1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.03.00 Favqulodda holat rejimi (shuningdek, 16.03.03.00ga qarang)]
a) favqulodda holatlarda (harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqalar) telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ (Raqamli texnologiyalar vazirligi) telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish hamda ularni markazlashgan holda boshqarish, shuningdek, ularning ishlashini cheklash yoki toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega ekanligi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
b) operatorlar va provayderlar:
aholini favqulodda holatlar xavfidan xabardor qilishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan vositalar oʻrnatilishini va ulardan foydalanishni taʼminlashlari shartligi;
odamlarning dengizdagi, yerdagi, havodagi, kosmik fazodagi xavfsizligiga, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni saqlash sohasidagi kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlar oʻtkazishga taalluqli barcha xabarlarga, shuningdek yirik avariyalar, falokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar haqidagi xabarlarga mutlaq ustuvorlik berishlari lozimligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish tizimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovagamuvofiq tasdiqlansin:
favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish rejimiga oʻtkazish tartibi va shartlari;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarishda maxsus vakolatli organning maxsus isteʼmolchilar hamda operatorlar va provayderlar bilan oʻzaro munosabatlari;
favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlari hamda vositalaridan ustuvor foydalanish, foydalanishni toʻxtatib qoʻyish va cheklash tartibi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi 680-son qaroriga2-ilovagamuvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-noyabr,
789-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-son qaroriga 1-ILOVA
Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.03.00 Favqulodda holat rejimi (shuningdek, 16.03.03.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
1. Ushbu Nizom favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish tizimi, tartibi va shartlarini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
maxsus vakolatli organ — favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari hamda vositalaridan ustuvor foydalanish, ularni markazlashgan holda boshqarish, shuningdek, ularning ishlashini cheklash yoki toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega respublika ijro etuvchi hokimiyat organi (Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi);
maxsus isteʼmolchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi;
telekommunikatsiyalar tarmogʻi — uzatishlarning bir yoki bir necha turini, shu jumladan, telefon, telegraf, faksimil turlarini, maʼlumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni taʼminlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;
telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish — maxsus vakolatli organ tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini favqulodda holat hamda vaziyatlarda davlat organlari va tashkilotlari, maxsus isteʼmolchilar manfaatlari uchun telekommunikatsiya tarmoqlarining ishlashini taʼminlash hamda aloqalarni tiklash maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini maʼmuriy boshqarish boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi (keyingi oʻrinlarda — OʻzTTBT) — favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini rejalashtirish hamda tezkor maʼmuriy boshqarishni taʼminlaydigan kuch va vositalar majmui;
telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish — favqulodda holat va vaziyatlarda boshqa foydalanuvchilarga nisbatan telekommunikatsiyalarning zarur boʻlgan tarmoq va vositalaridan birinchi navbatda foydalanish huquqi;
telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish — favqulodda holat va vaziyatlarda maxsus vakolatli organ tomonidan boshqa foydalanuvchilarning telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishini toʻxtatib qoʻyish;
telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni cheklash — favqulodda holat va vaziyatlarda maxsus vakolatli organ tomonidan boshqa foydalanuvchilarning telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni qisqartirish yoki oʻzgartirish;
favqulodda holat — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek, yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunida nazarda tutilgan ayrim cheklovlarni belgilashga yoʻl qoʻyadigan hamda ularning zimmasiga qoʻshimcha majburiyatlar yuklaydigan, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi;
favqulodda vaziyatlar — muayyan hududda odamlar qurbon boʻlishiga, odamlarning sogʻligʻiga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayoti va faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy ofat yoxud boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga keladigan vaziyatlar;
Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan favqulodda holat davriga tuziladigan muvaqqat maxsus davlat boshqaruvi organi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.09.00 Hukumat va boshqa turdagi maxsus aloqalar. Feldyegerlik aloqasi]
3. Favqulodda holat va vaziyatlarda maxsus isteʼmolchilarni ushbu holatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish imkoniyatini taʼminlash, davlat boshqaruvi, huquq-tartibotni, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligini taʼminlashda aloqa bilan uzluksiz hamda barqaror taʼminlash favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarishning maqsadi hamda vazifalari hisoblanadi.
4. Favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarinimarkazlashgan holda maʼmuriy boshqarish qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus vakolatli organ tomonidan maxsus isteʼmolchilar, shuningdek, telekommunikatsiya operatorlarining telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazlari, tizimida idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari boʻlgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
5. Favqulodda holat va vaziyatlarda OʻzTTBT orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan maxsus isteʼmolchilar, telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlar operatorlarining boshqarish markazlari bilan birgalikda markazlashgan holda maʼmuriy boshqariladi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.05.00 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi / 19.08.05.03 MDH mamlakatlari oʻrtasidagi shartnomalar (bitimlar)]
6. Markaz Aloqa sohasida mintaqaviy hamdoʻstlik va Xalqaro elektraloqa ittifoqi aʼzolari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. Oʻzaro hamkorlik Aloqa sohasida mintaqaviy hamdoʻstlik Aloqa maʼmuriyatlari oʻrtasida amalda boʻlgan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
7. Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlari hamda vositalaridan ustuvor foydalanish, foydalanishni toʻxtatib qoʻyish va cheklash telekommunikatsiyalarning zarur boʻlgan tarmoq va vositalariga nisbatan qoʻllanishi mumkin.
8. Favqulodda holat va vaziyatlar yuzaga kelganda, telekommunikatsiya operatorlari, idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari egalari maxsus vakolatli organning tegishli qaroriga asosan maxsus isteʼmolchilarning ehtiyojlari uchun favqulodda holatlar va vaziyatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingunga qadar texnik imkoniyatlari doirasida aloqa kanallari, telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini, shu jumladan, oʻzlarida mavjud boʻlgan oxirgi (terminal) uskunalarni belgilangan tartibda foydalanishga, shuningdek, ularni boshqaruvchi mutaxassislarning maʼmuriy boshqaruvini Markaz boʻysunuviga oʻtkazadilar.
Aloqa kanallari, telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini, shu jumladan, oʻzlarida mavjud boʻlgan oxirgi (terminal) uskunalarni foydalanishga, shuningdek, ularni boshqaruvchi mutaxassislarning maʼmuriy boshqaruvini Markaz boʻysunuviga oʻtkazish tartibi maxsus isteʼmolchilar bilan kelishilgan holda, Maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
9. Telekommunikatsiya operatorlari, idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlarining egalari favqulodda holat va vaziyatlar, ularning oqibatlari bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni oʻtkazish, davlat boshqaruvi, huquq-tartibotni taʼminlash, davlatning mudofaa qobiliyati hamda xavfsizligiga taalluqli barcha xabarlarga favqulodda holatlar va vaziyatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingunga qadar mutlaq ustuvorlikni beradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa]
10. Favqulodda holat va vaziyatlarda radiochastota spektridan foydalanish va uni boshqarish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2-bob. Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.09.00 Hukumat va boshqa turdagi maxsus aloqalar. Feldyegerlik aloqasi]
11. Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalari OʻzTTBT orqali markazlashgan holda maʼmuriy boshqariladi va quyidagilarni:
telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari tomonidan favqulodda holat va vaziyatlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish bilan bogʻliq davlat boshqaruvi, mudofaa, davlat xavfsizligi va huquq-tartibotni taʼminlash sohasida kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni oʻtkazishda telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatilishini muvofiqlashtirish;
maxsus isteʼmolchilardan tashqari telekommunikatsiyalarning zarur boʻlgan tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi qarorlarning bajarilishini tashkil qilish;
zarur avariya-tiklash ishlari bajarilishini tashkil qilish;
favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari hamda vositalari shikastlangan hollarda, ularning toʻlaqonli ishlash qobiliyatini tiklash mobaynida monitoring qilish;
maxsus isteʼmolchilar uchun telekommunikatsiya operatorlari tomonidan aloqaning rejalashtirilgan qoʻshimcha kanallari va vositalari ajratilishini nazorat qilish hamda ular boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni oʻz ichiga oladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
12. Favqulodda holat va vaziyatlarda OʻzTTBTni markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish rejimiga oʻtkazish uchun maxsus vakolatli organning tegishli qarori asos hisoblanadi.
Ushbu qaror Markazga, telekommunikatsiya operatorlari va idoraviy tarmoqlar egalariga, shu jumladan, favqulodda holat va vaziyatlar hududida joylashgan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga darhol yetkaziladi hamda bajarilishi majburiy hisoblanadi.
13. Markazlashgan holda boshqarish rejimi favqulodda holat va vaziyatlar harakatlarining hududiga bogʻliq ravishda ayrim qismlarida ham joriy etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.03.00 Favqulodda holat rejimi (shuningdek, 16.03.03.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi]
14. Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarishda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
a) maxsus vakolatli organ:
maxsus vakolatli organning barcha boʻlinmalarini, oʻz tizimidagi tashkilotlarini va barcha operatorlar hamda provayderlarni qonunchilikda belgilangan tartibda kelishilgan safarbarlik rejalari va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga muvofiq ish rejimiga oʻtkazadi;
Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan boshqarish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
maxsus isteʼmolchilar tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlari va operatorlari, provayderlari vositalaridan ustuvor foydalanishni taʼminlash boʻyicha maxsus vakolatli organning oldindan kelishilgan rejalari va qarorlari boʻyicha operatorlar hamda provayderlar chora-tadbirlarni amalga oshirishini nazorat qiladi va tegishli davlat organlariga zarur maʼlumotlarni taqdim etadi;
operatorlar va provayderlar foydalanuvchilarining telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatish, qisqartirish yoki oʻzgartirish boʻyicha qaror qabul qiladi;
operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarida avariya holatlarini bartaraf etish va aloqani tiklash ishlarining bajarilishini nazorat qiladi;
maxsus isteʼmolchilar ehtiyojlarini qondirish maqsadida tegishli davlat organlari va maʼmurlardan Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarida avariyani tiklash ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha manbalarni soʻrab oladi;
xorijiy davlatlarning hududida aloqa kanallarini tashkil etish va ochish zarurati boʻlganda, ularning hududidagi aloqa sohasidagi vakolatli organlari bilan hamkorlik qiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
b) Markaz:
tegishli boʻlinmalarini safarbarlik rejalari va favqulodda holat va vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga muvofiq ish rejimiga oʻtkazadi;
davlat boshqaruvi, mudofaa, xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlar organlari manfaatlari yoʻlida zarur telekommunikatsiya tarmoqlarini tashkil etishni boshqaradi;
maxsus isteʼmolchilar tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlaridan ustuvor foydalanishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan operatorlar va provayderlarning ishlarini muvofiqlashtiradi va Maxsus vakolatli organga tegishli maʼlumotlarni taqdim etadi;
maxsus isteʼmolchilarning tegishli soʻrovlariga asosan ularga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanish uchun farmoyishlar berish hamda ushbu farmoyishlar bajarilishining nazorat qiladi;
maxsus isteʼmolchilarga zarur boʻlgan hajmdagi aloqani tiklash boʻyicha Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarida ishlarni muvofiqlashtiradi;
operatorlar tomonidan favqulodda holat va vaziyatlar hududida telekommunikatsiya tarmoqlaridan ustuvor foydalanish, foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi maxsus vakolatli organning qarorlari bajarilishini nazorat qiladi;
maxsus isteʼmolchilar tomonidan operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlaridan ustuvor foydalanishni taʼminlash boʻyicha choralarini koʻradi;
operator va provayderlar, shuningdek, idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari egalarining favqulodda holat va vaziyatlar hududida telekommunikatsiya tarmoqlarini tiklash ishlarini muvofiqlashtiradi;
favqulodda holat va vaziyatlar hududidagi telekommunikatsiya tarmoqlarining holati, avariya-tiklash ishlari amalga oshirish va buning uchun qoʻshimcha resurslarni jalb qilish zarurligi toʻgʻrisidagi axborotni maxsus vakolatli organga yetkazadi;
xorijiy mamlakatlar hududida aloqa kanallarini tashkil etish va ochish zarurati boʻlganda, xorijiy telekommunikatsiya tarmoqlarini milliy boshqarish markazlari bilan hamkorlik qiladi.
Markaz favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini maʼmuriy boshqarish, tarmoqni qayta qurish va aloqalar tiklanishini tezkor boshqarish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga koʻra boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin;
v) telekommunikatsiya va idoraviy tarmoqlar operatorlarining boshqarish markazlari:
favqulodda holat va vaziyatlar hududida telekommunikatsiya tarmoqlaridan ustuvor foydalanish, foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi maxsus vakolatli organning qarorlari hamda Markaz farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi;
barcha boʻlinmalarni safarbarlik rejalari va favqulodda holat va vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga asosan ish rejimiga oʻtkazadi;
nazorat qilinadigan mezonlar boʻyicha telekommunikatsiya tarmogʻining joriy holati toʻgʻrisidagi axborotni Markazga taqdim etadi;
Markazga tiklash ishlari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish va avariya holatlarini bartaraf etishda Markaz tavsiyalari bajarilishini taʼminlaydi;
Markaz farmoyishida koʻrsatilgan telekommunikatsiya tarmoqlarini, shuningdek, ularni boshqaruvchi mutaxassislarning maʼmuriy boshqaruvini maxsus isteʼmolchilar ehtiyojlari uchun Markazga oʻtkazadi;
xorijiy davlatlar hududida aloqani tashkil etish va yoʻlga qoʻyish uchun ushbu davlatlarning operatorlari bilan oʻzaro aloqada boʻladi;
favqulodda holat va vaziyatlar hududlaridagi telekommunikatsiya tarmoqlarida avariya vaziyatlarini oʻz kuchi bilan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini belgilangan tartibda jalb qilgan holda bartaraf etadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
15. Operatorlarning telekommunikatsiya tarmoqlarida aloqalarni tashkil etish va avariya-tiklash ishlarini boshqarish masalalari boʻyicha axborotning tezkor almashinuvini taʼminlash uchun Markaz maxsus isteʼmolchilar, boshqaruv markazlari, telekommunikatsiya va idoraviy tarmoqlar operatorlari oʻrtasidagi xizmat-texnologik aloqa tarmogʻidan foydalanishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Xizmat-texnologik aloqa tarmogʻi axborot xavfsizligi boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni taʼminlashi lozim.
3-bob. Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish va cheklash tartibi hamda shartlari
16. Maxsus vakolatli organ tomonidan favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya operator hamda provayderlarining tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi qaror quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
maxsus isteʼmolchilarning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun boʻsh telekommunikatsiya resurslari va vositalari mavjud boʻlmaganda;
telekommunikatsiya tarmoqlarida yuklanish ortib ketishining oldini olish zarur boʻlganda;
favqulodda holat va vaziyatlar hududida ishga jalb qilinadigan radioelektron vositalar ishida elektromagnit moslashuvini taʼminlash zarur boʻlganda.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Favqulodda holatlarda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi Farmoni bilan favqulodda holat davriga tuziladigan Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.
Telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi qarorda bunday qarorni qabul qilish sabablari, cheklovlarning (taqiqlarning) amal qilish muddati, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi favqulodda holat va vaziyatlarda aloqa tashkilotlarining oʻzaro hamkorlikni taʼminlash uchun javobgarlar, ularning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish va tiklash boʻyicha vakolatlari koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
17. Telekommunikatsiyalarning zarur boʻlgan tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash maxsus vakolatli organ tomonidan tegishli maxsus isteʼmolchining asoslangan talabnomalariga binoan maxsus isteʼmolchilar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiriladi. Ushbu talabnomalar maxsus vakolatli organga telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalangan holda yetkaziladi hamda darhol koʻrib chiqiladi.
Talabnomada asoslantirilgan holda quyidagilar koʻrsatiladi:
telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining favqulodda holat hamda vaziyatlar hududida aloqa xizmatlariga ehtiyojlarini (hudud, tarmoq va xizmat turlari) qondirish uchun zarurligi va yetarliligi;
aloqa kanallari, telekommunikatsiya liniyalari va vositalari, shu jumladan, oxirgi (terminal) uskuna, radiochastotalarning qoʻshimcha diapazonlari (polosalari)ga nisbatan ehtiyoj;
telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni (hudud, tarmoq va xizmat turlari) toʻxtatib qoʻyish va cheklash yoki ularni taqdim etish vaqti va muddatlari.
18. Telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining favqulodda holat hamda vaziyatlar hududida telekommunikatsiya xizmatlariga ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarurligi va yetarliligini asoslagan holda, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish va cheklash toʻgʻrisidagi talabnomalar hujjatlarni uzatishning istalgan usullaridan, shu jumladan, elektron raqamli imzodan foydalanib, maxsus isteʼmolchilarning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
19. Favqulodda holat va vaziyatlar hududida telekommunikatsiya tarmoqlarining holatini tahlil qilish asosida maxsus vakolatli organ telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda telekommunikatsiya operatorlari va idoraviy tarmoqlar egalariga, shu jumladan, favqulodda holat va vaziyatlar zonasida joylashganlarga darhol yetkazadi.
20. Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklashning amal qilish muddatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
Favqulodda holat va vaziyatlarda zaruratga koʻra telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash, shuningdek, toʻxtatish va cheklov muddatlarini oʻzgartirish maxsus vakolatli organning tegishli qarori bilan amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Favqulodda holat va vaziyatlarda maxsus vakolatli organ, maxsus isteʼmolchilar, Markaz va operatorlar telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqarishning oldindan ishlab chiqilgan va kelishilgan algoritmlari orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.13.00 Aloqaga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1552-moddasi.
Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Maxsus vakolatli organ
(Raqamli texnologiyalar vazirligi)
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda boshqarish rejimiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Favqulodda holat eʼlon qilinganida yoki favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda
2-bosqich
Markaz, maxsus isteʼmolchilar, telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlar operatorlarining boshqarish markazlari
Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimidan foydalangan holda, Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari resurslarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqaradi.
Maxsus vakolatli organning qaroriga muvofiq
3-bosqich
Telekommunikatsiya operatorlari, idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari egalari
Maxsus isteʼmolchilarga aloqa kanallari, telekommunikatsiya liniyalari, telekommunikatsiya vositalari, shu jumladan, foydalanuvchi qurilmasini, shuningdek, ularni boshqaruvchi mutaxassislarni favqulodda holatlar va vaziyatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingunga qadar belgilangan tartibda maʼmuriy boshqaruvini Markaz boʻysunuviga oʻtkazadi.
Favqulodda holat va vaziyatlar toʻgʻrisida Maxsus vakolatli organ qaroriga muvofiq
4-bosqich
Markaz
Favqulodda holat va vaziyatlarda maxsus isteʼmolchilarni aloqa bilan taʼminlash uchun operatorlar telekommunikatsiya tarmoqlarining joriy holati toʻgʻrisidagi axborotni yigʻadi va tahlil qiladi.
Doimiy ravishda
5-bosqich
Maxsus isteʼmolchilar
Yuklangan vazifalarni bajarish uchun telekommunikatsiya liniyalari, aloqa kanallari, telekommunikatsiya vositalarini, jumladan, oxirgi (terminal) uskunani foydalanishga taqdim etish uchun tegishli talabnomalarni Markazga yuboradi.
Zaruratga koʻra
6-bosqich
Markaz
Maxsus isteʼmolchilar uchun qoʻshimcha aloqalarni tashkil qilish uchun tegishli farmoyishlarni beradi va ularning bajarilishini muvofiqlashtiradi.
Zaruratga koʻra
7-bosqich
Telekommunikatsiya operatorlari, idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari egalari
Maxsus vakolatli organ va Markazning qaror va farmoyishlarining toʻliq bajarilishini taʼminlaydi.
Zaruratga koʻra
8-bosqich
Maxsus vakolatli organ, maxsus isteʼmolchilar
Telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyadi yoki cheklaydi.
Tegishli maxsus isteʼmolchining asoslangan takliflariga asosan
9-bosqich
Maxsus vakolatli organ
Telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyadi yoki cheklaydi, shuningdek, toʻxtatadi va cheklov muddatlarini oʻzgartiradi.
Zaruratga koʻra
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi 680-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi 680-son qarorida:
“b) favqulodda holat va vaziyatlarda — idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan ustuvor darajada foydalanish va ularni markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish (maxsus isteʼmolchilarning tarmoqlari va vositalari bundan mustasno), davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari yoʻlida ularning barqaror ishlashini hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish”;
“v” kichik banddagi “favqulodda vaziyatlarda” soʻzlari “favqulodda holat va vaziyatlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“operatorlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan hamda tezkor maʼmuriy boshqarish, tarmoqlar holatining tizimli monitoringini yuritish va taqdim etilayotgan xizmatlarning sifat koʻrsatkichlariga muvofiqligini baholash va telekommunikatsiya operatorlari tarmoqlarining ishlashi boʻyicha xizmatlar koʻrsatish”.
“2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
maʼmuriy boshqarish tizimi — telekommunikatsiyalar tarmoqlarini va koʻrsatiladigan xizmatlarni rejalashtirish, texnik xizmat koʻrsatish, ekspluatatsiya qilish, tezkor va maʼmuriy boshqarish boʻyicha axborot texnologiyalari kompleksi asosida Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi tizim;
telekommunikatsiya resurslari — telekommunikatsiya tarmoqlari, kabelli, havo, radioreleli, yoʻldosh va boshqa aloqa tizimlari bazasida tashkil qilingan, kanallar, traktlar, uzatish liniyalari, oxirlovchi uskuna, telefon, telegraf aloqa, maʼlumotlar uzatish tarmoqlari va boshqa telekommunikatsiyalar tarmoqlari stansiyalari, uzellari va boshqa obyektlari;
markazlashgan monitoring tizimi — telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ishlashini boshqarish funksiyalarining bajarilishini taʼminlovchi, yagona apparat-dasturiy kompleksni hosil qiluvchi telekommunikatsiyalar texnik vositalari;
maxsus isteʼmolchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi telekommunikatsiyalar resurslari ustuvor tartibda taqdim etiladigan alohida toifadagi telekommunikatsiyalar xizmatlarining isteʼmolchilari hisoblanadi;
telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish — Vazirlik tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini favqulodda holat hamda vaziyatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maxsus isteʼmolchilar manfaatlari uchun telekommunikatsiya tarmoqlarining ishlashini taʼminlash hamda aloqalarni tiklash maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini maʼmuriy boshqarish boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (keyingi oʻrinlarda — provayder) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmogʻi orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs”;
v) 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish tizimi kundalik sharoitlar va favqulodda holat hamda vaziyatlarda telekommunikatsiya vazifalarini oʻz vaqtida va samarali hal etishga moʻljallangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimlarini, shuningdek, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, telekommunikatsiya operatorlari (keyingi oʻrinlarda — operatorlar) va provayderlarining tarmoqlarini oʻz ichiga oladi (telekommunikatsiya xizmatlarining maxsus isteʼmolchilari tarmoqlari bundan mustasno).
4. Kundalik sharoitlarda Vazirlik tomonidan operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarining favqulodda holat hamda vaziyatlarda ishlashga tayyorligini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiya tarmoqlari foydalanuvchilari uchun ishonchli aloqa va kafolatlangan xizmatlarni koʻrsatish maqsadida operatorlar hamda provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarining oʻzaro hamkorligini hisobga olgan holda, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish orqali amalga oshiriladi”;
g) 5-banddagi “operativ-texnik” soʻzlari “tezkor maʼmuriy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“6. Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi Vazirlikning “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) markazlashgan monitoring tizimi, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek, operatorlar va provayderlarining boshqarish tizimlarini oʻz ichiga oladi, maxsus isteʼmolchilar telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalari bundan mustasno.
7. Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi kundalik sharoitlarda operatorlar va provayderlarning bir-biri bilan zarur oʻzaro hamkorligini taʼminlashni hisobga olgan holda hamda favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekistondagi telekommunikatsiya tarmoqlarining markazlashgan boshqaruvini taʼminlashi lozim.
Kundalik sharoitlarda markazlashgan monitoring tizimiga ulangan telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari (egalari) boshqarish tizimining tarmoq elementlari monitoringini pulli asosda amalga oshiradi.
8. Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi (keyingi oʻrinlarda — OʻzTTBT) favqulodda holat va vaziyatlarda Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarishni taʼminlashi shart.
9. Kundalik sharoitlarda telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini maʼmuriy boshqarish tizimi operatorlar hamda provayderlarga aloqa tarmoqlari va xizmatlarini oʻzlariga tegishli tarmoqlarda mustaqil boshqarish uchun berilgan imkoniyatlar doirasida hamda zarur hollarda, favqulodda holat va vaziyatlarda ishlashga tayyorgarligini taʼminlashni hisobga olgan holda faoliyat yuritadi.
10. Kundalik sharoitlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish boʻyicha operatorlar va provayderlar faoliyati quyidagilar orqali muvofiqlashtiriladi:
umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarida sodir boʻlgan yirik avariya holatlarida avariyaviy-tiklash ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini favqulodda holat va vaziyatlarda boshqarish rejalarini tasdiqlash;
kundalik sharoitlarda hamda favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishni taʼminlash, shuningdek, operatorlar va provayderlarning tarmoqlararo ulanishlarga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil etish;
operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini yaratish va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni kelishish;
tarmoqlar va telekommunikatsiya vositalarini yagona tasniflash hamda kodlash asosida Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari resurslari boʻyicha markazlashtirilgan maʼlumotlar bazalarini shakllantirish tarkibi va tartibini belgilash, ularni yaratish hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish;
shartnoma asosida Markaz va telekommunikatsiya operatorlari hamda provayderlari oʻrtasida ularning telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqarish, tarmoqlar holatining tizimli monitoringini yuritish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifat koʻrsatkichlariga muvofiqligi hamda telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tarmoqlarining ishlashini tekshirish;
telekommunikatsiya tarmoqlarini favqulodda holat va vaziyatlarda boshqarishni taʼminlashga tayyorligini baholash uchun telekommunikatsiya tarmoqlari holatini doimiy ravishda monitoring va tahlil qilish;
telekommunikatsiya tarmoqlarining resurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan (shu jumladan, Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarining raqamlash rejasi va 7-son umumiy kanal signalizatsiya punktlarining kodlaridan foydalanish holati toʻgʻrisida) markazlashtirilgan maʼlumotlar bazalarini yaratish va yuritish;
kundalik sharoitlar hamda favqulodda holat va vaziyatlar davrida maxsus isteʼmolchilarning aloqa kanallariga boʻlgan ehtiyojlarini markazlashtirilgan holda hisobga olish;
telekommunikatsiya tarmoqlarida ortiqcha yuklanish va avariya holatlarda tarmoqlarning ishonchliligini taʼminlash maqsadida maxsus isteʼmolchilar tomonidan foydalaniladigan operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta qurish rejalarini kelishish;
davlatlararo kelishuvlarga muvofiq telekommunikatsiya tarmoqlarining milliy boshqaruv markazlari va xorijiy davlatlarning operatorlari va provayderlari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
favqulodda holat va vaziyatlarda, shuningdek, boshqa davrlarda borish qiyin boʻlgan chekka aholi yashash punktlarida sunʼiy yoʻldosh orqali telekommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlarini tashkil etish”;
“oʻz telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni Markazning markazlashgan monitoring tizimi bilan oʻzaro aloqasini taʼminlash zarurligini hisobga olgan holda ishlab chiqish va Vazirlikka kelishish uchun taqdim etish”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “va favqulodda vaziyatlar” soʻzlari “hamda favqulodda holat va vaziyatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“kelishilgan safarbarlik rejalari hamda favqulodda holat va vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga muvofiq favqulodda holat va vaziyatlarda oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish uchun tarmoqlararo, shu jumladan, xorijiy telekommunikatsiya operatorlari bilan shartnomalar tuzish”;
j) 3-bobning nomidagi “Favqulodda vaziyatlarda” soʻzlari “Favqulodda holat va vaziyatlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“12. Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish tizimi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi”;
a) 2-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “idoraviy tarmoqlar egalari (keyingi oʻrinlarda — operatorlar va provayderlar)ning” soʻzlari “idoraviy tarmoqlar egalari (keyingi oʻrinlarda — operatorlar) va provayderlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “operatorlari” soʻzi “operatorlari va provayderlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“markazlashgan monitoring tizimi va operatorlar, provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlari orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati hamda telekommunikatsiya tarmoqlari holatining belgilangan talablarga muvofiqligini tizimli monitoring qilish”;
oltinchi xatboshidagi “operativ-texnik” soʻzlari “tezkor maʼmuriy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “va favqulodda vaziyatlarda” soʻzlari “hamda favqulodda holat va vaziyatlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining tarmoqlarini markazlashgan hamda tezkor maʼmuriy boshqarish, tarmoqlar holatining tizimli monitoringini yuritish va taqdim etilayotgan xizmatlarning sifat koʻrsatkichlariga muvofiqligini baholash hamda telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tarmoqlarining ishlashi boʻyicha xizmat koʻrsatish;
favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqarish rejasini tayyorlashda ishtirok etish”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mobil aloqa darajasida jismoniy shaxslarning shubhali harakatlarini aniqlash va firibgarlikka qarshi himoyani taʼminlash”;
“markazlashgan monitoring tizimi orqali telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining telekommunikatsiya tarmogʻidagi avariyalar, shikastlanishlar toʻgʻrisida maʼlumot toʻplaydi”;
beshinchi xatboshidagi “operatorlarning” soʻzi “operatorlar va provayderlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“maʼlum davr mobaynida telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining telekommunikatsiya tarmoqlarining sifati, telekommunikatsiya transport tarmogʻining sifat koʻrsatkichlari oʻzgarishi dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlaydi va Vazirlikka taqdim etadi”;
“favqulodda holat va vaziyatlarda operatorlar hamda provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqarish rejalarini tayyorlashda qatnashadi;
favqulodda holat va vaziyatlarda operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqarish rejalariga muvofiq oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazadi”;
“operatorlar va provayderlarning tashkil etilayotgan hamda ishlab chiqilayotgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, ularning bir-biri bilan va OʻzTTBT bilan oʻzaro hamkorligini, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarida bardoshligini taʼminlash boʻyicha loyihalarida ishtirok etish”;
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“operatorlar va provayderlar maʼlumotlari asosida telekommunikatsiya tarmogʻiga ulangan operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya vositalari (jihozlar, oxirgi (terminal) uskunalar, tizimlar, aloqa liniyalari)ni hisobga oladi va maʼlumotlar bazasini shakllantiradi (maxsus isteʼmolchilarning tarmoqlari va vositalari bundan mustasno)”;
“Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan hamda tezkor maʼmuriy boshqarish, ularni qayta qurish va tiklash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
telekommunikatsiya tarmoqlari holatini monitoringini yuritadi;
favqulodda holat va vaziyatlar telekommunikatsiya tarmoqlarining ishlashiga taʼsirni baholaydi va keluvchi maʼlumotlarni tahlil qiladi;
telekommunikatsiya tarmoqlarining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlikka, manfaatdor operatorlar va provayderlarga, tegishli davlat organlariga va maxsus isteʼmolchilarga yetkazadi”;
“operatorlar va provayderlarga telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqarish tizimini takomillashtirish, telekommunikatsiya tarmoqlari resurslaridan isteʼmolchilar manfaatlari uchun foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar berish”;
yettinchi xatboshidagi “operatorlarning” soʻzi “operator va provayderlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“9. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish boʻyicha Markazning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari barcha telekommunikatsiya operatorlar, provayderlar va idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari egalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi”;
z) 12-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)