toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT DAROMADIGA OʻTKAZILADIGAN MOL-MULKNI OLIB QOʻYISh, SOTISh YOKI YOʻQ QILIB TAShLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Isteʼmolchilar huquqlari va sogʻligʻini himoya qilish, ichki isteʼmol bozoriga sifatsiz tovarlar olib kelinishining oldini olish, davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni nazorat qilish, hisobga olish va sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda nizom 2004-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida 2004-yil 1-aprelgacha qaror qabul qilingan mol-mulkni sotish, shuningdek uni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini oʻtkazish mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida 2004-yil 1-aprelgacha qaror qabul qilingan mol-mulkning 2004-yil 1-maygacha sotilishini taʼminlasinlar.
3. Koʻrsatib oʻtilgan tovarlarning ayrim turlarini olib qoʻyish, ularni ekspertizadan oʻtkazish, baholash va yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish vakolatlari berilgan davlat boshqaruvi, nazorat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining qonuniyligi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori hamda unga boʻysunuvchi viloyatlar, shaharlar va tumanlar prokurorlari amalga oshiradilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-yanvardagi 36-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 9-modda) 2004-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-mart,
140-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 25-martdagi 140-son qaroriga
ILOVA
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari asosida ishlab chiqilgan hamda davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish, shuningdek mol-mulk isteʼmol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb tan olinganda uni yoʻq qilib tashlash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom davlat daromadiga oʻtkaziladigan:
jinoiy ishlar boʻyicha sud qarorlari asosida — mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud qarorlari asosida — mol-mulkning huquqbuzarlik buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorlari asosida — belgilangan tartibda egasiz deb eʼtirof etilgan mol-mulkka;
fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorlari asosida — mol-mulkning davlatga yetkazilgan zararni qoplashga yoʻnaltiriladigan qismiga;
ishni toʻxtatishda tergov organlarining qarorlari asosida — mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
bojxona organlari qarorlari asosida — eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilayotgan qismiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinayotgan, uning hududi orqali tashilayotgan (xalqaro tranzitdan tashqari), aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
soliq organlari qarorlari asosida — aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi boʻlinmalari qarorlari asosida — aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga tatbiq etiladi.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 250-modda)
II. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan olib qoʻyilgan mol-mulkni hisobga olish va saqlash tartibi
3. Mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mol-mulkni (keyingi oʻrinlarda mol-mulk deb yuritiladi) olib qoʻyish vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi.
4. Mol-mulkni olib qoʻyish toʻgʻrisida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
a) tuzilgan vaqti va joyi;
b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qoʻyilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid maʼlumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno;
g) mol-mulkni olib qoʻyishda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ular boʻlsa;
d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;
e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;
j) huquqbuzarning tushuntirish xati;
z) olib qoʻyilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning oʻziga xos belgilari (ogʻirligi, uzunligi va boshqalar);
i) olib qoʻyilayotgan mol-mulkning saqlanishi taʼminlanishi, shu jumladan ham buyumlarning oʻzini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qoʻyish, agar bu ishlar amalga oshirilgan boʻlsa.
5. Mol-mulk olib qoʻyilgandan keyin vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan bir sutka muddatda mol-mulkni:
saqlash uchun masʼul shaxsni belgilagan holda vakolatli organning binolari, maydonlari, omborlarida;
talab qilinadigan omborlarga, asbob-uskunalar va mol-mulkni masʼuliyat ostida saqlash normalariga muvofiq sharoitlarga ega boʻlgan boshqa korxonalar va tashkilotlarning binolari, maydonlari, omborlarida saqlash uchun joylashtirish masalasi hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy yoki xorijiy valyutadagi olib qoʻyilgan naqd pul mablagʻlari (ashyoviy dalillar sifatida eʼtirof etilgan pul mablagʻlari bundan istisno) uni olib qoʻygan organning milliy yoki xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamiga oʻtkazish uchun uch kun muddatda bankka topshirilishi kerak. Bunda koʻrsatib oʻtilgan talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlaridan pul mablagʻlari faqat sud ijrochilari tegishli boʻlinmalarning mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga oʻtkazish uchun, shuningdek mazkur Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan hollarda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni egalariga qaytarish uchun hisobdan chiqariladi;
(5-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-iyuldagi 139-son qaroriga muvofiq toʻrtinchi xatboshi qoʻshilgan — OʻR QHT, 2006-y., 28-29-son, 273-modda)
Mol-mulkni saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar (tashkilotlar) uni saqlash shartlariga rioya etishga va tegishli shart-sharoitlarni taʼminlashga majburdirlar hamda mol-mulkning buzilishi, shikastlanishi, oʻzlashtirilishi, kamomadi, yashirilishi va yoʻq qilinishi uchun toʻliq moddiy javob beradilar va boshqacha javobgarlikka tortiladilar.
Saqlash uchun qabul qilish-topshirish vakolatli organ masʼul mansabdor shaxsining hamda mol-mulkni saqlashga qabul qilgan shaxsning imzolari bilan tasdiqlangan uch nusxadagi mol-mulk roʻyxati bilan rasmiylashtiriladi.
Mol-mulk saqlashga topshirilgungacha uning saqlanishi uchun masʼuliyat mol-mulkni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi zimmasiga yuklanadi.
6. Olib qoʻyilgan mol-mulkning isteʼmol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek uni baholash maqsadida vakolatli organning mansabdor shaxsi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert tayinlaydi.
Ekspert vakolatli organning mansabdor shaxsi va mol-mulkning egasi ishtirokida, u boʻlmagan taqdirda esa — xolis guvohlar ishtirokida belgilangan tartibda sinov uchun boʻlak va namunalar oladi.
Ekspertizadan oʻtkazish va mol-mulkni baholash, agar bu uning vakolatiga kirgan taqdirda, bitta tashkilotga (tashkilotning mutaxassisiga) yuklanishi mumkin.
7. Ekspertiza mol-mulkning turiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bunga vakolati boʻlgan tashkilotlar (standartlashtirish organi yoki uning tomonidan akkreditatsiya qilingan tashkilotlar, laboratoriyalar, sanitariya-epidemiologiya organlari, ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilotlar va boshqa muassasalar) tomonidan oʻtkaziladi. Ekspertiza natijalari toʻgʻrisida vakolatli tashkilot uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar boʻyicha esa — bir sutka mobaynida mol-mulkni olib qoʻygan organga yozma xulosa taqdim etadi.
Uch kun muddatda ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlmagan, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan tovarlarning ayrim turlari, tez buziladigan tovarlardan tashqari:
etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo, tamaki mahsulotlari, dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari, shuningdek oziq-ovqat tovarlari oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda;
mol-mulkning boshqa turlari bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda ekspertizadan oʻtkaziladi.
8. Mol-mulkni olib qoʻygan organ (mansabdor shaxs) baholash uchun mutaxassis tayinlaydi. Soliq, bojxona organlari hamda surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulkni baholashda moliya organlarining vakillari majburiy tartibda ishtirok etadilar.
Vakolatli organning tegishli mansabdor shaxsi tomonidan uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida mutaxassis sifatida zarur bilimlarga ega boʻlgan shaxs (savdo, baholash, auditorlik tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning xodimlari) jalb etiladi.
Mol-mulkni baholash mutaxassis tomonidan talab konyunkturasining mavjud maʼlumotlari va ichki bozor taklifi asosida baholash kunida amalda boʻlgan narxlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Mazkur Nizomning 23—26, 29-bandlarida koʻrsatilgan mol-mulkni, shuningdek oʻziga xos xossalarga ega boʻlgan mol-mulkni baholashda koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk berilayotgan (sotilayotgan) tegishli tashkilotlarning vakillari mutaxassis sifatida jalb etiladi.
Mutaxassis vakolatli organning mansabdor shaxsi chaqirigʻiga koʻra kelishi, qoʻyilgan masalalarga xolisona xulosa berishi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirish berishi shart.
Mutaxassis uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar boʻyicha esa — bir kun mobaynida yozma ravishda xulosa beradi.
9. Ekspert va baholash boʻyicha mutaxassis oʻzlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq moddiy va boshqacha tarzda javob beradilar.
10. Olib qoʻyilgan mol-mulkni hisobga olish va uning sudga beriladigan harakati uni olib qoʻygan organ tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yuritiladi.
Soliq organlari davlat daromadiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan, unga nisbatan olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan mol-mulk hisobini uni sotishdan pul mablagʻlari tushishigacha yoki mol-mulk yoʻq qilib tashlangungacha yuritadilar.
Ekspertiza organlari isteʼmol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi yuzasidan xulosa berilgan davlat daromadiga oʻtkaziladigan yoki yoʻq qilib tashlanadigan mol-mulk (turlari boʻyicha) hajmlari va qiymatining hisobini yuritadilar.
11. Olib qoʻyish sanasida eng kam oylik ish haqining 200 baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qoʻygan organ mol-mulk olingan joydagi hududiy prokurorga darhol maxsus bildirishnoma yuborishi shart.
Har bir bunday holat boʻyicha prokuratura organlari uzil-kesil qaror qabul qilingungacha va mol-mulk davlat daromadiga oʻtkazilgungacha nazorat yuritadilar.
Eng kam oylik ish haqining 200 baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qoʻyish va uni davlat daromadiga oʻtkazishning yagona hisobini prokuratura organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilangan tartibda yuritadilar.
III. Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish yoki uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish
12. Mol-mulkni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi materiallar mol-mulkning isteʼmol, foydalanish va qayta ishlash uchun yaroqliligi haqida ekspertning xulosasi hamda baholash boʻyicha mutaxassisning xulosasi bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish yoki uni yoʻq qilib tashlash (yaroqsiz boʻlgan taqdirda) toʻgʻrisida qaror qabul qilgan tegishli sudga yoki organga (mansabdor shaxsga) berilishi kerak.
13. Etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo, tamaki mahsulotlari, dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari, shuningdek ekspertiza xulosasiga koʻra bevosita isteʼmol (foydalanish) uchun yaroqsiz deb tan olingan oziq-ovqat tovarlari majburiy tarzda yoʻq qilib tashlanishi kerak.
14. Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish yoki uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan sud yoki organ oʻzi chiqargan tegishli qaror kuchga kirgandan soʻng keyingi kundan kechikmay ijro hujjatlarini ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining tegishli sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlariga yuboradi.
Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish yoki mol-mulkni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi kuchga kirgan sud qarori asosida sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi, shuningdek vakolatli organning mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish yoki mol-mulkni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi kuchga kirgan qarori nusxasi ijro hujjati hisoblanadi.
Ijro hujjatiga olib qoʻyish toʻgʻrisidagi protokol, mol-mulkning isteʼmol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi toʻgʻrisida ekspert xulosasi, mutaxassisning mol-mulk baholanganligi toʻgʻrisidagi xulosasi nusxalari, saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, shuningdek ijroni yuritish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
IV. Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlarni bajarish va ularni hisobga olish tartibi
15. Sud ijrochisi sudning yoki uni bergan boshqa vakolatli organning ijro hujjatini bajarish uchun qabul qilib olishga va qonun hujjatlariga muvofiq unga ijro hujjati kelib tushgan kundan boshlab uch kundan kechikmay ijro ishi qoʻzgʻashga majbur.
Sud ijrochisi oʻzida saqlanayotgan mol-mulk roʻyxatini tuzadi, ushbu mol-mulk shu paytdan boshlab uning ixtiyoriga oʻtadi.
Mol-mulk roʻyxati tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulkni olib qoʻygan organning mansabdor shaxsi, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun javobgar boʻlgan shaxs tomonidan imzolanadi.
16. Sud ijrochisi ijro hujjati bajarilishigacha mol-mulk saqlanadigan joyni oʻzgartirishga haqlidir. Bunda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulkni olib qoʻygan organning mansabdor shaxsi, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar boʻlgan shaxs, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar etib tayinlangan shaxs tomonidan imzolanadi.
Mol-mulkni saqlash joyi oʻzgargan taqdirda roʻyxat tuzish bilan bir vaqtda faqat qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi, unda mol-mulkning roʻyxati aks ettiriladi.
Mol-mulkni saqlash tuzilgan shartnoma asosida keyinchalik sotish uchun savdo tashkilotiga yuklanishi ham mumkin.
17. Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotish, koʻchmas mulkdan tashqari, shartnoma-vositachilik asosida yoxud kim oshdi savdosi shartlarida amalga oshiriladi.
Koʻchmas mulk qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan savdo oʻtkazish yoʻli bilan sotiladi.
18. Mol-mulkni sotish tanlov asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qaroriga muvofiq belgilanadigan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Savdo tashkilotlarini belgilashda ularning ixtisoslashuvi, joylashgan joyi va isteʼmolchi uchun borish oson boʻlishi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va boshqalar), tegishli omborxona binolarining mavjudligi, avvalgi faoliyatida belgilangan savdo faoliyati qoidalarini buzish holatlariga yoʻl qoʻyilmaganligi va boshqalar hisobga olinadi.
Mol-mulkni sotish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnomalar ushbu savdo tashkilotlari bilan Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining hududiy boshqarmalari tomonidan tuziladi.
Mol-mulkni sotish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur shartnoma shartlariga rioya etish va mol-mulkni sotish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻyilmaganligi ham hisobga olinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-maydagi 97-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 174-modda)
19. Sotiladigan mol-mulk ijro ishini yurituvchi sud ijrochilari tomonidan tovarga ilova qilinadigan yukxati bilan birgalikda savdo tashkilotlariga beriladi. Ijro hujjatlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun mol-mulk uning miqdoridan, hajmidan va tez sotilishi imkoniyatlaridan kelib chiqib bir vaqtning oʻzida sotish uchun bir nechta savdo tashkilotlariga berilishi mumkin.
Shartnoma shartlariga rioya etilishi, shuningdek mol-mulk sotilishi tartibini nazorat qilish tegishli sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Shartnoma shartlari va mol-mulkni sotish tartibi buzilgan taqdirda tegishli sud ijrochisi mol-mulkni uni sotish yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzilgan boshqa savdo tashkilotiga berishga haqlidir.
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni sotayotgan savdo tashkiloti tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirishning belgilangan qoidalarini buzish hollari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar unga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan choralarni koʻradi, shuningdek ushbu holat toʻgʻrisida sud ijrochisini va tegishli hokimlikni majburiy tartibda xabardor qiladi.
20. Savdo tashkilotlari oʻzining mol-mulkni qabul qilib olish va sotish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun shartnomada belgilangan, biroq sotilgan mol-mulk qiymatining 10 foizidan ortiq boʻlmagan sotilgan mol-mulk savdo chegirmasini oʻz foydasiga ushlab qoladilar.
21. Savdo tashkiloti tomonidan qabul qilingan mol-mulkka talab boʻlmasa va 30 kun mobaynida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti mol-mulkning bahosini sud ijrochisi, moliya va soliq organlari vakillari hamda baholash boʻyicha tayinlangan mutaxassis ishtirokida uning qiymatining 20 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda arzonlashtiradi. Ayni bir vaqtda mol-mulk sotilganligi uchun savdo tashkilotiga tegishli boʻlgan savdo chegirmasi summasi qayta hisob-kitob qilinadi, arzonlashtirish toʻgʻrisida maxsus shakl boʻyicha dalolatnoma tuziladi, uning nusxasi moliya, soliq organlariga va vakolatli organlarga beriladi.
22. Sotish uchun savdo tashkilotlariga beriladigan barcha buyumlar roʻyxatga olish dalolatnomasida yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart boʻlgan tovarlar boʻyicha) va savdo tashkilotining tovar yorliqlari bilan taʼminlanishi kerak.
Buyumlarni juzʼiy taʼmirlash, tozalash, tekislash ularni sotish uchun qabul qilib olgan savdo tashkilotlari hisobiga amalga oshiriladi.
23. Qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va har qanday turdagi va holatdagi platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy), ishlov berilmagan va qayta ishlangan tabiiy qimmatbaho toshlar (olmos, brilliant, firuza, laʼl, yoqut, shuningdek tabiiy marvarid) va yarim qimmatbaho toshlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va tabiiy marvarid boʻlgan buyumlar (baholash dalolatnomasi boʻyicha muzeylar, kutubxonalar, arxivlar, ilmiy muassasalarga tekin beriladigan tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga ega boʻlganlaridan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga berilishi kerak.
24. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy qimmatga ega boʻlgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar boʻlgan buyumlardan tashqari) diniy tashkilotlarga dalolatnoma boʻyicha bepul beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25.Cheklar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar (aksiyalardan tashqari), jamgʻarma omonatlari, pul-buyum lotereyalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi.
Aksiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fond birjalari orqali sotiladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xarajat operatsiyalari toʻxtatib qoʻyilgan bank hisob raqamlaridagi pul mablagʻlari sud ijrochilari tegishli boʻlinmalarining mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi. Bunda bank hisob raqamlaridagi xorijiy valyutadagi pul mablagʻlari koʻrsatib oʻtilgan bank hisob raqamlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga sotish kunidagi kurs boʻyicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablagʻlari sud ijrochilari tegishli boʻlinmalarining maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-iyuldagi 139-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 273-modda)
26. Pochta markalari, shu jumladan kolleksiya qilinadigan markalar haqi olinib pochta aloqasi tashkilotlariga beriladi.
27. Kitoblar, tarixiy, ilmiy-badiiy qimmatga va boshqa madaniy qimmatga ega boʻlgan kitoblardan tashqari, haqi olinib kitob savdosi tashkilotlariga beriladi. Agar kitoblar koʻrsatilgan tartibda sotilmagan taqdirda, ular chiqindi qogʻozlarni qabul qilish uchun belgilangan narxlar boʻyicha ikkilamchi xomashyo tashkilotlariga toʻlov evaziga oʻtkaziladi.
28. Qishloq xoʻjaligi mashinalari, invetar, mahsuldor va ish mollari, asalari oilalari, yem-xashak, mineral oʻgʻitlar va pestitsidlar haqi olinib qishloq xoʻjaligi korxonalariga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fuqarolarga beriladi.
29. Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat tovarlari pulli asosda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga beriladi hamda savdo tashkilotlarining ixtisoslashtirilgan omborxonalarida saqlanadi (gʻamlab qoʻyiladi). Ushbu tovarlar faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qaroriga koʻra, tovarlarning saqlanish muddatlaridan va bozordagi ehtiyojdan kelib chiqqan holda sotiladi.
Jun, boʻrdoqi mollar, parrandalar, quyonlar, don, kanop va zigʻir tolasi hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari haqi olinib, ularni tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga beriladi.
Teri, momiq-moʻyna va qorakoʻl xomashyosi ularni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga toʻlov evaziga beriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-maydagi 97-sonli qarori asosida birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 174-modda)
30. Koʻp yillik dov-daraxtlar (bogʻ, poliz oʻsimliklari) hokimliklarga tekin beriladi.
31. Foydalanib boʻlmaydigan qora va rangli metallardan yasalgan buyumlar, shuningdek metall parchalari va ushbu metallarning chiqindilari toʻlov evaziga qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini yigʻish bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlarga beriladi.
32. Dastgohlar va boshqa ishlab chiqarish asbob-uskunalari, shuningdek tovarlar va mahsulotlar hamda shu kabilarni ishlab chiqaruvchi kichik zavodlar, liniyalarni sotish belgilangan tartibda kim oshdi savdolarida amalga oshiriladi.
33. Dastlabki qayta ishlanmasdan savdo tarmogʻi orqali sotilishi mumkin boʻlmagan buyumlar tegishli korxonalarga keyinchalik qayta ishlash uchun sotiladi, mazkur Nizomning 13-bandida sanab oʻtilganlar bundan mustasno.
34. Foydalanilishi yoki sotilishi mumkin boʻlmagan buyumlar, shuningdek makulatura va ikkilamchi xomashyoning boshqa turlari ikkilamchi xomashyoni yigʻish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tegishli tashkilotlarga sotiladi, mazkur Nizomning 13-bandida sanab oʻtilganlar bundan mustasno.
35. Yoʻq qilib tashlash haqidagi ijro hujjati berilgan mol-mulk sud ijrochisi tomonidan mazkur Nizomning VII boʻlimida belgilangan tartibda yoʻq qilib tashlanadi.
36. Mol-mulknining sud ijrochilari, Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti, soliq, moliya, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, ekspertiza va baholashni amalga oshirgan mutaxassislar, shuningdek ushbu mol-mulkni sotuvchi savdo tashkilotlari xodimlari tomonidan sotib olinishi taqiqlanadi.
37. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni va ularni sotishdan olinadigan pul mablagʻlarini hisobga olish sud ijrochilari tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yuritiladi.
V. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni tasarruf etish xususiyatlari
38. Saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan tez buziladigan tovarlar, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar, ularning davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan qatʼi nazar, isteʼmolga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi boʻyicha ekspertiza xulosasi va uni baholash vaqtidan boshlab bir sutka mobaynida olib qoʻygan organning mansabdor shaxsi tomonidan sud ijrochisi ishtirokida savdo tashkilotlariga sotish uchun beriladi.
Bunda tovarlarni sotishdan tushgan mablagʻlar tovarni davlat daromadiga oʻtkazish yoxud uni qaytarish toʻgʻrisida ijro hujjati olingunga qadar sud ijrochilarining tegishli boʻlinmalaridagi depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Tez buziladigan tovarlarning, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlarning isteʼmolga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi toʻgʻrisida ekspertiza tomonidan xulosa chiqarilgan taqdirda uni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi sud ijrochisi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi vakillari va xolis guvohlar ishtirokida, isteʼmol qilish, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan mol-mulkni mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha talablar bajarilgan holda yoʻq qilib tashlaydi, bu haqda yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuziladi.
39. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va qurol-yarogʻlarni olib qoʻyish, ekspertizadan oʻtkazish, saqlash va ular bilan bogʻliq boshqa xatti-harakatlar, shuningdek ularni hisobga olish qonun hujjatlarida tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.
VI. Avtomototransport vositalarini davlat daromadiga oʻtkazish va hisobga olish xususiyatlari
40. Avtomototransport vositalarini olib qoʻyishda vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan u majburiy tartibda koʻrikdan oʻtkaziladi hamda olib qoʻyish toʻgʻrisidagi protokolda uning maʼlumotlari, holati va butligi aks ettiriladi.
41. Olib qoʻyilgan avtomototransport vositalari vakolatli organlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarining hamda ularni saqlashning tegishli sharoitlarini taʼminlovchi boshqa tashkilotlarning maxsus ajratilgan joylarida (saqlash joylari, omborlar, jarima maydonchalarida) saqlanadi.
42. Avtomototransport vositasini olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qoʻyish toʻgʻrisida protokol tuzilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazuvchi tegishli notarial organlarga va ichki ishlar organlariga bildirishnoma joʻnatadi.
43. Olib qoʻyilgan avtomototransport vositasining texnik holatini koʻrikdan oʻtkazish va baholash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarining mutaxassislari tomonidan moliya organi hamda avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatish ixtisoslashgan korxonalari vakillarining majburiy tartibdagi ishtirokida amalga oshiriladi.
44. Avtomototransport vositasini davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin sud ijrochisi ushbu Nizomda belgilangan tartibda avtomototransport vositasini qabul qilish-topshirishni amalga oshiradi.
45. Avtotransport vositalarini sotish belgilangan tartibda kim oshdi savdolari orqali amalga oshiriladi.
VII. Isteʼmol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb tan olingan mol-mulkni yoʻq qilib tashlash tartibi
46. Sud ijrochisi tegishli ijro hujjati olingan kundan boshlab uch kundan kechikmay ijro ishini qoʻzgʻaydi va ushbu Nizomning 47-bandida koʻrsatilgan shaxslarni yaroqsiz deb tan olingan mol-mulkni yoʻq qilib tashlash joyi va sanasi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Bunda sud ijrochisi ushbu vaqtdan boshlab oʻzining tasarrufiga oʻtadigan saqlashda boʻlgan yaroqsiz mol-mulk roʻyxatini tuzadi.
Yaroqsiz mol-mulk roʻyxati tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulkni olib qoʻyishni amalga oshirgan organning mansabdor shaxsi, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun masʼul shaxs tomonidan imzolanadi.
47. Yaroqsiz deb tan olingan mol-mulkni yoʻq qilib tashlash ijro ishini qoʻzgʻash toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan boshlab 7 kundan kechikmay sud ijrochisi tomonidan, quyidagilardan:
mol-mulkni olib qoʻygan vakolatli organing mansabdor shaxsi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organining vakili;
sanitariya-epidemiologiya organining vakili;
olib qoʻyilgan mol-mulkning saqlanishi uchun masʼul shaxs (tashkilot vakili);
kamida ikki nafar xolis guvohdan iborat tarkibda tuziladigan komissiyaning majburiy tartibdagi ishtirokida amalga oshiriladi.
48. Mol-mulkni yoʻq qilib tashlash tartiboti sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari bilan kelishilgan usullarda va joylarda amalga oshiriladi.
49. Yaroqsiz mol-mulkning yoʻq qilib tashlanganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha besh nusxada dalolatnoma tuziladi.
Yaroqsiz mol-mulk yoʻq qilib tashlangan kundan boshlab uch kundan kechikmay dalolatnomaning bir nusxasi — sudga yoki ularni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organga, ikkinchi nusxasi — mol-mulkni olib qoʻygan organga, uchinchi nusxasi — mol-mulkning isteʼmolga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqsizligi toʻgʻrisida xulosa bergan ekspertiza organiga yuboriladi, toʻrtinchi nusxasi — mazkur tovarlarning saqlanishi uchun masʼul shaxsga (tashkilotga) beriladi, beshinchi nusxasi esa ijro ishi materiallariga qoʻshib qoʻyish uchun sud ijrochisida qoladi.
50. Yoʻq qilib tashlangan mol-mulkning ishlab chiqarishda yoki ikkilamchi qayta ishlashda foydalanilishi mumkin boʻlgan chiqindilari va idishlari davlat daromadiga oʻtkaziladi hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki ikkilamchi xomashyoni toʻplash va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tegishli tashkilotlarga shartnoma asosida sotiladi.
51. Yoʻq qilib tashlanadigan mol-mulkni, chiqindilar va idishlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini hisobga olish ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha sud ijrochilari tomonidan yuritiladi.
VIII. Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan pul mablagʻlarini hisobga olish
52. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari, savdo chegirmasini chiqarib tashlagan holda, sotilishiga qarab savdo tashkiloti tomonidan sud ijrochilarining tegishli boʻlinmalaridagi maxsus hisob raqamiga 3 kundan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi koʻrsatilgan holda oʻtkaziladi.
Mol-mulkni sotishdan tushgan summani oʻtkazish muddati kechikkan taqdirda savdo tashkiloti kechikkan har bir kun uchun toʻlanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida davlat budjeti daromadiga penya toʻlaydi.
53. Mol-mulkni sotishdan olingan pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun sud ijrochilarining tegishli boʻlinmalari tomonidan bankda maxsus hisob raqami ochiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan maxsus hisob raqamiga, shuningdek pul mablagʻlarini olib qoʻygan organning talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlarida turgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan pul mablagʻlari oʻtkaziladi. Bunda talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlarida turgan xorijiy valyutadagi pul mablagʻlari pul mablagʻlarini olib qoʻygan organning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga xizmat koʻrsatadigan tijorat bankiga sotish kunidagi kurs boʻyicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablagʻlari sud ijrochilarining tegishli boʻlinmalari maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-iyuldagi 139-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 273-modda)
Sud ijrochilarining tegishli boʻlinmalari hisob raqamiga tushgan pul mablagʻlarining:
80 foizi — tegishli mahalliy budjetga;
10 foizi — mol-mulkni davlat daromadiga olib qoʻygan organning maxsus hisob raqamiga;
10 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisob raqamiga uch bank kuni mobaynida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar yoki boshqa boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilganligi natijasida bojxona organlari va chegarachilar tomonidan olib qoʻyilgan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar yoki boshqa boyliklarni sotishdan sud ijrochilari tegishli boʻlinmalarining maxsus hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlari uch bank kuni mobaynida quyidagi tartibda taqsimlanadi:
70 foizi — tegishli mahalliy budjetga;
20 foizi — budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib oʻtilishini taʼminlovchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga;
10 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 27-dekabrdagi 609-sonli qaroriga muvofiq xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 522-modda)
54. Sud ijrochilariga:
mahalliy budjetlar hisob raqamlari rekvizitlari — tegishli moliya organlari tomonidan;
tegishli davlat organlarining maxsus hisob raqamlari rekvizitlari — Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti tomonidan ushbu organlar bilan birgalikda yetkaziladi.
Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar boʻyicha har oyda keyingi oyning 5-kunigacha sud ijrochilarining tegishli boʻlinmalari, prokuratura, soliq, bojxona va tergov organlari oʻrtasida solishtirish dalolatnomasi tuziladi.
55. Saqlash, ekspertiza va baholashni oʻtkazish, transport xarajatlari va mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar tegishli ravishda:
mol-mulkni olib qoʻygan organlar mablagʻlari hisobiga — mol-mulkni sud ijrochilariga bergungacha;
Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti Ijro ishlarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga — mol-mulk sud ijrochilariga oʻtkazilgandan keyin qoplanadi.
56. Saqlash, ekspertiza va baholashni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, transport xarajatlari hamda yaroqsiz deb tan olingan mol-mulkni yoʻq qilib tashlash bilan bogʻliq boshqa xarajatlar davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari hisobiga, ular ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq taqsimlangungacha, vakolatli organlar tomonidan sud ijrochilariga koʻrsatib oʻtilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda qoplanadi.
IX. Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni qaytarish va uni hisobga olish
57. Mol-mulk yoki uning qiymati:
mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi sud qarori yoki vakolatli organ qarori bekor qilinganda;
mol-mulkning bir qismini band qilib qoʻyishni bekor qilish (roʻyxatdan chiqarish) toʻgʻrisida sud qarori chiqarilganda;
mol-mulkni egasiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi sud qarori bekor qilinganda;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda qaytariladi.
58. Mol-mulk hali sotilmagan yoki qayta ishlashga topshirilmagan boʻlsa uni qaytarish vakolatli organ yoki sud organi ijrochisi tomonidan, mol-mulkni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza berilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi, bu mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha hisobga olinadi.
Arizaga mazkur mulk davlat mulkiga tushganligiga asos boʻlgan qaror tegishli davlat organi tomonidan bekor qilinganini tasdiqlovchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.
59. Agar mol-mulk sotilgan yoki qayta ishlashga topshirilgan boʻlsa, mol-mulk qiymatini qaytarish moliya organlari tomonidan tegishli budjet mablagʻlaridan, mol-mulk qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi ariza berilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.
Mol-mulk qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi arizaga mazkur mulk davlat mulkiga oʻtkazilganligiga asos boʻlgan qaror tegishli davlat organi tomonidan bekor qilinganini tasdiqlovchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.
60. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Bunda, agar sotilgan mol-mulk qiymatidan davlat organlarining maxsus hisob raqamlariga chegirishlar amalga oshirilgan boʻlsa, u holda qiymatning tegishli summasi ushbu organlar hisobidan toʻlanadi.
61. Mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini toʻlash, agar qaytarish toʻgʻrisidagi ariza mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlar bekor qilingan kundan boshlab uch yildan kechikmay berilgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
X. Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan mablagʻlar tushishi toʻgʻrisida hisobot
62. Sud ijrochilari boʻlinmalari tegishli soliq organlariga belgilangan shaklda, ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha mol-mulkni sotishdan pul mablagʻlari tushishi va ularning taqsimlanishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Hisobot shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
63. Soliq organlari har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha moliya organlariga belgilangan shaklda, ortib boruvchi yakun bilan, mol-mulkni sotishdan olingan pul mablagʻlarining davlat budjetiga tushishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
64. Har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunigacha sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, boshqa ekspertiza organlari esa — “Oʻzstandart” agentligiga davlat daromadiga oʻtkaziladigan yoki yoʻq qilib tashlanadigan, isteʼmolga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqliligini yoki yaroqsizligini aniqlash boʻyicha ekspertiza xulosalari berilgan mol-mulkning (turlari boʻyicha) hajmlari va qiymati toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar.
XI. Ushbu Nizomning bajarilishini nazorat qilish
65. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlarining davlat daromadiga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini nazorat qilish, shuningdek davlat organlariga bepul berilgan mol-mulkni hisobga olish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
66. Mol-mulkni olib qoʻyish, davlat mulkiga oʻtkazish yoki ularni yoʻq qilib tashlash (isteʼmol qilish, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan taqdirda), baholash (qayta baholash) hamda sotish vakolati berilgan, olingan pul mablagʻlarining budjetga toʻliq va oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlovchi davlat boshqaruvi, nazorat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining qonuniyligi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi viloyatlar, shaharlar va tumanlar prokurorlari amalga oshiradilar.
Ushbu Nizom talablari buzilishining har bir holati boʻyicha prokuratura organlari jazoning muqarrarligini taʼminlaydilar hamda qonunda nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlik choralarini koʻradilar.
67. Ushbu Nizomning buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beriladi.
68. Ushbu Nizomni qoʻllash boʻyicha paydo boʻladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Ekspertiza qilinadigan, baholanadigan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan olib qoʻyilgan mol-mulk harakatini hisobga olish daftari
t/r‎‏
‎‏

Mol-mulkni olib qoʻyish‎‎

Mol-mulkni e‎kspertizadan oʻtkazish va baholash‎

Saqlash joyi‎‎‎

‎‎materi-alni sudga topshi-rish‎

Sud qarori‎‎

tushgan mablagʻ‎‎‎

Olb qoʻ-yish dalolat-nomasi va №‎

‎Mol-mulkning nomi

Oʻl-chov bir-ligi‎‏

Son‎i‎‏‎

‎Ekspertiza xulosasining sanasi va №

‎Baholash dalolatnomasi sanasi va №

‎‏B‎a‎h‎o
‎s‎i

‎‏S‎u‎m-
‎‎m‎a-
‎s‎i

‎Huj-jat-ning sanasi va №

‎‎‎Tash-ki-lot-ning nomi

Sa-na-si va №‎‏

Egasiga qaytarildi‎‎

Davlat daromadiga oʻtkazildi‎‎

Yoʻq qilib tashlashga berildi‎‎

H‎a‎-m‎m‎a
‎s‎i‎‏

‎‏shu jumla-dan ma-ha-liy byud-jet-ga

S‎a‎-n‎a‎s‎i‎

H‎u‎j-
‎j‎a‎t‎

so-ni‎

Sum-masi‎

Egasiga topshirish qabul qilish dalolatnomasi № va sanasi‎

Soni‎

Summasi‎

Ijrochiga topshi-rish-qabul qilish dalolat-nomasi № va sanasi‎

Soni‎

Summasi‎

Ijrochiga topshi-rish-qabul qilish dalolat-nomasi № va sanasi‎ ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19‎

20‎

21‎

22‎

23‎

24‎

25‎

Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni hisobga olish daftari

‎‏t/r

‎‏Ijro ishi №, sud ijro-chisining F.I.O.

Ijro hujjati-ning №, sanasi, ijro dalolat-nomasi tuzilgan sana‎‏

Ijro hujja-tini bergan sud yoki boshqa organ‎‏

‎‏Mol-mulkni olib qoʻygan organ

‎‏Mol-mulkning nomi soni sum-masi

‎‏Olib qoʻyil-gan mol-mulk sud ijrochi-siga berilgan sana‎

Saqlash joyi va uning oʻzgar-gani toʻgʻri-sida belgi‎‏

Olib qoʻyilgan mol-mulk sotish uchun berilgan sana va sotuvchi tashkilot‎‏

Sotishga berilgan mol-mulk-ning qayta baholanganligi toʻgʻrisida belgi mutaxasisning F.I.O.‎‏

Sotish summasi va uning tushgan sanasi‎‏

‎‏Mol-mulkni yoʻq qilib tashlash xarajatlarini qoplash summasi, yoʻq qilib tashlash dalolatnomasi № va sanasi

Qolgan summani taqsimlash‎‎

Alohida bel-gi-lar‎‏

B‎yud-
‎jetga

Mol-mulkni olib qoʻygan organga‎

sudlar va adliya organlarini rivojlan-tirish jamgʻarmasiga‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Mol-mulk isteʼmol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb tan olinganda uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi
-son dalolatnomasi
200___yil “_________”__________________________ _______________________________ tuman (shahar)‎‎
Yoʻq qilish soat ________________________ daqiqada ___________________________ boshlandi‎‎‎
‎‎Yoʻq qilish soat ________________________ daqiqada ___________________________ tugatildi‎
‎‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(mol-mulki yoʻq qilinayotgan yuridik (jismoniy) shaxsning nomi)

‎‎Biz, quyida imzo chekuvchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi

‎‎140-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki
‎yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq hamda 200____yil “________” __________________ dagi
‎____________-son ijro hujjati asosida 200____yil “________” _______________ dagi ‎__________-son
‎olib qoʻyish protokoliga asosan olib qoʻyilgan quyidagi mol-mulkni yoʻq qilib tashlashni amalga oshir-
‎dik:

T/r‎

Nomi‎

Miqdori‎

‎‎
‎Yoʻq qilib tashlash usuli
‎___________________________________________________________________________________________
‎Yoʻq qilib tashlangan joy
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎1. Sud ijrochisi‎ _____________________________________________________

___________________‎

‎‎2. Mol-mulkni olib qoʻyishni amalga oshiruvchi
‎ vakolatli organning mansabdor shaxsi‎ _________________________________


‎___________________‎

‎‎3. Sanitariya-epidimalogiya xizmati organi vakili _______________________‎

___________________‎

‎‎4. Davlat tabiatni muhofaza qilish organi vakili ________________________‎

___________________‎

‎‎5. Saqlash uchun javobgar shaxs (tashkilot vakili) _________________________‎

___________________‎

‎‎6. Xolis guvohlar: ____________________________________________________

___________________‎

Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA
Isteʼmol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb tan olingan va yoʻq qilib tashlanadigan mol-mulkni hisobga olish daftari

‎‏t/r

‎‏Ijro ishi №, sud ijro-chisining F.I.O.

Ijro hujjati-ning №, sanasi, ijro dalolat-nomasi tuzilgan sana‎‏

Ijro hujja-tini bergan sud yoki boshqa organ‎‏

‎‏Mol-mulkni olib qoʻygan organ

‎‏Mol-mulkning nomi soni sum-masi

‎‏Olib qoʻyil-gan mol-mulk sud ijrochi-siga berilgan sana‎

Saqlash joyi va uning oʻzgar-gani toʻgʻri-sida belgi‎‏

Mol-mulkni yoʻq qilib tashlash dalolat-nomasi № va sanasi

Mol-mulkni yoʻq qilib tashlash joyi va usuli

Chiqindi va idishlarni sotish summasi, uning tushgan sanasi

summani taqsimlash‎‎

Alohida bel-gi-lar‎‏

B‎yud-
‎jetga

Mol-mulkni olib qoʻygan organga‎

sud va adliya organ-larini rivojlan-tirish jamgʻarma-siga‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 144-modda; 52-son, 522-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda; 28-29-son, 273-modda; 2008-y., 20-21-son, 174-modda)