Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining
“Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004-yil 10-martdagi 37, 2004-26, 20/1-son “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1334, 2004-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 14-son, 173-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-son “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1334-1, 2010-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 14-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 7-iyuldagi 62, 2015-25, 25-q/q-son “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1334-2, 2015-yil 14-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 28-son, 377-modda).