toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.07.2021
O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirining
buyrug‘i
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV DAVLAT YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI XIZMATI TEXNIKA NAZORATI BO‘YIChA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 30-iyunda 1252-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 26-iyundagi 213-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi IIV davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-5, 07.07.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 221-37-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan, buyuraman:
1. “O‘zbekiston Respublikasi IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi Xizmati texnika nazorati bo‘yicha Yo‘riqnoma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi IIV Bosh boshqarma, boshqarma va mustaqil bo‘limlari, o‘quv yurtlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB va transport IIB boshliqlariga:
2.1. “O‘zbekiston Respublikasi IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi Xizmati texnika nazorati bo‘yicha yo‘riqnoma” Davlat yo‘l harakati xavfsizligi Xizmati shaxsiy tarkibi tomonidan o‘rganib chiqilishi va bajarilishi ta’minlansin.
2.2. Faoliyati yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lmagan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va o‘quv yurtlar tinglovchilari bilan mazkur Yo‘riqnomani o‘rganish tashkillashtirilsin.
(2.2-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 29-iyuldagi 209-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-4, 13.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1252-4/3545-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB boshlig‘i (S.A. Abdurasulov) ga:
3.1. Hududiy YHXB idoralari tomonidan texnika nazorati bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning sifati va mazkur Yo‘riqnoma talablariga muvofiqligi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilsin hamda joylarga amaliy yordam ko‘rsatib borilsin.
3.2. O‘rnatib qo‘yilsinki, davlat buyurtmasi asosida sotib olinayotgan namunalari mazkur Yo‘riqnoma bilan o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi standartlari talablariga mosligi qabul qilish sinovlaridan o‘tkazilmagan chet elda ishlab chiqarilgan transport vositalarini sotish uchun hisob-ma’lumotnomalari berilmaydi va foydalanishga qo‘yilmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1992-yil 25-dekabrdagi 474-sonli buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari militsiya polkovnigi A.T. Usmonovga yuklatilsin.
Vazir, ichki xizmat general-polkovnigi Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2003-yil 2-may,
137-son
O‘zbekiston Respublikasi IIVning
2003-yil 2-maydagi 137-sonli buyrug‘i bilan
“TASDIQLANGAN”
O‘zbekiston Respublikasi IIV davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma texnika nazoratini tartibga solish va uning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi Xizmati (keyingi o‘rinlarda — DYHXX)ning barcha bo‘linmalarida texnika nazorati bo‘yicha vazifalar doirasini va ularni bajarish tartibini o‘rnatadi, korxona, muassasa, tashkilot va alohida fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi.
1. Umumiy qoidalar
1. DYHXX texnika nazorati bo‘yicha asosiy vazifasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtotransport vositalaridan samarali foydalanishni amalga oshirish hisoblanadi.
2. DYHXX bo‘linmalari texnika nazorati bo‘yicha o‘z vazifalarini O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
3. DYHXX texnika nazorati bo‘yicha mas’ul shaxslarining faoliyati qonunchilikka asoslanadi. Ular o‘z vazifalarini bajarishda qonun hujjatlariga, shu jumladan mazkur Yo‘riqnoma, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyruq va ko‘rsatmalariga rioya etadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 26-iyundagi 79-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-1, 28.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 350-modda)
4. DYHXX bo‘linmalari texnika nazorati bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarishda ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Transport vazirligi, davlat idoralari hamda faoliyati yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
5. DYHXX texnika nazorati bo‘yicha mas’ul shaxslari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmasliklari yoki o‘zlariga berilgan huquqlarni suiiste’mol qilganliklari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
DYHXXning har bir xodimi ishda yuqori madaniyat namoyon etishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalalik va hurmatni saqlashi, yo‘l harakati ishtirokchilariga nisbatan e’tiborli va ziyrak bo‘lishi shart.
2. DYHXXning texnika nazorati bo‘yicha vazifalari
6. O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda IIV YHXBB) texnika nazorati bo‘yicha boshqaruv funksiyasini, nazorat qilishni va boshqa vazifalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi IIVning boshqa me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
8. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (bo‘lim)larining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘lim (bo‘linmasi, guruh)lari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
a) transport vositalarining konstruksiyalarini, shu jumladan tayyorlash va qayta jihozlash uchun loyiha hujjatlari talab etilmaydigan transport vositalarining konstruksiyalari yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligini nazorat qiladi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq transport vositalarining majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazadi;
(8-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
v) yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qoida, me’yor va standartlarning bajarilishini nazorat qiladi;
g) transport vositalarining texnik holatini harakat xavfsizligini ta’minlashga tegishli qismi bo‘yicha hamda atrof-muhitni ularning zararli ta’siridan himoya qilish talablarining bajarilishini nazorat qiladi va transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, ularda radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni o‘rnatishga ruxsatnomalar mavjudligini tekshiradi;
d) transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini tekshiradi.
9. DYHXX diagnostika stansiyalari (keyingi o‘rinlarda “Diagnostika stansiyalari”) texnika nazorati bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazadi;
b) mazkur Yo‘riqnomaning 8-bandi “g”) bandchasida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha transport vositalarining texnik holatini tekshiradi;
v) tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar yo‘llanmasi bo‘yicha yo‘l-transport hodisalarida ishtirok etgan transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazadi va texnik holatini tekshiradi.
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017-yil 22-dekabrdagi 282-sonli (ro‘yxat raqami 1252-2, 10.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/1252-2/0543-son)
3. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga taalluqli va atrof muhitni transport vositalarining zararli ta’siridan muhofaza qilish bo‘yicha qoida, me’yor va standartlarni ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq IIV YHXBB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha qoida, me’yor va standartlarni ishlab chiqadi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan ishlab chiqilayotgan shu sohaga oid me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi, ular bo‘yicha xulosalar tayyorlaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
11. Qoida, me’yor va standartlarni ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
12. Standartlarni ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasining OzDSt 1.1-92, OzDSt 1.2-92, OzDSt 1.3-92, OzDSt 1.9-95 davlat standartlari talablari asosida amalga oshiriladi.
13. IIV YHXBB tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar tarkibiga (bunday holatlarda YHXBB bosh tashkilot hisoblanadi) quyidagilarni belgilovchi qoida, me’yor va standartlar kiradi:
avtotransport vositalari konstruksiyasining yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir qiluvchi tarkibiy qismlari va qo‘shimcha jihozlar ko‘rsatkichlari (1–ilova);
yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha transport vositalarining texnik holatiga qo‘yiladigan talablar;
yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tezkor xizmatlar transport vositalariga qo‘yiladigan talablar;
yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha transport vositalari va qo‘shimcha jihozlarning konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar;
korxona, muassasa, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarida transport vositalarini soz holatda saqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlarda qatnashish tartibi;
DYHXX texnika nazorati bo‘yicha ish hisobi va hisobotlarni topshirish tartibi.
14. IIV YHXBB vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan ishlab chiqiladigan quyidagi hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etishi mumkin:
transport vositalari, ularning konstruksiyasi tarkibiy qismlari va qo‘shimcha jihozlariga yo‘l harakati xavfsizligi talablari;
transport vositalari namunalari va qo‘shimcha jihozlarining xavfsizlik talablariga mosligini qabul qilish sinov usullari;
transport vositalaridan texnik foydalanish me’yorlari;
transport vositalarining diagnostika uskunalari, nazorat-o‘lchov asboblariga qo‘yiladigan texnik talablar va ulardan transport vositalarining texnik holatini tekshirishda foydalanish usullari;
transport vositalaridan chiqadigan gazlarning tutunlilik va zaharlilik miqdorining, shuningdek, transport vositalari tomonidan hosil qilinadigan tashqi va ichki shovqinlarning me’yorlari;
tezkor xizmatlar transport vositalaridagi maxsus chiroq va ovozli signallarga yo‘l harakati xavfsizligi talablari.
4. Transport vositalari konstruksiyalari va qo‘shimcha uskunalarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga taalluqli va atrof muhitni transport vositalarining zararli ta’siridan muhofaza qilish bo‘yicha standart talablariga mosligini tekshirish
15. Avtotransport vositalari, tramvay, trolleybuslarga, ularning konstruksiyasi tarkibiy qismlariga va qo‘shimcha uskunalariga yo‘l harakati xavfsizligi talablari hamda atrof muhitni transport vositalarining zararli ta’siridan muhofaza qilish talablarini belgilaydigan standartlarga quyidagilar kiradi:
davlat standartlari;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 26-iyundagi 79-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-1, 28.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 350-modda)
transport vositalari, ularning butlovchi qismlari va qo‘shimcha uskunalarining (maxsus bolalar o‘rindig‘i, mototransport vositalari uchun shlemlar, bosh suyanchig‘i va shunga o‘xshash mahsulotlar) tashkilot standartlari.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 26-iyundagi 79-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-1, 28.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 350-modda)
16. O‘zbekiston Respublikasi umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llarida foydalanish uchun mo‘ljallangan transport vositalari hamda xorijda ishlab chiqarilib foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan transport vositalari konstruksiyalari va qo‘shimcha uskunalari standartlashtirishga doir normativ hujjatlar mosligi DYHXX tomonidan nazorat qilinadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 26-iyundagi 79-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-1, 28.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 350-modda)
17. Transport vositalari konstruksiyalari va qo‘shimcha uskunalari ishlab chiqarishning quyidagi bosqichlarida xulosalar beriladi:
a) mamlakatimizda ishlab chiqiladigan avtotransport vositalari uchun texnik topshiriq (TT), texnik loyiha (TL), texnik shartlarni (TSh) kelishuv, namunalar sinovi va ularni ishlab chiqarish uchun qabul qilish bosqichida;
b) xorijda ishlab chiqilgan umumiy foydalanishdagi avtomototransport vositalari, trolleybus va tramvaylar uchun namunalar sinovi bosqichida;
v) mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qo‘shimcha uskunalarga texnik shartlarni kelishish va xorijda ishlab chiqarilgan qo‘shimcha uskunalardan esa O‘zbekiston Respublikasi hududidagi transport vositalarida foydalanish masalasini hal etish bosqichida.
Yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlar mamlakatimizda yangi transport vositalarini ishlab chiqish va qayta jihozlash ishlari gabarit va og‘irlik o‘lchamlarining o‘zgarishi, tormoz tizimi, o‘rindiqlar soni, ko‘rish burchagini o‘rnatish, chiroq va yoritish rangi jihozlarining tavsifi, yorug‘lik ishoralari, rul boshqaruvi, yurish qurilmalari, shuningdek, ko‘rishni ta’minlovchi konstruksiyaning tarkibiy qismlari, ko‘rinishni oshirish, passiv va falokatdan so‘nggi havfsizlikni ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan holatlarida amalga oshiriladi.
18. IIV YHXBB hududiy YHXBlarini zarur hollarda transport vositalari konstruksiyalarni ko‘rib chiqishga jalb etishi mumkin.
19. IIV YHXBB ayrim holatlarda namunalar sinovida ishtirok etish va ularni ishlab chiqarishga qabul qilish bo‘yicha hududiy YHXB ish faoliyatini belgilaydi.
20. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (bo‘lim)larining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘lim (bo‘linmasi, guruh)lari quyidagi o‘rganishlarni amalga oshiradi:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
ishlab chiqarish va qayta jihozlash ishlari loyiha hujjatlarisiz amalga oshiriladigan avtomototransport vositalari konstruksiyalarini (2-ilova);
avtomobilsozlik sanoatiga tegishli bo‘lmagan korxonalarda ishlab chiqilayotgan avtotransport vositasining yoki uning biror qismining konstruksiyasi yo‘l harakati xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi guvohnoma mavjudligini.
21. IIV YHXBB xodimlari nazoratni amalga oshirayotganda standartlarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga taalluqli qismi talablariga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanmaslik va qo‘shimcha uskunalarni ishlatmaslik choralarini ko‘rishlari shart.
Standartlar talablari buzilgan holda loyiha hujjatlarisiz yoki loyiha hujjatlari IIV YHXBB bilan kelishilmagan holda tayyorlangan yoki qayta jihozlangan transport vositalaridan foydalanish va qo‘shimcha uskunalarni ishlatishga ruxsat etilmaydi (2-ilovada ko‘rsatilgan oddiy qayta jihozlashlar bundan mustasno).
Standartlar talablari buzilib, transport vositalari va qo‘shimcha uskunalarni tayyorlash, qayta jihozlash holatlari haqida IIV YHXBB zarurat bo‘lganda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligining tegishli idoralariga mahsulotlarni talab darajasiga keltirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yoki nostandart mahsulotlarni ishlab chiqarishni taqiqlash haqida ma’lumot yuboradi.
Ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatiladi:
ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va manzili;
ishlab chiqarilayotgan transport vositasining turi va rusumi yoki qo‘shimcha uskunaning nomi va rusumi;
konstruksiyada talablari hisobga olinmagan standartlar ro‘yxati.
22. Texnik topshiriqni ko‘rib chiqish va xulosa berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) texnik topshiriq yuzasidan xulosa berishda, unga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga bog‘liq quyidagi ma’lumotlar kiritilganligi tekshiriladi:
mahsulotdan foydalanish haqidagi qisqacha tavsif;
transport vositalari uchun mo‘ljallangan yo‘l sharoiti va foydalanish tartibi;
tezligi, quvvati, solishtirma quvvati;
og‘irlik o‘lchamlari (yuk bilan vazni, to‘liq vazni, yuk ko‘tarish qobiliyati, yo‘lovchilar soni, tirkamaning to‘liq vazni, o‘qlar bo‘yicha to‘la vaznning taqsimlanishi);
yo‘l sathi bilan oraliq masofa, burilish radiusi;
g‘ildiraklar soni, shinalar o‘lchami va tavsifi;
tormoz konstruksiyasi;
standart talablaridan past bo‘lmagan yo‘l harakati xavfsizligining boshqa talablari.
b) texnik topshiriq loyihalarini ko‘rib chiqish, u tushgan kunidan boshlab 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddat ichida amalga oshiriladi;
(22-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
v) texnik topshiriq loyihalari bo‘yicha ikki nusxada yozma xulosa tuziladi.
Texnik topshiriq loyihasi bo‘yicha kamchiliklar bo‘lmasa tuzilgan xulosada: “Texnik topshiriq loyihasi bo‘yicha e’tirozlar yo‘q” deb ko‘rsatiladi. Agarda loyihada standartlar talablari hisobga olinmagan bo‘lsa yoki transport vositasi konstruksiyasi haqidagi ma’lumot to‘liq bo‘lmasa, xulosada: loyihadagi kamchiliklar qaysi standart va me’yorlarning talablariga mos kelmasligi asoslantirilib, ko‘rsatib o‘tiladi.
Xulosaning bir nusxasi texnik topshiriq loyihasini ishlab chiqqan korxonaga jo‘natiladi, ikkinchi nusxasi nazorat qilish uchun loyiha bilan birgalikda IIV YHXBBda qoldiriladi.
Agar texnik topshiriqni ko‘rib chiqish bo‘yicha asoslangan kamchiliklar bartaraf etilmaganda ishlab chiqaruvchi korxonaga bajarilishi shart bo‘lgan transport vositalari konstruksiyalarida standart talablariga rioya qilish to‘g‘risida ko‘rsatma (3-ilova) yuboriladi.
g) texnik topshiriq loyihalari yuzasidan ijobiy xulosa berilsa, loyiha muqovasiga kelishuv haqidagi yozuvni kiritish bilan rasmiylashtiriladi (4-ilova).
23. Texnik loyihani ko‘rib chiqish va xulosa berish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) texnik loyihani ekspertiza qilishda texnik topshiriqda ko‘rsatilgan kamchiliklarning bartaraf etilganligi va uning tasdiqlanganligi, texnik topshiriqda ko‘rsatilgan standartlar talablarining to‘liq tatbiq etilganligi ko‘rib chiqiladi.
Texnik loyihaga transport vositasi umumiy ko‘rinishi va konstruksiyasining yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tarkibiy qismlari chizmasi, shuningdek, texnik topshiriq bo‘yicha bajarilmagan talablar, ularning bajarilmaslik sabablari asoslangan tushuntirish yozuvlari kiritiladi.
b) texnik loyihani ko‘rib chiqish va kamchiliklarning bartaraf etilishini nazorat qilish mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandi “b)” – “g)” bandchalarida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi;
v) IIV YHXBB avtomobilsozlik tarmog‘iga aloqasi bo‘lmagan ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan taqdim etilgan texnik topshiriq bilan bir qatorda namunalarni sinovidan o‘tkazish uslublar dasturini ham ko‘rib chiqadi. Agar mahsulotlarda ommaviy (seriyali) ishlab chiqariladigan transport vositalarining tarkibiy qismlari qo‘llanilgan bo‘lsa, sinovdan o‘tkazish uslublar dasturida faqat o‘zgargan ko‘rsatkichlarni tekshirishdan o‘tkazish nazarda tutiladi.
Sinovdan o‘tkazish uslublar dasturini ko‘rib chiqish, texnik topshiriqni ko‘rib chiqish uchun o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
24. Transport vositalarini ishlab chiqarish uchun namunalarni sinovdan o‘tkazish va qabul qilish bosqichida ko‘rib chiqish hamda xulosa berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) qabul qilish sinovlari mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona, muassasa, tashkilot, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining buyrug‘i bilan tayinlangan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Sinovni o‘tkazish joyi komissiya tomonidan belgilanadi.
Komissiya tarkibiga, ushbu mahsulot loyiha hujjatlariga xulosalar berish bosqichlarida qatnashgan IIV YHXBB xodimlari kiritiladi.
b) IIV YHXBB xodimlari komissiyadagi ishini transport vositalari namunasi va hujjatlarini o‘rganishdan boshlaydi. Ular quyidagilarni aniqlashi lozim:
sinovga yetarli miqdordagi namunalar qo‘yilayotganligini;
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan o‘tkazilgan dastlabki sinov natijalarini;
texnik topshiriq va texnik loyiha o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligini.
Komissiya e’tiboriga dastlabki sinov natijalari texnik hisobotlari, sinovdan o‘tkazish uslublar dasturi loyihasi va boshqa zaruriy hujjatlar taqdim etiladi.
Yuqorida keltirilgan shartlarning birortasi bajarilmasa IIV YHXBB xodimi tomonidan qabul sinovlari boshlanishi boshqa muddatga ko‘chirilishi to‘g‘risida taklif beriladi.
v) qabul qilish sinovidan o‘tkazish uslublar dasturida namunalar standartlarning barcha talablariga muvofiqligini tekshirish nazarda tutiladi;
g) dastlabki sinovlardagi ijobiy natijalar qabul qilish sinovlarining natijalari ham deb qabul qilinishi mumkin;
d) IIV YHXBB xodimlari namunalarning standartlar talablariga mosligini tekshirishni sinovlarda bevosita ishtirok etish yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari va mahsulotni ishlab chiqqan korxonalar konstruktorlik bo‘limlarining texnik hisobotlarini ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiradi;
e) qabul komissiyasi tomonidan sinov natijalari bo‘yicha bayonnoma va qabul qilish dalolatnomasi tuziladi. Agar namuna sinovdan o‘tmagan bo‘lsa, dalolatnoma imzolangunga qadar konstruksiyaga ishlov berish haqidagi takliflar yoziladi. Konstruksiyaning qayta ishlangan tarkibiy qismlari takroriy sinovdan o‘tkaziladi.
Sinovdan o‘tmagan namunalarni ishlab chiqarishga taklif etish haqidagi dalolatnoma IIV YHXBB xodimlari tomonidan imzolanmaydi. Bunday holatlarda ishlab chiqaruvchi korxonaga ko‘rsatma yuboriladi (3-ilova).
25. Texnik shartlarini ko‘rib chiqish va xulosa berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) transport vositalari texnik shartlarining loyihalarini ko‘rib chiqish uchun faqat qabul qilish sinovlari hujjatlari bilan qabul qilinadi;
b) texnik shartlar loyihalarini ekspertiza qilishda, ularda transport vositalarining konstruksiyalari standartlar talablariga mosligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ko‘rsatilganligi aniqlanadi;
v) texnik shartlar loyihalarini ko‘rib chiqish, ular kelib tushgan kundan boshlab 15 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
(22-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Texnik shartlar loyihalarini ko‘rib chiqish mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Texnik shartlar o‘zgarganligi haqidagi xabar texnik topshiriqlar uchun o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
g) texnik shartlar loyihalari kelishilganda, ishlab chiquvchi korxonaga avtotransport vositasining yoki uning biror qismining konstruksiyasi yo‘l harakati xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi guvohnoma (5-ilova) beriladi va u ushbu transport vositasini foydalanishga va hududiy YHXBda qayta ro‘yxatga olishga asos bo‘ladi.
26. Loyiha hujjatlari ishlab chiqilmasdan tayyorlash yoki qayta jihozlash amalga oshirilgan transport vositalarining konstruksiyalari ustidan nazorat qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) loyiha hujjatlari ishlab chiqilmasdan tayyorlash yoki qayta jihozlash amalga oshirilgan transport vositalariga quyidagilar kiradi:
shaxsiy foydalanish uchun yakka tartibda tayyorlangan yengil avtomobillar, yengil avtomobil tirkamalari, mototsikl va motorollyerlarning yon tirkama aravachalari;
oddiy turda qayta jihozlangan transport vositalari (2-ilova);
b) yakka tartibda tayyorlangan yengil avtomobillar konstruksiyalari texnik talablarga (6-ilova) mosligi tekshiriladi.
Avtomobil o‘rnatilgan talablarga mos kelganda IIV YHXBB tomonidan erkin shakldagi dalolatnoma beriladi, ushbu dalolatnoma transport vositasidan foydalanishga va hududiy YHXBga ro‘yxatga olishga asos bo‘ladi.
Yengil avtomobil tirkamalari, mototsikl va motorollyerlar yon tirkama aravachalari konstruksiyalarining tegishli texnik talablarga mosligi IIV YHXBB texnika nazorati xodimlari tomonidan tekshiriladi.
Ko‘rsatilgan transport vositalari o‘rnatilgan talablarga mos kelganda, ulardan foydalanish bo‘yicha xulosa beriladi.
v) oddiy turdagi qayta jihozlashga kiradigan avtotransport vositalarining ustidan nazoratni amalga oshirishda, ularning konstruksiyalari yo‘l harakati xavfsizligi talablariga mosligi tekshiriladi (2-ilova). Ushbu transport vositalari belgilangan talablarga javob bergan taqdirda DYXXX tomonidan belgilangan tartibda transport vositasidan foydalanishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida ijobiy xulosa beriladi.
27. Murakkab bo‘lgan qayta jihozlash va konstruksiyasiga o‘zgarish kiritish (boshqa rusumdagi dvigatel o‘rnatish, yo‘lovchi tashuvchi va maxsus avtomobillarni qayta jihozlash va boshqa shu kabi) masalalari IIV YHXBB texnika nazorati bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqiladi va bunday qayta jihozlangan, konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritilgan transport vositalarining texnik holati bo‘yicha xulosalar beriladi.
28. Xorijda ishlab chiqarilgan va sotib olinayotgan transport vositalari konstruksiyalarining O‘zbekiston Respublikasi qoida, me’yor va standartlariga mosligini ko‘rib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini buyurtmalar asosida sotib olish maqsadida mazkur avtotransport vositalarini qabul sinovlaridan o‘tkazish va standartlarga mosligini tekshirish uchun komissiyalar tuzilganda IIV YHXBB xodimlari mazkur komissiyalar tarkibida va uning faoliyatida qatnashadi;
b) o‘tkazilgan tekshirish va qabul qilish sinovlari natijalari yuzasidan DYHXX xulosa beradi.
Komissiya tomonidan imzolangan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan dalolatnoma nusxalari esa ushbu avtotransport vositasini sotib oluvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralariga hamda IIV YHXBBga taqdim qilinadi.
v) sinovlar natijalari ijobiy bo‘lganda, IIV YHXBB hududiy YHXBlariga ushbu transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi qoida, me’yor va standartlariga mosligi to‘g‘risida ma’lumot yuboradi;
g) xorijdan yakka tartibda keltirilgan avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi qoida, me’yor va standartlariga mosligi DYHXX xodimlari tomonidan ro‘yxatga olish vaqtida tekshiriladi.
29. Qo‘shimcha uskunalar konstruksiyalarini ko‘rib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) IIV YHXBB qo‘shimcha uskunalar konstruksiyalarini, ularning yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sirini, standartlar yoki boshqa me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga mosligini ko‘rib chiqadi;
b) Yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shimcha uskunalar namunalarining sinovlari ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ushbu mahsulot uchun standartlarda yoki me’yoriy hujjatlarda belgilangan uslublar bo‘yicha o‘tkaziladi.
IIV YHXBB texnika nazorati xodimlari namunalarning xavfsizlik talablariga mosligini tekshirishni bevosita sinovlarda ishtirok etish yoki ishlab chiqaruvchi korxonaning texnik hisobotlarini ko‘rib chiqish orqali amalga oshiradi.
Sinovlar ijobiy natija bilan tugaganda, IIV YHXBB tomonidan yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qoida, me’yor va standartlar talablariga mosligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bob O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bob O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
7. DYHXX diagnostika stansiyalari
53. Diagnostika stansiyalari transport vositalarining texnik holatini majburiy texnik ko‘rik va ko‘rik oralig‘i davrida agregatlari, qismlari va tizimlarining ishlashini diagnostika qilish metodi bilan tekshirishga mo‘ljallangan.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi va tergovchining qarori bo‘yicha yo‘l transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalarining texnik holati diagnostika stansiyalarida tekshiriladi.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017-yil 22-dekabrdagi 282-sonli (ro‘yxat raqami 1252-2, 10.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/1252-2/0543-son)
54. Diagnostika stansiyalarida transport vositalarining texnik holatini tekshirish ish kunlari va dam olish kunlarining birida o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda ish ikki smenada tashkil etilishi mumkin.
55. Transport vositalarining tekshiruvga diagnostika texnologiyasi, diagnostika uskunalarining tuzilishi va ishlash tamoyillarini hamda nazorat-o‘lchov asboblarining, texnik holatni diagnostika vositalari yordamida diagnostika qilish usullari, mehnat muhofazasi talablarini o‘rgangan va o‘rnatilgan tartibda mazkur fanlardan sinov topshirgan xodimlar qo‘yiladi.
56. Diagnostika stansiyalari o‘z ishini hududiy YHXB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan chorak rejalari asosida amalga oshiradi.
Rejalarga transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish jadvallari hamda ularning texnik holatini tekshirishlar va quyidagi tadbirlar kiritiladi:
transport vositalarining texnik holatining nazoratini tashkillashtirish shakllarini takomillashtirish;
diagnostika texnologiyasi va usullarini takomillashtirish;
zamonaviy diagnostika vositalarini tatbiq qilish;
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligining tegishli idoralari tomonidan diagnostika uskunalari va nazorat-o‘lchov asboblarini tekshirish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish.
Rejaga stansiya ishini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar ham kiritilishi mumkin.
57. Transport vositalarining texnik holatini tekshirish va majburiy texnik ko‘rik o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqish hamda natijalarini rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
58. Diagnostika stansiyalarida fuqarolarga va yuridik shaxslarga tegishli avtomobillar tekshiriladi.
59. Har bir diagnostika postida transport vositalarining texnik holatini tekshirish shu postda amalga oshiriladigan ishlar kartasiga (8-ilova) asosan amalga oshiriladi.
Yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalarining texnik holatini tekshirish tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, tergovchi yoki surishtiruvchi va ular tomonidan taklif etilgan xolislar ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda transport vositasining texnik holati o‘zgarishiga ta’sir qiladigan qismlarga ajratish yoki boshqa ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
(59-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017-yil 22-dekabrdagi 282-sonli (ro‘yxat raqami 1252-2, 10.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/1252-2/0543-son)
60. Diagnostika stansiyasiga kelgan har bir transport vositasi uchun davlat avtomobil inspektori diagnostika kartasini (9-ilova) to‘ldiradi va unda diagnostika operatorlari tomonidan texnik holatni tekshirish natijalari qayd etiladi.
Yo‘l-transport hodisalarida ishtirok etgan transport vositalarining texnik holati diagnostika kartadan tashqari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, tergovchi yoki surishtiruvchi tomonidan transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish bayonnomasida qayd etiladi va tekshiruv o‘tkazgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(60-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017-yil 22-dekabrdagi 282-sonli (ro‘yxat raqami 1252-2, 10.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/1252-2/0543-son)
Agar tekshiruv natijalari maxsus tasma yoki kartaga qayd etilgan bo‘lsa, ular bayonnomaga ilova etiladi.
61. Majburiy texnik ko‘riklar oralig‘idagi davrda transport vositalarining texnik holatini tekshirilganda transport vositalaridan foydalanishni taqiqlashga asos bo‘ladigan texnik nosozlik aniqlangan holatda, ular kimga tegishliligidan qat’i nazar, natijasi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Nosoz transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash va uni saqlash yoki ta’mirlash joyigacha borish tartibi haqidagi qarorni davlat avtomobil inspektori qabul qiladi, shu bilan birga qayta tekshirish sanasi va vaqtini belgilaydi, ikki nusxada transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasini tuzadi va unda harakat sharoiti, tartibi haqidagi yozuvni qayd etadi.
Dalolatnoma nusxasi xo‘jalik yurituvchi subyekt vakili yoki shaxsiy transport vositasi egasiga imzo bilan topshiriladi.
62. Rasmiylashtirilgan diagnostika kartalari diagnostika stansiyasi kartotekasida ikki yil davomida saqlanadi va ishlar hisobotini yuritishda hamda transport vositalarining texnik holatini tahlil qilishda foydalaniladi.
63. Diagnostika uskunalari va nazorat-o‘lchov asboblarini saqlash va ulardan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) diagnostika stansiyasining har bir asbob-uskunasi va ularning saqlanishi, butligi, sozligi va ulardan foydalanish uchun mas’ul hisoblangan aniq bir xodimga biriktiriladi;
b) asbob va uskunalarni soz saqlash bosh mexanik guruhining vazifasi hisoblanadi va u shu maqsadda quyidagilarni amalga oshiradi:
asbob-uskunalar soni, ishlatilishi, ta’miri, berilishi va hisobdan chiqarilishini qayd etish jurnalini yuritadi (10-ilova);
stansiya xodimlariga asbob-uskunalarning saqlash va foydalanish qoidalarini o‘rgatadi;
asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yillik jadvalini ishlab chiqadi (11-ilova);
ulardan foydalanish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha nazoratni yuritadi;
ish rejasiga asosan asbob-uskunalarni tekshirish uchun O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligining tegishli idoralariga taqdim etadi.
64. Bosh mexanik guruhi o‘z ishini diagnostika stansiyasining chorak ish rejasiga asosan bajaradi:
a) asbob-uskunalarning yuqori texnik tayyorgarligini ta’minlash uchun diagnostika stansiyasida amalga oshiriladigan asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatish, joriy va kapital ta’mirlash ishlarining rejali tizimi tashkil etiladi.
Zarur hollarda ushbu ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish ishlari boshqa korxona yoki tashkilotda amalga oshirilishi mumkin.
Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun to‘lovlar shartnoma asosida amalga oshiriladi;
b) diagnostika stansiyalariga yangi asbob-uskunalarni joriy etish O‘zbekiston Respublikasi IIV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlari tomonidan tasdiqlangan yangi texnikani sotib olish va ishga kiritish rejasiga asosan amalga oshiriladi;
v) tuzatish yoki ta’mirlashdan chiqqan asbob-uskunani foydalanishga kiritish dalolatnoma (12-ilova) bilan rasmiylashtiriladi.
Asbob-uskuna va jihozlarni hisobdan chiqarish qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-9-boblar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
O‘zbekiston Respublikasi IIV
DYHXX texnika nazorati
bo‘yicha Yo‘riqnomaga
1-ILOVA
Avtotransport vositalari konstruksiyasining yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir qiluvchi tarkibiy qismlari va qo‘shimcha jihozlarining tuzilishi hamda xavfsizlikning asosiy omil va ko‘rsatkichlari

Avtotransport vositalari konstruksiyasining yo‘l
‎harakati xavfsizligiga
ta’sir qiluvchi tarkibiy
‎qismlari va qo‘shimcha
‎ jihozlari‎

Xavfsizlikning asosiy omil va ko‘rsatkichlari‎

I. Faol (aktiv) xavfsizlik.‎

Avtotransport vositalari konstruksiyasining tarkibiy qismlari va qo‘shimcha jihozlarining yo‘l-transport hodisalarini bartaraf etishga ‎mo‘ljallangan omil va ko‘rsatkichlari yig‘indisi. ‎

1. Avtotransport vositasi yaxlit holatda.‎

Standart bo‘yicha gabarit o‘lchamlar, to‘la vazn va uning o‘qlar bo‘yicha taqsimlanishi. Tashqi ‎g‘ildirak izi bo‘ylab minimal burilish radiusi, ‎burilish radiusining minimal gabarit o‘lchami, ‎aylanada belgilangan minimal radius bo‘yicha ‎ harakatlanishda harakat yo‘lagining gabarit eni, ‎yo‘lning harakat qismida harakatga xalaqit bermasdan ‎burilish va qayrilib olishni ta’minlashi. ‎

2. Dvigatel.‎

Yuqori va quyi uzatmalarda maksimal tezlikni, ‎ tezlanishni, maksimal ko‘tarilishni (shatakka ‎olish sharoitda) ta’minlaydigan nisbiy quvvat ‎ va dvigatel quvvati.‎

3. Rul boshqaruvi.‎

Rul boshqaruvining kinematik uzatish nisbati ‎boshqariladigan g‘ildiraklarning burilish burchagi ‎nol bo‘lgan paytidagi eng katta konstruktiv lyuft ‎(eyilish), avtotransport vositalarini yengil ‎ boshqarishni va belgilangan sharoitda belgilangan ‎yo‘nalishdan chiqmasdan harakatlanishni, haydovchining ‎me’yordan ortiq toliqmaslikni ta’minlovchi, rul
‎g‘ildiragiga qo‘yiladigan eng katta kuch. ‎

4. Tormoz tizimlari. Ishchi, zaxira (avariynaya), to‘xtab turish uchun mo‘ljallangan.
‎‎
‎Ishchi tormoz tizimi ishlamay qolganligi haqida signal beruvchi qurilma.‎

Tormozlanishning samaradorligi, mavjudligi, ‎tormoz kuchlarining o‘qlar bo‘yicha va bir o‘qdagi ‎ g‘ildiraklar bo‘yicha taqsimlanishi. To‘liq og‘irligini ‎hisobga olgan holda ba’zi turdagi tirkamalarda tormoz‎ tizimi bo‘lishi shart emas deb topilgan. Mavjudligi,‎ sozligi. ‎

5. G‘ildiraklar va shinalar‎

G‘ildiraklarning ishonchli mahkamlanganligi.
‎ Avtotransport vositasining turi, rusumi va‎ vazniga mosligi. Qatnov qismining holati va ‎har qanday qoplama turidan qat’i nazar, shinalar‎ bilan maksimal ishqalanish koeffitsenti.‎

6. Tashqi yoritish anjomlari va yorug‘lik qaytaruvchilar‎

Chiroqlar soni, rangi, o‘lcham ko‘rsatkichlari va‎ avtotransport vositasida joylashuvi, belgilangan‎ burchaklarda ko‘rishni ta’minlash, transport vositasi harakatlanayotganda yo‘lning old qismini yetarli darajada ‎yoritishi va ko‘zni qamashtiruvchi ta’siri mavjud emasligi.‎

7. Bog‘lovchi qurilmalar‎

Tirkama va yarim tirkamalarni shatakka olish uchun ‎qurilma, tirkamaning avtomobil-tyagach orqasidan ‎belgilangan dinamik yo‘lak sharoitida harakatlanishini‎ ta’minlash, tirkamaning o‘z-o‘zidan chiqib ketishining‎ oldini olish. ‎

8. Oynalar‎

Narsalarning hech qanday to‘siqlarsiz, o‘zgartirmasdan‎ aniq ko‘rinishini ta’minlash.‎

9. Oyna tozalagichlar, oyna yuvgichlar hamda oynaga havo jo‘natuvchi va qizdiruvchi moslamalar‎

Har qanday ob-havo, iqlim va foydalanish ‎sharoitlarida ko‘rinish yaxshi ko‘rishni ta’minlash.‎
10. Boshqaruv tarmoqlari va nazorat-o‘lchov asboblari‎

Boshqaruvning asosiy tarmoqlari, nazorat-o‘lchov, ‎signal beruvchi va yoquvchi uskunalarning joylashuvi, ‎shuningdek, ularning shartli belgilanishi va ‎markirovkasi.
‎ Nazorat-o‘lchov asboblarining intensiv yoritilishini ‎ va sutkaning har qanday vaqtida ularning aniq ko‘rinishi.
‎Bunda shamoldan to‘suvchi oynada yoritilgan nazorat-o‘lchov asboblarining aksi ko‘rinmasligining ta’minlanishi. ‎

11. Haydovchi o‘rindig‘i‎ Boshqaruv tarmoqlariga yetgan holda, o‘tirish va ‎avtomobilni boshqarish uchun qo‘laylilik.
‎Sozlovchi mexanizmning mavjudligi va yaxshi ‎ko‘rinishini ta’minlash. ‎
12. Tovush signali‎ Chastota, ovoz kuchi va yo‘nalishini transport ‎qatnovini ‎ tig‘iz oqimida eshitilishini ‎ta’minlanishi.‎
II. Passiv xavfsizlik‎

Avtotranspot vositalari va ulardagi qo‘shimcha ‎jihozlar konstruksiyasi tarkibiy qismlarining ‎haydovchi, yo‘lovchi va boshqa harakat qatnashchilarining yo‘l-transport hodisasi jarayonida jarohat ‎o‎lmasliklari yoki tan jarohatini og‘irligini
‎kamaytiruvchi ko‘rsatkich va xususiyatlarining yig‘indisi. ‎

1. Yengil avtomobil va avtobuslarning kuzovi, yuk avtomobilining kabinasi‎

To‘qnashuv va ag‘darilib ketish vaqtida haydovchi va ‎yo‘lovchilar hayotiga xavf soluvchi yo‘lochilar salonining ‎deformatsiya qiluvchi zarbaga bardoshlik va mustahkamlik xususiyati.
‎Yukning ishonchli mahkamlanganligi va yuk ‎avtomobillari qarama-qarshi to‘qnashganda yuklarni ‎siljishdan saqlovchi moslamalarning mavjudligi.
‎Tashqi tomonida o‘tkir burchak va chiqib turuvchi bo‘laklarning ‎mavjud emasligi. ‎

2. Manzarali detallar va qo‘shimcha jihozlarning chiqib turishi, orqani ko‘rish oynasi.‎

Kuchli ta’sir paytida pachoqlanish, egilish yoki ‎yulinib uzilishda o‘tkir burchaklar hosil qilmay, ‎piyodalarning jiddiy jarohat olishlaridan saqlovchi ‎holatga qobiliyati.‎
3. Bufyerlar‎

Uncha katta bo‘lmagan tezlikdagi to‘qnashuvda va to‘xtab ‎turish joyiga qo‘yish paytda kuzovni jarohatlanishdan ‎saqlash. Piyodalar va boshqa harakat qatnashchilarini ‎ilinib qolishining oldini oladi. To‘qnashuv paytida ‎balandlik bo‘yicha yengil avtomobillarni bufyerlar ‎ishonchli himoyalashi. Yuk avtomobillari, tirkamalar, ‎yarim tirkamalarning orqa qismiga yengil avtomobillarning ‎old qismining kirib ketishidan saqlovchi, energiyani ‎so‘ndiruvchi qurilmalarning mavjudligi. ‎

4. Dvigatel‎ Qarama-qarshi zarba vaqtida dvigatelning salonga ‎(kabinaga) kirishining oldini olish.‎
5. Eshiklarning yopiladigan mexanizmlari, dastak va osmalari.‎

To‘qnashuv va surilib ketish, og‘irlik ta’sirida ‎eshiklarning o‘z-o‘zidan ochilib ketishining, ‎ishlamay qolishining oldini olish. Yengil ‎avtomobillarning eshik dastaklari eshik yuzasidan ‎chuqurlikda joylashuvi. Avtobuslar eshigi yoki ‎moslamasini ochiq ekanligini bildiruvchi signal, ‎e‎shik ochiq vaqtida joyidan qo‘zg‘alishining ‎oldini olish. ‎

6. Old, orqa va yon oynalar‎

Zarb bilan urilganda haydovchi va yo‘lovchilarga ‎jiddiy jarohat yetkazuvchi o‘tkir qirralar va ‎siniqlar ‎paydo bo‘lishining oldini olish.‎

7. Rul g‘ildiragi va rul kolonkasi‎

Rul kolonkasining salonga xavfli kirishini ‎oldi olingan, to‘qnashuv paytida haydovchining jarohatlanishining oldini olish maqsadida ‎zarba quvvatini so‘ndirish.‎

8. Asboblar (paneli) qoplamasi.‎ Zarba quvvatini so‘ndirish qobiliyati. O‘tkir ‎burchakli bo‘lak va qirralarning yo‘qligi.‎
9. Ichki jihozlar detallari.‎ Jarohatlanish xavfsizligi.‎

a) orqani ko‘rish oynasi, quyosh nurlariga qarshi ayvon, dastaklar, richaglar, tugmachalar va boshqalar‎

Odam tanasi bilan zarba ta’sirida urilganda, ‎o‘tkir burchakli bo‘lak va qirralar hosil qilmasdan deformatsiyalanish, pachoqlanish va sinish qobiliyati ‎yoki ularni zarba zonasidan tashqarida joylashuvi.‎

b) kuzov shipi (kabina, salon), eshiklarning ichki qoplamasi va yon ustunlar‎

Qoplangan materiallar ostida quvvat so‘diruvchi ‎tagliklarning mavjudligi.
‎‎

v) o‘rindiqlar va ularni sozlash mexanizmlari‎

Qarama-qarshi to‘qnashuvlar va ag‘darilish ‎paytida ‎yuzaga keluvchi og‘irlik ostida buzilish ehtimolligidan ‎holi.
‎O‘rindiq suyanchig‘ining jarohat xavfsizligi ‎(orqa o‘rindiqlardan boshqa). Yengil avtomobillarning ‎barcha o‘rindiqlarida xavfsizlik yostiqlarining ‎mavjudligi.

III. Avtofalokatdan keyingi xavfsizlik

Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchi ‎va yo‘lovchilarni tezda evakuatsiyasini ta’minlovchi, avtotranspot vositalari va ulardagi qo‘shimcha jihozlar konstruksiyasi tarkibiy qismlarining ko‘rsatkichlari va xususiyatlarining yig‘indisi.‎

1. Avtotransport vositasi yaxlit holatda‎

Har qanday yo‘l-transport hodisasi yoki yong‘in ‎s‎odir ‎ bo‘lganda shikstlangan transport vositasidan ‎haydovchi va yo‘lovchilarni tezda evakuatsiya qilish ‎imkoniyati.
‎ O‘t o‘chiruvchi moslama, tibbiy quticha va avariya holati belgilarini joylashtirish hamda olish uchun qulay joy mavjudligi. ‎

2. Eshiklarning yopiluvchi mexanizmlari, dastagi va osmalari‎

Har handay yo‘l-transport hodisasidan keyin ‎eshiklarning ichkari va tashqaridan ochish imkoniyati.‎

3. Falokatdagi (eshiklar, oynalar, lyuklar) ‎

Falokat paytida chiqish yo‘llarining soni, ‎o‘lchamlari va joylashuvi har qanday yo‘l-transport ‎hodisasi yoki yong‘in sodir bo‘lganda ichki va tashqi ‎tomondan ochish imkoniyatini ta’minlashi kerak.‎

IV. Yong‘in xavfsizligi‎

Yo‘l-transport hodisasida yong‘inning oldini olish, ‎to‘xtatish uchun av�otransport vositalari va ulardagi ‎qo‘shimcha jihozlar konstruksiyasi tarkibiy qismlarining ko‘rsatkich va xususiyatlarining yig‘indisi. ‎

1. Avtotransport vositasi yaxlit holatda‎

Haydovchi joyidan elektroenergiya manbaini ‎o‘chirish moslamasining mavjudligi. Kabina va ‎yo‘lovchi salonida akkumulyator batareyasining joylanmasligi. O‘t o‘chiruvchi moslamaning ‎olish uchun qulay joyga ishonchli mahkamlangan ‎tarzda o‘rnatilishi.‎

2. Ichki pardoz‎ Yong‘in chiqqanda qiyin yonadigan, yonganda va ‎kuyayotganda o‘zidan zaharli gaz chiqarmaydigan materiallarni qo‘llash.‎
3. Yoqilg‘i baki va yoqilg‘i uzatuvchilar‎

Yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda ‎bo‘laklanib ketishdan, mexanik jarohatlanishdan himoyalangan va germetik holati ta’minlangan.‎

O‘zbekiston Respublikasi IIV
DYHXX texnika nazorati
bo‘yicha Yo‘riqnomaga
2-ILOVA
Loyiha hujjatlari ishlab chiqilmasdan va kelishilmasdan faqat DYHXX ruxsati bo‘yicha amalga oshiriladigan avtotransport vositalarini qayta jihozlashning oddiy turlari
RO‘YXATI
1. Kuzov turini o‘zgartirish:
a) bortli va o‘ziag‘darar kuzovlar o‘rniga sisternalar o‘rnatish.
b) sisterna va o‘ziag‘darar kuzovlar o‘rniga standart bortli kuzovlar o‘rnatish;
v) sisterna va bortli kuzovlar o‘rniga o‘ziag‘darar kuzovlar o‘rnatish.
Yangi kuzov yoki sisterna o‘rnatilgan avtomobillar quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishlari shart:
eni bo‘yicha gabarit o‘lchamlari, umumiy vazni va uning o‘qlar bo‘yicha taqsimlanishi asosiy baza avtomobilning texnik tavsiflarida ko‘rsatilgan darajadan oshib ketmasligi lozim;
kuzov yoki sisterna standart mahkamlovchi detallar bilan mahkamlangan bo‘lishi shart.
2. Bortli va o‘ziag‘darar kuzovli yoki sisternali avtomobillarni shu rusumdagi shatakka oluvchi avtomobil turiga standart egarli moslama o‘rnatib qayta jihozlash.
Egar moslamali shatakchi avtomobil quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
egarli moslama standart mahkamlovchi detallar bilan mahkamlangan bo‘lishi shart;
egarli moslamani orqa o‘qqa nisbatan joylashuvi ommaviy ishlab chiqarilgan shu turdagi shatakka oluvchi avtomobildagi joylashuviga mos kelishi hamda avtomobil va yarim tirkamaning egar (shkvoren) o‘qi atrofida har ikki tomonga 90 gradusdan kam bo‘lmagan burchakka burilishini ta’minlash kerak.
3. Umumfoydalanishga mo‘ljallangan furgon avtomobillarni mikroavtobuslarga qayta jihozlash.
Umumfoydalanishga mo‘ljallangan furgon–avtomobillarni qayta jihozlash korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan tegishli turdagi mikroavtobuslarga monand ravishda bajarilishi kerak.
Masalan: UAZ-451M va UAZ-452 rusumli avtomobillar UAZ-452V rusumli mikroavtobus darajasida, YERAZ-762A rusumli avtomobillar RAF-977 DM mikroavtobus darajasida qayta jihozlanadi.
4. Bir o‘qli TAPZ-755 shassili tirkama (tormoz tizimi yo‘q) va uning turlariga sisterna, furgon va har xil maqsadlarda foydalaniladigan agregatlar o‘rnatish.
Bu turdagi qayta jihozlashda quyidagi xavfsizlik talablari bajarilishi shart:
sisterna, furgon yoki agregat tirkamaga standart mahkamlovchi detallar bilan mahkamlangan bo‘lishi shart;
tirkama-shassi yo‘l harakati qoidalari talablari asosida ehtiyot trosi (zanjiri) va nur qaytaruvchi moslamalar bilan jihozlanishi kerak.
5. Ommaviy ishlab chiqariladigan ikki o‘qli tirkamaga sisterna, furgon yoki yechilmaydigan (tushirilmaydigan) maxsus moslamalar o‘rnatish.
Furgon-tirkama, sisternali va boshqa moslamali qayta jihozlangan tirkamalar quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
tirkamaning to‘la vazni asosiy baza tirkama texnik tavsifida belgilangan me’yorlardan oshmasligi lozim;
furgon, sisterna yoki moslama tirkamaga standart mahkamlovchi detallar bilan mahkamlangan bo‘lishi shart;
tirkamaga yo‘l harakati qoidalarida belgilangan nur qaytaruvchi moslamalar o‘rnatilishi shart;
tirkama enining gabarit o‘lchamlari asosiy baza tirkama texnik tavsifida belgilangan o‘lchamlardan oshib ketmasligi shart.
6. Yuk avtomobillariga o‘zi yuk ko‘taruvchi bortlar, changaklar va gidrokranlar o‘rnatish.
Yuk ko‘taruvchi bortlar, changaklar va gidrokranlar avtomobilga ishonchli mustahkam qilib o‘rnatilishi shart. Bundan tashqari, gidrokranning ko‘tarkich moslamasi harakatlanish paytida surilmaydigan qilib mahkamlanishi shart.
Yuk ko‘taruvchi bort avtomobilning tashqi yoritish chiroqlarini va davlat raqam belgisini to‘sib qo‘ymasligi shart.
7. Bortli yuk avtomobillari va ikki o‘qli bortli tirkamalarning borti o‘rniga yon tirgaklar o‘rnatish.
Bunday qayta jihozlash quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
yon tirgaklar o‘rnatilgan avtomobil va tirkama enining gabarit o‘lchamlari asosiy avtomobil va tirkama texnik tavsifida belgilangan o‘lchamlardan oshib ketmasligi shart;
yon tirgaklar mustahkam qilib mahkamlangan bo‘lishi va shovqinni kamaytiruvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
8. Barcha turdagi avtomobillar dvigatellarini, yuk avtomobillarining kabinalarini shu rusumli keyingi modeldagi avtomobillarning dvigatel va kabinalariga almashtirish (ko‘rsatilgan agregatlarni almashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan belgilanadi).
Bu turdagi qayta jihozlash ishlari faqat avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod tavsiyasiga asosan amalga oshirilishi mumkin.
9. Yuk, yengil (O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB ruxsati bor taqdirda) avtomobillar yoki avtobuslar kuzovi o‘zgartirilmagan holda ularga olinmaydigan maxsus jihozlar o‘rnatish:
qayta jihozlangan avtomobil va avtobuslar quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
to‘la vazni va uning o‘qlar bo‘yicha taqsimlanishi asosiy baza avtomobil yoki avtobus tavsifida belgilangan ko‘rsatkichlardan oshib ketmasligi shart;
maxsus jihozlar ishonchli mahkamlangan bo‘lishi shart;
yengil avtomobil yoki avtobusga o‘rnatilgan maxsus jihozlar shikaslantiruvchi o‘tkir yoki uchli qirralarga ega bo‘lmasligi shart;
yengil avtomobillarga maxsus qurilmalar, avtomobilning boshqaruv tizimi joylariga o‘rnatilmasligi hamda orqa oynani to‘sib qo‘ymasligi shart.
10. Yuk avtomobillari shassisiga ustaxona, mebel, oziq-ovqatlar, sanoat mollari va boshqa yuklarni tashish uchun furgon-kuzovlar o‘rnatish (odam tashish uchun mo‘ljallangan furgonlar bundan mustasno).
Furgon-kuzovli avtomobillar quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
kuzov enining gabarit o‘lchamlari, to‘la vazni va uning o‘qlar bo‘yicha taqsimlanishi asosiy baza avtomobillar tavsifida belgilangan ko‘rsatkichlardan oshib ketmasligi shart;
furgon eshigi orqada yoki o‘ng tomonda bo‘lishi lozim;
ustaxonaning jihozlari ishonchli mustahkamlangan bo‘lishi lozim;
furgonning tashqi yon tomonlari shikaslantiruvchi o‘tkir yoki uchli qirralarga ega bo‘lmasligi shart;
furgon-kuzovli avtomobil kabinasining ikki tarafida orqani ko‘rish uchun mo‘ljallangan standart ko‘zgular o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
Jihozlar yoki yuk bilan birga odam tashish (yukchilar, soqchilar, ta’mirlovchilar brigadasi va h.k.) uchun mo‘ljallangan furgon-kuzovli avtomobillarga quyidagi qo‘shimcha xavfsizlik talablari qo‘yiladi:
har bir odam uchun o‘rindiq mo‘ljallanib, ushbu o‘rindiqlar odam o‘tirganda harakat yo‘nalishiga qaragan holatda o‘rnatilishi shart;
furgonga o‘rnatilgan jihozlarda shikaslantiruvchi o‘tkir yoki uchli qirralar bo‘lmasligi shart;
furgonda odamlarni yuk surilishidan himoya qiluvchi moslama o‘rnatilishi shart;
furgon eshigi ichki va tashqi tomondan ochilishi shart;
furgonga havo almashtirish, yoritkich asboblari va haydovchi bilan aloqa vositasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart;
furgon-ustaxonada bulardan tashqari alohida avtomobilga mo‘ljallangan isitish moslamasi bo‘lishi kerak.
11. Yuk avtomobillari shassisiga odam tashish mo‘ljallangan furgon-kuzovlar o‘rnatish.
Odam tashishga maxsus mo‘ljallangan furgon-kuzovli avtomobillar quyidagi asosiy xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
Furgon-kuzovli avtomobilning gabarit balandligi 3,8 metrdan oshmasligi, enining gabarit o‘lchamli avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod belgilagan o‘lchamdan oshmasligi kerak;
Furgon-kuzovli avtomobil to‘la vaznining o‘qlar bo‘yicha taqsimlanishi asosiy baza avtomobillar tavsifida belgilangan ko‘rsatkichlarga mos kelishi shart;
furgon-kuzov ramaga yoki yuk avtomobil kuzoviga ishonchli mahkamlangan bo‘lishi kerak
kuzovning balandligi yo‘lovchilarni faqat o‘tirgan holda tashishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. O‘rindiqlar shunday o‘rnatilishi kerakki, odam o‘tirganda harakat yo‘nalishiga qaragan holatda bo‘lishi shart;
furgonga kirish eshigi orqa tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib tashqariga ochilishi (kuzovning orqa bortlari olinishi lozim), avtomobil turidagi qulf o‘rnatilishi, zinapoya va ushlagich bilan jihozlangan bo‘lishi shart;
furgonning yon tomonlarida o‘lchamlari 600x800 mm bo‘lgan avariya holatida chiqadigan derazalar o‘rnatilib, ular ichkaridan va tashqaridan (asbob-uskunalar ishlatmasdan) faqat tashqi tarafga ochiladigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari furgon havo almashtirish, yoritkich asboblari, lozim bo‘lgan taqdirda isitish moslamasi hamda haydovchi kabinasi bilan tovushli yoki yorituvchi aloqa, yong‘in o‘chirish moslamasi va tibbiyot qutichasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
furgon kuzovli avtomobil standart (GOST 8769-75) talablari bo‘yicha tashqi yoritish asboblari bilan jihozlanishi lozim (furgonning yuqori chekkalariga oldiga oq rangli, orqa tomondan qizil rangli chiroqlar o‘rnatiladi).
Kuzovning orqa tomoniga tezlikni 70 km/soatgacha cheklaydigan belgining rangli tasviri tushiriladi.
12. Boshqa barcha turdagi konstruksiyaga yuqorida ko‘rsatilganidan murakkab bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan qayta jihozlashlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV
DYHXX texnika nazorati
bo‘yicha Yo‘riqnomaga
3-ILOVA
YHXBB burchak shtampi ‎

Manzil uchun joy‎


‎Transport vositalarining konstruksiyalarida
‎yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
‎ qoida, me’yor va standartlar talablariga rioya
‎qilinishi to‘g‘risida
‎KO‘RSATMA ‎‎

‎‎____________________________________________________________________
(qoida, me’yor va standartlarning bajarilmaganligi,

‎‎____________________________________________________________________
ularning nomlari hamda bajarilmagan

‎‎__________________________________________________________ aniqlandi.
‎aniq ‎ko‘rsatkichlar sanab o‘tiladi)

____‎‎Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha quyidagilarni taklif etaman: _______________________________________________________ ____________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________

‎‎‎Mazkur ko‘rsatma bajarish uchun majburiy hisoblanadi.

‎Ko‘rilgan choralar haqida 200 __ “___”________ da xabar qilishingiz so‘raladi.‎
‎‎Boshqarma (bo‘lim) boshlig‘i ____________________________________________‎

(unvoni, imzosi, F.I.Sh.) ‎‎

_________________________________‎
O‘zbekiston Respublikasi IIV
DYHXX texnika nazorati
bo‘yicha Yo‘riqnomaga
4-ILOVA

‎‎Texnik topshiriq, texnik loyiha va texnik
‎ shartlar loyihalarining muqovasiga kelishuv
‎ haqidagi kiritiladigan yozuv namunasi

‎ “K E L I Sh I L G A N”

‎‎O‘zbekiston Respublikasi IIV
‎ YHX Bosh boshqarmasi boshlig‘i
‎___________________________
‎‎ (unvoni, F.I.Sh. imzosi)

200__ yil “___”_____________

‎Imzo gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV
DYHXX texnika nazorati
bo‘yicha Yo‘riqnomaga
5-ILOVA


‎____
Guvohnomaning raqamlangan kseronusxasi ishlab chiqaruvchi‎ korxona
‎tomonidan har bir transport vositasiga beriladi ‎va u yo‘l harakati xavfsizligi idoralari tomonidan ro‘yxatga‎ olish uchun asos bo‘lgan hujjatlardan biri sifatida qabul ‎qilinadi.‎‎

‎‎Avtotransport vositasining yoki uning biror
‎ qismining konstruksiyasi yo‘l harakati
‎xavfsizligi talablariga mosligi haqida

‎ G U V O H N O M A № _______

‎‎____Konstruktorlik hujjatlarni ishlab chiqqan tashkilotning nomi va manzili ___________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________‎
____‎‎Ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi va manzili ____________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________‎
____Transport vositasining turi va rusumi ____________________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________‎
‎‎____Ushbu transport vositasini ishlab chiqarish uchun texnik shartlar O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi bilan
‎200__ yil “___” ___________ da kelishilgan.‎

‎____
Amal qilish muddati 200__ “___” ____________ gacha
____O‘zbekiston Respublikasi‎

____IIV YHXBB boshlig‘i

________________________________‎

(imzosi, F.I.Sh.)‎

200__ yil “____” ___________ ‎

____M.O‘.‎

O‘zbekiston Respublikasi IIV
DYHXX texnika nazorati
bo‘yicha Yo‘riqnomaga
6-ILOVA
Yakka tartibda tayyorlanadigan yengil avtomobillarga qo‘yiladigan texnik talablar
Ushbu texnik talablar, shaxsiy foydalanish uchun yakka tartibda konstruksiyalashtirilgan va tayyorlangan yengil avtomobillarga qo‘llaniladi, bunday avtomobillarning konstruktiv va foydalanish-texnik ko‘rsatkichlarini tartibga solish va texnikaviy yaratuvchanlikni, ayniqsa yoshlarni ajoyib (original), texnik va estetik takomillashtirilgan hamda xavfsiz konstruksiyalarni yaratishga yo‘naltirish uchun, shuningdek, yakka tartibdagi avtomobilsozlarning ilmiy texnikaviy bilimlarini oshirishni rag‘batlantirish hamda hunarmandchilik mahoratlarini oshirish uchun xizmat qiladi.
1. Umumiy ma’lumotlar, yig‘ma-tuzilishi (kompanovka) va asosiy o‘lchamlari:
a) faqat ikki o‘qli, to‘rt g‘ildirakli, o‘rindiqlari soni 5 tadan oshmaydigan hamda dvigatelining ishchi hajmi 1200 kub santimetrdan oshmaydigan avtomobillarni tayyorlashga ruxsat etiladi. Bunda sanoatda ishlab chiqarilgan yengil avtomobil (kuzovdan tashqari), mototsikl va motorollyerlarning alohida agregat, uzel va detallaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi, MDH va boshqa xorijiy davlatlarda ommaviy ishlab chiqarilgan turdagi yengil avtomobillarni ehtiyot qismlardan yig‘ish taqiqlanadi;
b) har qanday ko‘rinishdagi yig‘ma-tuzilish(kompanovka) chizmalariga ruxsat beriladi;
v) avtomobilning asosiy o‘lchamlari:
uzunligi — 4200 mm.dan ortiq bo‘lmasligi;
eni — 1650 mm.dan ortiq bo‘lmasligi;
chap va o‘ng g‘ildiraklar bo‘ylama o‘qlari oralig‘i (koleya) — 1100 mm.dan kam bo‘lmasligi;
old va orqa g‘ildiraklar o‘qlari oralig‘i masofasi (kolesnaya baza) — 1000 mm.dan kam bo‘lmasligi kerak.
2. Foydalanish-texnikaviy sifatlari:
a) avtomobil shahar va umumfoydalanish yo‘llarida to‘la vazni bilan boshqa turdagi transport vositalariga xalaqit bermasdan to‘xtovsiz va xavfsiz harakatlanadigan dinamik sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunda dvigatelining quvvati to‘la vaznining har bir tonnasiga 45 ot kuchidan oshmasligi kerak.
To‘la vazn — aslahalangan avtomobilning haydovchi va yo‘lovchilari hamda yuki bilan birgalikdagi vazniga teng.
Bir kishining og‘irligi 70 kilogrammga teng deb qabul qilinadi;
b) tashqi g‘ildirak o‘qining izi bo‘yicha avtomobil burilishining eng kichik radiusi 5,5 m.dan oshmasligi kerak;
v) avtomobil quruq asfaltli maydonda diametri 50 metr bo‘lgan doira bo‘ylab 30 km/s tezlikda muvozanatini yo‘qotmasdan harakatlana olishi kerak. Bunda surilish holati bo‘lmasligi lozim;
g) to‘la vazndagi avtomobilning eng quyi qismi bilan yo‘l sathi yuzasi o‘rtasidagi masofa 150 mm.dan kam bo‘lmasligi kerak;
d) kuzovning yig‘ma tuzilishi (kompanovkasi), uning konstruksiyasi, o‘rindiqlarning joylashuvi hamda tuzilishi avtomobilni boshqarish uchun qulay bo‘lishi, haydovchi o‘tirgan joyidan yo‘lning ko‘rinmaydigan qismi 6 metrdan oshmasligi kerak.
3. Alohida agregatlarga qo‘yiladigan talablar:
a) avtomobillar tormoz, rul boshqaruvi bilan shuningdek, baholi qudrat O‘zbekiston Respublikasi va MDH davlatlari sanoatida ishlab chiqarilgan mos sinfdagi guruhga mansub avtmobillarnikidek old osma o‘qlar (podveska) bilan jihozlanishi kerak. To‘la vazni 800 kg.dan va tezligi 75 km/s.dan ortiq bo‘lgan avtomobillarga uzatish soni 10:1 dan kam bo‘lgan rul mexanizmini o‘rnatish taqiqlanadi.
Quruq asfalt qoplamasida to‘la vaznli turgan avtomobil g‘ildiraklarini burilishida rul gardishiga nisbatan tushadigan kuch miqdori 15 kg.s.dan oshmasligi zarur;
b) avtomobilda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki tormoz tizimi bo‘lishi shart:
ishchi — pedaldan o‘qlarga alohida bo‘lingan o‘tkazgichli;
turg‘un — zaxiradagi vazifasini bajaruvchi — richag orqali.
Old g‘ildiraklarga ta’sir etuvchi turg‘un tormoz tizimiga ham ruxsat etiladi.
Tormoz tizimi va ular ta’sirining samaradorligi shu turdagi va toifadagi avtotransport vositalariga qo‘yiladigan OST 37.001.016-70 “Avtomobil transporti tormozlarining xususiyatlari. Texnik talablar va sinov o‘tkazilishi shartlari” talablariga javob berishi kerak;
v) avtomobillarga to‘liq vazniga va texnik tavsifnomasi bo‘yicha ruxsat etilgan eng yuqori tezligiga mos keladigan avtomobil, mototsikl yoki motorollyerlar shinalari o‘rnatilishi lozim.
Avtomobilning bir o‘qiga turli o‘lchamdagi va modeldagi shinalarni o‘rnatish taqiqlanadi;
g) aslahalangan holatda vazni 450 kg.dan ortiq bo‘lgan avtomobillar orqaga yurish uzatmasiga ega bo‘lishi kerak;
d) kuzovning xar qanday konstruktiv turiga ruxsat beriladi: yopiq, usti ochiladigan, sport va boshqalar.
Kuzov, uning mustahkamligini va ishonchliligini ta’minlovchi materiallardan tayyorlanishi kerak. Uning nometall qismlari issiq-qiziydigan mexanizmlar (dvigatel, gaz chiqarish tizimi)dan kamida 100 mm. oraliqda yoki undan yaqin bo‘lsa, asbest yoki metall qoplama bilan muhofazalangan bo‘lishi kerak. Kuzov bejirim tashqi ko‘rinishga ega va yuvilib ketmaydigan bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
Panellarning tashqi chiqib turuvchi qismlari, kuzov detallari va ularning birikkan joylari kamida 2,5 mm. radiusli yumaloqlikka ega bo‘lishi kerak.
Kuzov panellari yuzasidagi o‘rnatilgan detallarning bo‘rtib chiqib turishiga quyidagi holatlarda ruxsat etiladi:
dekorativ panjaralar, yopishib turuvchi bezaklar(nakladkalar) uchun 10 mm.gacha;
kapot va yukxona qopqog‘i oshiq-moshiqlari uchun 30 mm. gacha;
eshiklarning tashqi dastaklari va qulf tugmalari uchun 40 mm.gacha;
chiroq soyabonchalari va gardishlari uchun, shu jumladan nur sochuvchi chiroq qoplamasi yuzasiga nisbatan bo‘rtib chiqib turuvchi detallar uchun 30 mm.gacha.
Bufyerlarning o‘rnatilishi GOST 1902-74 “Yengil avtomobillar bufyerlari. O‘lchamlar”ga muvofiq bo‘lishi shart.
Bufyerlar detallarining yumaloqlik radiusi 5 mm.dan kam bo‘lmasligi, bufyerlar uchlari kuzovning tashqi yuzasi tomon yo‘nalishda qayrilgan va 2 mm.dan kam bo‘lmagan uzoqlikda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Uskunalar paneli qoplamasi quyi qismining bo‘rtib chiqib turuvchi chetlari radiusi 10 mm.dan kam bo‘lmagan yumaloqlikka ega bo‘lishi kerak.
Richaglar, yoqib-o‘chirgichlar va boshqaruv organlari tugmalari OST 37.001.017-70 “Yengil avtomobillarning boshqaruv organlari. Konstruksiya xavfsizligi va joylashuvi. Texnik talablar” ning 2.2, 2.3, 2.5 jarohatlanish xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
Kuzov quyosh nurlaridan himoyalovchi soyabon hamda orqa tomonni ko‘rsatuvchi ko‘zguga ega bo‘lishi kerak.
Eshiklar, kapot va yukxona qopqog‘i avtomobil harakatlanayotgan paytda ularni mustahkam, zich va ochilib ketmaydigan holatda ushlab turuvchi qulflar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Kuzov oynalari xavfsiz, toblangan o‘chkir bo‘lak (oskolka) hosil qilmaydigan (stalinit) yoki “tripleks” turidagi oyna bo‘lishi kerak. Peshoynadan tashqari boshqa joylarga organik oyna o‘rnatishga ruxsat etiladi. Haydovchining chap yonidagi oyna tushiriladigan yoki suriladigan bo‘lishi kerak.
e) yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida yonilg‘i idishi avtomobil ichida, yo‘lovchilar joyidan ajratilgan alohida joyga o‘rnatilishi tavsiya etiladi.
4. Qurilmalar va uskunalarga qo‘yiladigan talablar:
a) avtomobil GOST 8769-75 “Avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, traktorlar, tirkamalar va yarim tirkamalarning tashqi yoritish qurilmalari. Miqdori, joylashuvi, ranglari, ko‘rinish burchaklari”ga muvofiq tashqi yoritish qurilmalari va ishoralovchi yoritgich bilan jihozlanishi shart;
b) avtomobil sanoatda ishlab chiqarilgan tovush moslamasi hamda oyna tozalagichga ega bo‘lishi kerak;
v) avtomobil kamida spidometr, o‘t oldirish qulfi, yoritish uskunasi, yoritish va burilish yoritkichlarini o‘chirib-yoqish moslamasi hamda burilishni ko‘rsatuvchi indikatorlar bilan jihozlanishi kerak.
5. Boshqa talablar:
a) avtomobilda RS O‘zR 640-2001 standarti bo‘yicha davlat raqam belgilarini o‘rnatish uchun joy ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak;
b) shaxsiy foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda tayyorlangan yengil avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun uning egasi tomonidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga raqamli agregatlarni qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
Eslatma: Agregatlarni qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: ulgurji va komission savdo do‘konlari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi va boshqa savdo tashkilotlari tomonidan berilgan hisob-ma’lumotnoma, tovarlar cheki, notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomalari va h. k.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
O‘zbekiston Respublikasi IIV
DYHXX texnika nazorati
bo‘yicha Yo‘riqnomaga
8-ILOVA
Postning tadbir (operatsiya) kartasi № ____

№№
‎t/r‎

Tadbirlarning
‎ nomi‎

Ish hajmi
‎ (kishi/min)‎

Jihoz va
‎uskunalar‎

Me’yoriy
‎talablar‎











‎‎







‎‎Postdagi umumiy ish hajmi _______________________________ kishi/min.

‎‎
‎Diagnostika stansiyasi boshlig‘i _____________________________________

‎‎(unvoni, imzosi, F.I.Sh.)‎

‎__200__ yil “___” ____________

O‘zbekiston Respublikasi IIV
DYHXX texnika nazorati
bo‘yicha Yo‘riqnomaga
9-ILOVA

‎‎DYHXX diagnostika
‎stansiyasi burchak shtampi

‎‎Diagnostika kartasi

‎‎____________________________________________________________________
‎ (transport vositasining turi, rusumi, davlat raqam belgisi)

‎‎Tegishliligi ________________________________________________________ (tashkilotning nomi, egasining F.I.Sh.)

‎‎Ishlab chiqarilgan yili _______________, dvigatel № ___________________,
‎‎shassi (rama) № ___________________, Kuzov № __________________________,
‎‎texnik pasport: seriya_____________, № ________________________________

‎____
‎‎Karta to‘ldirilayotganda ko‘rsatkichlar natijasi raqamli belgilar bilan ko‘rsatiladi, talabga javob bermaydigan ko‘rsatkich, nosoz yoki umuman yo‘q konstruksiya qismi yoki qo‘shimcha uskuna raqami chizib qo‘yiladi.
Shifr‎

Parametrlar nomi, konstruksiya tarkibiy
‎ qismi yoki qo‘shimcha uskunalar ‎

Raqamli
‎belgilar‎

1.‎ Tormoz kuchining old o‘q g‘ildiraklariga ‎taqsimlanish koeffitsenti ‎
2.‎ Tormoz kuchining o‘rta o‘q g‘ildiraklariga ‎taqsimlanish koeffitsenti ‎
3.‎ Tormoz kuchining orqa o‘q g‘ildiraklariga ‎taqsimlanish koeffitsenti ‎
4.‎ Umumiy tormoz kuchi‎
5.‎ To‘xtab turish tormozining samaradorligi‎
6.‎ Tormoz tizimining germetiklik holati buzilgan‎
7.‎ Tormoz tizimi detallarining mexanik jarohati‎
8.‎ Havo monometri ishlamaydi‎
9.‎ Rul g‘ildiragidagi umumiy lyuft oshgan ‎
10.‎ Rul kuchaytirgichi ishlamaydi‎
11.‎ Rul boshqaruvi detallari mexanik jarohatlangan
‎yoki ishonchsiz mahkamlangan‎
12.‎ G‘ildiraklar mexanik jarohatlangan yoki ishonchsiz ‎mahkamlangan‎
13.‎ Shinalar o‘lchami va maksimal og‘irligi bo‘yicha ‎transport vositasi rusumiga mos kelmaydi, protektor ‎rasmlari ortiqcha yedirilgan yoki mexanik jarohatlangan‎
14.‎ Chiroqlarning sozlanishi buzilgan, ularning ‎(shuningdek tumanga qarshi) o‘rnatilishi standart
‎ talablariga mos kelmaydi. Faralarni muvofiqlashtirish ‎buzilgan‎
15.‎ Tashqi yoritish chiroqlari ishlamaydi, ularning ‎o‘rnatilishi ‎ va yorug‘lik uzatishi standart talablariga ‎ mos kelmaydi‎
16.‎ Oyna tozalash, yuvish va qizdirish tizimi ‎ishlamaydi‎
17.‎ Ishlab chiqarilgan gazlarning zararlilik ‎darajasi oshgan‎
18.‎ Ishlab chiqarilgan gazlarning tutash darajasi ‎oshgan ‎
19.‎ Tashqi shovqin darajasi oshgan‎
20.‎ Kardan vali ishonchsiz mahkamlangan yoki mexanik ‎jarohatlangan ‎
21.‎ Yoqilg‘i tizimining germetiklik holati buzilgan ‎
22.‎ Spidometri nosoz‎
23.‎ Eshik qulflari o‘rnatilishi, tovush signali, avariya ‎ chiqish joylari, haydovchi o‘rindiqlarini sozlash ‎mexanizmlari, tortish-bog‘lanish qurilmalari nosoz ‎
24.‎ Orqani ko‘rish oynasi, himoyalovchi fartuklar, favqulotda ‎ to‘xtash belgisi, o‘t o‘chirgich, tibbiy qutichasi yo‘q)‎
25.‎ Radioqabulga halaqit beruvchi shovqinni pasaytiruvchi ‎ moslama yo‘q ‎

‎‎Xulosa: ________________________________________________________
(soz, nosoz, foydalanish taqiqlandi va h.k.)

‎____________________________________________________________________


‎‎‎DYHXX xodimi __________________________________________________
(unvoni, imzosi, F.I.Sh.)

‎‎200___ yil “___” ______________

O‘zbekiston Respublikasi IIV
DYHXX texnika nazorati
bo‘yicha Yo‘riqnomaga
10-ILOVA
DYHXX diagnostika stansiyasida diagnostik jihozlar va nazorat-o‘lchov asboblarining hisobi va ishini qayd etish
JURNALI

‎‎____________________________________________________________________
(hududiy YHXB nomi)

____________________________________________________________________‎‎

‎‎Boshlangan 200__ y “___” _____________
‎Tugallangan 200__ y “__” ______________

Jurnal beti‎

‎‎Hisobga olingan sana _________________________________________________
‎‎№ ___________________________ ‎ ________________‎ _______________‎

(inventar raqami)

(jihoz, asbob nomi) ‎

(turi, rusumi)‎

‎‎_____________________________ _______________‎ _______________‎

‎‎(tayyorlovchi-zavod)

(zavod raqami) ‎

(turi, rusumi)‎

O‘rnatilgan joyi‎‏

‎‏O‘rnatilgan yili

Ta’mirlash ishlari‎‎‎

Sana‎

Ta’mir turi‎




‎‎


‎_____‎‎_______________________________________________________________
(berildi (hisobdan chiqarildi): sana, qayerga, asos)

‎____________________________________________________________________

Yillar‎‏

Ishlatilgan soatlar‎‎

yanvar‎ fevral‎ mart‎ aprel‎ may‎ iyun‎ iyul‎ avgust‎ sentyabr‎ oktyabr‎ noyabr‎ dekabr‎

Jami yil bo‘yicha‎


‎‎
Jurnalni to‘ldirish bo‘yicha tushuntirish
Diagnostika jihozlari va nazorat-o‘lchov asboblarining hisobi va ishini qayd etish jurnali qat’iy hisobdagi hujjat hisoblanadi.
Diagnostika jihozlari va nazorat-o‘lchov asboblarining har biri diagnostika stansiyasi tasarrufiga o‘tgan vaqtdan boshlab uch kun ichida jurnalga kiritiladi.
Diagnostika jihozlari va nazorat-o‘lchov asboblarining har biri haqidagi yozuv jurnalning alohida sahifasiga yozib boriladi. Sahifa tartib raqami bir vaqtning o‘zida jihoz yoki asbobning inventar raqami hisoblanadi.
Bir nechta mustaqil tarmoqlardan iborat jihozlar jurnalga bitta raqam ostida yozib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV
DYHXX texnika nazorati
bo‘yicha Yo‘riqnomaga
11 -ILOVA

“‎‎TASDIQLAYMAN”
‎DYHXX diagnostika stansiyasi
‎boshlig‘i _____________________________________
‎ (IIB nomi)

‎_____________________________________

‎‎‎ (unvoni, imzosi, F.I.Sh.)

200___ yil “____” ____________________ ‎‎


‎‎‎200_ yilda diagnostika jihozlari va
‎ nazorat-o‘lchov asboblariga xizmat
‎ ko‘rsatish va ta’mirlash
‎JADVALI

Tartib №‎‏

Inventar №‎‏

Diagnostika jihozlari va nazorat-o‘lchov asboblarining nomi‎‏

Xizmat ko‘rsatish turi va ularning davomiyligi (soatlarda)‎‎

yanvar‎

fevral‎

mart‎

aprel‎

may‎

iyun‎

iyul‎

avgust‎

sentyabr‎

oktyabr‎

noyabr‎

dekabr‎




‎‎
‎‎Bosh mexanik ___________________________________________________

‎‎(imzosi, F.I.Sh)

Jadvalni to‘ldirish bo‘yicha tushuntirish
Jadval jihozlardan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma asosida ishlab chiqiladi.
2 va 3-bandlar hisob jurnali bo‘yicha to‘ldiriladi. 4—15-bandlarda shartli asosida to‘ldiriladi. Suratda shartli belgilar bilan bajarilgan ish va sana (0-ko‘rik, M-kichik ta’mir, S-o‘rtacha ta’mir, K-kapital ta’mir), maxrajda esa bajarilgan ishning davomiyligi soatlarda ko‘rsatiladi. (S 25.03./1soat)
O‘zbekiston Respublikasi IIV
DYHXX texnika nazorati
bo‘yicha Yo‘riqnomaga
12-ILOVA

‎“TASDIQLAYMAN”‎ ‎

‎‎DYHXX diagnostika stansiyasi ‎
‎boshlig‘i ‎‎
_______________________________________

(hududiy YHXXB nomi)‎‎

‎‎_______________________________________

‎‎(hududiy YHXXB nomi)

200___ yil “___” ______________________‎‎

‎‎diagnostika jihozlari va nazorat-o‘lchov
‎asboblarini foydalanishga topshirish

‎DALOLATNOMASI № ________
__________________________________________________________________
‎ (lavozimi, unvoni, F.I.Sh.)

‎‎__________________________________________________________________

_______________________________________________________ ishtirokida‎‎

‎‎ushbu dalolatnoma shu haqda tuzildi ___________________________________

‎‎(jihoz yoki asbob nomi)

‎‎___________________________________________________________________
‎‎Turi, rusumi __________, zavod № ________ inventar № _________________,
‎‎________________________________________________________________da

‎‎(diagnostika stansiyasining nomi)‎‎‎

‎‎foydalanishga qabul qilindi.

‎‎To‘g‘ri o‘rnatilganligi va sozligi tekshirildi __________________________ __________________________________________________________________

‎‎(sinov turi ko‘rsatiladi)

‎‎Xulosasi __________________________________________________________ __________________________________________________________________
imzolar:‎

‎‎____________________________
‎____________________________

‎‎200___ yil “___” _____________
Oldingi tahrirga qarang.
(13 — 18-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 12-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 26-son, 350-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/1252-2/0543-son; 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son, 13.08.2019-y., 10/19/1252-4/3545-son)