmat faoliyatini xolisona baholash;
oʻziga biriktirilgan mol-mulk va moliyaviy mablagʻlarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlish;
xodimlarning individual xususiyatlarini oʻrganish, ular bilan oʻzaro yaqin munosabat oʻrnatish, jamoani birlashtirish, xodimlar tomonidan sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatlarning sababini oʻz vaqtida aniqlash va ularning oldini olish, xizmat intizomi buzilishiga murosasiz munosabatda boʻlish;
xodimlarning, ular oila aʼzolarining talab va ehtiyojlarini oʻrganish, ularni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ijtimoiy adolat prinsiplariga amal qilish, yuqori turuvchi rahbarga qoʻl ostidagi xodimlarning huquqlarini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish;
xodimlar oldiga qoʻyilayotgan vazifa va berilayotgan topshiriqlarni aniq va tushunarli ifodalash.
5-bob. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari
27. Bojxona organlarida xizmat intizomi talablariga rioya etish xodimlarda yuksak ongu tafakkurni shakllantirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni izchil olib borish, shuningdek, ularga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash orqali taʼminlanadi.
28. Xodimlarga nisbatan quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanadi:
a) minnatdorlik eʼlon qilish;
b) qimmatbaho yoki esdalik sovgʻasi yoxud pul mukofoti bilan taqdirlash;
v) faxriy yorliq bilan taqdirlash;
g) idoraviy koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;
d) muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvon berish;
e) egallab turgan lavozimi uchun belgilanganidan bir pogʻona yuqori maxsus unvon berish.
Shuningdek, ragʻbatlantirish tariqasida mazkur Nizomning 32-bandi “a”, “b”, “v” va “g” hamda 33-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan muqaddam qoʻllangan intizomiy jazo muddatidan oldin olib tashlanishi mumkin.
29. Bojxona qoʻmitasining taʼlim muassasalarida mazkur Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralaridan tashqari kursantlar (tinglovchilar)ga nisbatan quyidagi ragʻbatlantirish choralari ham qoʻllanadi:
a) taʼlim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelishga ruxsat berish;
b) “Hurmat taxtasi”ga kiritish;
v) kursant (tinglovchi)ning ota-onasi yoki turarjoyiga minnatdorlik xati yuborish;
g) Bojxona qoʻmitasi raisining stipendiyasini tayinlash.
30. Alohida xizmatlari uchun xodimlar Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlariga tavsiya etilishi mumkin.
31. Oylik ish haqi, davriy mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustama haqlari va xodimlarning pul taʼminotida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar ragʻbatlantirish choralariga kirmaydi.
32. Xodimlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanishi mumkin:
a) hayfsan;
b) qattiq hayfsan;
v) lavozim maoshining ellik foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima;
g) xizmatga toʻliq muvofiq emasligi haqida ogohlantirish;
d) maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish;
e) egallab turgan lavozimidan ozod etish (pasaytirish);
j) bojxona organlari xizmatidan boʻshatish.
33. Bojxona qoʻmitasining taʼlim muassasalarida ushbu Nizomning 32-bandida koʻzda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari taʼlim muassasalarining belgilangan ichki tartib-qoidalarini buzgan, oʻquv dasturini qoniqarsiz oʻzlashtirgan kursantlar (tinglovchilar)ga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ham qoʻllanishi mumkin:
a) navbatdan tashqari naryadda xizmat oʻtashga yoki besh sutkagacha xoʻjalik ishlariga jalb etish;
b) bir oy muddatgacha taʼlim muassasasi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish;
v) oʻqishdan chetlashtirish.
Mazkur Nizomning 32-bandi “v”, “g”, “d”, “e”, “j” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari kursantlarga nisbatan, mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari magistratura bosqichi tinglovchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
6-bob. Boshliqlarning ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha vakolatlari
34. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari boshliqlar tomonidan oʻziga berilgan vakolatlar doirasida qoʻllanadi.
35. Bojxona postlari (“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona posti bundan mustasno) boshliqlari quyidagi huquqlarga ega:
mazkur Nizomning 28-bandi “a” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash;
mazkur Nizomning 32-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qoʻllash.
Bojxona posti boshliqlarining ragʻbatlantirish va intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha buyruqlari Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, ijroga qaratiladi va hisobi yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari, Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona qoʻmitasining taʼlim muassasalari, Bojxona rasmiylashtiruvi markazi boshliqlari va Milliy kinologiya markazi direktori quyidagi huquqlarga ega:
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
mazkur Nizomning 28-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida hamda 29-bandida (“g” kichik bandidan tashqari) nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash;
mazkur Nizomning 32-bandi “a”, “b”, “g”, “e” va “j” kichik bandlari va 33-bandida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qoʻllash.
37. Xodimni lavozimga tayinlash vakolatiga ega boʻlgan boshliqlar unga nisbatan mazkur Nizomning 32-bandi “e” va “j” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqiga ega.
38. Bojxona qoʻmitasi raisi ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi, qoʻllangan intizomiy jazolarni olib tashlash orqali ragʻbatlantiradi, shuningdek, xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlariga tavsiya etadi.
39. Qoʻl ostidagi xodimlariga nisbatan oʻz vakolatlariga kirmaydigan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash zaruriyati tugʻilgan holatda boshliq yuqori turuvchi rahbarga bu haqda iltimosnoma kiritadi.
40. Boshliq qoʻl ostidagi xodim tomonidan sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatning oʻta jiddiyligi sababli uni lozim darajada jazolash uchun oʻziga berilgan vakolatlarni yetarli emas deb hisoblasa, yuqori turuvchi rahbarga xodimga nisbatan ogʻirroq intizomiy jazo qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritadi.
41. Intizomiy jazo chorasini qoʻllashda oʻz vakolatini oshirgan yoki Nizomda nazarda tutilmagan intizomiy jazo chorasini qoʻllagan boshliq intizomiy javobgarlikka tortiladi, qoʻllangan intizomiy jazo esa yuqori turuvchi rahbar tomonidan bekor qilinadi.
42. Xodim xizmat safari yoki davolanishda boʻlgan vaqtda xizmat intizomini buzgan taqdirda, mazkur xatti-harakatdan xabar topgan boshliq ushbu holatni bartaraf etish choralarini koʻradi va bu haqda xodimning xizmat joyiga xabar beradi.
7-bob. Ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash
43. Ragʻbatlantirish choralari alohida xodimga nisbatan ham, bir guruh xodimlarga nisbatan ham qoʻllanishi mumkin.
Xodimga nisbatan bir yutugʻi (natijasi) uchun faqat bitta ragʻbatlantirish chorasi qoʻllanishi mumkin.
Ragʻbatlantirish chorasini belgilashda xodimning xizmat koʻrsatkichlari xususiyati, shuningdek, uning avvaldan xizmatga boʻlgan munosabati eʼtiborga olinadi.
44. Ushbu Nizomning 32-bandi “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo qoʻllangan xodim mazkur jazoni olib tashlash orqali ragʻbatlantiriladi. Intizomiy jazoni olib tashlash huquqi uni qoʻllagan boshliqqa yoki unga teng vakolatga ega, shuningdek, yuqori turuvchi vakolatli rahbarga beriladi.
45. Ragʻbatlantirish choralari, qoida tariqasida, quyidagicha qoʻllanadi:
minnatdorlik eʼlon qilish — yuklatilgan vazifani, boshliqning buyrugʻi yoki topshirigʻini muvaffaqiyatli bajargan xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan;
qimmatbaho yoki esdalik sovgʻa yoxud pul mukofoti bilan taqdirlash — xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani, xizmat vazifasini namunali bajargani va benuqson xizmati uchun, shuningdek, zaxiraga (isteʼfoga) chiqishi munosabati bilan yoki musobaqa (bellashuv)ning yakuniy natijalariga koʻra;
faxriy yorliq bilan taqdirlash — xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani, xizmat vazifasini namunali bajargani va benuqson xizmati uchun, shuningdek, musobaqa (bellashuv)ning yakuniy natijalariga koʻra va oʻqishni (oʻquv yilini) muvaffaqiyatli yakunlaganda;
idoraviy koʻkrak nishoni bilan taqdirlash — xodimga nisbatan yuqori xizmat intizomi va koʻp yillik benuqson xizmati, bojxona organlari tizimini takomillashtirishga salmoqli hissa qoʻshgani, xizmat burchini bajarish chogʻida mardlik va jasorat koʻrsatgani, shuningdek, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshgani uchun;
muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvon berish yoki egallab turgan lavozimi uchun belgilanganidan bir pogʻona yuqori maxsus unvon berish — xodimga nisbatan yuqori xizmat intizomi, xizmat burchini bajarish chogʻida koʻrsatgan qahramonligi, jasorati va fidoyiligi, bojxona organlari amaliy faoliyatiga salmoqli ilmiy hissa qoʻshgani (ilmiy darajani olganda), xizmat vazifalarini yuksak darajada bajarishda namuna boʻlgani uchun (bojxona organlarida xizmat oʻtash masalalarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq);
taʼlim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish — yuklatilgan vazifalarni, komandirlarning buyruq yoki topshiriqlarini vijdonan bajargan kursantlar (tinglovchilar)ga nisbatan;
“Hurmat taxtasi”ga kiritish — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etgan, oʻquv dasturlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirgan Bojxona qoʻmitasining taʼlim muassasalari kursantlari (tinglovchilari)ga nisbatan;
ota-onasiga yoki turarjoyiga minnatdorlik xati yuborish — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etgan, oʻquv mavsumini aʼlo baholar bilan yakunlagan Bojxona qoʻmitasining taʼlim muassasalari kursantlari (tinglovchilari)ga nisbatan;
Bojxona qoʻmitasi raisining stipendiyasini tayinlash — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etgan, oʻquv va xizmat intizomiga rioya qilishda namuna boʻlgan, oʻquv yilini aʼlo baholar bilan yakunlagan Bojxona qoʻmitasining taʼlim muassasalari kursantlari (tinglovchilari)ga nisbatan.
46. Qoʻllangan ragʻbatlantirish chorasi buyruq bilan eʼlon qilinadi. Minnatdorlik eʼlon qilish va taʼlim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish buyruq orqali ham, ogʻzaki ham eʼlon qilinishi mumkin.
Ragʻbatlantirilganligi haqida xodimga shaxsan, saf oldida yoki kengaytirilgan majlis (yigʻilish)da tantanali tarzda eʼlon qilinadi.
Ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyruq eʼlon qilingan vaqtda, qoida tariqasida, xodimlarga faxriy yorliq, qimmatbaho yoki esdalik sovgʻa yoxud pul mukofotlari, koʻkrak nishonlari topshiriladi.
47. Buyruq bilan eʼlon qilingan ragʻbatlantirish chorasi xodimning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga kiritish orqali hisobga olinishi lozim.
Ragʻbatlantirish choralarini hisobga olish tartibi Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
8-bob. Intizomiy jazo choralarini qoʻllash
48. Mazkur Nizomda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qoʻllash taqiqlanadi.
49. Sodir etilgan nojoʻya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanadi.
Xizmat intizomi bir necha xodimlar tomonidan buzilganda, intizomiy jazo ularning har biriga nisbatan alohida qoʻllanadi.
Sodir etilganligi maʼmuriy jazo tayinlashga olib kelgan xatti-harakatlar uchun intizomiy jazo qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Intizomiy jazo choralari qoʻllangan xodimlar, agarda ularning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari boʻlsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.
50. Intizomiy jazo choralarining qoʻllanilishi asosli boʻlishi va sodir etilgan nojoʻya xatti-harakat ogʻirligi hamda ayb darajasiga muvofiq kelishi zarur. Intizomiy jazo choralarini belgilash chogʻida nojoʻya xatti-harakat xususiyati, sodir etish holati, uning oqibatlari, aybdorning avvalgi xulq-atvori, bojxona organlarida xizmat oʻtagan muddati, shuningdek, yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishga boʻlgan munosabati eʼtiborga olinadi.
Xodim tomonidan sodir etilgan nojoʻya xatti-harakat kam ahamiyatli boʻlsa, boshliq unga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllamasligi va boshqa bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik borasida ogʻzaki ogohlantirish berish bilan kifoyalanishi mumkin.
Jamoada yuzaga kelgan nizoli vaziyatlarni hal etish, nojoʻya xatti-harakatlar sodir etgan xodimlarga jamoatchilik taʼsirini oʻtkazish maqsadida bojxona organlarida saylov asosida oʻrtoqlik axloq kengashlari tashkil etilib, Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatadi.
51. Intizomiy jazo choralari, qoida tariqasida, quyidagicha qoʻllanadi:
hayfsan — normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar hamda ushbu Nizom talablarini, xizmat guvohnomasidan foydalanish, fuqarolar hamda hamkasblari bilan muomala madaniyati qoidalarini buzgan, belgilangan kun tartibiga muntazam ravishda amal qilmagan va xizmat majburiyatlarini bajarmagan, jamoadagi maʼnaviy-ruhiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatgan xodimlarga nisbatan;
qattiq hayfsan — amaldagi “hayfsan” intizomiy jazosi boʻlgan xodimlarga nisbatan, shuningdek, odob-axloq qoidalari va xizmat intizomi talablarini, normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar hamda mazkur Nizom normalarini takroran buzganligi uchun;
lavozim maoshining ellik foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima — odob-axloq qoidalari va xizmat intizomi talablarini, normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar hamda ushbu Nizom normalarini muntazam ravishda buzgan, xizmat burchiga masʼuliyat bilan yondashmagan xodimlarga nisbatan;
xizmatga toʻliq muvofiq emasligi haqida ogohlantirish — amaldagi intizomiy jazosi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, xizmat intizomini, normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar hamda ushbu Nizom talablarini qoʻpol ravishda buzgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etmagan, ish samaradorligi past boʻlgan xodimlarga nisbatan;
maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etish (pasaytirish) — amaldagi intizomiy jazosi boʻlgan, odob-axloq qoidalari va xizmat intizomi talablari, normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar hamda ushbu Nizom normalarini qoʻpol ravishda buzgan, xizmatni oʻtashga loqaydlik bilan munosabatda boʻlgan, yuklatilgan xizmat majburiyatlarini bajarmagan xodimlarga nisbatan;
bojxona organlari xizmatidan boʻshatish — xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan, bojxona organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakat sodir etgan yoxud intizomiy jazo chorasi mavjud boʻla turib, muntazam ravishda xizmat intizomini buzgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etmagan xodimlarga nisbatan;
navbatdan tashqari naryadda xizmat oʻtashga yoki besh sutkagacha xoʻjalik ishlariga jalb etish, bir oy muddatgacha taʼlim muassasasi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish — yuklatilgan vazifalarni yoki komandir (boshliq)ning topshiriqlarini bajarmagan, taʼlim muassasasining oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalarini buzgan, oʻquv dasturini qoniqarsiz oʻzlashtirgan Bojxona qoʻmitasining taʼlim muassasalari kursantlariga nisbatan;
oʻqishdan chetlashtirish — Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi kursant (tinglovchi)lariga nisbatan odob-axloq qoidalari va xizmat intizomi talablarini buzganligi, oʻquv dasturini oʻzlashtira olmaganligi uchun.
52. Amaldagi intizomiy jazo bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan xodimga nisbatan bojxona organlari xizmatidan boʻshatishgacha boʻlgan har qanday intizomiy jazo qoʻllanishi mumkin.
Quyidagilar xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzish deb eʼtirof etiladi:
bojxona ishi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda qonunchilik hujjatlari bilan oʻrnatilgan qoidalarning buzilishiga olib kelgan, zimmasiga yuklangan vazifalarni shaxsiy foyda olish maqsadida bajarish yoki bajarmaslik;
xodimning sababsiz ravishda uzluksiz uch kundan ortiq muddatda xizmat joyida boʻlmasligi;
xizmat joyida alkogol ichimlik, giyohvandlik vositasi va (yoki) boshqa moddalar taʼsirida mast holatda boʻlish;
fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini buzishga, odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga xavf tugʻdirishga olib keluvchi xatti-harakatlar sodir etish (agar bu jinoiy javobgarlikka sabab boʻlmasa);
maxfiylikka oid tartib-qoidalarini buzish (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa);
xodimga ishonib topshirilgan tabel quroli va uning oʻqlarini, mol-mulk va (yoki) texnikalarni qasddan yoʻq qilish, zarar yetkazish yoki uning (ularning) yoʻqolishiga sabab boʻladigan tarzda ehtiyotsizlik bilan saqlash (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa).
Xodim xizmat joyida alkogol ichimlik, giyohvandlik vositasi va (yoki) boshqa moddalar taʼsirida mast boʻlgani sababli intizomiy javobgarlikka tortish uchun ushbu holatni isbotlash maqsadida tibbiy tekshiruv natijalariga, agar xodim tekshiruvdan bosh tortsa, kamida ikki nafar xodim yoki boshqa shaxslar koʻrsatmalariga asoslaniladi.
53. Odob-axloq qoidalarini, shuningdek, boshliq va xodimlar oʻrtasidagi munosabat qoidalarini qoʻpol ravishda buzish bojxona organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakat sodir etish hisoblanadi.
Jamiyatdagi odob-axloq qoidalarini ochiqdan-ochiq pisand qilmaslik bilan bogʻliq boʻlmagan oilaviy kelishmovchiliklar, janjallar va maishiy nizolar bojxona organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakat sirasiga kirmaydi.
54. Muntazam ravishda xizmat intizomini buzish deganda buyruq asosida eʼlon qilingan amaldagi intizomiy jazosi boʻlgani holda xodim tomonidan xizmat intizomini bir necha bor buzish tushuniladi.
55. Maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etish (pasaytirish) tarzidagi intizomiy jazo choralari, qoida tariqasida, aybdorga boshqa intizomiy jazo turlari tegishlicha taʼsir koʻrsatmagan hollarda qoʻllaniladi.
Maxsus unvoni pasaytirilgan xodimlarga ushbu intizomiy jazo eʼlon qilingandan soʻng, tegishli farqlovchi belgilarni almashtirish uchun vaqt belgilanadi. Pogonlarni uzish, nashivkalarni qirqish, shuningdek, shaxsning or-nomusi va qadr-qimmatini kamsitadigan boshqa harakatlar taqiqlanadi.
56. Intizomiy jazo qoʻllashdan avval xodimdan yozma tushuntirish olinishi lozim. Agar xodim ushbu tushuntirishni berishdan bosh tortsa, tegishli ravishda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Tushuntirishni berishdan bosh tortish holati sodir etilgan qilmish uchun intizomiy jazo qoʻllashga toʻsqinlik qila olmaydi va jazoning ogʻirroq koʻrinishi va choralarini qoʻllashga olib kelmaydi.
Intizomiy jazo choralarini qoʻllash paytida boshliq xodimning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, u bilan munosabatda qoʻpollikka yoʻl qoʻymasligi zarur.
57. Intizomiy jazoning qoʻllanishi xodimni nojoʻya xatti-harakat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
58. Intizomiy jazo nojoʻya xatti-harakat boshliqqa maʼlum boʻlgan kundan boshlab bir oy muddat ichida, xizmat tekshiruvi oʻtkazilganda esa — xizmat tekshiruvi tasdiqlangan kundan boshlab 10 sutkadan kechikmay qoʻllanishi kerak, bunda ushbu muddatga aybdorning kasallik va taʼtilda boʻlgan vaqti kirmaydi.
Intizomiy jazo nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan bir yildan ortiq muddat oʻtgandan keyin qoʻllanishi mumkin emas.
59. Mast holatda boʻlgan xodimga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash, shuningdek, undan har qanday tushuntirish olish xodim hushyor holga kelguncha kechiktiriladi.
60. Qoʻllangan intizomiy jazo chorasi buyruq bilan eʼlon qilinadi. Navbatdan tashqari naryadda xizmat oʻtashga yoki besh sutkagacha xoʻjalik ishlariga jalb etish, bir oy muddatgacha taʼlim muassasasi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish ham buyruq orqali, ham ogʻzaki eʼlon qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Intizomiy jazo qoʻllash haqidagi qaror oʻrtoqlik axloq kengashi xulosasi, hayʼat va kengash qarorlari hamda yigʻilish bayonlari, shuningdek, oʻtkazilish tartibi Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadigan xizmat, kompleks, inspektorlik yoki maqsadli tekshiruvlar asosida qabul qilinadi.
(60-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
Intizomiy jazo chorasi qoʻllanganligi haqida xodimga shaxsan, saf oldida yoki kengaytirilgan yigʻilish (majlis)da eʼlon qilinadi.
61. Amaldagi intizomiy jazosi mavjud boʻlgan xodimning nomzodi ushbu jazo olib tashlangunga yoki tugallanguniga qadar ragʻbatlantirishga, navbatdagi maxsus unvon olishga va yuqori lavozimlarga tayinlanishga taqdim etilmaydi.
62. Shikoyat bilan arz qilingan hollarda tayinlangan intizomiy jazoni ijro etish toʻxtatilmaydi.
Xodim intizomiy jazo eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida yuqori turuvchi boshliqqa shikoyat bilan murojaat etishi mumkin.
63. Xodimga qoʻllangan intizomiy jazo buyruq asosida eʼlon qilingan vaqtdan boshlab quyidagi muddatlarda amalda boʻladi hamda ushbu muddat oʻtganidan soʻng avtomatik tarzda tugallangan hisoblanadi (agar xodimga shu muddat ichida yangi intizomiy jazo qoʻllanmasa):
hayfsan — toʻrt oy;
qattiq hayfsan — olti oy;
lavozim maoshining ellik foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima — toʻqqiz oy;
xizmatga toʻliq muvofiq emasligi haqida ogohlantirish — bir yil.
Ragʻbatlantirish tartibida intizomiy jazo ushbu muddatlar oʻtmasdan olib tashlanishi mumkin.
Maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish va egallab turgan lavozimidan ozod etish (pasaytirish) intizomiy jazolari ragʻbatlantirish tartibida olib tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu intizomiy jazolar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab bir yil oʻtgach tugallangan hisoblanadi.
Agarda xodimda amalda bir necha intizomiy jazo mavjud boʻlsa, ularning tugallanish muddati qoʻllangan har bir intizomiy jazo chorasi sanasi boʻyicha hisoblanadi. Bunda ragʻbatlantirish tartibida har bir intizomiy jazo buyruq bilan olib tashlanadi.
64. Buyruqda eʼlon qilingan intizomiy jazo chorasi xodimning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga kiritish orqali hisobga olinishi lozim.
Intizomiy jazo choralarini hisobga olish tartibi Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
9-bob. Boshliqning harakatlari ustidan shikoyat qilish
65. Har bir xodim boshliqning unga nisbatan gʻayriqonuniy yoki nohaq harakatlari ustidan yuqori turuvchi rahbariyatga yozma shikoyat berishga haqli.
66. Xodimning shikoyatida bayon etilgan masalalarni hal etish vakolatiga kirmaydigan yuqori turuvchi rahbariyat ushbu murojaatni uch kun muddatda vakolatli instansiyaga yuboradi.
67. Yuqori turuvchi rahbariyatga qonunchilikni buzish holatlari yoxud oʻziga nisbatan nohaq munosabatda boʻlinganligi haqida murojaat etgani uchun qoʻl ostidagi xodimni taʼqib etgan boshliq intizomiy tartibda javobgarlikka tortiladi, agar uning xatti-harakatlari jinoiy javobgarlikka olib kelmasa.
68. Xodimlarning shikoyati bir oygacha boʻlgan muddatda hal etiladi, qoʻshimcha tekshiruv talab etmaydiganlari esa zudlik bilan, biroq kelib tushgan kundan eʼtiboran 15 kundan kechiktirmagan holda koʻrib chiqiladi.
69. Qasddan yolgʻon shikoyat bilan murojaat etgan xodimlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
10-bob. Yakuniy qoida
70. Ushbu Nizom normalarining buzilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PQ-122-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining
TASHKILIY TUZILMASI

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi

Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent — AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining boshqaruv apparatlari

(hududiy boshqarmalar)

Bojxona instituti

Bojxona rasmiylashtiruvi markazi

Bojxona postlari

Markaziy bojxona laboratoriyasi

Milliy kinologiya markazi

“Bojxona-servis” davlat muassasasi

“Baxt” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi” davlat muassasasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PQ-122-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining bojxona postlari roʻyxati va toifalari
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Bojxona postlarining nomi

I. Chegara bojxona postlari

Toifadan tashqari bojxona postlari

1.

“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti

2.

“Doʻstlik” chegara bojxona posti (Andijon viloyati)

3.

“Sirdaryo” chegara bojxona posti

4.

“Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti

5.

“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti

6.

“Dovut-ota” chegara bojxona posti

7.

“Yallama” chegara bojxona posti

8.

“Olot” chegara bojxona posti

9.

“S. Najimov” chegara bojxona posti

10.

“Navoiy” chegara bojxona posti (Toshkent viloyati)

11.

“Sariosiyo” chegara bojxona posti

12.

“Ayritom” chegara bojxona posti

13.

“Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl chegara bojxona posti

14.

“Chuqursoy texnik idora” temir yoʻl chegara bojxona posti

15.

“Oybek” chegara bojxona posti

16.

“Keles” temir yoʻl chegara bojxona posti

17.

“Sariosiyo” temir yoʻl chegara bojxona posti

18.

“Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti

181

 “Toshkent-Humo aeroporti” chegara bojxona posti

182

 “Shovot chegaraoldi savdo zonasi” chegara bojxona posti

Birinchi toifali bojxona postlari

19.

“Fargʻona” chegara bojxona posti

20.

“Jartepa” chegara bojxona posti

21.

“Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti

22.

“Oʻzbekiston” chegara bojxona posti

23.

“Navoiy aeroporti” chegara bojxona posti

24.

“Urganch aeroporti” chegara bojxona posti

25.

“Xoʻjadavlat” temir yoʻl chegara bojxona posti

26.

“Bekobod” temir yoʻl chegara bojxona posti

27.

“Soʻx” chegara bojxona posti

28.

“Farhod” chegara bojxona posti

29.

“Namangan aeroporti” chegara bojxona posti

30.

“Fargʻona aeroporti” chegara bojxona posti

31.

“Boldir” temir yoʻl chegara bojxona posti

32.

“Keskanyor” chegara bojxona posti

33.

“Xonobod” chegara bojxona posti

34.

“Qorasuv” chegara bojxona posti

35.

“Mingtepa” chegara bojxona posti

36.

“Pushmon” chegara bojxona posti

37.

“Andarxon” chegara bojxona posti

38.

“Rishton” chegara bojxona posti

39.

“Gulbahor” chegara bojxona posti

40.

“Oq oltin” chegara bojxona posti

41.

“Malik” chegara bojxona posti

Ikkinchi toifali bojxona postlari

42.

“Madaniyat” chegara bojxona posti

43.

“Shovot” chegara bojxona posti

44.

“Bekobod avto” chegara bojxona posti

45.

“Xovosobod” chegara bojxona posti

46.

“Doʻstlik” chegara bojxona posti (Xorazm viloyati)

47.

“Pop” chegara bojxona posti

48.

“Xoʻjayli” chegara bojxona posti

49.

“Kosonsoy” chegara bojxona posti

50.

“Rovot” chegara bojxona posti

51.

“Qoʻshkent” chegara bojxona posti

52.

“Savay” temir yoʻl chegara bojxona posti

53.

“Qarshi aeroporti” chegara bojxona posti

54.

“Andijon aeroporti” chegara bojxona posti

55.

“Uchtoʻrgʻon” chegara bojxona posti

56.

“Termiz aeroporti” chegara bojxona posti

57.

“Nukus aeroporti” chegara bojxona posti

58.

“Qarshi-Kerki” chegara bojxona posti

59.

“Daryo porti” chegara bojxona posti

II. Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari (TIF)

Toifadan tashqari bojxona postlari

1.

“Toshkent-tovar” TIF bojxona posti

2.

“Ark buloq” TIF bojxona posti

3.

“Sirgʻali” TIF bojxona posti

4.

“Chuqursoy” TIF bojxona posti

5.

“Avia yuklar” TIF bojxona posti

6.

“Termiz xalqaro savdo markazi” TIF bojxona posti

Birinchi toifali bojxona postlari

7.

“Samarqand” TIF bojxona posti

8.

“Buxoro” TIF bojxona posti

9.

“Ulugʻbek” TIF bojxona posti

10.

“Elektron tijorat” TIF bojxona posti

11.

“Nukus” TIF bojxona posti

12.

“Namangan” TIF bojxona posti

13.

“Nazarbek” TIF bojxona posti

14.

“Qoʻqon” TIF bojxona posti

15.

“Nasaf” TIF bojxona posti

16.

“Olmaliq” TIF bojxona posti

17.

“Angren” TIF bojxona posti

18.

“Andijon” TIF bojxona posti

19.

“Jizzax” TIF bojxona posti

20.

“Chirchiq” TIF bojxona posti

21.

“Urganch” TIF bojxona posti

22.

“Termiz” TIF bojxona posti

23.

“Asaka” TIF bojxona posti

24.

“Vodiy” TIF bojxona posti

25.

“Yangiyoʻl” TIF bojxona posti

26.

“Zarafshon” TIF bojxona posti

Ikkinchi toifali bojxona postlari

27.

“Keles” TIF bojxona posti

28.

“Qorakoʻl” TIF bojxona posti

29.

“Navoiy” TIF bojxona posti

30.

“Qamashi-Gʻuzor” TIF bojxona posti

31.

“Guliston” TIF bojxona posti

32.

“Denov” TIF bojxona posti

III. Masofaviy elektron deklaratsiyalash (MED) bojxona postlari

Toifadan tashqari bojxona postlari

1.

MED bojxona posti

Izoh:
1) “Keskanyor” va “Pushmon” chegara bojxona postlari 2025-yil 1-sentabrda tashkil etiladi;
2) MED bojxona posti Bojxona rasmiylashtiruvi markazining, qolgan bojxona postlari hududiy bojxona boshqarmalarning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
3) Shovot chegaraoldi savdo zonasi” chegara bojxona postining shtat birliklari alohida normativ-huquqiy hujjat bilan ajratiladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PQ-122-son qaroriga
6-ILOVA
Tugatilayotgan bojxona postlarining
ROʻYXATI

T/r

Bojxona postlarining nomi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi MED bojxona posti

2.

“Qoʻngʻirot” TIF bojxona posti

Andijon viloyati

3.

“Bobur” TIF bojxona posti

Buxoro viloyati

4.

“Kogon” TIF bojxona posti

5.

“Gʻijduvon” TIF bojxona posti

6.

“Qorovulbozor” TIF bojxona posti

Jizzax viloyati

7.

Jizzax viloyati MED bojxona posti

Qashqadaryo viloyati

8.

Qashqadaryo viloyati MED bojxona posti

9.

“Talimarjon” TIF bojxona posti

Navoiy viloyati

10.

Navoiy viloyati MED bojxona posti

11.

“Tinchlik” TIF bojxona posti

12.

“Navoiy industrial” TIF bojxona posti

Namangan viloyati

13.

“Chust” TIF bojxona posti

Surxondaryo viloyati

14.

Surxondaryo viloyati MED bojxona posti

15.

“Jarqoʻrgʻon” TIF bojxona posti

Sirdaryo viloyati

16.

Sirdaryo viloyati MED bojxona posti

17.

“Sayxun” TIF bojxona posti

18.

“Xovos” TIF bojxona posti

Toshkent viloyati

19.

“Oʻzbekiston” temir yoʻl chegara bojxona posti

Fargʻona viloyati

20.

“Margʻilon” TIF bojxona posti

21.

“Quvasoy” TIF bojxona posti

22.

“Qirguli” TIF bojxona posti

Xorazm viloyati

23.

Xorazm viloyati MED bojxona posti

24.

“Hazorasp EIZ” TIF bojxona posti

Toshkent shahri

25.

Markazlashtirilgan MED bojxona posti

Izoh: tugatilayotgan bojxona postlarining shtat birliklari “Bojxona rasmiylashtiruvi markazi”ga hamda ish hajmi koʻp boʻlgan boshqa postlarga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PQ-122-son qaroriga
7-ILOVA
Bojxona organlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Bojxona instituti faoliyatini va taʼlim jarayonlarini takomillashtirish

1.

Bojxona instituti faoliyatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Institut oʻquv rejalari hamda oʻquv jarayonlarini dual taʼlim asosida tashkil etish tartibini ishlab chiqish.

Bunda 2025/2026 oʻquv yilidan nomutaxassislik fanlarning hajmini kamaytirish va mutaxassislik fanlar hajmini oshirish hisobiga nazariy kurs hamda bevosita bojxona postlarida stajirovka oʻtashdan iborat oʻqitish tizimini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

2.

Institut kursantlarini bojxona postlari, bojxona, texnik tartibga solish, sanitariya epidemiologiya va oʻsimliklar karantini laboratoriyalarida oʻquv-amaliyot oʻtash tartibini belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

5.

Institutning taʼlim jarayoniga soatbay haq toʻlash shartlarida mutaxassislarni jalb etish tartibini belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil avgust

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

6.

Kamida uch yillik ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaxslarni Institutning professor-oʻqituvchilar (ofitser va serjantlar) tarkibi lavozimlariga bir yillik shartnoma asosida maxsus unvonga ega boʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil avgust

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

7.

Bojxona postlarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kursantlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish tizimini taʼlim-boshqaruv-amaliyot zanjiri asosida joriy etish.

Bunda Bojxona instituti kursantlarining bevosita postlarda sayyor oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida amaliyotchi xodimlar tomonidan misollar, real vaziyatlar shaklida tashkil etishni yoʻlga qoʻyish.

Oʻquv rejasi

2025-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

8.

Bojxona sohasidagi bilim va amaliy tajribalarini oshirish hamda bojxona organlari axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha TIF qatnashchilari, bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislar hamda bojxona operatsiyalarida ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni oʻqitish, ularning malakasini oshirish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, shu jumladan, kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha savodxonligini va amaliy koʻnikmalarini oshirib borish maqsadida qisqa muddatli mahorat darslarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

9.

Taʼlim jarayonida sunʼiy intellekt elementlarini keng qoʻllagan holda kursant va tinglovchilarda chuqur nazariy bilim hamda amaliy koʻnikmalar hosil qilish maqsadida “Data science” toʻgaraklarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

10.

Institut professor-oʻqituvchilarini respublikaning yetakchi taʼlim muassasalari, tadqiqot markazlari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarida, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda stajirovkasini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025 — 2027-yillar davomida

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

11.

Yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislarini jalb qilgan holda Institutda maʼruza oʻqish va mahorat darslarini bevosita yoki masofaviy shaklda tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

12.

Bojxona xodimlarining sunʼiy intellekt yoʻnalishlarida bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida xalqaro darajadagi oʻquv kurslarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar davomida

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

II. Tashqi iqtisodiy faoliyat ilmiy markazi faoliyatini tashkil etish va samaradorligini oshirish

13.

“Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel-may

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

14.

Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash hamda bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish masalalarini ilmiy asoslangan holda oʻrganishga ixtisoslashgan Tashqi iqtisodiy faoliyat ilmiy markazini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil iyun

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

15.

Ilmiy markaz faoliyatini tashkil etish va uning samaradorligini oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil avgust

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

16.

Jahon tajribasida jamiyat salomatligi, atrof-muhit va ijtimoiy barqarorlikka salbiy taʼsir koʻrsatishi ehtimoli boʻlgan mahsulotlar importini tartibga solish masalalari boʻyicha ilmiy tahlil oʻtkazish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2025-yil oktabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

17.

Mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligi yoʻnalishidagi muammolar, xavflar boʻyicha ilmiy tahlil oʻtkazish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2025-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov)

18.

Tashqi savdo jarayonlarini tahlil qilish natijalari asosida tarif siyosatini takomillashtirish boʻyicha ilmiy tahlil oʻtkazish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2026-yil mart

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

19.

Bojxona toʻlovlaridan berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar samaradorligi boʻyicha ilmiy tahlil oʻtkazish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2026-yil iyun

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

20.

Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi sohasidagi muammolarni ilmiy tadqiq etish boʻyicha ilmiy tahlil oʻtkazish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2026-yil avgust

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

21.

Tashqi iqtisodiy faoliyatda tovarlar bojxona qiymati sohasidagi muammolarni ilmiy tadqiq etish boʻyicha ilmiy tahlil oʻtkazish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2026-yil oktabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

22.

Tashqi savdoga oid xalqaro indeks va reytinglar mezonlari asosida bojxona ishini va milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ilmiy tahlil oʻtkazish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2027-yil yanvar

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

23.

Import hajmi yuqori boʻlgan tovarlarni mahalliylashtirish istiqbollari boʻyicha ilmiy tahlil oʻtkazish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2027-yil aprel

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

24.

Ilmiy muassasalarning xodimlari, shuningdek, tajribali amaliyotchi-mutaxassislar, yirik tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ijodiy guruhlar tuzish orqali bojxona ishi sohasidagi eng dolzarb muammolar boʻyicha ilmiy tahlil oʻtkazish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2025-2026-yillar

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Bojxona instituti faoliyatini raqamlashtirish

25.

Bojxona institutida taʼlim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish boʻyicha “Taʼlim menejmenti” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

26.

Bojxona institutida professor-oʻqituvchilar faoliyati samaradorligini reyting baholash boʻyicha “Samaradorlikni baholash” modulini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

27.

Bojxona institutida bojxona organlari xodimlarini malakasini oshirish boʻyicha “Malaka” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

28.

Bojxona instituti kutubxonasi faoliyatini raqamlashtirish, RFID uskunalari bilan jihozlash orqali oʻquv resurslaridan foydalanish samaradorligini kuzatish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

29.

Bojxona instituti oʻquv jarayoniga oʻquv videofilmlar va elektron oʻquv modullarini joriy qilish hisobiga taʼlim resurslari bazasini kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil avgust

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

30.

Bojxona institutining Axborot texnologiyalari va modellashtirish markazi negizida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni taʼminlash markazini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil avgust

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

IV. Xalqaro tashkilotlar va xorijiy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish

31.

Xalqaro tashkilotlarning moliyaviy koʻmagida (JBT, JB, OTB, YEXHT, BOMCA, GIZ va boshqalar) bojxona organlari xodimlarining hamda kursantlarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kursini tashkil qilish va seminarlar oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar davomida

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

32.

Bojxona instituti Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy oʻquv muassasasi maqomini olishi boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

33.

Jahon bojxona tashkilotining 3D simulyatsion tizimidan foydalanish imkoniyatini yaratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yil may

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

34.

Bojxona instituti professor-oʻqituvchilari hamda kursantlarining Shanxay bojxona universitetida qisqa muddatli stajirovkasini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar davomida

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

35.

Ilmiy markaz faoliyatini rivojlantirish maqsadida Jahon bojxona tashkilotining xalqaro ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni Jahon bojxona tashkilotiga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

36.

“Bojxona ishi” mutaxassisligini Jahon bojxona tashkilotining PICARD standartlari boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

V. Bojxona institutining moddiy-texnika taʼminotini va xodimlar ijtimoiy himoyasini takomillashtirish

37.

Bojxona instituti professor-oʻqituvchilari, xodimlar va kursantlar oʻrtasida faoliyat samaradorligi natijalariga muvofiq turli nominatsiyalar boʻyicha musobaqalar tashkil etish va ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

38.

Bojxona institutini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlarini qonunchilik bilan taqiqlanmagan quyidagi maqsadlarga qoʻshimcha ravishda yoʻnaltirishga ruxsat berish:

professor-oʻqituvchi, kursant va xodimlarni malaka oshirish kurslarida (shu jumladan chet el taʼlim muassasalarida) oʻqitish;

fan olimpiadalari, taʼlim musobaqalari va bellashuvlarda sovrinli oʻrin egallagan kursantlarga qimmatbaho sovgʻa va pul mukofoti berish;

Institutga tashrif buyurgan mehmonlar uchun suvenir va esdalik sovgʻalar xarid qilish va ovqatlantirish;

Institutda tashkil etiladigan turli ilmiy tadbirlarni oʻtkazish;

boʻsh turgan mablagʻlarni bank foizli depozitiga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

39.

Institutning farqlash belgilarini (bayroq, logotip hamda shevron), bitiruvchilarning koʻkrak nishoni hamda ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

40.

Institut kursantlari, harbiy orkestri, ashula va raqs ansambli xodimlari uchun tantanali kiyim-bosh (shu jumladan, kursantlarning sport formasi) namunalarini tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

42.

Bojxona instituti faoliyati samaradorligini oshirish hamda oʻquv jarayonlarini takomillashtirish maqsadida zamon talablariga javob beradigan axborot kommunikatsiya, nazorat-texnik, maishiy va xoʻjalik jihozlari bilan taʼminlash choralarini koʻrish. Bunda:

ovoz yozish va videomontaj studiyasini tashkil etish;

lokal tarmoqni modernizatsiya qilish;

videokuzatuv tizimini modernizatsiya qilish;

kompyuter va aloqa texnikalari bilan taʼminlash;

Axborot-resurs markazi va bosmaxona texnikalarini xarid qilish, qoʻshimcha dasturiy taʼminot yaratish boʻyicha hamda koʻzda tutilmagan qoʻshimcha sarf-xarajatlarni nazarda tutish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-2027-yillar davomida

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

43.

Bojxona institutini mebel va boshqa zarur xoʻjalik jihozlari va texnikalari bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

44.

Institut Axborot-resurs markazi fondini doimiy asosda zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan boyitish, shu jumladan, muntazam ravishda mahalliy hamda xorijiy huquqiy va iqtisodiy nashrlarining obunasini taʼminlash, shuningdek, bojxona ishi sohasidagi ilgʻor xorijiy tajriba va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish uchun zarur boʻladigan dasturiy mahsulotlarni (maʼlumotlar bazasi) xarid qilish va yangilab borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

45.

Bojxona institutida kursantlar uchun amaliy ish jarayonlarini nazariyadan ajralmagan holda tashkil etish maqsadida “Virtual imitatsion laboratoriya” sinfini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yil mart

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

46.

Taʼlim jarayoni sifatini yanada oshirish maqsadida oʻquv resurslarini elektron shaklda taqdim etish imkoniyatini beruvchi “smart auditoriyalar” tashkil etish va zaruriy texnikalar bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

47.

Kursantlarning xorijiy tillarni oʻzlashtirish darajasini oshirish uchun lingafon xonalarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

49.

Bojxona instituti faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar, yangiliklar va dars jadvalini onlayn aks ettiruvchi videodevorlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

50.

Bojxona institutida konferensiya xonalari, oʻquv auditoriyalari va majlislar zallari uchun infozonalar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yil mart

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

51.

Bojxona instituti infratuzilmasini zamon talablariga moslashtirish boʻyicha Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tegishli qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2029-yillar davomida

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

54.

Institutning qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va joriy taʼmirlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2029-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

Izoh: ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 07/25/122/0290-son; 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)