toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Radiochastota spektri to‘g‘risida
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
radiochastotalar (radioto‘lqinlar) — belgilar, signallarni, yozma matnni, tasvirlar va tovushlarni uzatish yoki qabul qilish maqsadida fazoda sun’iy to‘lqin o‘tkazgichsiz tarqatiladigan, shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan chastotali elektromagnit to‘lqinlar;
radiochastota spektri — shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan oraliqdagi radiochastotalar to‘plami;
radioelektron vositalar — radioto‘lqinlarni tarqatish va (yoki) qabul qilish uchun mo‘ljallangan texnik qurilmalar yoki tizimlar;
yuqori chastotali qurilmalar — radiochastotalar energiyasini sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda hosil qilish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalar yoki asboblar, ulardan radioto‘lqinlarni tarqatish yoki qabul qilish maqsadida foydalanish bundan mustasno;
radiochastotalar polosasi — radiochastota spektrining muayyan sharoitlarda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun mo‘ljallangan qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvali — har xil turdagi radioxizmatlar o‘rtasida taqsimlangan radiochastotalar polosalari ro‘yxati;
(2-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi O‘RQ-388-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi O‘RQ-388-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
radioxalaqitlar — radioaloqa tizimida qabul chog‘ida bir yoki bir nechta to‘lqin tarqatishlar keltirib chiqargan, axborot sifatining yomonlashuvi, xatoliklar bo‘lishi yoki axborot yo‘qolishida namoyon bo‘ladigan elektromagnit energiyasining ta’siri;
industrial radioxalaqitlar — radioto‘lqinlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan texnik vositalar tomonidan vujudga keladigan radiochastota spektri diapazonidagi elektromagnit tarqatishlar;
elektromagnit moslashuv — radioelektron vositalarning ularga radioxalaqitlar ta’sir etib turgan bir vaqtning o‘zida mavjud ishlatish sharoitlarida talab darajasidagi sifat bilan ishlay olish qobiliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastota spektridan foydalanuvchi — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining ruxsatnomasiga ega bo‘lgan yuridik yoxud jismoniy shaxs;
(2-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
biriktirilgan radiochastota — radiochastota organi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomada ko‘rsatiladigan aniq radiochastota;
(2-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastota spektrining monitoringi — radiochastota spektri holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun mo‘ljallangan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.
(2-moddaning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilik
Radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida radiochastota spektri to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi”;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish huquqi
O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastotalarni taqsimlash vakolatli davlat organlarining mutlaq huquqidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan foydalanish huquqi ommaviy va xususiy mulk asosida faoliyat ko‘rsatuvchi foydalanuvchilarga beriladi.
5-modda. Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlashtirish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, soliq solish, yagona ilmiy-texnika siyosatini shakllantirish orqali, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-sonli “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
6-modda. Radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organining vakolatlari
Radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi:
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari bo‘yicha normativ hujjatlarni, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish bo‘yicha milliy standartlar, texnik reglamentlar, ishlatish normalari va qoidalari hamda boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi;
(6-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastota organlari o‘rtasida radiochastotalar polosalarini taqsimlaydi, O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalini shakllantiradi;
(6-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi O‘RQ-388-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
radiochastota organlarining radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
ajratiladigan radiochastotalar yoki radiochastotalar polosalarining texnik ekspertizasiga oid ishlarni tashkil etadi;
radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(6-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
radiochastota spektridan foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifoda etadi;
radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi to‘g‘risida”gi nizom.
7-modda. Radiochastota organlari
Radiochastota organlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi;
(7-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati.
(7-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Radiochastota organlari o‘z faoliyatlarini radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiradilar.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Radiochastota organlarining vakolatlari
Radiochastota organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruvi organi tomonidan ajratilgan radiochastotalar polosalari doirasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnomalar beradi;
(8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlar va texnik normalarga nomuvofiq bo‘lgan, fuqarolarning xavfsizligi, atrof muhit muhofazasini ta’minlamagan taqdirda, shuningdek alohida holatlarda ularni ishlatishni belgilangan tartibda taqiqlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qarori bilan tasdiqlangan Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
qonunga zid ravishda ishlayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni aniqlaydi;
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi O‘RQ-388-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastota spektridan foydalanuvchilarga biriktirilgan radiochastotalarning hisobini yuritadi, shuningdek radiochastota spektridan radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(8-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
radioelektron vositalarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning xalqaro shartnomalar va qoidalarga muvofiq faoliyat ko‘rsatayotgan radioelektron vositalariga bo‘lgan radioxalaqitlarni bartaraf etadi;
boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda elektromagnit moslashuvni ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Radiochastota organlari qonunchilikka muvofiq radiochastota spektri sohasida boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. Radiochastota spektridan foydalanish
Radiochastota spektri radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan davlat, jamoat ehtiyojlarini va shaxsiy ehtiyojlarni ta’minlash uchun foydalaniladi.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda radioelektron vositalardan foydalanish belgilangan tartibda radiochastota organi tomonidan beriladigan ruxsatnomaga asosan amalga oshiriladi.
Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga muayyan radiochastotalarni biriktirish O‘zbekiston Respublikasining radiochastotalarni taqsimlash jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Biriktirilgan radiochastota o‘ta muhim davlat ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida o‘zgartirilishi mumkin.
Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastotalar polosalarini ajratish foydalanuvchidan kelib tushgan ariza bo‘yicha yoki tanlov asosida yoxud kim oshdi savdosi natijalariga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Radiochastota organi va radiochastota spektridan foydalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Radiochastotalar polosalaridan birdan ortiq radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan foydalanilishi radiochastota spektridan birgalikda foydalanishdir. Radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan radiochastota spektridan birgalikda foydalanish ular o‘rtasida radiochastota organining tegishli ruxsatnomasi asosida shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi. Mazkur ruxsatnoma radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadigan radiochastotalar polosalariga binoan beriladi.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
10-modda. Radiochastota spektridan foydalanish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektri foydalanuvchilarga radiochastota organi ruxsatnomasida yoki foydalanish shartnomasida nazarda tutilgan muayyan muddatga biriktiriladi.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
11-modda. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektridan foydalanish pullikdir. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi, shuningdek haq to‘lashdagi imtiyozlar qonunchilik bilan belgilanadi.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
12-modda. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Radiochastota spektridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda radiochastota spektridan foydalana olish;
(12-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun ruxsat etilgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni belgilangan tartibda olish (berish);
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (o‘rnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
radioxalaqitlar manbalarini aniqlash uchun radiochastota organiga murojaat etish va ularni bartaraf qilishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
berilgan ruxsatnoma doirasida radiochastota spektridan foydalanish jarayonida qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish;
(12-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat etish.
Radiochastota spektridan foydalanuvchilar quyidagi majburiyatlarga ega:
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) uchun radiochastota organining ruxsatnomasini olish;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni radiochastota organida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ularni ishlatish huquqi uchun ruxsatnoma olish;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni belgilangan normalar hamda qoidalarga muvofiq loyihalash, qurish (o‘rnatish) va ishlatishni amalga oshirish;
radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haqni o‘z vaqtida to‘lash.
Oldingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektridan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Radiochastota spektridan foydalanish huquqini bekor qilish, to‘xtatish yoki cheklash
Radiochastota organlari radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish xususiyatlari, shuningdek ayrim chastotalardan foydalanish imkoniyatlari bilan bog‘liq muayyan sharoitlarda radiochastota spektridan foydalanishni bekor qilish, to‘xtatish yoki cheklashga haqlidir.
Radiochastota spektridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
foydalanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan fuqarolarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligiga, shuningdek atrof muhit holatiga haqiqiy tahdid yuzaga kelganda;
(13-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi O‘RQ-388-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
foydalanish ruxsatnomasi yoki shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
biriktirilgan radiochastotalardan belgilangan muddat mobaynida foydalanilmaganda;
(13-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
biriktirilgan radiochastotalardan voz kechilganda;
(13-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
yuridik shaxsning o‘zi yoki jismoniy shaxsning faoliyati tugatilganda.
Radiochastota spektridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin:
foydalanish ruxsatnomasi yoki shartnomasi shartlari buzilganda;
radiochastota spektrining muayyan polosalaridan o‘ta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zarur bo‘lib qolganda;
radiochastota spektridan foydalanganlik uchun belgilangan haq to‘lanmaganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi ham qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda radiochastota spektridan vaqt va (yoki) hudud bo‘yicha foydalanish huquqini to‘xtatishga yoki cheklashga haqlidir.
(13-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat mudofaasi, milliy xavfsizlik va huquq-tartibot maqsadlari uchun ajratilgan radiochastotalardan foydalanish faqat tegishli davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda to‘xtatilishi, cheklanishi yoki tugatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish, ishlab chiqarish, qurish (o‘rnatish), olish (berish), ishlatish va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
(14-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish hamda ishlab chiqarish, shuningdek radiochastotalardan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish faqat radiochastota spektridan foydalanuvchi radiochastota organining tegishli ruxsatnomasini olganidan va tashkilotning yaratishga doir standartlari kelishilganidan keyin amalga oshiriladi.
(14-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
Barcha turdagi va yo‘nalishdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni qurish (o‘rnatish) radiochastota organining tegishli ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) radiochastota organining tegishli ruxsatnomasini taqdim etgan holda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni, shuningdek fuqaro aviatsiyasida uchishlarni hamda havo harakati xizmatini radionavigatsiya jihatidan ta’minlash maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan bortdagi va yer usti radioelektron vositalarni olish (berish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish bevosita tegishli radiochastota organining ruxsatnomasi bilan, xorijiy davlatlarning diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarida o‘rnatilgan shunday vositalar va qurilmalarni ishlatish esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
Televideniye ko‘rsatuvlari va radioeshittirishlar dasturlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan radioelektron vositalarni, shuningdek savdo tarmog‘i orqali sotishga ruxsat berilgan maishiy radioelektronika buyumlarini olib kirish, olish (berish) va ishlatish uchun tegishli ruxsatnoma talab qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (o‘rnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
Radiochastota organining tegishli ruxsatnomasisiz olib kirishga, olishga (berishga) va ishlatishga yo‘l qo‘yiladigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar ro‘yxati radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
15-modda. Industrial radioxalaqitlarning ehtimol tutilgan manbalariga qo‘yiladigan talablar
Yaratilayotgan, loyihalashtirilayotgan, ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan turli texnik vositalarning texnik tavsifnomalari radioxalaqitlarning ehtimol tutilgan manbalari (elektr transporti, elektr uzatish liniyalari, elektr asboblari, avtotransport vositalari va boshqalar) tariqasida industrial radioxalaqitlarning yo‘l qo‘yiladigan darajalari normalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnik vositalarni radioxalaqitlarning yo‘l qo‘yiladigan darajadagi normalariga muvofiqligini sinash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
16-modda. Elektromagnit moslashuv
Oldingi tahrirga qarang.
Barcha radiochastota spektridan foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishi qo‘llanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvi qat’iy tarzda ta’minlangan va ularning o‘lchamlari hamda tavsiflari O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlar va texnik normalarga muvofiq bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuviga rioya qilinishi hamda o‘lchamlar va tavsiflarning standartlar va texnik normalarga muvofiqligi ustidan nazoratni radiochastota organlari amalga oshiradi.
Agar radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning ishlashi boshqa foydalanuvchilarning aloqa sifatiga salbiy ta’sir etsa yoki fuqarolarning sog‘lig‘i va atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatsa, bu vositalar va qurilmalarni ishlatish to‘xtatiladi yoki bevosita radiochastota organining qaroriga ko‘ra yoxud tegishli davlat organlari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining asoslantirilgan taqdimnomasiga ko‘ra tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17-modda. Biriktirilgan radiochastotalar to‘g‘risidagi axborot
(17-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Biriktirilgan radiochastotalar to‘g‘risidagi axborot ma’lumotlar milliy bazasi (radiochastotalar registri) asosini tashkil etadi.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Biriktirilgan radiochastotalar to‘g‘risidagi axborotni hisobga olish, tizimlashtirish va saqlashni radiochastota organlari radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi belgilagan tartibda amalga oshiradi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
Radiochastota organlari radiochastota spektridan foydalanish to‘g‘risidagi axborotni radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Harbiy harakatlar va favqulodda holatlar sodir bo‘lganda radiochastota spektridan foydalanuvchilarning radioelektron vositalaridan foydalanish
Harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yong‘inlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar sodir bo‘lganda radiochastota organlari radiochastota spektridan foydalanuvchilarning radioelektron vositalarini ishlatishini cheklashni joriy etishga, shuningdek bu vositalardan davlat xavfsizligini ta’minlash, tabiiy ofatlarni yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadlarida foydalanishga haqlidir.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
181-modda. Axborot xavfsizligini ta’minlash
Radiochastota spektridan foydalanish chog‘ida radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan axborot xavfsizligi choralari, shu jumladan:
uzatiladigan axborotdan ruxsatsiz foydalanish, aloqa tizimlaridan nazoratsiz foydalanish va ularning ishlashini to‘xtatib qo‘yish, shuningdek ulardan shaxs, jamiyat va davlatga zarar yetkazadigan maqsadlarda foydalanish istisno etilishini;
axborotni (ma’lumotlarni) uzatish jarayonida uning (ularning) konfidensialligini, yaxlitligini va undan (ulardan) foydalanish imkoniyatini;
ruxsatsiz yoki beixtiyor aralashishga urinishlar bo‘lgan taqdirda aloqa tizimining ishlash rejimi o‘zgarmasligini ta’minlovchi choralar ko‘rilishi kerak.
(181-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
182-modda. Radioaloqaning konfidensialligi
Boshqa shaxs uchun mo‘ljallangan radioxabar qabul qilingan taqdirda uni qayd qilish, uning mazmunini va mavjudligi faktini oshkor etish, tarqatish yoki o‘zgartirish taqiqlanadi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Konfidensial axborotni va (yoki) davlat sirlari mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirilgan axborotni kriptografik himoya qilish vositalaridan foydalanmagan holda radioaloqa kanallari orqali uzatish taqiqlanadi.
Radiochastota organlari tomonidan amalga oshiriladigan radiochastota spektri monitoringi radioaloqaning konfidensialligini buzish hisoblanmaydi.
(182-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
19-modda. Radiochastota spektri monitoringi
Oldingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektri monitoringini O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqa radiochastota organlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 2-avgustdagi O‘RQ-858-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)
Monitoringni amalga oshirish tartibi radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
20-modda. Nizolarni hal etish
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 152-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-dekabr,
725-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 16-modda; 2003-y.,5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)