Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi
qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Pensiya jamgʻarmasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 1994-yil 1-iyulgacha koʻrsatib oʻtilgan toifadagi xodimlardan tushadigan sugʻurta badallarining dastlabki hisob-kitobini yuritish tartibini ishlab chiqsin;
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 66-moddasining
2 va
3-qismlariga muvofiq pensiya toʻlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash tartibi (
15-ilova);
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimiga yuklansin.
Mazkur Tartib korxona aybi bilan mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik boʻyicha, shuningdek, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” 1993-yil 3-sentabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (bundan keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) 12-moddasi
“b” — “j” bandlariga va
14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash qoidasini tartibga soladi.
1. Mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar korxonaning aybi bilan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron boʻlib qolganlarga pensiya toʻlash xarajatlarini qoplash uchun mehnat haqiga moʻljallangan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi deb ataladi) har oyda pul oʻtkazadilar.
2. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi pensiyani tayinlashda ana shunday pensiya oluvchilar roʻyxatini pensiya miqdorini, ularning aybi bilan mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi kelib chiqqan korxonalar, tashkilotlar nomlarini koʻrsatgan holda, toʻlangan pensiyalar xarajatlarini qoplash uchun davlat soliq xizmatining hududiy organlariga yetkazadilar.
3. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari mazkur Tartibning
1-bandida koʻrsatilgan pensiyalarga toʻlangan mablagʻlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq korxonalar va tashkilotlardan regress daʼvo boʻyicha undirib olinishini taʼminlaydilar.
4. Korxonalar, tashkilotlar mazkur Tartibning
1-bandida koʻrsatilgan xarajatlarni qoplash uchun sugʻurta toʻlovlarini Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga pensiya toʻlangandan keyingi oyning 10-kunigacha toʻlaydilar.
5. Mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, korxonalar hamda tashkilotlar Qonun 12-moddasining
“b” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash uchun mehnat haqi toʻlashga moʻljallangan mablagʻlardan Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga xarajatlarni qoplovchi pul oʻtkazadilar.
6. Pensiyalarni toʻlash uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Qonun 12-moddasining
“b” — “j” bandlarida nazarda tutilgan ish joylariga ega boʻlgan korxona va tashkilotlar ana shunday ish joylarining roʻyxatini, kasblar, lavozimlar nomini, mazkur ish joylarida ishlovchi ishchilarning yillik oʻrtacha sonini aniqlaydilar.
Bu ish joylaridan mazkur yil davomida imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqadigan xodimlarning soni ularning yillik oʻrtacha sonining 3 foizi hajmida qabul qilinadi. Qonunning
31-moddasiga muvofiq ularga tegishli pensiya miqdorini aniqlash uchun koʻrsatib oʻtilgan kasblarda ishlagan xodimlarning oylik oʻrtacha ish haqi oldingi yil maʼlumotlari boʻyicha hisoblab chiqariladi. Pensiya miqdori koʻrsatib oʻtilgan oʻrtacha oylik ish hajmining 60 foiziga teng boʻladi.
Qonunning 12-moddasi
“j” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplovchi toʻlovlarni korxona budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga xodim umumiy pensiya yoshiga yetgungacha 100 foiz miqdorida toʻlaydi.
Har yilga tuziladigan hisob-kitoblar soliq organlari tomonidan tekshiriladi va tasdiqlanadi. Zarur boʻlganda ushbu ishga tumanlar (shaharlar) budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari xodimlari jalb etilishi mumkin.
Korxonalar va tashkilotlar koʻrsatib oʻtilgan toʻlovni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga har yilning 15-yanvarigacha boʻlgan muddatda toʻlaydilar.
7. Qonun 12-moddasining
“b” — “j” bandlarida koʻrsatilgan ish oʻrinlarining soni, ish oʻrinlarini attestatsiya qilish sifati, ayrim kasblar va lavozimlarni roʻyxatga kiritish boʻyicha davlat soliq xizmati organlari va korxonalar oʻrtasidagi bahslar davlat soliq xizmati organlari yoki korxonalarning yozma taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat sharoitlari Davlat ekspertizasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Uning xulosasi yakuniy hisoblanadi.
8. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari Qonunning
14-moddasiga muvofiq pensiya tayinlashda har oyda bunday fuqarolar roʻyxatini tayinlangan pensiya miqdori va davrini koʻrsatgan holda, toʻlangan pensiyalar xarajatlarini qoplash uchun davlat soliq xizmatining tegishli hududiy organlariga yetkazadilar.
9. Respublika aholisini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi organlari muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash uchun pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 10-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga mablagʻ oʻtkazadilar. Koʻrsatib oʻtilgan ajratmalarni toʻlash ishsiz shaxs umumiy pensiya yoshiga yetgungacha davom ettiriladi.
10. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi organlari taqdimnomasiga koʻra davlat soliq xizmati organlari ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi organlaridan mablagʻlarni muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar toʻlovlarining haqiqiy hisob-kitoblari boʻyicha undirib oladilar.
11. Korxonalar va tashkilotlar, aholini ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi organlari pensiyalar toʻlash xarajatlarini belgilangan muddatlarda qoplamagan hollarda Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun hisoblab oʻtkazilishi lozim boʻlgan summaning qonunchilik bilan belgilangan miqdorida penya toʻlaydilar.
12. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va davlat soliq xizmati organlari mazkur Tartibning
1,
5,
8-bandlarida koʻrsatilgan xarajatlarning toʻliq va oʻz vaqtida qoplanishini nazorat qilishlari lozim.