Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankini tashkil etish haqidagi
Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi boshlangʻich bosqichda bank tomonidan zarur resurs va moddiy baza shakllantirilishi uchun “Oʻzsavdogarbank”ka 2 yil muddatga 5 mlrd soʻm-kupon va respublika valyuta fondidan 200 ming AQSh dollari miqdorida foizsiz kredit ajratsin.
2. “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tijorat banklari joriy yilning 1-iyuligacha “Oʻzbeksavdo”, Oʻzbekbirlashuv va “Oʻzkooptayyorlovsavdo”ning korxonalari va tashkilotlarini, xizmat koʻrsatish uchun ustav fondining tegishli ulushlari va xodimlar bilan birga, “Oʻzsavdogarbank”ka bersinlar.
3. “Oʻzsavdogarbank” mazkur qarorning
1-bandiga muvofiq ajratilgan mablagʻlarning respublikamiz aholisining oziq-ovqat, xalq isteʼmol tovarlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, ichki bozorni tovarlarga toʻldirish bilan bogʻliq yuksak samarali chora-tadbirlarni kreditlashga va bankning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekbirlashuv “Oʻzsavdogarbank”ka xizmatda foydalanish uchun bitta GAZ—31 “Volga” va ikkita “Jiguli” avtomobilini sotsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Usmonov va Mapkaziy bank Boshqaruvi raisi F.Mullajonov zimmasiga yuklansin.