Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq
kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar “, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “3-soʻrovnomaning “taqiq” faylini “2” belgisi bilan” degan soʻzlar “soʻrovnomaning “taqiq” faylini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning
“a” kichik bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kommunal xizmatlari (elektr energiyasi, gaz taʼminoti) uchun toʻlovlari navbatdan tashqari tartibda ularning asosiy hisobvaragʻiga kelib tushgan jami tushumlar doirasida amalga oshiriladi.”;