O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi
qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Pensiya jamg‘armasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 1994-yil 1-iyulgacha ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi xodimlardan tushadigan sug‘urta badallarining dastlabki hisob-kitobini yuritish tartibini ishlab chiqsin;
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 66-moddasining
2 va
3-qismlariga muvofiq pensiya to‘lashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash tartibi (
15-ilova);
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat bo‘limiga yuklansin.
Mazkur Tartib korxona aybi bilan mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo‘yicha, shuningdek, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” 1993-yil 3-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (bundan keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) 12-moddasi
“b” — “j” bandlariga va
14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash qoidasini tartibga soladi.
1. Mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar korxonaning aybi bilan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo‘lib qolganlarga pensiya to‘lash xarajatlarini qoplash uchun mehnat haqiga mo‘ljallangan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi deb ataladi) har oyda pul o‘tkazadilar.
2. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi pensiyani tayinlashda ana shunday pensiya oluvchilar ro‘yxatini pensiya miqdorini, ularning aybi bilan mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi kelib chiqqan korxonalar, tashkilotlar nomlarini ko‘rsatgan holda, to‘langan pensiyalar xarajatlarini qoplash uchun davlat soliq xizmatining hududiy organlariga yetkazadilar.
3. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari mazkur Tartibning
1-bandida ko‘rsatilgan pensiyalarga to‘langan mablag‘larni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq korxonalar va tashkilotlardan regress da’vo bo‘yicha undirib olinishini ta’minlaydilar.
4. Korxonalar, tashkilotlar mazkur Tartibning
1-bandida ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplash uchun sug‘urta to‘lovlarini Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga pensiya to‘langandan keyingi oyning 10-kunigacha to‘laydilar.
5. Mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, korxonalar hamda tashkilotlar Qonun 12-moddasining
“b” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash uchun mehnat haqi to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘lardan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga xarajatlarni qoplovchi pul o‘tkazadilar.
6. Pensiyalarni to‘lash uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Qonun 12-moddasining
“b” — “j” bandlarida nazarda tutilgan ish joylariga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlar ana shunday ish joylarining ro‘yxatini, kasblar, lavozimlar nomini, mazkur ish joylarida ishlovchi ishchilarning yillik o‘rtacha sonini aniqlaydilar.
Bu ish joylaridan mazkur yil davomida imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqadigan xodimlarning soni ularning yillik o‘rtacha sonining 3 foizi hajmida qabul qilinadi. Qonunning
31-moddasiga muvofiq ularga tegishli pensiya miqdorini aniqlash uchun ko‘rsatib o‘tilgan kasblarda ishlagan xodimlarning oylik o‘rtacha ish haqi oldingi yil ma’lumotlari bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Pensiya miqdori ko‘rsatib o‘tilgan o‘rtacha oylik ish hajmining 60 foiziga teng bo‘ladi.
Qonunning 12-moddasi
“j” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplovchi to‘lovlarni korxona budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga xodim umumiy pensiya yoshiga yetgungacha 100 foiz miqdorida to‘laydi.
Har yilga tuziladigan hisob-kitoblar soliq organlari tomonidan tekshiriladi va tasdiqlanadi. Zarur bo‘lganda ushbu ishga tumanlar (shaharlar) budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari xodimlari jalb etilishi mumkin.
Korxonalar va tashkilotlar ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga har yilning 15-yanvarigacha bo‘lgan muddatda to‘laydilar.
7. Qonun 12-moddasining
“b” — “j” bandlarida ko‘rsatilgan ish o‘rinlarining soni, ish o‘rinlarini attestatsiya qilish sifati, ayrim kasblar va lavozimlarni ro‘yxatga kiritish bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari va korxonalar o‘rtasidagi bahslar davlat soliq xizmati organlari yoki korxonalarning yozma taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat sharoitlari Davlat ekspertizasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Uning xulosasi yakuniy hisoblanadi.
8. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari Qonunning
14-moddasiga muvofiq pensiya tayinlashda har oyda bunday fuqarolar ro‘yxatini tayinlangan pensiya miqdori va davrini ko‘rsatgan holda, to‘langan pensiyalar xarajatlarini qoplash uchun davlat soliq xizmatining tegishli hududiy organlariga yetkazadilar.
9. Respublika aholisini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi organlari muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun pensiya to‘langan oydan keyingi oyning 10-kunigacha O‘zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘ o‘tkazadilar. Ko‘rsatib o‘tilgan ajratmalarni to‘lash ishsiz shaxs umumiy pensiya yoshiga yetgungacha davom ettiriladi.
10. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi organlari taqdimnomasiga ko‘ra davlat soliq xizmati organlari ish bilan ta’minlash jamg‘armasi organlaridan mablag‘larni muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar to‘lovlarining haqiqiy hisob-kitoblari bo‘yicha undirib oladilar.
11. Korxonalar va tashkilotlar, aholini ish bilan ta’minlash jamg‘armasi organlari pensiyalar to‘lash xarajatlarini belgilangan muddatlarda qoplamagan hollarda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun hisoblab o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summaning qonunchilik bilan belgilangan miqdorida penya to‘laydilar.
12. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va davlat soliq xizmati organlari mazkur Tartibning
1,
5,
8-bandlarida ko‘rsatilgan xarajatlarning to‘liq va o‘z vaqtida qoplanishini nazorat qilishlari lozim.