1. | Litsenziya nomi: | Elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) elektr energiyasini gidroelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarish, shu jumladan, gidroakkumulyatsiya saqlash tizimi faoliyati; b) elektr energiyasini issiqlik elektr stansiyalari yoki issiqlik elektr markazlari orqali ishlab chiqarish faoliyati; v) shamol energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati; g) quyosh energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati; d) chiqindilarni qayta ishlash jarayonida yoki biogaz orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati; e) vodoroddan elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati; j) atom elektr stansiyasi orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati; z) boshqa turdagi stansiyalar orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik yoki jismoniy shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud boʻlsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi va bank hisobvaragʻi, yuridik shaxs uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxs uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, tegishli koʻchmas mulk obyektining chizmalari va xaritalari bilan birga; v) ishlab chiqarish obyektining pasporti. Obyekt pasporti quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak: elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan obyektining turi va texnik xususiyatlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar; asosiy va yordamchi obyektlar roʻyxati va ular toʻgʻrisida maʼlumotlar; g) yoqilgʻi (yonilgʻi) yetkazib berish boʻyicha dastlabki yoki yakuniy shartnoma (faoliyatning kichik turlariga qarab zarur hollarda); d) davlat ekologik ekspertizasi xulosasi; e) texnik maʼlumotlar, shu jumladan, asosiy texnik xususiyatlar, loyiha obyekt spetsifikatsiyalari, bir chiziqli sxema, obyektning joylashuvi va texnik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; j) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja; z) soʻnggi uch yil uchun yoki soʻnggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; i) asosiy vositalari roʻyxati va elektr energetikasi sohasida faoliyat turini (kichik turini) yuritish uchun zarur boʻlgan aktivlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot; k) litsenziya toʻlovining yillik davriy yigʻimini toʻlash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati; l) yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish toʻgʻrisida texnik shartlar va ulanish shartnomasi (yangi ishlab chiqaruvchilar uchun); m) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining ishlab chiqarish obyektlarida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi boʻyicha xulosasi. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani koʻrib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: |
a) elektr energiyasini ishlab chiqarishda qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilish; b) Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqarish obyektini rivojlantirish va investitsiya rejasini tayyorlash va doimiy ravishda yangilab borish; v) ishlab chiqarish xavfsizligini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari hamda ekologiya talablari va normalarini taʼminlash; g) atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etish va ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etish; d) yoqilgʻi (yonilgʻi) zaxiralarini saqlash va boshqarish (faoliyatning kichik turiga qarab); e) dispetcherlik boshqaruvi qoidalari talablariga rioya qilish va dispetcher koʻrsatmalarini bajarish; j) energiya samaradorligini oshirish choralarini taʼminlash; z) qoʻshimcha (yordamchi) xizmatlar va muvozanatlash xizmatlarini koʻrsatish (zaruratga koʻra); II. Litsenziyaning alohida talablari va shartlari:
a) huquqlari: talabgor elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati litsenziyasini olgunga qadar Elektr energiyasini sotib olish bitimlari majburiyatlari mavjud boʻlsa, olti oy ichida litsenziya olish va ushbu muddat ichida qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish; litsenziyalangan elektr energiyasini ishlab chiqarish obyektining energiya tejamkorligining xalqaro va mahalliy normalarga muvofiqligini taʼminlash; elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarga hamda xalqaro va mahalliy atrof-muhit muhofazasi talablariga muvofiq yuritish; qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar va shartlar asosida yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish; tegishli tizim operatorining koʻrsatmalariga amal qilgan holda uzatish yoki taqsimlash tizimiga elektr energiyasini yetkazib berish; ishlab chiqarilgan elektr energiyasini qonunchilik hujjatlariga muvofiq sotish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini sotish va sotib olish, muvozanatlash va yordamchi xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzish va ularga muvofiq toʻlovlarni undirish; b) majburiyatlari: tizim operatori tomonidan dispetcherlik amaliyoti, muvozanatlash, tizimdagi avariya va favqulodda vaziyatlarda boshqarish, shuningdek, yordamchi xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq operativ koʻrsatmalarga rioya qilish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr stansiyasini ishchi holatda saqlash; elektr energiyasini ishlab chiqarishni asossiz qisqartirishning oldini olish; uzatish va taqsimlash tizimlarining operatorlariga zaxira va yordamchi xizmatlar koʻrsatish uchun foydalaniladigan elektr stansiyalarida (inshootlarda) uskunalarni erkin tekshirish, sinovdan oʻtkazish va texnik xizmat koʻrsatish huquqini taʼminlash.
har bir litsenziyalangan elektr stansiyasining elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati uchun alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yongʻin va sanoat xavfsizligi boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish; insonlarga yetkazilishi mumkin boʻlgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlash.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati uchun foydalaniladigan aktivlarini sugʻurta qilish va sugʻurta polisini Regulatorga taqdim etish.
elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar reyestrini ishlab chiqish hamda uni har yili 31-yanvardan kechiktirmay yangilash va Regulatorga taqdim etish; Regulatorning yozma roziligisiz elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini yuritish uchun foydalanadigan aktivlarni boshqa shaxsga oʻtkazish, hisobdan chiqarish, garovga qoʻyish va boshqacha tarzda tasarruf etilishini taqiqlash.
litsenziya olinganidan boshlab uch oy ichida ishlab chiqarish obyektlari va (yoki) binolariga kirish tartib-tamoyillarini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etish.
Regulator soʻrovnomasi orqali soʻralgan axborot va hisobotlarni soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan eʼlon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy maʼlumotlarni taqdim etish.
har qanday kutilayotgan egalik huquqining boshqa shaxslarga oʻtishi toʻgʻrisida oltmish ish kunidan oldin Regulatorni xabardor qilish. Egalik huquqi Regulator tomonidan maʼqullanishiga qadar boshqa shaxslarga oʻtishi taqiqlanadi. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi; v) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi; g) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (faoliyatning kichik turiga qarab); d) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi; e) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi; j) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
1. | Litsenziya nomi: | Elektr energiyasini uzatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | Elektr energiyasini uzatish faoliyati |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud boʻlsa), faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi va bank hisobvaragʻi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) talabgorning elektr energiyasini uzatish faoliyati uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-rejasi; v) uzatish tizimini rivojlantirish va investitsiya rejasi; g) soʻnggi 5 yildagi texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar, elektr energiyasi va quvvat oqimlari, jumladan, transchegaraviy elektr energiyasi va quvvat oqimlari boʻyicha maʼlumot; d) soʻnggi uch yil uchun yoki soʻnggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; e) asosiy vositalari roʻyxati, dasturiy taʼminot tizimlari, elektr energetikasi sohasida faoliyat turini (kichik turini) yuritish uchun zarur boʻlgan aktivlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot; j) litsenziya toʻlovining yillik davriy yigʻimini toʻlash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati. z) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining uzatish tizimi obyektlarida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi boʻyicha xulosasi. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani koʻrib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | I. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari: a) Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq uzatish tizimini rivojlantirish va investitsiya rejasini tayyorlash va doimiy ravishda yangilab borish; b) litsenziat litsenziyalangan faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuritish; v) litsenziat uzatish tizimiga uchinchi shaxslarning obyektiv va kamsitilmasdan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib asosida ulanishini taʼminlash; g) dispetcherlik boshqaruvi qoidalari talablariga rioya qilish va dispetcher koʻrsatmalarini bajarish; d) hisoblash va hisob-kitoblarning tizim foydalanuvchilari toʻgʻrisida maʼlumotlarini olish imkoniyatini taʼminlash; e) uzatish tizimidagi yoʻqotishlarni kamaytirish; j) Regulatorga, tizim operatoriga, tizim foydalanuvchilariga va boshqa manfaatdor shaxslarga uzatish tizimiga qabul qilingan va undan yetkazib beriladigan elektr energiyasi hajm (birlik)lari toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarni taqdim etish imkonini beradigan hisoblagichlarni oʻrnatish; z) qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyatini amalga oshirish. II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari: 1. Litsenziatning huquq va majburiyatlari: a) huquqlari: elektr energiyasi bozorining barcha ishtirokchilariga elektr energiyasini uzatish xizmatlarini koʻrsatish va uzatish tarmoqlaridan teng foydalanishni taʼminlash; elektr energiyasini uzatish tizimidan foydalanish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha barcha zarur harakatlarni amalga oshirish; elektr energiyasini uzatish faoliyatini bajarish bilan bogʻliq toʻlovlar boʻyicha taklif kiritish; elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar, taqsimlash tizimi operatori, yirik isteʼmolchilar va elektr energiyasi bozori boshqa ishtirokchilariga elektr energiyasini uzatish xizmatlarini koʻrsatish; b) majburiyatlari: qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq elektr energiyasining uzluksiz va ishonchli uzatilishini taʼminlash; vakolatli tomonlarga uzatish tizimi foydalanuvchilaridan yoki boshqa tizimlardan uning tizimiga qabul qilingan va undan yetkazib berilgan elektr energiyasi toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlarni taqdim etishi uchun uzatish tizimiga tegishli hisoblagichlarni oʻrnatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish; uzatish tizimidagi texnik yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha intizomiy ravishda choralar koʻrish; nosozliklarning oldini olish va elektr energiyasini uzatish samaradorligini oshirish uchun uzatish tizimiga texnik xizmat koʻrsatishni, taʼmirlashni va modernizatsiya qilishni oʻz vaqtida amalga oshirish; elektr energiyasini uzatish faoliyatini yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar reyestrini ishlab chiqish hamda uni har yili 31-yanvardan kechiktirmay yangilash va Regulatorga taqdim etish. 2. Alohida hisobot yuritish: elektr energiyasini uzatish faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarini tayyorlash. 3. Uzatish tizimidan foydalanish uchun toʻlovlarni belgilash: rasmiy veb-saytda belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflar va yigʻimlarni belgilash uslubiyati, elektr energiyasi tariflari, uzatish tizimiga kirish va ulanish tartibini eʼlon qilish; uzatish tizimidan foydalanish va ulanish uchun kamsitishga yoʻl qoʻymagan holda toʻlovlarni undirish. 4. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi: uzatish tizimini rivojlantirish oʻn yillik rejasini ishlab chiqish va har yili yangilab borish; uzatish tizimini rivojlantirish majburiyatlari bilan bogʻliq faoliyati toʻgʻrisida yillik hisobotda koʻrsatish. 5. Uzatish tizimi rejalashtirish va xavfsizlik talablari: uzatish tizimini rejalashtirish va xavfsizlik talablarini ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etib borish; uzatish tizimini ekspluatatsiya qilish, texnik xizmat koʻrsatish va rivojlantirish uzatish tizimini rejalashtirish va xavfsizlik talablariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlash; uzatish tizimini rejalashtirish va xavfsizlik talablarini rasmiy veb-saytda eʼlon qilish. 6. Obyektlarga kirish huquqi: litsenziya olinganidan boshlab uch oy ichida uzatish tizimi obyektlari va (yoki) binolariga kirish tartib-tamoyillarini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etish. 7. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish: isteʼmolchilarning telefon qoʻngʻiroqlariga javob berish va isteʼmolchilarni ofisda qabul qilish uchun malakali va tegishli koʻrsatmalarga ega boʻlgan masʼullarni tayinlash; isteʼmolchilarni veb-sayt, pochta manzili, telefon raqami, faks va elektron pochta manzili orqali ularning shikoyatlari yoki har qanday hodisa toʻgʻrisidagi xabarlarini olish uchun tashkil etilgan axborot xizmati haqida xabardor qilish; qoʻshimcha xizmatlar paketlarini isteʼmolchilar uchun qulay boʻlishini taʼminlash. 8. Atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yongʻin va sanoat xavfsizligi: atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yongʻin va sanoat xavfsizligi boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish; insonlarga yetkazilishi mumkin boʻlgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlash. 9. Maʼlumotlarni taqdim etish: Regulator soʻrovnomasi orqali soʻralgan axborot va hisobotlarni soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda Regulatorni oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; uzatish tizimi foydalanuvchilari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar bazasini shakllantirish, yuritish, umumlashtirish, maxfiy va tijoriy ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlarni saqlash; uzatish tizimiga texnik xizmat koʻrsatish rejasi va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻta yuklanishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni veb-saytda joylash; Regulator tomonidan eʼlon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy maʼlumotlarni taqdim etish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi b) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi; v) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi; g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi; d) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi; e) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
1. | Litsenziya nomi: | Elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | Elektr energiyasini taqsimlash faoliyati |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud boʻlsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi va bank hisobvaragʻi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) dastlabki biznes-reja, shu jumladan, investitsiya rejasi; v) taqsimlash tizimini rivojlantirishning birlamchi rejasi; g) soʻnggi uch yil uchun yoki soʻnggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; d) biriktirilgan yoki ruxsat etilgan (foydalanish uchun) aktivlar roʻyxati; e) asosiy vositalari roʻyxati va elektr energetikasi sohasida faoliyat turini (kichik turini) yuritish uchun zarur boʻlgan aktivlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot; j) litsenziya toʻlovining yillik davriy yigʻimini toʻlash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati; z) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining taqsimlash tizimi obyektlarida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi boʻyicha xulosasi. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani koʻrib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | I. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari: a) taqsimlash tizimidan uchinchi shaxslarga obyektiv va kamsitishlarsiz foydalanishni taʼminlash, tarmoqqa ulanish soʻrovlarini yuborish, tarmoqqa ulanishni rad etish tartibi va tarmoqqa ulanish huquqiga ega boʻlgan tomonlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibini va qoidalarini ishlab chiqish; b) Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq taqsimlash tizimini rivojlantirish va investitsiya rejasini tayyorlash va doimiy ravishda yangilab borish; v) taqsimlash tizimi foydalanuvchilariga koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yuritish, maʼlumotlarni umumlashtirish, shu bilan birga maxfiy (oʻz ichiga davlat sirini olmagan va qonunchilik bilan himoyalangan maʼlumotlar, keyingi oʻrinlarda — konfidensial) va tijorat ahamiyatiga ega boʻlgan maʼlumotlarni saqlash; g) isteʼmolchilarga nisbatan kamsitishga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlari bajarilishi va ularga rioya etilishining nazoratini taʼminlash; d) hisoblash va hisob-kitoblarning tizim foydalanuvchilari, tizimga ulangan isteʼmolchilar uchun isteʼmol (elektr energiyasi, reaktiv quvvat va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumotlarini olish imkoniyatini taʼminlash; e) taqsimlash tizimidagi yoʻqotishlarni kamaytirish; j) Regulatorga, tizim operatoriga, tizim foydalanuvchilariga va boshqa manfaatdor shaxslarga taqsimlash tizimiga qabul qilingan va undan yetkazib beriladigan elektr energiyasi hajm (birlik)lari toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarni taqdim etish imkonini beradigan hisoblagichlarni oʻrnatish; z) koʻchalarni yoritish tizimining aktivlarini boshqarish (xizmat koʻrsatish), ulardan foydalanish va kengaytirish, ularning toʻgʻri ishlashini, xavfsizligini hamda qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini taʼminlash; i) qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyatini amalga oshirish. II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:
a) huquqlari: elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini bajarish uchun uchinchi shaxslarga tegishli boʻlgan obyektlarga va (yoki) binolarga kirish huquqi; taqsimlash tizimiga ulanish va foydalanish shartlariga rioya etilishini taʼminlash; qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini taqsimlash, muvozanatlash va yordamchi xizmatlari uchun toʻlovlarni undirish; elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini bajarish bilan bogʻliq toʻlovlar boʻyicha taklif kiritish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqsimlash tizimini rejalashtirish, ekspluatatsiya qilish (ishlatish), texnik xizmat koʻrsatish va rivojlantirishni amalga oshirish; b) majburiyatlari: taqsimlash tizimi foydalanuvchilari uchun, agar qonunchilik hujjatlari bilan boshqacha talab qoʻyilmasa, imtiyozlarni taqdim etmaslik; Regulatorga biznes-rejani va investitsiya rejasini taqdim etish; oʻz veb-saytida oʻzining faoliyatiga doir maʼlumotlarni eʼlon qilish; Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq boshqa majburiyatlar.
elektr energiyasini taqsimlash faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yongʻin va sanoat xavfsizligi boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish; insonlarga yetkazilishi mumkin boʻlgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlash.
elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar reyestrini ishlab chiqish hamda uni har yili 31-yanvardan kechiktirmay yangilash va Regulatorga taqdim etish; Regulatorning yozma roziligisiz elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini yuritish uchun foydalanadigan aktivlarini boshqa shaxsga oʻtkazish, hisobdan chiqarish, garovga qoʻyish va boshqacha tarzda tasarruf etishni taqiqlash.
hisoblagichlarni yetkazib berish, oʻrnatish, sinovdan oʻtkazish, taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish; hisoblagichlardan olingan maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va Regulatorga, taqsimlash tizimi foydalanuvchilariga va isteʼmolchilarga taqdim etish; hisoblagichlar koʻrsatkichlarini oʻqish vazifalarini taʼminlovchilar yoki boshqa pudrat tashkilotlar orqali bajarish. Ushbu holatda litsenziat audit (tekshiruv)lar orqali hisoblagichlar koʻrsatkichlarini oʻqish boʻyicha shartnoma tuzgan yuridik shaxs koʻrsatkichlarni muntazam va aniq oʻqib borishini taʼminlash.
litsenziya olinganidan boshlab uch oy ichida taqsimlash tizimi obyektlari va (yoki) binolariga kirish tartib-tamoyillarini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etish.
elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni, asbob-uskunalar yoki hisoblagichlarga jismoniy shikast yetkazishni hamda boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha barcha zarur choralarni taʼminlash; muntazam ravishda texnik va texnik boʻlmagan yoʻqotishlar tahlilini oʻtkazish va tahlil natijalari hamda xulosalarini Regulatorga taqdim etish; yoʻqotishlarni boshqarish va qisqartirish rejasini har yili 31-dekabrgacha Regulatorga taqdim etish. 8. Atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yongʻin va sanoat xavfsizligi: atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yongʻin va sanoat xavfsizligi boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish; insonlarga yetkazilishi mumkin boʻlgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlash. 9. Maʼlumotlarni taqdim etish: Regulator soʻrovnomasi orqali soʻralgan axborot va hisobotlarni soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili elektr energiyasini taqsimlash faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan eʼlon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy maʼlumotlarni taqdim etish. 10. Egalik huquqi boshqa shaxslarga oʻtishi: har qanday kutilayotgan egalik huquqining boshqa shaxslarga oʻtishi yoki 25 foizdan ortiq aksiyalarning boshqa shaxsga oʻtkazilishi toʻgʻrisida oltmish ish kunidan oldin Regulatorni xabardor qilish. Egalik huquqi Regulator tomonidan maʼqullanishiga qadar boshqa shaxslarga oʻtishi taqiqlanadi. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi; v) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi; g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi; d) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi; e) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
1. | Litsenziya nomi | Elektr energiyasini saqlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) elektr energiyasini siqilgan havo orqali saqlash faoliyati; b) elektr energiyasini gravitatsiya kuchi orqali saqlash faoliyati; v) elektr energiyasini batareyada saqlash faoliyati; g) elektr energiyasini boshqa usullar orqali saqlash faoliyati. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud boʻlsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi va bank hisobvaragʻi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza toʻldirish maqsadi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya olish uchun talabgorning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) mulkka nisbatan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, tegishli koʻchmas mulk obyektining chizmalari va xaritalari bilan birga; v) elektr energiyasini saqlash tizimi (keyingi oʻrinlarda — Saqlash tizimi) pasporti. Saqlash tizimi pasporti quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak: elektr energiyasini saqlash uchun foydalaniladigan obyektning turi va texnik xususiyatlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar; infratuzilma, asosiy va yordamchi obyektlar roʻyxati va ular toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot; g) sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa; d) davlat ekologik ekspertizasi xulosasi; e) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja; j) soʻnggi uch yil uchun yoki soʻnggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; z) litsenziya toʻlovining yillik davriy yigʻimini toʻlash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati; i) yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish toʻgʻrisida texnik shartlar va ulanish shartnomasi (yangi ulanadigan Saqlash tizimlari uchun); k) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Saqlash tizimining qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi boʻyicha xulosasi. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani koʻrib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: |
a) mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi hamda ekologiya talablari va normalarini taʼminlash; b) atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etish va ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etish; v) elektr energiyasini saqlash faoliyati doirasida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilish; g) dispetcherlik boshqaruvi qoidalari talablariga rioya qilish va dispetcher koʻrsatmalarini bajarish.
a) huquqlari: talabgor elektr energiyasini saqlash faoliyati litsenziyasini olgunga qadar Elektr energiyasini saqlash xizmati boʻyicha bitim majburiyatlari mavjud boʻlsa, olti oy ichida litsenziya olish va ushbu muddat ichida qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda elektr energiyasini saqlash xizmatini koʻrsatish; litsenziyalangan Saqlash tizimi energiya tejamkorligining xalqaro va mahalliy normalarga muvofiqligini taʼminlash; Saqlash tizimi faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarga hamda xalqaro va mahalliy atrof-muhit muhofazasi talablariga muvofiq yuritish; Saqlash tizimini qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar va shartlar asosida uzatish yoki taqsimlash tizimiga ulash; tegishli tizim operatorining koʻrsatmalariga amal qilgan holda, uzatish yoki taqsimlash tizimidan elektr energiyasini qabul qilish va ularga yetkazib berish; b) majburiyatlar: tizim operatori tomonidan dispetcherlik amaliyoti, muvozanatlash, tizimdagi avariya va favqulodda vaziyatlarda boshqarish, shuningdek, yordamchi xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq operativ koʻrsatmalarga rioya qilish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq Saqlash tizimini ishchi holatda saqlash; uzatish va taqsimlash tizimlarining operatorlariga Saqlash tizimi uskunalarini erkin tekshirish, sinovdan oʻtkazish va texnik xizmat koʻrsatish huquqini taʼminlash.
elektr energiyasini saqlash faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarini tayyorlash.
atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yongʻin va sanoat xavfsizligi boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish; insonlarga yetkazilishi mumkin boʻlgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlash.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini saqlash faoliyati uchun foydalaniladigan aktivlarini sugʻurta qilish va sugʻurta polisini Regulatorga taqdim etish.
elektr energiyasini saqlash faoliyatini yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar reyestrini ishlab chiqish hamda uni har yili 31-yanvardan kechiktirmay yangilash va Regulatorga taqdim etish; Regulatorning yozma roziligisiz elektr energiyasini saqlash faoliyatini yuritish uchun foydalanadigan aktivlarini boshqa shaxsga oʻtkazish, hisobdan chiqarish, garovga qoʻyish va boshqacha tarzda tasarruf etishni taqiqlash.
litsenziya olganidan boshlab uch oy ichida Saqlash tizimiga kirish tartib-tamoyillarini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etish.
Regulator soʻrovnomasi orqali soʻralgan axborot va hisobotlarni soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili elektr energiyasini saqlash faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan eʼlon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy maʼlumotlarni taqdim etish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi; v) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi; g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi; d) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi; e) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan. |
1. | Litsenziya nomi: | Elektr taʼminoti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | Elektr taʼminoti faoliyati |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud boʻlsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi va bank hisobvaragʻi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) talabgorga tegishli boʻlgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan, hisob-kitob, axborot tizimlari va faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud dasturiy taʼminot toʻgʻrisidagi maʼlumot; v) soʻnggi uch yil uchun yoki soʻnggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; g) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja; d) talabgorning isteʼmolchilarni elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan tuzadigan shartnoma shakllari; e) litsenziya toʻlovining yillik davriy yigʻimini toʻlash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani koʻrib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | I. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari: a) litsenziat qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritish; b) elektr energiyasini iqtisodiy jihatdan maqbul tarzda sotib olish; v) barcha isteʼmolchilarni zararni qoplash toʻgʻrisida xabardor qilish majburiyati va bunday daʼvolar va kompensatsiyalarni koʻrib chiqish tartibini ishlab chiqish va Regulatorga tasdiqlash uchun taqdim etish; g) qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish. II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:
a) huquqlari: ikki tomonlama shartnoma asosida litsenziyalangan ishlab chiqaruvchilardan va boshqa taʼminotchilardan elektr energiyasini sotib olish; vakolatli isteʼmolchilarga elektr energiyasi taʼminotini kelishilgan narxlar asosida amalga oshirish; b) majburiyatlari: tayinlangan taʼminotchi sifatida vakolatli va taʼminotchini tanlash imkoniyatiga ega boʻlmagan isteʼmolchilarga namunaviy shartnomalar asosida Regulator tomonidan belgilangan tarif boʻyicha elektr energiyasi taʼminotini amalga oshirish; tayinlangan taʼminotchi sifatida belgilangan tariflarni isteʼmolchilar yoki isteʼmolchilar toifalari oʻrtasida hech qanday oʻzaro kesishma subsidiyani oʻz ichiga olmasligini taʼminlash; tariflarni va narxlarni har qanday oʻzaro kesishma subsidiya natijasida oshirilmasligi yoki kamaytirilmasligini taʼminlash.
elektr taʼminoti faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
xodimlariga isteʼmolchilarning taʼminotchini oʻzgartirish huquqlari boʻyicha qoidalar va tartiblarni qoʻllash yuzasidan taʼlim berish; taʼminotchini oʻzgartirish jarayonida boshqa taʼminotchi bilan toʻliq hamkorlik qilish va bu jarayonni asossiz kechiktirmaslik yoki unga toʻsqinlik qilmaslik.
isteʼmolchilarning murojaatlariga javob berish uchun ish soatlarida masʼul xodimni taʼminlash; isteʼmolchilarni veb-sayt, pochta manzili, telefon raqami, faks va elektron pochta manzili orqali ularning shikoyatlari yoki har qanday hodisa toʻgʻrisidagi xabarlarini olish uchun tashkil etilgan axborot xizmati haqida xabardor qilish; amaldagi tariflar yoki tartibga solinadigan tariflar va taʼminotning shartlaridagi har qanday oʻzgartirishlar haqida kamida 30 ish kuni oldin isteʼmolchilarni xabardor qilish. Agar isteʼmolchilar yangi shartlarni qabul qilishga qarshi boʻlsalar, ular elektr taʼminoti shartnomasini bekor qilish huquqiga ega; qoʻshimcha xizmatlar paketlarini isteʼmolchilar uchun qulay boʻlishini taʼminlash; oʻz veb-saytida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan elektr energiyasining taʼminoti namunaviy shartnomasi, tariflar va boshqa toʻlovlar toʻgʻrisida axborotlarni eʼlon qilish; oʻz veb-saytida elektr energiyasining narxini hisoblash uchun kalkulyator oʻrnatish, hisob-kitob jarayonini qulaylashtirishni taʼminlash; isteʼmolchilarni taʼminot shartnomasining amal qilish muddati tugashidan kamida oltmish ish kuni oldin xabardor qilish; isteʼmolchilarni taʼminotchi almashtirish jarayoni toʻgʻrisida xabardor qilish.
Regulator soʻrovnomasi orqali soʻralgan axborot va hisobotlarni soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili elektr taʼminoti faoliyati toʻgʻrisida, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan eʼlon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy maʼlumotlarni taqdim etish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi; v) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
1. | Litsenziya nomi: | Markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | Markaziy xarid qiluvchi faoliyati |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud boʻlsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi va bank hisobvaragʻi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan, hisob-kitob, axborot tizimlari va mavjud dasturiy taʼminot toʻgʻrisidagi maʼlumot; v) soʻnggi uch yil uchun yoki soʻnggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; g) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja; d) litsenziya toʻlovining yillik davriy yigʻimini toʻlash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani koʻrib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | I. Litsenziyaning umumiy talablari va shartlari: a) qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish; b) tijorat qoidalarini, shu jumladan, barcha namunaviy shartnomalar shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Regulatorga taqdim etish; v) litsenziyalangan ishlab chiqaruvchilar va litsenziyalangan yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish; g) qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablar.
a) huquqlari: qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasi bozorida Markaziy xarid qiluvchi vazifalarini bajarish; litsenziyaga ega ishlab chiqaruvchilardan ikki tomonlama shartnoma asosida elektr energiyasini xarid qilish; b) majburiyatlari: tayinlangan taʼminotchiga ikki tomonlama shartnoma asosida elektr energiyasini sotish; tegishli tizim operatorlariga tegishli tizimdagi yoʻqotishlarni qoplash uchun elektr energiyasini sotish; yirik isteʼmolchilarga ikki tomonlama shartnoma asosida elektr energiyasini sotish.
Markaziy xarid qiluvchi faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
oʻz faoliyatini elektr energetikasi sohasidagi boshqa subyektlardan mustaqil ravishda amalga oshirish; faoliyatini mustaqillik talablariga muvofiq amalga oshirish va muvofiqlik toʻgʻrisida maʼlumotlar va hujjatlarni Regulatorga doimiy ravishda taqdim etish.
faoliyat doirasida shartnoma munosabatlariga ega boʻlgan yoki tuzmoqchi boʻlgan shaxslar yoki toifalarga nisbatan kamsitishga yoʻl qoʻymaslik; qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energetikasi sohasida raqobatbardoshlik va shaffoflik tamoyillariga rioya qilish va oʻzining ustun mavqeyini suiisteʼmol qilmaslik.
Regulator soʻrovnomasi orqali soʻralgan axborot va hisobotlarni soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili Markaziy xarid qiluvchi faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan eʼlon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy maʼlumotlarni taqdim etish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi; v) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
1. | Litsenziya nomi: | Elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: | Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud boʻlsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi va bank hisobvaragʻi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) Elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan, hisob-kitob, axborot tizimlari va faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud dasturiy taʼminot toʻgʻrisidagi maʼlumot; v) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja; g) soʻnggi uch yil uchun yoki soʻnggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani koʻrib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: |
a) qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish; b) elektr energiyasi bozorini samarali boshqarish va tizimlarning uzluksizligi, ishonchliligi hamda xavfsizligini taʼminlash; v) infratuzilma, tizim va axborot texnologiya vositalari orqali elektr energiyasi bozorini samarali boshqarish; g) elektr energiyasi bozorini monitoring qilish hamda tartibga solish uchun barcha zarur maʼlumotlar va hisobotlarni Regulatorga doimiy ravishda taqdim etish. II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:
a) huquqlari: elektr energiyasi bozorida bitimlarning bajarilishini, ishtirokchilarning texnik va moliyaviy majburiyatlarini nazorat qilish; elektr energiyasi bozori ishtirokchilaridan xizmatlar koʻrsatgani va savdo platformasi uchun haq undirish; elektr energiyasi bozoridagi jarayonlarni samarali boshqarish hamda barcha shartlar va talablarga rioya etilishini taʼminlash uchun elektr energiyasi bozori ishtirokchilaridan zarur maʼlumotlarni soʻrab olish; elektr energiyasi bozorining infratuzilmasini rivojlantirish, samaradorlik va barqarorlikni oshirish uchun uning texnologik bazasini takomillashtirish uchun investitsiyalar kiritish; b) majburiyatlari: elektr energiyasi bozorining samarali ishlashini, shu jumladan, bozor ishtirokchilari oʻrtasida elektr energiyasini sotib olish va sotishni muvofiqlashtirish hamda talab va taklif muvozanatini taʼminlash; bozor ishtirokchilari tomonidan elektr energiyasi bozori doirasida tuzilgan shartnoma shartlariga rioya etilishini taʼminlash; bozor ishtirokchilari va Regulatorga elektr energiyasi bozori boʻyicha maʼlumotlarni, shu jumladan, narxlar, savdo hajmlari va tarmoqning texnik tavsiflari haqidagi maʼlumotlarni aniq va oʻz vaqtida taqdim etish; bozor ishtirokchilarining tijorat va texnik maʼlumotlari himoya qilinishini va saqlanishini taʼminlash.
Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
elektr energiyasi bozorining savdo platformasidan foydalanishda barcha elektr energiyasi bozori ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni kafolatlash; raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yoki elektr energiyasi bozorining ayrim ishtirokchilariga ustunlik beruvchi amaliyotlarning oldi olinishini taʼminlash; elektr energiyasi bozori ishtirokchilarning mavqeyi, moliyaviy holati yoki elektr energiyasi bozoridagi ulushidan qatʼi nazar elektr energiyasini oldi-sotdi shartnomalarini tuzish, maʼlumotlarni taqdim qilish va monitoringni amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishda barcha teng sharoitlar yaratilishini taʼminlash.
Regulator soʻrovnomasi orqali soʻralgan axborot va hisobotlarni soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati toʻgʻrisida, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan eʼlon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy maʼlumotlarni taqdim etish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi; v) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
1. | Litsenziya nomi: | Elektr energiyasi savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) elektr energiyasi savdosi faoliyati; b) elektr energiyasi eksporti va importi faoliyati. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Litsenziyalovchi organ: | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Regulator) |
5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza; arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud boʻlsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi va bank hisobvaragʻi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi toʻgʻrisida bayonot; b) talabgorga tegishli boʻlgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan, hisob-kitob, axborot tizimlari va faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud dasturiy taʼminot toʻgʻrisidagi maʼlumot; v) uzatish va taqsimlash tizimlari infratuzilmasidan foydalanishga tegishli tizim operatorlari bilan tuzilgan shartnomalarning nusxalari; g) elektr energiyasi bozorida faoliyatning maqsadlari va strategiyasi, rejalashtirilgan savdo hajmlari, potensial kontragentlar, xavflar va ularni minimallashtirish choralarini nazarda tutuvchi biznes-reja; d) faoliyatning moliyaviy modeli, shu jumladan, rejalashtirilgan savdo hajmlari asosida daromadlar va xarajatlar prognozlari; e) soʻnggi uch yil uchun yoki soʻnggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari; j) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja; z) litsenziya toʻlovining yillik davriy yigʻimini toʻlash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
8. | Arizani koʻrib chiqish muddatlari: | 15 ish kuni |
9. | Litsenziya talablari va shartlari: | I. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari: a) litsenziat faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuritish; b) litsenziat doimiy ravishda Regulatorga faoliyati, jumladan, savdo hajmlari, energiya manbalari va narxlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etish; v) litsenziat elektr energiyasi bozori operatoriga faoliyati yuzasidan maʼlumotlar taqdim etish. II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:
a) huquqlari: qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini kelishilgan narx asosida sotib olish; elektr energiyasi savdosi faoliyatini elektr energiyasi bozori operatorining savdo platformasida amalga oshirish; xalqaro shartnomalar asosida elektr energiyasi import va eksportini (faoliyatning kichik turlariga qarab) amalga oshirish; litsenziat elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar, taʼminotchilar, yirik isteʼmolchilar, uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlariga kelishilgan narxlarda sotish; b) majburiyatlari: elektr energiyasi savdosi boʻyicha tuzilgan shartnomalar majburiyatlarini toʻliq bajarish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq uzatish va taqsimlash tizimlari infratuzilmasidan foydalanganligi uchun toʻlovlarni amalga oshirish; Regulatorga faoliyati yuzasidan maʼlumotlarni, shu jumladan, savdo operatsiyalari, import va eksport hajmlari (faoliyatning kichik turlariga qarab) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish; elektr energiyasi bozori operatori va tizim operatorlarining yagona elektr energetikasi tizimi xavfsizligi bilan bogʻliq koʻrsatmalariga rioya qilish; elektr energiyasi savdosi boʻyicha tuzilgan shartnomalarning shartlarini bajara olmaslik bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy zararlar yoki xavflarni qoplash uchun moliyaviy kafolatlar va sugʻurta polislari mavjudligini taʼminlash.
Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish; xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
tizim ishonchliligini taʼminlash maqsadida elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozorlarida isteʼmol va yetkazib berish hajmlarini muvozanatlash mexanizmlariga rioya qilgan holda, elektr energiyasini sotib olish va sotish; elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozorlaridagi isteʼmol va yetkazib berish muvozanatiga taʼsir koʻrsatgan holda, elektr energiyasi zaxira quvvatlaridan foydalanish boʻyicha shartnomalar tuzish.
elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozorlaridagi ulushi yoki mavqeyidan kelib chiqqan holda, narxlarni manipulyatsiya qilish, asossiz va sunʼiy oshirish, tanqislik va ajiotaj talabni yuzaga keltirish hamda raqobatni cheklashni taqiqlash.
Regulator soʻrovnomasi orqali soʻralgan axborot va hisobotlarni soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish; har yili elektr energiyasi savdosi faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish; litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabardor qilish; moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlatish va Regulatorga taqdim etish; Regulator tomonidan eʼlon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy maʼlumotlarni taqdim etish. |
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi; v) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi. |
11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega boʻlgan shaxs | 1. Elektron raqamli imzodan foydalangan holda (jismoniy shaxslar Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) yoki Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi. 2. Faoliyatning litsenziyalanadigan turini (kichik turini) tanlab, elektron shaklda, pasportning 5-bandida keltirilgan maʼlumotlarni (hujjatlarni) ilova qilgan holda ariza beradi. 3. Arizani koʻrib chiqish uchun pasportning 6-bandida belgilangan miqdorda yigʻimni toʻlaydi. | Oʻz xohishiga koʻra | |||
2-bosqich | “Litsenziya” AT, YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi | Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar avtomatik tarzda Regulatorga hamda pasportning 10-bandida belgilangan litsenziya berishda kelishiladigan organlarga ham yuboriladi. | Yigʻim toʻlangandan soʻng real vaqt rejimida | |||
3-bosqich | Regulator | Arizani koʻrib chiqadi, zaruratga koʻra obyektlarni joyiga chiqib oʻrganadi, boshqa davlat organlaridan mavjud maʼlumotlarni mustaqil ravishda oladi. | Ariza kelib tushgandan soʻng oʻn besh ish kunida | |||
Kelishiladigan organ | Kelishiladigan organ tegishli kelishuvni yoki xulosani Regulatorga taqdim etadi (Kelishiladigan organlar belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etmasa, ariza ushbu organlar bilan kelishilgan, xulosalar esa ijobiy berilgan hisoblanadi). | Ariza kelib tushgandan soʻng oʻn ish kunida | ||||
4-bosqich | Regulator, Kelishiladigan organ, Talabgor | Obyektlarni joyiga chiqib oʻrganish natijasi boʻyicha dalolatnoma tuziladi va “Litsenziya” ATga kiritadi. | Ariza kelib tushgandan soʻng oʻn besh ish kunida | |||
5-bosqich | Regulator | Arizada yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, talabgorga tegishli xabarnoma yuboradi. Bunda arizani koʻrib chiqish muddati oʻn ish kunigacha toʻxtatib turadi. | Ariza kelib tushgandan soʻng oʻn besh ish kuni ichida | |||
Talabgor | Xabarnoma olingan kundan boshlab kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. | Xabarnoma olgandan soʻng oʻn ish kuni ichida | ||||
6-bosqich | Regulator | Talabgor oʻn ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirmasa, arizani rad etadi va bu haqda talabgorni shaxsiy kabinetiga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali xabardor qiladi. | Ariza kelib tushgandan soʻng yigirma besh ish kunida | |||
Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga davlat boji toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnomani yuboradi. | Ariza kelib tushgandan soʻng oʻn besh ish kunida | |||||
7-bosqich | Talabgor | Xabarnomada koʻrsatilgan davlat bojini toʻlaydi. | Besh ish kunida | |||
“Litsenziya” AT | QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziyani avtomatik ravishda shakllantiradi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. | Davlat boji toʻlanganidan soʻng real vaqt rejimida |
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Litsenziat | Litsenziyalangan faoliyat turi boʻyicha kelgusi yil yetkazib beriladigan elektr energiyasi/xizmatlari miqdori prognozini “Litsenziya” axborot tizimidagi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) shaxsiy kabineti orqali Regulatorga yuboradi. | Har yili 15-dekabr | |||
Litsenziat | Har yili 15-dekabr sanasidan keyin faoliyatni boshlagan litsenziat yillik prognozini “Litsenziya” AT orqali shaxsiy kabinetidan besh ish kuni ichida Regulatorga yuboradi. | Oʻz faoliyati boshlaganidan besh ish kunida | ||||
2-bosqich | Regulator | Regulator litsenziat tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan yillik davriy yigʻim miqdorini hisoblaydi va “Litsenziya” AT orqali litsenziatning shaxsiy kabinetiga tegishli hisob-fakturani yuboradi. | Oʻn besh ish kunida | |||
3-bosqich | Litsenziat | Litsenziat hisoblangan yillik davriy yigʻimi miqdorini Regulator hisobvaragʻiga oʻtkazadi. | Besh ish kunida |