1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 17-sentabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2024-yil 21-dekabrda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda qonunchilikni tizimlashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlar ulushini oshirish, qabul qilinayotgan qonunlarning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga taʼsirini kuchaytirish, qonunchilikdagi korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek davlat mulkini xususiylashtirish orqali xususiy mulkchilikni kengaytirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga ayrim qonun hujjatlarida ularni amalga oshirishning muayyan mexanizmlari mavjud emasligi, shuningdek ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi natijasida normalar eskirganligi ularni qayta koʻrib chiqish va takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bundan tashqari sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida joylashgan obyektlarga boʻlgan mulk huquqini taʼminlash orqali ushbu zonalar hududiga investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishni taʼminlash zarurati yuzaga kelmoqda.
Bundan tashqari “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat zonalari va tadbirkorlik zonalari hududida joylashgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Ushbu Qonun qonun hujjatlaridagi ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlari bartaraf etilishiga, ulardagi normalarning amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirilishiga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda; 2010-yil, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 1, 4-modda; 2023-yil, № 2, 106-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
uchinchi xatboshisidagi “yoki yakka tartibda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkor” degan soʻzlar “yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “yoki yakka tartibda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkor” degan soʻzlar “yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “yoki yakka tartibda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkor” degan soʻzlar “yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“tovarni (ishni, xizmatni) erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli boʻlishini talab qilish;
tovarning (ishning, xizmatning) xavfsiz boʻlishini talab qilish;
hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni boʻlgan tovar (ish, xizmat), shuningdek ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) gʻayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, maʼnaviy zararning oʻrni toʻliq hajmda qoplanishini talab qilish”;
3) 6-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“normativ-huquqiy hujjatlarga yoki texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarish sanasi koʻrsatilishi kerak boʻlgan tovarning ishlab chiqarilgan sanasi”;
4) 13-moddaning beshinchi qismi “yoki tovar chekini” degan soʻzlardan keyin “yoxud sotib olinganlikni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni (dalillarni)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 26-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi“sudlarda daʼvo qoʻzgʻatadilar” degan soʻzlar “sudlarga daʼvo arizasi beradilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 27-moddaning ikkinchi qismi “shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar” degan soʻzlardan keyin “oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi 674-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 174-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 228-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
nomining oʻzbekcha matnidagi “Davlat hokimiyati mahalliy organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Davlat hokimiyati mahalliy organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Davlat hokimiyati mahalliy organlari” degan soʻzlar “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 15-modda uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “davlat hokimiyati mahalliy organlari” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 16-modda birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “davlat hokimiyati mahalliy organlarining” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi 811-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2009-yil, № 4, 135-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 6, 577-modda; 2024-yil, № 8, 826-modda) 41-moddasining uchinchi qismiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-avgustdagi OʻRQ-1162-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2026-y., 03/26/1162/0821-son)
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevralda qabul qilingan “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-604-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 2, 106-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda) 26-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 594-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 31-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar shaxs sogʻligʻining holatiga koʻra tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga borish imkoniga ega boʻlmasa va bu tibbiyot muassasasining xulosasi bilan tasdiqlansa, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza shaxsning xohishiga koʻra uning uyida yoki shaxs davolanishda boʻlgan statsionarda oʻtkaziladi”;
2) 34-modda beshinchi qismining birinchi xatboshisidagi “shuningdek ularga ortopedik protezlash xizmatlari koʻrsatishdan” degan soʻzlar “yoki ularga ortopedik protezlash xizmatlari koʻrsatishdan yoxud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevralda qabul qilingan “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-907-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 2, 107-modda) 1-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida joylashgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-yanvar,
OʻRQ-1021-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son; 06.08.2026-y., 03/26/1162/0821-son)