1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-apreldagi PQ-108-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi PQ-108-son qaroriga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Oliy maktab “Biznesni boshqarish (MBA)”, korporativ va loyiha boshqaruvi, shuningdek, biznes va tadbirkorlik sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan tayanch davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oliy maktabda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘zbek, rus, ingliz tillarida amalga oshiriladi hamda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi;
Oliy maktab tinglovchilari — davlat organlari va muassasalari, budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu tashkilotlarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar xodimlarining asosiy ish joyidagi lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi (kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim olayotganda o‘rtacha ish haqi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi) o‘qishning butun davri uchun saqlab qolinadi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Oliy maktab O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining barcha huquqlari, majburiyatlari hamda tuzilgan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining vasiylik kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
4. Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari faoliyatini umumiy nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
xo‘jalik va moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligini tekshirish va nazorat qilish uchun Taftish komissiyasini tuzish;
xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatish, homiylik xayriyalari va grantlarni jalb etishga ko‘maklashish;
moddiy-texnik, o‘quv-metodik bazani takomillashtirish, binolar va hududiy filiallar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Oliy maktabda iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun dolzarb bo‘lgan yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
5. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
6. Quyidagilar Oliy maktab faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjeti mablag‘lari;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
asosiy faoliyatdan va pulli xizmatlar ko‘rsatishdan, shu jumladan, o‘quv kurslari va seminarlarni tashkil etish, adabiyot materiallarini chop etishdan tushadigan tushumlar;
xo‘jalik, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatdan, startap loyihalarini amalga oshirishdan olinadigan mablag‘lar;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni belgilangan tartibda tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan va moliya bozorining boshqa vositalaridan olinadigan daromadlar;
xalqaro tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘maklari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Oliy maktab Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oliy maktabning budjetdan tashqari Rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-mayga qadar quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Oliy maktabning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Oliy maktabning Executive MBA magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oliy maktabning moddiy-texnik vositalarining eskirish darajasini inobatga olib, o‘quv va axborot-kutubxona fondi va moddiy-texnik bazasini yangilash xarajatlarini budjet mablag‘lari hamda Jamg‘arma hisobidan belgilangan tartibda moliyalashtirsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
a) bir oy muddatda Oliy maktabning hududiy filiallarini aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv kurslarini tashkil etishda foydalaniladigan davlat mulki bo‘lgan bino va xonalarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralarini ko‘rsin;
b) doimiy ravishda Oliy maktabning hududiy filiallariga mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari uchun malaka oshirish kurslarini, shuningdek, aholi va tadbirkorlar uchun moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyati asoslari va ko‘nikmalari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etishda ko‘maklashsin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
v) barcha darajadagi hokim o‘rinbosarlarining malakasini oshirish ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida:
har yili 20-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan birgalikda tashkil etiladigan qisqa muddatli malaka oshirish o‘quv kurslarida ishtirok etish uchun hokim o‘rinbosarlarining tarkibi tasdiqlangan ro‘yxat va reja-jadvallar asosida Oliy maktabga taqdim etilishini ta’minlasin;
(9-band v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
qisqa muddatli malaka oshirish o‘quv kurslarining o‘quv dasturlari va o‘tkaziladigan mavzuga oid seminarlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni Oliy maktabga taqdim etib borsin.
10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘quv jarayonini tashkil etish uchun Oliy maktabga qo‘shimcha bino ajratish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
11. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bir oy muddatda Oliy maktab uchun quyidagilarni bepul ta’minlasin:
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining yagona elektron kutubxona platformasiga (unilibrary.uz) ulanish, undagi axborot-ta’lim resurslaridan foydalanish;
Oliy maktab va uning hududiy filiallarini Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondlari hamda yetakchi xorijiy litsenziyalangan elektron axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
12. Oliy maktab quyidagi jo‘natmalar reyestriga kiritilsin:
vazirlik va idoralarning statistika ma’lumotlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiyot va mintaqaviy tadqiqotlar instituti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjet va soliq tadqiqotlari institutining xorijiy matbuot va tahliliy hisobotlari (materiallari) sharhlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, Markaziy bank, boshqa vazirlik va idoralarning statistika ma’lumotlari byulletenlari.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-dekabr,
904-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 904-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vasiylik kengashining
TARKIBI
1.
J.A. Qo‘chqorov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Vasiylik kengashi raisi
2.
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari
3.
I.R. Tangriyev
—
Vazirlar Mahkamasining kotibiyati mudiri
4.
K.A. Sharipov
—
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
5.
N.N. Saydullayev
—
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari
6.
N.J. Xusanov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
7.
J.T. Maxsudov
—
raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari
8.
B.Q. Abdinazarov
—
“UzAssets” investitsiya kompaniyasi” AJ boshqaruvi raisi
9.
Q.S. Sanaqulov
—
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi
10.
A.X. Xursanov
—
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi
11.
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosarlari
12.
Sh.Sh. Sharaxmetov
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining birinchi o‘rinbosari, Vasiylikkengashi kotibi
Izoh. Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoxud zimmasiga mazkur lavozim vazifalarini bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 904-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Oliy maktab o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
3. Oliy maktab korporativ va loyiha boshqaruvi, shuningdek, biznes va tadbirkorlik sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan tayanch davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, Vazirlar Mahkamasi Oliy maktabning muassisi hisoblanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Oliy maktabning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.
4. Oliy maktab mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shuningdek, banklarda milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrlar, shtamplar, ramzlar va qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
5. Oliy maktabning rasmiy nomi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
qisqartirilgan nomi — Oliy biznes maktabi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Visshaya shkola biznesa i predprinimatelstva pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Visshaya shkola biznesa;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Graduate School of Business and Entrepreneurship under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Graduate School of Business.
6. Oliy maktabning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy, 100060.
7. Oliy maktabda bakalavriat va magistratura bosqichlari tinglovchilari to‘lov-kontrakt va davlat granti hisobidan o‘qitiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
2-bob. Oliy maktabning asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
8. Quyidagilar Oliy maktabning asosiy vazifalari hisoblanadi:
“Biznesni boshqarish (MBA)”, korporativ va loyiha boshqaruvi, shuningdek, biznes va tadbirkorlik sohalari uchun bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, sohadagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
transformatsiya jarayonlari va korporativ boshqaruv, tadbirkorlikni rivojlantirish va “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar, loyihalashtirish, axborot-tahliliy, startap loyihalar bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ekspert va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;
raqamli iqtisodiyot, tadbirkorlik ekotizimi va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan trening, qisqa kurs, seminar, davra suhbatlari hamda anjumanlarni tashkil etish;
ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, jumladan, nufuzli xorijiy universitetlar va biznes maktablari bilan “ikki diplom” (Double degree) ta’lim modeli bo‘yicha hamkorlik qilish;
xalqaro ta’lim standartlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilish, AACSB (Universitetlarning biznes maktablarini rivojlantirish assotsiatsiyasi), AMVA (MVA assotsiatsiyasi) va biznes ta’lim sifatini baholovchi boshqa xalqaro tashkilotlarda Oliy maktabni akkreditatsiyadan o‘tkazish.
9. Oliy maktab o‘ziga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
a) korporativ va loyiha boshqaruvi, shuningdek, biznes va tadbirkorlik sohalari uchun bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, sohadagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida:
(10-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
davlat ta’lim standartlari asosida “Biznesni boshqarish (MVA)”, “Loyiha boshqaruvi (RM)”, “Korporativ boshqaruv” hamda boshqa iqtisodiyot va boshqaruv sohasi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tayyorlashni tashkil etish;
o‘quv rejalari, dasturlari, o‘qitishning shakllarini davlat organlari, korxonalar, aholi ehtiyojlari va ta’lim xizmatlari bozoridagi mavjud talabga muvofiq belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash;
o‘quv jarayonini ta’lim berishning kredit-modul tizimi va innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llagan holda, umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tinglovchilarda biznes va boshqaruv faoliyatining tegishli sohalari bo‘yicha tizimli tahlil qilish qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv dasturlari asosida tashkil etish;
biznes va boshqaruvga oid zamonaviy yutuqlarni, davlat va korporativ boshqaruvdagi o‘zgarishlar tajribasini inobatga olgan holda o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni tayyorlash;
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari vakillari uchun nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchilarini jalb etgan holda, davlat boshqaruvi, biznes boshqaruvi, korporativ va loyihaviy boshqaruv, zamonaviy menejment bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish;
tuman (shahar) hokimlari yordamchilari, shuningdek, mahallalarda tadbirkorlikka qiziquvchi aholi uchun iqtisodiy bilimlar berish, ishbilarmonlik hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish;
Makroiqtisodiyot, Sanoat iqtisodiyoti, Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti, Moliya, pul muomalasi va kredit, Marketing, Mintaqaviy iqtisodiyot, Menejment, Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari, Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti, Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
mutasaddi vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlarning rahbar hamda xodimlari, davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik subyektlarining davlat ishonchli vakillari hamda boshqaruvchilari, shuningdek, kuzatuv kengashi raisi, uning a’zolarini va taftish komissiyasi a’zolarini hamda boshqa iqtisodiy tuzilmalarning xususiylashtirish sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun korporativ boshqaruv bo‘yicha maxsus qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish va davlat namunasidagi sertifikat hamda korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish;
aholini biznes yuritish va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni tashkil etish hamda bu sohada malakali trenerlarni tayyorlash;
Oliy maktab hududiy filiallari o‘quv-uslubiy, innovatsion va boshqa faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
b) transformatsiya jarayonlari va korporativ boshqaruv, tadbirkorlikni rivojlantirish va “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar, loyihalashtirish, axborot-tahliliy, startap loyihalar bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ekspert va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish sohasida:
ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda, ta’lim jarayoni samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan boshqaruv kadrlarini tayyorlashning zamonaviy xalqaro ta’lim standartlari va uslublarini, shu jumladan, masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish;
tadbirkorlik tashabbuslari va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro, davlat hamda xususiy korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, biznes tashabbuslari va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tajribali tadbirkorlar hamda xorijiy ekspertlarni jalb etish;
biznes yuritish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni (shu jumladan, elektron shaklda) tayyorlash orqali xo‘jalik subyektlari va tadbirkorlarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
tashkilotlarda korporativ boshqaruv va menejment tizimlarini baholash, diagnostika qilish hamda tahlil qilish xizmatlarini ko‘rsatish;
matbaa, noshirlik va hujjatlardan nusxa ko‘chirish faoliyatini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot]
v) raqamli iqtisodiyot, tadbirkorlik ekotizimi va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan trening, qisqa kurs, seminar, davra suhbatlari hamda anjumanlarni tashkil etish sohasida:
davlat organlari va tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va mutaxassislarini “yashil” iqtisodiyotga o‘tish masalalari bo‘yicha o‘qitish;
Oliy maktabda biznes va boshqaruv nazariyasi hamda amaliyotining dolzarb masalalari bo‘yicha vazirlik va idoralarning rahbar va mas’ul xodimlari tomonidan ma’ruza o‘qish (shu jumladan, soatbay haq to‘lash asosida), mashg‘ulotlar va mahorat darslarini tashkil etish;
mahalliy va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslar ishtirokida ilmiy tadbirlarni tashkil etish;
g) ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, jumladan, nufuzli xorijiy universitetlar va biznes maktablari bilan “ikki diplom” (Double degree) ta’lim modeli bo‘yicha hamkorlik qilish sohasida:
xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, o‘quv jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
xalqaro tashkilotlar (CFA Institute, ACCA, ICA, SES va boshqalar) bilan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.03.00 Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
d) xalqaro ta’lim standartlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilish, AACSB (Universitetlarning biznes maktablarini rivojlantirish assotsiatsiyasi), AMVA (MVA assotsiatsiyasi) va biznes ta’lim sifatini baholovchi boshqa xalqaro tashkilotlarda Oliy maktabni akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasida:
ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini yaratish va yuritish, ma’lumotlarni qayta ishlash va Oliy maktab faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy sharhlar tayyorlash;
tadbirkorlik va biznesni boshqarish sohasida ilm-fanning eng yangi yutuqlari va ilg‘or jahon tajribasini muntazam o‘rganish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda zamonaviy boshqaruvning samarali shakllari va usullarini joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan uslub va tavsiyalar ishlab chiqish;
Oliy maktabni xalqaro tan olingan biznes maktablarining reytinglariga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlar faoliyatini tashkil etish;
Oliy maktab xalqaro reytingi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish.
3-bob. Oliy maktabning huquqlari va javobgarligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.12.00 Muddatli mehnat shartnomalari;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.07.00 Valyuta hisobvaraqlari;
6.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari;
7.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish;
8.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
10. Oliy maktab quyidagi huquqlarga ega:
o‘quv rejalari, dasturlari, o‘qitish turlari va shakllarini respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar, aholi ehtiyojlari va ta’lim xizmatlari bozoridagi talabga muvofiq ishlab chiqish va tasdiqlash;
bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha ta’lim va boshqa xizmatlar, shu jumladan, to‘lov-shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar narxini belgilash;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oliy maktab bakalavriat va magistratura bosqichlariga xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan “ikki diplom” (Double degree) modeli doirasida qabul parametrlarini, to‘lov-shartnoma asosidagi ko‘rsatiladigan xizmatlar miqdori va narxlarini hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkiloti hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tasdiqlash;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oliy maktab ta’lim dasturlari xususiyatidan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish. Shuningdek, vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlarning tegishli kompetensiyaga ega bo‘lgan (ilmiy daraja yoki unvonsiz) mutaxassislarini ham o‘quv jarayoniga jalb etish;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oliy maktab Ilmiy kengashi qaroriga asosan Oliy maktabda va xorijiy hamkor ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma “ikki diplom” (dual degree) modeli bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilarning uzrli sabablarini (sog‘ligi, turmushga chiqqanligi, moliyaviy ahvoli va boshqalar) inobatga olgan holda ularning o‘qishini kunduzgidan sirtqiga, sirtqidan kunduzgi shaklga ko‘chirishga hamda qo‘shma diplomdagi tinglovchilar o‘qishining ikkinchi yilini Oliy maktabdagi mutaxassisligi bo‘yicha davom ettirishga ruxsat berish;
shartnoma asosida jalb qilingan professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar mehnatiga soatbay haq to‘lash miqdorini tasdiqlash;
Oliy maktab professor-o‘qituvchilari va xodimlarining o‘qitilayotgan fanlardan darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni hamda ilmiy maqolalarini xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etganligi uchun ularning xarajatlarini to‘liq qoplash;
chet ellik mutaxassislarni maslahatchi, o‘qituvchi (trener) va ekspert sifatida jalb etish, ularga oylik ish haqini va boshqa to‘lovlarni Oliy maktabning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan belgilash hamda to‘lash;
mulk, intellektual va boshqa mulk, xo‘jalik yoki boshqa faoliyat natijasida olingan mahsulotlar, daromadlar, shuningdek, amaldagi qonunchilik asoslarida olingan boshqa mol-mulkka egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat imtihoni yoki bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi yoki loyiha ishini bajarishga ilmiy rahbarlik qilish yoki boshqa turdagi majburiy davlat yakuniy attestatsiyasi jarayonlarida ishtirok etish tartibi, shuningdek, tegishli o‘quv yuklamalari me’yorlarini belgilash;
(10-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatish;
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari rahbarlari va mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari xodimlarini, oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini shartnoma asosida soha ekspertlari sifatida ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish;
qonunchilik hujjatlariga asosan davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari hamda tashkilotlariga axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xodimlar va mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga yuborish, chet ellik mutaxassislarni, xalqaro ijtimoiy, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda banklar vakillarini taklif qilish va qabul qilish;
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, Milliy statistika qo‘mitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlaridan zarur uslubiy, statistika, axborot-tahliliy materiallarni bepul olish;
(10-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oliy maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kapital qurilish va asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida, shuningdek, banklarda va boshqa moliya tashkilotlarida milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish va ular bo‘yicha tegishli operatsiyalarni amalga oshirish;
xodimlarning xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarda (seminarlar, konferensiyalarda) ishtirok etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, ta’lim dasturlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari kontentlarini yaratishda xalqaro hamda xorijiy ilmiy-statistika ma’lumotlari bazalari, ilmiy nashrlar, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalaridan foydalanish;
Oliy maktab tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va bajariladigan ishlar uchun narxlar va tariflarni mustaqil belgilash;
xorijiy hamkor ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma “ikki diplom” (Double degree) modeli bo‘yicha o‘qitish, bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi, to‘lov qiymatini belgilash;
professor-o‘qituvchilarni va boshqa xodimlarni Oliy maktab kafedralariga 1 yildan 5 yilgacha muddatga belgilangan tartibda shartnoma bilan ishga qabul qilish;
Oliy maktab Ilmiy kengashi qarori asosida o‘quv kurslari uchun to‘lov miqdorini belgilash;
Oliy maktabning yillik xarajatlar smetasini, avtotransport vositalarining masofa bosib o‘tish limitlari va ularga texnik xizmat ko‘rsatishga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash;
Oliy maktab qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Oliy maktab:
o‘z vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarmaganligi;
ta’lim jarayonida o‘quv rejasiga muvofiq o‘quv dasturlari hajmi to‘liq bajarilmaganligi;
ta’lim jarayoni vaqtida tinglovchi hamda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘i;
tinglovchi hamda xodimlarning huquq va erkinliklari buzilganligi uchun javobgar hisoblanadi.
4-bob. Oliy maktab faoliyatini tashkil etish
1-§. Oliy maktab rahbariyati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
12. Oliy maktabga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
13. Direktor:
Oliy maktab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Oliy maktabga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini ta’minlaydi;
Oliy maktab nomidan barcha davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, chet elda vakillik qiladi;
Oliy maktabga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida direktorning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini belgilaydi;
Oliy maktabning mol-mulki va mablag‘larini ishonchnomasiz, o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda tasarruf etadi;
Oliy maktab nomidan shartnomalar tuzish va tovar-moddiy qimmatliklarni sotib olish uchun ishonchnomalar beradi;
Oliy maktabning Ilmiy kengashi tarkibini va uning nizomini tasdiqlaydi;
Oliy maktab va uning hududiy filiallari faoliyatiga oid ichki hujjatlarni tasdiqlaydi;
Oliy maktabning mablag‘larini ishonchnomasiz, o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda tasarruf etadi;
Oliy maktabning barcha xodim, professor-o‘qituvchi hamda tinglovchilari tomonidan qat’iy bajarilishi shart bo‘lgan buyruq va ko‘rsatmalarni tasdiqlaydi;
Oliy maktab va uning hududiy filiallari rahbar hamda xodimlarini ishga qabul qiladi, lavozimlarini o‘zgartiradi va lavozimdan ozod etadi;
Oliy maktabning shtat jadvalini, xodimlar va professor-o‘qituvchilarning ish haqi, ustamalar, moddiy rag‘batlantirish, moddiy yordam miqdorlarini tasdiqlaydi;
zarur hollarda, tasdiqlangan shtatdagi xodimlar soni doirasida Oliy maktab va uning hududiy filiallari tuzilmalariga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda o‘zgartirishlar kiritadi;
belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot jamoalari hamda ekspert guruhlarini tuzadi;
Oliy maktabning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, rahbariyat va xodimlarning lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlaydi;
(13-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oliy maktab faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi.
14. Direktor o‘rinbosarlari Oliy maktabning o‘quv jarayonini tashkil etish, ilmiy-innovatsion ishlarni tashkil etish, hududiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, moliya-xo‘jalik, shuningdek, ularga biriktirilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi.
2-§. Oliy maktabning vasiylik kengashi
15. Oliy maktabning vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) Oliy maktabning oliy boshqaruv organi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
16. Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari faoliyatini umumiy nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
xo‘jalik va moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligini tekshirish va nazorat qilish uchun Taftish komissiyasini tuzish;
xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatish, homiylik xayriyalari va grantlarni jalb etishga ko‘maklashish;
moddiy-texnik, o‘quv-metodik bazani takomillashtirish, binolar va hududiy filiallar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Oliy maktabda iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun dolzarb bo‘lgan yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish.
17. Vasiylik kengashi qarorlari uning a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va kengash majlislari bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
18. Vasiylik kengashining majlislari yiliga kamida bir marta yoki zarurat bo‘lganda, Vasiylik kengashi raisi yoki uning o‘rinbosari qarori bilan, shuningdek, Vasiylar kengashi, Ilmiy kengash va Taftish komissiyasi a’zolari takliflariga binoan o‘tkaziladi.
3-§. Oliy maktabning ilmiy kengashi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
19. Oliy maktabning ilmiy kengashi (keyingi o‘rinlarda — Ilmiy kengash) tarkibiga Oliy maktab direktorining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, ilmiy kotib, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, boshqa tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari, yetakchi professor-o‘qituvchilar, shuningdek, boshqa ta’lim va ilmiy muassasalarning yetakchi olim hamda mutaxassislari kiritilishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
20. Ilmiy kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oliy maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
davlat va xalqaro ta’lim standartlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari hamda dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oliy maktabni yanada rivojlantirishning ustuvor masalalari bo‘yicha tavsiyalar va ko‘rsatmalar beradi;
Oliy maktabni rivojlantirishning yillik va istiqbolli rejalarini tasdiqlaydi, kadrlarni (tinglovchilarni) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning o‘quv dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
o‘quv-pedagogik, ilmiy-tadqiqot faoliyatining sifati va tayyorlanadigan kadrlarning raqobatbardoshliligini ta’minlashga qaratilgan xorijiy ilg‘or tizimlarni boshqaruv va ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi me’yorini, bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilarning chegaraviy soni va professor-o‘qituvchilar hamda shartnoma asosida jalb qilingan professor-o‘qituvchilar mehnatiga soatbay haq to‘lash miqdorini belgilaydi;
ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosini, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi;
kafedra mudiri, professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash bo‘yicha belgilangan tartibda tanlovlar e’lon qiladi va o‘tkazadi;
professor, dotsent ilmiy unvonini olishga tavsiya etiladigan xodimlarning hujjatlarini o‘rganib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlash uchun tavsiya etadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/8-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2793, 03.06.2016-y.).
xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish masalalari bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritadi;
kadrlar tayyorlash bo‘yicha buyurtmachilar va marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda, yangi bakalavriat va magistratura bosqichlarini ochish to‘g‘risida taklif kiritadi;
(21-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
sohaga oid o‘quv adabiyotlarini belgilangan tartibda nashr qilishga tavsiya qiladi;
Oliy maktabda amalga oshiriladigan o‘quv, metodik, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil ishlari, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
kafedra mudirlarining hisobotlarini eshitadi va tegishli tartibda qarorlar qabul qiladi;
Oliy maktabning faxriy professori darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
22. Ilmiy kengash uning majlisida tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
23. Ilmiy kengash qarori Ilmiy kengash raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
4-§. Oliy maktabning taftish komissiyasi
24. Oliy maktabning taftish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Taftish komissiyasi) Vasiylik kengashi tomonidan tuziladi.
25. Taftish komissiyasi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oliy maktabda xo‘jalik, moliya-hisob faoliyati hamda moliyaviy hisobotlarning yuritilishini tekshiradi va nazorat qiladi.
26. Taftish komissiyasining raisi va a’zolari, ularning vakolatlari muddatlari va tekshirishlarni o‘tkazish davriyligi (bir yilda bir marta) Vasiylik kengashining qarori bilan belgilanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
27. Taftish komissiyasi:
moliyaviy va buxgalteriya hisob-kitoblarning to‘g‘riligini tekshirishni kamida bir yilda bir marta, shuningdek, Vasiylik kengashi raisining qarorlariga binoan tekshiradi;
zarurat bo‘lganda, Vasiylik kengashining navbatdan tashqari majlisini chaqirishni talab etish huquqiga ega;
Oliy maktab hamda Jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri va maqsadli sarflanishini tahlil qiladi, yillik hisobot va balans bo‘yicha Vasiylik kengashiga xulosa tayyorlaydi;
kelgusi yilga Oliy maktab hamda Jamg‘arma mablag‘lari tushumi va ularning sarflanishi bo‘yicha moliyaviy rejasi to‘g‘riligi va asoslanganligini ko‘rib chiqadi.
5-bob. Oliy maktabning ta’lim jarayonini, o‘quv-metodik va ilmiy faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
28. Oliy maktabda ta’lim jarayoni davlat ta’lim standartlariga, zamonaviy xalqaro ta’lim standartlari va talablariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari asosida, shuningdek, o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullaridan, ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikatsiya hamda innovatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kredit-modul tizimi shaklida amalga oshiriladi.
29. Bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha o‘qitishning maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqib, boshqaruv kadrlari tegishli o‘quv dasturlari asosida tayyorlanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
30. Oliy maktab tinglovchilarining majburiy davlat yakuniy attestatsiyasi turlari va shakllari O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari asosida belgilanadi.
31. Oliy maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi. Shuningdek, diplom yo‘qolgan yoki foydalanish uchun yaroqsiz holga kelganda hamda shaxsning ismi (familiyasi, otasining ismi) o‘zgarganda, diplomning dublikati beriladi.
6-bob. Oliy maktab faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
32. Oliy maktab xodimlarining huquq va majburiyatlari, shuningdek, ularning Oliy maktab ma’muriyati bilan o‘zaro munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, jamoa shartnomasi, yakka tartibdagi mehnat shartnomalari, Oliy maktabning ichki hujjatlari va ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
33. Oliy maktab xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, ularni mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish Davlat budjeti, to‘lov-kontrakt mablag‘lari hamda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oliy maktabning professor-o‘qituvchilari va barcha xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash tarif koeffitsiyentini ikki baravarga oshirilgan holda haq to‘lanadi. Bunda mehnatga haq to‘lash razryadlari va ish haqini hisoblashning barcha turlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi uchun belgilangan tartiblar asosida qo‘llaniladi.
Xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibini (shu jumladan, boshqa tashkilotlardan jalb etilganlarni) magistrlik dissertatsiyalari yoki boshqa turdagi majburiy davlat yakuniy attestatsiyasiga ilmiy rahbarlik bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv yuklamalari uchun bir o‘quv yilida 400 soatdan oshmagan miqdorda soatbay haq to‘lashga ruxsat etiladi.
Qo‘shma ta’lim dasturlarida dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchilar tarkibiga va jalb etilgan mutaxassislarga o‘quv yuklamasi uchun amaldagi soatbay haq to‘lash miqdorining to‘rt baravaridan yuqori bo‘lmagan miqdorigacha haq to‘lanishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar]
34. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan professor-o‘qituvchilar va barcha xodimlarga quyidagi rag‘batlantirish to‘lovlari amalga oshiriladi:
lavozim maoshining (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) to‘rt baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oylik ustamalar;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
davriy hisobot natijalariga ko‘ra, shu jumladan, alohida topshiriqlarni bajarganlik uchun lavozim maoshining (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) besh baravarigacha bo‘lgan rag‘batlantirish to‘lovlari;
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
kadrlar tayyorlash bo‘yicha tuzilgan mehnat shartnomalari asosida xorijiy professor-o‘qituvchilar va yetuk mutaxassislarga rag‘batlantirish va ish haqi to‘lovlari;
umumxalq bayramlari, chorak va yil yakunlari munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining o‘n baravari miqdorigacha mukofotlar;
Oliy maktab markaziy apparati va hududiy filiallarning xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy maktab direktorining buyrug‘iga asosan madaniy — ommaviy tadbirlarga Oliy maktab kasaba uyushmasi hisobraqamiga mablag‘ o‘tkazish orqali yo‘naltirishi mumkin.
Bunda to‘lov-kontrakt mablag‘lari hamda Jamg‘armaga tushgan barcha mablag‘lar Oliy maktab faoliyatini amalga oshirishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlar qoplangandan keyin qoldiq mablag‘larning 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
(34-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
35. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek, Oliy maktabning kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari va boshqa bo‘limlar xodimlari, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun oylik ustamalar belgilash mezonlari Oliy maktab direktori tomonidan belgilanadi.
36. Oliy maktab professor-o‘qituvchilari va xodimlariga Scopus, Web of Science va boshqa shu kabi yirik nashriyotlar yoki ma’lumotlar bazasi asosida “impakt-faktor”ga ega bo‘lgan ilmiy xorijiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalari uchun oylik ish haqining (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) uch baravarigacha miqdorda moddiy yordam ko‘rsatiladi. Agar ilmiy maqola hammualliflikda chop etilgan bo‘lsa, birinchi muallifga oylik ish haqining bir baravarida, ikkinchi muallifga oylik ish haqining 60 foizi va uchinchi muallifga 40 foizi miqdorida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lab berilishi mumkin.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
37. Quyidagilar Oliy maktab faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Davlat budjeti mablag‘lari;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
asosiy faoliyatdan va pulli xizmatlar ko‘rsatishdan, shu jumladan, o‘quv kurslari va seminarlarni tashkil etish, adabiyot materiallarini chop etishdan tushadigan tushumlar;
xo‘jalik, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatdan, startap loyihalarni amalga oshirishdan olingan mablag‘lar;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni belgilangan tartibda tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan va moliya bozorining boshqa vositalaridan olinadigan daromadlar;
xalqaro tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘maklari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7-bob. Oliy maktabning mol-mulki
38. Asosiy fondlar (bino va inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va shu kabilar), aylanma mablag‘lar, shuningdek, moliyaviy resurslar va moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobidan sotib olinadigan hamda turli mahalliy va xorijiy korxonalar va tashkilotlardan homiylik tariqasida beriladigan moddiy boyliklar Oliy maktabning mol-mulkini tashkil etadi. Oliy maktab mol-mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
39. Oliy maktab o‘ziga biriktirilgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
8-bob. Oliy maktabning xalqaro faoliyati
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
40. Oliy maktab yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari va kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar va fondlar bilan menejment, biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, korporativ va loyiha boshqaruvi hamda iqtisodiyotning boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, o‘quv-metodik ishlar va ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish hamda Oliy maktab professor-o‘qituvchilari, xodim va tinglovchilarining xorijiy amaliyotlarini tashkil qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
41. Xalqaro hamkorlik, shu jumladan, Oliy maktab xodim va tinglovchilarining chet eldagi stajirovkasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oliy maktabning shartnomalari va boshqa shartnomalar (kontraktlar) asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. Oliy maktab qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi.
43. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XVI bobi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 904-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) magistraturasiga kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom Oliy maktabning Executive MBA magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish tartibiga tatbiq etilmaydi. Executive MBA magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida belgilanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oliy maktab magistraturasiga o‘qishga qabul qilish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Qabul komissiyasi) — Oliy maktab direktorining buyrug‘i bilan magistraturaga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish uchun har yili tuziladigan komissiya;
nomzod — magistraturaga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan jismoniy shaxs;
Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) — Oliy maktab direktorining buyrug‘i bilan nomzodni test sinovlaridan o‘tkazishga tavsiya etish uchun har yili tuziladigan professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari va boshqa tashkilotlar xodimlaridan iborat guruh.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
3. Oliy maktab magistraturasiga davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan tavsiyanomaga asosan nomzodlar iqtisodiyot, moliya, menejment, marketing hamda sohaga oid boshqa yo‘nalishlar doirasida o‘tkazilgan suhbat va test sinovlari natijalari bo‘yicha ochiq tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Bunda nomzod MVA mutaxassisligiga hujjat topshirish uchun oliy ma’lumotga (bakalavr diplomi mavjud bo‘lganda) hamda uch yil mehnat stajiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Oliy maktabning boshqa barcha mutaxassisliklari bo‘yicha hujjat topshirgan nomzodlardan mehnat staji talab etilmaydi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
4. Oliy maktab tinglovchilari — davlat organlari va muassasalari, budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu tashkilotlarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar xodimlarining asosiy ish joyidagi lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi (kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim olayotganda o‘rtacha ish haqi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi) o‘qishning butun davri uchun saqlab qolinadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
2-bob. Oliy maktab magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
5. Oliy maktab magistraturasiga o‘qishga yillik qabul parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) tomonidan tasdiqlanadi.
6. Oliy maktab magistraturasiga hujjatlarni qabul qilish muddatlari qabul boshlanishidan kamida bir oy oldin Oliy maktabning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
7. Hujjatlarni qabul qilish, shuningdek, magistraturaga kirish imtihonlari yiliga ikki marta Qabul komissiyasi tomonidan belgilangan vaqtda (yozgi va qishki qabul davri) amalga oshiriladi.
Bunda Oliy maktab magistraturasiga belgilangan parametrlarga asosan to‘lov-kontrakt va davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida o‘qishga qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
8. Magistraturaga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi:
nomzodlar bilan suhbat;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi o‘rinlarda — Bilim va malakani baholash agentligi) tomonidan o‘tkaziladigan kirish test sinovlari.
9. Test sinovlari topshiriladigan fanlar ro‘yxati magistratura mutaxassisligi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
10. Ingliz tilini V2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi milliy malaka sertifikati yoki CEFR (Common European Framework of Reference) bo‘yicha B2, IELTS (International English Language Testing System) bo‘yicha 5,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo‘yicha 72 balldan kam bo‘lmagan darajada ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan, shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlarini ingliz ta’lim tilida bitirgan nomzodlar ingliz tili bo‘yicha imtihon topshirishdan ozod qilinadi. Ularga mazkur fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
11. Suhbat savollari va test o‘tkaziladigan fanlar dasturlari Oliy maktabning rasmiy veb-saytida suhbat va test o‘tkazishdan kamida bir oy oldin e’lon qilinadi.
12. Nomzodlar Oliy maktabning rasmiy veb-sayti orqali qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
magistratura ta’lim yo‘nalishi va o‘qish shakli ko‘rsatilgan holda Oliy maktab direktori nomiga ariza;
nomzodning ish joyidagi birinchi rahbari tomonidan imzolangan tavsiyanoma;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
belgilangan tartibda mehnat daftarchasidan ko‘chirma;
ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat yoki sertifikat (agar mavjud bo‘lsa).
13. Oliy maktab ta’lim yo‘nalishlariga mos keladigan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
14. Kirish imtihonlarini (suhbat va test sinovlari) muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar Qabul komissiyasiga yuqoridagi hujjatlarning asl nusxalarini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadilar.
3-bob. Nomzodlarning suhbatdan o‘tish tartibi
15. Nomzodlar bilan suhbat Maxsus komissiya tomonidan o‘tkaziladi.
16. Suhbat o‘tkazish qoidalari va uning natijalarini baholash mezonlari Ilmiy kengash tavsiyasiga asosan Oliy maktab direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
17. Maxsus komissiya o‘z faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, obyektivlik va xolislik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
18. Suhbat nomzoddan quyidagilarni aniqlash maqsadida og‘zaki o‘tkaziladi:
iqtisodiyot, moliya va menejment sohasidagi kasbiy bilim hamda nazariy asoslar darajasi, bilim va amaliy ko‘nikmalarni tizimlashtirish qobiliyati;
tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish qobiliyati, asosiy ilmiy tushunchalar va tadqiqot ishlari usullarini egallaganlik darajasi;
o‘zini o‘zi tarbiyalash va malaka oshirish istagi, kasbiy o‘zini o‘zi anglash, jamoada ishlash qobiliyati va yetakchilik fazilatlarining mavjudligi;
boshqaruv ko‘nikmalarini egallaganlik, mantiqiy, tizimli va tahliliy fikrlash qobiliyatlariga egalik darajasi.
19. Nomzodni test sinovlaridan o‘tkazishga tavsiya etish bo‘yicha maxsus komissiya qarori suhbat natijalariga ko‘ra qabul qilinadi.
20. Suhbat natijalari bo‘yicha nomzodlarning shikoyatlari ular e’lon qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga beriladi.
21. Nomzodlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish muddati ular berilgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmasligi kerak.
22. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan va magistraturaga o‘qishga kirish uchun test sinovlarida qatnashishga ruxsat etilgan nomzodlar ro‘yxati Oliy maktabning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
4-bob. Nomzodlarning test sinovlaridan o‘tish tartibi
23. Test savollarini tasdiqlash va test sinovlarini o‘tkazish Oliy maktab bilan kelishilgan holda, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
24. Test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plangan maksimal ballning kamida 25 foizini to‘plagan nomzodlar Oliy maktab tinglovchisi sifatida qabul komissiyasi tavsiyasiga asosan qabul qilinadi.
25. Nomzodlarga kirish suhbati va test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat etilmaydi.
26. Magistraturaga kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar ro‘yxati Oliy maktabning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
27. Nomzod bilan o‘qishga kirish bo‘yicha shartnoma uning magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi komissiya qarori asosida tuziladi.
28. Shartnoma shartlari, taraflarning huquq va majburiyatlari, to‘lovlarni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi va Oliy maktabning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
29. Komissiya qaroriga muvofiq va tuzilgan shartnoma asosida Oliy maktab direktorining buyrug‘i bilan magistraturaga o‘qishga qabul qilinadi.
30. Agar o‘qishga kiruvchi nomzod shartnomada ko‘rsatilgan muddatda to‘lovni amalga oshirmasa, uning o‘rniga to‘plangan ballar soniga ko‘ra keyingi talabgor qabul qilinadi.
31. Magistratura tinglovchisi Oliy maktabning ichki tartib qoidalarini buzganligi yoki akademik qarzdorligi sababli o‘qishdan chetlashtirilgan taqdirda, to‘langan to‘lov-kontrakt summasi qaytarilmaydi.
32. Nomzodlarning test sinovlari natijalari bo‘yicha shikoyatlari natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etiladi.
33. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni shikoyat berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va qaror qabul qilingan kuni nomzodni shikoyat qanoatlantirilgan yoki rad etilganligini ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabar qiladi.
34. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi Oliy maktab direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
35. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi tanlov komissiyasi ishida ishtirok etmagan shaxslardan tuziladi.
36. Test natijalarini asoslash uchun zarur hollarda, Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ul xodimi yoki eksperti jalb qilinishi mumkin.
37. Nomzod murojaatni ko‘rib chiqishda shaxsan ishtirok etish huquqiga ega.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
38. Oliy maktabning magistraturasiga kirish imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Oliy maktabga o‘qishga kiruvchi nomzodlar mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.
39. Ushbu Nizomni qo‘llashdan kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
40. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 904-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 870-bandi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2025-y., 09/25/158/0235-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 29-noyabrdagi 679-son qarorining 6-bandi va unga 2-ilova.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son qaroriga 5-ilovaning 37-bandi.