1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
SAVDO VA TIJORATGA KO‘MAKLAShUVChI “SAVDOGAR” AKSIONERLIK TIJORAT BANKINI TAShKIL ETISh HAQIDA
(Sarlavha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 23-yanvardagi PF-2805-son Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 41-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PF-3764-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Aholining tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ular bilan ichki bozorni to‘ldirish, shuningdek respublika savdo tarmog‘i faoliyatini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishni ta’minlash maqsadida:
1. Savdo va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat banki tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari respublikaning savdo tashkilotlariga xizmat ko‘rsatishdan, savdo tashkilotlari bilan xalq xo‘jalik boshqa tarmoqlari korxonalari o‘rtasidagi savdo-xarid operatsiyalari va hisob-kitoblarni mablag‘ bilan ta’minlashdan iborat deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Markaziy banki “O‘zbeksavdo” uyushmasi, “O‘zkooptayyorlovsavdo”, “O‘zbekbirlashuv” va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki savdo va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat bankining muassislari bo‘lishi taklif etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki savdo va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat bankini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etishda amaliy yordam bersin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari savdo va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat banki, shuningdek uning filiallari faoliyati uchun zarur shart-sharoitni yaratishda ko‘maklashsinlar.
(1 — 4 bandlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 23-yanvardagi PF-2805-son Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 41-modda)
5. Vazirlar Mahkamasi ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 18-mart,
PF-794-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 3-son, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 41-modda)