1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.02 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.02.00 ga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
3.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli “Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga aylantirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-fevral,
74-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-fevraldagi 74-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
(3, 4 va 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
(6—10-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 38-f-son farmoyishining 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 38-f-son farmoyishiga ilovada:
1-banddagi “Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin, “ijtimoiy taʼminot organlarini chetlab oʻtib” soʻzlari esa chiqarib tashlansin;
2-banddagi “tuman (shahar) ijtimoiy sugʻurta boʻlimlari” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddan “va ijtimoiy sugʻurta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(13—15-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 2-son, 5-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y.,5-son, 20-modda; 7-son, 36-modda)