Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat
kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3114, 2019-yil 4-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/18/3114/2423-son) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 1-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar” degan soʻzlar “Notariat, advokatura va mediatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Tanlov ularni oʻtkazish boʻyicha tegishli xulosa tasdiqlangan kundan boshlab bir haftadan soʻng, lekin oʻn besh kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Tanlov oʻtkaziladigan kun, vaqt va joy haqida u oʻtkaziladigan kundan kamida bir hafta oldin tanlov boʻyicha talabgorga uning arizasida koʻrsatilgan elektron pochta manzili orqali mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi xabarnoma yuboriladi.”.
3.
20-banddagi “besh kun oldin” degan soʻzlar “bir hafta oldin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.