1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 12-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3124-7]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 157-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 10/19/3124/2524-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-fevral,
231-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 11-fevraldagi 231-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. 30-bandning oʻninchi xatboshisidagi “umumtaʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 32-bandning toʻrtinchi xatboshisi, 56 va 70-bandlardagi “taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 105-banddagi “Taʼlim muassasalarida” va “taʼlim muassasalaridagi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Davlat taʼlim tashkilotlarida” va “davlat taʼlim tashkilotlaridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 106-bandning birinchi xatboshisidagi “Taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun mablagʻlari (4-002-0-0)” qatori chiqarib tashlansin;
“Umumtaʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
a) 105, 346, 436, 454-qatorlar chiqarib tashlansin;
b) 110-qatorning nomidan “105+” raqamlari chiqarib tashlansin;
d) 350-qatorning nomidan “346+” raqamlari chiqarib tashlansin;
e) 431-qatorning nomidan “436+” raqamlari chiqarib tashlansin;
f) 460-qatorning nomidan “454+” raqamlari chiqarib tashlansin;
g) 472 va 512-qatorlarning nomidagi “Taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
h) “Budjet tashkilotlarining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun oʻtkazib bergan pul mablagʻlari boʻyicha moliyaviy natijalari” qatori chiqarib tashlansin;
i) 610, 611 va 620-qatorlar chiqarib tashlansin;
j) 650-qatorning nomidan “620+” raqamlari chiqarib tashlansin;
k) 1-ilovada:
030, 080, 144 va 324-qatorlar chiqarib tashlansin;
040-qatorning nomidan “030+” raqamlari chiqarib tashlansin;
100-qatorning nomidan “080+” raqamlari chiqarib tashlansin;
330-qatorning nomidan “324+” raqamlari chiqarib tashlansin;
122 va 342-qatorlarning nomidagi “Taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/3124-7/0247-son)